Научная статья на тему 'AMARANT YETISHTIRISHDA OZIQ MODDALAR BALANSIGA AZOTLI OʻGʻITLARNING TA’SIRI'

AMARANT YETISHTIRISHDA OZIQ MODDALAR BALANSIGA AZOTLI OʻGʻITLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биотехнологии в медицине»

78
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻgʻit / tuproq tarkibi / azot / fosfor / kaliy / oziq moddalar balansi / olib chiqib ketish / mobilizatsiyasi / disulfofenol kislotasi / agrosenoz / moddalarning salbiy balansi / mineral azotni oʻzlashtirilish / oʻgʻitsiz nazorat variant. / fertilizer / soil composition / nitrogen / phosphorus / potassium / nutrient balance / removal / mobilization / disulfophenolic acid / agrocenosis / negative balance of substances / absorption of mineral nitrogen / management option without fertilizers.

Аннотация научной статьи по биотехнологиям в медицине, автор научной работы — Bobur Kaldarboyevich Shoniyozov, Farhod Hakimovich Hoshimov, Toʻlqin Qoʻchqorovich Ortiqov, Ravshan Usmonov

Ushbu maqolada seroz-o'tloqli tuproqlarda amaranth etishtirishda ozuqa moddalarining muvozanati va azotli o'g'itlarning ularga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan. Amaranthni etishtirishda azot va kaliyli o'g'itlar qo'llaniladigan variantlarda ham azot va kaliy balansi salbiy qiymatga ega bo'lishi aniqlandi. Fosfor balansi ijobiy bo'lib, bu amaranth o'simliklari tomonidan kam fosforni olib tashlash va o'g'it fosforidan past foydalanish koeffitsienti tufayli fosforli o'g'itlarning yuqori dozalarini kiritish bilan bog'liq

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article presents data on the balance of nutrients in the cultivation of amaranth on sierozem-meadow soils and the effect of nitrogen fertilizers on them. It has been established that during the cultivation of amaranth, the balance of nitrogen and potassium acquires a negative value, even in variants where nitrogen and potassium fertilizers are used. The phosphorus balance was positive, which is associated with the low phosphorus removal by amaranth plants and the introduction of high doses of phosphorus fertilizers due to the low utilization factor of fertilizer phosphorus.

Текст научной работы на тему «AMARANT YETISHTIRISHDA OZIQ MODDALAR BALANSIGA AZOTLI OʻGʻITLARNING TA’SIRI»

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

^oogle^cholarjndexed^^^^^^^^^^^evelopminiii«

AMARANT YETISHTIRISHDA OZIQ MODDALAR BALANSIGA AZOTLI

O'G'ITLARNING TA'SIRI

Bobur Kaldarboyevich Shoniyozov

TDAUSF katta o'qituvchisi

Farhod Hakimovich Hoshimov SamDU professori, qishloq xo'jalik fanlari doktori

To'lqin Qo'chqorovich Ortiqov

SamDU dotsen, biologiya fanlari nomzodi

Ravshan Usmonov

mustaqil tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada seroz-o'tloqli tuproqlarda amaranth etishtirishda ozuqa moddalarining muvozanati va azotli o'g'itlarning ularga ta'siri haqida ma'lumotlar keltirilgan. Amaranthni etishtirishda azot va kaliyli o'g'itlar qo'llaniladigan variantlarda ham azot va kaliy balansi salbiy qiymatga ega bo'lishi aniqlandi. Fosfor balansi ijobiy bo'lib, bu amaranth o'simliklari tomonidan kam fosforni olib tashlash va o'g'it fosforidan past foydalanish koeffitsienti tufayli fosforli o'g'itlarning yuqori dozalarini kiritish bilan bog'liq.

Kalit so'zlar: o'g'it, tuproq tarkibi, azot, fosfor, kaliy, oziq moddalar balansi, olib chiqib ketish, mobilizatsiyasi, disulfofenol kislotasi, agrosenoz, moddalarning salbiy balansi, mineral azotni o'zlashtirilish, o'g'itsiz nazorat variant.

ABSTRACT

This article presents data on the balance of nutrients in the cultivation of amaranth on sierozem-meadow soils and the effect of nitrogen fertilizers on them. It has been established that during the cultivation of amaranth, the balance of nitrogen and potassium acquires a negative value, even in variants where nitrogen and potassium fertilizers are used. The phosphorus balance was positive, which is associated with the low phosphorus removal by amaranth plants and the introduction of high doses of phosphorus fertilizers due to the low utilization factor of fertilizer phosphorus.

Keywords: fertilizer, soil composition, nitrogen, phosphorus, potassium, nutrient balance, removal, mobilization, disulfophenolic acid, agrocenosis, negative balance of substances, absorption of mineral nitrogen, management option without fertilizers.

October 5-6

861

g

KIRISH

Amarant o'simligi qimmatbaho urug' berishi bilan bir qatorda yuqori biomassa beradi va uni farmastevtika dori-dormon olishda, yem-xashak sifatida chorvochilik va parandachilik sohalarida yoki siderat sifatida tuproq unumdorligini oshirish uchun qo'llash mumkin. Shu blan birga tuproqni meliorativ holatini yaxshilashda ham qo'llash yaxshi samara beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Olib borilgan tadqiqotlarning ma'lumotlarini ko'rsatishicha, amarant doni oqsil, aminokislotalar tarkibi, vitaminlar, makro va mikroelementlar, biologik faol moddalar, lipidlarning sifati bo'yicha asosiy an'anaviy oziq-ovqat ekinlaridan ustun turadi. BMTning oziq-ovqat bo'yicha (FAO) ekspertlari amarantni "XXI asr o'simligi" deb hisoblamoqda (Chirkova T.V., 1999).

Zamonaviy qishloq xo'jaligi ekinlari tomonidan taklif etilayotgan yem-xashak ekinlari assortimenti ko'p hollarda ma'lum texnologik va urug'chilik afzalliklariga ega bo'lgan turlarning bir xilligi bilan tavsiflanadi. Biroq, bu yondashuv bir vaqtning o'zida agroekotizimlarning moslashuvchanlik potentsialini tabiiylarga nisbatan keskin pasayishiga olib keladi, ayniqsa ularning ekologik stresslarga chidamliligi va pirovardida umumiy hosildorlikning sezilarli darajada pasayishiga olib keladi (Sheveluxa, 1992).

Azotli o'g'itlardan foydalanish samaradorligi azot, fosfor va kaliyni kompleks qo'llash bilan ortadi. Bu fosforning mobilizatsiyasi o'simliklarning azot bilan ta'minlanish darajasiga bog'liqligi bilan tushuntiriladi (Tueva, 1961). O'simlikda azot yetishmasligi bilan umumiy fosforning kamayishi, asosan, uning organik shakllari tufayli yuz beradi va fosforning ildizlardan yer usti organlariga harakati sekinlashadi (Zueva, Golubeva, 1962).

Kaliy uglevod va azot almashinuvini belgilaydi, xlorofill sintezini rag'batlantiradi va o'simliklarning noqulay sharoitlarga chidamliligini oshiradi (Sheveluxa, 1992) va o'simlik ildiz tizimining rivojlanishiga o'ziga xos ta'sir ko'rsatadi, bu ildiz shoxlanishining kuchayishi bilan namoyon bo'ladi (Kolosov, 1950; Krasovskaya, 1955). U ildizlarning massasini yer usti organlarining massasiga qaraganda ko'proq oshiradi (Zadontsev va boshqalar, 1970). Ildiz tizimining shakllanishi jarayonida, I.V.Krasovskaya (1955) ta'kidlaganidek, kaliy va azotning harakatlari bir-birini to'ldiradi. Kaliy uzunlikdagi asosiy ildizlarning o'sishiga va lateral ildizlarning shakllanishiga yordam

beradi va azot shakllangan ildizlarning o'sishini oshiradi. Ikkala

October 5-6

g

elementning birgalikdagi ta'siri ildiz tizimining yutuvchi yuzasi faolligini oshirishga yordam beradi. Azotli o'g'itlar o'simlik uchun muhim elementlardan biri bo'lgan azot miqdorini yaxshilaydi. Buning natijasida tuproqdagi oziq moddalar miqdorini oshirib o'simliklar oziqlanishini yaxshilaydi va yuqori hamda sifatli hosil shakllanishini ta'minlashga imkon yaratiladi. Azotli o'g'itlar amarant o'simligi o'sishi va rivojlanishida o'ta muhim rol o'ynaydi. Bunda azotli o'g'itlarni qo'llash me'yorlari, nisbatlari va muddatlarini o'rganilish dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqsadda, Samarqand viloyati Jomboy tumani "Jomboy Agrokultura" fermer xo'jaligi tuproqlari sharoitida azotli o'g'itlarni tuproq oziq rejimi, amarant o'simligi o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga hamda oziq-modda balansiga ta'sirini tadqiq qilish bo'yicha dala tajribasini olib bordik.

Foidalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribasi umumqabul qilingan uslublarda qo'yildi va olib borildi. Tajriba dalasi tuproqlarni agrokimyoviy ko'rsatkichlaridan gumus miqdori, yalpi azot, fosfor va kaliy miqdori va ammoniy shaklidagi azot, nitrat shakldagi azot hamda harakatchan fosfor, almashinuvchan kaliy miqdorlari aniqlandi.

Agrokimyoviy analizda gumus Tyurin, yalpi NPK Malseva-Grisiyenko usulida, ammoniy shakldagi azot (N-NH4) Nessler reaktivi yordamida, nitrat shakldagi azot (N-NO3) disulfofenol kislotasida Grandval-Lyaju usulida, harakatchan fosfor Machigin-Protasov usulida, pH potensiometrik usulda aniqlandi. Dala tajribasi 6 variantli sxemada qo'yildi va o'tkazildi. Azot ammiakli selitra, fosfor superfosfat, kaliy-kaliy xlorid shaklda qo'llanildi.

Olingan natijalar va ularning ahamiyati ma'nosi: Oziq moddalarning balansi tuproq unumdorligida, oziq moddalar miqdorida muhim ahamiyatga ega. Oziq moddalar balansi kirim va chiqim qisimlaridan iborat bo'lib, ular nisbati oziq moddalar balansi qanday ekanligini belgilab beradi.

O'g'itsiz nazorat variantida oziq moddalar balansi tabiiy holatda bo'lib, uning kirim qismi katta miqdorni tashkil etmaydi. Ushbu variantda oziq moddalar balansida chiqim qismi juda katta hajmni tashkil etadi. Bu esa agrosenozda o'g'it berilmaganda oziq moddalar balansida chiqim qismi juda katta ustunlikka ega bo'lishini ko'rsatadi. Bunday holatda tuproqdan olib chiqib ketilgan oziq moddalar o'rni to'ldirilmay qoladi va oziq moddalarning miqdori yildan yilga kamayib boradi. Tabiiy fitosenozda o'simlik qoldiqlari tuproqda to'liq qoladi. Bu esa oziq moddalar balansida kirim va chiqim qisimlarini muvozanatda bo'lishini ta'minlaydi va tabiiy agrosenozda tuproq unumdorligini pasaymasligini garovi bo'ladi.

Lekin, agrosenozda o'g'itlar qo'llanilmaganda xo'jalik olib chiqib

October 5-6

g

ketish hisobiga oziq moddalarni daladan katta miqdorda chiqib ketishi kuzatiladi. Bu holat amarant yetishtirilgan maydonlarda kuchli darajada kuzatildi. Chunki amarant o'g'itlanmagan nazorat variantida ham katta miqdordagi biomassani hosil qiladi va oziq moddalarni nisbatan yuqori miqdorda saqlaydi. O'g'it berilmagan nazorat variantida oziq moddalarni salbiy balansi kuzatildi. Amarant o'simligi tarkibida kaliy va azot miqdori yuqori bo'lganligi sababli ushbu moddalarning salbiy balansi yuqori darjada bo'ldi. Fosforning salbiy balansi nisbatan kichik qiymatlarda namoyon bo'ldi. Mineral o'g'itlardan fosforli va kaliyli o'g'itlar qo'llanilgan fon variantida tuproqda fosfor balansi ijobiy holatga o'tdi. Lekin 200 kg/ga me'yorida kaliyli o'g'itlar qo'llanilishida ham tuproqda oziq moddalar balansi salbiyligicha qoldi. Ammo, salbiy balans qiymati keskin kamayib kichik holatga keldi. P150K200-fon variantida azotning salbiy balansi nazoratga nisbatan yanada kattalashdi. Bu fosforli-kaliyli o'g'itlar qo'llanilganda amarant o'simligining azotli oziqlanishi yanada kuchayganligi bilan izohlanadi. O'simlik tarkibida fosfor va kaliy miqdorini ortishi amarantda azotga bo'lgan talabni kuchaytiradi. Bu esa tuproqdan amarant o'simligi tomonidan mineral azotni o'zlashtirilishni jadallashtirib azot balansini salbiy tomonga o'zgarishini kuchaytiradi. Amarant o'simligi fosforni kam olib chiqib ketishi, fosforli o'g'itlarni o'zlashtirilish koeffisiyenti pastligi hisobiga nisbatan yuqori dozada qo'llanilishi tuproqda fosfor balansini ijobiy holatda bo'lishini ta'minlaydi. Amarant yetishtirishda tuproqda azot va kaliy balansini ijobiy holatda yoki muvozanatda ushlab turish qiyin masala ekanligini qayd qilish mumkin. Fosforli va kaliyli o'g'itlarning fonida azotli o'g'itlarni qo'llash amarant yetishtirishda tuproqda oziq moddalar balansiga ijobiy ta'sir qildi. Faqat tuproqda fosfor balansining ijobiy qiymati pasaydi. Bu holat azotli o'g'itlar qo'llanilganda tuproq va o'g'itdan fosforni o'zlashtirilishi jadallashishi, ya'ni o'simliklarni fosfordan samarali foydalanishi bilan bog'liq. Buni ijobiy holat deb baholash mumkin, chunki bunda tuproqda fosfor balansi ijobiyligicha qoladi. Azotli o'g'itlar me'yori ortib borishi bilan tuproqda fosforning ijobiy balansi qiymati kamayib boradi. Faqat fosforli-kaliyli o'g'itlar fonida azotli o'g'itlar me'yori 250 kg/ga dan 300 kg/ga cha oshirilganda tuproqda fosfor balansi qiymati ortdi. Masalan, o'g'it berilmagan nazoratda amarant yetishtirilayotgan tuproqda fosfor balansi -40,18 kg/ga, P150K200-Fon variantida +92,23 kg/ga bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich Fon+N150 variantida +72,56 kg/ga, Fon+N200 va Fon+N250 variantlarida tegishlicha +64,32 va +57,92 kg/ga, Fon+N300 variantida 62,57 kg/ga ni tashkil etdi.

Azotli o'g'itlar qo'llanilganda amarant parvarishlangan

tuproqda azotning salbiy balansi sezilarli kamaydi. Azotli o'g'itlar

October 5-6

g

me'yori ortib borishi bilan tuproqda azotning salbiy balansi kamayib bordi va azotli o'g'itlar P150K200-Fonida 300 kg/ga qo'llanilganda eng kichik salbiy balansga ega bo'ldi. Masalan, o'g'itsiz nazoratda amarant yeitishtirlgan tuproqda azot balansi -145,03 kg/ga, fon variantida (P150K200) -203,65 kg/ga bo'lgan b'lsa, Fon+N150, Fon+N200 va Fon+N250 variantlarida mos ravishda -127,76; -105,79; -80,79 kg/ga, Fon+N300 variantida -19,73 kg/ga ni tashkil etdi. Tuproqda azot balansi fosfor balansiga nisbatan ancha murakkab ta'rzda shakillanadi. Chunki azotning tuproqda yuvilishi, denitrifikasiyalanishi, ammiak holida uchishi, azotfiksasiya jarayonida hosil bo'lishi, azotni tuproqda mineral shaklda doimiy holatda to'planmasligi, faqat vaqtincha to'planishi tuproqda azot balansini to'g'ri baholashni qiyinlashtiradi. Azot balansida tuproqdagi organik modda gumus o'zgarishini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.

Amarant kaliysevar o'simlik bo'lib, kaliyni katta miqdorda olib chiqib ketadi va chiqim qismini yuqori darajada bo'lishini ta'minlaydi. Shuning uchun dala tajribasida barcha variantlarda tuproqda kaliy balansi salbiy holatda bo'ladi. Fosforli va kaliyli o'g'itlarni P150K200 me'yorida qo'llash tuproqda kaliy balansiga ijobiy ta'sir qildi. Lekin ushbu variantda ham kaliyning salbiy balansi saqlanib qoldi. Azotli o'g'itlarni qo'llash va ular me'yorini 150 kg/ga dan 250 kg/ga cha oshirish kaliy balansiga salbiy ta'sir qildi. Bu azotli o'g'itlar qo'llanilganda va ular me'yori ortib borganda amarant o'simlgi o'sish va rivojlanishni keskin jadallashishi va biomassani sezilarli ortishi hamda kaliyni o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilishini kuchayishi bilan bog'liq. Lekin, azotli o'g'itlar me'yori 250 kg/ga dan 300 kg/ga cha oshirilganda amarant o'simligi tomonidan kaliyni olib chiqib ketilishi kamayib kaliy salbiy balansini qiymat jihatdan pasayishi kuzatildi. Masalan, o'g'itsiz nazorat variantida tuproqda kaliy balansi -179,22 kg/ga, P150K200 fon variantida -50,43 kg/ga bo'lgan bo'lsa, bu salbiy balans ko'rsatkichi Fon+N150 variantida -129,86 kg/ga, Fon+N200, Fon+N250 va Fon+N300 variantlarida mos ravishda -159,68; -180,75; -162,52 kg/ga ni tashkil etdi.

Amarant o'simligi tomonidan tuproqdan olib chiqib ketilgan oziq moddalarni o'g'itlar hisobiga qoplanishi turli variantlarda turlicha bo'ldi. O'g'itsiz nazorat variantida olib chiqib ketilgan oziq moddalar o'rni juda kam miqdorda qoplanadi, ya'ni ular o'rni to'ldirilmaydi. P150K200-Fon variantida o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan azot butunlay qoplanmay qoldi, faqat fosfor va kaliy ma'lum bir darajada qoplandi. Umuman olganda faqat olib chiqib ketilgan fosfor fosforli o'g'itlar hisobiga to'liq yoki ortig'i bilan qoplandi.

Tuproqdan o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan fosfomi

October 5-6

g

eng yuqori darajada qoplanishi azotlt o'g'itlar qo'llanilmagan P150K200-Fon variantida kuzatildi. Azotli o'g'itlarni qo'llash, ular me'yorini 150 kg/ga dan 250 kg/gacha oshirish tuproqdan olib chiqib ketilgan fosforni o'g'itlar hisobiga qoplanish darajasini pasaytirdi. Lekin, bunday holatda ham qoplanish barcha variantlarda 100 % dan ziyod bo'ldi, ya'ni olib chiqib ketilgan fosfor ortig'i bilan fosforli o'g'itlar hisobiga qoplandi. Azotli o'g'itlar me'yorini 250 kg/ga dan 300 kg/ga cha oshirish tuproqdan o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan fosforni fosforli o'g'itlar hisobiga qoplanishini yanada oshirdi. Masalan, o'g'itsiz nazorat variantida olib chiqib ketilgan fosforni qoplanishi nol foiz, P150K200-Fon variantida 259,65 % bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich Fon+N150, Fon+N200, Fon+N250 variantlarida tegishlicha 193,70;175,07; 162,90 % , Fon+N300 variantida 171,57 % bo'lishi aniqlandi.

Azotli o'g'itlar qo'llanilmagan nazorat va fon variantlarida tuproqdan olib chiqib ketilgan azot umuman qoplanmay qolgan bo'lsa, azotli o'g'itlarni qo'llash bilan ular ma'lum darajada qoplandi. Lekin, barcha variantlarda to'liq qoplanish yuz bermadi, ya'ni qisman qoplanish kuzatildi. Azotli o'g'itlar me'yori ortib borishi bilan o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan azotni qoplanish darajasi ortib bordi va Fon+N300 variantida eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Masalan, o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan azotni qoplanishi o'g'itsiz nazorat va P150K200-Fon variantlarida nol foiz bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich Fon+N150, Fon+N200, Fon+N250 va Fon+N300 variantlarida tegishlicha 54,00; 65,40; 75,58; 93,83 % ni tashkil etdi. Kaliyni qoplanishi azotli o'g'itlar berilmaganda, ya'ni P150K200-Fon variantida nisbatan eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Azotli o'g'itlarni qo'llash va ular me'yorini 150 kg/ga dan 250 kg/ga cha oshirish o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan kaliyni kaliyli o'g'itlar hisobiga qoplanishiga salbiy ta'sir qildi. Faqat azotli o'g'itlar me'yorini 250 kg/ga dan 300 kg/ga cha oshirish olib chiqib ketilgan kaliyni kaliyli o'g'itlar hisobiga qoplanishiga biroz ijobiy ta'sir qildi. Masalan, P150K200-Fon variantida tuproqdan o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan kaliy kaliyli o'g'itlar hisobiga 79,86 % ga qoplangan bo'lsa, bu ko'rsatkich Fon+N150, Fon+N200, Fon+N250 va Fon+N300 variantlarida mos ravishda 60,63; 55,60; 52,53 va 55,17 % ni tashkil etdi.

XULOSALAR

Demak, amarant yetishtirilganda o'simliklar tomonidan tuproqdan olib chiqib ketilgan kaliy kaliyli o'g'itlar hisobiga, hatto ular yuqori me'yorda qo'llanilganda ham to'liq qoplanilmaydi. Shunday qilib, amarant o'simligi yetishtirishda faqat fosfor balansi ijobiy ko'rinishga ega bo'ldi va

o'simliklar tomonidan olib chiqib ketilgan fosfor fosforli o'g'itlar

October 5-6

g

hisobiga nafaqat to'liq, balki ortig'i bilan qoplanadi. Lekin, amarant yetishtirishda tuproqda azot va kaliy balansi salbiy ko'rinishga ega bo'ladi hamda olib chiqib ketilgan azot va kaliy tegishli o'g'itlar bilan qoplanmaydi. Azotli o'g'itlar hosil va oziq moddalarni olib chiqib ketilishini oshirishi hisobiga tuproqda fosfor va kaliy balansiga salbiy, azot balansiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва 2022 № 2 (125) 2022. -35-39 с.

2. Дала тажрибаларини утказиш услуби. Т. УзПИТИ, 2007. -145 б

3. Машрабов М.И., Хайитов М. Изменение фосфатного режима почв с карбонатно-магниевым засолением, под влиянием новых комплексных удобрений, при возделивании хлопчатника//Журнал Актуалные проблемы современной науки. № 4(95) 2017 г. Москва 2017. - С. 267- 270

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.