Научная статья на тему 'ANOR YETISHTIRISHDA OZUQA ELEMENTLARIGA BO’LGAN TALAB'

ANOR YETISHTIRISHDA OZUQA ELEMENTLARIGA BO’LGAN TALAB Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
304
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
azot / fosfor / kaliy / organik / pektin moddalar / bachkil / parxish. / nitrogen / phosphorus / potassium / organic matter / pectin / bachkil / scab.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jurayev, E.B., Toshpo‘latov, A. S.

Anor subtropik meva sifatida katta ahamiyatga ega. Ildiz bachkilari, qalamchalarini parxish qilish yo‘llari bilan oson ko‘payadi. O‘zbekistonning yerlari organik moddalar jihatidan kamquvvat bo‘lgan sug‘oriladigan xududlarida anorning hosildorligini oshirishning eng ta’sirchan omili azotli, fosfor, kaliy o‘g‘itlarni qo‘llashdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NUTRITION ELEMENTS IN GROWING POMEGRANATE REQUIREMENTS

Pomegranate is of great importance as a subtropical fruit. Seedlings are easily propagated by pruning. The most effective way to increase the yield of pomegranate in irrigated areas of Uzbekistan, where the soil is poor in organic matter, is the use of nitrogen, phosphorus and potash fertilizers.

Текст научной работы на тему «ANOR YETISHTIRISHDA OZUQA ELEMENTLARIGA BO’LGAN TALAB»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ANOR YETISHTIRISHDA OZUQA ELEMENTLARIGA

BO'LGAN TALAB

E.B.Jurayev, A.S.Toshpo'latov,

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish inistituti. [email protected]

Anor subtropik meva sifatida katta ahamiyatga ega. Ildiz bachkilari, qalamchalarini parxish qilish yo 'llari bilan oson ko 'payadi. O 'zbekistonning yerlari organik moddalar jihatidan kamquvvat bo 'lgan sug 'oriladigan xududlarida anorning hosildorligini oshirishning eng ta'sirchan omili azotli, fosfor, kaliy o'g'itlarni qo 'llashdir.

Kalit so'zlar: azot, fosfor, kaliy, organik, pektin moddalar, bachkil, parxish.

Гранат имеет большое значение как субтропический фрукт. Саженцы легко размножаются обрезкой. Наиболее эффективным способом повышения урожайности граната в орошаемых районах Узбекистана, где почва бедна органическим веществом, является применение азотных, фосфорных и калийных удобрений.

Ключевые слова: азот, фосфор, калий, органическое вещество, пектин, бачкил, паршаш.

Pomegranate is of great importance as a subtropical fruit. Seedlings are easily propagated by pruning. The most effective way to increase the yield of pomegranate in irrigated areas of Uzbekistan, where the soil is poor in organic matter, is the use of nitrogen, phosphorus and potash fertilizers.

Key words: nitrogen, phosphorus, potassium, organic matter, pectin, bachkil,

scab.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta'minlash, meva-sabzavot va uzumchilik sohasida yuqori qo'shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport hajmini oshirish, foydalanishdan chiqqan va lalmi yerlarni o'zlashtirish, paxta, g'alladan qisqartirilayotgan maydonlarga eksportbop qishloq

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xo'jaligi ekinlari ekishni ko'paytirish, shuningdek, bog', tokzor va issiqxonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadiga muofiqdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Anor subtropik meva sifatida katta ahamiyatga ega. Anorning eng yaxshi navlari Surxondaryo viloyati Sherabot tumani Qashqadaryo viloyati Kitob tumani va Farg'ona vodiysida o'stiriladi. U eng yaxshi meva va dekorativ o'simliklardan hisoblanadi.

Anor mevasini iste'mol qilganda tetik qiladigan g'oyat mazzali suvi (sharbati) ta'mi va xushbo'yligi jihatidan eng yaxshi apelsin navlarining suvidan qolishmaydi, rangi jihatidan ulardan ustun turadi. Anor suvida, naviga, pishgan va nomligiga qarab 5-20% qand va 0,5 - 10% organik kislotalar, pektin moddalari bor. Ko'p mamlakatlarda anor qaytadan ishlanib, undan sharbat va alkogolsiz ichimlik, hamda qiyom tayyorlanadi.

Lekin anorni tabiiy holida iste'mol qilish ko'proq foydalidir. Ildiz po'stlog'ida ham, mevasining po'stida ham ko'p miqdor dubil moddalari bo'lib, meditsinada ichni qaytaruvchi va gijjalarni haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Siqilib sharbati olingandan keyin kolgan turli urug'idan har xil narsalarni bo'yash uchun foydalaniladi. Undan sirka kislotasi olinadi. Anor 100 yil va undan ortiq yashaydi. Ildiz bachkilari, qalamchalarini parxish qilish yo'llari bilan oson ko'payadi.

Anor ko'chati yerga ekilgandan so'ng 2-3 yilda hosilga kira boshlaydi. To'liq hosilga kirish 7-8 yildan boshlanib, 50-60 yil davom etadi. Anor turli-tuman tuproq sharoitida, qumloq, toshloqdan tortib og'ir tuproqqacha, loysimon, ishqoriy va kislotali muhit tuproqlarida o'saveradi. Ayniqsa sernam, unumdor yerlarda yaxshi o'sadi. Sovuqqa chidamsizligi uchun sovuq tekisliklarda, kuchli sho'r va balchiqsimon tuproqlarda o'smaydi. Anor ko'chatlari asosan ko'chat yetishtirishga moslangan yer uchastkalarida yetishtiriladi.

Anor ko'chatlarini kurtagidan ko'paytirish uchun, avvalo sog'lom, baquvvat novdalarini kuzda 30-40 sm qilib kesib olib ko'mib qo'yiladi. Bunda kesilgan novda 60-70 sm. chuqurlik qalamcha holida ko'milib, ustiga 8-10 sm. qalinlikda qum ko'mib qo'yiladi. So'ngra qum kuchli namlanadi va usti palitilin plyonka bilan yopiladi. 20-25 kun davomida qumning namligi ushlab turiladi, issiq kunlari chuqur shabodalanib turiladi. Kurtak novdalar erta bahorda 25-30 sm. chuqurlikda o'tqaziladi, bunda 1-2 kurtak tuproq ustida qoldiriladi. Yahshi parvarishlangan ko'chatlarni 1-2 yilda anorzorlarga ekish mumkin. Bunda anorni quyosh nuridan foydalanishini ko'zda tutish kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Doimiy joyga anor ko'chatlari erta bahor mart oylarida 4x3 sxemada ekiladi so'ng 3-4 oy davomida tez-tez sug'orib turiladi. Keyingi yillari tomirlari rivojlangan sari sug'orish davri davomida 6-8 martaga tushiriladi.

Hosilga kirgan anorzorlarni sug'orishni doimo nazorat qilib turish lozim, aks holda kam sug'orish yoki keragidan ortiqcha sug'orish jaroyonida mevani yorilishiga olib keladi. Ko'chatlarning ikki tomonidan 35-40 sm. uzoqlikda sug'orish ariqlari olinadi.

Anor tuplarini qishda ko'milishini nazarda tutib, bir tomonga qisman qiyaroq ekiladi va ularga shakl berish ishlari ular to'liq hosilga kirguncha davom ettiriladi. Shohlarni kesishda meva kurtaklarining joylanishi ham hisobga olinadi. Daraxt hosilga kirgan davrda shoh-shabbani soyalaydigan shohlar hamda sust o'sadigan novdalari olib tashlanadi. Bu vaqt kuchli o'sadigan novdalar qisqartirilib, yon tomonga qarab shohlatiladi. Asosiy shohlardagi zaif qurigan, shoh-shabbani qalinlashtiradigan shohlar tagidan kesib tashlanadi. Baquvvat hosil shohchalari bir-biridan 20-25 sm. oraliqda qoldiriladi. Daraxtlarni kesishda ularning atrofidan o'sib chiqqan bachki novdalarni tanaga qadab koldirmay, olib tashlanadi. Bu ishni bahor, yoz va kuz fasllarida 3-4 marta takrorlashga to'g'ri keladi.

O'simliklarning o'g'itlardan olinadigan oziq moddalar miqdori tuproqlarning tiplari, o'g'itlarning shakli va dozalariga, navlar va boshqa shart-sharoitlarga bog'liq bo'ladi.

Uzoq muddatli tajribalardan ayn bo'lganidek, yuksak daraxtdagi agrotexnika hamda o'g'itlarni ishlatishning to'g'ri sistemasi turli hil tuproqlarning potensial unumdorligini belgilash va solinadigan o'g'itlarning samaradorligini aniqlash imkonini beradi.

Kaliyli o'g'itlar. Kaliyli o'g'itlardan oqilona foydalanish uchun tuproqning xossalarini va o'g'itlarning assortimentini hisobga olishi lozim.

Amalda o'g'it solib ketilganda bir qator xo'jaliklarda asosiy agrotexnika talablariga rioya qilinmaydi. Bu hol avvalo, o'g'itlarni ko'mishi chuqurligiga va ularni o'simliklar qatoridan qochirishga taalluqlidir.

Tarkibida fosfor (44%) va azot (11%) bo'lgan, yuqori darajada konsetratsiyali murakkab o'g'it - ammofos boshqa oddiy supurfosfat va ammiakli selitralardan agrotexnikaviy va iqtisodiy jihatdan ustun turadi.

Kaliyli o'g'itlar solinganda hosildorlikni oshishi bilan bir qatorda, uning sifati, po'stining pishiqligi, sovuqqa chidamligi ancha yaxshilanadi. Buning asosiy mohiyati shundaki, kaliy o'simlik to'qimalarining tarkibiga kirmaydi, lekin moddalar almashuvida muhim rol o'ynaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kaliyning asosiy funksiyasi xujayra kolloidlarining ko'p qirrali biokimyoviy jarayonlar normal kechishi uchun zarur bo'ladigan darajada sersuv bo'lib turishini ta'minlashdan iboratdir. U o'simliklarda uglevodlar hosil bo'lishga va joydan-joyga siljishiga qulay ta'sir ko'rsatadi. Tuproqda almashinuvchi kaliy yetarli miqdorda bo'lmasa, uning mevalari past sifatli, mevalari chala yetilishi kuzatiladi.

Demak, kaliyli o'g'itlar ko'p jihatdan tuproq tarkibidagi almashinuvchi kaliyning miqdoriga va ishlatiladigan azot-fosforli o'g'itlarning nisbatiga bog'liqdir. Kaliyli o'g'itlarni 1 gektariga 10 kg (1m2 - 1 gramm) atrofida ishlatish mumkin. Kaliyli o'g'itlarni shohlanish davrida sotish katta ahamiyat kasb etadi.

Azotli o'g'itlar. O'zbekistonning yerlari organik moddalar jihatidan kamquvvat bo'lgan sug'oriladigan xududlarida anorning hosildorligini oshirishning eng ta'sirchan omili azotli o'g'itlarni qo'llashdir.

Tuproqda azot yetishmasa barcha ekinlar singari anor o'simligi ham sust rivojlanadi. Azot bilan oziqlanish sharoitining noqulay bo'lishi oqibatida o'simlikning shona va hosil tugunchalari qisman to'kiladi bu esa hosilning keskin kamayishiga va mevaning sifatidan pasayishiga olib keladi.

Anorning dastlabki rivojlanish davrida azotli o'g'itlar katta rol o'ynaydi, ya'ni dastlabki barglar paydo bo'laetgan paytda hamda gullash fazasigacha. Shuning uchun ham aynan shu davrlarida azotli o'g'itlarni solish yahshi samara beradi. Azotli o'g'itlarni turiga qarab ekindosh qancha uzoq va chuqurlikda solish mumkin hisoblanadi. Azotli o'g'itlarni gektariga sof holida 35-40 kg. atrofida solish yaxshi natija beradi.

Fosforli o'g'itlar. Azotli o'g'itlarning samaradorligi tuproqda fosforning o'simlik foydalana oladigan xillari mavjudligiga bog'liq ekanligini aytish joiz. Tuproq tarkibida fosfor yetarli miqdorda bo'lsa, hosildorlik oshadi, meva sifati yaxshilanadi va kam bo'lsa aksincha bo'ladi. Fosfor o'simlikning barcha o'sish hujayralari tarkibiga kiradi. O'simliklarda kechadigan moddalar almashinuvidagi oraliq birikmalarning hosil bo'lishida va kaliy bilan oziqlanishida ham fosfor katta rol o'ynaydi.

Tarkibida harakatchan fosfor kam bo'lgan yerlardagi o'simlikning o'sishi va rivojlanishi juda susayadi, bu esa pirovardida hosilning ancha kamayishiga va mevaning sifat texnologik ko'rsatkichlari yomonlashishiga olib keladi. Fosforli o'g'itlarni gektariga 50-60 kg. (1 m2 50-60 gramm) atrofida solish tavsiya etiladi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallagan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida". PQ-4575-son Qarori. - Toshkent. 2020 yil 28 yanvar.

2. Baymetov K. I., Shreder Y. A., Axmedov Sh. M., Qayimov A. Q. Anorni fermer xo'jaliklarida ko'paytirish texnologiyasi. - Toshkent. 2015.

3. Bo'riev X.Ch va boshqalar. Mevali va rezavor - mevali o'simliklar bilan tajribalar o'tkazishda xisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi (uslubiy qo'llanma).-Toshkent.-2014.

4. Mirzayeva S. va boshqalar. Anor//O'zbekiston qishloq xo'jaligi.-2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.