Научная статья на тему 'MАXSUS INSHOOTLАRDА (TRАNSHEYA) LIMON O‘SIMLIKLАRINI SUG‘ORISH VА O‘G‘ITLАSH'

MАXSUS INSHOOTLАRDА (TRАNSHEYA) LIMON O‘SIMLIKLАRINI SUG‘ORISH VА O‘G‘ITLАSH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
119
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
лимон / специальная конструкция / оросительная система / местные удобрения / дождевальный полив / влажность / температура. / lemon / special design / irrigation system / local fertilizers / sprinkler irrigation / humidity / temperature.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bobosher Nortojiyev, Komola Yusupova, Xudoyberdi Botirov

В научной статье отмечается, что необходимо обратить внимание на регулярность полива и норм удобрений при содержании лимонов в специальных помещениях, обеспечить своевременное выполнение агротехнических мероприятий. Направить их на поддержание температуры и влажности в специальных конструкциях и обеспечение оптимальных условий, необходимых для растений.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Scientific article It is necessary to pay attention to the regularity of watering and fertilization rates when keeping lemons in special rooms in order to ensure the timely implementation of agrotechnical measures. It is aimed at maintaining temperature and humidity in special structures and providing optimal conditions for plants.

Текст научной работы на тему «MАXSUS INSHOOTLАRDА (TRАNSHEYA) LIMON O‘SIMLIKLАRINI SUG‘ORISH VА O‘G‘ITLАSH»

Удалить Водяной Знак

Wondershare PDFelement

UO'T: 634.32

TADQIQOT

MAXSUS INSHOOTLARDA (TRANSHEYA) LIMON O'SIMLIKLARINI SUG'ORISH VA O'G'ITLASH

Bobosher NORTOJIYEV,

assistent, Komola YUSUPOVA, Xudoyberdi BOTIROV,

magistrantlar, Toshkent davlat agrar universiteti.

Аннотация. В научной статье отмечается, что необходимо обратить внимание на регулярность полива и норм удобрений при содержании лимонов в специальных помещениях, обеспечить своевременное выполнение агротехнических мероприятий. Направить их на поддержание температуры и влажности в специальных конструкциях и обеспечение оптимальных условий, необходимых для растений.

Ключевые слова: лимон, специальная конструкция, оросительная система, местные удобрения, дождевальный полив, влажность, температура.

Annotation. Scientific article It is necessary to pay attention to the regna^.ty of watering andfertilization rates when keeping lemons in special rooms in order to ensure the timely implem:\, ation of agrotechnical measures. It is aimed at maintaining temperature and humidity in special structures and n, ov,ding optimal conditions for plants.

Key words: lemon, special design, irrigation system, local f -wipers, sprinkler irrigation, humidity, temperature.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-3680-sonli qaroriga asosan fermer, dehqon xo'jaliklari va tomo qa yer egalari faoliyatini takomillashtirish, mamkka'ï,„izd ekin maydonlaridan samarali foydalanish, fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qo-nuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, hududlarda fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan oqilona foydalanish bo'yicha ishlar holatini o'rganish natijalari ushbu yo'nalishdagi .aoliyatni tashkil etishni yanada takomillashtirish bo'yicha aniq choralar ko'rish zarurligini ko'rsatmoqda (1, 2).

Bugungi zamonaviy qishloq xo'jaligida mevali bog'larga o'z vaqtida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida mo'l hosil olishga erishilishi mumkin. Jumladan, maxsus in-shootlarda parvarishlanayotgan limonzorlarda ham yuqori hosil olishga erishish mumkin. Respublikamizda maxsus inshootlarda (transheyada), issiqxonalarda sitrus o'sim-liklari juda ko'p yetishtiriladi. Jumladan, limon o'simliklari ham. Limon o'simliklari normal o'sishi va rivojlanishi uchun ularga zarur bo'lgan iqlim sharoitlari mavjud bo'lishi talab etiladi. Limon parvarishlanayotgan inshootlarda havoning nisbiy namligi 80-85% bo'lishi zarur. Ayniqsa, hosil tugush vaqtida va havo harorati eng issiq bo'lgan vaqtda (iyun-av-gustda) inshootdagi iqlim mo'tadilligini saqlash maqsadida, o'simliklarni tez-tez sug'orish yoki maxsus suv purkash uskunasi orqali suv purkalib turishi zarur bo'ladi. Agarda o'simliklar bir oz chanqab qolsa, barglari va gullari oftobda kuyishi, hatto to'kilib ketishi mumkin. Natijada hosildorligi

pasaib ketadi (3, 4).

Tadqiqotni olib borish sharoiti va uslubi. Limon o'sim-.'klarini sug'orish zaruriyati tuproqning va o'simliklarning holatiga qarab aniqlanadi. Shu bilan birga, sug'orish orqali inshootdagi havo namligini ham normal holatga keltirish mumkin bo'ladi. Namlik yetishmasa, qalin yaltiroq barglar kunning issiq vaqtida xiralashib qoladi, yuqori novdalar-ning barglari so'lib, kechki vaqtga borib, asl holiga qaytadi. Bundan tashqari, yosh novdalar tuproq holatining o'zgari-shi, pastki barglarda sariq dog'larning paydo bo'lishi ham chanqoqlikdan dalolat beradi. Bunday holatda zudlik bilan sug'orish zarur. Bugungi kunda issiqxonalarda va maxsus inshootlarda o'simliklarni zamonaviy usulda tomchilatib sug'orish tizimi yo'lga qo'yilmoqda. Tomchilatib sug'orish orqali o'simliklarga yil davomida beriladigan suv va oziq moddalar tejab qolinadi.

Limon o'simliklarini zamonaviy usulda tomchilatib sug'orish tongda yoki kechki vaqtlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ko'chatlar ekilgan yili dastlabki oylarda har 2-3 kunda bir martadan sug'oriladi. Ular yaxshi ildiz olib, o'sa boshlagandan keyin sug'orish muddatlari uzaytirib boriladi. Sug'orish soni va davomiyligi yil fasllariga va tuproqning tabiiy holatiga qarab amalga oshiriladi. Yozda 6-8 kun, qishda 30 kundan ortiq oralatib suv beriladi. Yengil tuproqli, qumli yerlarni qumoq tuproqli yerlarga qaraganda, tez-tez sug'orish talab etiladi. Tuproq namligini saqlash ham muhim ahamiyatga ega. Hosilga kir-gan yosh o'simliklarni: martda 1 marta, aprel va mayda 1-2 martadan, iyun, iyul va avgustda 4 martadan, sentabrda 3 marta, oktabrda 1,2 marta, bir yil davomida hammasi bo'lib,

66

AGRO INFORM MAXSUS SON [1] 2021

Удалить Водяной Знак

Wondershare PDFelement

18-20 marta sug'orish yetarli bo'ladi. Yosh ko'chatzorlarda daraxtlar shox-shabbasi o'sib, tutashib ketguncha, har 2-3 marta sug'orilgandan keyin, yer yetilishi bilan bir qator oralari yumshatiladi. Yil davomida 4-6 marta qator oralariga ishlov berish zarur.

Tadqiqot natijalari. O'simliklar sug'orilganda faqat tuproqning zarur namligi ta'minlanmasdan, balki maxsus inshootlar (transheya) va issiqxonalar havosining namligi ham ortadi. Tuproqdan namlik bug'lanishi havoning namligini oshiradi, bu esa limon o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga yaxshi ta'sir etadi (ayniqsa, tugushi va me-valar shakllanishi davrida). Limon o'simliklari ertalab va kechqurunlari maxsus yomg'irlatib sug'orish tizimi orqali ham sug'orib turiladi. Bunda havoning namligi ortishi bilan birga o'simliklar bargi chang va g'ubordan tozalanadi, foto-sintez samaradorligi ortadi. Maxsus inshootlar (transheya) va issiqxonalardagi o'simliklarni yomg'irlatib, tomchilatib va hokazo usullarda sug'orish mumkin. Maxsus inshootlar (transheya) va issiqxonalarda limon o'simliklarini sug'o-rishning eng yaxshi usuli tomchilatib sug'orishdir, bunda suv quvurlar sistemasi va maxsus qurilma orqali bevosita o'simlikning ildiz sistemasi zonasiga kiradi. Suv oqadigan plastmassa quvurlar o'simliklar qatori bo'ylab yotqiziladi. O'simlik tupidan (ikki tomonidan) 20-40 santimetr nari-dan o'tkazilgan quvur yoki shlangdan suvni norma bilan sarflaydigan bittadan teshik ochiladi. Suv o'simliklarning talabiga qarab oqiziladi. Tomchilatib sug'orish usuli (yomg'irlatish bilan bir vaqtda) oson qo'llanishi mumkin, u sug'orishni avtomatlashtirish va suvni tejash imkoi.in beradi. Bunda nam to'plash zaruriyati qolmaydi, be" isica har tup o'simlikning ildiz sistemasi zonasiga sug'orish bilan bir vaqtda mineral moddalarni qo'shib solish mumkin. Limon o'simliklari ekilgan yerni ishlaganda, ildiz sistemasini shikastlamaslik kerak, limon o'simligining ildiz sistemasi yuzada joylashgan bo'ladi. Qishda yoki erta bahorda maxsus inshootlarga (transheya) va issiqxonalarga o'g'it solingan-dan keyin, qatorlar va qator oralari chopiladi. Yil davomida yer 2-3 marta yumshatiladi.

O'g'itlash. Limon o'simliklaridan ham boshqa barcha ekinlar singari yerga organik va mineral o'g'itlar solib tu-rilgandagina, har yili mo'l hosil olishimiz mumkin bo'ladi. Hosildorlikka organik o'g'itlar, ayniqsa, yaxshi ta'sir ko'rsa-tadi. Har bir o'simlik hisobiga to'liq miqdorda beriladigan organik o'g'it tarkibi: 100 gramm azot, 120 gramm fosfor, 60 gramm kaliy va 10 kilogramm mahalliy o'g'itdan iborat bo'ladi. Ushbu oziqlantirish miqdori hosildorlikning se-zilarli darajada oshishi sabab bo'ladi. Ekilgandan keyingi dastlabki 2 yil davomida har bir o'simlikka 8-10, 3-4 yillik

o'simliklarga 12-15, keyingi yillari 16-20 kilogramm ma-halliy o'g'it solinadi. Mineral o'g'itlar ko'chat ekilgandan keyin, ikkinchi yildan boshlab solinadi. O'g'itlash miqdori o'simlikning yoshiga qarab va holatiga qarab belgilanadi. Bir-ikki yillik o'simliklar uchun 25-30 grammdan azot va fosfor, 15-20 gramm kaliy; 3-4 yillik o'simliklar uchun 4550 grammdan azot va fosfor, 25-30 gramm kaliy; hosilga kirgan 5-6 yoshli va undan katta o'simliklar uchun -100 va undan ortiq grammdan azot, fosfor va 60-70 gramm kaliy.

O'g'itlar tarkibidagi ushbu oziq moddalar miqdori bo'yi-cha tegishli hisob olib boriladi. Solinadigan o'g'itlarning aniq miqdori tuproqning agrokimiyoviy tahlili ma'lumotlari, sug'orish rejimi, o'simliklarning holati va hosildorligini hisobga olgan holda aniqlanadi. Fosforli va kaliyli o'g'itlar mahalliy o'g'itga aralashtirilib, bir marta, ya'ni vegetatsiya davri boshlanishidan oldin, eng maqbuli hosil terib olin-gandan keyin, noyabr-dekabrda solinganligi ijobiy natija beradi. Azotli o'g'itlar ikki muddatda: umumiy dozaning yarmi martda, ya'ni birinchi gullashi oldidan va qolgani iyunning ikkinchi yarmi, iyulning birinchi o'n kunligida, ya'ni tugunchalar to'kilib, mevalar shakllanib bo'lgandan keyin, navbatdagi sug'orish oldidan egatlarga solinadi.

Yetar)' miqjorda o'g'it berilgan limon o'simliklari sovuqqa chidamlioq bo'ladi. Bunda kaliy moddasi muhim rol o'ynaydi. Bu :.o! qish sovuq kelgan ayrim yillari, aynan isitilmaydigan maxsus inshootlardagi (transheya) o'sim-lklarni soV>qdan saqlashda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosalar:

1 Maxsus inshootlarda limon o'simliklari normal o'sishi va rivojlanishi uchun ularga zarur bo'lgan iqlim sharoitlari mavjud bo'lishi talab etiladi. Limon parvarishlanayotgan inshootlarda havoning nisbiy namligi 80-85% bo'lishi talab etiladi.

2. Namlik yetishmasa, qalin yaltiroq barglar kunning issiq vaqtida xiralashib qolishini, yuqori novdalarning barglari so'lib, kechki vaqtga borib asl holiga qaytishini inobatga olish kerak bo'ladi. Limon o'simliklarini zamonaviy usulda tomchilatib sug'orish tongda yoki kechki vaqtlarda amalga oshirilishi eng maqbul muddat hisoblanadi.

3. Maxsus inshootlarda (transheya) va issiqxonalarda limon o'simliklarini sug'orishning eng yaxshi usuli tomchilatib sug'orishdir. Tomchilatib sug'orish usuli (yomg'irlatish bilan bir vaqtda) oson qo'llanishi mumkin, u sug'orishni avtomatlashtirish va suvni tejash imkonini beradi. Limon o'simliklarini ham boshqa barcha ekinlar singari yerga or-ganik va mineral o'g'itlar solib turilgandagina, har yili mo'l hosil olishimiz mumkin bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Limonchilik tarmog'ini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori (PQ-4610, 19.02.2020 й.)

2. Ankudinov V.I. Konstruktsi kron plodovix rasteniy. // Moshny faktor povesheniya urojaya. - Tashkent, 1982. -С. 12-16.

3. Rekomendatsi po virashivaniyu sajentsev limona v usloviyax Sredney Azii. -Tashkent, MSX, 1986. - С. 8-14.

4. Chixladze V.T., Kozlov Ya.I. Virashivanie limona v transheynoy kulture.- // Selskoe xozyaystvo Tadjikistana, Dushanbe, 1967.- С. 32-33.

MAXSUS SON [1] 2021 AGRO INFOKM

67

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.