Научная статья на тему 'SUERTE – OMAD FREYMINING MA’NO KO‘CHISHIDAGI IKKILAMCHI INTЕRPRЕTATSIYASI'

SUERTE – OMAD FREYMINING MA’NO KO‘CHISHIDAGI IKKILAMCHI INTЕRPRЕTATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
37
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
omad / suerte / ko’chma ma’no / etimologiya / omad (luck) / suerte / figurative meaning / etymology

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qilicheva, Mohinur

Jahon tillarida olam manzarasi dunyo haqidagi oddiy, lisoniy va ilmiy bilimlar birga mavjudligi tufayli samo va koinot, inson va shaxs, mehr-muruvvat, ong va tafakkur va hokazolarni tahlil qilish natijasida ikkalamchi ma’nolar – metaforalar, ko‘chma ma’nolarni voqelantiradi. Shuningdek, bir leksema olamning turli manzaralarida har xil mazmun ifodalashi, turli tillarda esa bir tushuncha ma’nosi yanada kengayishi mumkin. Bevosita antroposentristik tahlilda omadsuerte leksemalari, va ularni qurshagan periferiya kengligi bunga yaqqol faktik misoldir hamda bu so’zlar o’zbek va ispan tillarida lisoniy shaxs qiyofasini yorqinroq ochib berishi badiiy matnlarda kuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SECONDARY INTERPRETATION IN TRANSFER OF MEANING OF OMAD – SUERTE FRAMES

Due to the coexistence of simple, linguistic, and scientific knowledge of the world, the landscape of the world in world languages creates secondary meanings metaphors, figurative meanings as a result of the analysis of the sky and the universe, human and personality, kindness, consciousness and thinking, etc. Also, one lexeme can express different meanings in different scenes of the world, and the meaning of one concept can be expanded even more in different languages. In the direct anthropocentric analysis, luck-suerte lexemes and the wide periphery surrounding them are a clear factual example of this, and it was observed in artistic texts that these words more vividly reveal the image of the linguistic personality in Uzbek and Spanish languages.

Текст научной работы на тему «SUERTE – OMAD FREYMINING MA’NO KO‘CHISHIDAGI IKKILAMCHI INTЕRPRЕTATSIYASI»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

SUERTE - OMAD FREYMINING MA'NO KO'CHISHIDAGI IKKILAMCHI

INTERPRETATSIYASI

Qilicheva Mohinur

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Jahon tillarida olam manzarasi dunyo haqidagi oddiy, lisoniy va ilmiy bilimlar birga mavjudligi tufayli samo va koinot, inson va shaxs, mehr-muruvvat, ong va tafakkur va hokazolarni tahlil qilish natijasida ikkalamchi ma 'nolar - metaforalar, ko 'chma ma 'nolarni voqelantiradi. Shuningdek, bir leksema olamning turli manzaralarida har xil mazmun ifodalashi, turli tillarda esa bir tushuncha ma 'nosi yanada kengayishi mumkin. Bevosita antroposentristik tahlilda omad - suerte leksemalari, va ularni qurshagan periferiya kengligi bunga yaqqol faktik misoldir hamda bu so 'zlar o 'zbek va ispan tillarida lisoniy shaxs qiyofasini yorqinroq ochib berishi badiiy matnlarda kuzatildi.

Kalit so'zlar: omad, suerte, ko'chma ma'no, etimologiya

SECONDARY INTERPRETATION IN TRANSFER OF MEANING OF

OMAD - SUERTE FRAMES

Kilicheva Mokhinur

Master of the Uzbekistan State University of World Languages

ABSTRACT

Due to the coexistence of simple, linguistic, and scientific knowledge of the world, the landscape of the world in world languages creates secondary meanings -metaphors, figurative meanings as a result of the analysis of the sky and the universe, human and personality, kindness, consciousness and thinking, etc. Also, one lexeme can express different meanings in different scenes of the world, and the meaning of one concept can be expanded even more in different languages. In the direct anthropocentric analysis, luck-suerte lexemes and the wide periphery surrounding them are a clear factual example of this, and it was observed in artistic texts that these words more vividly reveal the image of the linguistic personality in Uzbek and Spanish languages.

Key words: omad (luck), suerte, figurative meaning, etymology

KIRISH

Umuman olganda, antropotsetrik paradigmada lisoniy shaxs tushunchasi o'z millatining milliy-madaniy, ma'naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi, uni namoyon etuvchi til vakilini anglatmoqda. Har bir tilning o'ziga xos leksik qatlami bo'lib,

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

uning asosida ma'naviy qadriyatlar, axloqiy, psixologik, diniy qarashlar yotadi. Til birliklaridagi madaniy axborot madaniy konnotatsiya, milliy-madaniy komponent, madaniy semalar, madaniy fon (hayotiy voqealar va tarixiy faktlarni bildiruvchi so'z va frazeologizmlar) fon bilimlari orqali namoyon bo'ladi [1] va bunday holat har qanday tillarda ma'noning ko'chimga uchrashi bilan chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi.

So'z semantikasining milliy-madaniy komponenti (madaniy konnotatsiya) bevosita til egalari madaniyati, mentaliteti bilan bog'liq rivojlanadi, boyib boradi. So'zning milliy-madaniy komponentida madaniyatning bazaviy qatlamlari aks etadi, masalan, makon va zamon, tabiat bilan o'zaro ta'sir, kiyim-kechak, oziq-ovqat, mehnat bilan bog'liq an'analar shular jumlasidandir [2]. Bunday holatda ko'chma ma'no asosiy o'rinni egallaydi. Ko'chma ma'no alohida individning lisoniy idrok faolligi bo'lib, o'z natijalarida uning interpretatsiya obyekti yoki individual xususiyatlarini subyektiv tushunishi ochib beriladi. Shu qatorda, ikkilamchi interpretatsiyaning ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlash zarur. Ikkilamchi interpretatsiya o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra individualdir va u ma'lum bir shaxsning o'ziga xos individual konseptual tizimidagi jamoaviy bilimlar hamda jamoaviy kognitiv sxemalarning interpretatsiyasini anglatadi [3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

So'z ma'nosining ko'chimga uchrashi har bir tilda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi, chunki u nomlanayotgan predmet til-madaniyat egasi tomonidan turlicha idrok etilishidan dalolat beradi. Til birliklarining milliy-madaniy o'ziga xosligi nazariyasi keng rivojlanayotganiga qaramasdan, uning tushunchaviy-terminologik apparati endi shakllanmoqda. Ushbu bilim sohasining milliy-madaniy o'ziga xoslik, milliy-madaniy ma'no va ma'noning madaniy komponenti kabi bir qator asosiy tushunchalari turlicha talqin etib kelinmoqda. Ma'nosi ko'chimga uchragan til birliklarining milliy-madaniy o'ziga xosligini tahlil qilishdan avval milliy-madaniy o'ziga xoslik tushunchasi va u bilan bog'liq terminlarni aniqlashtirib olish zarur. Lingvistik adabiyotlarda milliy-madaniy mazmun, milliy madaniyatning o'ziga xos xususiyatlari, milliy-madaniy o'ziga xoslik, milliy kolorit, milliy-madaniy semantika, etnosemalar va ijtimoiy-madaniy ma'nolar, milliy-o'ziga xos ma'no, milliy mansublik semasi, mamlakatshunoslik madaniy komponenti yoki madaniy komponenti kabi terminlari keng qo'llanilmoqda.

Olimlarning fikricha, til materialini tadqiq etish natijalari ko'chma ma'noga ega bo'lgan til birliklarining milliy-madaniy o'ziga xosligi uning ikkilamchi interpretatsiya orqali tahlil etilganda milliy-madaniy o'ziga xoslik tushunchasi

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

quyidagilarni qamrab oladi: a) milliy-madaniy ma'noga ega so'zlar; b) ma'noning madaniy komponentiga ega so'zlar; v) milliy-madaniy konnotatsiyaga ega so'zlar.

Milliy-madaniy o'ziga xoslikka ega leksik qatlamlarni leksema ma'nosi darajasida ifodalash uchun milliy-madaniy ma'no tushunchasi, ma'no komponenti darajasida ifodalash uchun madaniy komponent tushunchasi, konnotatsiyalar darajasida ifodalash uchun milliy-madaniy konnotatsiya so'zlari qo'llaniladi.

Milliy-madaniy ma'no terminini biz qaysidir ma'noda shartli ravishda ishlatamiz, chunki u so'zning to'lig'icha milliy-madaniy mazmunga ega bo'lgan denotativ-signifikativ ma'nosini bildiradi. Tillarni qiyosiy-chog'ishtirma o'rganish jarayonida aniqlanadigan va har xil madaniyatlarga xizmat qiladigan ko'chma ma'noga ega bo'lgan leksika ana shu so'zlar guruhiga kiradi.

Ispan va o'zbek tillaridagi ma'nosi ko'chimga uchragan til birliklari: suerte -omad freymlarining ko'chma tomonlari tahlil qilinganda, yuqorida ta'kidlangan har ikki tilga xos milliy-madaniy belgilar kuzatildi.

O'zbek tilidagi omad leksemasining ma'nosi bu, ot so'z turkumiga mansub 'kel-' ma'nosini anglatadigan tojikcha omadan fe'lining omad o'tgan zamon asosiga teng (TjRS, 286), u ishning o'ngidan kelishi, olg'a bosishi kabi ma'nolarni bildiradi (O'TIL, I, 535). Omad deganda, tasodifiy yoki oldindan aytib bo'lmaydigan holatlar to'plamini subyektiv ijobiy baholash ham tushuniladi. Omad deb, hodisalarning istalgan natijasini tushunish mumkin. Ayniqsa, omad insonning harakatlariga bog'liq bo'lmagandagi erishilgan natijada ko'rinadi. Masalan: lotereyadagi yutuq ham omad. Omad, shuningdek, erishilgan muvaffaqiyat; inson hayotidagi tasodifiy, oldindan aytib bo'lmaydigan yoki hisobga olinmagan holatlarning tasodifan amalga oshishi, omad kelishi natijasida yuzaga kelgan ijobiy hodisalardir. Og'zaki va yozma nutqda omadning turli - birlamchi va ikkilamchi interpretatsiyalarini kuzatsih mumkin.

Omad - Suerte kabi til birliklari milliy o'ziga xos bo'lganligi sababli har ikki tilda muqobilsiz leksika hisoblanadi. Ishning o'ngdan kelishi, ilgari bosishi ma'nosida tez-tez qo'llaniladi. Ba'zan sinonim sifatida baxt, tole so'zlari keladi, ammo bizningcha bu so'zlar to'liq sinonim emas. Omad leksemali ibora va maqollarga quyidagilarni misol qilish mumkin: Omadingiz baland. Har yigitga bir omad. Ishning omadi - o'z vaqti. Omad qushi boshiga qo 'ndi (baxt qushi boshiga qo'nmoq).

Badiiy adabiyotda ham ushbu leksema ekspressiv-ifodali jumlalar tuzishga ko'p qo'llanadi. Masalana: Ehhe, ish kat-ta-ku! Omad tilayman, cho'taldan cho'zasiz-da! (Oybek, Tanlangan asarlar.) Buni omad deydilar: ham ish undiribsan, ham tomosha qshshbsan. (Oybek, O. v. shabadalar).

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

Omadi gap yoki gapning omadi - ushbu ibora xolisona aytilgan gap; gapning to'g'risi, o'rni, maqomi mazmunlarida ishlatiladi: (Hamrobuvi): Men omadi gapni aytayotibman. (A. Qahhor, Og'riq tishlar, 303). Janobi oliy va sizning davlatingiz hammasi meniki, nega xafa bo'layin, gapning omadini aytdim-da, - dedi O'rmon polvon. (S. Ayniy, Qullar.). Omad(i) kelmoq (yoki yurishmoq) - ishi o'ngidan kelmoq, baxti kelmoq, yurishmoq. Ro'ziqulning omadi kelib, cho'ntagi xo'ppaya boshladi (G'ayratiy, Dovdirash). Omadi ketmoq - ishi o'ngidan kelmaslik, orqaga ketmoq, baxt yo'li to'silib qolmoq. Omading ketganda, kunlar toshbaqa yurish qilib, sekin o 'tadi (N. Qobil, Unutilgan sohillar). Quyidagi nazmiy parchada esa omad antroponom belgi bilan tasvirlanadi:

Yurak yonar, yurak kuyadi,

Qisiq tag'in omadning tili (Mash'al Xushvaqt. Holat). Bunda mavhum tushuncha omadga, real inson a'zosi til bog'lanib o'ziga xos topilma - individual-mualliflik ko'chma ma'no yaratilgan.

Shu qatorda, dunyo tillarida omadni anglatuvchi ramzlar ham mavjud. Buning o'zi alohida tadqiqot mavzusi bo'lishi mumkin. Masalan, sharq va g'arb madaniyatida omad ramzlari qatoriga to'rt bargli beda (sebarga) o'simligi, taqa (uylar kirishida yoki ostonalarda mahkamlab qo'yilgan), xonqizi, bo'ri tishi, quyon oyog 'i va hklarni kiritilgan.

Dinda ham o'ziga xos omad tushunchasi mavjud. Ayniqsa, raqamlar yoki hafta kunlarining muqaddas sanalishi omad bilan bog'lanib ketgan. Masalan, islomda juma kunining muqaddasligi, shu kuni boshlanadigan ishlarning omadli (xayrli) tugashiga bo'lgan ishonch, yoki chorshanba - murodbaxsh kun tushunchasining mavjudligi kabilarni keltirish mumkin. Xuddi shunday tushunchalar raqamlar bilan ham ifodalangan. Masalan, etti raqami, etti raqamli narsa-predmetlarga kishilarning ruju qo'yish ham xalq orasida undan omad kutish darajasiga borib yetganligini anglatadi. Yoki, aksincha, 13 raqami, ko'zguning sinib qolishi yoki qora mushukning yo'limizni kesib o'tishi - omadsizlikni anglatgan.

Ispancha suerte leksemasi lotincha sortis so'zidan kelib chiqqan, mohiyatan dala-yerlarning bo'linishiga ishora qiladi. Oadatda, hamma yerlar bir xil sifatli bo'lmagan, ba'zi yerlar boshqalaridan ko'ra unumliroq va shuning uchun ulardan keladigan baraka (boylik) ham turli xil bo'lgan. Qadimgi Rimda o'z xizmatlarini bajargan askarlarni mukofotlashda yerlarni taqsimlash uchun mayda (oshiq) suyaklar (lote deb atalgan va lotereya so'zi ham shu jarayonda yuzaga kelgan) ishlatilgan. Demak, bu yer uchastkalari o'lchov jihatidan bir xil bo'lsa-da, ammo sifati bir xil bo'lmagan, shuning uchun askarning omadiga qarab, uning chekiga unumdor yoki

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

toshloq yer tushganligidan suerte so'zi omad mazmunini bildiruvchi terminga aylangan [5].

Ko'pincha, yuqorida ta'kidlaganimizdek, omad tushunchasini diniy yoki ilohiy, ya'ni biz ko'ra olmaydigan kuchlar bilan ham bog'lashgan. Umuman olganda, omadni qo'llab-quvvatlash imkoniyati bilan bog'liq bo'lgan xurofiy jihatlar barcha etnoslar madaniyatida uchraydi, bunga misol tariqasida omadni chaqiruvchi va omadsizlikdan qochish uchun turli marosimlar, tumorlar taqish urf-odatini, ularning hozirgacha shamanistik timsollarda saqlanib qolganligini keltirish mumkin.

Ispan tilida ham suerte leksemasi ishtirok etgan ko'plab ibora va aforizmarni uchratish mumkin. Masalan: La suerte de la fea, la guapa la desea (so'zma so'z: Xunukning omadi, go'zalning uni istashi), iborasining mazmuni inson o'z hayotida hamma narsaga mukammal darajada ega bo'lmasa ham, uning omadi kelishi mumkinligiga ishora qilingan.

La suerte es loca y a cualquiera le toca (omadning esi (aqli) yo'q va u har kimga boqaveradi). Bu maqol ko'proq lotereyalar o'yiniga tegishlidek, mazmunida har kim ham omadli bo'lishi mumkinligini eslatadi. Omadi kulib boqqan kishilarga aytiladi.

Demak, har bir millat til fondida mavjud aksiologik qatlamni tashkil etuvchi kognitiv tushunchalar (metafora, metaforik modellashtirish, o'xshatishlar) muayyan millat lisoniy va milliy-madaniy manzaralarini yorqinroq baholash, mental tushunchalarini chuqurroq anglashda faol hisoblanadi. Xullas, lingvoaksiologiya predmeti hisoblangan urf-odatlar, marosimlar, tilning tasviriy va obrazli vositalari kognitologik va lingvomadaniy tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa o'mida ta'kidlash joizki, ma'nosi ko'chimga uchragan til birliklarining kognitiv jihatini tadqiq qilish ularning inson olamini bilish jaryonida egallayotgan bilimlar kognitiv mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, bunday til birliklarini ikkilamchi ma'no-mazmunga egaligi jihatidan tahlil qilish tilda inson omilining turli tumanligini yaqqol namoyon etadi.

REFERENCES

1. Аширов А. Узбек халкининг кадимий эътикод ва маросимлари. - Тошкент, 2007. - 276 б.

2. Бахронова Дилрабо Келдиёровна (2016). Лингвокультурные особенности зооморфных фразеологических единиц. Вестник Челябинского государственного университета. - 2016. - (9 (391)), 36-43.

3. Бахронова, Д. К. Метафоры в языковой картине мира (на материале английского и испанского языков) / Д. К. Бахронова, З. Д. Рахимжонова. —

XULOSA

О

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 1 (291). — С. 225228. — URL: https://moluch.ru/archive/291/65803/ (дата обращения: 11.01.2023).

4. Mash'al Xushvaqt. Holat/ She'rlar https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/mashal-xushvaqt-sherlar-2.html

5. https://www.loteriamanises.com/blog/la-suerte-refranero-popular/

6. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. - 672 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.