Научная статья на тему 'SUBYEKTIVLIK KАTEGОRIYАSINING FALSAFIY VA LINGVISTIK ASOSLARI'

SUBYEKTIVLIK KАTEGОRIYАSINING FALSAFIY VA LINGVISTIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
munosabat / subyektiv munosabat obyektivlik / subyektivlik / falsafa / tilshunoslik / psixologiya / mantiq.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Ixtiyorov A.

Mazkur maqolada muallif subyektiv munosabat semantikasining voqelanishi, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida shuningdek, subyektivlik hamda obyektivlik tushunchalari nafaqat falsafa va mantiq fanlarining о‘rganish obyekti, balki psixologiya, tilshunoslik kabi fanlarning ham o‘rganish obyekti ekanligiga e’tibor qaratadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUBYEKTIVLIK KАTEGОRIYАSINING FALSAFIY VA LINGVISTIK ASOSLARI»

SUBYEKTIVLIK KATEGORIYASINING FALSAFIY VA

LINGVISTIK ASOSLARI

Ixtiyorov A.

Qo'qon davlat pedagogika instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.13948749

Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif subyektiv munosabat semantikasining voqelanishi, uning o'ziga xos xususiyatlari haqida shuningdek, subyektivlik hamda obyektivlik tushunchalari nafaqat falsafa va mantiq fanlarining o'rganish obyekti, balki psixologiya, tilshunoslikkabifanlarningham o'rganish obyekti ekanligiga e 'tibor qaratadi.

Kalit so'zlar: munosabat, subyektiv munosabat obyektivlik, subyektivlik, falsafa, tilshunoslik, psixologiya, mantiq.

Ma'lumki, obyektivlik va subyektivlik muammolari gnoseologik masalalar guruhiga taalluqli bo'lib, ular avvalo falsafa fanlari doirasida o'z yechimini topadi. Ushbu muammo dunyoqarash asoslari bilan bog'liq, nafaqat ongning mohiyati bilan, balki falsafaning asosiy masalalaridan bo'lmish ong va turmush tarzi munosabatlari bilan bog'liq va shu bois ham barcha konkret fanlar uchun, xususan, gumanitar fanlar va avvalom bor tilshunoslik uchun katta ahamiyat va qiziqish uyg'otadi. Tilshunoslik ong va borliq, voqelik munosabatlari masalasini chetlab o'tolmaydi, chunki tilning har qanday izohi uning mazmun tomoni tavsifi, ya'ni uning jamiyatdagi bilish-kommunikativ funksiyasiga yo'naltirilgan bo'ladi [4; 13-14].

Subyekt va obyekt atamalari tilshunoslikda mantiqiy hamda grammatik kategoriyalarni ifodalashda qo'llaniladi. Tilda obyekt to'ldiruvchi, subyekt esa ega vazifasini bajaradi.

Tilda obyektivlik va subyektivlik muammolari bevosita V. Gumboldt g'oyalariga borib taqaladi. Subyektivlik haqidagi g'oyalar turlicha formalarda lingvistik nazariyalarda ham namoyon bo'lmoqda. Xususan stilistika yo'nalishlarida, avvalo, ma'no nozikliklari hamda emotsional baho ifodalashda mazkur tushunchalar muhim ahamiyatga ega [3; 25].

Subyektivlik va obyektivlikning o'zaro uyg'unlashuvini o'rganish masalasida faylasuflar, ruhshunoslar va tilshunoslar xilma-xil nuqtai nazarda turadilar. Har bir fanda bu masalaga daxldor fikr va yondashuvlar o'nlab maktab, yo'nalishlarni yuzaga keltirgan. Haqiqatdan ham, insoniy faoliyat, ya'ni istagan turdagi ish kimningdir alohida xususiy mahsulidir. U katta bir jamoa tomonidan amalga oshirilsa, alohida shaxslarning harakati samarasi sanaladi.

Bundan xulosa qilish mumkinki, insoniy faoliyat mohiyatan subyektivdir. Faoliyat alohida individlar tomonidan amalga oshirilsa-da, bu faoliyat boshqa bir individlar tomonidan o'qiladi, baholanadi va unda shaxsiy munosabat tuyg'ulari uyg'onadi. Agar o'zga individ faoliyati, baholovchi individ uchun ham xos bo'lsa, faoliyatining o'qilishi, baholanishi shu faoliyatga munosabat tuyg'usining shakllanishi bilan bog'liq bo'lib qoladi.

O'z paytida Gegel subyekt va obyekt munosabatining gnoseologik xususiyatlari haqida gapirayotib, bu munosabatda hech qanday qarama-qarshilik, biri ikkinchisini inkor qilish holatlari yo'qligini ug'tirgan edi. Darhaqiqat, moddiy borliqda sodir bo'layotgan narsa-hodisalarni, voqelikni idrok etish jarayonida subyekt o'zini hech qachon ushbu voqelikdan ayri holda tasavvur qilmaydi va bunga uning hissiyoti yo'l qo'ymaydi. Hissiyot, emotsiya idrokning mantiqiy tafakkur bosqichidan oldingi holatdir, emosional his etish bosqichida idrok hosil

bo'lmaydi. Shuning uchun ham har qanday mulohazali idrok baholash harakatiga asoslanadi deb hisoblanadi [5;3].

Nazariy tilshunoslik fanining asoschilaridan biri Vilgelm fon Gumboldt predmetlar idroki subyektiv xususiyatga ega ekanligi va bu subyektivlik til qurilishida aks etishini ta'kidlab, so'zni predmetni aynan aksi emas, balki inson qalbida hosil bo'lgan timsol (obraz) ning in'ikosi sifatida qarash lozimligini uqtiradi. Har qanday obyektiv idrokka subyektivlik hamroh bo'lishini inobatga olib, "har qanday individual insonni, hatto lisonga e'tibor bermagan holda ham, olam idrokida alohida nuqtai nazarga ega, deb hisoblash kerak" [6; 26]. Demak, shaxs obyektiv voqelikka subyektiv munosabatini qo'shib ifodalaydi va so'zlovchining voqelikka bo'lgan ijobiy yoki salbiy munosabati tilda lingvistik va ekstralingvistik vositalar yordamida aks etadi.

Ma'lumki, so'zlovchi predmet va hodisalar to'g'risida yoki suhbatdoshi haqida habar berar ekan, moddiy borliqqa nisbatan obyektiv munosabatda bo'ladi. Bunday paytda u o'z fikrini neytral so'zlar va intellektual nutq formasi vositasida ifodalaydi. Bunda belgining potentsial miqdori, harakatning normal-oddiy tempi, voqelikning obyektiv holati, so'zlovchining tinglovchiga yoki o'zga shaxsga nisbatan neytral munosabati bayon etiladi.

Inson tabiat va jamiyat hayotida mavjud bo'lgan, ro'y beradigan voqea-hodisalarning oddiy - normal holatini neytral tarzda his etish bilan cheklanmaydi. Kishi ongida belgining o'z potensiali darajasidan ortiq yoki kamligi, harakatning tezlik bilan bir lahzada sodir bo'lishi, davomiyligi, keskinligi kabi nozik tomonlari ham aks etadi. Shuningdek, so'zlovchi voqelikka yoki suhbatdoshiga nisbatan subyektiv munosabatda ham bo'ladi [1; 23].

Munosabat kishining voqelikka, undagi narsa - hodisalarga qarashi, yondashish prinsipi ma'nosini bildirib, falsafa tarkibida muayyan tizimdagi elementlarning joylanish xarakteri va ularning o'zaro bog'liqligini ifodalovchi mantiqiy tushuncha sanaladi.

Subyektiv munosabatlar muammosi birinchi marta rus psixologiyasida XX asr boshlarida A.F. Lazurskiyning "ekzopsixiya haqida" ta'limotida va V.M. Bexterevning "korrelyativ faoliyat" ta'limotida qo'llanilgan [2; 12].

Munosabat (korrelyatsiya) u nafaqat atrof-muhitni aks ettirishda, balki uning o'zgarishida ham namoyon bo'ladigan tashqi ogohlantirishlarga sezgirlik sifatida tushuniladi. U insonning atrof-muhitga faol munosabatini psixikaning asosiy vazifasi deb biladi.

B. H. MyacHmneB "psixologik munosabat" tushunchasini kiritdi. U aqliy munosabatni insonning o'zi uchun muhim bo'lgan obyekt bilan individual, tanlab olingan, ongli aloqalarining yaxlit tizimi, insoniyat taraqqiyoti tarixi davomida shakllanadigan, uning shaxsiy tajribasini ifodalovchi tizim sifatida belgilaydi. Shaxsning har qanday obyekt, jarayon yoki voqelik fakti bilan bog'liq ruhiy reaksiyasi ushbu munosabatlar tizimi o'sha ichki sharoitlarni ifodalaydi, ular orqali shaxsga barcha tashqi ta'sirlar sinadi va bu ta'sirlarga javoban uning xatti-harakatlarining o'ziga xos, individual xususiyatini belgilaydi [7; 142-155].

U "munosabatlar" toifasini psixologik munosabatlar doirasida ko'rib chiqdi: odamlarga, o'ziga, tashqi dunyo obyektlariga bo'lgan munosabat kabi.

Lingvistikadagi til-nutq oppozitsiyasi umumiylik-xususiylikni aks ettiradi. Bunda xotirada saqlanuvchi abstrakt qolip shaklidagi birliklar umumiylik maqomida bo'lib, ular til birliklari hisoblanadi. Xotiradagi umumiylik maqomidagi til birliklarining ichki va tashqi nutqdagi holatlari nutq birliklari deyiladi. Nutq birliklari xususiylik maqomiga ega bo'ladi. Tilshunoslikda lingvistik birlikning umumiylik (til) maqomini ko'rsatish uchun -ema elementi, shu lingvistik birlikning xususiy, nutqiy holatini ko'rsatish uchun alio- elementi yoki variant termini qo'llanadi. Masalan, fonema (til birligi) - allofon yoki tovush varianti (nutq birligi) kabi. Shuningdek, lingvistikada nutq tovushlarining umumiylik yoki til maqomini o'rganuvchi soha

fonologiya, xususiylik maqomidagi nutqiy tovushlarni o'rganuvchi soha fonetika deb ataladi. Lekin affiks, so'z, ibora, gap va matnlarni o'rganuvchi sohalarda fonetika/fonologiya kabi umumiy-xususiy birliklari ajratilib, ularga xos maxsus terminlar va til - nutq aspektlari shakllantirilmay kelinmoqda [3; 14].

Ma'lumki, xususiylik maqomidagi nutqdan umumiylik maqomidagi til, boshqacha aytganda, nutqiy birliklardan til birliklari hosil bo'ladi. Bunda nutq birliklarining nomuhim, ikkinchi darajali belgilari e'tibordan soqit qilinib, uning (nutq birligining) eng muhim belgilari asosidagi qolipigina xotirada olib qolinadi. Bu, masalan, ilmiy hayotda ta'riflash orqali amalga oshiriladi. Ta'rifning asosiy maqsadi lingvistik terminlarning muhim belgilarini ko'rsatishdir. Masalan, umumiylik maqomidagi fonemaning eng muhim belgilari muayyan artikulyatsion akustik sifatga (belgilar tizimiga) ega bo'lish, affiks va so'zlarning nomemalarini yasash va ma'no farqlashdir. Ana shu abstrakt uch belgining bog'lanishidan hosil bo'lgan qolip umumiylik maqomidagi fonemani tashkil etadi. Bu qolip nutqda xususiy unli va undosh shakllanishi uchun asos bo'ladi.

Falsafiy umumiylik kategoriyasi mazmunining o'xshashlik, bir turdagi belgining har xil narsa (hodisa)da uchrashi, umumiylikni muhim belgilar tashkil etishi, umumiyning bir turdagi belgilar asosida shakllanishi, turli umumiylik zarralarining bir xususiylikda uchrashi, umumiylikning ko'p bosqichliligi, umumiylikning abstraksiya mahsuli ekanligi kabi belgilar lisoniy umumiylikni aniqlashga yordam beradi.

Xususiylik kategoriyasi yakkalik va alohidalik kategoriyalari bilan bog'liqdir. Fazo va vaqtda bir-biridan chegaralangan, individual sifat va miqdor muayyanligiga ega bo'lgan narsa va hodisalar yakkalik kategoriyasida ifodalanadi. Yakkalik alohida sifat va miqdorga ega bo'lgan narsa, hodisa, jarayondir. Har qanday yakkalik ma'lum vaqt va sharoitda xususiylik, umumiylik bilan uzviy bog'liqdir. Yakkalik uning o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlar birligidan iborat.

Demak, subyektivlik hamda obyektivlik tushunchalari nafaqat falsafa va mantiq fanlarining o'rganish obyekti, balki psixologiya, tilshunoslik kabi fanlarda ham mazkur kategoriyalar alohida e'tibor talab etadi. Ayniqsa, falsafiy kategoriyalardan bo'lmish umumiylik va xususiylik til hodisalarini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Aбдуллaeв A. Y30eK тилидa экспрeссивликнинг ифoдaлaниши. - Тoшкeнт: Фaн, 1983. - Б.3

2. Бexтeрeв В.М. Bonpocbi Bocnrn^Hra в Bo3pacTe nepBoro дeтствa. Мoнoгрaфия, MocKBa, Бepлин: Диpeкт-Мeдиa, 2017. -С. 23.

3. Бoзopoв О. Y36eK тилидa дapaжaлaниш . Мoнoгpaфия.Тoшкeнт. Б. 18

4. 3raeB А. Инглиз тилидa суз мaънoлapини кучaйтиpишнинг лингвoкoгнитив acne^rn. Филoл.фaнлapи hom3. Дисс. Сaмapкaнд. 2009. -Б. 13-14

5. Кoльшaнский Г.В. Сooтнoшeниe cyбъeктивныx и oбъeктивныx фaктopoв в язы^. MocKBa. HayKa, 1975.-С. 3

6. Лaзypcкий А.Ф. Клaccификaция личнocтeй. M., 1923. - С.12

7. Mяcищeв В.Н. Пpoблeмa oтнoшeния чeлoвeкa и ee мecтo в пcиxoлoгии // Bonpocbi пcиxoлoгии. 1957.№ 5. С. 142-155.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.