Научная статья на тему 'STATISTIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI HISOBLASH'

STATISTIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI HISOBLASH Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
22
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xizmat ko'rsatish sohasi / statistik ma'lumotlar to'plash / jadval va grafiklar / mutlaq o'zgarish / o'zgarish tezligi / o'sish sur'ati / 2% qo'shimcha o'zgarish mutlaq qiymat / dinamik qator / trend / YaIM / omillar / o'rtacha miqdorlar / tarkibiy siljishlar / bandlik / boshiga jon boshi / prognoz qilingan qiymat.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Xolmuradov M.A., Sharipov Baxtiyor Mixliboyevich

Ushbu maqolada xizmatlar tarixi, mohiyati va rivojlanishi haqida fikr va mulohazalar bayon etilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish tendentsiyalari va xizmatlarning tarkibiy ko‘rsatkichlari belgilab berildi. Bundan tashqari, ularta’sir etuvchi omillarni o‘rganish, tarkibiy o‘zgarishlarni baholash, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar belgilandi. Bundan tashqari, aholi jon boshiga xizmat ko'rsatishning kelajakdagi prognozi qiymati va xulosalar va takliflarga asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «STATISTIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI HISOBLASH»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

STATISTIKA SOHASINI RIVOJLANTIRISHDA MAKROIQTISODIY KO'RSATKICHLARNI HISOBLASH

Xolmuradov M.A.1 Sharipov Baxtiyor Mixliboyevich2

Toshkent amaliy fanlar universiteti "Bank ishi" kafedrasi o'qituvchisi, Gavhar ko'chasi 1-uy,

Tashkent 100149, O'zbekiston Toshkent amaliy fanlar universiteti "Umumiqtisodiy fanlar" kafedrasi dotsenti, Gavhar ko'chasi 1-uy,

Tashkent 100149, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.13353089 Annotatsiya: Ushbu maqolada xizmatlar tarixi, mohiyati va rivojlanishi haqida fikr va mulohazalar bayon etilgan. Shu bilan birga, O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish tendentsiyalari va xizmatlarning tarkibiy ko'rsatkichlari belgilab berildi. Bundan tashqari, ular ta'sir etuvchi omillarni o'rganish, tarkibiy o'zgarishlarni baholash, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar belgilandi. Bundan tashqari, aholi jon boshiga xizmat ko'rsatishning kelajakdagi prognozi qiymati va xulosalar va takliflarga asoslangan.

Kalit so'zlar: Xizmat ko'rsatish sohasi, statistik ma'lumotlar to'plash, jadval va grafiklar, mutlaq o'zgarish, o'zgarish tezligi, o'sish sur'ati, 2% qo'shimcha o'zgarish mutlaq qiymat, dinamik qator, trend, YaIM, omillar, o'rtacha miqdorlar, tarkibiy siljishlar, bandlik, boshiga jon boshi, prognoz qilingan qiymat.

KIRISH

Zamonaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari orasida xizmatlar sohasi ustunlik qiladi. Ilg'or mamlakatlarning zamonaviy rivojlanish darajasi turli xil xizmatlar ishlab chiqish va ularning bozorini jadal rivojlanishini ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish darajasi jamiyat shakllanishining asosiy mezonidir. O'zbekiston uchun xizmatlar statistikasi-statistika faoliyatining nisbatan yangi tarmog'i bo'lib, uning ahamiyati respublika informatsion tizimining makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni milliy hisobchilik prinsiplari asosida shakllantirishga o'tishida jiddiy ravishda oshdi.

Xizmatlar sohasi sotsial-iqtisodiy kategoriya sifatida iste'molchilarga xizmat ko'rsatish turlarining keng spektrdagi takror ishlab chiqarishini qamrab olib, ularning har biriga maxsus faoliyat turi mos keladi. Xizmatlar tovarlardan farqli ularoq moddiy obyektlar shaklini ola olmaydi.

Respublikamiz tarmoqlari yalpi qo'shilgan qiymatida xizmatlar sohasining ulushi 2022-yilda 38,6 foizni va YaIMdagi hissasi esa 35,7 foizni tashkil etib, ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 284165,4 mlrd. so'mga, 2021-yilga nisbatan o'sish sur'ati 119,5 foizga teng bo'ldi. Xizmatlar sohasida yaratil-gan yalpi qo'shilgan qiymat (YQQ) sanoat va agrar sektorga nisbatan mos ravishda qariyb 1,4 martaga va 43,5 foizga yuqori bo'lgan.

Shuningdek, 2022-yilda tovarlar yalpi ishlab chiqarishida oraliq iste'molining salmog'i 48,3 foizni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich xizmatlar sohasida 38,7 foizga teng bo'lgan, ya'ni oraliq iste'molining salmog'i tovar ishlab chiqarishga nisbatan 9,6 foiz bandga past bo'lishi bu sohani yanada rivojlantirib qo'shilgan qiymat zanjirini shakillantirishga va uning miqdorini ko'paytirshga imkoniyat yaratadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5113-son qarorida xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi

ulushini ko'paytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo'yicha o'z yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish [1] alohida ta'kid-langan. Mazkur qarorda iqtisodiy o'sishni ta'minlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish va 2023-yilga qadar xizmatlar hajmini 2,0 baravarga oshirish belgilangan. Maqsad qilingan vazifalarni bajarishda rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribasini o'rganib xizmatlar sohasiga qo'llash muhim masala hisoblanadi. Bu esa milliy statistika tizimida soha ko'rsatkichlarini bevosita zamonaviy statistik metodlar yordamida aniqlash va aks etirishni taqo-zo etadi.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasining budjet tizimi

budjetlarining, shuningdek, budjet tashkilotlarida tashkil etilgan boshqa jamg'armalarning mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlarni (keyingi o'rinlarda — obyektlar) loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta'mirlash uchun loyiha-qidiruv va pudrat tashkilotlarini faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi (keyingi o'rinlarda — platforma) orqali reyting ko'rsatkichlari asosida aniqlanadi; [O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori, 31.01.2022 yildagi 46-son] "Investitsiyalash asoslari" (M.: "Delo" nashriyoti.1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta'rif beriladi: Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko'zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng ma'noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o'stirish va rivojlantirishni moliyalashtirish uchun zarur bo'ladigan mexanizmlarni ta'minlaydi.[ Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonk]

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Birinchi bo'lib, "xizmat" tushunchasini fanga klassik iqtisodiy maktab namoyondasi, fransuz

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

iqtisodchisi Jan Batist Sey kiritgan. Uning fikriga ko'ra xizmatlarni faqat inson tomonidan emas, balki jism va tabiat kuchi tomonidan ham ko'rsatiladi, deb hisoblagan [2].

Shu bilan birga klassik iqtisod maktabi asoschisi Adam Smit o'z tadqiqotlarida xizmatlar sohasini alohida tadqiq qilmagan. Olim xizmatga mehnat sifatida qaraydi va mehnat (xizmat) ishlab chiqarilish jarayonining o'zida iste'mol bo'lishi, unumli va unumsiz mehnat (xizmat) larga bo'lishini aytib o'tgan. Smit mehnat (xizmat) qiymat yaratmasligini, qiymat faqat moddiy sohada yaratilishini e'tirof etib o'tgan [3].

Marksizm maktabi asoschisi Karl Marks ham xizmatlarni alohida tadqiq etmasada, o'z asarlarida "samarali xizmat" tushunchasini ishlatadi. Xususan, u transport xizmatlarini sanoat rivojida samarali xizmatlar sifatida baholaydi. Shuningdek, Marks jamiyatda kapitalist va ishchilarni pulning chiqish manbai sifatida e'tirof etadi [4].

Postindustrial jamiyatning rivojlanishi "xizmat" kategoriyasini ham boyidagi. Endilikda, qiymat moddiy boylikda emas, jonli mehnatda, ya'ni xizmat ko'rsatishda yaratilishi haqidagi nazariyalar ilgari surildi. Bu nazariya tarafdorlari Keynschilar maktabi asoschisi Jon Meynard Keyns bo'lib, u inson omilisiz har qanday moddiy boylik qotib qolishi va qiymat yaratilmasligini ta'kidlaydi [5].

O'zbekistonlik iqtisodchi olim M.E.Po'latov o'z tadqiqotlarida inson kapitaliga quydagicha ta'rif beradi: inson kapitali-kishilarga taalluqli ularning ko'zga ko'rinadigan eng muhim jihatlari, jumladan, korxona xodimlarining malakasi, amaliy ko'nikmalari, ish tajribalari, shuningdek ijodiy va fikrlash qobiliyatlari, bu fazilatlardan maqsadli foydalanili-shi turli darajalarda (individ, korxona yoki jamiyat) daromad va foyda oshishiga, ish sifati hamda samaradorligini oshirishga imkon beradi [6].

"Xizmat" tushunchasiga mamlakatimiz olimlari ham o'z fikrlarini bildirib o'tishgan, xususan iqtisodchi olimlar quyidagicha ta'rif beradi: "moddiy ko'rinishga ega bo'lmagan, inson mehnati bilan yaratilgan barcha ne'matlar, ular oldi-sotdi obyektiga aylanishi yoki aylanmasligidan qat'iy nazar, bitta ibora bilan, ya'ni "xizmat" iborasi bilan nomlanadi. Uning tarkibiga esa oldi-sotdi vositasida bozor orqali iste'molchiga borib yetadigan xizmat ham, umuman bozorga dahldor bo'lmagan qismi ham kiradi[7].

Yana bir iqtisodchi olimlar "xizmat" tushunchasiga "inson, mehnat jamoasi, hudud, davlat va jamiyatning ma'lum bir ehtiyojini qondirishga qaratilgan kishilarning naf keltiradigan ongli ko'rsatilishi mumkin bo'lgan faoliyati" deb, "xizmat ko'rsatish"ga esa "inson, mehnat jamoasi, hudud, davlat va jamiyatning ma'lum bir ehtiyojini qondirishga qaratilgan kishilarning naf keltiradigan ongli faoliyati amalga oshirilgan qismi" deya ta'rif keltiradi. Ya'ni "xizmat ko'rsatish"ga aniq manzilga yo'naltirilgan xizmat sifatida qaraydi [8].

Shu o'rinda servis tushunchasiga ham alohida e'tibor berish lozim. Chunki ko'pchilik iqtisodchilar ushbu iqtisodi kategoriyalarni bir-biridan farqlashlarida ko'plab ziddiyatlar paydo bo'lmoqda. Ayrimlari xizmatni keng ma'nodagi tushuncha sifatida e'tirof etishsa, boshqalari qarama-qarshi fiikr bildirgan holda servis xizmatga qaraganda keng mazmunda ekanligini bildirishmoqda. Iqtisodchi olimlar esa ikkala nazariyaga qo'shilgan holda ta'rifni taklif etgan [9].

Qayd qilingan olimlarning ilmiy ishlarida xizmatlar sohasi ijtimoiy-iqtisodiy va nazariy jihatdan o'rganilgan, ammo xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishiga doir ilmiy izlanishlarning yetarlicha amalga oshirilmaganligi maqolaning maqsadi qilib belgilangan.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Jadval ma'lumotlarini tahlil qilish orqali shuni ko'rishimiz mumkinki, ko'rsatilgan xizmatlar hajmining o'zgarishini 2011-2021-yillarni dinamikasini miqdoriy tomondan baholash natijalariga ko'ra, 2021-yilda 2011-yilga nisbatan mutlaq o'zgarishi 194363,1 mlrd. so'mni, 2021-yilga nisbatan 42895,8 mlrd. so'mga o'zgarganini ko'rishimiz mumkin. Agar o'zgarish sur'atini tahlil qiladigan bo'lsak, bunda bazis 2011 ga nisbatan 3,8 martadan ziyodga, 2020-yilga nisbatdan esa 19,5 foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.

O'zbekistonda doimiy aholi sonining yildan-yilga o'sib borayotganligini inobatga olsak, xizmat ko'rsatish turlarini ko'paytirish aholining ish bilan bandligini ta'minlashda muhim omil bo'lib, natijada turmush darajasi yaxshilanadi va farovonlashadi. Bu esa aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ko'rsatilgan xizmatlar hajmini aniqlashni taqozo etadi.

Jadval: O'zbekiston Respublikasida ko'rsatilgan xizmatlar dinamikasini miqdoriy tomondan baholash, mlrd.so'm.

Yillar Ko'rsatil gan xizmatlar hajmi, 2020 yil bahosida, mlrd.so' m. Mutlaq o'zgarish, mlrd.so'm. O'zgarish sur'ati,% Qo'shimcha o'sish sur'ati,% 2% qo'shimcha o'zgarish-ning mutlaq qiymati

bazis usulda zanjir simon usuld a bazis usuld a zanjir simon usuld a bazis usulda zanjir-simon usulda

2011 68511,2 - - 100,0 115,8 - 15,8 -

2012 80295,1 11783,9 11783 ,9 117,2 117,2 17,2 17,2 685,1

2013 92098,5 23587,3 11803 ,4 134,4 114,7 34,4 14,7 803,0

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

www.in-academy.uz

2014 105360,7 36849,5 13262 ,2 153,8 114,4 53,8 14,4 921,0

2015 120321,9 51810,7 14961 ,2 175,6 114,2 75,6 14,2 1053,6

2016 136445,0 67933,8 16123 ,1 199,2 113,4 99,2 13,4 1203,2

2017 156502,4 87991,2 20057 ,4 228,4 114,7 128,4 14,7 1364,5

2018 171132,3 102621, 1 14629 ,9 252,9 110,7 152,9 10,7 1565,0

2019 188667,3 120156, 1 17535 ,0 275,4 108,9 175,4 8,9 1711,3

2020 213571,4 145060, 2 24904 ,1 311,7 113,2 211,7 13,2 1886,7

2021 219978,5 151467, 3 6407, 1 321,1 103,0 221,1 3,0 2135,7

2022 262874,3 194363, 1 42895 ,8 383,7 119,5 283,7 19,5 2199,8

Jadval ma'lumotlarini tahlil qilish orqali shuni ko'rishimiz mumkinki, ko'rsatilgan xizmatlar hajmining o'zgarishini 2011-2021-yillarni dinamikasini miqdoriy tomondan baholash natijalariga ko'ra, 2021-yilda 2011-yilga nisbatan mutlaq o'zgarishi 194363,1 mlrd. so'mni, 2021-yilga nisbatan 42895,8 mlrd. so'mga o'zgarganini ko'rishimiz mumkin. Agar o'zgarish sur'atini tahlil qiladigan bo'lsak, bunda bazis 2011 ga nisbatan 3,8 martadan ziyodga, 2020-yilga nisbatdan esa 19,5 foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.

O'zbekistonda doimiy aholi sonining yildan-yilga o'sib borayotganligini inobatga olsak, xizmat ko'rsatish turlarini ko'paytirish aholining ish bilan bandligini ta'minlashda muhim omil bo'lib, natijada turmush darajasi yaxshilanadi va farovonlashadi. Bu esa aholi jon boshiga to'g'ri keladigan ko'rsatilgan xizmatlar hajmini aniqlashni taqozo etadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Fikrimizcha, xizmatlar ko'rsatish sohasini rivojlantirish ayniqsa, qishloq joylarida ko'rsatilayotgan xizmatlarning turini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

>• Prezident tomonidan 2022-yil 28-yanvar-dagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi

O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoda ko'rsatilganidek, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o'rni va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar tarkibini zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o'zgartirishga erishish;

>• qishloq aholi punktlarida xizmat ko'rsatish korxonalarini rivojlantirish, birinchi navbatda kommunal-maishiy, uy-joylarni ta'mirlash va qu-rish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini tayyorlash;

>• xizmat ko'rsatish sohasida tadbirkorlarning faolligini kuchaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga o'quv muassasalari bitiruvchilari orasidan yoshlarni jalb etish;

>• har bir hududning xususiyatlaridan kelib chiqib, xizmat ko'rsatish sohalarida kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik hissasining ulushi oshib borishiga erishish maqsadida shart-sharoitlar yaratish;

Xizmatlar sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni, uning tarkibini zamon talablariga mos holda o'zgartirishni amalga oshirishni optimal tarzda olib borish YalMda qo'shilgan qiymat hajmini ko'paytirishning muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan xizmatlarning bozorda yangi-yangi o'nlab turlarini barpo etish, jumladan kredit kartalari orqali to'lovlar, internet-savdo, yangi savdo-sotiq markazlari, ovqatlanish oshxonalari, mehmonxonalar ochish, ta'lim xizmatlarini kengaytirish, turizm industriyasi kabilarni rivojlantirib, aholi tumush darajasi va farovonligini yuksaltirish zarurdir.

ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-maydagi "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5113-son qarori. // Xalq so'zi, 2021-yil 12-may.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "2017-2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-soni farmoni.

[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son farmoni.

[4] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4796-sonli qarori. https://lex.uz/docs/4926736

[5] Jon Batist Sey, Frederik Bastia. Traktat po politicheskoy ekonomii/ - M.: "Delo",2000.

[6] Adam Smit. Issledovanie o prirode i prichinax bogatstva narodov. - M.: Eksmo, 2016.

[7] Карл Маркс. Капитал. -Санкт-Петербург: ИГ Лениздат, 2013.

[8] Жон Мейнард Кейнс. Общая теория занятости, процента и денег. - М.: «Гелиос АРВ», 2012.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz

[9] O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari. www.Stat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.