Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUDUDLARI BO'YICHA 2022YILDA KO‘RSATILGAN XIZMATLAR HAJMI JUFT KORRELYATSION VA REGRESSION TAHLILI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUDUDLARI BO'YICHA 2022YILDA KO‘RSATILGAN XIZMATLAR HAJMI JUFT KORRELYATSION VA REGRESSION TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

49
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xizmat ko„rsatish / kichik biznesda xizmat ko„rsatish / ko‟rsatilgan xizmatlar hajmi / korrelyatsiya / regressiya / juft regressiya / baholanmagan model / ekonometrik model / eng kichik kvadratlar usuli.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umida Ziyadullayevna Raximova, Sunnatillo Shavqidin O‘G‘Li Abduraimov

Ushbu maqolada Respublika hududida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasida xizmatlar sohasining o„rni haqida nazariy fikr mulohazalar keltirilgan. Ushbu amaliy ishda Respublika hududlari bo„yicha 2022 yilda ko„rsatilgan xizmatlar hajmi bilan 2022 yilda hududlar bo„yicha aholi jon boshiga to„g„ri keladigan xizmatlar hajmi orasidagi bog„liqlik o„rganilgan. O„rganish jarayonida juft korrelyatsion va regression tahlil amalga oshirilib, juft regressiya tenglamasi tuzilgan va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUDUDLARI BO'YICHA 2022YILDA KO‘RSATILGAN XIZMATLAR HAJMI JUFT KORRELYATSION VA REGRESSION TAHLILI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING HUDUDLARI BO'YICHA 2022-YILDA KO'RSATILGAN XIZMATLAR HAJMI JUFT KORRELYATSION

VA REGRESSION TAHLILI

Umida Ziyadullayevna Raximova

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Oliy matematika kafedrasi o'qituvchisi

Sunnatillo Shavqidin o'g'li Abduraimov

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Servis fakul'teti Marketing ta'lim yo'nalishi

1-bosqich talabasi sunnatilloabduraimov 171 @gmail .com

Ushbu maqolada Respublika hududida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar borasida xizmatlar sohasining o'rni haqida nazariy fikr mulohazalar keltirilgan. Ushbu amaliy ishda Respublika hududlari bo'yicha 2022 yilda ko'rsatilgan xizmatlar hajmi bilan 2022 yilda hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi orasidagi bog'liqlik o'rganilgan. O'rganish jarayonida juft korrelyatsion va regression tahlil amalga oshirilib, juft regressiya tenglamasi tuzilgan va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: xizmat ko'rsatish, kichik biznesda xizmat ko'rsatish, ko'rsatilgan xizmatlar hajmi, korrelyatsiya, regressiya, juft regressiya, baholanmagan model, ekonometrik model, eng kichik kvadratlar usuli.

This article presents theoretical opinions about the role of the service sector in the socio-economic reforms carried out in the territory of the Republic. In this practical work, the relationship between the volume of services provided in the regions of the Republic in 2022 and the volume of services per capita in the regions in 2022 was studied. In the course of the study, a pair correlation and regression analysis was performed, a pair regression equation was created and conclusions were given.

Keywords: service delivery, service delivery in small business, volume of provided services, correlation, regression, double regression, unestimated model, econometric model, method of least squares.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May, 2023

KIRISH

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yo'nalishlaridan biri, bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni sohasida xizmatlarning ko'lamini rivojlantirish hisobiga aholi daromadolarini va ularning turmush darajasini oshirishga erishish hisoblanadi.

Bu borada amalaiyotda joriy qilinayotgan choralardan ko'rinib turibdiki bugungi kunda kam xarajat qilgan holda ushbu sohada qisqa muddatlarda daromadlar olish mumkin. Xususan bugungi kunda xizmatlar sohasining bir necha yo'nalishlarini shu jumladan, aloqa, moliya, transport, qurilish, turizm xizmatlari va savdo sohalarini misol keltirish mumkin.

Bugungi kunda aholining farovon va qulay sharoitda hayot kechirishlari uchun xizmatlar sohasida bir qator qulayliklar ta'minlab berilmoqda. Natijada mamlakatimizning qishloq joylarida servis infratuzilmasining rivojlanishi evaziga qishloq aholisining yashash tarzi shahar aholisining yashash tarziga yaqinlashmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda rivojlanish tendensiyalari talablaridan kelib chiqib, xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi hududlari qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xizmatlar ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora-tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o'sdi.

2022 yil yanvar-sentabr oylarida xizmat ko'rsatish sohasining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 40,3 foizni tashkil etgan bo'lsa, Davlat statistika agentligining ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich o'tgan yil mos davrida 39 foizni tashkil etgan edi.

Taqqoslash uchun, joriy yilda xizmat ko'rsatish sohasi yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga oshgan. 2022 yil yanvar-sentabr oylarida qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 24,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, bu ko'rsatkich o'tgan yil mos davrida 26,4 foizni tashkil etgan.

Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 82,4 mingtasini yoki 83%i aynan xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda. Respublika bo'yicha sohada faoliyat yuritayotgan 3 mingdan ortiq korxonalar dastur doirasida begilangan imtiyozlardan foydalanmoqda. Dasturlarni amalga oshirish hisobiga jami xizmatlar xajmi 1,8 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,7 barobarga oshgan. Sohada

May, 2023

465

rivojlanishning asosiy yuqori suratlari moliya, qurilish, sog'liqni saqlash, aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlash, qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatiladi.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, soha o'sishiga ta'sir ko'rsatayotgan asosiy omillardan biri bu kichik biznes sohasiga yaratib berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar, qulay investitsion iqlim hamda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag'lari hisoblanadi.

Ushbu maqolada Respublika hududlari bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar faoliyatini iqtisodiy-statistik jihatdan tahlil qilish uchun statistik ma'lumotlarni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy saytiga (https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2) murojaat etgan holda olindi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o'rtasidagi o'zaro bog'lanishlarni o'rganish ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir. Ushbu tahlilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi (mlrd.so'm hisobida, Y) bilan hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi (ming so'm hisobida, X) orasidagi bog'liqlik o'rganilib, ularning juft regressiya tenglamasi tuzilgan. Quyida ushbu bajarilgan ishlarni ko'rsatib o'tamiz[1].

№ Hududlar 2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi, mlrd.so'm hisobida, y 2022 yilda hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi,ming so'm hisobida, x

1 Qoraqalpog'iston Respublikasi 10 421,9 5 310,8

2 Andijon 17 642,4 5 365,5

3 Buxoro 15 780,0 7 916,5

4 Jizzax 7 984,0 5 470,4

5 Qashqadaryo 15 945,8 4 628,0

6 Navoiy 9 247,2 8 851,5

7 Namangan 14 722,6 4 966,6

8 Samarqand 22 734,9 5 579,2

9 Surxondaryo 12 878,0 4 640,7

10 Sirdaryo 5 029,8 5 666,8

11 Toshkent 25 994,9 8 763,7

12 Farg'ona 21 960,3 5 578,8

13 Xorazm 10 303,2 5 307,6

14 Toshkent sh. 137 358,1 47 218,3

1-jadval. O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi (mlrd.so'm hisobida, Y) va hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi (ming so'm hisobida, X)[6].

May, 2023

466

Ushbu statistik ma'lumotlarni tahlil qilish uchun Microsoft Excel dasturidan foydalanildi. r korrelyatsiya koeffitsiyenti omillarning orasidagi bog'liqlik darajasini ko'rsatuvchi koeffitsiyentdir. r2 determinatsiya koeffitsiyenti regressiya tahlilining asosiy natijasidir. U erkli o'zgaruvchidan bashorat qilinadigan erksiz o'zgaruvchidagi dispersiyaning nisbati sifatida talqin qilinadi[2].

2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi,mlrd.so'm hisobida, y 2022 yilda hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi,ming so'm hisobida, X

2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi,mlrd.so'm hisobida, y 1

2022 yilda hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi,ming so'm hisobida, X 0,980408 1

2-jadval. O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar

hajmi (mlrd.so'm hisobida, Y) va hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi (ming so'm hisobida, X) orasidagi korrelyatsion bo'glanish, mualliflarning

qayta ishlagan ma'lumoti[3].

Korrelyatsion bog'lanishlarni o'rganishda ikki toifadagi masalalar ko'ndalang bo'ladi. Ulardan biri o'rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya'ni kuchli yoki kuchsiz) bog'lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi. Korrrelyatsion tahlil deb hodisalar orasidagi bog'lanish zichlik darajasini baholashga aytiladi. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra 2022 yilda hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi (ming so'm hisobida, X) ko'rsatkich bo'yicha r=0,980408 ko'rsatkichni ko'rsatdi. Bizga ma'lum ko'rsatkichga asosan bunda korrelyatsion tahlilga ko'ra tanlanma korrelyatsiya koeffitsiyenti uchun | r < l| munosabat har doim o'rinli bo'lib r kattalik birga qancha yaqin bo'lsa, bog'lanish shuncha kuchli, 0 ga qancha yaqin bo'lsa, bog'lanishi shuncha kuchsiz bo'ladi. r=0,980408 ko'ratkich 1 soniga yaqin bo'lganligi sababli zich deb baholaymiz.

Tahlilning keying bosqichi Microsoft Excel dasturidan foydalanilgan holda regressiya tenglamasini y = a0 + at- x ko'rinishda izlaymiz [3].

May, 2023

467

ВЫВОД ИТОГОВ

Регрессионная статистика

Множественный R 0,980408

R-квадрат 0,9612

Нормированный R-квадрат 0,957967

Стандартная ошибка 6833,826

Наблюдения 14

Дисперсионный анализ

df SS MS F Значи мость F

Регрессия 1 1,39E+10 1,39E+10 297,2823 7,83E-10

Остаток 12 5,6E+08 46701184

Итого 13 1,44E+10

Коэффи циенты Стан дартная ошибка t- статис тика P- Значение Нижние 95% Верхние 95% Нижние 95,0% Верхние 95,0%

2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi,mlrd.so'm hisobida, y -2897,61 2380,585 -1,21719 0,246929 -8084,46 2289,234 -8084,46 2289,234

2022 yilda hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi,ming so'm hisobida, x 2,94233 0,17065 17,24188 7,83E-10 2,570515 3,314144 2,570515 3,314144

3-jadval. 2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi (mlrd.so'm hisobida, Y) bilan 2022 yilda hududlar bo'yicha aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi (ming so'm hisobida, X) orasidagi regression tahlili natijasi, muallifning qayta ishlagan

ma'lumoti[5]

3-jadvalga ko'ra 2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi orasidagi bog'liqlik regressiya tenglamasi quyidagicha talqin etiladi:

y — — 2897,61 + 2,942 3 3-х (1)

(1) 2022 yilda hududlar bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar hajmi va aholi jon boshiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmi orasidagi bog'liqlik regressiya tenglamasi yoki baholanmagan model deb ataladi.

May, 2023

468

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning barcha sohalarida ta'sir etuvchi omillar, ichki va tashqi ta'sir etuvchi omillar hamda o'zgaruvchilar orasidagi korrelyatsion bog'liqlikni eng kichik kvadratlar usuli yordamida tahlil etib, bir qancha xulosa va takliflarni taqdim etish mumkin.

Bundan tashqari ixtiyoriy ishlab chiqarish korxonalari, xizmat ko'rsatish korxonalari, yirik iqtisodiy korxonalar hamda iqtisodiy faoliyat yo'nalishidagi har qanday jamiyat faoliyatini ushbu korrelyatsion-regression usullar yordamida tahlil qilib, ertangi faoliyati to'g'risida bir nechta bashoratlash xulosalarini taqdim etish mumkin.

REFERENCES

1. Shodiev T.Sh. va boshqalar. Ekonometrika. -T.: TDIU, 2007. - 270 b.

2. Habibullayev I. Iqtisodiy matematik usullar va modellar: o'quv qo'llanma / O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. -Toshkent: "Tafakkur-Bo'stoni", 2012. 112 b.

3. Шукуров И.А., Парная регрессия и корреляция, Universum: Технические науки, научний журнал, Выпуск:5(86), май 2021 г. Часть 1.

4. Shukurov I.A. Academic Research in Educational Sciences. Volume 4. Issue 4. 2023. ISSN: 2181-1385. Aholining kunlik daromadlari, o'rtacha kunlik ish haqi va ishsizlarning ortacha yoshi o'rtasidagi bog'lanishning ko'p omilli korrelyatsion regression tahlili, 91-96 b.

5. Shukurov I.A. Academic Research in Educational Sciences. Volume 4. Issue 4. 2023. ISSN: 2181-1385. Turistik firmalar faoliyatining ekonometrik tahlili, 429-434 b.

6. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/services-2

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.