Научная статья на тему 'KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA XIZMATLAR HAJMI DINAMIKASI TAHLILI'

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA XIZMATLAR HAJMI DINAMIKASI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

42
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy jarayon / kichik biznes / tadbirkorlik / prognozlash / dinamika / dinamik qator / qo‟shimcha o‟sish / servis / xizmatlar hajmi / yalpi ichki mahsulot / marketing / prognoz / xaridor

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Ikrom Abdujrashitovich Shukurov, Marat Samar O’G’Li Abilov

Ushbu maqolada O‟zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko‟rsatkichlari hajmi, ya‟ni xizmatlar hajmining yildan-yilga o‟zgarishi tendensiyasi tahlili ko‟rsatilgan. Tahlilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi xizmatlar hajmining statsitik ma‟lumotlari asosida tahlil olib borilgan. Ushbu tahlilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi xizmatlar hajmi dinamikasini miqdoriy o‟rtacha qo‟shimcha o‟sish ko‟rsatkichidan foydalangan holda tahlil etilgan hamda prognoz ko‟rsatkichi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA XIZMATLAR HAJMI DINAMIKASI TAHLILI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA XIZMATLAR HAJMI

DINAMIKASI TAHLILI

Ikrom Abdujrashitovich Shukurov

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Oliy matematika kafedrasi o'qituvchisi,

ikrom.shukurov@mail .ru

Marat Samar o'g'li Abilov

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Servis fakul'teti Marketing ta'lim yo'nalishi

1-kurs MR-122 guruh talabasi abilovmarat30@gmail. com

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlari hajmi, ya'ni xizmatlar hajmining yildan-yilga o'zgarishi tendensiyasi tahlili ko'rsatilgan. Tahlilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi xizmatlar hajmining statsitik ma'lumotlari asosida tahlil olib borilgan. Ushbu tahlilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi xizmatlar hajmi dinamikasini miqdoriy o'rtacha qo'shimcha o'sish ko'rsatkichidan foydalangan holda tahlil etilgan hamda prognoz ko'rsatkichi keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiy jarayon, kichik biznes, tadbirkorlik, prognozlash, dinamika, dinamik qator, qo'shimcha o'sish, servis, xizmatlar hajmi, yalpi ichki mahsulot, marketing, prognoz, xaridor.

This article shows the analysis of the trend of changes in the size of the main indicators of small business and private entrepreneurship in the economic sectors of the Republic of Uzbekistan, that is, the volume of services from year to year. The analysis was based on statistical data on the volume of services in small business and private entrepreneurship. In this analysis, the dynamics of the volume of services in small business and private entrepreneurship is analyzed using the quantitative average additional growth indicator and the forecast indicator is presented.

Keywords: economic process, small business, entrepreneurship, forecasting, dynamics, dynamic range, additional growth, service, volume of services, gross domestic product, marketing, forecast, buyer.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmatlar hajmining oshishi iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Xizmatlar sohasi vakillarini har taraflama qo'llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro'yxatidan o'tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko'plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.

METODOLOGIYA

Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga ko'maklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi faoliyati yo'lga qo'yilib, unga 200 milliard so'm va 50 million dollar mablag' ajratildi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi. Bunday amaliy choralar o'z natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo'jaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini ta'minlamoqda. Ko'pgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to'g'ri keladi.

Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik subyektlari soni 60 mingtaga ortgan. Xizmat ko'rsatuvchi kichik korxonalar va tashkilotlar sonining ortishi tufayli ishchi o'rinlarning tashkil etilishiga sababchi bo'lgan. Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda kooperatsiya yarmarkalari o'tkazish, mahsulot va xizmatlar o'z egasini topishi uchun "Yagona elektron kooperatsiya birja portal"ni tashkil etish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmatlar sohasi ko'lami yuqorilab bormoqda. Bugungi kunga kelib, jamiyatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo'llanilgan prinsiplarga amal qilishmoqda. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikdagi xizmatlar hajmi dinamikasini miqdoriy o'rtacha qo'shimcha o'sish ko'rsatkichidan foydalangan holda tahlil etildi.

KIRISH

May, 2023

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 5 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Yi Yillar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlari hajmi, xizmatlar (mlrd.so'm)

Yi 2016 61346,2

Y2 2017 69212,7

Y3 2018 84433,4

Y4 2019 103106,6

Y5 2020 114052,7

Y6 2021 144812,7

Y7 2022 173157,7

1-jadval. O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlari hajmi, xizmatlar (mlrd.so'm), davlat statistika agentligining rasmiy saytidan olingan.

1-jadvaldagi statistik ma'lumotlarni tahlil qilishda quyidagi iqtisodiy dinamikani miqdoriy o'rtacha qo'shimcha o'sish ko'rsatkichdan foydalanildi.

Yn+1 = Yn + Af (1)

bu yerda, Yn - dinamik qator ko'rsatkichining n - nuqtasidagi qiymati, Yn+1 - ko'rsatkichning n+1 - nuqtasidagi prognozlangan qiymati, Af - dinamik qatorning o'rtacha qo'shimcha o'sish qiymati. Af = (Yn — Yi)/(n — 1) ga teng.

Yn - Y1 Y7-Y± 173157,7- 61346,2 111811,5

Af =

n-17-l_ 6 6

Y8 = Y7 + Af = 173157,7 + 18635,25 = 191792,95

= 18635,25

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmatlar hajmi dinamikasini miqdoriy o'rtacha qo'shimcha o'sish ko'rsatkichidan foydalanib 2023 yil uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda xizmatlar hajmining prognoz ko'rsatkichi aniqlandi[4,5].

Bugungi kunga kelib, jamiyatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo'llanilgan prinsiplarga amal qilishmoqda. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida O'zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o'z mavqe'ini mustahkamlab bormoqda. Bu esa o'z navbatida xizmatlar sohasi infratuzilmasini takomillashtirish, uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo'lishini ta'minlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

May, 2023

472

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

REFEFERENCES

1. G.Nasriddinov, Ekonometrika, oq'uv qo'llanma, Toshkent, "Iqtisod-moliya", 2008-

2. И.А.Шукуров, Оценка спроса продуктов питания по тенденции временных рядов. «Узбекистонда фанлараро инновациялар ва илмий тадкщотлар» журнали, 2022 йил 19-октябр, 12-сон материаллар туплами, 417-б.

3. stat.uz - davlat statistika agentligi rasmiy sayti.

4. Shukurov I.A. Academic Research in Educational Sciences. Volume 4. Issue 4. 2023. ISSN: 2181-1385. Aholining kunlik daromadlari, o'rtacha kunlik ish haqi va ishsizlarning ortacha yoshi o'rtasidagi bog'lanishning ko„p omilli korrelyatsion regression tahlili, 91-96 b.

5. Shukurov I.A. Academic Research in Educational Sciences. Volume 4. Issue 4. 2023. ISSN: 2181-1385. Turistik firmalar faoliyatining ekonometrik tahlili, 429-434 b.

yil.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.