Научная статья на тему '“СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” LUG‘ATIDAMAISHIYLEKSIKA'

“СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” LUG‘ATIDAMAISHIYLEKSIKA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chig‘atoycha leksema / lug‘at / bork / büräk / bürkamäk / irnäk.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahliyoxon Tuxtasinova Shavkatjon Qizi

Mazkur maqolada Lazar Zaharovich Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘at tarkibiga kiritilgan chig‘atoychaga doir maishiy leksemalardan namunalar keltirilgan. Ularning etimologiyasi tarixiy manbalarda aks etgan ma’nolarini keltirish asnosida yoritilgan. Alisher Navoiy asarlaridan leksemalarga aloqador parchalar keltirilgan. Tarixiy lug‘atlar yordamida izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” LUG‘ATIDAMAISHIYLEKSIKA»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

"СРАВНИТЕЛЬНЫМ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ" LUGATIDA MAISHIY LEKSIKA

Mahliyoxon Tuxtasinova Shavkatjon qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchisi E-mail: mahliyoshavkatjonovna@gmail.com ORCID ID: 0000-0002-6849-0603 Tel: +998999997953 https://doi.org/10.5281/zenodo.10720929

4>

EURASIAN JOURNAL Of

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

Received: 20th February 2024 Accepted: 27th February 2024 Online: 28th February 2024

KEYWORDS Chig'atoycha leksema, lug'at, bork, burak, burkamak, irnak.

ABSTRACT

Mazkur maqolada Lazar Zaharovich Budagovning "Сравнительный словарь турецко-татарских наречий" lug'at tarkibiga kiritilgan chig'atoychaga doir maishiy leksemalardan namunalar keltirilgan. Ularning etimologiyasi tarixiy manbalarda aks etgan ma'nolarini keltirish asnosida yoritilgan. Alisher Navoiy asarlaridan leksemalarga aloqador parchalar keltirilgan. Tarixiy lug'atlaryordamida izohlangan.

L.Z.Budagovning asosiy ilmiy asarlari ro'yxatida ikki jilddan iborat "Сравнительный словарь турецко-татарских наречий, со включением употребительнейших слов арабских и персидских и с переводом на русский язык" alohida o'rin tutadi. XIX asrning ulkan turkiy lug'atlaridan biri bo'lgan ushbu asarni tuzish uchun boy tilga oid va ekstrolingvistik materiallar muallif tomonidan bir qancha manbalardan misqollab yig'ib chiqilgan. Lug'atga ko'plab sharqiy xalqlar tilidagi faol so'zlar kiritilgan. Shu bois ularni qiyoslash jarayonida xalqlarning yozma yodgorliklari, turkiy tillardagi so'zlashuv va tarjima lug'atlari hamda adabiy merosiga oid asarlar matnlaridan foydalanilgan1.

Tarixdan ma'lumki, qadimgi davrlarda ustki kiyim, asosan, daraxt yaproqlaridan, oyoq kiyim esa yog'och materiallardan tayyorlanib, kiyilgan. M. Asomiddinovaning keltirishicha, kishining tanasi va boshini to'la yoki qisman berkitib turuvchi ust-boshdir. U yumshoq, badanga qattiq botmaydigan, teri yoki o'simlikning ishlangan yoki ishlanmagan materialidan tayyorlanadi. Uning shakli kishining tana tuzilishiga muvofiq bo'ladi. O'z vazifasiga ko'ra, kiyim-odamning tanasini atrof muhitning ko'ngilsiz ta'siridan himoya qilish zaruriyati natijasida kelib chiqqan. Uning boshqa narsalardan prinsipial farqi shakl va materialidan emas, balki doimo biror ijtimoiy faoliyat bilan bog'liq holda qo'llanish xarakteridadir2.

Lug'atda mavjud chig'atoy tiliga oid leksemalar mavzu guruhlariga ajratilgan holda tadqiq etilgan3. Kiyim asosan mato va teridan tayyorlanib, inson badani va tana a'zolarini yopish, tashqi muhit ta'siridan saqlashga xizmat qiladi. Inson kundalik hayotida har xil narsa-

1 Tuxtasinova M. Bobur asarlarining L.Budagov lug'atida aks etishi. "Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o'rni" uluslararo ilmiy-nazariy konferansi materiallari to'plami. -Toshkent, 2023. -B. 402.

2 Асомиддинова M. Кийим-кечак номлари. - Тошкент: Фан, 1981. - Б. 9.

3 Tuxtasinova M. L. Z. Budagov lug'atida eski o'zbek adabiy tili harbiy istilohlarining izohlanishi // Golden Scripts. -Toshkent, 2022, vol 4. -B. 65-88.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

buyumga ehtiyoji katta. Tilshunoslikda maishiy leksika sohasiga oid bir qancha tadqiqot ishlar olib borilgan4. L. Budagovning "Сравнительный словарь турецко-татарских наречий" lug'atida ham ayni guruhga oid bir qancha chig'atoycha leksemalar qayd etilgan:

() irtmay (irtmaq, yirtmaq - fe'llaridan) - "eski ko'ylak (kiyilaverib

eskirib ketgan kiyim, ko'ylak)", jl^jl artmaq - "to'rva, hurjun", jlSj arqav - "arqoq - matoning moki yordamida ko'ndalang to'qiladigan ipi", cs'JJ buday - "o'zbeklar zodagonlari kiyimi", 4jj> ' bork, burak, burkamak - "shapka, xamirli yegulik (perashki)", jj (j^O buzar (biz) - "bigiz", gjj^Jji buzyunc - "qizil rang olish uchun ishlatiladigan siyoh yong'og'ining turi", = takala , - dagala - "ustki kalta kiyim turi (nimchaga o'xshash), unga

tillado'zlik asosida tilla ip bilan tikilgan", takana - "ayollarning boshidagi ro'moli", talyak - ko'ylak turi", dupqu - "1) tikuvchilar oyog'ini qo'yib oladigan taxta bo'lagi; 2) lochinlarni burgalardan davolovchi bo'yoq", degela - "ba'zan tillo bilan bezatiladigan kalta ustki ko'ylak", ^J lecek - "ayollarning yelkaga tushiriladigan bosh yopinchig'i".

L.Budagov lug'atida "bosh kiyim" ma'noli leksemalar qatori "xamirli yegulik (perashki)"ni ifoda etuvchi ,4jjj ' 4U bork, burak, burkamak (BD, I, 277) leksemasi

qayd etilgan. E. V. Sevortyan lug'atida 1) yungli shapka, qalpoq, bosh kiyim; 2) bosh uchun yopinchiq, ro'mol; 3) burqa (ESTYA, II, 221) kabi semalari keltirilgan, "xamirli yegulik" ma'nosi haqida fikr yuritilmagan. Yuqorida qayd etilgan ma'nolar (bosh va tana uchun) "yopqich" semasi atrofida birlashishi ko'zga tashlanadi.

Ushbu umumiy ma'nodan kelib chiqib, бе:рик ~ 6e:pYK ~ бврик ~ бYрик hamda бврк ~ 6ypk otlashgan fe'l affiksi -(а)к yordamida *6epY- ~ 6ypy_ fe'lidan yasalgan. M.Koshg'ariyda burun - "yopinmoq", "o'ranmoq", eski turkiy manbalarda buri-, buru-"qoplamoq", "o'ramoq", "yopmoq" ma'nosida keladi. Masalan, "Yusuf ve Zeliha"da (XIII asr) yuzunu buri dive uzre otur "yuzingni yop va tuyaga o'tir".

L. Budagov 4jjji ' 4U bork, bork leksemasini ^jj (o), ^aj ' ^¿jj , (tur.) J^jjji-"yopmoq", "qoplamoq", "egallab olmoq" (ESTYA, II, 223) fe'li bilan bog'liqligini qayd etadi.

Bo'rk "bosh kiyimning bir turi", "qalpoq" - Bosh omon bo'lsa, bo'rk topiladi (Maqol). Bu ot qadimgi turkiy tildagi "qopla-", "yop-" ma'nosini anglatgan boru- fe'lidan (Devon, II, 164) -q qo'shimchasi bilan yasalgan (ESTYA, II, 222); keyinchalik ikkinchi bo'g'indagi tor unli talaffuz qilinmay qo'ygan (PDP, 373; Devon, I, 333); o'zbek tilida о unlisining yumshoqlik belgisi yo'qolgan: boru- + k = boruk > bork > bork (O'TEL, 77.). Bosh kiyimlarining oltoy xalqlari tarixida o'ziga xos o'rni bo'lgan. Bosh kiyimlari ko'chmanchi aholi o'rtasida quyoshdan, sovuqdan, qordan, yomg'irdan va shamoldan himoyalash vositasi sifatida qo'llanilgan. Ular janglarda qalqon vazifasini o'tagan5.

Hozirgi o'zbek adabiy tilida bo'rk "oshlangan qorako'l teridan silindr shaklida tikilgan bosh kiyim, telpak" ma'nosini ifodalaydi: Boshsiz bo'rk bo'lmas, Toysiz - turk (maqol). Bu

4 Усмонова Ш. Олтой тилларидаги муштарак маиший лексика тадкики. Филол. фан. док. ... дисс. автореф. -Тошкент 2011; Мусаев К. Лексика тюркских языков в сравнительном освещении (Западнокыпчакская группа). -М: Наука, 1975; Асомиддинова М. Кийим-кечак номлари. - Тошкент: Фан, 1981; Шукурова Г. "Девону луFотит турк"да кийим-кечак кисмлари номлари // Тил ва адабиёт таълими. - Тошкент, 2004. № 3. - Б. 43-49; Шу муаллиф. "Девону луFотит турк"да устки кийимни ифодаловчи лексемалар парадигмаси // Тилшуносликнинг долзарб масалалари. - Тошкент, 2008. - Б. 16-20.

5 Усмонова Ш. Олтой тилларида бош кийим номлари // International Journal of Central Asian Studies. Korea, 2008. № 12. - Б. 197.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

leksema oilaviy yoki ichki janjal, nizolarni tashqariga chiqarmaslik kerakligini ifodalovchi iboralar tarkibida ham qo'llangan: Bosh yorilsa, bo'rk ostida (yoki ichida); Bo'rk ol desa, bosh (yoki kalla) olmoq.

Bundan tashqari O'TIL(I, 417)da "buyurilgandan ortiq jazolash, haddan oshirish" ma'nosini o'zida aks ettiruvchi ibora ham mavjud: "Bo'rk ol desa, bosh olib keladigan dovyurak yigit eding-ku! Nima bo'ldi?" (Uyg'un, Asarlar).

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, bu leksema "bosh kiyim" ma'nosida turli davrlarda qo'llangan, hozirgi kunda arxaiklashgan leksemalardan hisoblanadi.

Maishiy leksemalar tarkibiga kiruvchi narsa-buyum nomlari ham lug'atda keng o'rin egallagan: ¿U^yl irnäk - "qirra, cheti", ô-jSjû toküs - "suyuqlikni tozalash uchun ishlatiladigan filtr", ûUj2 tünän - "shox-shabbalardan mash'ala", jPlJSjjS tüqräyu - "qo'ng'iroqcha", fj* cirm - "uchqun (olov uchquni)", cäs=cäj - "arpa yoki sulining maydalangandan keyin

qoladigan mayda somoni; maydalangan arpa yoki sulining uyumi", ¿j^ cüy - "cho'g', yonayotgan ko'mir", ' 4jjjS < 4>jS i 4jj kübük, küpük - "ko'pik" kabi.

Lug'atda chig'atoycha ¿U^yl irnäk leksemasi "qirra, cheti" ma'nosiga egaligi qayd etilgan. "Narsa chetining tugash qismi", "narsaning uchli tugash qismi" ma'nolarini (O'TEL, 551) ifodalovchi qirra leksemasi o'rnida qadimgi turkiy tilda ¿Uj^ irnäk leksemasi ishlatilgan. "Biror narsaning qirrasi" ma'nosi (RSL, I, 1468,1469) epHe- fe'liga -k affiksini qo'shish orqali yasalgan epHeK leksemasi vositasida ifodalangan V. Sevortyan leksemaning upHe- -chegaralamoq", "o'rab chiqmoq" fe'lidan kelib chiqganligini ta'kidlar ekan, ep^K ~ epHeK -metaforik ma'noda qo'llanilgan epuH "lab", "lablar" so'ziga taqlid-kichraytirish affiksi -Fan;/-rçan; yoki -(a)^/-(e)K larni qo'shish orqali yasalgan, shu o'rinda epuH shaklining o'zi ham "idishning labi, cheti" ma'nosini anglatishi mumkinligini e'tirof etishni joiz deb biladi (ESTYA, I, 301). Eski o'zbek adabiy tilida leksemaning metaforik ma'noda qo'llanishini Alisher Navoiy ijodida ko'rish mumkin. "Xazoyin ul-maoniy" da ern - "lab"ni ifodalagan:

Jânnï ul nav'ki tan ârzu etkäy bïhad,

Ruhbaxs erningä jânimnïq erür hasrati köp (ANATIL, III, 567)

"Lison ut-tayr"dagi baytda lab hamda ern leksemalariningsinonimik qatorni voqelantirgani yaqqol namoyon bo'ladi:

Nusi labdïn kâm olurda harzakis,

Ul cayondïn ernigä sancildï nïs (ANATIL, III, 567)

¿Ujril irnäk leksemasini L. Budagov "qirra, cheti" (I, 191) ma'nolarini ifodalovchi chig'atoycha birlik sifatida qayd etadi. Qirra leksemasining etimologik tahlilida bu so'z asli "chet", "zih" ma'nosini anglatgan qir so'zidan kuchaytirish ("eng") ma'nosini ifodalovchi -ä qo'shimchasi bilan hosil qilingani; qo'shimcha qo'shilganidan keyin r undoshi qatlangani aytiladi: qir + ä > qirrä (O'TEL, 551).

Hozirgi o'zbek adabiy tilida "qirra" leksemasi "chet, zih, qir" ma'nosi bilan birga "narsalarning ensiz yoki o'tkir qirg'og'i"ni ham ifoda etadi. Leksema metaforik jihatdan "narsalarning mohiyatini belgilovchi xususiyat, tomon"ini yuzaga chiqarishda qo'llanadi: kechagina oddiy ko'ringan narsalar bugun negadir boshqa fazilati, boshqacha bir qirrasi bilan namoyon bo'lar edi (N. Fozilov, Diydor).

Davrlar o'tishi bilan leksemaning ma'no kengayishi yuzaga kelganini "geometrik jismni o'rovchi ikki tekislikning kesishuv chizig'i; qovurg'a" ma'nosini qirra anglatishi va matematik

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

termin sifatida qo'llanishi ham tasdiqlaydi: Peramidaning qirrasi. "O'tkir qirrali burun" hamda "burni shunday yigit"ga (O'TIL, 300) nisbatan "qirra burun" birikmasi qo'llanadi.

Demak, leksemalar qadimdan to hozirgi kunimizga qadar yuzaga kelgan turli jarayonlarni aks ettirish asnosida tilning rivojlanishi qay tarzda kechganlgini ifodalaydi.

References:

1. Асомиддинова М. 1981. Кийим-кечак номлари. - Тошкент: Фан.

2. Будагов, Л. 1869. Сравнительный словарь турецко-татарских наречий. - Санкт-Петербург. I том.

3. Фозилов, Э.И. 1983-1985. Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати. IV жилдлик. - Тошкент: Фан.

4. Madvaliyev A. tahriri ostida. 2020. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent: O'zbekiston nashriyoti.

5. Mahmud Koshg'ariy. 1963. Devonu lug'otit turk. Toshkent.

6. Рах,матуллаев Ш. 2000. Узбек тилининг этимологик лугати (туркий сузлар). -Тошкент: Университет.

7. Севортян Э. 1974. Этимологический словарь тюркских языков. Общетюркские и межтюркские основы на гласные. - М: Наука.

8. Tuxtasinova M. Bobur asarlarining L.Budagov lug'atida aks etishi. "Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o'rni" uluslararo ilmiy-nazariy konferansi materiallari to'plami. -Toshkent, 2023. -B. 401-405.

9. Tuxtasinova M. L. Z. Budagov lug'atida eski o'zbek adabiy tili harbiy istilohlarining izohlanishi // Golden Scripts. -Toshkent, 2022, vol 4. -B. 65-88.

10. Усмонова Ш. Олтой тилларида бош кийим номлари // International Journal of Central Asian Studies. Korea, 2008. № 12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.