o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
O'ZBEK TILINING G'ALLAOROL TUMANI SHEVASIGA OID
AYRIM SO'ZLAR TAHLILI
Ubaydullayev Alisher Abdusalomovich
filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Mizo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti a.ubaydullayev@nuu.uz
Maqolada o'zbek tilining G'allaorol tumani Kashshof qishlog'i shevasida faol qo'llanuvchi ayrim so'zlar adabiy tildagi va mavjud shevalardagi so'zlar bilan qiyoslanib, tahlilga tortilgan hamda bu to'g'rida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, dialektdagi leksik birliklar "Devonu lugotit turk" va o'zbek shevalariga qiyoslangan. Misolllar tahlilida taqqoslash, qiyosiy-tarixiy kabi bir qator lingvistik usullardan samarali foydalangan.
Kalit so'zlar: Kashshof qishlog'i shevasi, dialektologiya, qipchoq lahjasi, leksik xususiyatlar, so'zlashuv nutqi.
ANALYSIS OF SOME WORDS OF THE UZBEK LANGUAGE RELATED TO THE DIALECT OF GALLAOROL DISTRICT
ABSTRACT
In the article, some words of the Uzbek language actively used in the dialect of Kashshof village of Gallaorol district are compared and analyzed with words in the literary language and existing dialects, and comments are made about it. There are also compared lexical units in the dialect to "Devonu Lugotit Turk" and Uzbek dialects. There are effectively used a number of linguistic methods such as comparison, comparative-historical in the analysis of examples.
Key words: Kashshof village dialect, dialectology, Kipchak dialect, lexical features, colloquial speech.
Millatimiz g'ururi va iftixori bo'lgan ona tilimizning sofligini saqlash, dunyo miqyosida rivojlantirish uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati kattadir. Har bir xalqning o'zligini namoyon etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlari bo'ladi. Til shaxs va jamiyat salohiyati hamda madaniyati saviyasining o'ziga xos belgisidir. Ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniyning "Har bir millatning dunyoda borlig'ini ko'rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo'qotmak - millatning ruhini yo'qotmakdur" degan hikmatli so'zlari yurtning istiqboli tilda ekanligini chiroyli isbotlaydi. Darhaqiqat,
ANNOTATSIYA
KIRISH
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
millatning yuzi, yurtning istiqboli uning tilida, unga bo'lgan hurmatda o'z aksini topadi. Tilimizni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan ilmiy-ommabop maqolalar, o'quv qo'llanmalar, yangi-yangi lug'atlar va darsliklar ko'plab nashr etilayotgani jamiyatimizning ziyoli insonlarini, kelajak avlodning tafakkurini yuksaltirishga o'z hissasini qo'shmoqda. Ma'lumki, mutaxassislar tomonidan e'tirof etilgan jonli xalq tili - bu sheva. Shevada shu xalqning hayoti va madaniyati to'liq o'z aksini topadi. Shevadagi jozibadorlik va ta'sirchanlikni ba'zan adabiy tilda yetkazib berish qiyin.
Bilamizki, til egasi nutq uchun qulay birlik izlaydi, fikrini oson, ta'sirchan va tushunarli yetkazish so'zlovchining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu bois adabiy tildagi birliklar shevalarda turli o'zgarishlarga (fonetik, leksik, grammatik o'zgarishlar)uchrashi mumkin. Tilning sofligini saqlash borasida yurtimizda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21- dekabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatida nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilindi. Mazkur konsepsiyada tilimizning bugungi holati tanqidiy tahlil etilib, uni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlar yo'nalishi aniq ko'rsatib berilgan. Xususan, turli sohalardagi ko'plab atamalarni o'zbekchalashtirish, yangi atamalarga mos muqobil so'zlarni topish, sheva so'zlarini o'rganishni yanada takomillashtirish, tilimiz sofligini ta'minlash uchun zaruriy choralarni ko'rish belgilangan. Bu esa tilshunos, shevashunos olimlar va tadqiqotchilardan bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarida til sofligini ta'minlash borasidagi ishlarga alohida ahamiyat qaratishi zarurligini ko'rsatadi.
Bugungi kunda fundamental fanlar, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari va shu kabi o'ta muhim sohalarda ona tilimizning qo'llanish doirasini kengaytirish, sohalardagi atamalarni o'zbekchalashtirish, muqobili bo'lmagan tushunchalarga shevalarimizdan mos so'zni tanlash, turli qiyosiy va etimologik lug'atlar nashr etish, zarur atama, tushunchalarni ilmiy asoslash hamda ommalashtirish, shuningdek, o'zbek tili leksikasini ilmiy asosda har tomonlama o'rganish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbek tili leksikasini sheva so'zlari bilan boyitish masalasiga jiddiy ahamiyat qaratish zarur. S.Ashirboyevning ta'kidlashlaricha, shevalar to'xtovsiz rivojlanib boradi, bu esa shevalarning doimiy ravishda nazariy jihatdan o'rganib borishni taqozo etadi va ilmiy-nazariy ahamiyatini keltirib chiqaradi.[S.Ashirboyev, 2021: 8]. O'zbek
O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
sheva va lahjalarini o'rganish hamisha dolzarb hayotiy ehtiyoj hamda zaruratni hosil qiladi. Tilimiz turkiy tillar ichida ko'p lahjaliligi bilan ajralib turadigan, shevalari bir-biridan keskin farqlanadigan tillardan biridir. O'zbek shevalarining leksikasini o'rganish hozirgi kundagi dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Xususan, o'zbek tili qarluq, qipchoq va o'g'uz lahjalariga mansub shakllarga ega bo'lib, asosan qipchoq lahjasiga kiruvchi Jizzax viloyati G'allaorol tumani Kashshof qishlog'i shevasi boshqa shevalardan fonetik, leksik, morfologik jihatlariga ko'ra sezilarli darajada farq qiladi.
Qipchoq shevalarini ilmiy-nazariy jihatdan o'rganishda Professor X.Doniyorovning Samarqand viloyati sharqiy hududi shevalarining etnogenetik va lingvistik xususiyatlari bo'yicha olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari e'tiborga molikdir. Olimning "O'zbek xalqining shajara va shevalari" (1968), "O'zbek tilining jlovchi dialektlarini adabiy til bilan qiyoslab o'rganish", "Eski o'zbek tili va qipchoq dialektlari"(1977), "Qipchoq dialektlarining leksikasi"(1979) va V.Egamovning "O'zbek tilining G'allaorol shevasi"(1955), H.G'ulomovning Jizzax shevasi kabi bir qancha ilmiy va monografik tadqiqotlar yaratilaganligini alohida ta'kidlashimiz lozim.
O'zbek tili shevalarini atroflicha o'rganish faqat lingvistik xarakterga ega bo'libgina qolmasdan, balki o'zbek xalqining shakllanish tarixini, ya'ni uning etnogenetik jarayonini aniqlashda asosiy o'rin egallaydi. O'zbek tilining qipchoq lahjasiga kiruvchi G'allaorol tumani shevasida ko'p asrlik tarixiy taraqqiyotni aks ettiruvchi juda ko'p til faktlari mavjud, bu esa mazkur shevani har tomonlama tarixiy va qiyosiy jihatdan o'rganishni taqozo etadi. Xususan, M.Koshg'ariy "Devonu lug'otit turk" asarida tilshunoslikning ko'plab sohalarini qamrab oldi. Unda turkiy tillar, xususan, o'zbek tilining fonetik, leksik, grammatik, dialektal xususiyatlariga doir muhim ma'lumotlar aks etgan.
G'allaorol tumani Kashshof qishlog'i shevasini kuzatishlarimiz natijasida shunga guvoh bo'ldikki, "Devonu lug'otit turk" asari leksikasi bilan bugungi o'zbek shevalarida qo'llanilgan ba'zi so'zlar o'rtasida yaqinlik va ba'zi farqlar borligini, lekin bu ularni bir-biridan ayiruvchi emas, balki yaqinligini ifodalovchi tafovutlar ekanini ko'rsatdi. Buni quyidagi misollarning qiyosiy tahlilida ham kuzatish mumkin.
Ötrük(Ötürük)- leksemasi Kashshof qishlog'i shevasida yolg'on ma'nosida istefoda qilinadi. Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida ötrük so'ziga quyidagicha izoh beriladi: ötrük - hiylagar, aldamchi, ayyor, yolg'onchi:
Ötrük ötün agrïlayu yüzgä baqar,
Elkin tasub bermis asïg basqa qaqar.
Erlarning hiylakori, pasti, baxili qoldi, mehmon uning oldida o'g'ridek ko'rinadi, musofir mehmonga yeydigan narsani minnat qilib, bergan narsasi bilan mehmonning
О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
boshiga uradi (qoqadi) (I, 82). Hozirda mazkur so'zning Qirq, Qo'ng'irot shevalarida etyryk//etryk//yetrik, Surxondaryo, Qo'ng'irot shevalarida etrik fonetik variantlari"yolg'on" ma'nosini anglatishi "O'zbek xalq shevalari lug'ati"da e'tirof etilgan: etrik selbms, adam bolaman dessH (O'XShL, 55). [B.Abdushukurov, 2021:180]. Mazkur leksema Kashshof qishlog'i shevasida bugunda aynan shu ma'noda faol qo'llanishda bo'lib, ótrük so'zi ko'pincha óshshak so'zi bilan juft holda nutqda qo'llaniladi. Oshshak - g'iybat. Vo'shshak (Jo'sh) yolg'on. Vushak (Laqay) g'iybat. [O'XShL, 62 bet] O'tirik - yolg'on. O'TILdagi izohi: qarang. o'truk. [4-tom, 2008: 177].
Qóniq(qónüq)- so'zi ham shevada "mehmon, to'yda keladigan mehmon, to'ylarda beriladigan kichik ziyofat" kabi ma'nolarda faol qo'llanadi. Mazkur leksema DLT, QB asarlarida ham ayni ma'noda qo'llanganligini kuzatish mumkin. "Qutadg'u bilig" doston matnida qonuq (qon+(u)q) so'zi "mehmon" ma'nosini bildirgan:
Nelük arsiqar sen aya oldaci Ozüy iki künlük qonuq boldaci. Nimaga mag'rurlanasan, ey o'luvchi,
O'zing ikki kunlik mehmon bo'luvchi(san) (QBN, 1972: 3482). Bu so'z "Devonu lug'otit turk"da "mehmondorchilik, ziyofat" ma'nosida qo'llangan. O'g'uzlardan boshqa qabilalar tilida bu so'z "uy egasi yoqtirmagani holda, birov uyida turish" ma'nosida qayd etilgan (DLT, III, 351). Hozirda Qashqadaryo, Surxondaryo shevalarida "mehmondorchilik, to'ylarda beriladigan kichik ziyofat" ma'nolarida qo'llaniladi.[M.Xolmurodova, 2021:194]
Kon - leksemasi shevada teri ma'nosida ishlatiladi: patinkaning koni jomon ekan. M.Koshg'ariyning "ishlov berilmagan teri"ning kon, aksincha, "ishlov berilgan teri"ning esa qoyus istilohi bilan ifodalanishi xususidagi ta'kidi muhim ilmiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etishini ta'kidlash lozim (M.Koshg'ariy, 1963: 154)[H.Dadaboyev, 2021: 160]
Jir - lekemasi ham o'rganilayotgan shevada yog'(shevada moy leksemasi ham ishlatiladi) ma'nosida faol qo'llanadigan shevaga xos so'zlardan biri hisoblanadi. A.Rustamovning "So'z xususida so'z" kitobida ta'kidlanishicha, "jir" so'zi tilimizda "yog'", "moy" ma'nosini anglatadi. Ozg'in kishiga nisbatan "Bunga hech jir bitmayabdi" yoki "Buning hech jiri yo'q" degan iboralar shu mazmundan kelib chiqqan (O'zbek tilidagi "jir"da "jurnal" so'zidagi kabi "j" talaffuz qilinadi) (Shukurov, 2018:312]. Shunisi qiziqki, rus tilidagi "жир" so'zi asli bizning tilimizdagi ayni shu "jir" so'zining o'zidir. Chunki "jir" so'zining turkiy so'z ekanligi
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Mahmud Koshg'ariyning lug'atida qayd etilgan: ashichta jir yo'q - qozonda
Âlqïndï - so'zi shevada "kir sovunning ishlatilishi natijasida qolgan eng kichik bo'lagi" ma'nosida ishlatiladi. Mazkur leksema Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk"asarida quyidagi ma'nolarda kelgan: a) tamom bo'lmoq: alqïndï näq - narsa butunlay tamom bo'ldi; b) vafot etmoq: er alqïndï (DLT, I, 255); s) "yo'qotmoq, so'ndirmoq": yalïguq urulmïs qap ol, agzï yazïlïb alqïnur - odam bolasi puflab shishirilgan mesh kabidir; og'zi ochilsa, el uni yo'qotadi, so'ndiradi (DLT, I, 204).
Töl - ushbu so'z shevada "hayvonlar, qo'y va echkilarning bolalsh, ko'payish mavsumi" ma'nosini bildiradi. "Devonu lug'otit turk"asarida o'g'uzcha töl leksemasi "hayvonlar, qo'y va echkilarning bolalsh mavsumi"ni ifodalagan. Töl zoonimi Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryodagi qipchoq shevalarida ham hozirda faol qo'llanib kelmoqda.
Kömäc - leksemasi qishloq shevasida cho'qqa ko'mib pishirilgan non
(kepakdan tayyorlanib cho'qqa ko'mib pishiriladi va qoramolga beriladi) ma'nosida istefoda etiladi. Ushbu so'z M.Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk"asarida ko'mib pishirilgan non kömäc (fl^T, I, 341) deb nomlangan. Shuningdek, asarning 51-sahifasida ushbu leksemaning kömdi fe'lidan yasalgani izohlanadi. Mazkur leksema Alisher Navoiy asarlarida ham aynan yuqoriagi semada qo'llanilganini kuzatish mumkin: Yana tutmac va umac va komäc va talgannï türkcä ayturlar (AHATH.H, II, 151). Tahlil qilinayotgan so'z hozirgi kunda Surxodaryo qipchoq shevalarida ham ayni ma'noda qo'llaniladi.
Kirpi - shevada adabiy tildagi tipratikon so'zi o'rnida faol qo'llanadi. Mazkur leksema bugunda Xorazm shevasida tipratikon so'zi o'rnida kirpi so'zi ishlatilib, bu so'z turkiy tillarda ham ayni ma'noda qo'llaniladi.[N.Axmedova, 2021:187] "Devonu lug'otit turk"asarida ham ushbu so'z uchraydi: kirpi- tipratikon, kirpi; oqlug' kirpi -tipratikonning juda katta xili [M.Koshg'ariy, 2017: 167]. "O'zbek tilining etimologik lug'ati"da kirpi so'zi qadimgi turkiy tilda mavjudligi, hozirda sheva so'zi ekani, kirpi - ko'p tikan ma'nosini bildirishini aytib o'tiladi [Sh.Rahmatullayev, 2000: 210].
Tämäqsäv - leksemasi "ochko'z, ishtahasi o'ta karnay" ma'nosida qo'llanadi. Ushbu so'z "Devon"da ham ayni "ochko'z, ishtahasi o'ta karnay" ma'nosida izohlanadi.
Quyida adabiy til, mavjud shevalar hamda Kashshof qishlog'i dialektida o'zaro shakliy jihatdan farqlanadigan, lekin mazmuni bir tushunchani anglatadigan leksemalardan ba'zilarini misol keltiramiz.
yog' yo'q [DLT, I, 313].
om
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023
Kashshof Mavjud shevalarda Adabiy tilda
qishlog'i
shevasida
Aläqän kaft (Sayram) kaft; a:ya (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp) Kaft
Alächä jundan qo'lda to'qilgan palos; (Xorazm) jun yoki paxta solib tikilgan to'shak Palos
Abjir Abjil (Qirq, Qashqadaryo) Chaqqon.
Aqrïn Axir, asta-sekin (Beruniy) Axir
Abdästä abdasa (Toshkent); avdasta (Andijon); avtista (Farg'ona). Oftoba
Abjo'sh Qaynagan suvga botirib olib quritilgan mayiz (Urganch, Xiva, Shovot) Qaynagan suv
Adävür kuy, ohang (Qirq) Ko'p
Ajvä Ajuva I (Sayram) hajv, masxara; II (Shimoliy Xorazm) iflos, yomon. Masxara qilmoq
Akïs - O'jar, qaysar
Barak Barak (Buxoro, Janubiy Xorazm) bo'rak (Shimoliy Xorazm); Chuchvara
Badik (oq badik) Badik I (Qoramurt) duduq, tilichuchuk; II (Qarnoq) etn. alas (kasalni o'rtaga olib, ashula aytib davolash). Kasallik nomi
Bo'tan boshqa, o'zga, ayrim (O'g'iz, Qipchoq) Boshqa, alohida
Bo'tana (suv) Bo'tana (Toshkent, Jo'sh)loyqa. Loyqa suv
Bog'ona Bag'ana I (Shimoily Xorazm) boya, hali; II(Shimoily Xorazm, Qovchin)qorako'l teri Boya, hali
Gavaz Gavaz (Qashqadaryo) yirik qoramollar Katta, yirik qoramol.
Gajir Gajir-jangari, qaysar, o'jar(Qirq, Gajir-jangari, qaysar,
Qashqadaryo) o'jar
Dav katta, baquvvat odam. (Sayram, Tulkibosh, Chimkent, Turkiston). Katta, baquvvat odam.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023
Dï:m Jim (Urganch, Xonqa) Jim
Dovur Qadar, -gacha. O'TIL dagi izohi: Dovur I ko'm. (j.k bilan) 1. Qadar, -gacha.
Tuyur To'g'ram, burda. O'TIL dagi izohi: Tuyur shv. bo'lak, burda.
Taraddi - Tayyorgarlik
Uyqash - O'xshash, hamohang
Uvuz Yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan ovqat turi. Og'iz (Toshkent); Og'izlog' (Yuqori Qasgqadaryo) Og'iz suti
Ovüshtä avishmaq I (Hazorasp) rahm qilmoq, yuragi (ichi) achishmoq; II (Ggurlan,Yangibozor )ortmoq, artib qolmoq Almashmoq
Ovüshtä Oldi-berdi. Og'ishta (Qashqadaryo) qarz. Olim (Andijon) nasiya Oldi-berdi
Jävlük hamma, barcha, yoppasiga.(Qirq, Hamma, barcha,
Qashqadaryo) yoppasiga, yaxlit. yoppasiga
Misollardan ko'rinadiki, o'rtada uzoq muddat bo'lishiga qaramay qiyosiy tahlilga tortilgan so'zlarning aksariyati bugun o'zbek adabiy tilida qo'llanmasa-da, mavjud shevalarimizda faol ishlatilib kelinmoqda. Ushbu leksemalarning ba'zilari ma'no o'zgarishiga uchragan bo'lsa, ayrimlari fonetik o'zgarishlar bilan hozirgi adabiy tilda istifoda qilinmoqda. Bu esa, tilimiz, shevalarimiz va xalqimizning tarixiga borib tutashadi. Bugun yoshlarimiz deyarli o'zaro shevada emas, balki, adabiy tilda muloqot qiladilar. Sheva so'zlarining o'ziga xos go'zalliklarini shahar va viloyatdan ancha uzoqda bo'lgan chekka qishloqlarda uchratish mumkin. Fonetik va leksik jihatdan o'ziga xos bo'lgan Kashshof qishlog'i shevasi monografik tadqiqot olib boruvchi yoshlarni kutmoqda.
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, Kashshof qishlog'i shevasi viloyat va tumanlararo qiyoslanganda, leksik jihatdan ham o'ziga xos bo'lib, shakliy tuzilishidan rang-barangdir. Shevadagi leksemalarning ayrimlari bir xil ma'noda
О
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
ishlatilsa, ayrimlari ma'no kengayishi yoki torayishiga uchragan holda hozirgi kungacha yetib kelganligi ma'lum bo'ldi. Tilimiz boyligi sanalgan sheva va lahjalarimizdagi so'zlarni yozib olib, bu orqali adabiy tilimizni yanada to'ldirib, boyitib borish dialektologiya fani oldida turgan dolzarb masalardan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. S.Ashirboyev. O'zbek dialektologiyasi. -Toshkent. 2021. -B. 8.
2. Б.Абдушукуров. "Девону луFOтит турк" ва узбек тили шевалари. "O'zbek shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv" mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Professor Samixon Ashirboyev tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan),- Toshkent, ToshDO'TAU, 2021-yil, 22-may.180-bet.
3. M.Xolmurodova. "Qutadg'u bilig"dagi nodir turkiy so'zlar. "O'zbek tilini dunyo miqyosida keng targ'ib qilish bo'yicha hamkorlik istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. -Toshkent, ToshDO'TAU, 2020-yil 19-20-oktabr. 194-bet.
4. Х,.Дадабоев. "Махмуд KошFарийнинг "Девону луFOтит турк"асарида кулланган кул-оёк кийимлари номлари. "O'zbek shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv" mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Professor Samixon Ashirboyev tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan),-Toshkent, ToshDO'TAU, 2021-yil, 22-may. 160-bet.
5. N.Axmedova. O'zbek tilining xorazm shevasiga oid ayrim so'zlar tahlili. "O'zbek shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv" mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Professor Samixon Ashirboyev tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan),-Toshkent, ToshDO'TAU, 2021-yil, 22-may. 187-bet.
6. Ш.Рахматуллаев. Узбек тилининг этимологик луFати(туркий сузлар) Университет. -Тошкент, 2000.
7. Махмуд K,ошFарий, Девону луFOтит-турк / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М. Муталлибов. Т. I-III. - Тошкент: ФАН,1960-1963.
8. Алишер Навоий асарлари тилининг изохли луFати. I-IV. - Тошкент: ФАН, 1983-1985.
9. Узбек халк шевалари луFати. - Тошкент: ФАН, 1971.