Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar
SPORTCHILARNING DA'VOGARLIK DARAJASI BILAN FAOLIYATI MOTIVLARINI SPORTDAGI NATIJALARGA TA'SIRINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Vohidjon Muhammedovich Jurayev
Qo'qon davlat pedagogika instituti psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sportchining sport natijalariga da'vogarlik darajasining ta'sirini empirik o'rganish muammosiga e'tibor qaratiladi. Buning uchun sportchilarning sport faoliyat motivlari ta'siri, da'vogarlik darajasiga ko'ra xususiyatlari va ularni shartlovchi faktorlar, sport musobaqalarining darajasiga ko'ra empirik o'rganishlar olib borilgan. Ushbu yo'nalishda sportchining erishayotgan natijalarida da'vogarlik darajasi, da'vogarlikni psixologik jihatdan qo'llab-quvvatlovchi jabhalarning ahamiyatini o'rganishda bir qator tadqiqot metodikalarini tatbiq qilishdan olingan natijalar tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: Da'vogarlik darajasi, sport faoliyati motivlari, da'vogarlik darajasini baholash" so'rovnomasi, erishishga ehtiyoj, kurashishga ehtiyoj, o'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj, muloqotga ehtiyoj, rag'batlantirilishga ehtiyoj.
KIRISH.
Sportchilarning da'vogarlik darajasi bilan sport motivatsiyasi o'rtasidagi bog'liqliklarni o'rganishga e'tibor qaratdik. Bu so'zsiz sport motivatsiyasining mazmunini tahlil qilish yuzasidan ilmiy faktlarni taqazo etadi. Sport motivatsiya tushunchasi nima? Tushunchaning qisqacha mazmuni quyidagicha: sport faoliyati motivlari-sog'lom bo'lish istagi; sport faoliyati orqali o'zini amaliy hayotga tayyorlash istagi; burch hissi; sport faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini anglash orqali sport bilan shug'ullanish zaruratidan iborat. Bu inson psixologiyasining qonuniyatlari va xususiyatlarini aks ettiruvchi ilmiy manbalarda aks etgan. Bir qator tadqiqotlar mavjudki, ular sportchilarning motivatsiyasini, sportdagi zo'riqishlarni reabilitatsiya qilishga o'rgatish, sportchilarni musobaqaga tayyorlashning motivatsiyali javbhasi xususiyatlariga bag'ishlangandir. Sport bilan shug'ullanuvchilar orasida eng faoli bu professional sportchilar hisoblanadi. Tadqiqotimizda ushbu toifa sportchilarning yutuqlarga da'vogarligi bilan faoliyat motivlari o'rtasidagi aloqadorlikni izlanishning bir bosqichi sifatida yoritishga murojaat qilindi. Buning uchun dastlab sportchilarning
251
April 26, 2024
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
sport faoliyati motivatsiyasi xususiyatlari tadqiq etildi. Sportchilarning Ye.A.Kalininning "Sport faoliyati motivlari so'rovnomasi" va V.M.Gerbachevskiy "Da'vogarlik darajasini baholash" so'rovnomasidan foydalanildi. Empirik ko'rsatkichlarni dastlabki tahlili sportchilar faoliyat motivlariga bag'ishlangan (1-jadval).
Asosiy qism. Tadqiqotning birlamchi ko'rsatkichlarini normal taqsimot qoidasiga bog'liqligiga ko'ra parametrik yoki noparametrik xarakterga egaligini sinovdan o'tkazilganda qiymatlar noparametrik xususiyatga egaligi aniqlangan edi. Shu bois so'rovnoma natijalarini o'zaro bog'liq bo'lmagan tanlanmalar statistik xossasini ifodalovchi Mann-Uitni (U) mezonidan foydalanildi. Shu sababli navbatdagi psixologik tahlili esa empirik ko'rsatkichlarni noparametrik baholash mezonlarga tayanib amalga oshiriladi.
So'rovnomaning baholash shkalalariga ko'ra sport faoliyati motivlarini xususiyatlari beshta yo'nalishda talqin etiladi. Baholash shkalalari "erishishga ehtiyoj", "kurashishga ehtiyoj", "o'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj", "muloqotga ehtiyoji" va "rag'batlantirishga ehtiyoj"dan iborat.
Empirik natijalarning psixologik talqinini amalga oshirishda quyidagi tartibda ish tutishni lozim topdik. Dastlab, sportchilarning faoliyat motivlarini statistik tafovutga ega emasligi, so'ngra statistik mezonlarga ko'ra tafovutlanuvchi qiymatlarga ko'ra tahlil qilinadi.
Birinchi shkala "erishishga ehtiyoj"dan iborat bo'lib, bu motiv sportchining shaxsning muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik zarurati bilan bog'liq faoliyatni rag'batlantirish turlaridan biridir.
1-jadval
Sportchilar faoliyat motivlarining ta'lim muassasasi xususiyatlariga ko'ra
ifodalanishi (Mann-Uitni mezoni asosida)
O'rtacha rang
Sport OTM,
maktabi, N=130 U p
N=317
Erishishga ehtiyoj 219,35 235,33 19132 0,234
Kurashishga ehtiyoj 192,23 237,03 16475 0,001**
O'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj 229,89 209,65 18739 0,132
Muloqotga ehtiyoj 188,44 238,58 15982 0,000**
Rag'batlantirilishga ehtiyoj 216,40 240,94 18196 0,068
Izoh:*-p<0,05; **-p<0,01
252
April 26, 2024
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
Tadqiqotning empirik ko'rsatkichlari sport muassasalarining xususiyatiga ko'ra statistik tafovutni aks ettirmadi (sport maktabi o'quvchilari (219,35) va OTM jismoniy madaniyat fakulteti talabalari (235,33); U= 19132; p=0,234). Ushbu empirik qiymatlar har qanday muassasada sport sirlarini o'rganayotgan sportchilarda natijalar va muvaffaqiyatga erishishga ehtiyoj yuqori bo'lar ekan. Erishishga ehtiyojli bo'lishi sportchilarning yutuqqa bo'lgan intilishlarida keskin tafovutni aks ettirmadi. Bu kichik yoki katta sport bilan shug'ullanishidan qat'iy nazar yutuqqa va yuqori natijalarga erishish ishtiyoqi mavjud degan xulosani bermoqda. Uning amalga oshirilishi va natijaviyligi esa sportchi faoliyatining boshqa omillariga ham bog'liqdir.
"Sportchilarning o'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj" shkalasi bo'yicha ham natijalarda farq kuzatilmadi. Aslida o'zini o'zi kamol toptirish-bu o'zingizni shaxs sifatida shakllantirish, qobiliyatini rivojlantirish, bilim va ko'nikmalarni egallashning eng muhim usulidir. Bu yerda ham sport muassasalarining xususiyatiga ko'ra statistik tafovutni aks etmadi (sport maktabi o'quvchilari (229,89) va OTM jismoniy madaniyat fakulteti talabalari (209,65); U= 18739; p=0,132). Har qanday sportchi shug'ullanayotgan faoliyati uchun zarur bilim, ko'nikma va malakalar, o'zini ham jismoniy, ham aqliy jihatdan takomillashtirishga ehtiyoji bo'lar ekan. Erishishga ehtiyoj singari sportchilarning o'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoji ham doimiy ularning faoliyatning asosiy mazmuni tuzilmasi tarkibiga kirar ekan. Oldingi talqin singari sportchilar faoliyat motivining mavjudlik xususiyati uning natijaviyligi nuqtai nazaridan, ya'ni amalga oshirilish imkoniyati bilan tafovutlanishi mumkin.
Navbatdagi baholash shkalasi "rag'batlantirishga ehtiyoj"dir. Ushbu faoliyat motivi natijalarida ham sportchilarning ta'lim muassasasiga ko'ra tafovuti kuzatilmadi (sport maktabi o'quvchilari (216,40) va OTM jismoniy madaniyat fakulteti talabalari (240,94); U= 18196; p=0,068). Bu esa sportchilarning har biri o'z natijalarini rag'batlantirib turishiga zaruratlari bor ekan. Bu esa shaxs (sportchi) faoliyat natijasiga erishganda uning davom ettirishga bo'lgan ehtiyojining ortishiga doir psixologik qonuniyatga asoslanadi (A.Maslou).
Empirik ko'rsatkichlarning navbatdagi talqini esa sportchilarning ta'lim muasssasaning xususiyatiga ko'ra sport faoliyati motivlari o'rtasidagi tafovutlar haqida so'z borada. Ushbu holat bo'yicha ikkita shkalaning natijalari tahlil qilinadi. Sportchilarning kurashishga ehtiyoj bilan bog'liq faoliyat motivida tafovut kuzatildi Sport maktabi o'quvchilari ((192,23) va OTM jismoniy madaniyat fakulteti talabalari (237,03); U= 19132; p=0,001)). Bu yerda OTM talabalarining kurashishga ehtiyoji sport maktabi o'quvchilarini ko'rsaktichlaridan statistik jihatdan tafovutlanganligi
253
April 26, 2024
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
_mumovayechimlaL
aniqlandi. OTM talabalari sport faoliyati jarayonida o'quvchilar bosib o'tayotgan tayyorgarlik bosqichini sinovdan o'tkazgan va ularning oldiga qo'ygan maqsadlari yanada yuqoriroqligidan dalolat beradi.
Shuningdek, sportchilarning faoliyat motivlarning ikkinchi farqli jihatini aks ettirgan holat muloqotga bo'lgan motivatsiyasidir (sport maktab o'quvchilari (188,44) va OTM jismoniy madaniyat fakulteti talabalari (238,58); U=15982; p=0,000)). Ushbu o'rinda OTM talabalarining sport bilan shug'ullanish barobarida o'zining yuqori natijalariga erishish uchun tayanch izlashadi. Ular o'zlariga yangi usullar va yutuqlarga yetaklovchi ustozlar hamda sportdagi do'stlarga ehtiyoj sezishadi. Bu esa OTM sportchilarning muloqotga ehtiyoj motivatsiyasini belgilaydi. Demak sportchining faoliyati va tajribasining o'sib borishi rivojlanishga xizmat qiluvchi muloqot sub'ektlariga zarurat tug'dirar ekan.
Tadqiqotning davomida sportchilarning sport motivlari bilan da'vogarlik darajasini shartlovchi jihatlari o'rtasidagi korrelyatsiyasini aniqlashga erishildi. Natijalar talqinida sportchilarni da'vogarligini tavsiflovchi 15 ta komponent bo'lib, faqatgina ahamiyatlilik ko'rsatkichiga ega korrelyatsiyalarni jadvalda keltirib o'tishni lozim topdik (2-jadval). Quyida korrelyatsiya tahliliga e'tibor qaratiladi.
Sportchilarning da'vogarlik darajasini baholovchi bilish motivlari, quvvatni safarbar eta olinganlik darajasi, natijalarni kutilganlik darajasi, natijalarning qonuniyati shkalalarida sport faoliyat motivlari bilan o'zaro aloqadorlik aniqlandi.
Sportchilarning bilish motivlari bilan kurashishga ehtiyoj o'rtasida (r=0,102, p<0,05) kuchsiz ijobiy korrelyatsiya kuzatildi. Demak, sportchilarning bilishga bo'lgan motivi uning istiqboli uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishiga yo'naltiruvchi vazifasini o'tar ekan. Shu sababli bilish motivlari sportchilarning kurashishga ehtiyoji bilan bog'lanish olishi bejizga emas. Sport ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan sport pedagoglari va sport trenerlari ushbu psixologik qonuniyatni doimo esda tutishlari kerakdir.
2-jadval
Sportchining da'vogarligi komponentlari bilan sport motivatsiyasi o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi korrelyatsiya ko'rsatkichlari (umumiy natijalar)
254
April 26, 2024
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar
Erishishga ehtiyoj Kurashishga ehtiyoj o' zini o' zi kamol toptirishga ehtiyoj Muloqotga ehtiyoj Rag' batlanishtirishga ehtiyoj
Bilish motivi -0,021 -0,040 0,102* -0,003 0,042
Quvvatni safarbar eta olinganlik darajasi 0,227** 0,101* 0,002 0,037 0,001
Natijalarni kutilganlik darajasi 0,041 0,116* -0,030 0,012 0,222**
Natijalarning qonuniyati 0,287** 0,104* 0,086 0,014 0,051
Izoh:*-p<0,05; **-p<0,01 Sportchilarning da'vogarlik darajasi bilan erishish ehtiyoji (r=0,227, p<0,01) va kurashishga ehtiyoji (r=0,101, p<0,05) bilan korrelyatsiya hosil qildi. Bu esa sportchining yuqori natijalariga erishishiga da'vogarligi uchun jismoniy va ruhiy quvvatini safarbar eta olishi, o'z o'rnida foydalana olishi zarurligini ifodalamoqda.
Sportchida natijalarni kutilganlik darajasi motivi bilan kurashishga ehtiyoj ((r=0,116, p<0,05)) va rag'batlanishtirishga ehtiyoji (r=0,222, p<0,01) o'rtasidagi bog'liqliklik uni yuqori sport ko'rsatkichlarini tavsiflashga xizmat qiladi. Sportchining natijalarga erishishi faqat u kutayotgan natijaning yuqoriligi bilan bir qatorda rag'batlantiruvchi stmmullarga ham zarurat tug'diradi.
Sportchilarning navbatdagi natijalaridagi korrelyatsiyalar esa yuqori natijalarga erishishga ehtiyoj (r=0,287, p<0,01) va kurashishga ehtiyoj (r=0,104, p<0,05) ning qonuniyatiga tayanish orqali ta'minlanishini tavsiflamoqda. Sport natijalariga erishish sohaga aloqador qonuniyatlari va sportchi psixologiyasining xususiyatlarini yetarlicha bilishi hisobiga ta'minlanar ekan.
XULOSA
Sportchining da'vogarlik darajasi bilan faoliyati mitivlarini sportdagi natijalarga ta'sirining psixologik xususiyatlarini empirik o'rganish natijalari bizga da'vo darajasining xususiyati yuzasidan yangi izlanishlarga imkoniyat tug'dirdi. Buni sportchining faoliyat samaradorligida da'vogarlik darajasi samaradorligida da'vogarlik darajasi ahamiyatini tadqiq etishga bag'ishlaymiz.
April 26, 2024
255
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,
Pedagogy: a Problem and Solutions
Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
muammo va yechimlar
REFERENCES
1. Ананьев Б.Г. Психология педагогической оценки // Труды Госуд. ин-та мозга им. В.М. Бехтерева. М.-Л., 1935. Т.4.
2. Аракелов Н.Е., Лысенко Е.Е. Локус контроль и методы его исследования // Психологический журнал, 1997. - Т. 4. - №2 - С. 34 - 38.
3. Jurayev, Vohidjon, and Yoqubjon Ermatov. "BASICS OF ADJUSTING PHYSICAL EXERCISES FOR THE AGE OF STUDENTS WHEN INTRODUCING A HEALTHY LIFESTYLE TO STUDENTS IN THE GENERAL SECONDARY EDUCATION SYSTEM." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.5 (2023): 1042-1045.
4. Jurayev, Vohidjon. "SPORTCHINING FAOLIYAT SAMARADORLIGIDA DA'VOGARLIK DARAJASI AHAMIYATINI EMPIRIK NATIJALARI TAHLILI." Science and innovation in the education system 2.7 (2023): 106-112.
5. Jurayev, Vohidjon. "SPORTCHINING FAOLIYAT SAMARADORLIGIDA DA'VOGARLIK DARAJASI AHAMIYATINI EMPIRIK NATIJALARI TAHLILI." Science and innovation in the education system 2.7 (2023): 106-112.
6. Жураев, Вохиджон Мухаммедович. "СПОРЧИЛАРНИНГ ДАЪВОГАРЛИК ДАРАЖАСИ ВА ИРОДАВИЙ СИФАТЛАРИНИНГ ПСИХОЛГИК ХУСУСИЯТЛАРИ." Academic research in educational sciences 4.TMA Conference (2023): 894-900.
7. Mukhammedovich, Jurayev Vokhidjon. "Psychological Foundations of Willpower in the Formation of Competition Motivation in Athletes." Central asian journal of literature, philosophy and culture 3.11 (2022): 315-318.
256
April 26, 2024