Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
ONKOLOGIK KASALLIKLARDA PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA METODIKALARINI TATBIQ ETISH XUSUSIYATLARI
Ruzaxon Nasirovna Melibayeva
Toshkent tibbiyot akademiyasi
ANNOTASIYA
Maqolada onkologik kasallik bilan og'rigan bemorlar tibbiy diagnostikasi va profilaktikasi uchun psixodiagnostika metodikalaridan foydalanib ruhiyati bilan bog'liq o'zgarishlar diagnostikasiga zaruratning mavjudligi atroflicha tahlil va talqin etilgan. Bundan tashqari ushbu maqolada onkologik bemorlarning psixodiagnostikasida qo'llaniladigan metodikalarning ayrim namunalarini nazariy va empirik tahlilini amalga oshirilgan va tibbiyot sohasida ushbu metodikalarni qo'llash uchun tavsiyaviy xarakterga ega bo'lgan xulosalarga kelingan.
Tayanch so'zlar: Onokologiya, onkopsixologiya, bemor, metodika, diagnostika, psixodiagnostika, psixologik xizmat, klinik-psixologik va eksperimental-psixologik metodikalar.
АННОТАЦИЯ
В статье всесторонне проанализирована и осмыслена необходимость диагностики психологических изменений с помощью психодиагностических методов для врачебной диагностики и профилактики больных онкологическими заболеваниями. Кроме того, в данной статье проведен теоретический и эмпирический анализ некоторых примеров методов, применяемых в психодиагностике онкологических больных, и даны рекомендации по использованию этих методов в области медицины.
Ключевые слова: онкология, онкопсихология, больной, методология, диагностика, психодиагностика, психологическая служба, клинико-психологические и экспериментально-психологические методы.
ABSTRACT
In tis article, the need for the diagnosis of psychological changes using psychodiagnostic methods for the medical diagnosis and prevention of patients with oncological diseases are thoroughly analyzed and interpreted. In addition, in this article, a theoretical and empirical analysis of
May 6
671
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
some examples of methods used in the psychodiagnosis of oncological patients were carried out, and recommendations were made for the use of these methods in the field of medicine.
Keywords: Oncology, oncopsychology, patient, methodology, diagnostics, psychodiagnostics, psychological service, clinical-psychological and experimental-psychological methods.
Kirish. Bugungi kunda inson psixologik xolati bilan bog'liq bo'lgan somatopsixik xarakterdagi hamda saraton kasalliklariga duchor bo'lgan bemorlarga munosabatning psixologik sabablari bilan ularni davolash o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikning mavjudligi tufayli tibbiy psixodiagnostikani qo'llash masalalari dolzarb bo'lib qolmoqda.
Hozirgi fan taraqqiyoti jarayonida onkologik bemorlar psixologiyasini o'rganishga va ularga psixologik yordam ko'rsatishga qaratilgan psixoonkologiya va onkopsixologiya tadqiqot yo'nalishlari paydo bo'ldi. Onokologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarga psixologik xizmat masalasi va psixologik muammolarini yechimini topishda onkopsixologiya vujudga keldi. Onkopsixologiya-bu psixologiyaning bir bo'limi bo'lib, uning maqsadi saraton kasalligi bilan og'rigan bemorlarga psixologik yordam ko'rsatish uchun saraton alomatlarini yengish sabablari, shuningdek usullari va imkoniyatlarini o'rganishdir [1]. Onokopsixologiya yo'nalishidagi tadqiqotlarda onkologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlar psixologik xususiyatlarni tadqiq etishda qator klinik-psixologik va eksperimental-psixologik metodikalardan foydalanilganligi kuzatiladi [2].
Tadqiqotning maqsadini onkologik kasallikka chalingan bemorlarning ruhiyati bilan bog'liq o'zgarishlar diagnostikasi uchun psixodiagnostika metodikalarini tahlil qilish va o'rganishdan iborat.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Norasmiy intervyu klinik va psixologik usul sifatida amaliyotda muhim o'ringa ega. U bo'yicha tadqiqotlarda sinaluvchilar beshta asosiy guruhlarga ajratilgan: kasallikni aniqlash, kasallikka munosabat va uning sabablari, bemorning davolanishga bo'lgan munosabat (shu jumladan jarrohlik amaliyotiga munosabat), ijtimoiy masalalar va kelajakka munosabatlarini o'rganish ko'zda tutilgan. Psixologik diagnostika maqsadida quyidagi psixologik metodlardan, ya'ni Minnesot ko'p tarmoqli shaxs so'rovnomasi (MMPI), Rozensveygning frustratsiyani aniqlash metodikasi va Spilberger-Xaninr' shaxsiy va vaziyatli xavotirlanishni baholash so'rovnom
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
Dembo-Rubinishteynning o'z-o'zini baholash metodikalaridan foydalanish mumkin.
Onkologik kasallikka chalingan bemorlarning ruhiyati bilan bog'liq o'zgarishlar eksplitsit kuzatishlardayoq xilma xil munosabatni o'zida aks ettiradi. Shu sababli ham tibbiyot sohasida psixodiagnostika tizimini shakllantirish maqsadida onkologik kasalliklar psixologiyasi va kasallik xususiyatlrini inobatga olish o'ta muhimdir.
Xattoki, kasallik sabablari aniqlanmasdan onkologiya alomatlari mavjud degan taxminiy xulosalardayoq bemor kuchli ruhiy bosim ostida qolishi tajribalarda ko'p kuzatiladi.
Shunga ko'ra, onkologik kasallik bilan og'rigan bemorlar diagnostikasi uchun psixodiagnostika metodikalari diagnostikasi masalasi kognitiv funksiyalar, shaxsdagi psixotik, nevrotik va chegaralanganlik diagnostikasidan tafovutlanadi. Chunki kognitiv funksiyalar, shaxsdagi psixotik, nevrotik va chegaralanganlik diagnostikasida tatbiq etilayotgan metodikalar kasallik alomatlarini baholashga xizmat qiladi. Onkologik kasalliklar psixodiagnostikasida aosiy masala shaxs xususiyatlari va kasallik o'rtasidagi munosabatni yortishga e'tibor qaratiladi. Onkologik kasallik diagnostikasi qo'yilgan bemorlarda psixologik baholash vositalari shaxsning psixologik holati va xususiyatlarini tashxisi uchun muhimdir.
Onkologik kasallik tashxisi qo'yilgan bemorlarning psixoemotsional holatlaridagi o'ziga xoslikni psixodiagnostik metodikalar ifodalab beradi. Shunga ko'ra onkologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlar faoliyati psixodiagnostikasi uchun bemorlar faoliyatini dardga chalinish, uni keltirib chiqaruvchi psixologik omillar, kasallikka, jarrohlik yo'li, lazer terapiya, davolanish va darddan xalos bo'lishga munosabatlarni belgilab beradi. Onkologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarning psixologik diagnostikasi uchun qo'llanilayotgan metodikalar bemorning shu kasalikka mansub ekanligini diagnostikasini emas, balki ushbu toifa bemorlarning psixologik xususiyatlari va qiyofasini tadqiq etish uchun foydalaniladi.
Shu maqsadda onkologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarning shaxs qiyofasini tadqiq etish uchun MMPI metodikasining qisqartirilgan shaklidan foydalanishni maqsadga muvofiq deb bildik ("Shaxsning ko'p omilli o'rganishning qisqartirilgan so'rovnomasi"). So'rovnomani saroton kasalligining turli ko'rinishlari bilan og'rigan bemorlarda tatbiq etish rejalashtirildi. Mazkur tadqiqot ob'ektlari doirasida mamlakatimizda ilk bora ushbu so'rovnomani tatbiq etishdan olingan natijalar bo'lishi ehtimoldan xoli emas (1-jadval).
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
Tadqiqotda 52 nafar bemorlar ishtirok etgan bo'lib, ulardan 35 nafari kasallik belgilari ijobiy sifatli (SAI) va 17 nafari salbiy sifatli saraton alomatiga ega (SAS) bo'lgan bemorlar ishtirok etdilar (o'pka saratoni, me'da saratoni, ko'krak bezi saratoni, bo'yrak o'smasi, siydik pufagi o'smasi, bachadon saratoni, teri saratoni, ichak saratoni, sigmasimon ichak saratoni). Bemorlarning yosh ko'rsatkichi 13 yoshdan 59 yoshgacha bo'lganlarni tashkil etdi.
Natijalar va muhokama. Natijalarda SAI va SAS bo'lgan bemorlarning so'rovnomaning tayanch shkalalari bo'yicha ko'rsatkichlari T ball quyidagicha qiymatlarni aks ettirdi:
1-jadval
Onkologik kasallik bilan og'rigan bemorlarning shaxs psixologik profili ko'rsatkichlari ("Shaxsning ko'p omilli o'rganishning qisqartirilgan so'rovnomasi" asosida)
Shkalalar Barcha Ijobiy sifatli Salbiy sifatli Styudent
kasallarning saroton saroton t-mezoni
natijalari alomatli alomatli
(n=52) (n=36) (n= 17)
x G x G x G
L Yolg'on shkala 52,98 10,39 51,94 9,99 55,11 11,17 -1,034
F Haqqoniylik shkalasi 54,80 9,27 52,05 8,49 56,14 9,46 -0,881
K Korreksiya shkalasi 61,30 9,40 59,25 8,79 65,52 9,46 -2,354
1 (Hs) Ipoxondriya 61,57 9,06 58,76 9,47 62,94 7,67 1,581
2 (D) Depressiya 63,96 13,37 64,40 13,75 63,05 12,45 0,336
3 (Hy) Isteriya 61,73 6,92 61,00 7,42 63,23 5,63 -1,094
4 (Pd) Psixopatiya 54,80 9,27 56,14 9,46 52,05 8,49 1,507
6 (Pa) Paranoyyallik 62,88 6,87 62,02 8,01 64,64 3,01 -1,298
7 (Pt) Psixasteniya 61,19 9,62 60,37 9,34 62,88 10,24 ,000
8 (Se) Shizoid 56,88 8,64 56,42 9,41 57,82 6,94 -0,542
9 (Ma) Gipomaniya 61,57 9,42 60,57 9,80 63,64 8,50 -1,106
bemorlarning umumiy o'rtacha ko'rsatkichlari bo'yicha qiymatlar tayanch shkala bo'yicha 54 T bilan 64T qiymat oralig'ini o'zida aks ettirdi. Eng yuqori ko'rsatkichlar onkologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarda ipoxondiriya (63T), depressiya (63T), isteriya (62T), paranoyallik (61T) va gipomaniya (62T); o'z navbatida ijobiy va salbiy saraton
May 6
674
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
alomatli bemorlarda ham xududi shu faktorlar bo'yicha ko'rsatkichlar yuqori natijani o'zida aks ettirgan ko'rsatkichlar kuzatildi. Biroq tadqiqotda saraton alomatlarini xususiyatiga ko'ra bemorlarning o'rtacha qiymat ko'rsatkichlari bo'yicha ahamiyatli tafovutlar statistik mezonlarga ko'ra kuzatilmadi. Shunday bo'lsa-da, onkologik kasalliklar bilan og'rigan bemorlarning shaxs qiyofasiga ko'ra quyidagicha mulohaza yuritish mumkin:
ipoxondriya shkalasiga ko'ra bemorlarning ko'rsatkichlari o'zlarini jismoniy salomatligiga g'amxo'rliklari doimo yuqori, ammo tushkunlikka moyil, muvaffaqiyatga erishishga shubha bilan qaraydi, Shu sababli tibbiy yordam ko'rsatilganda ishonchsizlik sababli ham sezilarli o'zgarish kuzatilmasligi mumkin. Bu esa kasallik jarayonida qo'rquvni somatizatsiyalashga sabab bo'ladi, natijada ichki ruhiy kechinmalar xavotirlanishni orttib ketishiga olib keladi;
o'z navbatida onkologik bemorlarda depressiya va isteriya shkalalaridagi qiymatlarning yuqori bo'lishi ham ipoxondriya shkalasi bilan bog'liq kechadi. Natijada vaziyatli xavotirlanish kuchayishi depressiya fonida kuzatiladi. Tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik, tashqi qo'llab-quvvatlashga ehtiyoj yanada o'sadi. Bir jihatda bunday zarurat psixoterapevtik yordam ko'rsatish imkoniyatini yaxshilashga ham xizmat qiladi;
psixasteniya shkalasining yuqori qiymat hosil qilishiga sabab bemorlar salbiy axborotlardan diqqatni chetda olishga qiynaladi, uyqu buziladi, xotirjamlik yo'qoladi, xavotir hissi esa ortadi;
paranoyallik shkalasida ham yuqori natijaning kuzatilishi salbiy fikrlardan o'zini chetga ololmaslik, shubhalanish, dushmanlik kayfiyati, ta'sirchanlik, atrofdagilarning xatti-harakatlaridan yomon maqsadli tassurot izlash orttib ketadi. Bu esa bemorga psixoterapevtik ko'maklashishning ta'sirchanligi kuchini pasayishiga sabab bo'ladi. Psixikasida rigidlik hukmron bo'lib, o'rnashib qolgan salbiy fikrdan voz kecha olmaydi.
Xulosa. So'rovnoma doirasidagi ma'lumotlar tibbiyot xodimlari tomonidan davolash chora-tadbirlarini belgilashda bemorlarning ruhiyatiga xos yaqqol tafsilotni ko'z oldilariga keltirish imkonini beradi.
Onkologik kasallik bilan og'rigan bemorlarda olib boriladigan psixodiagnostika tadbirlari bemorning holati, kasallikka nisbatan munosabati, davolash chora-tadbirlarini ko'rish uchun tibbiyot xodimining faoliyatini tashkil etishda, ularga to'g'ri yondashuvni amalga oshirishda uslu1"' ko'rsatmalar berishda katta yordam berishi shubhasiz.
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
REFERENCES
1. Чулкова В.А. Психологическое исследование больных раком молочной железы// Онкопсихология для врачей-онкологов и медицинских психологов. Руководство // А.М.Беляев и коллектив авторов / Ред. А.М.Беляев, В.А.Чулкова, Т.Ю.Семиглазова, М.В.Рогачев. - СПб: Любавич, 2017. - С.117-126.
2. Мелибаева, Р. Н. (2022). КЛИНИК АМАЛИЁТДА КОГНИТИВ ФУНКЦИЯЛАР ВА УЛАРНИНГ БУЗИЛИШЛАРИ ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.
3. Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика: муаммо, мулохдза ва ечимлар.
4. Мелибаева, Р. Н. (2018). Из истории вопроса экспериментального исследования мышления в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 125-127).
5. Melibaeva, R. (2021). Bolalardagi giperfaollik va diqqat tanqisligi sindromi: sabablari, psixologik tashxisi.
6. Мелибаева, Р. Н. (2018). Проблема умственного развития в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 127-129).
7. Нарметова, Ю. (2016). Психодиагностические аспекты перинатальной психологии. Диагностика в медицинской (клинической) психологии: традиции и перспективы (к 105-летию СЯ Рубинштейн).
8. Нарметова, Ю. (2016). Tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologik kadrlar tayyorlash muammolari. Ilmiy axborotnoma.
9. Нарметова, Ю. К. (2022). ОНКОЛОГИК БЕМОРЛАР ВА УЛАРНИНГ ОИЛА АЪЗОЛАРИНИНГ ПСИХО-ЭМОЦИОНАЛ ХОЛАТЛАРИ. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 220-224.
10. Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца). Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.
11. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Social pedagogue's responsibilities in cooperation with a family to increase child sociability. Достижения науки и образования, (19 (41)), 59-61.
12. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Creativity and artistic thinking as important components of professional competencies of future teachers. Academy, (5 (32)), 69-70.
13. Рашидович, Б. Т. (2022). Некоторые методы и приемы диагностики особенностей преодоления подростка
кризисных ситуаций жизни. Central asian journal mathematical theory and computer sciences, 3(12), 224-228.