Научная статья на тему 'BRONXIAL ASTMANING NAZORAT QILISH DARAJASIGA XAVOTIRDEPRESSIV BUZILISHLARNI TA’SIRI'

BRONXIAL ASTMANING NAZORAT QILISH DARAJASIGA XAVOTIRDEPRESSIV BUZILISHLARNI TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

216
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xavotir / depressiya / bronxial astma. Psixoterapiya / pisxofarmakoterapiya / anxiety / depression / bronchial asthma. Psychotherapy / psychopharmacotherapy

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Ziyodullo Xazratovich Qarshiev

Maqolada yengil va o„rta og„ir darajali bronxial astma bilan og„rigan bemorlarning psixologik (ruhiy) holatlari o„rganish natijalari tahlil qilingan, xususan bemorlarda xavotir-depressiv simptomlarning astmaning og„irlik darajasiga ta‟siri o„rganilgan. Psixologik tekshiruv CES-D so„rovnamasi (depressiv buzilishlarni aniqlash uchun skrining vositasi) va o„z-o„zini baholash testi (Spilberger-Xanini sinamasi) yordamida amalga oshirildi. Emotsional buzilishlarning aniqlangan klinik ko„rinishlari tahlil qilindi. Kasallikning kuchayib borishi bilan xavotir va depressiv buzilishlar chastotasi oshganligi aniqlandi. Bronxial astma bilan og„rigan bemorlarni davolashda psixiatr nazorati ostida psixoterapiya yoki psixofarmakoterapiya tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the article, the results of studying the psychological (mental) conditions of patients with mild and moderate bronchial asthma were analyzed, in particular, the effect of anxiety-depressive symptoms on the severity of asthma was studied. Psychological examination was carried out using the CES-D questionnaire (screening instrument for the detection of depressive disorders) and a self-report test (SpilbergerHanini test). Clinical manifestations of emotional disorders were analyzed. It was found that the frequency of anxiety and depressive disorders increased with the progression of the disease. Psychotherapy or psychopharmacotherapy under the supervision of a psychiatrist is recommended for the treatment of patients with bronchial asthma

Текст научной работы на тему «BRONXIAL ASTMANING NAZORAT QILISH DARAJASIGA XAVOTIRDEPRESSIV BUZILISHLARNI TA’SIRI»

BRONXIAL ASTMANING NAZORAT QILISH DARAJASIGA XAVOTIR-DEPRESSIV BUZILISHLARNI TA'SIRI

Ziyodullo Xazratovich Qarshiev

Samarqand Davlat tibbiyot Universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada yengil va o'rta og'ir darajali bronxial astma bilan og'rigan bemorlarning psixologik (ruhiy) holatlari o'rganish natijalari tahlil qilingan, xususan bemorlarda xavotir-depressiv simptomlarning astmaning og'irlik darajasiga ta'siri o'rganilgan. Psixologik tekshiruv CES-D so'rovnamasi (depressiv buzilishlarni aniqlash uchun skrining vositasi) va o'z-o'zini baholash testi (Spilberger-Xanini sinamasi) yordamida amalga oshirildi. Emotsional buzilishlarning aniqlangan klinik ko'rinishlari tahlil qilindi. Kasallikning kuchayib borishi bilan xavotir va depressiv buzilishlar chastotasi oshganligi aniqlandi. Bronxial astma bilan og'rigan bemorlarni davolashda psixiatr nazorati ostida psixoterapiya yoki psixofarmakoterapiya tavsiya etiladi.

Kalit so'zlar: xavotir, depressiya, bronxial astma. Psixoterapiya, pisxofarmakoterapiya

ABSTRACT

In the article, the results of studying the psychological (mental) conditions of patients with mild and moderate bronchial asthma were analyzed, in particular, the effect of anxiety-depressive symptoms on the severity of asthma was studied. Psychological examination was carried out using the CES-D questionnaire (screening instrument for the detection of depressive disorders) and a self-report test (Spilberger-Hanini test). Clinical manifestations of emotional disorders were analyzed. It was found that the frequency of anxiety and depressive disorders increased with the progression of the disease. Psychotherapy or psychopharmacotherapy under the supervision of a psychiatrist is recommended for the treatment of patients with bronchial asthma.

Keywords: anxiety, depression, bronchial asthma. Psychotherapy, psychopharmacotherapy

KIRISH

Muammoning dolzarbligi somatik kasallik va depressiyani birga kelishi muammosi tobora ortib bormoqda. Affektiv

January, 2023

259

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

buzilishlar va somatik kasalliklarning o'zaro ta'sirining to'rtta shakli mavjud:

1. Xavotir va depressiya somatik kasalliklar (qiyofali, somatik depressiya) shaklida namoyon bo'lishi mumkin;

2. Somatik kasallik oqibatida depressiya;

3. Xavotir va depressiya va somatik kasallikning birgalikda mavjudligi;

4. Bo'g'ilish xurujining ruxiy yoki hayojon triggeri mavjudligi;

5. Ba'zi dori-darmonlarning (masalan, kortikosteroidlar)ning nojo'ya depressogen ta'sirlari [3]. XKT-10 bo'yicha klinik jihatdan ahamiyatli depressiv sindrom tashxislanadi. Depressiyani stressdan farqlash asosiy (ikki yoki undan ortiq hafta davomida kayfiyatni tushishi, avvalgi qiziqishlarni yoki zavqlanish qobiliyatini yo'qolishi, quvvatini kamayishi, toliqishni kuchayishi va faollikni kamayishi) va qo'shimcha (diqqatni jamlashni kamayishi, o'zini baholashni pasayishi, o'ziga ishonchsizlik, aybdorlik g'oyalari va o'zini taxqirlash, kelajak haqida noumidlik, o'z joniga qasd qilish g'oyalari yoki hatti-harakatlari, uyquni buzilashi, ishtahani kamayishi) mezonlari asosida bo'ladi. Umumiy amaliyot shifokorlari, asosan, ikki yoki undan ortiq qo'shimcha mezon bilan birgalikda ikki hafta yoki undan ortiq vaqt davomida bemorning ruhiy tushkunlik yoki qiziqishning yo'qolishini nazarda tutadigan "kichik" depressiv holatlarga duch keladilar. Depressiv buzilshlar va nafas olish tizimi kasalliklari o'rtasida muayyan bog'liqlik mavjud. Xususan, depressiya bronxial astma (BA) terapiyasi bilan bog'liq bo'lgan samaradorlikni sezilarli darajada yomonlashtiradi, hayot sifatini va ijtimoiy moslashuvni kamaytiradi, asosiy kasallik jarayoniga ta'sir qiladi, erta o'lim xavfini oshishiga olib keladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, depressiya BA bilan og'rigan bemorlarda nafas olish qiyinlishuvi, jismoniy faoliyatni cheklab, funksional statusni pasayish holatga ega boladi [2, 3, 4]. Ruhiy stress tananing ko'plab tizimida o'zgarishlarga, shu jumladan yuqumli va virusli infeksiyalarga nisbatan sezgirlikni oshishga olib keladi, bu esa bo'g'ilish hurujlarining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, depressiya immun tizimining funksional faolligining pasayishi bilan bog'liq. Maxsus skrining bo'lmasa BAdagi depressiyani aniqlashda ko'pincha qiyinchilik tug'dirib, klinik jihatdan ifodalangan depressiyani ko'pi bilan 15-25% holalarda tashxislanadi va depressiya bilan og'rigan bemorlarning faqat 13% antidepressantlar bilan davolanadi [2,3]. Poliklinikada samarasiz davolanishning davomiyligi 1 yildan (15% hollarda) 10 va undan ko'p yilgacha (25% bemorlarda), o'rtacha 7-8 yil bo'ladi [1,4,5]. Umuman olganda, so'nggi yillarda erishilgan katta yutuqlarga qaramasdan, BA va depressiyani bog'laydigan patofiziologik mexanizmlar yetarlicha o'rganilmagan va bu sohada keyingi tadqiqotlar uchun keng

imkoniyat bo'lib etmoqda.

January, 2023

Tadqiqot maqsadi BA kechishiga xavotir-depressiv simptomlarning ta'siri darajasini o'rganishdir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI

Tadqiqot Samarqand shahar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi allergologiya va pulmonologiya bo'limida olib borildi. Tadqiqotga 19-66 yoshgacha (o'rtacha yoshi 42±8,9 yosh) bo'lgan yengil va o'rtacha og'ir BA bilan kasallangan 153 nafar bemor (34 erkak va 119 ayol) jalb qilindi. BA tashxisi GINA tavsiyalariga muvofiq spirometrik ma'lumotlar va qaytar bronxial obstruksiya epizodlarini klinik ko'rinishlarini aniqlash asosida qo'yildi. To'rt bemorda BAning allergik turi, qolganlari esa kasallikning aralash turi og'riganlar. Kasallikning davomiyligi bir necha oydan 30 yilni (o'rtacha 6,3±1,3 yil) tashkil etgan. Kuzatuvdagi 40ta bemorda (26%) tashxis birinchi marta aniqlangan. Somatogen ruhiy buzilishlari va aniq ensefalopatiyani inkor etish maqsadida og'ir somatik patologiyalar bo'lgan bemorlar tadqiqotga jalb qilinmadi. Ruhiy holat va psixologik statusni psixiatr va klinik psixolog tomonidan kuzatuv, suhbatlar, psixologik usullarni natijalari bilan baholandi. Tekshiruv har doim bemorning roziligi bilan amalga oshirildi. Psixiatrga murojaat qilishning asosiy mezonlari quyidagilardir: kasallikni haqiqiy klinik ko'rinishi va vegetativsomatik shikoyatlarning ifodalangan ko'rinishi, shuningdek, uzoq va doimiy shikoyatlarini nevrologik xarakteri o'rtasidagi tafovutni ajratish. Terapevtlar tomonidan "vegetativ distoniya", "neyrosirkulyator distoniya", "astenonevrotik sindrom" kabi taxminiy tashxis qo'yilgan. BA bilan kasallangan bemorlarning hozirgi psixologik holatini ob'ektiv baholash uchun quyidagi testlar qo'llanildi. Xavotir darajasini (reaktiv xavotir), shaxsiy xavotirni (insonning barqaror xarakteri) tashxislash "o'z-o'zini baholash shkalasi" (Ch.D.Spilberger, 1975; Yu.L.Xanin, 1976) testi yordamida amalga oshirildi. O'z-o'zini baholash shkalasi ikki qismdan iborat bo'lib, reaktiv (1dan 20gacha) va shaxsiy (21dan 40gacha) xavotirni alohida-alohida baholandi. Natijani tahlil qilish quyidagicha baholandi: 30 ballgacha - past xavotir; 31-45 - biroz ifodalangan xavotir; 46 va undan yuqori. Bemorlarda depressiv buzilishni aniqlash uchun skrining vositasi sifatida 1977 da AQShda ishlab chiqilgan, Rossiyada tarjima qilingan va tasdiqlangan CES-D so'rovnomasi ko'p ishlatiladi. Bu anketa bemorning o'zi tomonidan taxminan 5 daqiqa davomida to'ldiriladi. Agar bemor 19 dan 25 ballgacha to'plasa, unda yengil depressiya, 26 baldan ko'p bo'lsa, ifodalangan depressiya tashxisi qo'yiladi. BA bilan xastalangan bemorlar bilan suhbat vaqtida nevrologik kasalliklar diagnostikasi bemorning o'zini sezish va ob'ektiv xususiyatlarining o'zgarishi (tashqi ko'rinish, yuz ifodalari, imo-

January, 2023

261

ishoralar, nutq tezligi, e'tibor sifati, xotira va hatti-harakatlarning boshqa xususiyatlari) haqida shikoyatlariga asoslangan. Xavotir stressli xolatlarda hissiy reaksiya holati subektiv hissiy zo'riqish, bezovtalik, asabiylashish, qoniqmaslik his-tuyg'ulari vegetativ asab tizimi (yurak urishi, nafas, terlash va teri oqarishi) faolligi bilan birga xarakterlanadi. Depressiv sindrom XKT-10 mezonlariga muvofiq baholandi. Depressiya og'irlik darajasiga ko'ra yengil, ifodalangan yoki og'ir deb baholandi. Olingan natijalarni statistik qayta ishlandi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI

Klinik va funksional ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda barcha tanlangan bemorlar 2 guruhga ajratildi. 1 guruh - 35 (23%) nafar BAning yengil darajasi bilan kasallangan bemorlar, 2 guruh - 118(77%) nafar o'rta og'irlikdagi BA bilan kasallangan bemorlar guruhini etdi. Har ikki guruhda ham shaxsiy xavotirni yuqori o'rtacha qiymatni (1- guruhda 51,76 ± 2,4 ball va 2 guruhda 46,40±1,6 ball) va o'rtacha reaktiv xavotir (mos ravishda28,61±2,8 va 27,85±1,8 ball,) ko'rsatdi. 84 (55%) nafar bemorda xavotirning yuqori darajasi kuzatildi. Depressiya shkalasi bo'yicha ko'rsatkichlarning o'rtacha qiymati o'rta og'irlikdagi BA bo'lgan bemorlarda (23,6±0,69) 1- guruhiga (14,92±1,16) nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi, bu BA bilan kasallangan bemorlarning og'irlik darajasining oshishi bilan depressiv simptomlarning yuqori ifodalanishini ko'rsatadi. Boshqa tomondan, depressiv buzilishlar bemorlarning tibbiy tavsiyalarga rioya qilmasligiga, asossiz ravishda dori-darmonlarni qabul qilish va dozalarini kamaytirishga, davolanishni t o'xtatishga olib keladi. Shaxsiy va reaktiv xavotir qiymatlari bemorning jinsiga bog'liqligi qayd etildi, xususan ayollarda xavotir darajasi erkaklarnikiga nisbatan yuqori. BA bilan kasallanganlarda ruhiy buzilishlarni o'rganish ruhiy bo'lmagan darajadagi ko'plab va turli xil psixopatologik fenomenlarni aniqladi. Ko'pincha bemorlar o'zlarining shikoyatlarini nafas olish tizimining patologiyasi bilan bog'lamadilar. Bemorlarning 30% sog'lig'ining yomonlashish sababini ular yaqin qarindoshlarning jiddiy kasalligi yoki o'limi, murakkab oilaviy ahvol, ish, pul, uy-joy, surunkali stressli vaziyatlar (mashaqqatli ish, charchoq, ishda nizolar, uy, oila a'zolarining ichkilikbozligi, sud jarayoni va boshqalar) bilan bog'laydilar. Birinchi navbatda somatovegetativ ko'rinishlar xavotir va ruhiy tushkunlik bilan birgalikda bemorlarning aksariyatini terapevtga murojoat qilishga majbur qildi. Faqat 6 kishi ilgari psixolog yoki psixoterapevtga xavotirli psixologik holat haqida: uyqu buzilishi, vahima, asossiz ko'z yoshi, befarqlikdan murojaat qilgan. Ulardan uchtasi trankvilizatorlar va antidepressantlar qabul qilgan. Kuzahtuvdagi bemorlardan 48 nafari vaqti-vaqti bilan kayfiyatni yaxshilash va

January, 2023

262

xavotirdan xalos bo'lish uchun yengil sedativlarni (o'simliklar, ekstraktlar, gomeopatik vositalar) qabul qilgan. Bemorlarda quyidagi asosiy shikoyatlar ustunlik qildi: uxlab qolish, te-tez uyg'onish, umumiy darmonsizlik, quvvatni yetishmasligi va tez charchash. Cheklangan nevrologik sindrom, asteniya faqat BA yengil kechishi bilan kasallanganlarda kuzatildi. O'rta og'ir BAda astenik belgilari og'irlashib, asosiy kasallik klinik ko'rinishlari ipoxondrik munosabat, azobli xavotir va qo'rquvlar, davolash va shifokorlar ishonchsizlik bilan bog'liq salbiy munosabat kuzatildi. Xavotir-fobik buzilishlar 19% bemorda kuzatildi.

Depressiya belgilari 15% bemorda namoyon bo'ldi. Ularda tushkin, g'amgin kayfiyat, yig'lloqilik, muloqot qilishni istamaslik, biron narsani bajarishda, sobiq qiziqishlarining yo'qolishi, kelajakka pessimistik munosabat, o'z-o'zidan norozilik, aybdorlik, tushkinlik, uyqusizlik, erta uyg'onish, ishtahani yo'qligi yoki kuchayishi, vazn yo'qotish haqida shikoyat qildi. Ko'pgina bemorlarda ruhiy buzilishlariga xavotirli depressiya shaklida yoki panik xurujlar tipida vahima belgilari qo'shilib keldi. Shu bilan birga, bemorlar ehtiyotkorlik bilan, jim bo'lib, boshqa mavzulardan kamroq psixolog bilan suhbatga qiziqish bildirishdi, savollarga rasmiy ravishda javob berishdi yo'qolgan salomatlik va baxtli kelajak haqida shikoyat qildilar. Shunga qaramay, barcha bemorlar o'z joniga qasd qilish fikri va niyatlarini inkor etib, o'zlarining barcha qiyinchiliklarini o'z-o'zidan hal qilishlari, tashqi yordam yoki "o'zini o'zi yaxshilash" (muammolarni mo'jizaviy hal qilish umidi) bilan yengish mumkinligiga ishonishdi. Xavotir-depressiv kasalliklarni davolash murakkab bo'lib, depressiyani davolashning maqsadga muvofiqligi psixiatr ishtirokida aniqlanadi, chunki ko'plab bemorlar o'zlarini kasal deb hisoblamaydilar va davolanishga qarshi turadilar. Dori-darmonlarni qabul qilish va psixoterapiya o'tkazishdan voz kechish kerakli davolanish, noto'g'ri tushunish yoki salbiy tajriba haqida ma'lumot yo'qligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, tibbiyot amaliyotida ko'pincha somatik ruhiy o'zgarishlar kuzatiladi. Affektiv patologiya shaklida namoyon bo'lgan somatik endogen depressiyalar surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning 12-25%da aniqlanadi. Bunda klinik ko'rinishda somatik va vegetativ alomatlar ustunlik qiladi, bu organik o'zgarishlar bilan birga kelmaydi. Depressiyaning organizmga salbiy ta'siri nafaqat asab tizimiga, balki u psixosomatik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi, mavjud surunkali kasalliklarni qo'zg'atadi va ularning simptomlarini og'irlashtiradi. Somatogen endogen depressiyaning dastlabki ko'rinishlari ifodalangan asteniya fonida shakllanadi.

January, 2023

263

ISSN: 2181-1Э85

Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

Affektiv buzilishlar chuqurlashib borayotganligi sababli, psixopatologik kasalliklar sezilarli darajada o'zgarib, endogen hayotiy depressiyaning xususiyatlarini asta-sekin egallaydi. Endogen depressiya belgilari somatik funksiyalarni normallashishi va barqarorlashishi fonida tobora aniqroq namoyon bo'ladi. Affektiv buzilishlar (doimiy depressiya, befarqlik va passivlik, ba'zan o'ziga va boshqalarning holatiga befarq munosabat) klinik ko'rinishi dominant mavqega ega bo'ladi. Bemorlar shifokorlarni tavsiyalariga befarq bo'ladilar, jismoniy faoliyatini oshirishdan, shuningdek, boshqa reabilitatsiya tadbirlaridan bosh tortadilar, yaxshi ovqatlanmaydilar, uyqusizlikdan shikoyat qiladilar.

1. BA bemorlarida kasallikning kechish darajasi va xavotir, depressiv buzilishlar o'rtasida bog'liqlik borligi aniqlandi.

2. Depressiv buzilishlar, bemorlarning dori-darmonlarni qabul qilish rejimlariga mos kelmasligi sababli, davolanishni asossiz tanaffuslar bilan tavsiya etilgan dozani qщllash orqali BAni qabul qilish va sifatini sezilarli darajada kamaytiradi.

4. Og'ir darajali BA kasalliklarini davolashda psixiatr nazorati ostida psixoterapiya va/yoki psixofarmakoterapiya usullarini qo'llash tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Шaриповa Н.С. Бронхиол aстмa вa унинг хaвф омиллaрини комплекс тадкик килиш, уларни камайтириш буйича профилактик чора-тадбирлар ишлаб чикиш//Автореф. диссерт. к.м.н. -Ташкент, 2016, 32 стр.

2. Андрющенко А. В., Дробижев М. Ю., Добро-вольский А. В. Сравнительная оценка школ CES-D, BDI и HADS (d) в диагностике депрессий в общемедицинской практике //Журнал неврологии и психиатрии им. СС Корсакова. - 2003. - Т. 103. - №. 5. - С. 11.

3. Боговин Л. В. Психосоматические взаимодействия у больных бронхиальной астмой (обзор литературы) //Бюллетень физиологии и патологии дыхания. -2010. - №. 37.

4. Боговин Л. В., Перельман Ю. М., Колосов В. П. особенности больных бронхиальной астмой: монография. Владивосток: Дальнаука, 2013. 248 с. ISBN 978-5-8044-1405-5. - 2013.

5. Mischoulon D. et al. Management of major de-pression in the primary carsetting //Psychotherapy and psychosomatics. - 2001. - Т. 70. - №. 2. - С. 103-107.

6. Sultanova, N. S., Bobomuratov, T. A., Mallaev, S. S., &

Xoshimov, A. A. (2022). The role of breastfeeding in the psycho-

January, 2023

social adaptation of children in society. British Medical Journal, 2(6).

7. Bobomuratov, T. A., Nurmatova, N. F., Sultanova, N. S., Mallaev, S. S., & Fayziev, N. N. (2022). Brestfeeding and Genetic Features of Juvenile Rheumatoid Arthritis. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 1983-1988.

8. Mallaev, S., & Alimov, A. V. (2020). CLINICAL COURSE OF JUVENILE RHEUMATOID ARTHRITIS AND ITS TREATMENT OPTIMIZATION. Новый день в медицине, (4), 155-157.

9. Султанова, Н. С., Бобомуратов, Т. А., Маллаев, Ш. Ш., & Хошимов, А. А. (2022). Современный взгляд на грудное вскармливание и его значение для здоровья матери и ребенка.

10. БОБОМУРАТОВ, Т., СУЛТАНОВА, Н., БАКИРОВА, М., & САМАДОВ, А. (2021). СОМАТИЧЕСКИЙ СТАТУС ДЕТЕЙ В ЗАВИСИМОСТИ ОТ ВИДА ВСКАРМЛИВАНИЯ И ПРИНЦИПОВ УХОДА ДО ПУБЕРТАТНОГО ВОЗРАСТА. Электронный инновационный вестник, (1), 37-38.

11. Bobomuratov, T. A., Sultanova, N. S., Sagdullaeva, M. A., & Sharipova, D. J. (2021). Effects of Long Term Breastfeeding on Development and Health of Children. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2243-2250.

12. Sultanova, N. S. (2016). Obesity role in development of psycho-emotional violations at children with different types of feeding. In IX international Conference Sharing the Results of Research Towards Closer Global Convergence of Scientists».-Montreal (pp. 66-68).

13. Avezova, G. S., & Kosimova, S. M. (2017). Frequently ill children: prevalence and risk factors. European Research, 5(28), 79-80.

14. Авезова, Г. С., & Косимова, С. М. (2017). Часто болеющие дети: распространенность и факторы риска. European research, (5 (28)), 79-80.

15. Mamatkulov, B. M., & Avezova, G. S. (2015). Congenital anomalies as a cause of childhood disability (according to the materials of Tashkent, Uzbekistan). Nauka mo-lodykh (Eruditio Juvenium), 3(2), 110-15.

16. Ermatov, N., Guli, S., Feruza, S., Feruza, A., & Bakhtiyor, R. (2019). The effectiveness of red palm oil in patients with gastrointestinal diseases.

17. Шайхова, Г. И., Пономарева, Л. А., Азизова, Ф. Л., & Салихова, Н. С. (2008). Комплексная гигиеническая оценка условий воспитания и обучения детей и подростков: Метод. рекомендации.

18. Азизова, Ф. Л. (2016). Решение проблемы создания благоприятных гигиенических условий обучения и воспитания детей с ограниченными возможностями. Автореферат докторской диссертации. Ташкент, 25.

January, 2023

265

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

19. Шеркузиева, Г. Ф., Хегай, Л. Н., Самигова, Н. Р., Азизова, Ф. Л., & Курбанова, Ш. И. (2020). Результаты изучения острой токсичности пищевойсмеси "Мелла Круассан". Журнал//Вестник, (1), 188-189.

20. Шайхова, Г. И., Отажонов, И. О., & Азизова, Ф. Л. (2018). Эрма тов НЖ Пищевая и биологическая ценность соевой муки.

21. Азизова, Ф. Л. (2014). Анализ изучения вопросов физического развития и состояния здоровья детей с ограниченными возможностями на современном этапе. Медицинский журнал Узбекистана, (2), 117.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.