Научная статья на тему 'SURUNKALI QAYTALANUVCHI RINOSINUSITLAR TASHXISOTIGA YANGICHA YONDASHU'

SURUNKALI QAYTALANUVCHI RINOSINUSITLAR TASHXISOTIGA YANGICHA YONDASHU Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
454
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SURUNKALI RINOSINUSIT / KO’RUV ANALOG SHKALASI / SUB’YEKTIV MA’LUMOTLAR

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Bakiyev Shaxobiddin Sharofovich, Maxmudova Lola Izzatilloyevna, Sulaymonov Jo’raboy Orif O’g’li

Surunkali sinusit burun oldi bo’shliqlari shilliq qavatining surunkali yallig'lanishi hisoblanadi. Tadqiqot uchun surunkali rinosinusit bilan stasionar sharoitda davolangan 110 nafar bemor va 20 nafar sog'lom odamlar tekshirildi. Bemorlar 3 guruhga bo'lindi: I guruh - engil kechish (n=51), II - o’rta og’ir (n=45), III - og’ir kechish (n=14). Sub’ektiv ma’lumotlarni, ya’ni shikoyat va anamnez yig’ish, KASh yordamida kasallik og’irlik darajasini tahlil qilish rinosinusitlar og’irlik darajasini aniqlshda sub’yektiv bo’lib hisoblanadi. Bunday holatda rinosinusitlar og’irlik darajasi faqatgina sub’yektiv ma’lumotlarga asoslangan bo’ladi va ko’pincha bu bemorlarda o’zini holati noto’g’ri baholashiga olib keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURUNKALI QAYTALANUVCHI RINOSINUSITLAR TASHXISOTIGA YANGICHA YONDASHU»

УДК: 616.216-002(075.8)

SURUNKALI QAYTALANUVCHI RINOSINUSITLAR TASHXISOTIGA

YANGICHA YONDASHUV

BAKIYEV SHAXOBIDDIN SHAROFOVICH

Samarqand davlat tibbiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi, otoloringolog shifokor, Samarqand shahri, O'zbekiston Respublikasi.

ORCID ID 0000-0003-2485-8223 MAXMUDOVA LOLA IZZATILLOYEVNA PhD, Buxoro davlat tibbiyot instituti Fakultet va gospital terapiay, nefrologiya va gemodializ kafedrasi katta o'qituvchisi, Buxoro shahri, O'zbekiston Respublikasi. ORCID ID 0000-0003-4222-8137

SULAYMONOV JO'RABOY ORIF O'G'LI Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiy pedagogika fakulteti 4 kurs talabasi, Buxoro shahri, O'zbekiston Respublikasi.

ORCID ID 0000-0003-4429-8016 ANNOTATSIYA

Surunkali sinusit burun oldi bo'shliqlari shilliq qavatining surunkali yallig'lanishi hisoblanadi. Tadqiqot uchun surunkali rinosinusit bilan stasionar sharoitda davolangan 110 nafar bemor va 20 nafar sog'lom odamlar tekshirildi. Bemorlar 3 guruhga bo'lindi: I guruh - engil kechish (n=51), II - o'rta og'ir (n=45), III - og'ir kechish (n=14). Sub'ektiv ma'lumotlarni, ya'ni shikoyat va anamnez yig'ish, KASh yordamida kasallik og'irlik darajasini tahlil qilish rinosinusitlar og'irlik darajasini aniqlshda sub'yektiv bo'lib hisoblanadi. Bunday holatda rinosinusitlar og'irlik darajasi faqatgina sub'yektiv ma'lumotlarga asoslangan bo'ladi va ko'pincha bu bemorlarda o'zini holati noto'g'ri baholashiga olib keladi.

Kalit so'zlar: surunkali rinosinusit, ko'ruv analog shkalasi, sub'yektiv ma'lumotlar.

A NEW APPROACH TO THE DIAGNOSIS OF CHRONIC RECURRENT

RHINOSINUSITIS SHAHOBIDDIN SHAROFOVICH BAKIYEV

independent researcher of Samarkand State Medical University, otorhinolaryngologist, Samarkand city, Republic of Uzbekistan. ORCID

ID 0000-0003-2485-8223 MAKHMUDOVA LOLA IZZATILLAYEVNA PhD, Senior lecturer of the Department of Faculty and Hospital Therapy, Nephrology and Hemodialysis of Bukhara State Medical Institute, Bukhara, Republic of Uzbekistan.

ORCID ID 0000-0003-4222-8137 SULEYMANOV JURABAY ORIF UGLI 4th year student of the Faculty of Medicine and Pedagogy of Bukhara State Medical Institute, Bukhara, Republic of Uzbekistan.

ORCID ID 0000-0003-4429-8016 ADSTRACT

Chronic rhinosinusitis is a chronic inflammation of the mucous membrane of the paranasal sinuses. For the study, 110 patients and 20 healthy people who were treated in hospital with chronic recurrent rhinosinusitis were examined. The patients were divided into 3 groups: group I - mild severity (n=51), II - moderate severity (n=45), III - severe severity (n=14). Subjective in determining the severity of rhinosinusitis is the analysis of the severity of the disease with the help of VAS, that is, the collection of complaints and anamnesis. The severity of rhinosinusitis in this case will be based solely on subjective data, and this often leads to an incorrect assessment by the patient of his condition.

Keywords: chronic rhinosinusitis, visual analog scale, subjective

data.

НОВЫЙ ПОДХОД К ДИАГНОСТИКЕ ХРОНИЧЕСКИХ РЕЦИДИВИРУЮЩИХ РИНОСИНУСИТОВ

БАКИЕВ ШАХОБИДДИН ШАРОФОВИЧ

независимый исследователь Самаркандского государственного медицинского университета, врач-оториноларинголог, город Самарканд, Республика Узбекистан.

ORCID Ю 0000-0003-2485-8223 МАХМУДОВА ЛОЛА ИЗЗАТИЛЛОЕВНА PhD, старший преподаватель кафедры факультетской и госпитальной терапии, нефрологии и гемодиализа Бухарского государственного медицинского института, город Бухара, Республика Узбекистан. ORCID Ю 0000-0003-4222-8137 СУЛАЙМОНОВ ДЖУРАБАЙ ОРИФ УГЛИ студента 4 курса медико-педагогического факультета Бухарского государственного медицинского института, г.Бухара, Республика Узбекистан. ORCIЮ Ю 0000-0003-4429-8016

АННОТАЦИЯ

Хронический риносинусит - это хроническое воспаление слизистой оболочки околоносовых пазух. Для исследования были обследованы 110 больных и 20 здоровых людей, получавших лечение в стационарных условиях с хроническим рецидивирующим риносинуситом. Пациенты были разделены на 3 группы: I группа -легкая степень тяжести (п=51), II - средняя степень тяжести (п=45), III - тяжелая степень тяжести (п=14). Субъективным при определении степени тяжести риносинусита считается анализ степени тяжести заболевания с помощью ВАШ, то есть сбор жалоб и анамнеза. Степень тяжести риносинусита в этом случае

будет основываться исключительно на субъективных данных, и зачастую это приводит к неправильной оценке самим пациентом своего состояния.

Ключевые слова: хронический риносинусит, визуаольная аналоговая шкала, субъективные данные.

Surunkali sinusit burun oldi bo'shliqlari shilliq qavatining surunkali yallig'lanishi hisoblanadi. Zamonaviy tasniflarga ko'ra surunkali sinusitlar birlamchi va ikkinchi sinusitlarga bo'linib, o'z navbatida bu toifalar ham anatomik taqsimotga qarab mahalliy va diffuz sinusitlarga bo'linadi. Bir tomonlama va tarqoq bo'lgan ikkilamchi sinusitlar boshqa patologik holatlarning natijasidir [1, 2, 3]. Rossiyada klinik amaliyotda B.S.Preobrajenskiyning o'zgartirilgan tasnifi ildiz otgan, unga ko'ra ekssudativ (kataral, yiringli va boshqalar), ajralmali (shilliq qavatdagi ajralmali o'zgarishlar bilan birga), alterativ va aralash shakllar ajratiladi.

Kasallik hozirgi kunda polietiologik sifatida tan olingan bo'lib, uning kelib chiqishida bir qancha omillar ahamiyat kasb etadi: immun tizimning tug'ma o'ziga xos xususiyatlari, burun bo'shlig'i normal anatomiyasidagi buzilishlar va atrof muhitdagi yallig'lanish hamda ta'sirlantiruvchi omillar -[4]. Immun tizimning tug'ma xususiyatlariga hujayra membranalari nuqsoni, bulut hujayralar gipersezgirligi, yuqori nafas yo'llari shilliq qavatidagi reseptorlarning buzilishi, gumorala va hujayra immunitetidagi siljishlar kiradi. Polipozli rinosinusit bilan og'rigan bemorlarda tabiiy killerlar mutloq va nisbiy miqdorining oshishi va T-hujayralar miqdorining kamayishi kuzatiladi - [5, 6]. Bu omillar poliplar kelib chiqishi uchun yetarli hisoblanmaydi, ammo buning natijasida shilliq qavatning tashqi ta'sirotlar va yuqumli omillarga nisbatan sezgirligi oshadi. Shunga ko'ra, patogen bakteriyalar va zamburug'lar yoki atrof-muhitning jismoniy omillari bilan uzoq muddatli aloqada bo'lganda, shilliq qavatdagi viruslarning persistensiyasi, shilliq qavatda poliplar hosil bo'lishi bilan javob qaytaradi.

Intranozal tuzilmalarning buzilgan anatomiyasi ham patologik ta'sirga ega: masalan, burun to'sig'i egriligida burun bo'shlig'idan shilliq qavatni evakuatsiya qilishning buzilishi, ilgaksimon o'simta gipertrofiyasida yuqori jag' bo'shliqlari teshigi bekiladi, bularning barchasi shilliq qavatning agressiv omillar bilan uzoq muddatli aloqasini ta'minlaydi. maksillarar sinuslarning gipertrofiyasi bilan bloklanishi mumkin, bularning barchasi shilliq qavatning agressiv moddalar bilan uzoq muddatli aloqasiga olib keladi. Alohida holatlarning har birida barcha omillar o'zining solishtirma og'irligiga ega bo'lib, hal qiluvchi ahamiyatga ularning faqat biri ega bo'ladi. Adabiyotlarda surunkali sinusitlar patogenezi ko'p hollarda genetik omillar bilan bog'liq bo'lib, nospesifik immunitetning o'ziga xos xususiyatlarini va shilliq qavatning mikroorganizmlarga rezistentligini belgilaydi - [7]. Shunga o'xshahs farazlar dastlab mukovissidoz haqidagi ilmiy tadqiqotlarda paydo bo'lib, bu genetik kasallikning shilliq qavat immun mexanizmlari baryerining nuqsoni bilan kechishi va LOR a'zolari yallig'lanish kasalliklarining surunkali turlari, ayniqsa, surunkali rinosinusitlar bilan birga kelishi haqidagi fikrlar mavjud - [8]. Zamonaviy adabiyotlarda surunkali sinusitlar kelib chiqishida genetik omillarning ahamiyati to'g'risidagi ishlar ham topiladi - [9]. Shunga ko'ra, hozirgi kunda genetic omillar ko'pgina surunkali kasalliklarda aniqlangan bo'lib, shu jumladan bronxial astmada, surunkali sinusitlarda ham bu omillarning o'rganilishi davom etishhini kutish mumkin - [10].

Tadqiqot maqsadi. Surunkali rinosinusit (SRS) bilan og'rigan bemorlar klinik anamnestik xususiyatlarini baholash.

Tadqiqot materiali va usullari. Tadqiqot BVKTTM (Buxoro viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi) otoloringologiya bo'limida o'tkazildi va SRS bilan 2021 yil davomida statsionar sharoitida davolangan 110 nafar bemorlar tanlab olindi. Bemorlarning o'rtacha yoshi: 17-70 yoshgacha.

Tadqiqotga kiritish mezonlari: burun bo'shliqlarida surunkali yallig'lanish jarayonlarining borligi. Chiqarish mezonlari: burun bo'shlig'i

shilliq qavati poliplari, odontogen rinosinusit, orbital va kalla ichi rinosinusogen asoratlar, LOR a'zolarining hamroh kasalliklar (surunkali dekompensatsiyalangan tonzilit, surunkali rinit), anamnezida atopiyaning borligi (allergik rinosinusit, pollinoz, boshqa allergik kasalliklar), surunkali somatic kasalliklar (arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, bronxial astma, o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari va boshq.). Nazorat guruhini 20-38 yoshgacha bo'lgan burun orqali nafas olishi buzilmagan va surunkali kasalliklari bo'lmagan sog'lom insonlar guruhi tashkil etdi (n=30).

Barcha bemorlarga klinik tekshiruvlar, shu jumladan, shikoyatlar va anamnez yig'ish, umumiy ko'rik, burun yon boshliqlari palpatsiyasi va perkussiyasi, instrumental tekshirish usullaridan - rinoskopiya hamda burun bo'shliqlarining endoskopik rinoskopiyasi "Stema" korxonasining 0°,30°,45°,70° ko'ruv burchakli qattiq endoskoplaridan, og'riq intensivligini aniqlash maqsadida ko'ruv analog shkalsi (KASh)dan foydalanildi.

Tekshiruv davomida barcha bemorlar kasallikning kechish darajasiga 3 guruhga bo'lindi: I guruh - engil kechish (n=51), II - o'rta og'ir (n=45), III - og'ir kechish (n=14).

Tekshiruv natijalari va muhokama. Barcha 110 nafar bemorlarga rinosinusitlarning og'irlik darajasini aniqlash maqsadida KASh o'tkazildi. 1-jadvalda bemorlarning kasallik og'irlik darajasini aniqlab beruvchi sub'ektiv ma'lumotlar keltirilgan. EPOS 2012 (Fokkens W.J. et al., 2012) ko'ra, yengil og'irlik darajasi deb bemorlar o balldan 3 ballgacha yig'gan paytda, o'rta og'ir daraja - 3 balldan 7 ballgacha, o'g'ir daraja - 7 balldan 10 ballgacha yig'gan paytda qaraldi, biroq, 2 ta og'irlik darajasini aniqlashda (yengil va o'rta og'irlik darajasi, o'rta va og'ir daraja) 3 va 7 ball mavjudligi uchun, 3 ballni yengil va 7 ballni o'rta og'irlik darajasiga kiritildi.

1-jadval

Og'irlik darajasini KASh yordamida aniqlash

Og'irlik Yengil daraja O'rta og'ir daraja Og'ir daraja

darajasi

Ва11аг 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

Ветог1аг soni 1 9 15 26 11 12 11 11 10 4 0

% 1,1 9,9 16,5 28,6 12,1 13,2 12,1 12,1 11 4,4 0

KASh natijalariga ko'ra, ^^^ПК bemorlarda kasallikning yengil kechishi - 51 nafar surnkali rinosinusit ЬИап og'rigan bemorlarda aniqlandi. 45 nafar bemorlarda kasallikning o'rta og'ir darajasi va 14 nafar bemorda og'ir darajasi aniqlandi. Sub'ektiv ma'lumotlarga ^'га ko'pchlik bemorlarda kasallikning yengil og'irlik darajasi kuzatildi. KASh ma'lumotlariga asoslanib, 0 balldan 3 ballgacha yig'gan bemorlar soni 51 nafar (56,1%)П tashkil etib, ular yengil daraja deb baholandi; 4 balldan 7 ballgacha yig'gan bemorlar soni 45 nafar (49,5%)т tashkil etib, ular o'rta og'ir daraja deb baholandi; 8 balldan 10 ballgacha yig'gan bemorlar soni 14 nafar (15,4%)П tashkil etib, ular kasallikni og'ir darajasi deb baholandi. KASh sub'yektiv ma'lumotlarga asoslangan bo'lib, klinik ma'lumotlarga mos kelmaydi.

Bemorlarni kasallikni og'irlik darajasiga qarab ajratishda tasodifiy tabaqalashtirilgan usulidan foydalanildi. Ви usuldan foydalanayotganda tekshirish natijalariga ta'sir qiladigan Ье1дИагт hisobga olish уа Ьи Ье1дИагт tekshiriluvchilar orasida teng taqsimlashni hisobga olish zarur bo'ladi. Bunday belgilarga quyidagilar kiradi: tana harorati ko'tarilganligi yoki ko'tarilmaganligi, sinusitni rivojlanganlik darajasi (Ьигип bitishi, burundan ajralmalarni kelishi), burn yon bo'shliqlari sohasida mahalliy og'riqlarning Ьог yo'qligi, laborator ko'rsatkivhlarga qarab tizimli yallig'lanish jaroyoni bor yo'qligi (leykositoz, EChT oshishi, ЗЯО oshishi), KASh bo'yicha Ьетог1аг hayot sifatini baholash (2-jadval).

2- jadval

Bemorlani klinik guruhlarga qarab taqsimoti

I guruh II guruh III guruh Nazorat

(П=46) (П=33) (П=31) guruhi

(n=20)

Tana 36,5±0,08 37,7±0,06 38,4±0,05 36,6±0,01

harorati

p-I guruh bilan р<0,001 р<0,0001

solishtirganda

p-II guruh bilan р<0,001

solishtirganda

p-nazorat р<0,001 р<0,001 р<0,001

guruhi bilan solishtirganda

Ko'plab р<0,001

solishtirish

Burun orqali ++ +++ +++ -

nafas olish

qiyinlashuvi

Burundan + ++ +++ -

ajralma oqishi

Mahalliy - ++ +++ -

og'riq

Leykositlar 7,1±0,09 10,5±0,089 13,3±0,07 5,9±0,12

soni, 109 /n

p-I guruh р<0,001 р<0,0001

bilan

solishtirganda

p-II guruh р<0,001

bilan

solishtirganda

p-nazorat р<0,001 р<0,001 р<0,001

guruhi bilan solishtirganda

Ko'plab р<0,001

solishtirish

EChT 8,8±1,03 10,9±2,03 23,8±3,6 6,5±0,7

p-I guruh р<0,001 р<0,0001

bilan

solishtirganda

p-II guruh bilan р<0, 001

solishtirganda

p-nazorat р<0,001 р<0,001 р<0,001

guruhi bilan solishtirganda

Ko'plab р<0,001

solishtirish

SRO 25±3,6 34±2,7 62,2±5,6 7,2±2,0

p-I guruh bilan р<0,001 р<0,0001

solishtirganda

p-II guruh bilan р<0,001

solishtirganda

p-nazorat р<0,001 р<0,001 р<0,001

guruhi bilan solishtirganda

Ko'plab solishtirish р<0,001

KASh 1,8±0,5 5,9±0,9 8,7±0,6 0

p-I guruh р<0,001 р<0,0001

bilan

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

solishtirganda

p-II guruh bilan р<0,001

solishtirganda

p-nazorat р<0,001 р<0,001 р<0,001

guruhi bilan solishtirganda

Ko'plab р<0,001

solishtirish

Kasallikni yengil kechishi 46 nafar bemorda aniqlandi. Bemorlarning o'rtacha yoshi 17-65 ni tashkil etdi. Yuqori jag' bo'shlig'i sinusiti 40 nafar bemora, frontit 3 nafar bemorda, sfenoidit 1 nafar bemorda, aralash sinusitlar 4 nafar bemorda aniqlandi. Kasallikning o'rta og;irlikda kechishi 33 nafar bemorda aniqlanib, ularning o'rtacha yoshi 18-70 ni tashkil etdi.

Yuqori jag' bo'shlig'i sinusiti 19 nafar bemorda, frontit 5 nafar bemorda, sfenoidit 1 nafar bemorda, aralsh sinusit 8 nafar bemorda aniqlandi. Kasallikning og'ir darajasi 31 nafar bemorda aniqlanib, bemorlarning o'rtacha yoshi 17-69 ni tashkil etadi. Yuqori jag' bo'shlig'i sinusiti 9 nafar bemorda, frontit 3 nafar bemorda, sfenoidit 3 nafar bemorda, aralash sinusit 16 nafar bemorda aniqlandi.

Xulosa. Sub'ektiv ma'lumotlarni, ya'ni shikoyat va anamnez yig'ish, KASh yordamida kasallik og'irlik darajasini tahlil qilish rinosinusitlar og'irlik darajasini aniqlshda sub'yektiv bo'lib hisoblanadi. Bunday holatda rinosinusitlar og'irlik darajasi faqatgina sub'yektiv ma'lumotlarga asoslangan bo'ladi va ko'pincha bu bemorlarda o'zini holati noto'g'ri baholashiga olib keladi. Rinosinusitlarning u yoki bu turi og'irlik darajasini kasallikning klinik alomatlariga asoslanib aniqlash har doim ham samarali emas va bu o'z navbatida bemorlarni dinamik kuzatib borishni talab qiladi.

Adabiyotlar royxati:

1. Scadding G.K., Bousquet J., Schünemann H.J., Zuberbier T. Development and implementation of guidelines in allergic rhinitis - an ARIAGA2LEN paper // Allergy. 2010, Vol. 65 (10), 1212-1221.

2. Dietz de Loos D.A., Hopkins C., Fokkens W.J. Symptoms in chronic rhinosinusitis with and without nasal polyps // Laryngoscope 2013, Vol.123 (1), 57-63.

3. Fokkens W.J., Lund V.J., Hopkins C., Hellings P.W. et al. EPOS 2020 (European Position Paper on Rhinosinusitis and Nasal Polyps 2020) // Rhinology. - February 2020, volume 58. - supplement 29.

4. Савлевич Е.Л., Хайдуков С.В., Курбачева О.М. Показатели клеточного иммунитета пациентов с хроническим полипозным риносинуситом // Медицинская иммунология. 2017, Т.19 ,6, 731-738.

5. Special Issue: International Consensus in Allergy and Rhinology 2016 Report: //Rhinosinusitis. 2016, Vol. 6, 1-213.

6. Miljkovic D., Psaltis A., Wormald P.J., Vreugde S. T regulatory and Th17 cells in chronic rhinosinusitis with polyps // Int. Forum Allergy Rhinol. 2016, Vol. 6, 826-834.

7. Kern R.C., Conley D.B., Walsh W. et al. Perspectives on the etiology of chronic rhinosinusitis: an immune barrier hypothesis // Am. J. Rhinol. 2008, Vol.22 (6), 549-59.

8. Нарзуллаев Н.У., Раджабов Р.Р., Нуриддинов Х.Н. Грибковая инфекция в этиологии риносинуситов// Международный научный журнал проблемы биологии и медицины. 2019, 3, 86-89.

9. Ooi E.H., Psaltis A.J., Witterick I.J., Wormald P.J. Innate immunity. // Otolaryngol. Clin. North. Am. 2010, Vol.43 (3), 473-487.

10. Tewfik M.A., Bossé Y., AlShemari H., Desrosiers М. Genetics of chronic rhinosinusitis: a primer // J. Otolaryngol. Head Neck Surg. 2010, Vol.39 (1), 62-68.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.