Научная статья на тему 'BRONXIAL ASTMADA NAFAS TIZIMI OBSTRUKSIYASI VA KARDIOVASKULYAR TIZIMDAGI O’ZGARISHLARNING O`ZARO BOG’LIQLIGI'

BRONXIAL ASTMADA NAFAS TIZIMI OBSTRUKSIYASI VA KARDIOVASKULYAR TIZIMDAGI O’ZGARISHLARNING O`ZARO BOG’LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1353
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bronchial astma / obstruksiya / nafas yo`llari / yurak-qon tomir tizimi. / bronchial asthma / obstruction / respiratory tract / cardiovascular system.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Shodiyeva, Gulzoda Rabimkulovna, Rustamova, Shaxlo Abduhakimovna, Ibragimova, Elnara Farmanovna

Bronchial astma (BA) hastaligi nafas yo`llarining surunkali yallig`lanishi bilan xarakterlanib, allergik tabiatli hastalik hisoblanadi [1]. BA hastaligida nafas yo`llaridagi obstruksiya darajasiga bog`liq holda kardiovaskulyar tizimdagi o`zgarishlar turli intensivlikda rivojlanadi Hozirgi davrda BA bilan hastalanganlar va yurak-qon tomir tizimi xastaliklari hamrohlikda kechishi ko`p uchramoqda va bu holat BA og`irlik darajasini kuchayishiga olib kelmoqda [4,5].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERACTION OF RESPIRATORY OBSTRUCTION AND CHANGES IN THE CARDIOVASCULAR SYSTEM IN BRONCHIAL ASTHMA

Bronchial asthma (BA) is characterized by chronic inflammation of the respiratory tract, the presence of respiratory symptoms which vary in time and intensity, along with variable airway obstruction [1]. BA is one of the most common diseases of the respiratory tract. In recent years, there has been an increase in the number of BA patients in combination with diseases of the cardiovascular system [4,5].

Текст научной работы на тему «BRONXIAL ASTMADA NAFAS TIZIMI OBSTRUKSIYASI VA KARDIOVASKULYAR TIZIMDAGI O’ZGARISHLARNING O`ZARO BOG’LIQLIGI»

Scientific Journal Impact Factor

BRONXIAL ASTMADA NAFAS TIZIMI OBSTRUKSIYASI VA KARDIOVASKULYAR TIZIMDAGI O'ZGARISHLARNING OZARO

BOG'LIQLIGI

Gulzoda Shodiyeva Rabimkulovna

Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti assistenti gulzoda [email protected] Shaxlo Rustamova Abduhakimovna Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti assistenti shahlo.rus 1 @gmail .com Elnara Ibragimova Farmanovna Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti assistenti elnara-2028@mail .ru

ANNOTATSIYA

Bronchial astma (BA) hastaligi nafas yollarining surunkali yalliglanishi bilan xarakterlanib, allergik tabiatli hastalik hisoblanadi [1]. BA hastaligida nafas yollaridagi obstruksiya darajasiga bogliq holda kardiovaskulyar tizimdagi o^zgarishlar turli intensivlikda rivojlanadi Hozirgi davrda BA bilan hastalanganlar va yurak-qon tomir tizimi xastaliklari hamrohlikda kechishi ko^p uchramoqda va bu holat BA oglrlik darajasini kuchayishiga olib kelmoqda [4,5].

Kalit so zlar: bronchial astma, obstruksiya, nafas yollari, yurak-qon tomir tizimi.

Bronchial asthma (BA) is characterized by chronic inflammation of the respiratory tract, the presence of respiratory symptoms which vary in time and intensity, along with variable airway obstruction [1]. BA is one of the most common diseases of the respiratory tract. In recent years, there has been an increase in the number of BA patients in combination with diseases of the cardiovascular system

Keywords: bronchial asthma, obstruction, respiratory tract, cardiovascular

Бронхиальная астма (БА) характеризуется хроническим воспалением дыхательных путей, наличием респираторных симптомов, которые различаются по времени и интенсивности, а также различной обструкцией дыхательных путей [1]. БА - одно из самых распространенных заболеваний

ABSTRACT

[4,5].

system.

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

дыхательных путей. В последние годы наблюдается рост числа больных БА в сочетании с заболеваниями сердечно-сосудистой системы [4,5].

Ключевые слова: бронхиальная астма, непроходимость, дыхательные пути, сердечно-сосудистая система.

Bronxial astma xastaligi (BA) - zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan biridir. Butun Dunyo SogTiqni Saqlash tashkilotining oxirgi malumotiga ko'ra 358 million bemor BA bilan og'rigan [1]. Bronxial astma bilan xastalanganlarda kardiovaskulyar tizimda funksional o'zgarishlarning mavjudligi BA og'irlik darajasining kuchayishiga olib keladi [7,9]. Ushbu ilmiy tadqiqotda BA bilan hastalanganlarda nafas tizimi obstruksiyasi ko'rsatkichlarining yurak-qon tomir tizimidagi o'zgarishlarga bog'liqligi o'rganildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Butun jahon sogliqni saqlash tashkilotining malumotiga ko'ra, bronxial astmadan har yili dunyo bo'ylab 250 ming kishi halok bo'ladi (1). Bronxial astma GINA (Global Initiative for Asthma) ning 2021 yil baxordagi tahlilida - BA va COVID-19 haqidagi quyidagi malumotlar keltirildi. Ogir darajadagi BA bilan hastalanganlarda COVID-19 ning kuzatilishi o'lim ko'rsatkichini oshiradi, yani koronavirus infeksiyasining og'ir klinik shakllari rivojlanish xavfini yaqqol oshiradi [2,3]. Ilmiy izlanish Respublika Shoshilinch Tez yordam Ilmiy markazi Samarqand filialining 1- Terapiya bo'limida BA bilan hastalangan 100 ta bemorlarda va 20 ta sinov guruhidagi sog'lom kishilarda olib borildi. Bemorlarning yoshi 20 dan 75 yoshgacha va o'rtacha 48,2 yoshni tashkil qildi. Bemorlarning 53 nafari erkak va 47 nafari ayol jinsiga mansub edi. BA tashxisi xalqaro BJSST tasnifi (MKB-10) va GINA kriteriylari (2016) asosida qo'yildi. Ilmiy izlanish davomida bemorlar 2 guruhga ajratildi: 1-guruh BA bilan hastalanganlar va yurak qon-tomir tizimida funksional o'zgarishlari mavjud bemorlar, 2-guruh BA bilan hastalangan va yurak qon-tomir tizimida o'zgarishlari mavjud bo'lmagan bemorlar. 1- guruh 73 kishini, 2-guruh 27 kishini o'z ichiga oldi. BA bilan hastalanganlarning 36 % da BA og'ir darajasi, 61 % da o'rta og'ir darajasi, 3 %da engil darajasi aniqlandi.

O'pka ventilyatsiyasi ko'rsatkichlari "SPIROSIFTSP-5000" apparatida aniqlandi. Exokardiografiya "BIOSET-6000" apparatida, EKG "AXION" apparatida umumiy usulda 12 standart ulanishda amalga oshirildi. O'pka ventilyatsiyasining quyidagi ko'rsatgichlari: o'pkaning tiriklik sig'imi (O'TS,l normada 2,64) , o'pkaning qoldiq havo hajmi (O'QH), o'pkaning jadallashgan hayotiy sig'imi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

(O'JHS,l normada -2,22), 1 soniyada jadal chiqarilgan nafas hajmi (1 JNChH), Tiffno indeksi (TI) - lJNChH/O'HS, MOS 25 (O'TS 25 % maksimal havo oqimi, norma -1,58 l/s), MOS 50 (O'TS 50 % maksimal havo oqimi norma - 2 l/s), MOS 75 (O'TS 75 % maksimal havo oqimi norma 4,09) aniqlandi. Shu bilan birga yurak devorlari holati, qorinchalararo to'siq, klapanlar holati, qorinchalar bo'shlig'i hajmi, yurakning sistolik funksiyasi, zarb fraksiyasi o'rganildi.

MUHOKAMA

BA bilan hastalangan bemorlarning barchasida spirografiya tekshiruvida 1JNChH ning pasayishi o'rtacha 61,5±3,70%dan 84,3±5,33% va O'QH 93,1±5,25% dan 117,4±6,01% oshganligini ko'rsatdi. Barcha bemorlarda kasallik avj olgan davrda obstruktiv tipdagi ventilyatsion yetishmovchiligi aniqlandi. Kasallikning davomiyligi TI ko'rsatgichining pasayishi bilan kuchsiz korrelyatsion bog'liqlik va JNChH pasayishi bilan yaqqol korrelyatsion bog'liqlikka ega. BA bilan hastalanganlar va yurak qon-tomir tizimida funksional o'zgarishlari mavjud bemorlarda tashqi nafas ko'rsatkichlari davo choralaridan so'ng, OTS p<0,001 oshganligini ko'rsatdi. Ushbu malumotlar nafas yo'llari va o'pkalarning ventilyasion funksiyasi yaxshilanganligidan dalolat beradi. Oz navbatida, BA bilan hastalanganlar va yurak qon-tomir tizimida funksional o'zgarishlari mavjud bemorlarda yurak-qon tomir tizimini davolash natijasida BA avj olish davrida respirator ko'rsatkichlarning pasayishiga olib keladi [6,8].

NATIJALAR

Tashqi nafas funksiyasi ko'rsatkichlari BA bilan hastalanganlar va yurak qon-tomir tizimida funksional o'zgarishlari mavjud bemorlarda quyidagi tartibda yaxshilandi: 1JNChH -4,0 %, MO'V - 7,0 %, O TS - 4,4 %. BA bilan hastalangan va yurak qon-tomir tizimida o'zgarishlari mavjud bo'lmagan bemorlarda 1JNChH -2,6 %, MO'V - 3,2 %, OTS - 3,6 % tashqi nafas funksiyasi ko'rsatkichlari yaxshilandi. 1-guruhdagi bemorlarda EKG o'zgarishlari: 31 holatda sinusli taxikardiya, 33 holatda o'ng qorincha gipertrofiyasi, 13 holatda chap qorincha gipertrofiyasi, 16 holatda miokard ishemiyasi, 4 holatda supraventrikulyar ekstrasistoliya, 4 holatda paroksizmal taxikardiya va 8 holatda Giss tutami o'ng oyoqchasi blokadasi, distrofik o'zgarishlar aniqlandi. ExoKG o'zgarishlaridan: o'ng bo'lmacha, o'ng qorincha bo'shligining kattalashishi- 45% holatda, chap qorincha gipertrofiyasi-12% holatda, chap bo'lmachaning gipertrofiyasi- 6% holatda, zarb fraksiyasining pasayishi-15% holatda, aorta aterosklerozi - 16 % holatda aniqlandi.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Bronxial astma hastaligining uzoq yillar davom etishi va yurak qon -tomir tizimida funksional o'zgarishlarning mavjudligi Tashqi nafas funksiyasi ko'rsatkichlarining pasayishi, bronxlar obstruksiyasining kuchayishidan dalolat beradi. BA hastaligida yurak-qon-tomir tizimidagi funksional o'zgarishlar BA ning og'irlik darajasiga bog4iq holda kuchayib boradi. Ushbu bemorlarda yurak qon-tomir tizimidagi funksional o'zgarishlarni oz vaqtida medikamentoz korreksiyalash BA prognozining yaxshilanishiga olib keldi.

REFERENCES

1. Global Initiative for Asthma. Global strategy for asthma management and prevention. Updated 2021. Available from: https://ginasthma.org/gina-reports/ Accessed 2021 Sep 29.

2. Williamson EJ, Walker AJ, Bhaskaran K, Bacon S, Bates C, Morton CE, Curtis HJ, Mehrkar A, Evans D, Inglesby P, Cockburn J, McDonald HI, MacKenna B, Tomlinson L, Douglas IJ, Rentsch CT, Mathur R, Wong AYS, Grieve R, Harrison D, Forbes H, Schultze A, Croker R, Parry J, Hester F, Harper S, Perera R, Evans SJW, Smeeth L, Goldacre B. Factors associated with COVID-19-related death using OpenSAFELY. Nature 2020 Aug;584(7821):430-6.

3. Liu S, Cao Y, Du T, Zhi Y. Prevalence of comorbid asthma and related outcomes in COVID-19: a systematic review and meta-analysis. The Journal of Allergy and Clinical Immunology. In Practice 2021 Feb;9(2):693-701.

4. Шодиева, Г. Р., & Улугбеков, К. У. У. (2020). НЕИНВАЗИВНЫЙ МЕТОД ОЦЕНКИ СТЕПЕНИ ОБСТРУКЦИИ БРОНХОЛЕГОЧНОЙ СИСТЕМЫ У БОЛЬНЫХ БРОНХИАЛЬНОЙ АСТМОЙ. Современные инновации, (4 (38)), 1517.

5. Шодиева, Г. Р., & Низомов, Б. У. (2020). Роль функциональной диагностики в оценке степени обструкции дыхательных путей при бронхиальной actme. Наука и образование сегодня, (5 (52)), 81-82.

6. Тошназаров, Ш. М., & Шодиева, Г. Р. (2019). Эффективность дигитализации-дигоксином у больных с хронической сердечной недостаточностью. In Фундаментальные основы инновационного развития науки и образования (pp. 175-177).

7. Shodiyeva G.R., Ibragimova E.F., Arslonova R.R.,Functional disorders in patients with uncontrolled bronchial asthma, Journal NX A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal Volume 7, Issue 2, February 2021, pp. 199-201

Scientific Journal Impact Factor

8. Солеева, С. Ш., Джаббарова, Н. М., & Шодиева, Г. Р. (2019). Место гиполипидемической терапии в комплексном лечении стабильной стенокардии. International scientific review, (LXV).

9. Агабабян, И. Р., Исмаилов, Ж. А., Турдибеков, Х. И., Шодиева, Г. Р., & Рузиева, А. А. (2019). Изучение состояния кардиоваскулярной системы при ХОБЛ. Достижения науки и образования, (10 (51)).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.