Научная статья на тему 'JIGAR SIRROZI BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA Helicobacter pylori INFEKSIYASINING PEPTIK YARA RIVOJLANISHIDAGI O’RNI'

JIGAR SIRROZI BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA Helicobacter pylori INFEKSIYASINING PEPTIK YARA RIVOJLANISHIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
410
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
jigar sirrozi / peptik yara / Helicobacter pylori / immunoferment analiz.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — M. S. Bekmuradova, S. N. Xaydarov

So’nggi vaqtlarda butun dunyo olimlari o’rtasida surunkali jigar kasalligi bilan og’rigan bemorlarda oshqozon yarasi kasalligini qo'zg'atishda hamda uning paydo bo’lishida H.pylori ning roli munozarali bo'lib qolmoqda. Helicobacter pylori (H.pylori) surunkali gastrit va oshqozon yarasi kasalliklarining muhim etiologik omili sifatida aniqlangan (4,12,13). Oxirgi tatqiqotlar shuni ko’rsatdiki, jigar kasalliklarida H.pylori infektsiyasini oshqozonda yo'q qilish, bemorlarda oshqozon yarasining qaytalanishini sezilarli darajada kamaytiradi (10,13).Bundan tashqari, H.pylori infektsiyasini davolash, yaradan qon ketishi asoratlarini xam kamaytirishi to’g’risida ko’pgina ilmiy maqolalarda aytib o’tilgan (6,9,12). Bizni o’shbu tekshiruvimizning asosiy maqsadi jigar sirrozi bilan og’rigan bilan og’rigan bemorlarda oshqozon yarasi kelib chiqishida H.pylori infektsiyasi bilan qay darajada bog'liqligini aniqlash edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JIGAR SIRROZI BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA Helicobacter pylori INFEKSIYASINING PEPTIK YARA RIVOJLANISHIDAGI O’RNI»

JIGAR SIRROZI BILAN OG'RIGAN BEMORLARDA Helicobacter pylori INFEKSIYASINING PEPTIK YARA RIVOJLANISHIDAGI O'RNI

M. S. Bekmuradova, S. N. Xaydarov

SamDTI Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi

ANNATATSIYA

So'nggi vaqtlarda butun dunyo olimlari o'rtasida surunkali jigar kasalligi bilan og'rigan bemorlarda oshqozon yarasi kasalligini qo'zg'atishda hamda uning paydo bo'lishida H.pylori ning roli munozarali bo'lib qolmoqda. Helicobacter pylori (H.pylori) surunkali gastrit va oshqozon yarasi kasalliklarining muhim etiologik omili sifatida aniqlangan (4,12,13). Oxirgi tatqiqotlar shuni ko'rsatdiki, jigar kasalliklarida H.pylori infektsiyasini oshqozonda yo'q qilish, bemorlarda oshqozon yarasining qaytalanishini sezilarli darajada kamaytiradi (10,13).Bundan tashqari, H.pylori infektsiyasini davolash, yaradan qon ketishi asoratlarini xam kamaytirishi to'g'risida ko'pgina ilmiy maqolalarda aytib o'tilgan (6,9,12). Bizni o'shbu tekshiruvimizning asosiy maqsadi jigar sirrozi bilan og'rigan bilan og'rigan bemorlarda oshqozon yarasi kelib chiqishida H.pylori infektsiyasi bilan qay darajada bog'liqligini aniqlash edi.

Kalit so'zlar: jigar sirrozi, peptik yara, Helicobacter pylori, immunoferment

analiz.

KIRISH. So'nggi vaqtlarda butun dunyo olimlari o'rtasida surunkali jigar kasalligi bilan og'rigan bemorlarda oshqozon yarasi kasalligini qo'zg'atishda hamda uning paydo bo'lishida H.pylori ning roli munozarali bo'lib qolmoqda (2,3,11). Bizni o'shbu tekshiruvimizning asosiy maqsadi jigar sirrozi bilan og'rigan bilan og'rigan bemorlarda oshqozon yarasi kelib chiqishida H.pylori infektsiyasi bilan qay darajada bog'liqligini aniqlash edi.

Helicobacter pylori (H.pylori) surunkali gastrit va oshqozon yarasi kasalliklarining muhim etiologik omili sifatida aniqlangan (4,12,13). Oxirgi tatqiqotlar shuni ko'rsatdiki, jigar kasalliklarida H.pylori infektsiyasini oshqozonda yo'q qilish, bemorlarda oshqozon yarasining qaytalanishini sezilarli darajada kamaytiradi (10,13).Bundan tashqari, H.pylori infektsiyasini davolash, yaradan qon ketishi asoratlarini xam kamaytirishi to'g'risida ko'pgina ilmiy maqolalarda aytib o'tilgan (6,9,12). Jigar sirozi bilan og'rigan bemorlar ko'pincha oshqozon shilliq qavatining bir qator kasalliklariga duch kelishadi. Ularning asosiy sabablari: portal gipertenziya, qon ximozining o'zgarishi, oshqozon va ichaklar shilliq qavatining himoya funk siyasinig pasayishi, Helicobacter pylori infeksiyasi va boshqalar (12,13).Oldingi tatqiqotlar shuni ko'rsatadiki, H.pylori infeksiyasi jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda oshqozon yarasi xavfini 2,7 barobar oshiradi; ammo ba'zi tadqiqotlar bu topilmani tasdiqlashmayabdi.

(2,3). Ba'zi tadqiqotlar oshqozon yarasi bo'lgan va bo'lmagan bemorlarda jigar bosimi gradienti o'rtasida ma'lum darajada farq borligini ma'lum qildi. Shunday qilib, surunkali oshqozon yarasi kasalligini qo'zg'atuvchi H.pylorining roli, jigar kasalligi bilan og'rigan bemorlarda munozarali bo'lib qolmoqda. Ushbu tadqiqot jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda oshqozon yarasi etiologiyasi H.pylori infektsiyasi bilan bog'liqligini aniqlash uchun o'tkazildi.

METODOLOGIYA.Ushbu tadqiqot tekshiruvida 76ta bemor qatnashishdi. Bemorlar yoshi 34 yoshdan 56 yoshgacha edi. Ilmiy tekshiruv Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti 1-Klinikasi bazasida joylashgan 2-Terapiya bo'limida olib borildi. Ayollar 40 kishi (52,6%), erkaklar esa 36 kishini (47,4%) tashkil etdi.Barcha bemorlarda turli etiologiyali jigar sirrozi tashxisi quyilgan edi. Jumladan: Jadval1.

Jigar sirrozi etiologiyasi Nisbati (%)

Gepatit C 20 26,4 %

Gepatit B 22 28,9 %

Gepatit B,D 4 5,3 %

Alkogolli 8 10,6 %

Yog'li gepatoz 11 14,5 %

Autoimmun 1 1,3 %

Kriptogen 10 13 %

Barcha bemorlarda jigar sirrozining og'irlik darajasi Chaild-Pyu (Child-Turcotte-Pugh) klassifikatsiyasi bo'yicha baholandi. Sirroz sinfi barcha ko'rsatkichlar bo'yicha ballar yig'indisiga qarab o'rnatildi. Ballarning yig'indisi 5-6

(A sinf) 23ta bemorda ,7-9 ball (B sinf) 46ta bemorda va 10-15 ball (C sinf ) 7 ta bemorda aniqlandi. Bemorlarda kompleks tekshiruv usullari: umumiy qon, peshob tahlili, qon bioximiyasi, jigarning UT tekshiruvi, jigar elastografiyasi, jigarning fibroskan tekshiruvi, Ezofagogastroduodenofibroskopiya (EGDFS) tekshiruvlari o'tkazildi. Shuningdek barcha bemorlarda H.pylori infeksiyasini aniqlash maqsadida qondan Immunoferment analizi (IFA) yordamida H.pylori infeksiyasisiga qarshi antetanalar mavjud/ mavjud emasligi tekshirildi. Jigar ensefalopatiyasining og'irlik darajalarini baholashda esa anketa so'rovnomasi va ma'lum vaqt oralig'ida 1 dan 25 gacha bo'lgan raqamlarni to'g'ri ketma-ketlikda bog'lay olish mahoratini sinash maqsadida "Raqamlarni bog'lash testi" o'tkazildi.

Chayld-Pyu bo'yicha bemorlar og'irlik sinfi

■ Sinf A ■ Sinf B ■ Sinf C ■

NATIJALAR. Endoskopik tekshiruv o'tkazilganda bemorlar 3 guruhga bo'lib o'rganildi: 1-guruh- oshqozon-ichak traktida turli darajada yara rivojlangan bemorlar. 2-guruh- oshqozon-ichak traktida turli darajada yallig'lanish rivojlangan bemorlar va 3-guruh- oshqozon-ichak traktida o'zgarish rivojlanmagan bemorlar. 1-guruhdagi bemorlar 28 kishini tashkil etdi va ulardan 26 tasida H.pylori IFA analizi musbat chiqdi (92,9%). Bemorlarda oshqozon pilorik qismi, fundus va o'n ikki barmoqli ichak piyozcha qismlarida peptik yaralar aniqlangan.Shulardan Endoskop yordamida to'qqizta jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda faol oshqozon yarasi aniqlandi. Oshqozon yarasi bilan og'rigan to'qqiz nafar bemorning barchasida Helicobacter pyloriga qarshi antitanalar aniqlandi. 2- guruhdagi bemorlar 42 kishini tashkil etdi va ulardan 38 tasida H.pylori IFA analizi musbat chiqdi (90,5%). 2-guruh bemorlarda endoskopik tekshiruvda gastrit va duodenitlar aniqlandi. 3- guruhdagi bemorlar 6 kishini tashkil etdi va ulardan 1 tasida H.pylori IFA analizi musbat chiqdi (16,7%).

Jadval 2. Jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda peptic yara va H.pylori IgG

ko'rsatkichlari.

Endoskopik tekshiruv natijalariga ko'ra guruhlar Jami IgG Positive (musbat) n IgG Negative (manfiy) n

1-guruh 28 26 (92,9%) 2(7,1%)

2-guruh 42 38 (90,5%) 4(9,5%)

3-guruh 6 1(16,7%) 5(83,3%)

Endoskop yordamida 76 nafar bemoming 36 tasida qizilo'ngach varikozlari aniqlangan. Qizilo'ngach varikozlari bo'lgan bemorning 32 tasida (88,9%) Helicobacter pylori IFA testi ijobiy chiqdi.

XULOSA. Jigar kasalliklarida oshqozon yarasini qo'zg'atishi mumkin bo'lgan ko'plab omillar mavjud. Oshqozon yarasining eng muhim etiologik omilidan biri bu H.pylori infektsiyasidir. Ammo sirozning etiologiyasi Helicobacter pylori infektsiyasining seropozitivligi bilan bog'liq emas, boshqa tomondan Helicobacter pylori infektsiyasi sirozning jinsi, yoshi va etiologiyasi bilan bog'liq emas. Jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda me'da shilliq qavatining bir qator buzilishlari tez-tez kuzatilishi mumkin. Jigar sirrozi bilan og'rigan bemorlarda oshqozon yarasining paydo bo'lishi katta asoratlarga olib kelishi mumkin. H.pylorining mavjudligi peptic yara hosil bo'lishi ehtimoliyatini oshiradi, shuningdek yaradan qon ketish kabi asoratlarning kelib chiqishida katta ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Jun YK, Kim JW, Kim BG, Lee KL, Jung YJ, Kim W, Park HS, Lee DH, Koh SJ. Helicobacter pylori infection is not associated with portal hypertension-related gastrointestinal complications: A meta-analysis. PLoS One. 2022 Jan 21;17(1):e0261448. doi: 10.1371/journal.pone.0261448. PMID: 35061730; PMCID: PMC8782498.

2. Pogorzelska, Joannaa; Lapinska, Magdab; Kalinowska, Alicjaa; Lapinski, Tadeusz W.a; Flisiak, Roberta Helicobacter pylori infection among patients with liver cirrhosis, European Journal of Gastroenterology & Hepatology: October 2017 - Volume 29 - Issue 10 - p 1161-1165

3. Vallan R, Marojun K, Kate V, Ananthakrishnan N. Is Helicobacter pylori eradication indicated in cirrhotic patients with peptic ulcer disease? Trop Gastroenterol 2006;27(4):166-8.

4. Hentschel E, Brandstatter G, Dragosics B, Hirschi AM, Nemec H, Schutze K, et al. Effect of ranitidine and amoxicillin plus metronidazole on the eradication of Helicobacter pylori and the recurrence of duodenal ulcer. N Engl J Med 1993;328:308-12.

5. Vergara M, Saperas E, Casellas F. Eradication of Helicobacter pylori prevent recurrence from bleeding ulcers. Eur J Gastro Hepatol 2000;12:733-7.

6. Бекмурадова М. С., Холтураев А. Т., Гаффаров Х. Х. Влияние ингибиторов протонной помпы на степень развития печеночной энцефалопатии //Достижения науки и образования. - 2020. - №. 8 (62). - С. 88-91. [HTML] cyberleninka.ru

7. Самиев У. Б., Бекмурадова М. С. Helicobacter pylori УХУДШАЮЩИЙ ФАКТОР СОСТОЯНИЯ БОЛЬНОГО У ПАЦИЕНТОВ С ПЕЧЕНОЧНОЙ

ЭНЦЕФАЛОПАТИЕЙ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 1763-1767. . [HTML] cyberleninka.ru

8. Bekmuradova M. S., Shodieva G. R. HELICOBACTER PYLORI WORSENING FACTOR OF THE PATIENT'S CONDITION IN PATIENTS WITH LIVER ENCEPHALOPATHY //Web of Scientist: International Scientific Research Journal. -2021. - Т. 2. - №. 11. - С. 133-137. [PDF] academiascience.org

9. Samiev U. B., Bekmuradova M. S. EFFECTS OF PROTON PUMP INHIBITORS ON THE DEGREE OF DEVELOPMENT OF LIVER ENCEPHALOPATHY IN PATIENTS WITH LIVER CIRROSIS. [PDF] academiascience.org

10. Шодиева Г. Р. Роль Цитокинов у больных циррозом печени вирусной этиологии //Вестник науки и образования. - 2020. - №. 10-4 (88). - С. 104-106. [HTML] cyberleninka.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.