Научная статья на тему 'AFFILIATSIYA MOTIVATSIYASINING O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI MUNOSABATLARIDAGI O‘RNI'

AFFILIATSIYA MOTIVATSIYASINING O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI MUNOSABATLARIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
35
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
Affiliatsiya / muloqot / his-tuyg‘u / muloqot / avtoritar usul ehtiyoj / ijtimoiy muhit / pedagok / qobilyat / individual / o‘spirin / kommunikativ qobiliyat / kognitiv / hissiy-emotsional jihatlar. / Принадлежность / общение / чувство / общение / авторитарный метод / потребность / социальная среда / педагогика / способности / личность / подросток / коммуникативные способности / когнитивные / сенсорно-эмоциональные аспекты.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Djumanov Sherali Zakirovich, Nomozova Latofat Sodiq Qizi, Hakimova Mahliyo Hakim Qizi

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida jarayonining samaradorligiga affiliatsiya motivatsiyasini ta’siri, kelajakda o‘quvchi yoshlar kommunikativ muvaffaqiyati hamda kasbiy kompetenligini belgilab beruvchi affiliatsiya motivni shakllantirish bo‘yicha nazariy tavsiyalar berilgan. Maqoladan pedagogik jarayonida kasbiy o‘z-o‘zini anglashining tarkib toptirish bilan shug’ullanuvchilar foydalanish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ МОТИВАЦИИ АФФИЛИАЦИИ В ОТНОШЕНИЯХ УЧИТЕЛЬ-УЧЕНИК

В данной статье даются теоретические рекомендации по влиянию мотивации аффилиации на эффективность учебного процесса, формирование мотивации аффилиации, от которой зависит коммуникативная успешность и профессиональная компетентность студенческой молодежи в будущем. Статья может быть использована теми, кто занимается формированием профессионального самосознания в педагогическом процессе.

Текст научной работы на тему «AFFILIATSIYA MOTIVATSIYASINING O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI MUNOSABATLARIDAGI O‘RNI»

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

AFFILIATSIYA MOTIVATSIYASINING O'QITUVCHI VA O'QUVCHI MUNOSABATLARIDAGI O'RNI Djumanov Sherali Zakirovich

O'zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali, Oila psixologiyasi kafedrasi, katta

o'qituvchi [email protected] Nomozova Latofat Sodiq qizi O'zMU Jizzax filiali, Yoshlar psixologiyasi yo'nalishi 2-kurs talabasi

Hakimova Mahliyo Hakim qizi O'zMU Jizzax filiali, Yoshlar psixologiyasi yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10792638

"Do'stlik o'rnating va mehr-muhabbatni rivojlantiring. Boshqa odamlardan zavqlaning va ular bilan yashang. Ular bilan hamkorlik qiling va muloqot qiling. Oshiq bo'ling. Guruhlarga qo'shiling"

Genri Myurrey

Annotatsiya: Mazkur maqolada ta'lim jarayonida jarayonining samaradorligiga affiliatsiya motivatsiyasini ta'siri, kelajakda o'quvchi yoshlar kommunikativ muvaffaqiyati hamda kasbiy kompetenligini belgilab beruvchi affiliatsiya motivni shakllantirish bo'yicha nazariy tavsiyalar berilgan.

Maqoladan pedagogik jarayonida kasbiy o'z-o'zini anglashining tarkib toptirish bilan shug'ullanuvchilar foydalanish mumkin.

Kalit so'zlar: Affiliatsiya, muloqot, his-tuyg'u, muloqot, avtoritar usul ehtiyoj, ijtimoiy muhit, pedagok, qobilyat, individual, o'spirin, kommunikativ qobiliyat, kognitiv, hissiy-emotsional jihatlar.

РОЛЬ МОТИВАЦИИ АФФИЛИАЦИИ В ОТНОШЕНИЯХ УЧИТЕЛЬ-

УЧЕНИК

Аннотация: В данной статье даются теоретические рекомендации по влиянию мотивации аффилиации на эффективность учебного процесса, формирование мотивации аффилиации, от которой зависит коммуникативная успешность и профессиональная компетентность студенческой молодежи в будущем.

Статья может быть использована теми, кто занимается формированием профессионального самосознания в педагогическом процессе.

Ключевые слова: Принадлежность, общение, чувство, общение, авторитарный метод, потребность, социальная среда, педагогика, способности, личность, подросток, коммуникативные способности, когнитивные, сенсорно-эмоциональные аспекты.

THE ROLE OF AFFILIATION MOTIVATION IN THE TEACHER-STUDENT

RELATIONSHIP

Abstract: In this article, theoretical recommendations are given on the influence of affiliation motivation on the effectiveness of the educational process, the formation of affiliation motivation, which determines the communicative success and professional competence of young students in the future.

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

The article can be used by those engaged in the formation of professional self-awareness in the pedagogical process.

Keywords: Affiliation, communication, feeling, communication, authoritarian method, need, social environment, pedagogic, ability, individual, adolescent, communicative ability, cognitive, sensory-emotional aspects.

KIRISH

Ma'lumki, ta'lim jarayoni ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchini bir umumiy maqsad yo'lida birlashtirib, ularni ta'limda yuksak ko'rsatkichlarga erishishni rejalashtirib faoliyat yuritish ifodasidir. Bunday jarayonda ta'lim oluvchilarning kommunikativ qobiliyatlarini mukammal tarkib toptirish ushbu sohaning dolzarb muammolaridandir.

Psixologiya fanidan ma'lumki, odam o'zi istagan, ko'ngli tortgan ishni qilsa, doim kayfiyati soz, mehnat unumdorligi yuqori, yon-atrofdagilar bilan yaxshi muomalada bo'ladi. Ijtimoiy psixologiyada bu mavzu ko'plab izlanishlarda o'z isbotini topgan.

Bu borada ko'plab tadqiqot ishlarini olib borgan X.Xekxauzen affiliatsiyani muloqotga ehtiyoj doirasida o'rgangan bo'lib, uning ta'kidlashicha, affiliatsiya har kunlik, lekin shuning bilan birgalikda fundamental xarakterga egadir. U o'zidan psixik hodisa, motiv, mayl, xohish, boshqa odamlarga intilishni namoyon etadi. Uning asosida muloqotni amalga oshiruvchi inson emotsional va ishonchli aloqalarga bo'lgan ichki ehtiyoj namoyon etadi. Odatda, u yaqin munosabatlar o'rnatishga intilish, har ikkala tomonga qoniqish olib kelish maqsadidagi muloqot jarayoni, birgalikdagi harakatlar majmui ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ushbu ehtiyojning maqsadi turlicha bo'lishi mumkin va hatto bir-birini rad etuvchi (yaqin munosabatlarga erishish yoki suhbatdoshdan o'z maqsadi yo'lida foydalanish) ko'rinishda ham kelishi mumkin1.

ASOSIY QISM

Affiliatsiya (ingliz tilidan. affiliation - muloqat, qo'shilish) - shaxsning boshqa odamlar bilan hissiy aloqasi, o'zaro qabul qilish va moyillik bilan tavsiflanadi; ba'zi hollarda bu atama aloqaga bo'lgan ehtiyojni, qabul qilishni va o'zaro bog'lanish istagini bildirish uchun ishlatiladi. Psixologiyada bu atama insonning jamiyatga qo'shilishi, do'stona munosabatlarni o'rnatilishi va shu kabi boshqa ma'nolarda qo'llaniladi. Agarda bu ehtiyoj bloklanga bo'lsa, begonalashish, yolg'izlik seziladi, umidsizlik paydo bo'ladi. Affilyatsiyaga misol qilib: Odamlar ko'pincha haqiqiy his-tuyg'ularini yashiradi. Ular ishda, kundalik hayotida niqob kiyib, o'z tashvishlarini sheriklaridan yashiradi. Buning barchasi zaif muloqotga, keyin esa yolg'izlikka olib keladi. Ochiqroq bo'lishi uchun siz o'zingizning his-tuyg'ularingizni tushuntirishingiz, ularni qanday boshqarishni o'rganishingiz, o'zingizga bo'lgan ishonchingizni oshirishingiz kerak. Bunday fazilatlarning rivojlanishi jamiyatda qabul qilinishga, ijtimoiy hayotda martabangiz oshishiga sabab bo'ladi.

A.Megrabyan affiliatsiya motivini ikkiga ajratadi: affilyatsiya ehtiyoji va rad etilishdan qo'rqish-muloqot o'rnatmaslik. Affilyatsiya ehtiyoji yuqori bo'lgan insonlar muloqotga tez kirishib ketadi. Ko'plab tadqiqotlarda shu ma'lum bo'ldiki jamiyatimizda rad etilishdan qo'rqadiga insonlarning ham soni kam emas ekan. Bu toifaga kiradigan insonlar shunday

1 Хекхаузен X. Мотивация и деятельность, т.1. - СПб.: «Питер», 2003. -С. 347-370; Buunk B. Affiliation and helping interactions within organizations: a critical analysis of the role social support with regard to occupation stress. // InStroebe W., Hewstone M. European Review of Social Psychology. - Chichester: John Wiley, 1990, 1. P. 293322.

j VOLUME Э j ISSUE 2 j 2024 ResearchBip (7.S) j Google Scholar j SJIF (5.70S) j UIF (S-Э)

fikirlashadi: "Men insonlar doirasiga qo'shilsam ular meni nazarlaridan chetta qoldirishadi, shu sababli mening o'zim chetga chiqishim kerak". Bunday insonlar muloqat o'rnatmaslikni yoki rasmiy muloqat qilishni afzal ko'rishadi. Affiliatsiya ehtiyoji erta bolalik davrida ota-onasi va tengdoshlari bilan bo'lgan munosabatda shakillana boshlaydi. Ota-ona insonning har doim birinchi ustozi hisoblanadi. Shu sababli ota-ona bolaning yoshligidan u bilan doimo muloqatda bo'lsa, bolada affiliatsiya kuchli rivojlanadi va begona insonlar davrasida ham o'z fikirlarini bemalol bayon eta oladi.

Bog'cha va maktabdagi tarbiyachi va o'qituvchilar bolada affiliatsion munosabatlarni shakillantirish uchun ularni ko'proq jamoa bilan ishlashga jalb qilishi kerak. Bilamizki bola bo'gchaga 3 yoshdan boshlab boradi. Bola bog'chaga kelganida uning ijtimoiy muhiti o'zgrishi natijasida ba'zi bolalarda ijoboy, ba'zilarida salbiy o'zgarishlar paydo bo'ladi. Salbiy o'zgarishlar bolaning yangi tengdoshlarining davrasiga qo'shila olmasligi va shu kabi boshqa holatlar kiradi. Bunday holatni bartaraf etish uchun tarbiyachi bolani jamoaga qo'shuvchi ko'plab o'yin mashg'ulotlarini amalga oshirishi kerak. Maktab davrida esa bolalar o'yin faoliyatidan o'quv faoliyatiga o'tadi. Bu esa o'quvchilarda qiyin kechadi. Shu sababli pedagok o'qituvchi bolalarga yordam berishi va ular bilan ko'proq affiliatsiya qilishi kerak.

O'qituvchi va o'quvchi o'rtasida affiliatsiyaga sabab bo'luvchi omillardan biri doimo o'quvchi o'qituvchida bilim va tajriba oladi. Ya'ni o'qituvchi doimo o'quvchilarga bilim beradi, shu sababli o'quvchilar o'qituvchilar bilan muloqot qilishga va o'z bilim darajasini oshirishga harakat qiladi. Shu sababli o'qituvchilar "Google" qidiruv tizimidan topishi mumkin bo'lmagan faydali bilimlarni o'quvchilarga berishi kerak. Yana bir affiliatsiyaning sababi bilamizki pedagog o'qituvchi o'quvchilarni to'g'ri baholay bilishi kerak va o'quvchilarning kamchiliklarini ijobiy tarzda tushuntirib bera olishi lozim. Shundagina o'quvchilarda o'qituvchilarga nisbatan iliq va samimiy munosabat yuzaga keladi.

Affiliatsiya - biz foydali deb baholaydiga va o'zaro munosabatlardan foyda oladigan, o'z navbatida bizdan foydalangan holda ular foyda oladigan vaziyatlarda o'rnatiladi. Ya'ni bunday munosabatdan o'qituvchi ham o'quvchi ham manfaat ko'rishi kerak. Misol uchun: O'qituvchi biror o'quvchini shogirtlikka olsa, o'quvchisiga bergan bilimlarining mahsulini ko'rishi kerak. Bu yerda o'quvchining olayotgan yutug'i bilim hisoblanadi.

O'qituvchi va o'quvchi o'rtasida affiliatsiya mustahkam bo'lshi uchun o'qituvchi o'quvchining qiziqishlarini doimo inobatga olishi kerak va shunga mos ravishda o'quvchiga topshiriq berishi lozim. O'qituvchi o'quvchiga bu topshiriq qanchalik zarurligi va buni qanday qilib eng yaxshi bajarish kerak ekanligini tushuntirib bera olishi kerak. O'qituvchi darslarni buyruq shaklida emas balki yarim savol, yarim javob shaklida olib borsa affiliatsion munosabatlar mustahkamlashishi yuzaga keladi.

Jumladan, "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining № PF-5847-son Farmonida yoshlar tarbiyasida ota-onalar, mahallalar va oliy ta'lim muassasalari hamkorligini tizimli tashkil borasidagi burch va mas'uliyatini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilab berilgan.2 Jahonning turli mamlakatlarida so'nggi yillarda ontogenezda kommunikativ qobiliyatlarning rivojlanishi, o'spirinlarda kommunikativ qobiliyat, uning kognitiv, hissiy-emotsional hamda bevosita kommunikativ sohalarining rivojlanishi va namoyon bo'lishiga oid

2

"O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining № PF-5847-son Farmoni.

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

zamonaviy texnologiyalar amaliyotga tatbiq etilgan. Psixik taraqqiyot qonuniyatlariga ko'ra, o'spirinlik davri o'ziga xos yosh bosqichi bo'lib, kognitiv, hissiy-emotsional, kommunikativ sohalar intensiv ravishda rivojlana boshlaydi, ayniqsa, ta'lim (OTM) faoliyati davomida, tengdoshlar, va ta'lim beruvchilar bilan o'zaro aloqa o'rnatish orqali ijtimoiy tajriba hamda ijtimoiy munosabatlar tizimini o'zlashtiradi. Bu esa o'z-o'zidan ijtimoiylashuv jarayonini sifat bosqichi ta'minlaydi va talaba kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Ya'ni o'quvchilarning yaxshi ta'lim olishi va xalqqa manfaati tegadigan kadir bo'lishiga katta e'tibor berilmoqda. Albatta bu masalada o'qituvchilarning roli katta ahamiyatga ega. Shu sababli davlatimiz hozirgi kunda o'qituvchilarga ko'plab imkoniyatlar berib, o'quvchilar bilan ishlashga ko'proq vaqt sarflashni talab qilmoqda.

Bilamizki rahbar guruhni boshqarishing uch xil usuli bor. Bular avtoritar, demokratik, liberal usullari. O'qituvchining ham o'quvchilarga bo'lgan munosabatini huddi shunday uchga bo'lish mumkin. Avtoritar usulda faqat ma'lum bir qoidalarga asoslanib, o'quvchilarni fikrlari, istaklari va xohishlari inobatga olinmaydi. Bunday hollarda o'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi affiliatsiyaga putur yetadi. Demokratik usulda faqat o'quvchilarning fikriga asoslanib ish ko'riladi, bunda o'qituvchi ularga hech qanday maslahat va yo'nalishlar bermaydi. Liberal usulda o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hech qanday affiliatsiya ko'zatilmaydi. Chunki o'qituvchi o'quvchilarga beg'am va e'tiborsiz bo'ladi. Pedagog o'qituvchi o'quvchilar bilan affiliatsion aloqalarni me'yorida ushlashi uchun bu uchala boshqaruv ushulidan ham foydalanishi kerak. Shundagina yuqorida takidlab o'tganimizdek ikkala tomon uchun ham manfaatli bo'lgan affiliatsion aloqa o'rnatiladi va bu bora-bora ulkan yutuq va muvaffaqqiyatlarga erishishga ham yordam beradi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlsh lozimki, har bir o'qituvchi pedagog sifarida o'quvchilar bilan individual suhbat olib borishi va ularda affiliatsiya motivini rivojlanishiga imkon yaratishi lozim. Bu motivni shakillantirish uchun o'qituvchi yuqorida takidlanga uchta usulning har biridan kerakli vaziatda foydalana olishi lozim. Shundagina o'qituvchi va o'quvchi o'rtasi affiliatsiya ijobiy tomonga o'sib boradi. O'qituvchi o'quvchining qiziqishini inobatga olgan holsa uning layoqatlarini shakillantirib qobilyat darajasiga kutarishiga bir omil sifatida ta'sir etishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining № PF-5847-son Farmoni.

2. G'oziyev E.G'. Umumiy psixologiya. T.: O'qituvchi, 2010.

3. Хекхаузен X. Мотивация и деятельность, т.1. - СПб.: «Питер», 2003. -С. 347-370; Buunk B. Affiliation and helping interactions within organizations: a critical analysis of the role social support with regard to occupation stress. // InStroebe W., Hewstone M. European Review of Social Psychology. - Chichester: John Wiley, 1990, 1. P. 293-322.

4. Djumanov S. Z., Xoliqulova S. BOLA TARBIYASIDA OILANING TUTGAN O 'RNI //Academic research in educational sciences. - 2023. - Т. 4. - №. TMA Conference. - С. 152156.

5. Djumanov S.Z. "KEYS" TEXNOLOGIYASI ASOSIDA O'QUVCHILARDA MULOQOTCHANLIK SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI //Academic research in educational sciences. - 2023. - Т. 4. - №. TMA Conference. - С. 146-151.

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

6. Sherali D., Latofat N. PEDAGOGIK JARAYONIDA O'QITUVCHI KOMMUNIKATIV MUNOSABATINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2023. - С. 328-331.

7. Sherali D., Nafisa D. ILK O'SPIRINLIK DAVRIDA XARAKTER XUSUSIYATLARINI SHAKLLANISHIGA TA'SIR ETUVCHI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR //International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research. - 2023. - С. 331334.

8. Samatova, N. (2023). TORTINCHOQLIK VA UNING PSIXOLOGIK SABABLARI. ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR.

9. Samatova, N. (2023). O'zmir qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashda oilaning ro'li. ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR.

10. Samatova, N. (2023). Shaxslararo muloqatda uchraydigan qiyinchiliklar. ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR.

11. Samatova, N. (2022). Oiladagi salbiy muloqatning farzand tarbiyasiga ta'siri. Zamonaviy ilmiy va texnik tadqiqotlar xalqaro jurnali.

12. Davlataliyevna, S. N. (2022). Umumiy psixologoya va turli xil psixologik amaliyotlar. Scientific Impulse, 1(5), 820-822.

13. Davlataliyevna, S. N. (2022). Psychology and its principles. Scientific Impulse, 1(5), 823-826.

14. Саматова, Н., & Абдурасулова, С. (2023). Психологическая связь и межличностный конфликт в педагогическом общении. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 433-434.

15. Samatova, N. va Namuratova, M. (2023). Psixologiyada shaxsiy muammosi. Kompyuter fanlari va muhandislik texnologiyalari , 1 (2), 408-413.

16. Hakimova, S. (2023). Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar oniga ta'siri. Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammolari vayechimlari .

17. Samatova, N. va Subxiddinov, S. (2023). O'z-o'zini imidji va shaxsiy o'zini o'zi qadrlash muammosi. Kompyuter fanlari va muhandislik texnologiyalari , 1 (1), 435-437.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.