Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH DASTURI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH DASTURI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1421
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
Sinf / ko‘nikma / malaka / o‘quvchi / o‘quv dasturi / vazifa / kitob / inson / adabiyot / nashr / gazeta / jurnal / albom / xabar / pedagog. / Kласс / умение / квалификация / ученик / учебная программа / задание / книга / Человек / литература / издание / газета / журнал / альбом / сообщение / педагог.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Pardabayev Daston Abdusaid O‘g‘li, O‘ktamova Shahnoza Uchqun Qizi

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda kitobxonlikni shakllantirish dasturi haqida gap boradi. Bu maqoladan o‘qituvchilar va bakalavr yo‘nalishidagi talabalar foydalanishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОГРАММА ФОРМИРОВАНИЯ ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В данной статье речь пойдет о программе формирования читательского мастерства в начальных классах. Эта статья может быть использована учителями и студентами бакалавриата.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH DASTURI»

RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833

| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

BOSHLANG'ICH SINFLARDA KITOBXONLIKNI SHAKLLANTIRISH DASTURI Pardabayev Daston Abdusaid o'g'li, O'ktamova Shahnoza Uchqun qizi

JDPU sirtqi bo'limi "Maktabgacha va boshlang'ich yo'nalishlarida masofaviy ta'lim" kafedrasi

o'qituvchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.7779225

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda kitobxonlikni shakllantirish dasturi haqida gap boradi.

Bu maqoladan o'qituvchilar va bakalavr yo'nalishidagi talabalar foydalanishi mumkin.

Kalit so'zlar: Sinf, ko'nikma, malaka, o'quvchi, o'quv dasturi, vazifa,kitob, inson, adabiyot, nashr, gazeta, jurnal, albom, xabar, pedagog.

ПРОГРАММА ФОРМИРОВАНИЯ ЧТЕНИЯ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотаци:В данной статье речь пойдет о программе формирования читательского мастерства в начальных классах.

Эта статья может быть использована учителями и студентами бакалавриата.

Ключевые слова: Класс, умение, квалификация, ученик, учебная программа, задание,книга, Человек, литература, издание, газета, журнал, альбом, сообщение, педагог.

PROGRAM FOR FORMATION OF READING IN PRIMARY GRADES

Abstrackt: This article will talk about the program for the formation of reading in the elementary grades.

This article can be used by teachers and undergraduate students.

Keywords: Class, skills, qualifications, student, curriculum,task, book, human, literature, publication, newspaper, magazine, album,message, educator.

KIRISH

Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish-buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir. Shavkat Mirziyoyev

Boshlang'ich sinflarda o'quv yillari bo'yicha taqsimlangan va o'quvchilarning o'zlashtirishlari lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning mazmuni va hajmi belgilanadigan maxsus davlat hujjati - o'quv dasturi bo'lmasligini ta'kidlab o'tamiz. Biz bunday dasturni ishlab chiqishimiz lozim edi, ammo u umumiy vazifa - o'qitish kursining ilmiy va metodologik asoslarini aniqlash va asosli ifodalashni muvaffaqiyatli hal etishning natijasi bo'lishi mumkin. Boshqacha aytganda, bizga o'sib borayotgan va rivojlanayotgan inson egallaydigan bilish va voqelikni qayta o'zgartirish usuli sifatida kitob o'qishni ifodalash va rejalashtirilgan o'quv faoliyatining o'ziga xosligini ta'minlovchi majmuani o'rganishga mo'ljallangan ahamiyatli tarkibiy qismlarni tavsiflash lozim, mulohaza va tahlilning dastlabki nuqtasi kitob bo'lishi kerak edi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Kitob va kitobxonga bag'ishlangan ishlarni o'rganish kichik maktab o'quvchilarining o'quv faoliyatiga kiritiladigan ob'ektlar orasida kitob eng murakkab hodisani ifodalashini ta'kidlash imkonini beradi.

O'zining murakkabligiga ko'ra "kitob" hamon yagona talqinga ega emas. Fransuz yozuvchisi, adabiyotshunos, sotsiolog Rober Eskarpi ta'kidlaganidek: "Barcha tirik borliq singari, kitob ham ta'riflarning qat'iy chegaralariga sig'maydi. Hali hech kim unga aniq va barqaror ta'rif bera olmagan.Kitobshunoslar "kitob" tushunchasi bilan bog'liq bo'lgan eng ko'p qo'llaniladigan quyidagi ta'riflarni ajratadilar:

Kitob - insonlar orasidagi muloqot vositasi, ommaviy axborot quroli.

RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833

| VOLUME 2 | ISSUE 3 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

Kitob - adabiyot asari sinonimi, mualliflik ishi mahsuli.

Kitob - nashr - nashriyot - poligrafiya faoliyati mahsuli.

Kitob - gazeta, jurnal, buklet, albom va boshqalardan farqli nashrning alohida shakli. Kitob betlarning muayyan konstruktiv tashkil etilishi shakli...

Kitob - yozma xabarning tashkil etilishi shakli.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Kitobxonni shakllantiruvchi pedagog uchun va mustaqil o'qish san'atini o'rganuvchi o'quvchilar uchun kitob qanday asosiy ma'noga ega? Mazkur savolni hal etish uchun biz kitobning ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan uning ta'riflariga murojaat etdik. Bunday ixcham ta'riflardan biri A.Gersen keltiradi: "...yozma ifodalangan va umumiy foydalanishga taqdim etilgan tajriba bu kitobdir".Bunday ta'riflarni biz yana kitobga e'tiborlarini qaratgan o'tmish va hozirgi zamonning boshqa ko'pgina buyuk allomalarining ta'riflarida uchratamiz: "suhbatdosh", "ustoz", "mash'ala", "o'qituvchi", "do'st", "bebaho meros", "inson orqali ko'rinadigan olam", "xalqlar tarixi", "o'tmish tajribasi", "inson aqlining merosi", "fikr kemasi", "inson kashf etgan buyuk mo'jiza" -bu va shu kabi bolalikdan o'zlashtirilgan tasavvurlar kitobni kashf etgan inson uchun g'urur hissini uyg'otadi, kitob oldida biz uchun zarur bo'lgan va insoniyat tomonidan to'plangan tajribani saqlash joyi va yetkazish vositasi sifatidagi predmet oldida kabi e'zozlash hissini tug'diradi.

Insoniyatning tarixiy tajribasi va unda shakllangan aqliy qobiliyatlar nafaqat kitobda, balki "inson tomonidan yaratilgan har bir predmetda - qo'lbola quroldan to zamonaviy elektron hisoblash mashinasigacha" amaliy ro'yobga oshirilgan. Ushbu ma'noda kitob ham istisno emas, u ham "fikrni amalga oshirish jarayonidir".Ammo ijtimoiy tajriba va individual fikr kitobda ikki bor: birinchi bor - qo'lyozmani yaratishda - tilda, so'zda, yozuvchida o'z fikrini keng insonlar doirasining mulkiga aylantirish o'tkir ehtiyoji yuzaga kelganida; ikkinchi bor - muallifning fikrini maqsadga muvofiq va bevosita yetkazadigan tarzda va bizning barchamizga qaratiladigan biror-bir yozma xabarni tashkil etish uchun maxsus mo'ljallangan predmetda amalga oshishini unutmaslik kerak.

Ammo "inson - kitob" tizimida bizni muallif va nashriyotchilar emas, balki kitobxon, bunda kitobxon boshlovchi - kichik maktab o'quvchisi qiziqtiradi. Berilgan matnni mustaqil o'qishda kitob so'z-belgi bo'lib xizmat qiladi va topshiriq yo'naltirgan fikrlar hamda matn obrazining o'ziga xosligini o'zlashtirish uchun ularning tizimini to'g'ri talqin etish kerakdir.

XULOSA

Kitoblarga mustaqil murojaat etishda va matnni o'qishda e'tibor qaratish kerak bo'lgan topshiriqda muallifning fikri ham kitobxondan kitob ichiga, ertakdagidek - "etti qulf ortiga" yashiringan bo'ladi va birovning yordamisiz matn faqatgina yozuvchilarning o'ylaganlaridek kitobxon tomonidan kitobni mushohada etish orqali idrok etilishi mumkindir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent.: O'zbekiston. 2016

2. Mavlonova R., To'rayeva O., Xoliqberdiyev K. Pedagogika. -T.: O'qituvchi, 2001. -300 b.

3. Mavlonova R., Arabova M., Salohitdinova G'. Pedagogik texnologiya. - T.: "Fan" nashriyoti, 2008-y.

4. Mamasoli Jumaboyev "Bolalar adabiyoti" darslik „ O'qituychi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.