Научная статья на тему 'CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BOʻLGAN OʻQITISH ANJOMLARI'

CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BOʻLGAN OʻQITISH ANJOMLARI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
Chizmachili / o’qitish anjomlari / dars jarayoni / o’qitishning nazariy va amaliy jihatlari / Chizmachili / teaching materials / teaching process / theoretical and practical aspects of teaching

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Ikromov Davron Ikrom O’G’Li

Maqolada chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo’lgan o’qitish anjomlari, elektron slaydlari ishlanmasi, grafikaviy ta`lim jarayonini tashkil etishda chizmachilik fanini o’qitishning nazariy amaliy asoslari va chizmachilikning fanlararo aloqadorlik ahamiyati keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING MATERIALS NEEDED FOR EVERY DRAWING LESSON

The article presents the necessary teaching materials for each drawing lesson, the development of electronic slides, the theoretical and practical foundations of drawing and the interdisciplinary importance of drawing in the organization of the graphic education process.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BOʻLGAN OʻQITISH ANJOMLARI»

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

CHIZMACHILIKDAN HAR BIR DARS UCHUN ZARUR BO'LGAN O'QITISH

ANJOMLARI Ikromov Davron Ikrom o'g'li

Samarqand davlat veterinariyasi meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10652763

Annotatsiya: Maqolada chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo'lgan o'qitish anjomlari, elektron slaydlari ishlanmasi, grafikaviy ta'lim jarayonini tashkil etishda chizmachilik fanini o'qitishning nazariy - amaliy asoslari va chizmachilikning fanlararo aloqadorlik ahamiyati keltirilgan.

Kalit so'zlari: Chizmachili, o'qitish anjomlari, dars jarayoni, o'qitishning nazariy va amaliy jihatlari

TEACHING MATERIALS NEEDED FOR EVERY DRAWING LESSON

Abstract: The article presents the necessary teaching materials for each drawing lesson, the development of electronic slides, the theoretical and practical foundations of drawing and the interdisciplinary importance of drawing in the organization of the graphic education process.

Keywords: Chizmachili, teaching materials, teaching process, theoretical and practical aspects of teaching

УЧЕБНЫЕ МАТЕРИАЛЫ, НЕОБХОДИМЫЕ ДЛЯ КАЖДОГО УРОКА

РИСОВАНИЯ

Аннотация: В статье представлены необходимые учебные материалы для каждого урока рисования, разработка электронных слайдов, теоретические и практические основы рисования и междисциплинарное значение рисунка в организации графического образовательного процесса.

Ключевые слова: Чизмачили, учебные материалы, учебный процесс, теоретические и практические аспекты преподавания.

KIRISH

Muammoning dolzarbligi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o'quv tarbiya jarayonining barcha tomonlariga aloqador bo'lgan strategiya, maqsad va vazifalardan tortib aniq dasturlar majmuasigacha, inson omiliga juda katta ahamiyat berilgan. Kadrlar tayyorlashga doir milliy model ta'lim tizimidagi islohotlarga mos bo'lib, tabiat va jamiyat rivojining qonuniyatlari haqidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllantiriladigan, ularni tarqatish, o'rganish va kadrlar tayyorlash tizimida foydalanish uchun zarur bo'lgan fan sohasini o'z ichiga oladi. Mamlakatimizda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi" talablarini amaliyotga joriy etishda asosiy mushtarak maqsad - barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdir. Hozirgi zamon yangi interaktiv, innovatsion va pedagogik texnologiyalarni Respublikamizning Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev davlatimizning ustivor vazifalaridan biri sifatida madaniyat va san'atdagi yangilanishlarni ham hisobga olgan edi. 2017- 2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar strategiyasini belgilab berdi. Shuningdek, O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan umumiy o'rta va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risidagi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. 2017 y., 14-son, 230-modda) qarorida ko'rsatib o'tilgan.

| VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

"Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish " nomli bandida"Bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug'ullanishga, ularni musiqa hamda san'at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob'ektlarini, bolalar musiqa va san'at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish" 1 kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bu esa o'quvchining individual, umumiy va kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning jamiyatda, ishlab chiqarish sohasida va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma'rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta'minlash uchun zamin yaratadi.O'zbekiston Recpublikaci Prezidentining 2020 yil 21 apreldagi "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4688-sonli Farmoyishi, 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5712-sonli Farmoni, 2019 yil 12 martdagi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus" dasturining birinchi tashabbusi "Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi"gan bo'g'iniga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya muayyan darajada xizmat qiladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish-ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni esa ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borishini talab etadi.

Chizmachilik fani bo'yicha yaratilgan elektron o'quv qo'llanma o'zidagi matn, grafika, animatsiya, o'quv materialini o'z ichiga olgan bo'limlar, bilimlarni nazorat qilish tizimi bilan boshqa darsliklardan tubdan farq qiladi. Shu jihatdan, umumta'lim maktablari chizmachilik kursi mavzularini o'qitishda har bir dars uchun zarur bo'lgan o'qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi foydalanish o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishlari va ko'proq bilim olishlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. TADQIQOTNING OB'EKTI

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik fanini o' qitiladigan darslarni shakillantrish va rivojlantrish jarayoni . Tadqiqotning predmeti: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida chizmachilik fanini o'qitishda chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo'lgan o'qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali darslarni tashkil etishning mazmuni va samarali metodlari.

TADQIQOTNING MAQSADI

Talim sifatini oshirish, umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo'lgan o'qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi " (8-sinf uchun) innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqi, hamda o'quv jarayoni uchun ilmiy metodik tavsiyalar chizmachilik darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o'quvchilar bilimini oshirish. Chizmachilikdan har bir dars uchun zarur bo'lgan o'qitish anjomlari va materiallarining elektron slaydlari ishlanmasi (8-sinf uchun) orqali o'qitishning metodik asoslarini takomillashtirish.

Chizmalarni o'z qo'li bilan yuqori sifatli bajarishga hamma o'quvchini o'rgatish mumkin, bu ularda go'zallik tuyg'ularini uyg'otib, o'z ishidan qoniqish hissini hosi! qiladi. O'z qo'li bilan sifatli chizmalar bajarish o'quvchilarda ozodalik, mehnatsevarlik, intizomlilik va tartiblilik xususiyatlarini rivojlantiradi. Chizmachilik o'qituvchisi ba'zan chizmachilik darslarida imkoniyat boMgan hollarda, grafika yo'nalishidagi to'garak mashg'ulotlarida va turli xil o'quv sayohatlari paytida o 'quvchilarga grafika kursi boMimlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlami berib borishga harakat qilishi kerak. Bunda shu sohada faoliyat ko'rsatgan

j VOLUME Э j ISSUE 2 j 2024 ResearchBip (7.S) j Google Scholar j SJIF (5.70S) j UIF (S-Э)

konstruktor, arxitektor, dizayner va rassomlaming hayoti, turli konstruksiyalami loyihalash bilan bog'liq qiziqarli voqealar o 'qituvchiga darsni qiziqarli hamda o'quvchilaming xotirasida uzoq saqianib qoladigan shaklda tashkil qilishga yordamlashadi. Grafika tarixi va rivojlanishiga bunday qisqa «sayohat»lar bir vaqtning o'zida muhandislik grafikasini o'qitishning gumanitar yo 'nalishi hisoblanadi. Gumanitaryo'nalishni amalga oshirishga misollar keltiramiz: Sinfda chizmachilikdan kirish darsida o'quvchilarga grafika tarixi bilan birgaükda, O'zbekiston hududida grafikaning shakllanishi va rivojlanîshini qoyatoshlarda saqlangan ibtidoiy odamlar tomonidan chizilgan tasvirlar va ularning shu davr qabilalarining turmush tarzini o 'rganishdagi ahamiyati, o'zbek xalq amaliy san'ati va me'morchiligida shakllangan o'ziga xos nafis grafik tasvirlar va mahsulot shakllarini turli namunalar hamda ularning tasvirlarini namoyish qilish orqali ham tushuntirish kerak.

Masalan, mehnat ta'limi darslarida o'quvchilami «chizma» va «texnik rasm» tushunchaiari bilan tanishtiradilar, ularda chiziq turlari haqida tasavvurlar shakllanadi, qalinlik, diametr va radiuslar shartli belgilarining qo'llanilishiga doir misollar bilan tanishgan boMadilar. O'quvchilar eskiz, ko'rinishlar haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo'lib, ularga o'lcham qolyish va chizmada yozuvlami bajarish haqida boshlang'ich ma'lumotlar tushuntirilgan bo'ladi. O'quvchilar sodda detallar, yupqa materiallar va simdan iborat modellaming chizmalarini bajarishda m a'lum bir ketmaketlikka rioya qilishga o'rgangan bo'lishlari kerak. Ularga yig'ish chizmalari haqida tushunchalar, kesim va qirqimlar, rezbalaming tasvirlanishi va belgilanishi, eskiz tuzish va detal chizmasini o'qish haqida boshlang'ich ma'lumotlar berilgan bo'ladi. XULOSA

Chizmachilik darslari uchun eng keng tarqalib, ommalashgan dars turi- aralash yoki kombinatsiyalashgan darsdir. Bunda o'qituvchining mavzuni bayon qilishi bilan bir qatorda o'quvchilar tomonidan amaliyishlami bajarilishi ham muhim ahamiyatga egadir. Ushbu amaliy ishlar o'quvchilarga o'quv adabiyotlaridan foydalanib olingan bilimlarni mustahkamlashga hamda uy vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlami o'zlashtirishlariga ko'maklashadi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsiontexnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonidaqo'llashga qiziqish ortib bormoqda. Bunda, asosan hozirgacha o'quvchilartayyor bilimlami egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalarulami egallayotgan bilimlami o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga va imkoni boricha xulosalami ham o'zlar keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda bosbqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bunday ta'lim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi.Chizmachilik fanining o'ziga xos xususiyatiga ko'ra uni o'zlashtirish uchun o'quvchilarda fazoviy tasavvurining shakllanib, rivojlanishi zarurligitalab qilinadi. O'quvchilar oldin chizish kerak bo'lgan buym yoki predmetni oldin o'zlari tasavvur qia olishsa o'zandagina ular o'ylagan maqsadlariga erishishadi. Shu sababli ta'lim muassasalarida chizmachilikdan o'qitish vositalarining yetarlicha bo'lishi, fan o'qituvchisining ulardan o'rinli foydalana olishi hamda talab darajasida maxsus jihozlangan kabinetning bo'lishi ta'lim samaradorligini ta'minlashga ko'maklashadi. O'qituvchi ta'lim berish jarayonida shuningdek, o'quvchilar ijodiy ishlarini baholashga alohida e'tibor qaratishi, ularni ko'proq rag'batlantirishi lozim. Ana shundagina biz o'z darslarimizni sifatli va samarali tashkil qilgan bo'la olamiz. O'quvchi yoshlarimizga esa ijodiy tasavvurlarini yanada ortishiga xizmat qilgan bo'lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

RESEARCH FOCUS | VOLUME 3 | ISSUE 2 | 2024

ISSN: 2181-3833 ResearchBip (7.8) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga murojaatnomasi.

2. Rahmonov I. T. Chizmalarni chizish va o'qish. T.,1992

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.