Научная статья на тему 'SPORTCHILARNING DA’VOGARLIK DARAJASINI SPORT FAOLIYATIGA TA’SIRINI BELGILOVCHI YETAKCHI PSIXOLOGIK OMILLAR'

SPORTCHILARNING DA’VOGARLIK DARAJASINI SPORT FAOLIYATIGA TA’SIRINI BELGILOVCHI YETAKCHI PSIXOLOGIK OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Da’vogarlik darajasi / tadqiqot metodikalari / yetakchi faktorlar / tadqiqot tanlanmalari.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Vohidjon Muhammedovich Jurayev

Ushbu maqolada viloyat miqiyosidagi sportchilarning da’vogarlik darajasini sport faoliyatiga ta’sirini belgilovchi yetakchi psixologik omillarning hususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPORTCHILARNING DA’VOGARLIK DARAJASINI SPORT FAOLIYATIGA TA’SIRINI BELGILOVCHI YETAKCHI PSIXOLOGIK OMILLAR»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

SPORTCHILARNING DA'VOGARLIK DARAJASINI SPORT FAOLIYATIGA TA'SIRINI BELGILOVCHI YETAKCHI PSIXOLOGIK

OMILLAR

Vohidjon Muhammedovich Jurayev

Qo'qon davlat pedagogika instituti psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, (PhD), dotsent.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada viloyat miqiyosidagi sportchilarning da'vogarlik darajasini sport faoliyatiga ta'sirini belgilovchi yetakchi psixologik omillarning hususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Da'vogarlik darajasi, tadqiqot metodikalari, yetakchi faktorlar, tadqiqot tanlanmalari.

KIRISH

Sportchilarning da'vogarlik darajasini faoliyat samaradorligiga ta'siri doirasidagi navbatdagi tadqiqotimizda da'vogarlikni sportchilarning musobaqalashuv hududi (tuman, viloyat, respublika va xalqaro), sport turi (jamoaviy va individual), jins (erkak va ayol) ga ko'ra faktorli tahlil qilinadi. Dastlabki tahlil sportchilarning hududiy xususiyatlariga ko'ra yoritiladi. Da'vogarlik darajasining sport faoliyatiga kompleksi ta'sirini aniqlash asosida yetakchi omillar aniqlandi. Faktorli tahlilni amalga oshirishda "Da'vogarlik darajasini aniqlash" metodikasi (V.K.Gerbachevskiy), "Da'vogarlik darajasi" (Y.Shvarslander), "Sport faoliyati motivatsiyasi", "Shaxsning irodaviy sifatlari" (Chumakov), "O'zini o'zi baholash" metodikasi (Dembo-Rubinshteyn) tatbiq etishdan olingan ko'rsatkichlarni talqini bo'yicha amalga oshirildi. Quyida yuqorida aytib o'tilgan yo'nalishlar bo'yicha yetakchi faktorlar aniqlanadi.

ASOSIY QISM.

Faktorli tahlil natijalariga ko'ra sportchilarning da'vogarlik darajasi va unga bog'liq faoliyat komponentlarini o'zaro munosabatida uyg'unlashib ketgan holat kuzatildi. Faktorli tahlilning o'ziga xosligi sportchilarning da'vogarlik darajasi va unga bog'liq shaxsning psixikasi xususiyatlari (faoliyat motivlari, maqsad, irodaviy sifatlar, o'zini o'zi baholashi) o'rtasidagi ichki bog'liqliklar aniqlandi. Bu esa sportchining da'vogarlik darajasini faoliyatning turli xil yo'nalishlarida namoyon bo'lish xossalarini yoritish imkoniyatini berdi.

214

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

Faktorli tahlilning dastlabki natijasi viloyat miqyosidagi musobaqalar g'oliblarida ishtirok etgan sportchining da'vogarlik darajasiga xos yetakchi omillar yoritildi. Tahlilda dastlab beshta faktor aniqlandi. Mazkur faktorlarda qayd etib o'tilgan faoliyat xususiyatlaridagi o'zaro aloqadorlik holatlarining bog'liqliklari quyidagi tahlillarda yoritiladi.

Sportchilarning viloyat miqyosidagi ishtirokida da'vogarlik darajasini shartlovchi birinchi faktori faoliyatning oltita komponentidan tashkil topdi. Viloyat miqyosida ishtirok etayotgan sportchilarning da'vogarlik darajasini shartlovchi faktorning mohiyatini aks ettiruvchi komponentlari orasidan eng muhim ijobiy vaznli koeffitsientga o'zini o'zi baholash mezonlari, ya'ni aql ( 0,617), yaxshi xarakter (0,604), qobiliyat (0,580), o'z-o'ziga ishongan (0,548) likni uyg'unlashuvi sportchining natijalarini ahamiyatliligi (0,541)ni kuchayishiga va faoliyatni o'zgartirish, natijalarga qiziqishning yo'qolishini (qochish motivi, -0,517) oldini olishga xizmat qiladi deyish o'rinlidir. Faktorning tarkibiy komponentlarini umumlashtirgan holda sportchining "O'zining imkoniyatlariga xoli munosabat" faktori deb nomlandi.

Ikkinchi faktor esa o'z tarkibiga da'vogarlikni ta'minlovchi muhim komponentlar -o'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj (0,644), rag'batlanishtirishga ehtiyoj (0,639), talabgorlik darajasini (0,610), natijalarga erishganlik darajasini baholash (0,559), tengdoshlari orasidagi obro'si (0,521), muloqotga ehtiyoji (0,518) dan iborat yuqori ijobiy vaznli koeffitsientlarga ega bo'ldi. Sportchilarning da'vogarlik darajasini izohlashda o'zini o'zi baholash, maqsadni amalga oshirishga talabgorlik, sport faoliyat motivlari ishtirokidagi komponentlar aks etdi. Komponentlar orasidan eng yuqori ko'rsatkich o'zini o'zi kamol toptirishga

1-jadval

Sportchilarning da'vogarlik darajasini tavsiflovchi yetakchi omillar (viloyat miqyosidagi sport musobaqalari ishtirokichilari va g'oliblari)

Komponentlar a gn agri in arl in lt ia N ^ = ' in 0 Ok mki 1 O 'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj i in i arl 'z lta in nok m i Irodasizlik Muvaffaqiyatni kafolatlovchilar

Aql 0,617

Yaxshi xarakter 0,604

215

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

muammo va yechimlar

Qobiliyatl 0,580

O'z-o'zigaa ishongan 0,548

Natijalarning ahamiyatliligi 0,541

Qochish motivi 0,517

O'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj 0,644

Rag'batlanishtirishga ehtiyoj 0,639

Da'vogarlik darajasi 0,610

Natijalarga erishganlik darajasining bahosi 0,559

Tengdoshlar orasidagi obro'si 0,521

Muloqotga ehtiyoj 0,518

Musobaqalashuv motivi 0,563

O'z imkoniyatlarini bahosi 0,530

Matonat 0,554

G'ayratlilik 0,522

Quvvatni safarbar eta olganlik darajasi 0,547

Muvaffaqiyatga intilish motivi 0,528

ehtiyoji kuzatildi. Ushbu komponentni belgilovchi jihati sifati faktor "O'zini o'zi kamol toptirishga ehtiyoj" deb nomlandi. Faktor tarkibidagi qolgan tarkibiy komponentlar ushbu ehtiyojni boyituvchi va to'ldiruvchi vazifasini o'taydilar.

Ammo, viloyat miqyosidagi musobaqalar g'oliblarida sporchilarning yuqori natijalarga da'vogarliklarida uchinchi va to'rtinchi faktorlardagi ijobiy va salbiy yuqori vaznli koeffitsientlari bilan bog'liqdir. Ularda musobaqlashuv motivlari (0,563), ammo o'z imkoniyatlarini (-0,530) yetarlicha baholay olmaslik kuzatilayapdi. Imkoniyatlarni baholashdagi yanglishishlar musobaqlashuv motivini pasaytirishiga sabab bo'ladi. Faktorni nomini ushbu munosabatdan kelib chiqib "O'z imkoniyatlarni baholay olmaslik" deb nomladek. To'rtinchi omilda esa sporchilarning da'vogarlik darajasini belgilashda irodaviy sifatlarning yetishmasligi

216

April 26, 2024

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology,

Pedagogy: a Problem and Solutions

Toshkent tibbiyot akademiyasi Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

_mumovayechimlaL

kuzatildi. Ularda matonatlilik (-0,554) va g'ayratlilik (-0,522) yetishmas ekan. Shu sababli faktorni "Irodasizlik" deb nomlash maqsadlidir.

Beshinchi faktor esa sportchilarning viloyat darajasidagi musobaqalarda ishtirok etishini ta'minlovchilar bo'lishi mumkin. Ularda quvvatni safarbar eta olganlik darajasi (0,547) va muvaffaqiyatga intilish motivi (0,528) ijobiy yuqori vaznli koeffitsienlardan iborat. Faktorni "Muvaffaqiyatni kafolatlovchilar" deb nomlash o'rinlidir.

XULOSA.

Sportchilarning tanlash va tayyorlash jarayonida ularning da'vogarlik darajasi, sport motivatsiyasi, o'zini o'zi baholash, umumiy muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi, sub'ektiv nazorat darajasi va irodaviy sifatlarini o'zaro aloqadorligi monitoringini yo'lga qo'yish kerak.

REFERENCES

1. Ананьев Б.Г. Психология педагогической оценки // Труды Госуд. ин-та мозга им. В.М. Бехтерева. М.-Л., 1935. Т.4.

2. Аракелов Н.Е., Лысенко Е.Е. Локус контроль и методы его исследования // Психологический журнал, 1997. - Т. 4. - №2 - С. 34 - 38.

3. Jurayev, Vohidjon, and Yoqubjon Ermatov. "BASICS OF ADJUSTING PHYSICAL EXERCISES FOR THE AGE OF STUDENTS WHEN INTRODUCING A HEALTHY LIFESTYLE TO STUDENTS IN THE GENERAL SECONDARY EDUCATION SYSTEM." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.5 (2023): 1042-1045.

4. Jurayev, Vohidjon. "SPORTCHINING FAOLIYAT SAMARADORLIGIDA DA'VOGARLIK DARAJASI AHAMIYATINI EMPIRIK NATIJALARI TAHLILI." Science and innovation in the education system 2.7 (2023): 106-112.

5. Jurayev, Vohidjon. "SPORTCHINING FAOLIYAT SAMARADORLIGIDA DA'VOGARLIK DARAJASI AHAMIYATINI EMPIRIK NATIJALARI TAHLILI." Science and innovation in the education system 2.7 (2023): 106-112.

6. Жураев, Вохиджон Мухаммедович. "СПОРЧИЛАРНИНГ ДАЪВОГАРЛИК ДАРАЖАСИ ВА ИРОДАВИЙ СИФАТЛАРИНИНГ ПСИХОЛГИК ХУСУСИЯТЛАРИ." Academic research in educational sciences 4.TMA Conference (2023): 894-900.

7. Mukhammedovich, Jurayev Vokhidjon. "Psychological Foundations of Willpower in the Formation of Competition Motivation in Athletes." Central asian journal of literature, philosophy and culture 3.11 (2022): 315-318.

217

April 26, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.