Научная статья на тему 'YOSH SAMBOCHILARDA VUJUDGA KELADIGAN SALBIY MOTIVLAR PSIXOPROFILAKTIKASI'

YOSH SAMBOCHILARDA VUJUDGA KELADIGAN SALBIY MOTIVLAR PSIXOPROFILAKTIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
107
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jismoniy tarbiya va sport / yuqori malakali sport murabbiylari / sport psixologlari / sambo / xarakter xususiyatlari / sport mashg‘ulotlari. / физкультура и спорт / высококвалифицированные спортивные тренеры / спортивные психологи / самбо / черты характера / спортивная подготовка.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazarov Davron Baxtiyor O‘G‘Li

Bizga ma’lumki yuqori darajali sport musobaqalarida tashqi rag‘batning ortishi natijasida sportchilarda intrinsiv motivatsiyaning pasayishi, bu esa sportchining faqat tashqi rag‘bat bo‘lsagina harakat motivatsiyasi bo‘lishiga olib keladi. Ushbu jarayonda sportchi motivatsiyasi o‘zgarishi sodir bo‘lmasligi uchun tashqi rag‘bat bilan birga intrinsiv motivatsiyani ham saqlab qolish yoki kuchaytirish lozim. Mazkur maqolada yuqorida ta’kidlangan holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni psixologik metodikalar yordamida aniqlash va psixoprofilaktik dastur asosida bartaraf etish usullari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПСИХОПРОФИЛАКТИКА НЕГАТИВНЫХ МОТИВОВ, ВОЗНИКАЮЩИХ У ЮНЫХ САМБИСТОВ

Как известно, в результате повышения внешней мотивации в спортивных соревнованиях высокого уровня снижается внутренняя мотивация у спортсменов, что обусловливает мотивацию спортсмена к действию только при наличии внешнего стимула. В этом процессе необходимо поддерживать или усиливать внутреннюю мотивацию наряду с внешним стимулом, чтобы мотивация спортсмена не менялась. В данной статье описаны методы определения факторов, вызывающих вышеперечисленные ситуации, психологическими методами и их устранение на основе психопрофилактической программы.

Текст научной работы на тему «YOSH SAMBOCHILARDA VUJUDGA KELADIGAN SALBIY MOTIVLAR PSIXOPROFILAKTIKASI»

Nazarov Davron Baxtiyor o'g'li,

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti

YOSH SAMBOCHILARDA VUJUDGA KELADIGAN SALBIY MOTIVLAR PSIXOPROFILAKTIKASI

UDK: 316.628 DOI: 10.34920/SO/VOL_2022_ISSUE_9_8

NAZAROV D.B. YOSH SAMBOCHILARDA VUJUDGA KELADIGAN SALBIY MOTIVLAR PSIXOPROFILAKTIKASI

Bizga ma'lumki yuqori darajali sport musobaqalarida tashqi rag'batning ortishi natijasida sportchilarda intrinsiv motivatsiyaning pasayishi, bu esa sportchining faqat tashqi rag'bat bo'lsagina harakat motivatsiyasi bo'lishiga olib keladi. Ushbu jarayonda sportchi motivatsiyasi o'zgarishi sodir bo'lmasligi uchun tashqi rag'bat bilan birga intrinsiv motivatsiyani ham saqlab qolish yoki kuchaytirish lozim. Mazkur maqolada yuqorida ta'kidlangan holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni psixologik metodikalar yordamida aniqlash va psixoprofilaktik dastur asosida bartaraf etish usullari yoritib berilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: Jismoniy tarbiya va sport, yuqori malakali sport murabbiylari, sport psixologlari, sambo, xarakter xususiyatlari, sport mashg'ulotlari.

НАЗАРОВ Д.Б. ПСИХОПРОФИЛАКТИКА НЕГАТИВНЫХ МОТИВОВ, ВОЗНИКАЮЩИХ У ЮНЫХ САМБИСТОВ

Как известно, в результате повышения внешней мотивации в спортивных соревнованиях высокого уровня снижается внутренняя мотивация у спортсменов, что обусловливает мотивацию спортсмена к действию только при наличии внешнего стимула. В этом процессе необходимо поддерживать или усиливать внутреннюю мотивацию наряду с внешним стимулом, чтобы мотивация спортсмена не менялась. В данной статье описаны методы определения факторов, вызывающих вышеперечисленные ситуации, психологическими методами и их устранение на основе психопрофилактической программы.

Ключевые слова и понятия: физкультура и спорт, высококвалифицированные спортивные тренеры, спортивные психологи, самбо, черты характера, спортивная подготовка.

NAZAROV D.B. IN YOUNG SAMBO PLAYERS PSYCHOPROPHYLAXIS NEGATIVE MOTIVES ARISING

As we know, as a result of the increase in external motivation in high-level sports competitions, the intrinsic motivation of athletes decreases, which leads to the fact that the athlete is motivated to act only if there is an external incentive. In order not to change the athlete's motivation in this process, it is necessary to maintain or strengthen the intrinsic motivation along with the external incentive. This article describes the methods of determining the factors causing the above-mentioned situations using psychological methods and eliminating them based on the psychoprophylactic program.

Key words and concepts: physical education and sports, highly qualified sports trainers, sports psychologists, sambo, character traits, sports training.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 9 (118)

Kirish.

Mamlakatimizda jismonan va ma'nan sog'lom, barkamol avlodni tarbiyalash yuzasidan yuqori darajadagi izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ko'plab sport turlariga ahamiyat berib qaraydigan bo'lsak motivatsiya sportchining har qanday faoliyatida katta ahamiyatga ega ekan-ligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Ayniqsa, boshqa sportchilar bilan shiddatli raqobat sharoitida juda qisqa vaqt ichida eng yaxshi natijaga erishish talab qilinadigan sport turlarida.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida jis-moniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5924-son Farmonida1, O'zbekiston Respublika-sida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivo-jlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida ham sambo kurashini rivojlantirish kun tartibiga kiritilgan. Bunda esa sport ixtisoslashuvi bosqichi motivlari shaxsning jamoaga, murabbiyga, o'ziga, muayyan sport turiga bo'lgan munosabatini ken-gaytirish belgisi ostida shakllanishiga va rivojlanish-iga bog'liq. Bu yerda jamoaning psixologik iqlimin-ing o'rni, sportchi va murabbiyning kommunikativ qobiliyatlari, o'zini isbotlash, jamoada munosib o'rin egallash, moddiy farovonlikning haqiqiy istiqbo-lini his qilish, ustunlik va imtiyozlarga asoslangan shaxsning kollektivlik (jamoa manfaatlari uchun) yoki individuallik yo'nalishini belgilovchi murakkab motivlar komplekslari paydo bo'ladi.

Mavzuning dolzarbligi bugungi kunda ko'plab sport turlariga ahamiyat berib qaraydigan bo'lsak motivatsiya sportchining har qanday faoliyatida katta ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Ayniqsa, boshqa sportchilar bilan shid-datli raqobat sharoitida juda qisqa vaqt ichida eng yaxshi natijaga erishish talab qilinadigan sport turlarida. Ba'zi sport turlari bilan shug'ullanadigan sportchilarimizda yuqori sport motivatsiyasi kuza-tilsa, masalan, boks, og'ir atletika, dzyudo, tae-kwondo ayrim sport turlarida esa motivatsiya muammosi juda dolzarb bo'lib qolmoqda.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5924-son Farmoni. - https://lex.uz/ru/docs/-4711327

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqacha tahlili.

Hozirga qadar psixologlarning motiv tushun-chasi haqidagi qarashlari har xil bo'lishiga qaramay, ular bitta ma'no, motivni qandaydir aniq psixologik fenomen tarzida qabul qilganlar. Asosan psixologlar undovchi, turtki beruvchi, talab qiluvchi, maqsad, shaxs xususiyati va holatiga bog'liq bo'lgan motivlar atrofida fikr va mulohazalar yuritganlar. Birin-chi marta "motivatsiya" atamasini A. Shopengauer "Yetarli darajadagi sababning to'rtta prinspi" maqo-lasida ishlatadi2. Shundan so'ng bu atama ijtimoiy hayotda inson xatti-harakatining psixologik tomon-larini tushuntirishda mukammal ravishda kirib keladi.

Motiv va motivatsiya tushunchasi bilan assot-sionistik, introspektiv, bixeviorizm, geshtalt psix-ologiya, psixoanaliz psixologiya maktablarining namoyondalari keng ko'lamda shug'ullanganlar (U. Djeyms, E. Tolmen, K. Xall, K. Levin, Z. Freyd va boshqalar)3.

Bixeviorizm nazariyasiga binoan xulq motivi tashqi ta'sirga tana a'zolarining javob reaksiyasi sifatida vujudga keladi. Jahonga mashhur bo'lgan "Stimul-reaksiya" formulasiga asoslangan bixevior-istlar instinktiv xulq motivini insonning fe'l atvoriga mexanik ravishda ko'chirishni anglatib keladi. Ularn-ing talqiniga qaraganda, inson xulqi ongsizlikdan iborat bo'lib, tashqi qo'zg'atuvchi "stimul" tufayli tana a'zolarining javob reaksiyasi tariqasida yuzaga keladi, tana a'zosining ichki quvvatini faollashtiradi deb tushunadilar.

Buning uchun muallif oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 ta inson instinktlari hukm surishini ajratib ko'rsatadi va ularni sharhlab beradi. Uning qarash-lari o'zgarishga yuz tutgan bo'lishiga qaramay, bu sohaga oid talqinlar qolaverdi, bunga instinkt ener-giyasi tug'maligi, impulsivligi g'oyalari bixevioristik konsepsiyadan tashqariga chiqishga imkon ber-maydi. Psixoanalitik konsepsiya bixeviorizmdan far-qli o'laroq, motivatsiyaning negizida insonga xos bo'lgan mayllar yotishini tan oladi. Buning manba sifatida maylni tortuvchi tana a'zosining qaysi bir qismidagi somatik jarayon tushuniladi. Freyd naz-ariyasida mayl bilan instinkt alohidaligi ko'rsatib o'tilmagan, bu esa o'ziga xos yondashuvdir. Ongsi-zlik ta'limotining asoschisi Z. Freyd xulq ehtiyoji va motivlari muammosini ishlab chiqqan bo'lib, uning-cha, motivatsiya manbai tur va individning saqlash

2 Ильин Е П. Мотивация и мотивы — СПб.: Питер, 2011. - 512 с.

3 F.I. Xaydarov, N.I. Xalilova. Umumiy psixologiya. - Т.: 20l9. - 275 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 9 (118)

instinkti hisoblanadi1. Bizningcha, insonning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiylashuvi nuqtai nazaridan yon-dashishni talab etsa, u holda ongsizlik va onglilik munosabati o'zaro bir-birini taqozo qiladi.

Motivatsiyaning talqini geshtalt psixologiya maktabida o'ziga xos xususiyatga ega. Jumladan, K. Levin motivlarni eksperimental o'rganish meto-dikasini ishlab chiqqanda ularni mutlaqo mustaqil hukm suradi, degan fikrga keladi. Geshtalt psix-ologiyasida obraz kategoriyasi qanday tushunilgan bo'lsa, K. Levin o'zining "maydon (makon) nazari-yasida" motivni xuddi shunday kategoriya sifatida qo'llaydi2. Obraz bilan motivni o'zaro aloqasi inkor qilinadi, vaziyatning jismli ma'noviy mazmuni va uning doirasidagi motivatsiya tan olinmaydi. Mual-lif xulqni tushuntirganda, shaxsning favquloddagi vaqt mikrointervalida yaqqol muhit bilan bevosita munosabatidan kelib chiqadi.

Sportchi faoliyati motivatsiyasini o'rgangan amerikalik olimlar S. Xatch, D. Tomsenlar sport mashg'uloti bilan shug'ullanishning turli sababla-rini ko'rsatishadi3. Bu sabablar ikki asosiy, ya'ni intrinsiv va ekstrinsiv motivatsiyalar kategori-siga ajratiladi. Intrinsiv motivlashgan sportchilar sport bilan xursandchilik kabi ichki sabablar tufayli shug'ullansa, ekstrinsiv motivlashgan sportchilarn-ing sport bilan shug'ullanishida moddiy rag'bat kabi tashqi sabablar asos bo'ladi. Musobaqaviy sportda tashqi rag'bat markaziy o'rinda bo'ladi: sportchi hurmat-ehtiromga sazovor bo'ladi, muko-fotlanadi, moddiy rag'batlantiriladi. Tashqi rag'bat to'g'ri qo'llanilganda sportchi uchun foydali bo'ladi. Yuqori darajali sport musobaqalarida tashqi rag'batning ortishi natijasida sportchi o'zida intrinsiv motivatsiyaning pasayishini kechiradi. Bu esa sportchining faqat tashqi rag'bat bo'lsagina harakat motivatsiya bo'lishiga olib keladi. Ushbu jarayonda sportchi motivatsiyasi o'zgarishi sodir bo'lmasligi uchun tashqi rag'bat bilan birga intrinsiv motivatsi-yani ham saqlab qolish yoki kuchaytirish lozim.

Maqolaning ilmiy yangiligi shundan iboratki, yosh sambochilarning sport faoliyatida namoyon bo'ladigan ekstrinsiv va intrinsiv motivlarni meyor-lashrituvchi quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi

1. Sportchilarda ichki nizolarni yengib o'tish va muvaffaqiyat motivatsiyasini rivojlantirish belgi-landi.

1 O.E. Hayitov. Sport faoliyati psixologiyasi. //2021-yil. -132 b

2 Ордеева Т.О. Психология мотивации достижения. — М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2006. -31 с.

3 A.U. Xaitov. Sport psixodiagnostikasi va psixokorreksiya. //2020-yil. - 35 b

2. O'z faoliyati bo'yicha yechim qabul qilishning asoslilik ko'rsatgichini oshirish va intrinsiv moti-vatsiyalarni shakllantirish.

3. Rad etilishdan va muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish motivatsiyasini yengib o'tishga o'rgatish.

4. Sportchilarda faoliyatga undovchi vaziyat (motivator)larni va xatti-harakatlar asosini to'liq anglash darajasini yuksaltirish.

Tadqiqotning maqsadi yosh sambochilarda (15-18 yosh) motivlar rivojlanishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasiga tayanib g'alabani ta'minlashga yo'naltirilgan ilmiy-psixologik hamda amaliy-tarbiyaviy dastur, tavsiyalar ishlab chiqish-dan iborat.

Tadqiqotning ob'yekti sifatida Toshkent Sha-har Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan Yuzrabot bolalar o'smirlar sport maktabi sambochilari tan-landi.

Tadqiqotda ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, tizimlilik, psixologik eksperiment, psixodiagnostik usullar, korreksion usullar va qiyosiy-mantiqiy tahlil-dan foydalanildi.

Tadqiqotning empirik manbaini anketa so'rovnomalari natijalari tashkil etdi.

Asosiy qism.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, motivlar nafaqat sport bilan shug'ullanishga undovchi omillardir, balki ayni paytda sportchilar xatti-harakatlarini boshqarishning ham eng kuchli va o'ta muhim vosi-tasidir. Shu boisdan sport murabbiylari, sport bilan mashq qiluvchilarning motivlarini har tomonlama sinchkovlik bilan o'rganishlari zarur. Sport murabbi-ysi o'z qo'l ostidagilarning sport bilan shug'ullanishi motivlarini bilishi amaliy jihatdan nihoyatda muhim. Zero, motivlarni bilishi orqali murabbiy sportchining o'quv va mashg'ulotlar jarayonidagi faolligini oshirishi, uning musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishida muhim ahamiyatga ega bo'ladigan ayrim ma'naviy va irodaviy sifatlarini takomillashti-rishi mumkin bo'ladi. Inson faoliyatining ma'nosi faqat natijaga erishishda bo'lmaydi. Faoliyatning o'zi o'ziga jalb qilishi mumkin. Insonga ushbu faoliyatni bajarish jarayoni ma'qul bo'lishi mumkin (mas. jismoniy yoki aqliy mehnat). Bu faoliyat insonga mamnuniyat olib kelishi va spesifik ehti-yoj hisoblanishi mumkin. Subyektni faoliyatning natijasi emas, uning jarayoni harakatga undasa, bu motivatsiyaning jarayonli komponenti mavjudligini bildiradi. Ayni vaqtda ayniqsa jarayonli komponenti salbiy emotsiyani yuzaga keltirsa natijaga oid motivatsiya ustanovkasi inson faoliyatini bel-gilashda tashkiliy rolni bajaradi. Bu holatda inson

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 9 (118)

V__

1-jadval. "Motivlarning turli komponentlari anglanganligini ifodalash metodikasi"natijalar tahlili

№ Motivatsiya xususiyatlari Quyi O'rta Yuqori

1 Faoliyatga undovchi vaziyat (motivator)larni anglash darajasi 8 11 5

2 Ekstrinsiv motivatsiya 11 7 6

3 Intrinsiv motivatsiya 7 8 9

4 Xatti-harakatlar asosini to'liq anglash darajasi 9 10 5

5 Yechim qabul qilishning asoslilik ko'rsatgichi 7 9 8

I 42 45 33

energiyasini mobilizasiya qiluvchi maqsad birinchi planga o'tadi. Biz ushbu ilmiy qarashlarni inobatga olgan holda A. Yermolin va Ye.P. Ilinning "Motivlarning turli komponentlari anglanganligini ifodalash metodikasi"™1 yosh sambochilarda o'tkazishga qaror qildik.

Ushbu metodika A variant - 7 ta tugallanmagan jumla va B variant - 6 ta syujetli savoldan iborat bo'lib sportchilarning vaziyatlarda qanday moti-vatsiya bilan harakat qilishini, ekstrinsiv yoki intrin-siv motivatsiyalarni aniqlash imkonini beradi.

Empirik o'rganish natijalari.

A. Yermolin va Ye.P. Ilin "Motivlarning turli komponentlari anglanganligini ifodalash metodikasi" bo'yicha olib borilgan tadqiqot jarayonida tanlab olingan 24 nafar sportchi ishtirok etdi va sportchin-ing quyidagi xususiyatlarini bilish imkonini berdi.

1. Faoliyatga undovchi vaziyat (motivator)larni anglash darajasi.

2. Motivlarning ekstrinsiv yoki intrinsiv xususi-yati.

3. Xatti-harakatlar asosini to'liq anglash darajasi.

4. Yechim qabul qilishning asoslilik ko'rsatgichi.

Yuqorida keltirilgan ikki ekstrinsiv motivatsi-

yalarga asosan, tashqi rag'batlar sportchining intrinsiv motivatsiyasini susaytirishi yoki kuchayti-rishi mumkin. Quyidagi holatlarda tashqi rag'batlar intrinsiv motivatsiyani kuchsizlantirishi kuzatiladi:

1. Tashqi rag'bat sportchining xatti-harakatini nazorat qiladi (moddiy rag'batga tayanish).

2. Tashqi rag'bat sportchining imkoniyat-lari to'g'risida negativ ma'lumot beradi (moddiy rag'batga erisha olmaslik).

3. Tashqi rag'bat maxsus xatti-harakat yoki ijro etish darajasi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanmagan.

4. Tashqi rag'bat ichki rag'batlangan xatti-harakatga berilganligi.

Ishtirokchilarda o'tkazilgan metodikalar nati-jalariga asosan faoliyatga undovchi vaziyat (motiva-tor)larni, xatti-harakatlar asosini to'liq anglash darajasi, yechim qabul qilishning asoslilik ko'rsatgichi

1 Nishanova Z. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya //2015-yil. - 202 b

quyi, ekstrenisiv motivatsiyasi yuqori, rad etilishdan qo'rqish motivatsiyasi ustunlik qiluvchi, muvaf-faqiyatsizlikdan qo'rqish motivatsiyasi bilan harakat qiluvchi sportchilar saralab olindi va ushbu sport-chilar bilan ishlash uchun intrinsiv motivatsiyani riv-ojlantirish dasturi tuzib chiqildi.

Ushbu dastur asosida sportchilarning faoli-yat motivatsiyasiga to'siq bo'luvchi holatlar tadqiq etildi. Spotchilarda mavjud bo'lgan ichki ziddiyat-lar va ularni kompensatsiya qilish borasida amaliy vazifalar bajarildi. Rad etilishdan qo'rqish motivatsiyasi o'zgartirildi. Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish motivatsiyasi bilan harakat qiluvchi sportchilar muvaffaqiyat motivatsiyasi bilan harakat qilishi ta'minlandi. Shu tariqa tadqiqot avvalida qo'yilgan maqsad va vazifalar to'liq amalga oshirildi. Olib borilgan tadqiqot jarayonida muammoning dolzar-bligi yana bir bor o'z tasdig'ini topdi va sportchilar faoliyatida muvaffaqiyatni ta'minlashga xizmat qiladi.

Xulosalar.

Yosh sportchilarda motivatsiyani shakllantirish omillarini o'rganish jarayonida, tadqiqot natijalari bizni bir qator xulosalarga kelishimizga olib keldi. Bu holat, yosh sportchilarda motivatsiya kompo-nentlarini o'stirish, g'alabaga intilish motivlarini kuchaytirish, sport mahoratini rivojlantirish, kasbiy kamolot kabi masalalarga oydinlik olib kelishi ehti-moldan holi emas.

1. Yosh sambochilarda sport motivlarini kuchaytirish, shaxsning qiziqishlar ko'lami, ehtiyojlar turi, bilim va ko'nikmalar darajasi, g'alabaga intilish motivlari, mag'lubiyatdan qochish va da'vogarlik darajasi kabi psixologik komponentlardan iborat. Irodaviy tarbiya, rag'batlantirish motivatsiyani shak-llantiruvchi omil bo'lib, ular sport turlarining xususi-yatiga qarab, namoyon bo'lib boradi.

2. Yosh sambochilarning texnik tayyorgarligini oshirishdagi motivatsion jihatlarini individual tarzda tahlil etish esa, mashqlantirish tizimi va faoliyatining hamkorlik shakli to'g'risidagi nazariy materiallarda o'z aksini topadi deyish mumkin.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 9 (118)

2-jadval. Ichki (intrinsiv) motivatsiyani rivojlantirish dasturi

Bosqichlari Maqsadi Tuzilishi Vaqti

1. Kirish Guruh a'zolarini bir birlari bilan yaqindan tanishib olishlarida, trener o'zini ham yaqindan tanishtirish orqali guruhga ishonch hisini orttirish muhitini yaratish, maqsadlarni belgilash. Suhbatlar, munozaralar, o'yinlar, muammolarni hal qilish. 1-kun (2 soat)

2. Nazariya Ichki motivatsiya mavzusining asosiy nazariy qismiga kirish va inson faoliyatidagi o'rni. Kichik ma'ruza, suhbatlar, munozaralar. 2-kun (2 soat)

3. Refleksiya (aks ettirish) Trening ishtirokchilarining ichki motivatsiyani rivojlantirishda qadriyatlarning roliga e'tibor qaratish o'z qadriyat sohasini o'rganish. Ishtirokchilar natijalar asosida o'z-o'zini tavsiflovchi insho yozish. 3-kun (2 soat)

4. Maqsadni shakllantirish Dastur ishtirokchilari uchun belgilangan rollarda insholar yaratish Ish natijalarining umumiy muhokamasi, taklif etilgan insholar bilan kelishuvda dasturning shakliy bosqichini boshlash. 4-kun (2 soat)

5. Shakllantiruvchi Ichki xulq - atvorda tajriba orttirish. Ajratilgan rolni ijro etish taklif etiladi va u tufayli ichki motivatsiyani oshirish samarasiga erishiladi. 5-kun (2 soat)

6. Qayta aloqa. Nazorat Rol o'ynash va yuzaga kelgan muammolarni tahlil qilish. Vaziyatlar muhokamasi, rolli o'yinlar va munozaralar o'tkaziladi. 6-kun (2 soat)

7. Shakllantiruvchi Motivatsion sohadagi o'zgarishlar bo'yicha ishlarning davomi. Motivatsion sohadagi o'zgarishlar bo'yicha ishlarning davomi. 7-kun (2 soat)

8. Diagnostika Trening ishtirokchilarining shaxs qadriyatlari va konstruksiyalari tizimlaridagi hamda real xulq-atvordagi o'zgarishlarni aniqlash. Trening ishtirokchilari qo'llanilgan usul yordamida o'z qiymatlarini va konstruksiyalarini aniqlaydilar va ularni avvalgi tadqiqot natijalari bilan taqqoslaydilar. 8-kun (2 soat)

3. Muntazam sport bilan shug'ullanish nati-jasida motivlar xarakterida o'zgarish sodir bo'ladi. Tanlangan sport turi bilan shug'ullanish natijasida shu sport turiga nisbatan maxsus qiziqishning orti-shi sportchida, shu sohaga oid bilimlarning o'sishi, mashhur sportchilar hayoti va faoliyati haqida ma'lumotlar to'plash, sportdagi dastlabki muvaffaq-iyatlar natijasida sport bilan shug'ullanish motivlari kuchayadi.

4. Yosh sambochilarning texnik tayyorgarligini namoyon etuvchi psixologik xususiyatlar izohi bora-sidagi tadqiqotlar uchun maxsus psixologik metodi-kalarning yetarli emasligi ko'zga tashlanadi. Bu esa metodikalarni sportchilarning tayyorgarlik darajasi-dan kelib chiqib tatbiq etishga to'g'ri keladi.

5.Sport mahoratining yuqori bosqichida qo'lga kiritilgan sport darajasini yuksak jismoniy va ruhiy ko'rsatkichni saqlab turish xohishi sportning ushbu turini yanada rivojlantirish istagi va nihoyat mam-lakat sport sharafini himoya qilish kabi xohishlar asosiy motivlari bo'lib chiqadi.

Shuni ham ta'kidlash kerakki, yuqori darajali sport musobaqalarida tashqi rag'batning orti-shi natijasida sportchi o'zida intrinsiv motivatsi-yaning pasayishini kechiradi. Bu esa sportchining faqat tashqi rag'bat bo'lsagina harakat motivatsiya bo'lishiga olib keladi. Ushbu jarayonda sportchi motivatsiyasi o'zgarishi sodir bo'lmasligi uchun tashqi rag'bat bilan birga intrinsiv motivatsiyani ham saqlab qolish yoki kuchaytirish lozim.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5924-son Farmoni. - https://lex.uz/ru/docs/-4711327

2. Ильин Е.П. Мотивация и мотивы — СПб.: Питер, 2011. - 512 с.

3. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. - Т.: 2019. - 275 b.

4. Hayitov O.E. Sport faoliyati psixologiyasi. - Т.: 2021-yil. - 132 b

5. Ордеева Т.О. Психология мотивации достижения. — М.: Смысл; Издательский центр «Академия», 2006. - 31 с.

6. Xaitov А.и. Sport psixodiagnostikasi va psixokorreksiya. - Т.: 2020. - 35 b.

7. Nishanova Z. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. - Т.: 2015. - 202 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 9 (118)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.