Научная статья на тему 'SPORT MAKTABI O’QUVCHILARIDA O’ZINI-O’ZI IRODAVIY BOSHQARISHNING O’ZIGA XOSLIGI'

SPORT MAKTABI O’QUVCHILARIDA O’ZINI-O’ZI IRODAVIY BOSHQARISHNING O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
198
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sportchi / irodaviy xususiyatlar / xarakter / sport musobaqalari / iroda / o’zini-o’zi boshqarish / athlete / willpower / character / sports competitions / will / self-management

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Tog’ayev Dostonjon

ushbu maqolada sport maktabi o’quvchilarining o’zini-o’zi irodaviy boshqarishning o’ziga xosligi va sportchilarda o’zini-o’zi irodaviy boshqarishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFICITY OF SELF-DETERMINATION IN SPORTS SCHOOL STUDENTS

This article discusses the specifics of voluntary self-management of sports school students and the socio-psychological features of voluntary self-management in athletes.

Текст научной работы на тему «SPORT MAKTABI O’QUVCHILARIDA O’ZINI-O’ZI IRODAVIY BOSHQARISHNING O’ZIGA XOSLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

SPORT MAKTABI O'QUVCHILARIDA O'ZINI-O'ZI IRODAVIY BOSHQARISHNING O'ZIGA XOSLIGI

Tog'ayev Dostonjon Samarqand davlat universiteti magistranti

Annotatsiya: ushbu maqolada sport maktabi o 'quvchilarining o 'zini-o 'zi irodaviy boshqarishning o 'ziga xosligi va sportchilarda o 'zini-o 'zi irodaviy boshqarishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: sportchi, irodaviy xususiyatlar, xarakter, sport musobaqalari, iroda, o 'zini-o 'zi boshqarish

Аннотация: В статье рассматриваются особенности добровольного самоуправления у учащихся ДЮСШ и социально-психологические особенности добровольного самоуправления у спортсменов.

Ключевые слова: спортсмен, сила воли, характер, спортивные соревнования, воля, самоуправление.

Abstract: This article discusses the specifics of voluntary self-management of sports school students and the socio-psychological features of voluntary self-management in athletes.

Keywords: athlete, willpower, character, sports competitions, will, self-management

KIRISH

Iroda - sportchining ongli harakatlarida, o'zini-o'zi boshqarishida ifodalanadigan, ayniqsa, maqsadga erishish yo'lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengib chiqishida namoyon bo'ladigan ixtiyoriy faollikdir. Shuningdek, sport maktabi o'quvchilari kamolotida sportchilarga xos sifatlar bilan birga irodaviy xususiyatlar ham muhim o'rin egallaydi. Jumladan, sport maktabi o'quvchisi o'zini-o'zi anglashi bilan birga o'zini-o'zi boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishi orqali o'zining xulq-atvor, xatti-harakatlarini nazorat qilish qobiliyati tarkib topadi.

O'zini-o'zi irodaviy boshqarish adekvat, maqsadga yo'naltirilgan, integratsiyalashgan psixikaning namoyon bo'lish shartidir. Sportchining o'zini-o'zi tarbiyalashi va o'zini-o'zi takomillashtirishi, sportning texnika va taktikasiga oid ta'lim olishi, kasbiy faoliyati, jamiyatdagi hatti-harakatlari muntazam ravishda undan o'zini-o'zi boshqarishni talab qiladi. Bu ong va sportchining o'zini-o'zi anglashining muhim belgisi hisoblanadi. U sportchining o'z ichki dunyosi va tashqi ob'ektiv

borliqni adekvat psixik aks ettirish sharti sifatida yuzaga keladi. O'zini-o'zi

938

Scientific Journal Impact Factor

О

boshqarish sportchini yuqori darajadagi murakkab tizimining va g'alabaning nishonasi sifatida yuzaga keladi va sportchi faolligining ajralmas qismi hisoblanadi.

Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilma va o'z-o'zini boshqarish sifatida eng avvalo o'ziga, o'z hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Bu hukmronlik har xil sporchilarda har xil darajada ifodalanishi hammaga ma'lumdir. Oddiy ong o'zining namoyon bo'lishi tezligiga qarab farqlanadigan, bir qutbda irodaning kuchi, boshqa birida esa kuchsizligini ifodalaydigan irodaning individual xususiyatlarining spektrini qayd qiladi. Kuchli irodaga ega bo'lgan sportchi qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'lida uchraydigan istagan qiyinchiliklarni bartaraf eta oladi, ayni chog'da qat'iylik, mardlik, jasurlik, chidamlilik kabi irodaviy fazilatlarni namoyon qiladi. Irodasi sust sportchilar qiyinchiliklar oldida ojizlik qiladilar, qat'iyatlik, sabr matonat ko'rsatmaydilar, xulq-atvor va faoliyatning ancha yuksak, ma'naviy jihatdan oqlangan motivlari uchun o'zlarini tuta bilmaydilar, bir daqiqalik maylni yo'qota olmaydilar.

Jamiyat a'zosi bo'lgan sportchi o'zining butun faoliyati davomida atrofdagi kishilar uchun nazoratning ob'ekti bo'lib kelgan. Jamiyat nazorati ostida sport maktabi o'quvchisi ta'lim oladi va tarbiyalanadi, sport faoliyati bilan band bo'ladi, axloq qoidalari asosida xatti-harakatlarini amalga oshiradi. Boshqa tomondan, sportchi nazoratning sub'ekti sifatida uning o'zi nazorat mexanizmlarini tashuvchisi hisoblanadi. Bu nazorat boshqalarga yoki shaxsning o'ziga yo'naltirilgan bo'ladi. Birinchi holatda nazorat ob'ekti bo'lib boshqalarning xatti-harakatlari va ijtimoiy, tabiiy va texnik tizimdagi faoliyat jarayonining harakteri xizmat qiladi. Lekin shaxsning shaxsiy xatti-harakatlari, psixik holatlari ham uning o'zi uchun nazorat ob'ekti bo'lishi mumkin. Aynan oxirgi vaziyatda, ya'ni shaxsning o'z psixik sohasini nazorat qilishida, biz o'zini-o'zi boshqarishni ko'ramiz.

"Bir tomondan, o'zini-o'zi boshqarish shaxsning o'zi tomonidan nazorat qilinadigan va tekshiriladigan holatlarsiz amalga oshmaydi. Boshqa tomondan esa, o'zini-o'zi nazorat qilishning tarkibida "hamisha bo'lishi kerak", degan etalon ishtirok etadi. Boshqarish va etalonning qay darajada mos tushishi taqqoslash operatsiyalari vositasida aniqlanadi. Agar boshqarishning oxirida biror bir fakt keltirilmasa bu ularning orasidagi mutanosiblik mavjudligidan dalolat beradi"1.

1 Халилова Н.И. ва бошк. Шахсда узини-узи назорат килишнинг таркибий тузилмалари. Баркамол авлодни шакллантириш - маънавий тараккиёт омили. Республика илмий-амалий конференция материаллари. Т., 201-бет.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Scientific Journal Impact Factor

0

MUHOKAMA

Sportchi faolligining har xil ko'rishlari ichida o'zini-o'zi irodaviy boshqarish alohida o'ziga xos shakldan iboratligi bilan ajralib turadi. O'zini-o'zi boshqarish sportchining o'z xatti-harakatlarini (xulq-atvorini) o'zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi mujassam bo'lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko'zga tashlanadiki, bunda sportchi o'zini o'zi boshqaradi, o'zini qo'lga oladi, o'zining xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug'ilsa, u holda ularni tamoman yo'qotadi ham.

Iroda paydo bo'lishining bosh omili-sportchi tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarni tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi sportchining faolligidir. O'zini-o'zi irodaviy boshqarish faoliyati sportchi tomonidan keng qo'lamda anglanilgan va ruhiy jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo'yicha irodaviy zo'r berishni talab qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida amalga oshirishga mo'ljallangan harakatlar uchun vositalar va operatsiyalar tanlash, maqsad ko'zlash va unga erishishning usullarini saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo'lib hisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional tomoni deb baholanadi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, ba'zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda o'zini -o'zi irodaviy boshqarish faoliyati sportchining butun hayot yo'lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy-psixologik qiyofasini namoyon qiladigan va ma'naviy-axloqiy qadriyatini ro'yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan uyg'unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish jarayonida sportchi ongli harakat qiluvchi sub'ekt tariqasida ham ularning kashfiyotchisi, ham bir davrning o'zida ijrochisi (bajaruvchi) bo'lib ishtirok etadi. Mazkur holatda sportchi o'zida to'kis mujassamlangan qarashlari tizimiga (dinamik stereotipiga), iymon-e'tiqodiga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, hayotiy munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma'naviyatiga asoslangan holda ongli yo'l tutadi.

Sportchining hayot yo'lida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan fazilatlar, sog'lom fikr, ustuvor hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish jarayonlariga ta'sir qilib, umumiy hamkorlik tizimida o'z izini qoldiradi.

Scientific Journal Impact Factor

О

Javobgarlik hissi shaxs ma'naviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon bo'lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko'taruvchisi funksiyasini bajaradi.

R.M.Zagaynov, chempion sportchi irodasining alohida ajralib turuvchi xususiyati, uning irodasi shaxsning faoliyatda ishtirok etuvchi barcha psixologik tizimlari bilan "bog'lanish kanallariga" ega ekanligini ta'kidlab, bir necha parametrlami ko'rsatadi. 2

Ulardan birinchisi, shaxsning ma'naviy jihatdan quvvatini ta'minlovchi ichki dunyosi bilan. Ya'ni sportchining dunyoqarashi irodaga va iroda kuchining namoyon bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Dunyoqarash sportchilarning musobaqa va mashqlantirish jarayonidagi har qanday qiyinchiliklarni yengishlarida ularning irodalarini harakatga keltiruvchi buyuk kuchdir. Ishonch-e'tiqodlar kishining intilishlari va harakatlarini ongli intilish va harakatlar bo'lishiga yordam beradi. Intilishlarimiz va harakatlarimiz, ongli intilish hamda harakatlar bo'lsa va harakatlarimiz qaratilgan maqsad mug'im bo'lsa, bu harakatlar ham juda aniq, qat'iy va barqaror bo'ladi. Ulug' maqsadlar, yuqori faollashgan energiya tug'diradi.

Ikkinchisi, tafakkuri bilan, bunda iroda aql-idrokka "rahbarlik qiladi", ya'ni faoliyat manfaatlaridan kelib chiqib, eng muhim qarorni qabul qilishga "undaydi". Ya'ni, irodaviy jarayonlarning va irodaviy harakatlarning barcha momentlarida nutq bilan chambarchas bog'liq bo'lgan tafakkur, ayniqsa katta rol o'ynaydi. Irodaviy harakatlar aql bilan qilinadigan harakatlardir. Sportchi bor bilimlari va tajribasiga asoslangan holda o'ylab biron maqsadni qo'yadi va harakat qiladi, o'ylab ma'lum qarorga keladi, o'ylab maqsadni amalga oshirish yo'li va vositalarini tanlab oladi, o'z harakatlaridan kelib chiqadigan natijalarni oldin o'ylab ko'radi va o'ylab harakatga kirishadi. Sportchi o'zining harakatlarini oldindan rejalashtiradi.

Rejalashtirish, o'ylash fikr qilganda ham puxta fikr qilmak demakdir. Tafakkur va nutq faoliyati tufayli biz o'z intilishlarmizni juda yaxshi anglab olamiz, harakatlarda ko'zga tutgan maqsadlarimiz juda ham aniqlashadi, qabul qilingan qarorlarimiz yanada mahkamroq asoslanadi va u asosli qaror bo'ldi. Qiladigan harakatlarimiz esa, rejalashgan va tartibli bo'ladi. Tafakkur faoliyati vazminlik va o'zini tuta bilish, qat'iyat va chidamlik kabi kuchli iroda sifatlarini belgilaydi.

2 Загайнов Р.М. К проблеме уникальности личности спортсмена-чемпиона. "Спортивный психолог" журнали

NATIJALAR

№1(4), 2005, 4-6 б.

Scientific Journal Impact Factor

0

Uchinchisi, motivatsiya bilan, bunda iroda motivatsiyani yoki uni optimallashtirish vositasini izlashni boshqaradi; motivlar kurashida hissiyotlarning roli kattadir. Hissiyotlar bizni muayyan bir qarorga kelishga undaydi. Bunda hissiyotning iroda jarayonidagi roli ikki turli bo'lishi mumkin: ijobiy faollashtiruvchi va salbiy tormozlashtiruvchi rol o'ynashi mumkin. Agar biron maqsadni tasavvur qilish kishining kuchli hisssiyotlarini yo'qotsa va bunday hissiyot ta'siri bilan sportchi asoslangan qarorga kelsa, bunday paytda hissiyotlar sportchi irodasini faollashtiradi hamda uni mustahkamlaydi. Bunday hollarda hissiyotlar maqsadga erishishda sportchilarning dadilligini, kuchini, qat'iyatliligini, barqarorligini va sabotini ta'minlaydi.

To'rtinchidan, psixofiziologik holat bilan, bunda faqat iroda kuchigina o'ta kuchli charchoqni yengib o'tishi, deyarli mavjud bo'lmagan zaxira kuchlarini topadi va hokozo. Iroda kuchiga hissiyotlar juda katta ta'sir ko'rsatadi. Hissiyotlar iroda jarayonining dastlabki fazasi bo'lmish intilishlar bilan mustahkam bog'liq. Hissiyotlar intilishning kuchiga ta'sir qiladi, maqsad va uni amalga oshirish yo'li va vositalari haqidagi tasavvurlarni oydinlashtiradi va jonlantiradi.

Qilinadigan katta ishlarda yo'nalish, ishonch, g'ayrat va ijobiy ehtiroslarning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi hammamizga ma'lum. Yuksak siyosiy-ijtimoiy va axloqiy hissiyotlar, vijdoniy burch hissi va xususan vatanparvarlik hissi sportchi irodasini mumtahkamlaydi, uni kuchli va sabotli qilib qo'yilgan maqsadni amalga oshirishida ishonch bag'ishlaydi.

Sporchi hissiyotlari, agar irodasiga qaratilgan maqsadga mos kelmasa, u holda hissiyotlar irodaga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Bunday hollarda hissiyotlarning salbiy ta'siri irodani tormozlashtiradi. Ko'pincha qat'iyatsizlik, beqarorlik va irodani ojizligi shunday hissiyotlar ta'siri ostida voqe bo'ladi. Ba'zan iroda kuchini ishga solib ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni quvvatlovchi hissiyotlarni cheklashga, ularni kuchsizlantirishga yoki batamom yo'qotib yuborishga to'g'ri keladi. Yuqorida aytib o'tilganidek, mana shunday hollarda iroda kuchining alohida sifatlari bo'lgan vazminlik va o'zini tuta bilish sifatlari ko'rinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES) l.Ivanov P.I, Zufarova M.Y. Umumiy psixologiya darslik T.: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" 2008.

2.Gapparov Z.G Sport psixologiyasi: Jismoniy tarbiya institute talabalari uchun darslik/ tarj M.Omonov, T.: 2011

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.