Научная статья на тему 'INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR YOSH SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI SIFATIDA'

INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR YOSH SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
938
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport / psixologiya / individuallik / temperament / o„smir. / sports / psychology / individuality / temperament / adolescence

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Mаtlubа Bеrdаli Qizi Eshmurоdоvа

Ushbu maqolada yosh sportchilarning sport faoliyatiga moslashuvida ijtimoiy omillar va eng asosiysi uning individual o„ziga xosligi muhim ahamiyat kasb etishi yoritib o„tilgani.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INDIVIDUAL-TYPOLOGICAL FEATURES AS ADAPTATION OF YOUNG ATHLETES TO SPORTS ACTIVITIES

This article highlights the importance of social factors and, most importantly, individuality in the adaptation of young athletes to sports activities.

Текст научной работы на тему «INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR YOSH SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI SIFATIDA»

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR YOSH SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI SIFATIDA

Ushbu maqolada yosh sportchilaming sport faoliyatiga moslashuvida ijtimoiy omillar va eng asosiysi uning individual o'ziga xosligi muhim ahamiyat kasb etishi yoritib o'tilgani.

Kalit so'zlar: sport, psixologiya, individuallik, temperament, o'smir.

INDIVIDUAL-TYPOLOGICAL FEATURES AS ADAPTATION OF YOUNG ATHLETES TO SPORTS ACTIVITIES

Matluba Eshmurodova

matlubaeshmuradova0088@gmail.com Uzbek State University of Physical Culture and Sports

This article highlights the importance of social factors and, most importantly, individuality in the adaptation of young athletes to sports activities.

Keywords: sports, psychology, individuality, temperament, adolescence

Sport faoliyati sportchining ruhiy olami beto'xtov harakatlar majmuasidan iborat bo'lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o'xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois, yosh sport sportchi ruhiyatida tashqi atrof-muhit to'g'risidagi taassurotlar, o'tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o'zaro o'rin almashtirib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli qo'lami, xususiyati, hislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo'lishi

Matluba Berdali qizi Eshmurodova

matlubaeshmuradova0088@gmail.com O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

kuzatiladi. Shuning uchun bo'lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, yengil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko'rsatadilar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Yosh sportchilarning sport faoliyatiga moslashuvida o'smirning individualligi va harakteri juda katta axamiyat kasb etadi. Chunki o'smir ozmi-ko'pmi o'zi hayotda orttirgan tajribasiga tayanib tashqi ta'sirlarga javob qaytaradi va shu asnoda o'zi yashayotgan muhitga va faoliyatining ma'lum bir qismiga aylangan sport sohasiga moslashuv jarayonini jadallashtiradi. Sportchining sport to'garaklariga moslashuvida uning temperamenti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, sportchilarning sport to'garaklariga moslashuvi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg'ularga ham bevosita bog'liqdir. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy kechinmalarning dinamik xususiyatlari o'rtasida muayyan darajasida tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko'rsatish maqsadida qo'shimcha belgilar kiritiladi va o'ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq.

1. Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o'laroq, aynan shu shaxsning o'zida, uning turli faoliyatlarida, xatti-harakatlarida, muomalasida ifodalanadi.

2. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo'lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) butun davomida yoki uning muayyan bir bo'lagida (ta'sirga beriluvchanligi sababligidan qat'i nazar) barqaror, o'zgarmas va mustahkamdir.

3. Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o'zaro bir-biri bilan g'ayriqonuniy ravishda birlashgan bo'lmasdan, balki ular o'zaro bir-biri muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o'ziga xos tizilmani vujudga keltiradi.

4. Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir o'smirning psixik faoliyati dinomikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o'zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega ega bo'lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o'zgarmovchi, temperament tipini tasvirlovchi tuzilmani tashkil qiladi.

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

Temperament va xarakter shaxsning ijtimoiy munosabatlarda yaqqol namoyon bo'ladigan xususiyatidir.

Xarakter deganda shaxsda muxit va tarbiya ta'siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak-atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga) o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.

O'smir yoshidagi sport sportchilariga oid bo'lgan bu psixologik xususiyatlar konkret sharoitda namoyon bo'ladi. Konkret sharoit har bir jamiyatning taraqqiyotiga qarab harakterlanadi. Sport sporti ham shaxs faoliyatining eng muhimlaridan biridir. Chunki jismoniy qobiliyatsiz demokratik jamiyat ham va bu jamiyat xaqida tushunchalarni ham tasavvur qilib bo'lmaydi. Sport sportida shaxs jismoniy jihatdan kamolotga yetadi, jismoniy rivojlanish esa shaxsda psixik sifatlar ining o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu ikkalasi bir-biri bilan organik ravishda bog'langan bo'lib, ularni ajratib qarash mumkin emas.

Shunday qilib shaxs tabiiy mavjudot bo'lib u psixologik xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar shaxsning faoliyati jarayonida kamolotga yetadi. Sport sport ham shaxsning konkret, eng muhim faoliyatlaridan biridir. Demak, sport sporti shaxsni kamolotga yetkazish vositalaridan biridir. Shu sababli shaxsni har tomonlama tarbiyalashda sport katta ahamiyatga egadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sport sportida biror razryad olish yoki rekord qo'yish uchun maksimal darajada asab-mushak kuchi sarflashni yuqori tezlik va chaqqonlikni talab qiladi. Sport sport o'zining bu kuchi bilan kishi faoliyatining boshqa turlaridan farqlanib turadi. Sport sport jarayonida o'smir shaxsning harakat malakalari yuksak darajada rivoj topadi. Shuningdek sport sportda shaxsning irodaviy va boshqa psixologik sifatlari takomillashadi. Bu davrda yoshlarni sport sportining u yoki bu turi bilan shug'ullantirishning mohiyati shundaki, agar o'smir yoshi sport bilan shug'ullanish davrini yaxshi o'tkazsa, unda yuksak jismoniy qobiliyat iroda va harakter tarbiyalanadi, shuningdek dunyoqarash shakllanadi. Aksincha o'smir, o'sishning bu muhim davrida jismoniy harakatli o'yinlardan maxrum bo'lar ekan yoki sport sport bilan shug'ullanmas ekan, xayot jarayonida u har tomonlama yetuk shaxs darajasiga ko'tarilishi qiyin kechadi. Demak, o'sish jarayoni muayyan davrida sport sport bilan shug'ullanish o'smirda kelgusi hayot uchun eng muhim bo'lgan jismoniy to'liq: chaqqonlik, epchillik, botirlik, jismony go'zallik va boshqa muhim sifatlarni

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

tarbiyalaydi. Sportchi sportning u yoki bu turi bilan shug'ullanar ekan, u doimo yuqori natijalariga erishishni maqsad qilib qo'yadi. Bu esa o'smir yoshidagi sportchidan:

• Uzoq vaqt davomida mashq qilish natijasida umumiy jismoniy taraqqiyotni, organizmning fiziologik funksiyalarini yuksak darajada rivojlanganligini talab qiladi.

• Sportchida tafakkur yuritish operasiyasining yuksak o'sishini talab q iladi. Chunki sportda darhol yechilishni talab qiladigan usulga, taktikaga oid masalalar tez-tez uchrab turadi. Bu zaruriyat sport sportida tafakkur qilish qobiliyatini o'stiradi. Bundan tashqari sportda emotsiya, idrok va boshqa psixik jarayonlar ham kamol topadi.

• Ilmiy tekshirishlar natijasi shuni qo'rsatadiki, sport sport shaxsi temperamenti va harakterini tarbiyalashda ham muhum ahamiyat kasb etib, ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan murabbiy va sportchilar tekshirilganda ular orasida bo'sh asab tizimiga ega bo'lganlari kam uchraydi. Vaholanki sport sport bilan shug'ullanmagan kishilar o'rtasida bo'sh asab tizimli kishilar tez-tez uchrab turadi.

• Flegmatik - temperementli kishi yaqin distansiyaga tez yugira olmaydi, boksda esa tez harakat qila olmaydi, ammo asab tizimi trenirovka qilish natijasida bunday tipni o'zgarishi sportning ayrim turlarini egallay olganligi isbotlangan.

• Xolerik - temperamentli kishilar yaqin distansiyaga yugurishga, boksga juda mos keladilar, lekin musobaqa paytida oshiqcha xayajonlanadilar, uchragan to'siqlarni yengishda tez jahli chiqadi.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, har bir yosh sportchi sportchilarning sport faoliyatiga moslashuvida uning individual-tipologik xususiyati katta ahamiyat kasb etar ekan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, yosh sportchilarning sport faoliyatiga moslashuv jarayonida har bir sport sohasidagi yoshlarga alohida e'tibor qaratilishi maqsadga muvofiqdir. O'smir yoshidagi sport sportchilarining sport to'garaklariga moslashuvida o'smirning oilaviy sharoiti, atrofidagi o'rtoqlarining asosiy faoliyati, oiladagi tarbiya, u mashg'ulotlarga qatnayotgan sport zalining uzoq-yaqinligi, sport zalining mavqyei, murabbiyning o'ziga xosligi va psixologik bilimga ega bo'lishi, eng asosiysi o'zi tanlagan sport sohasini chin dildan sevishi bilan bog'liq bo'ladi.

O'smir yoshidagi sportchilarning sport to'garaklariga moslashuvida o'smirga ijtimoiy omillar ta'siri va individual-psixologik xususiyatlari, ta'lim-tarbiya va uni urab turgan atrof muhiti juda katta axamiyat kasb etadi.

Xulosa sifatida quyidagilarni ko'rsatib o'tish o'rinli deb o'ylaymiz.

• Sport sporti o'smir yoshidagi sportchi shaxsni garmonik rivojlantirishda

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

alohida ahamiyatga egadir.

• O'smir yoshidagi sport sportchi shaxsining psixik jarayonlari sport sport faoliyatini yaxshilashga ta'sir qiladi, sport esa o'z navbatida bu jarayonni yuksak darajada o'sishida asosiy manba rolini o'ynaydi.

• O'smirning irodaviy - g'oyaviy sifatlarsiz sportda yuksak natijalarga erishib bo'lmaydi. Bu sifatlar esa konkret sport sharoitida shakllanadi.

• Sport shaxs temperamentini ijobiy tomonga o'zgartirishda kuchli bir manbaidir.

Yosh sportchilarni sport faoliyati muhitdagi yangi kasbiy faoliyat(i)ga muvaffaqiyatli moslashganliklariga ko'ra, shartli ravishda respondentlar quyidagi uch guruhga:

1) muvaffaqiyatli (sport faoliyatiga muvaffaqiyatli moslashgan - yuqori natijaga ega va yangi mehnat faoliyat(i)dagi ijodiy jarayondan qoniqish hosil qiluvchilar);

2) nisbatan muvaffaqiyatli (sport faoliyatiga munosabatlari jarayoniga qisman moslashgan - yuqori mehnat unumdorligiga ega, lekin yangi faoliyat(i) jarayonidan qoniqmaydiganlar);

3) muvaffaqiyatsiz (yangi kasbiy faoliyat(i)ga moslashmagan, natija unumdorligi past va faoliyatdan kam qoniqish hosil qiladiganlar) sport faoliyati subyektlariga ajratiladi.

Muvaffaqiyatli moslashuvning asosiy mezoni sifatida quyidagilar: a) kasbiy faoliyatdan yuqoriqoniqishga ega (umumqabul qilingan obyektiv mezonlar); b) mehnat subyekti tomonidan yaratilgan ish joylari soni (qo'shimcha obyekt mezonlari); v) boshqa sport faoliyati bo'yicha foydali taklif etilgan holatlarda sportchining kasbiy faoliyatini o'zgartirishni istamasligi (asosiy subyektiv mezonlar); g) hayotning ba'mani ko'rsatkichlari (qo'shimcha subyektiv ko'rsatkichlar) kabi omillar qabul qilingan.

Shunday qilib, tadqiqotning ko'rsatishicha, 66 nafar (45,1%) sportchi yuqori darajadagi muvaffaqiyatga moslashuvni namoyon etgan ijtimoiy guruhni tashkil etdi. Ya'ni, bu toifa respondentlar faoliyati tahlil qilinganda, uzoqni ko'ra bilishligi, sport mashg'ulotlari rejasini to'g'ri tuzish oqibatida qiziqishlari ko'paygan. 17 nafar (11,5%) sinaluvchi muvaffaqiyatsiz sport subyektlaridan tashkil topgan ijtimoiy guruhga mansub hisoblanishadi. Aniqlanishicha, ularning sport faoliyatiga qiziqishlari kamaygan yoki ahamiyatsiz, mashg'ulotlarga avvaldagidek qatnashishi kamaygan, faoliyatdan qoniqish ko'rsatkichlari past va o'zlarining ayni faoliyat

Google scholar ISSN:2181-2454

www.carjis.org VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

sohalarini o'zgartirishni istaydilar hamda ushbu kasbiy faoliyatga umuman moslasha olishmagan. Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan yana 64 nafar respondentlar nisbatan muvaffaqiyatli sport subyektlari guruhiga mansub sanalishadi. Natijalarning ko'rsatishicha, ularning mashg'ulotlarga qatnash jarayoni ma'lum darajada oshgan va soni ko'paygan.

XULOSA

Yosh sportchilarning sport faoliyatiga ijtimoiy-psixologik moslashuvini tajribaviy tadqiq etishga bag'ishlangan pilotaj bosqichni o'tkazishda maksimal darajadagi eksperimental psixologiya va ijtimoiy fikrni tadqiq etishda amal qilinuvchi instruksion tavsiyalarga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblandi quyidagi ilmiy xulosalarni chiqarishga asos bo'ldi:

- sport sport faoliyatni tanlanilishiga sabab bo'luvchi motivlar va o'zgaruvchan muhitda shaxs moslashuviga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, xususan, tabiiy sharoitni inson o'zgartira olmasa-da, sport jamoasida sog'lom psixologik muhitni shakllantirish orqali noqulay sharoitda ham yosh sportchilarni jtimoiy-psixologik moslashuvini oshirish mumkin;

- sport kasbiy faoliyat(i)ga ijtimoiy-psixologik moslashuvini besh xil: quyi, o 'rtachadan past, o 'rta, o 'rtachadan yuqori, yuqori darajalarga bo'lish mumkin va bu darajalar:

a) o'zaro munosabatlarga kirishidagi holati;

b) sport faoliyati davomida uzoq muddatli tashqi va ichki konfliktlarga bormasligi;

v) sosiogenn ehtiyojlardan qoniqishi;

g) jamiyat (ba'zan referent bo'lmagan guruh) tomonidan taqdim etilishi mumkin bo'lgan rolli kutilmalarga tayyor bo'lishi;

d) ijodiy qobiliyatlarini mustaqil va o'ziga ishongan holda namoyon qila olishini aniqlashda qo'l keladi hamda ijtimoiy-psixologik moslashuv ko'lamini belgilab beradi.

REFERENCES

1. Горбунов Г.Д. Психология физической культуры и спорта: учебник для студ. высш. учеб. заведений / Г.Д. Горбунов, Е.Н. Гогунов. - М.: Издательский центр "Академия". 2009. - 256 с.

2. GapparovZ.G."Sport psixologiyasi". "Mexridaryo" MCHJ, 2011yil.

3. https://studwood.ru/1160972/turizm/vzaimootnosheniya trenera sportsmena sportivnoy komande

4. https://openscience.uz/index.php/sciedu/article/view/823

5. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=J zAxL4YAAAAJ&citation for view=JzAxL4YAAAAJ:abG-DnoFyZgC

Google scholar www.carjis.org

ISSN:2181-2454 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.