Научная статья на тему 'MAKTAB YOSH DAVRIDA RUHIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI'

MAKTAB YOSH DAVRIDA RUHIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1284
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktab yosh davri psixologik / ruhiy faollik / psixik rivojlanish / kompleks / sotsiogenetika. / school age psychological / mental activity / mental development / complex / sociogenetics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nigora Turdiyeva

Ushbu maqolada maktab yosh davrida ruxiy faolikni shakllantirishning psixologik muommolari haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF FORMATION OF SPIRITUAL ACTIVITY AT SCHOOL AGE

This article describes the psychological problems of the formation of mental activity in school age.

Текст научной работы на тему «MAKTAB YOSH DAVRIDA RUHIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI»

MAKTAB YOSH DAVRIDA RUHIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISHNING

PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

Nigora Turdiyeva

Jizzax xizmat ko'rsatish va servis texnikumi psixologi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktab yosh davrida ruxiy faolikni shakllantirishning psixologik muommolari haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: maktab yosh davri psixologik, ruhiy faollik, psixik rivojlanish, kompleks, sotsiogenetika.

PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF FORMATION OF SPIRITUAL

ACTIVITY AT SCHOOL AGE

Nigora Turdieva

Psychologist of Jizzakh Service and Service College

ABSTRACT

This article describes the psychological problems of the formation of mental activity in school age.

Keywords: school age psychological, mental activity, mental development, complex, sociogenetics.

O'zbekiston Respublikasida 21- asrda ta'lim tarbiyani rivojlantirishda ulkan islohatlar olib borilmoqda, ta'limning xar bir bosqichida ta'lim oluvchilarning manfaatlari uchun ularning intelektual salohiyatini oshirish mqsadida jadal rivojlanish bosqichlari shakllantirilmoqda. Yurtimiz kelajagi bo'lgan o'quvchi yoshlarni yuqori bilimli, jismonan baquvvat qilib tarbiyalashga, har tomonlama kamol topgan shaxs sifatida shakllantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi qonunining 55- moddasida "Jismoniy ,aqliy va ruhiy nuqsoni bo'lgan ' bolalarni maxus maktablarda o'qitish to'g'risida qayd etilgan. Avallambor bolalrni xar tomonlama qo'llab quvvatlash ta'lim beruvchi va ota- onalarning muhim vazifasi hisoblanadi. Ruxiy faollik esa tashqi muhit tasirida ro'y beradi.Maktab yosh davrda ruhiy faollikni shakillantirshning psixologik muammolari bolaning o'nib o'sadigan oiladan boshlanadi [1-4]. Oiladagi sog'lom muhutning qanchalik darajada yuqori cho'qqida turishi bilan maktab yoshidagi bolalardagi ruhiy faollik alomatlari ijobiy jihatlari bilan namoyon etila boshlaydi, bunda ota-onaning aka-ukalarning, opa-singillarning bola rivojlanishidagi ta'sirlari bilan izohlanadi.Bolada ruhiy faollikni shakillantirish bosqichlari sekin astalik bilan etapma

etap amalga oshiriladi.Har qanday bolaning ruhiy rivojlanishida uning psixologik muommalli vaziyatlari vujudga kelishi mumkin.Oilada ota-onaning farzandlariga, atrofdagilarga bo'lgan munosabatidan kichik yoshdagi bolalarda ruhiyatining rivojlanishi psixologok ta'sir kuchlarining ijobiy yoki salbiy tomonlarini ko'ris himiz mumkin bo'ladi.Maktab yosh davrida ruhiy faollikni shakillantirshda bolani aqliy taffakurida kechadigan ruhiy kechinmalar psixologik jarayonlar muhum o'rin tutadi.Bu davrda bolalar tomonidan atrof olamga bo'lgan e'tibor jumboqli vaziyatlar va ushbu jumboqli vaziyatlarda bolaning ruhiyatiga bo'ladigan ta'sirlarni to'g'ri yo'nalishga solish va ularning psixologik jihatdan qo'llab quvvatlash ota-ona yoki aka-opalari tomonidan to'gri tashkil etilishi kerak bo'ladi.Boladagi ruhiy faollik holatlari psixologik jihatdan muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirishi mumkin.Masalan oilada ota-ona,aka-opalarning yoki bo'lmasa oilaga qarindoshchiligi bo'lgan kimsalar tomonidan turli vaziyatlardagi (turmush tashvishlarda) uchraydigan vaziyatlar salbiy ta'sir qilishi mumkin [5-9].Bunday holatlarda bolaning ruhiy rivojlanishiga va psixikasiga salbiy ta'sir qilmasligi uchun mavjud muammolli vaziyatlarni yosh bolalarning yonida yoki oldida gapirmaslik muhum sanaladi.Yosh bolaning ruhiy holatidagi o'zgarishlar uning kelajakda qanday xarakterdagi inson bo'lib rivojlanishida katta ta'sir kuchiga ega deb hisoblasak mubolag'a bo'lmaydi.Bolada jismoniy rivojlanish bilan birga shaxs xususiyatlari,intizom, javobgarlik,ma'suliyat va atrofdagilarga bo'lgan hurmat kabi tuyg'ular shakillana boshlaydi. 7-12 yoshli bolalarda tashabbus tuy'gusi ma'lum bir qandaydir ishlarni amalga oshirish atrofdagi o'zidan kattalarga nisbatan muloqat tuyg'usi, bolaning o'z xayolot dunyosi shakillanadi va shu bilan birga ruhiy psixologik jarayonlar kechadi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va harakat usullarining o'zgarishi, murakablashishi sodir bo'lmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o'zgarishlar, ya'ni shaxsning umumiy xususiyatlari rivojlanishini o'z ichiga oladi. Rivojlanish dinamikasiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) bola shaxsini yo'naltirishdagi umumiy xususiyatlar (o'qish, anglash, atrofdagilar bilan munosabat), 2) faoliyatining psixologik tuzilishi xususiyatlari (motiv, maqsad, ob'ekt) va 3) anglash mexanizimining rivojlanish darajasi. Shunday qilib, bolaning butun rivojlanish jarayonini uch qismga bo'lish mumkin: 1) ta'lim jarayonida bilim va faoliyat usullarining rivojlanishi, 2) egallangan usullarni tatbiq etish mexanizmlarining psixologik rivojlanishi, 3) shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishi (yo'naltirilganlik, faoliyatning psixologik tuzilishi, anglash va fikrlash). Ko'rsatilgan rivojlanish yo'llarining har biri o'ziga xos. Bu yo'llarning barchasi o'zaro bog'liqlik va faqat birgalikdagina psixik rivojlanish deb ataluvchi shaxsdagi o'zgarishlar jarayonini tashkil etadi. Psixik rivojlanish va bu o'zgarishlarga sabab bo'ladigan kuchlar o'rtasidagi munosabat qonunlarini o'rganish yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining muhim va dolzarb muammolaridan biridir.Inson shaxsining psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot jarayonidir. Zero, uning o'ziga xos xususiyatlari va

qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o'quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta'sir ko'rsatishning zarur shartidir [10-15]. Xo'sh, odam psixikasi va xatti-harakatlarida namoyon bo'ladigan bu xususiyatlarni nimalar sirasiga kiritish mumkin? Inson psixikasining tabiati biologik yoki inqilobiy harakterga egami?Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik oqim XIX asrning ikinchi yarmida maydonga kelgan.Bola psixik xususiyatlarining tugma tabiati haqidagi ma'lumot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablarining asosini tashkil etib kelmoqda [16-19]. Mazkur ta'limot inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyatlari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir, psixik rivojlanish esa, irsiy yo'l bilan azaldan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususiyatlarning maromiga yetilish jarayonidan iborat deb ta'kidlaydi. Ma'lumki, nasliy xususiyatlar tug'ma yo'l bilan nasldan naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo'lishiga qaramay, bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyatlari «ichki qonunlar» asosida, yani nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog'liqdir, deb ta'kidlaydilar.Biogenetik ta'limot, inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi (chunonchi, imkoniyatlarning chegarasi, uning eng yuksak nuqtasi) taqdir tomonidan belgilanib qo'yilganligini, o'quvchi imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so'ng ta'lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning aqliy iste'dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishga zarur deb ta'kidlashadi.Chunonchi, bu yo'nalish tarafdorlaridan, amerikalik psixolog E.Torndayk o'quvchilarning «tabiyaviy kuchlari» va «tugma mayllar"1 psixik rivojlanishning yetakchi omili qilib ko'rsatib, muhitning, ta'lim-tarbiyaning ta'siri - ikkinchi darajalidir deb aytadi.

Avstraliyalik psixolog K.Byuler bolalarning faqat aqliy taraqqiyotini emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy tomondan belgilangandir, deb ta'kidlaydi.Amerikalik pedagog va psixolog Dj.Dyui-inson tabiatini o'zgartirib bo'lmaydi, odam irsiyat vositasida hosil qilgan ehtiyojlari va psixik xususiyatlari bilan tug'iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo'lib, bazida o'zgarishi, tarbiyaning esa miqdorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.. Z.Freyd, shaxsning faolligini dastavval jinsiy mayllar bilan boglaydi. Biroq instanktiv mayllar jamiyatda xuddi xayvonot olamidagidek erkin namoyon bo'lavermaydi. Jamiyatdagi jamoa hayoti odamni, undagi mavjud instinktiv mayllarni ('ni, jinsiy mayllarni) juda ko'p jihatdan cheklab qo'yadi. Oqibatda odam o'zining ko'p instinktlari va mayllarini bosishga, tormozlashga majbur bo'ladi. Uning ta'limotiga ko'ra, tormozlangan instinkt va mayllar yo'kolib ketmaydi, balki bizga noma'lum bo'lgan ongsizlik darajasiga o'tkazilib yuboriladi [20-25]. Ongsizlik darajasidagi bunday instinktlar va mayllar har turli «komplekstiv birlashadilar, go'yo inson shaxsi faolligining haqiqiy sababi ayni shu «Komplekslar»ni namoyon bo'lishidir. Inson shaxsining tarkib topishini o'rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta'limot- sosiogenetik konsepsiya qobiliyatlarning taraqqiyotini, faqat, tevarak-atrofdagi muhitning ta'siri bilan tushuntiradi. Bu yo'nalish o'z zamonasi uchun ilg'or

1 tugma mayllaf'1

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 602

hisoblangan XVIII asr Fransuz olimi K.Gelvesiy ta'limotidan boshlangan. K.Gelvesiyning ta'limotiga ko'ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tutilishdanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo'ladilar, shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq, faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta'sir qilishi bilan vujudga keladi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya odamlarning psixik, ruhiy, oqibatda ijtimoiy tengsizligi ularning tula xususiyatlari degan taglimotga qarshi qaratilgan edi. Bu nazariyaning xorijiy mamlakatlardagi hozirgi turli namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g'oyat darajada muhim roli borligini e'tirof etadilar.Inson shaxsining tarkib topishini o'rganish davomida yuzaga kelgan sosiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Ma'lumki, XVII asrning ohiri va XUSh asrning "boshlarida tabiiy fanlar jadal sur'atlar bilan rivojlana boshladi, o'sha paytda hammaning diqqat-e'tibori mu'jizakor tajribaga qaratilgan edi. Bu xodisa inson shaxsining tarkib topishi masalasiga ham ta'sir kilmay qolmadi.„Sosiogenetik konsepsiya namoyandalari insonning butun taraqqiyoti, shu jumladan, shaxsiy xususiyatlarning tarkib topishi, asosan, tajribaga bog'liqdir. Bu nazariyada shaxsda ruy beradigan o'zgarishlarni jamiyatning tuzilishi; ijtimoiylashish usullari, atrofidagi odamlar bilan o'zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. Bu ta'limotta ko'ra inson biologik tur sifatida tug'ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta'siri ostida shaxsga aylanadi.Chunonchi, angaliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza paxtaga» uxshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza paxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir [26-30]. Shuning uchun bolaning qanday odam bo'lib yetishishi, ya'ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, o'zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog'liqdir, deb ta'kidlaydi.Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma'lum bo'ldiki, odamdagi tugma, irsiy mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi-yu, biroq uning mazmunini ham, shaxsiy fazilatlarini ham belgilab bera olmaydi, Ta'kidlash zarurki, muhit ham bola psixikasivi rivojlantirishda muayyan rol o'ynaydi. Faqat, buning uchun bolani o'qitayotgan kishilarning ta'siri natijasida bola ana shu muhitni faol ravishda o'rganib olishi, tabiiydir.Psixologiya fani zamonaviy ta'limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta'siriga bog'liqlini dalillar asosida izoxlab beradi. Ulardan;

- birinchisi - inson tug'ilib voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri;

- ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta'lim tarbiyaning ta'siri;

- uchinchisi - odamga tug'ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning ta'siridir.

Ma'lumki, har bir odam o'ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muxitda, aniq ijtimoiy munosabatlarda, ya'ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg'ayadi, shakllanadi.Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a'zosi sifatida, ma'lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy guruhning namoyandasi sifatida va nihoyat, Tashqil qilinganlik va

uyushqoqlik darajasi turlicha bo'lgan muayyan jamoalarning faol a'zosi sifatida qatnashadi.Shaxsning mohiyati o'z tabiati jihatidan ijtimoiy harakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlari, ruhiy faolligining rivojlaiish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda, jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog'liqlikda bo'lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi. Mana shu ma'noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy fazilatlari, harakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e'tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.Muhit, ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya, azaldan berilgan, genotik jihatdan qatiy belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo'lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.Bu borada, birinchidan, odam muhit ta'siri ostidagi passiv obyekt bo'lmay, balki faol mavjudotdir, Shu bois hayot sharoiti, tashqi ta'sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning muhit bilan bo'lgan o'zaro ta'siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilanadi. Shu sababli muhitning ta'siri haqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o'zaro ta'siri haqida gapirish maqsadga muvofiqdir.Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta'sirotlarga bog'liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib bo'lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi, individual psixologik xususiyatlari va psixik qnyofasi orqali ta'sir qiladi. Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, bola shaxsi faol mavjudot sifatida o'zi ham ongli ravishda o'z shaxsini o'zgartirishi, ya'ni o'zi-o'zini tarbiyalash bilan shug'ullanishi mumkin, lekin, bu jarayon atrof-muhitdan ajralgan holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan o'zaro munosabatda sodir bo'ladi., Odamning (bolaning, o'quvchining) ijtimoiy tashkil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi hamda shartidir.

REFERENCES

[1] «Люмос тадкикотлари» франсия-1775 йил ( узбек тилидаги таржимаси ВАЛИДЖАН ХАТАМОВ). «Узбекистан миллий энсиклопедияси»(зебунисо-конигил). ДАВЛАТ ИЛМИЙ НАШРИЁТИ ТОШКЕНТ.

[2] Малика Егамбердиева ( ИЖТИМОИЙ ПСИХОЛОГИЯ) Тошкент-2019. По психология- 1994 ( россия федаратсияси).

[3] Kamarali S.E. Sotsialg'no-psixologicheskie aspektq obo'eniya (tezisq k dokladu). -Donetsk: DonNU, 2007.- 16 s.

[4] Kamardina G.G. Psixologicheskie trudnosti obo'eniya: osnovq psixotexnologii: K 18. Ucheb. posobie. - Ulg'yanovsk, 2000.- 52 s.

[5] Karimova V., Akramova F. Psixologiya. Mahruzalar matni. - Toshkent: FTDK, DITAF, 2000.- 171.

[6] Khatamova, D. A. (2019). Sphere of reception of the term "artistic image". A

young scientist. Kazan, 45, 283.

[7] Khatamova, D. A. Historical and cultural background od typological study russian and uzbek literature. Journal of critical reviews/ISSN-2394-5125 VOL, 7, 130-138.

[8] Хатамова, Д., & Мохигул, А. (2021). Тил ва сузнинг фарки. Общество и инновации, 2(5/S), 246-249.

[9] Хатамова, Д. А., & Алтундаг, М. (2021). К вопросу о термине «художественный образ». Интернет-пространство как вызов научному сообществу XXI века, (1), 43-46.

[10] Хатамова, Д. А. (2019). Сфера рецепции термина" художественный образ". Молодой ученый, (45), 386-389.

[11] Хатамова, Д. А. (2016). К вопросу об идентификации некоторых литературоведческих категорий. Молодой учёный, 7, 1185.

[12] Журчева, Т. В. (2011). Герой и среда в современной драматургии: от" Утиной охоты" до" Кислорода" и" Пластилина". In Современная драматургия (конец XX-начало XXI вв.) в контексте театральных традиций и новаций (pp. 39-48).

[13] Хатамова, Д. А. К ПРОБЛЕМЕ АДЕКВАТНОСТИ ПЕРЕВОДА ЛИТЕРАТУРОВЕДЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ. In Стратеги мiжкулътурноi комуткаци в мовнт освiтi сучасного ВНЗ [Електронний ресурс]: зб. матерiалiв Мiжнар. наук.-практ. конф., м. Кшв (5 березня 2016р.).—К.: КНЕУ, 2016.—233 с. ISBN 978-966-956-090-1 (p. 213).

[14] Ахмедова, М. (2020). ИЗУЧЕНИЕ ПРОБЛЕМ СРАВНИТЕЛЬНОГО ЛИТЕРАТУРОВЕДЕНИЯ В УСЛОВИЯХ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. Review of law sciences, (2).

[15] Ахмедова, М. М. (2020). РАССКАЗЧИК-ГЕРОЙ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ А. ЮЛДАШЕВА (ЙУЛДАШЕВА)(РАССКАЗЫ «ПУАНКАРЕ» И «БЛИЗНИЦЫ»). Oriental Art and Culture, (IV).

[16] угли Исмоилов, Ш. О., & Ахмедова, М. М. (2020). ИЗУЧЕНИЕ ОСНОВНЫХ АСПЕКТОВ СОВРЕМЕННОЙ ПРОЗЫ ВО ВРЕМЯ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. Science and Education, 1(4), 268-274.

[17] Akhmedova, M. M. (2021). The transformation of Russian prose of the XXI century. Science and Education, 2(4), 527-532.

[18] Ахмедова, М. М. (2019). О ПРОЦЕССЕ ТРАНСФОРМАЦИИ ГЕРОЯ (на примере рассказа З. Прилепина «Какой случится день недели»). In Проблемы методологии и опыт практического применения синергетического подхода в науке (pp. 39-40).

[19] Аделя, И. Н., Исломбек, С. К., & Ахмедова, М. М. (2020). РОЛЬ ЛИТЕРАТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ ГРАЖДАНСКОГО ПРАВА. Science and Education, 1(4).

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

[20] Pulatova, U. R., & Ahmedova, M. M. The originality of the heroes in russian literature of the XXI century. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) SJIFImpact Factor, 6, 264-268.

[21] Исмоилов, Ш. О. У., & Ахмедова, М. М. (2020). ИЗУЧЕНИЕ ОСНОВНЫХ АСПЕКТОВ СОВРЕМЕННОЙ ПРОЗЫ ВО ВРЕМЯ ДИСТАНЦИОННОГО ОБУЧЕНИЯ. Science and Education, 1(4).

[22] AHMEDOVA, M. M. (2019). The role of Zakhar Prilepin in modern Russian literature. Иностранные языки в Узбекистане, (4), 230-240.

[23] Ниязова, Н. (2020). Дискуссия и дебаты как средства совершенствования культуры речи у студентов юридических факультетов. Review of law sciences, З(Спецвыпуск).

[24] Nasiba, N., & Madinabonu, A. (2020). The Role of Literary Texts in Teaching (On the Example of Modern Literature-Z. Prilepin). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 5, 4120-4126.

[25] Ahmedova, M. M. (2019). THE ROLE OF ARTISTIC DETAILS IN MODERN UZBEK LITERATURE (ON THE EXAMPLE OF A. YULDASHEV'S WORK).

In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 39-43).

[26] Ахмедова, М. М., & Сабурязов, И. К. (2019). Роль современной литературы в деятельности юриста (на примере рассказа «Карлсон» Захара Прилепина). Вестник науки и образования, (24-2 (78)).

[27] Gulomjonovna, N. N., & Sobirjonovna, M. M. (2019). Peculiarities of using shrines in Fergana Valley for the Purpose of Tourism. International Journal on Integrated Education, 2(6), 1-4.

[28] Nazarova, N. G. (2021). Tourism terminology pragmatics. Middle European Scientific Bulletin, 12, 315-318.

[29] Gulomjonovna, N. N. Features Of Training Guide-translators. JournalNX, 152-155.

[30] Nazarova, N. G. (2020). PROBLEMS AND PROSPECTS IN THE TRAINING SYSTEM OF GUIDE TRANSLATORS IN UZBEKISTAN. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 253-256.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.