Научная статья на тему 'TA’LIM TARBIYA JARAYONIGA PSIXOLOGIK MUHIT TA’SIRI'

TA’LIM TARBIYA JARAYONIGA PSIXOLOGIK MUHIT TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

5740
338
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagog / o‘quvchi / shaxs kamoloti / ta’lim-tarbiya / ta’lim psixologiyasi / tarbiya psixologiyasi / pedagogik faoliyat. / Educator / student / personal development / education / educational psychology / educational psychology / pedagogical activity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilnura Abdurashidovna Sultanova, Nargiz Shuhratovna Artikova

Ushbu maqolada butun respublikamizda ta’lim sifatini oshirish, uni jahon miqyosida oldingi o’rinlarga olib chiqish uchun kelajak avlodni yetishtirib beruvchi kuch – pedagoglar jamoasini mukammal darajaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Buning uchun bo’lajak pedagoglarni, ya’ni talabalarni yuqori ta’lim texnologiyalari bilan ta’minlash, ularda ruhiy va ilmiy potensialini oshirish masalalari muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF THE PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT ON THE EDUCATIONAL PROCESS

This article pays special attention to the issue of improving the quality of education in the whole country, bringing it to the forefront of the world, bringing the next generation to a perfect level the teaching staff. To this end, the issues of providing future educators, ie students, with high educational technologies, increasing their mental and scientific potential were discussed.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TARBIYA JARAYONIGA PSIXOLOGIK MUHIT TA’SIRI»

TA'LIM TARBIYA JARAYONIGA PSIXOLOGIK MUHIT TA'SIRI

Dilnura Abdurashidovna Sultanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Nargiz Shuhratovna Artikova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada butun respublikamizda ta'lim sifatini oshirish, uni jahon miqyosida oldingi o'rinlarga olib chiqish uchun kelajak avlodni yetishtirib beruvchi kuch - pedagoglar jamoasini mukammal darajaga yetkazish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Buning uchun bo'lajak pedagoglarni, ya'ni talabalarni yuqori ta'lim texnologiyalari bilan ta'minlash, ularda ruhiy va ilmiy potensialini oshirish masalalari muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Pedagog, o'quvchi, shaxs kamoloti, ta'lim-tarbiya, ta'lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, pedagogik faoliyat.

THE EFFECT OF THE PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT ON THE

EDUCATIONAL PROCESS

This article pays special attention to the issue of improving the quality of education in the whole country, bringing it to the forefront of the world, bringing the next generation to a perfect level - the teaching staff. To this end, the issues of providing future educators, ie students, with high educational technologies, increasing their mental and scientific potential were discussed.

Keywords: Educator, student, personal development, education, educational psychology, educational psychology, pedagogical activity.

Pedagogik faoliyatning tuzilishi o'qituvchining o'z iga xosligi faqatgina uning har tomonlama pedagogik faoliyatidagi fazilatlari bilan bog'liqdir. O'qituvchi faoliyati o'z aro komponentlardan iborat. Pedagogik faoliyatning 3 komponenti farqlanadi: konstruktiv, kommunikativ va tashqilotchilik. Konstruktiv komponenti. O'qituvchining ishida konstruktiv dars katta o'rin egallaydi, ya'ni sinfdan tashqari

Dilnura Abdurashidovna Sultanova

Master of Chirchik State Pedagogical Institute in Tashkent region d. sultanova@gmail. com

Nargiz Shuhratovna Artikova

Master of Chirchik State Pedagogical Institute in Tashkent region n. artikova@gmail. com

ABSTRACT

KIRISH

ishlar maktab dasturlari bilan bog'liq o'quv materiallarni ta'lim oluvchilar uchun turli metodik ishlanmasi va uni ta'lim oluvchilarga ifodasini qamrab olgan. Ushbu barcha ishlar dars konspekti tarkibida o'z ifodasini topadi, ya'ni: o'z faoliyatining tartibi va tizimi ta'lim oluvchilarning faoliyat tartibi va tizimi (yaxlit sinfni va alohida o'quvchilarni). Ayni vaqtda pedagogik faoliyatning ushbu komponenti maktab oldida turgan asosiy vazifasi o'sib kelayotgan avlodning faol fuqarolik holatida tarbiyalash o'qituvchi shaxsiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. O'qituvchi o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirishga intilishi kerak, buning uchun esa u eng qiyin nazariy savollarni oson o'zlashtirilishi uchun o'quv materialni tanlash va qayta ishlashi lozim. Birinchi navbatda ta'lim oluvchilarning faoliyati faol bo'lmasa, chuqur bilim va o'zlashtirish jarayoni amalga oshirilmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muhit, ta'lim-tarbiya va tegishli mashq, miya tuzilishining organik jihatdan yetilishiga yordam beradi. Bu jarayonda ta'lim qanday mavqega ega? Ta'lim rivojlanishga nisbatan yetakchi vazifani bajaradimi yoki aksincha? Bu muammoning hal qillnishi ta'lim jarayonining mazmuni va metodikasini, o'quv darajalari va darsliklarning mazmunini belgilab beradi. Bu borada nemis psixologi V.SHtern: ta'lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga moslashadi, degan fikrni olg'a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshi rus psixologi L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishida ta'lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo'lib ilgari surdi va uni: ta'lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o'z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb aniq ifodalab, beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta'lim faqat rivojlanish tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga aralashmaslik, unga, xalaqit bermaslik, balki ta'lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv kutib turish kerak. Shveytsariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g'oyalar bilan yug'rilgandir. J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o'sishi o'zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o'ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o'tadi.

NATIJALAR

Ta'lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qobildir, lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta sir ko'rsata olmaydi. Demak, ta'lim rivojlanish qonunlariga bo'ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni mantiqiy fikr yuritishga o'rgatish foydasizdir. Ta'limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat' iy nazar bogliqligi ana shundan kelib chiqadi. Ta'kidlash joizki, ta'lim yetakchi rolni bajaradi, ta'lim va rivojlanish

esa o'zaro bir-biriga bog'liqdir; ular alohida sodir bo'ladigan ikki jarayon bo'lmay, balki bir butun jarayondir. Ta'limsiz to'la aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. Ta'lim rivojlanishga turtki bo'ladi, rivojlanishni o'z ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug'ilganda ta'lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo'ladi. Lekin, ta'lim rivojlanishga turtki bo'lish bilan bir vaqtda o'z i rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xisusiyatlarini, rivojlanishning ichki qoidalarini, albatta, inobatga oladi. Ta'limning imkoniyatlari juda keng bo'lsada, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi L.S.Vigotskiy ta'lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-nazaridan yondashib, bilimlarni o'zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish jarayonidir, deb ta'kidlaydi. U olga surgan psixik funktsiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy nazariyasiga ko'ra, psixik faoliyat taraqqiyoti uning «tabiiy» shaklini bevosita qayta qurgan holda, turli alomatlar bilan avval tashqi, so'ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, «madaniy» shaklini egallash tushuniladi.

E.Torndayk va J.Piajening ta'lim bilan taraqqiyotni ayni bir narsa deb tushuntirishiga qaramay L.S.Vigotskiy: «Bola taraqqiyotini hech mahal maktab ta'limidan tashqaridagi soya deb hisoblash mumkin emas», - deb ta'kidlaydi. Bundan tashqari, ta'lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo'lmaganjarayonlardir, degan yunalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid qiladi. P.P.Blonskiy ta'limning bola taraqqiyotidagi o'rniga alohida ahamiyat beradi. Shuning uchun o'quvchilarning aqliy rivojlanishi to'g'ridan-to'g'ri maktab dasturi mazmuniga bog'liq ekanligini ta'kidlaydi.

MUHOKAMA

Yosh va individual o'zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta'siri ostida har xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta'sir etib, uning individual o'zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya'ni uning jamiyatda egallagan o'rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o'zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funktsiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo'nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status,rol, qadriyatga yo'nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo'lib xizmat qiladi. Shaxsning ta'rifi xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe' l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o'zaro ta'sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl-

uning jamiyatdagi hayot yo'li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Individ, shaxs va sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e'tibor qilishi zarur: - inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari); -insoning o'ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyutsiya; -inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o'zaro aloqalari, shaxsning tashqi tasirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi kabilar, Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muhiti tarixiy tajribani egallash interiorizatsiya va eksteriorizatsiya amalga oshadi. Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati protsessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funktsional sistemasi protsesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko'nikma va malakalarni, kishining sotsial tajribalarini o'zlashtiribgina qolmay balki o'zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va irodasini bir so'z bilan aytganda, voqelikka bo'lgan ongli munosabatini hamda o'z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini tarkib toptiradi. Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida malum rolni bajaruvchi va har biri murakkab qurilmadan iborat bo' lgan hamda shartli ravishda to'rtta o'zaro mustahkam bog' langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:

Birinchisi - boshqaruv tizimi;

Ikkinchisi - stimullashtirish tizimi;

Uchinchisi - stabilizasiyalash tizimi;

To'rtinchisi - indikatsiyalash tizimi.

Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo'lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi Birinchi tizimi hosil bilishida analizatorlar shaxsning hulq-atvori va xattiharakatlarini belgilaydi. O'rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o'ynaydi. Biroq, bu ilgari yuqorida ta'kidlab, o'tganimizdek ontogenez protsessida filogenetik analizatorlar o'rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qishilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida pertseptiv tizimiga o'tib ketadigan yuksak darajada integratsiyalangan malum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko'rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot-faoliyati jarayonida o'zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensorpertseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-pertseitiv jihatlari doimo takomillashib boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.

XULOSA

Bolalar ta'lim-tarbiyasida bo'ladigan kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri o'qituvchining psixologiyasiga bog'liq. Lekin bunga ko'pincha e'tibor berilmaydi. Shuning uchun o'qituvchilar jamoasini psixologik nuqtai nazardan o'rganish, uni muvaffaqiyatli boshqarishning psixologik yo'llarini ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga egadir. Pedagogik jamoani muvaffaqiyatli boshqarish uchun jamoa tarkibini o'rganish, kamchiliklarini korreksiyalash va haqiqiy pedagogik jamoa sifatida shakllantirish lozim. Jamoada ishlash ko'nikmalarining rivojlangan darajasi ham muvaffaqiyatli jamoa uchun asosiy omillardan biridir. Jamoada ishlash muloqot vositasida amalga oshadi. Pedagogik jamoaning rivojlanishida shaxslararo muloqot muhim ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. G'oziyev, E. (2010). Umumiypsixologiya. Yangi asr avlodi.

2. Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.

3. Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41-46. 4.Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas Qahramanovna, Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi: 10.31838/jcr.07.17.69

5. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

6. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

7. Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020). Technologies for the Development of Competencies in Physics in General Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.

8. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

9. Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.

10. NJ 3shnaev, TG' Maratov, G Mirzaraximova. (2020). O'zbek milliy kino san'ati va madaniyatida psixoprofilaktik xizmat tizimini joriy эtish masalalari. Oriental Art and Culture 03. 156-165.

11. Turakulov Buri Norboevich. (2020). Analysis of psychological theory of emotional intelligence. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8(3). 99-104.

12. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Kodirov Ikrom Davronovich. (2020) "Problems of formation of learning motives in pupils", IEJRD -International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6,

13. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020) "Defects in scientific research of the problems of spiritual and moral crisis and its solution", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.