Научная статья на тему 'SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA'

SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1611
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moslashuv / kasbga moslashuv / ijtimoiy moslashuv / dezadaptasiya / readaptasiya / mashq / adaptation / adaptation to the profession / social adaptation / decadence / reading / exercise

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Temurov Rustam Toirovich

Yosh sportchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash asosan, yoshlarning jamiyatga ijobiy moslashuvidan boshlanadi. Ushbu maqolada sport psixologiyasida sport faoliyatiga moslashuv muammosi haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ATHLETES' ADAPTATION TO SPORTS ACTIVITY AS A SOCIAL PSYCHOLOGICAL PROBLEM

The upbringing of young athletes in the spirit of patriotism begins mainly from the positive adaptation of young people to society. This article describes the problem of adaptation to sports activities in sports psychology.

Текст научной работы на тему «SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA»

SPORTCHILARNING SPORT FAOLIYATIGA MOSLASHUVI IJTIMOIY

PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA

Rustam Toirovich Temurov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiyasi va sport universiteti

E-mail: livem i11@mail. ru

ANNOTATSIYA

Yosh sportchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash asosan, yoshlarning jamiyatga ijobiy moslashuvidan boshlanadi. Ushbu maqolada sport psixologiyasida sport faoliyatiga moslashuv muammosi haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: moslashuv, kasbga moslashuv, ijtimoiy moslashuv, dezadaptasiya, readaptasiya, mashq.

ATHLETES' ADAPTATION TO SPORTS ACTIVITY AS A SOCIAL

PSYCHOLOGICAL PROBLEM

Rustam Toirovich Temurov

Uzbekistan State University of Physical Culture and Sports

ABSTRACT

The upbringing of young athletes in the spirit of patriotism begins mainly from the positive adaptation of young people to society. This article describes the problem of adaptation to sports activities in sports psychology.

Keywords: adaptation, adaptation to the profession, social adaptation, decadence, reading, exercise.

KIRISH

Psixologiyada ijtimoiy moslashuv avvalambor, jamoaga nisbatan bo'lishi, bir qator olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o'rganilgan. Jumladan, B.G.Ananyev, S.G. Gellershteyn, A.V. Zaporojes, A.N. Leontyev, A.R. Luriya, D.N. Uznadze, B.M. Teplov, S.L. Rubinshteyn kabi ko'p psixologlar shaxsning jamiyatga moslashuvini, o'zining ilmiy ishlarida yoritgan.

Sport psixologiyasida o'smirlarning sport faoliyatiga moslashuv muammosi Ye.N. Gogunov, B.I. Martinov, I.A. Grigoryans, V.L. Marirn,uk, Yu.M. Bludov, V.A. Platinenko, L.K. Serova, P.A. Rudiklar tomonidan o'rganilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

P.A.Rudik sportchilarning sportga moslashuvini shaxsning irodasiga bog'liqligini ta'kidlab shunday deydi "iroda kishining shunday harakteridirki, bu harakat oldindan biror maqsad qo'yib, va shu maqsadga erishish vositalarini oldindan belgilab, ongli ravishda zo'r berish demakdir". Hozirgi vaqtda o'smir yoshidagi sportchilarning g'alaba uchun kurashishda iroda omillari katta ahamiyatga egadir, chunki bir qator tadqiqodlarda (A.A.Lalayan, P.A.Rudik) shu narsa aniqlaganki, o'smir yoshidagi sportchilarni musobaqalarga jismoniy, texnik va taktik jihatlari bilan bir qatorda, ularni mahsus psixologik tayyorlash zarurati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tayyorgarlik sportchining irodaviy sifatlarini rivojlantirishga, o'z kuchiga ishonishga, bo'ladigan musobaqa harakteri, uning ko'lami, raqiblar hususiyatlari bilan tanishtirishga qaratilishi kerak.

Filipp Genovning tasnifi bo'yicha maqsadga intilish, intizomlilik va ishonch hamma sport turlarida bir xil darajada uchraydi.

P.F. Lestgaft o'smir rivojlanishida jismoniy mashqlarning rolini tahlil etib, bu o'rinda yetakchi omil harakatlar psixologiyasi turishligini, bajarayotgan jismoniy mashqlar o'smirning makon va vaqt xaqidagi tasavvurlarini o'stirishi kerakligini ta'kidlaydi. Bu tasavvur qanday paydo bo'ladi? Ya'ni o'smir o'z harakatlari kuchini, hajmini, yo'nalishi va tezligini tasavvur qiladi. Bunda ko'rish, his etish va mushak harakat sezgilari ishtirok etib, ularning o'zoro uyushish harkat sezgisini shuningdek, makon va vaqt tuyg'ularini ham vujudga keltiradi deb ta'kidlaydi.

Internet ma'lumotlariga ko'ra, xorijda o'tkazilgan qator tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, shaxs u yoki bu darajadagi yangi sharoit bilan to'qnash kelar ekan, yangi vaziyatga moslashish va unumli faoliyatni ta'minlash psixikaning asosiy vazifalaridan biridir. Yuqoridagi paragrafda alohida ta'kidlab o'tilganidek, zamonaviy psixologiya fanida bunday jarayon moslashish, deb ataladi hamda bu ibora yangi sharoitga xos bo'lgan shartlarni yangi mehnat egasi tomonidan o'zlashtirilishini nazarda tutadi.

MUHOKAMA VA NATIJALARI

Adabiyotlar tahlilidan ko'rinadiki, moslashuvning asosiy mohiyati insonning o'z atrofidagi shart-sharoit, ijtimoiy muhit talablarini qabul qilishi va o'zlashtirishida namoyon bo'ladi. Mazkur ta'rif o'zgaruvchan jamiyat miqyosida tahlil etilganda sportchilarning o'zlari bajarishi lozim bo'lgan faoliyat bilan tanishishi hamda yangi muhit talabiga mos ravishda o'z xulq-atvorlarini o'zgartirib borishini nazarda tutamiz. Xususan, sportchining sport jamoasiga qanchalik tez moslashishi uning samarali faoliyatini erta boshlab yuborishidagi asosiy omildir. Mutaxassislarning

fikricha, sohadagi mavjud qiyinchilik quyidagi sabablar orqali belgilangan: moslashuv davri ancha qisqa vaqtni talab etadi; ustoz-shogird tizimining shakllanmaganligi;

- hatto bir guruh ichidagi raqobatning mavjudligi.

Fikrimizcha, sanab o'tilgan va shu kabi muammolar moslashuv jarayoni o'tishidagi asosiy qiyinchilikdir. Bundan tashqari qator tashkiliy, ijtimoiy omillar ham borki, ular sportchining faoliyatga moslashuvini qiyinlashtiradi va ular o'z mohiyatiga ko'ra obyektiv omillar toifasiga kiradi. Bular qatoriga noqulay sharoitini, mashg'ulotlarning og'irligi, sportchi malakasining kasb talablariga mos kelmasligi, bajariladigan mashqlarni ta'minlovchi resurslar yetishmasligi, rag'batlantirish tizimidagi xatolar, adolat tamoyilining buzilishi va boshqa sabablar kiradi.

Faoliyatga moslashuvning quyidagi ikkita o'zaro bog'liq asosiy jihatlari farqlanadi:

- kasbga moslashuv; ijtimoiy-psixologik moslashuv.

1) Kasbga moslashuv. Sport faoliyati bilan bog'liq moslashuvning bunday jihati sportda bajariladigan mashqlarga qo'yiladigan talablarni o'zlashtirishni taqozo qiladi. Bu xil moslashuvda obyektiv va subyektiv omillar mavjud bo'lib, kasbiy moslashuvning obyektiv omillari sifatida saportchilarning ma'lumoti, malakasi va tajribasini sanab o'tish mumkin. Subyektiv omillar qatoriga esa sambochilarning sport faoliyati (kasb)ga bo'lgan munosabati kirishi mumkin.

2) Ijtimoiy moslashuv. N.Korneliusning mulohaza etishicha, ijtimoiy-psixologik moslashuv deganda, mehnat jamoasidagi mavjud munosabat tizimiga moslashishi, jamoaga xos bo'lgan norma va qoidalar hamda unga guruh tomonidan belgilangan rolni va mavqyeni qabul qilish jarayoniga aytiladi. Bunday moslashuvning muvaffaqiyatli o'tishi mehnat egasining xarakter xislatlariga, uning muloqotga moyilligiga, hayotiy tajribasi va dunyoqarashining yangi sharoit

1-rasm. Moslashuvning asosiy jihatlari Academic Research, Uzbekistan 1017

talablariga mos kelishiga bog'liq. Guruhning ahilligi, uning madaniyat darajasi va asosiysi uning egiluvchanligi bu xildagi moslashuv jarayonining muvaffaqiyatli o'tishi garovidir.

Fikrimizcha, sportchi o'zining qobiliyatlari, masalaning mohiyati, ehtiyojlar va berilayotgan axborotlar sifatini juda yaxshi bilishi zarur. Hattoki, juda jozibali va mukammal hisoblangan Mak Gregorning «Y» nazariyasi ham ma'lum bir farazlardan xoli bo'lmaganligi sababli, mavjud omillar to'g'risida aniq baho bera olmaydi. Bundan tashqari, yuqorida keltirilganlarni yaxshi tasavvur qila turib, kishilar to'g'risida fikr-mulohaza qilganda juda oson adashish mumkin.

F.Z. Merson (1986) fikriga ko'ra dezadaptasiya - organizmning tashqi va ichki muhit omillari ta'siriga moslashuvining buzilishidir. Bunday xolat organizmga juda kuchli yoki g'ayri oddiy ta'sir bo'lganida yuzaga keladi. Masalan muskulning shiddatli faoliyatiga moslashuv yuqori malakali sportchiga beriladigan ish hajmi xaddan tashqari oshirib yuborilsa, yoki mashq qilish tartibi xaddan tashqari tezlashtirib yuborilsa, sportchi ish qobiliyatining tiklanishi uchun zarur vaqt yetarli bo'lmasa, dezadaptasiya yuzaga keladi. Readaptasiya - organizm funksiyasi va tuzilishining tashqi muhit sharoitlariga qayta moslashuvi jarayoni bo'lib, sportchi dezadaptasiyadan keyin qaytadan oldingi sharoitga moslashuvi kuzatiladi ya'ni readaptasiya xosil bo'ladi. Readaptasiya organizmning sharoit omillarga moslashuvi turg'un holatdagiga nisbatan to'liq bo'lmagan va to'liq moslashuv bosqichlari orqali shakllanadi. Readaptasiya shakllanishi uchun adaptasiya shakllanishiga nisbatan ancha qisqa muddat kerak bo'ladi. Chunki readaptasiya yo'qola boshlagan adaptasiya mexanizmining tiklanishi asosida yuzaga keladi. Readaptasiya muddati organizm moslashgan sari yengil, kuchi va boshqa xususiyatlari bo'yicha oldingi omillarga qanchalik yakinligiga hamda ish bajaradigan sharoitga bog'liq.

Dezadaptasiya - moslashuv reaksiyalarning erishilgan darajasini saqlash yetarli bo'lmagan, kam xajmli ishlar bilan shug'ullanish yoki mashq qilishni butunlay to'xtatish adaptasiyaning yo'qolishiga ya'ni dezadaptasiyaga olib keladi. F.Z. Merson (1986) fikriga ko'ra dezadaptasiya organizmning ishlatilmaydigan strukturalarini yo'qotishdagi ajoyib qobiliyatdir. Bu strukturalar organizmning boshqa sistemalari uchun zarur bo'ladi. Natijada muhit ta'sirida bir adaptasiyaning rivojlanishini aksincha ta'minlaydigan mexanizmlar ichida RNK va oksillar sintezining pasayishi va strukturalar parchalanishiga ixtisoslashgan mexanizmlarni farqlash kerak bo'ladi. Mashq qilish to'xtalilganda yoki ish xajmi juda pasaytirilganda deadaptasiya jarayoni ancha tez rivojlanadi. Lekin uning adaptasiyaning shakllanishi tezligidan ancha, taxminan 1,5-3 marta sekin bo'ladi, yana shuni aytish kerakki, adaptasiya qayta

qurilishlarining aksincha rivojlanishi bir tekis bormaydi: Mashq qilish to'htatilganidan keyin hafta davomida funksional zahiralar ancha kamayadi, keyin deadaptasiya jarayoni sekinlashadi. Shu bilan birga adaptasiya qanchalik tez shakllansa erishilgan darajani ushlab turish shunchalik qiyin bo'ladi va u shunchalik tez yo'qoladi. Bu qonuniyat odam organizmining turli organlarining va funksional sistemalari uchun umumiydir. Masalan: mashq qilish to'xtalganidan keyin maksimal kuchning kamayishi adaptasiya shakllanishining muddati bilan bevosita bog'liq bo'ladi.

Mashq qilishni to'g'ri uyushtirishda adaptasiya va dezadaptasiyaning almashinishi shuningdek xaddan tashqari kuchlanishli ishlar bilan uzoq muddat shug'ullanishdan cheklanish muhim axamiyatga ega bo'ladi. Aks xolda adaptasiyaning genetik yo'l bilan boshqariladigan jarayonlari buziladi va oqibatda organizmning tegishli organlari va sistemalarining funksional yetishmovchiligi yuzaga keladi.

Uzoq muddatli adaptasiya organ va to'qimalar strukturasining qayta qurilish, funksiyalarni ancha tezamli bo'lishi, funksional sistemalar faoliyatining harakatchanligi va turg'unligining kuchayishi, harakat va vegetativ funksiyalarning maqsadga muvofiq va egiluvchan tarzda o'zaro bog'lanishining sozlanishi bilan harakterlanadi.

XULOSA

Uzoq muddatli adaptasiyaning muhim element bosh miyaning yarim sharlar po'stlog'ida tejamli va turg'un aktivlikning o'zaro bog'liq sistemasining shakllanishidan iborat. Uzoq muddatli adaptasiyaning shakllanish jarayonida garmonal gumaral boshqarilishi apparatida qayta qurilish yuzaga keladi, ya'ni funksional sistema ishining boshqarilishi o'zgarishi bilan adaptasii shakllanadi. Uzoq muddatli adaptasiyada yuzaga keladigan xujayradan kichik qurilmalardagi o'zgarishlar stressorning bir marta ta'sir etishida birdan yuzaga kelmay, bunday ta'sir bir necha marta yoki uzoq vaqt davomida takrorlanishi oqibatida sodir bo'ladi. Bu o'zgarishlar adaptasiyaning chidamlilik bosqichi va organizmning qarshiligi ortishi amalga oshadi. F.Z. Meyerson fikricha uzoq muddatli adaptasiya reaksiyalari tayyor mexanizmga ega bo'lmaydi, ular tezlik bilan yuzaga keladigan adaptasiya mexanizmlarining bir necha marta yoki vaqt davomida qo'llanilishi bilan asta-sekin shakllanadi va irsiy zaminga ega bo'ladi.

Muntazam mashq qilish natijasida tezlik bilan yuzaga keladigan adaptasiyaga aylanadi. Uzoq muddatli adaptasiya to'rtta bosqich orqali shakllanadi:

Birinchi bosqich - mashq qilish shakllarini bajarish jarayonida sportchi organizmining funksional zahiralarini muntazam safarbar etilishi bilan bog'liq bo'lib, tezlik bilan yuzaga keladigan adaptasiyaning ko'p qayta takrorlanish samaralarini to'planishi asosida yuzaga keladigan uzoq muddatli adaptasiya mexanizmining jonlanishidan iborat;

Ikkinchi bosqich - tegishli organ va to'qimalarning o'z tuzilishi va funksiyalarining ortib borayotgan va muntazam takroralanayotgan rejali ish ta'sirida o'zgarishining tezlanishidan iborat. Bu bosqich oxirida organlarni kerakli gipertrofiyasi yuzaga keladi, turli tarkibiy bo'g'inlar va mexanizmlarning yangi sharoitlardagi samarali faoliyatini ta'minlaydigan uygunlik belgilanadi;

Uchinchi bosqich - funksional sistemaning yangi darajadagi faoliyatini ta'minlash uchun zarur zahira borligini ifodalaydigan uzoq muddatli turg'un adaptasiya yuzaga kelishi bilan farq qilinadi. Bunda funksional qurilmalar faoliyatining turg'unligida boshqaruvchi va ijrochi organlarining o'zaro jips bog'liqligi ko'riladi;

To'rtinchi bosqich - odatda ortiqcha kuchlanishdagi noto'g'ri tashkil etilgan mashq qilish ishlarini bajarish va yetarli darajada ovqatlanmaslik, dam olmaslik, quvvatning yaxshi tiklamasligi, oqibatida yuzaga keladi. Bu bosqich funksional sistemaning ayrim komponentlarining yemirilishi bilan harakterlanadi va ko'pincha strukturaning yangilanish jarayonining buzilishi ayrim xujayralarining o'sishi va ularni biriktiruv to'qimasiga aylanish bilan ifodalanadi.

REFERENCES

1. Kaldibayeva, D. O. (2020). Talabalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishning pedagogik omillari. Science and Education, 1(3).

2. Тангирова, Г. И. (2020). Интерактивное образование и его дидактические возможности. Science and Education, 1(3).

3. Халилова, М. А., & Мухитдинова, М. (2020). Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусика тарбияси воситаси сифатида куллашнинг хусусиятлари. Халц таълими, 3(0056), 4.

4. Абдусаматова, Ш. С., & Бурханова, М. Б. (2020). Куп фарзандли ота-оналарининг оиладаги муносабатларининг хусусиятлари. Oriental Art and Culture, (4).

5. Mirzarahimova, G. I. (2020). Pedagogical and Psychological Bases of Development of Educational Activity in Students. International Journal of Advanced Science and Technology, 7021-7030.

6. Ramonova, S. K. (2020). The importance of information technology in teaching the basics of electrical engineering and the basics of electronics in higher military educational institutions. НамДУ илмий ахборотномаси, (4), 435-438.

7. Рамонова, С. К. (2020). Электротехника ва электроника асослари фанини укишни ахборот-коммуникацион технологиялари ёрдамида такомиллаштириш методлари. Science and Education, 1(4), 315-321.

8. Рамонова, С. К. (2020). "Электротехника ва электроника асослари" фанини укитишда ахборот технологиялардан фойдаланишнинг методлари. "Таълимда замонавий ахборот технологияларидан фойдаланишнинг инновацион усуллари", 384-387.

9. К,ораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Academic research in educational sciences,

1(3).

10. Shagiyeva, N. (2020). The role of information technologies to teach Russian language. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(7).

11. Эшманова, Н. Н., & Матьякубова, М. Б. (2019). Тарбиячиларнинг касбий компетенцияларини ривожлантириш. Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими:муаммолар,ёндашувлар ва истицболлар, 1, 33-34.

12. Махкамова, Ш. Р., & Асадуллаева, М. A. (2020). «Великий шёлковый путь»: взаимодействие культур запада и востока в контексте проблемы модернизации музыкального образования в узбекистане. Science and Education, 1(4).

13. Бегматов, Б. Б. (2020). Роль и функции русского языка в условиях суверенного Узбекистана. Наука и общество, 1(65), 33-37.

14. Ражапова, И. Т. (2019). Методика обучения видам русского глаголав. Илм сарчашмалари.

15. Рустамова, С. Э. (2020). Применение технологии полного усвоения знаний в высшем образовательном учреждении. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 360-368.

16. Khoshimova, D. R. (2020). Features of Improvement Sensate - Expressive Speech While Teaching Listening Students Applying Mnemonic Base. Eastern European Scientific Journal, (1), 158-161.

17. Бадалова, Б. Т. (2020). Таълим тизими ва педалогия назарияси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1300-1305.

18. Утаев, А. Й., & Матьякубова, М. Б. (2019). Психологические основы развития речи. "Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида

замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истицболлар" мавзусидаги илмий-амалий анжуман, 1, 193-194.

19. Утаев, А. Й. (2019). Булажак укитувчилар сиёсий маданиятини шаклантиришнинг кластер тизими. "Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истицболлар" мавзусидаги илмий-амалий анжуман илмий ишлар туплами, 2, 50-53.

20. Утаев, А., & Норова, Н. (2019). Олий педагогик таълим муассаларида норматив - хукукиий хужжатлар тарFиботини ташкил этиш. "Таълимдаги инновациялар ва ислоуотлар контекстида замонавий кластер тизими: муаммолар, ёндашувлар ва истицболлар" мавзусидаги илмий-амалий анжуман илмий ишлар туплами, 2, 48-50.

21. Badalova, B. (2020). Lesson Competition Element in Russian. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research, 6(5), 535-537.

22. Barakaevich, K. S. (2020). Improvement of Vocational Training of Pupils in Secondary Schools. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(1).

23. К,ораев, С., & Тилакова, М. (2020). Укувчилар креативлик кобилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.

24. Ramonova, S. K. (2020). Improvement in teaching of the discipline of electrical engineering and the basis of electronics in higher educational institutions based on information technologies. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 7(5), 258-260.

25. Умарова, Н. Ш. (2019). Экономическая социализация личности в контексте возрастных периодов. Вестник науки и образования, (22-3 (76)).

26. Umarova, N. (2020). The Theoretical And Practical Model Of Making A Person Socializing Economically. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 62-68.

27. Умарова, Н. Ш. (2020). Иктисодий ижтимоийлашув жараёнига таъсир килувчи омилларнинг мотивацион-кадриятли тузилмаси (успиринлар мисолида). Academic Research in Educational Sciences, 1(2), 259-277.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.