Научная статья на тему 'SPORT TURIZMI TARIXIDAN'

SPORT TURIZMI TARIXIDAN Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarix / turizm / sport / piyoda yurish / tog‘ turizmi / alpinizm / veloturizm / avtoturizm / mototurizm / ot turizmi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mashhuraxon Adiljon Qizi Darmonova, Zohidjon Rahmonalievich Darmonov

Maqolada piyoda yurish, tog‘ turizmi va alpinizm, veloturizm, avtoturizm, mototurizm, ot turizmining sport turi sifatida shakllanishi tarixi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, ushbu sprot turizmi bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tkazilgan musobaqalar to‘g‘risida manbalar asosida misollar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPORT TURIZMI TARIXIDAN»

SPORT TURIZMI TARIXIDAN

*Mashhuraxon Adiljon qizi Darmonova, 2Zohidjon Rahmonalievich Darmonov

1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti professori v.b., tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori

(PhD), 2Erkin tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11217759

Annotatsiya. Maqolada piyoda yurish, tog' turizmi va alpinizm, veloturizm, avtoturizm, mototurizm, ot turizmining sport turi sifatida shakllanishi tarixi haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, ushbu sprot turizmi bo'yicha O'zbekistonda o'tkazilgan musobaqalar to'g'risida manbalar asosida misollar keltirilgan.

Kalit so'zlar: tarix, turizm, sport, piyoda yurish, tog' turizmi, alpinizm, veloturizm, avtoturizm, mototurizm, ot turizmi.

Аннотация. В статье представлены сведения об истории становления пешего туризма, горного туризма и альпинизма, велосипедного туризма, автотуризма, моторного туризма, конного туризма как вида спорта. Также на основе источников приведены примеры соревнований, проводимых в Узбекистане по данному спортивному туризму.

Ключевые слова: история, туризм, спорт, пеший туризм, горный туризм, альпинизм, велотуризм, автотуризм, мототуризм, конный туризм.

Abstract. The article presents information about the history of the formation of hiking, mountain tourism and mountaineering, cycling tourism, auto tourism, motor tourism, and horse tourism as a sport. Also based on sources, examples of competitions held in Uzbekistan in this sport tourism are given.

Key words: history, tourism, sports, hiking, mountain tourism, mountaineering, bicycle tourism, auto tourism, motor tourism, horse tourism.

KIRISH

Turizm sayohat sifatida dam olish, xordiq chiqarish, tabiat manzaralarini tomosha qilish, tarixiy-madaniy obidalarni ko'rish, o'rganish kabi faoliyatlarning mazmun va shakllaridan iboratdir. Sayohatlarning kelib chiqish va rivojlanish tarixi yer kurrasidagi barcha insonlarning qadimgi ijtimoiy mehnat va turmush madaniyati bilan chambarchas bog'liqdir.

Maqsad. Sport turizmini rivojlantirishdan ko'zlangan asosiy maqsad eng avvalo jasorat, chidamlilik, kuchlilik tamoyillarini rivojlantirishdan iborat bo'lgan. Sport turizm turlari inson salomatligini mustahkamlash hamda estetik qiyofasini mustahkamlashga ham xizmat qilgan. Jismoniy va ruhiy quvvatini oshirgan.

Materiallar va metodllar. Insonlar mehnat qurolini yasash, olov yoqishni kashf etgan davrlarda yovvoyi hayvonlarni ov qilish, yirtqich hayvonlarga qarshi kurashish jarayonlarida qir-adirlar, tog'lar osha yurish-yugurish, tez oqar suvlardan kechib o'tish, yaylovlar, go'zal manzarali joylarda dam olish, tunab qolish, bir necha kunlar poylab yotish kabi hayotiy murakkab faoliyatlarni bajarishga to'g'ri kelgan.

Go'zal manzarali va hayvonlar, parrandalarni ov qilishga qulay bo'lgan joylarga turli xil belgilar (toshlar uyumidan to'la, yog'ochlarni tik qilib o'rnatish, terilarni osib qo'yish, toshlarga chizib rasm solish va boshqalar) qo'yib ketish odatga aylangan [1, 20 - 27]. Shu asosda tur-turizm (belgi, o'tish joyi, sayohat manzili) iborasi va shu sohada xilma-xil madaniy tadbirlar tashkil qilish vujudga kelgan. Ular haqida qoya toshlar, g'orlar ichida chizilgan rasmlar, arxeologik qazilmalarda topilgan buyumlar, xalqaro turizm tashkilotlarining so'nggi yillarda nashr etgan ko'pgina yozma manbalari guvohlik beradi [2, 7 - 8].

Yuqorida bayon etilgan voqeliklar, faoliyatlar, manbalar O'zbekiston muhitida mavjud bo'lgan Chotqol-Pskom tizma tog'lari, Nurota va Turkiston-Zarafshon tizma tog'laridagi qoya toshlar va boshqa joylardagi chizilgan rasmlar bunga yaqqol misoldir. Ayniqsa, Samarqand shahrining janubidagi (40 km) Omonqo'ton g'oridan topilgan odam suyaklari, ba'zi bir ashyolar bundan 40 ming yillar avval yashagan odamlarning hayoti va sayohatlaridan dalolat beradi.

Natijalar. XX asrning 20-yillariga kelganda Sovet Ittifoqi Proletar turizmi va ekskursiyalar jamiyati tashkil etilgan. Turizmga dastlabki vaqtda sport harakati sifatida qarash kuchli bo'lgan. Turistik xarakatning standart va qoidalari ishlab chiqilgan. Sport turlari bo'yicha turistik musobaqalar tashkil etishga e'tibor qaratilgan. Sport turizmining piyoda turizm, chang'i turizmi, ekstremal turizm turlari rivojlangan.

Sovet Ittifoqida mudofaaga ko'maklashish maqsadi turizmning eng ustuvor vazifasi ekanligini hisobga olgan holda, 1928-yilda Harbiy sayyohlik byurosi tashkil etilgan. Turli fasllar uchun mo'ljallangan velotur, piyoda hamda otda sayohat qilish o'quv mashqlari sayohat asosida tashkil etilgan. 1931-yil piyoda yurishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan [3, 170]. Bu o'z navbatida turizm sohasi rivojiga xizmat qilgan. Hatto sayyohni tibbiy ko'rikdan o'tkazish majburiyatlari belgilangan. Piyoda turizmning rivojlantirishda sovet hokimiyatining ko'zlagan eng asosiy maqsadi turistik hududlarni geologik va kartografik jihatdan o'rganish bo'lgan. Piyoda turizmga imkon doirasida yoshlarni jalb etishga harakat qilingan.

1933 - 1940-yillari mudofaa sohasida turizmni rivojlantirish maqsadida tog' turizmi va alpinizm shakllangan. Bundan nafaqat chiniqish maqsadida shuningdek, tog' yo'llarini razvedkasi asosiy maqsad qilib olingan. Shuningdek, sportdan turizm vositasi sifatida foydalanishning asosiy sababi eng avvalo harbiy xizmatga yaroqli yoshlarni har tomonlama chiniqtirish orqali mamlakat mudofaasiga tayyorlashdan iborat bo'lgan. Alpinizm Sovet Ittifoqida rasman 1923-yili paydo bo'lgan bo'lsa-da, 1934-yili "SSSR alpinisti", "Alpinizm ustasi", "Alpinizmda xizmat ko'rsatgan usta" unvonlari ta'sis etilgan [4, 176]. XX asrning 50-yillaridan Qirg'iziston, Qozog'iston hamda O'zbekistonda ham alpinizm turizm turi sifatida rivojlana boshlagan. Bu turizm turi maxsus tayyorgarlikni talab qilgan hamda qimmat tur xisoblangan. Jumladan, O'zbekiston cho'qqilarini zabt etish maqsadida AQSh, Bolgariya, Chexoslavakiya, Vengriya, Fransiya mamlakatlaridan alpinist va turistlar kelgan [5].

1939-yil 18-iyulda mamlakatda fizkulturachilar kuni birinchi marta nishonlangan. Xar yili sport va turizm yo'nalishi bo'yicha turli nishon va darajalar aynan bayram munosabati bilan berib borilgan. Bu matbuotda keng yoritilganligi tufayli o'quvchi va talabalarning qiziqishi ortib borgan. "SSSR turisti" nishoni olish uchun piyoda va chang'ichilar 180 km uzunlikdagi birinchi darajali murakkablikdagi marshrutni, suvchilar 250 km masofani, veloturistlar 350 km masofani bosib o'tishlari kerak edi. 14 yoshdan yuqori xar qanday sog'lom shaxs ushbu mukofotni olishi mumkin bo'lgan [6].

Sport turizmi XX asrning 50-yillariga qadar asosan suv, piyoda, velosiped va chang'i turlari keng tarqalgan bo'lsa, XX asrning 80 yillariga kelganda tog', moto va avto turlar ham sport turizmi tasnifiga kiritilgan. Avto va mototurizm qiyinchilik darajasiga ko'ra, olti darajaga bo'linadi. Bu yo'llarning holati keskin burilishlari, tog' va tekislik mintaqasida joylashganligiga qarab belgilangan hamda I darajali, II darajali hamda III darajali turlarga ajratilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda Xarkov va Riga velosiped zavodlari qayta tiklanishi veloturizmning rivojlanishiga turtki bo'lgan. Veloturizm rasman turizm turi sifatida 1949-yili tan olingan. O'zbekiston SSRda ham veloturizm rivojlana boshlagan. Jumladan, andijonlik A.Gershfeld 1975-yili velosipedda 190 ming km masofada Vlodivastok - Brest - Sibir - Qalmiqiston - Arxangelsk bo'ylab sayohat qilgan. Shu bilan bir qatorda 45 kun davomida

Qizilqum va Qoraqum dashtlarini ham aylanib chiqqan [7]. Veloturizmni yanada rivojlantirish maqsadida "Turist" tashkiloti umumiy 900 km masofadagi Buxoro - Samarqand - Shahrisabz -Leninobod - Qo'qon - Qamchiq - Angren - Toshkent bo'ylab turistik marshrut ishlab chiqqan [8].

O'zbekistonning qadimiy shahri Samarqandda ham veloturizm rivojiga e'tibor qaratilgan. Sayyohlarga piyoda va velosipedda harakatlanishi uchun sharoitlar yaratilgan. Qadimiy Afriosiyob shahar xarobalari atrofi bo'ylab veloturizm trassalari tashkil etilib, turli musobaqalar muntazam o'tkazib borilgan [9].

Avtomotosport O'zbekistonda ham keng tus olib borgan. Bu sport turi bo'yicha 1966-yildan buyon Respublika musobaqalari o'tkazib kelingan. 1971-yili ushbu sport turi bo'yicha Jizzax shahar, Guliston, Yettisoy shaharlaridan 25 nafar kuchli sportchilar qatnashgan. Marshrut qiyinchilik darajasi bo'yicha respublika mavqeida bo'lib, 1250 metrlik masofaning ba'zi joylari 40 - 50 gradus qiyalik va o'nqir cho'nqirliklardan iborat bo'lgan.

1971-yili Minsk motosikl zavodida 9 ot kuchiga ega bo'lgan "M-106" motosikli ishlab chiqilgach, motosikl ilk bor Olmaota - Pomir - Tyanshan tog'lari orqali O'zbekiston yo'llarida sinovdan o'tkazilgan. Toshkentga kelgan sayyohlar bu yerga Smolensk - Moskva - Sarpuxov -Ryazan - Penza - Kuybishev - Uralsk - Aktyubinsk - Aralsk orqali kirib kelgan [10, 384]. 1973-yilning o'zida O'zbekistonda 20 maxsus mototurizm jamoalari shakllangan. Mototurizm bo'yicha 1980-yili Chirchiq shahrida 2700 metr yo'nalish bo'ylab sayohat musobaqalari tashkil etilgan [11].

Suv sport turizmi dengiz va daryolar bo'ylab, yelkanli kema va qayiqlarda sayohat qilish shuningdek, suv sport turlari bilan shug'ullanish, cho'milish havzalariga uyushtirilgan sayohat turi bo'lib, boshqa sport turizm turlari singari o'zining standart va qoidalari mavjud. Belgilangan xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik turizm seksiyalari uchun javobgarlikni keltirib chiqargan. Bu tur asosan yoshlarni chiniqtirish va favqulodda holatlarda "yuqori tezkorlikka" ega bo'lishiga va G'arb tahdididan o'zini himoya qilish maqsadida "sayyohlik" niqobi ostida mudofaaga qayta tayorlashga xizmat qilgan. Jumladan, 1967-yili o'zbekistonlik bir guruh sport ustalari Afanasi -Ponoy - Verzuge daryolari bo'ylab sayohatga chiqqan. O'zbekiston hududida suv havzalari kam bo'lsa-da, ittifoq bo'ylab suv turistik musobaqalar o'tkazib turilgan. Jumladan, 1973-yili Toshkent shahridagi qiyinchilik darajasi murakkab bo'lgan tor o'tish joylarga ega anhorda Oltoydan kelgan 20 nafar sayyohlar mashqlar o'tkazgan.

XX asrning 50-yillariga kelib avtoturizm turini paydo bo'lgan. Ammo bu turizm turining rivojlanishiga avtoturargohlarning yo'qligi, avtomobil yo'llarining yomon ahvoli salbiy ta'sir ko'rsatgan. Ayni shu davrda avtoturizm sohasidagi muammolar "Uch plyus ikki" va "Qora dengizga" kino komediyalarida to'laqonli ko'rsatib berilgan. Soha rivojini ta'minlash maqsadida avtomobil ijarasi ham yo'lga qo'yilgan. Sayyohlar "Pobeda" yoki "Volga"ni ijaraga olish uchun ish joyidan ta'tilga chiqqanligi to'g'risida ma'lumotnoma, shaxsiy avtomobili yo'qligi to'g'risida guvohnoma, haydovchilik guvohnomasi, ijaradan foydalanish to'g'risida sertifikat taqdim etish lozim bo'lgan [12, 160 - 161].

1960-yili O'zbekiston SSRda avtoturizm uyushmasi tashkil etilgan. O'zbekiston SSR bo'ylab beshta maxsus yo'nalishlar ishlab chiqilgan. Ushbu tur doirasida sayohatga chiquvchilar tegishli sayyohlik kengashiga murojaat qilgan holda rasmiylashtirilsa, sayyohlik lagerlari, avtoturargohlardan bepul foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritgan. Hatto oziq-ovqat ekskursiya xizmatlaridan ham foydalanishi mumkin bo'lgan.

Ot turizmi ochiq havoda o'tkaziladigan sport turlaridan biri bo'lib, V.A. Aleksandrov ekologik turizm turi sifatida baholagan. Ayni vaqtda ot bilan davolash stress va depressiyani oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Ot turizmi bilan jismonan va ruhan kuchli shaxsgina

shug'ullanishi mumkin. Ot turizmi turizm industriyasiga 1930-yili kiritilgan. 1939-yilda ittifoq bo'ylab chavandozlar o'rtasida musobaqalar tashkil etish yo'lga qo'yilgan. 1972 - 1973-yillari chavandozlik turizmining eng cho'qqiga chiqqan davri xisoblanadi. Jumladan, Farg'ona viloyatida Kavkazorti mamlakatlari Armaniston va Gruziya hududlari chavandozlari ishtirokida 1977-yildan ot sporti musobaqalari muntazam tashkil etib borilgan [12, 163].

Mustaqil O'zbekistonda turizm xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy-madaniy, siyosiy, iqtisodiy va tarbiyaviy jarayon sifatida yanada rivojlandi. Mamlakatning geografik sharoiti va ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy tuzilmalari asosida turizm ikki yo'nalishga (ichki va xalqaro turizm) ajratilgan. Ular asosan sayr (ekskursiya) va sayohatlar (piyoda va turli ulovlarda yurish) shaklida olib boriladi [13, 78 - 80].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi farmonining [14] 2-ilovasida 2019 - 2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha 2019-yilga mo'ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unda mamlakatda sport turizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilish, sport turizmini yanada rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifalari belgilab berilgan.

Huddi shu yo'nalishda, jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida odamlarni jismoniy sog'lomlashtirishning eng ommabop va arzon vositalaridan biri sifatida turizmning ahamiyati katta ekanligini ham aytishimiz mumkin. O'zbekiston Respublikasi Turizm to'g'risidagi qonunining [15] 5-moddasida turizm shakllari va turlari bo'yicha to'xtab o'tilgan. Unga ko'ra, xalqaro va ichki turizm turizmning shakllaridir. Xalqaro turizm kirish turizmi — O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi sayohati va chiqish turizmi — O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning boshqa mamlakatga sayohatini o'z ichiga oladi. Ichki turizm esa O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o'z ichiga oladi.

Turizm tashkil etilayotgan turning o'ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo'linishi mumkin [15].

Xulosalar. Umuman olganda, sovet hokimiyati yillari sport turizmi bu bevosita sport turlari bilan bog'liq holda rivojlangan. Bu xavfning yuqori darajasi, tabiiy muhitning o'zgaruvchanligi kabi omillarga sayyohlarning chidamliligini oshirishga xizmat qilgan. Bu eng avvalo davlat siyosatining "turizm" niqobi ostida mudofaa maqsadlariga yo'naltirilganligini ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, turizm sohasida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. Turizmni rivojlantirish bo'yicha davlat doirasida maxsus qarorlar qabul qilindi. Natijada, O'zbekistonning turistik salohiyatini keng rivojlantirish va undan samarali foydalanish uchun ko'rsatilayotgan turistik xizmatlarimizning sifatli bo'lishiga erishish lozimligini ko'rsatib qo'ydi. Bu borada turizm bozorida o'tkazilayotgan islohotlarimizning mantiqiy yakuniga yetkazilishi va turizmni boshqarish tizimining doimiy ravishda takomillashtirilib borilishiga e'tibor qaratish kerak. Yurtimiz turizm salohiyatini rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan resurslarining anchasi hali ochilmaganiga ishonchimiz komil. Oldimizda turgan vazifa -ularni izlab topish, o'rganish va ulardan kelgusi avlodlarimiz ham foydalana olishlarini o'ylagan holda foydalanish yo'llarini ishlab chiqishdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. M.Mamatqulov. O'rta Osiyo g'orlari". Toshkent. 1991.

2. E.Yu.Daurenov. Turizm. Chirchiq. 2020.

3. Э.Н. Кодыш "Пешоходный туризм", Москва: "Физкультура и туризм". 1990.

4. Г. Семивол, К. Шапакина. "Туристские маршруты" Москва. 1982.

5. L. Dyudyuchenko. "Cho'qqiga hujum". "Toshkent oqshomi" gazetasi. 1971-yil 13-aprel.

6. O'z.Tag. "Mamlakatda turizm va ekskursiyani yanada rivojlantirish tadbirlari to'g'risida". "Qashqadaryo haqiqati" gazetasi. 1969-yil 1-iyul.

7. Z. Muxiddinov. "Yosh turist sayohatchilar salyuti". "Kommunist" gazetasi. 1970-yil 28-aprel.

8. V. Sadovnikov. "Vilosiped sportini ommalashtiraylik". "Sirdaryo haqiqati" gazetasi. 1974-yil 25-iyun.

9. I. Imomov. "Turizm - do'stlik yo'li". "Lenin yo'li" gazetasi. 1973-yil 10-mart.

10. О. Столяров. "Автомобильный и мотоциклные туристские маршруты". Москва. 1983.

11. V. Smuglov. "Motokross g'oliblari". "Sirdaryo haqiqati" gazetasi. 1971-yil 20-aprel.

12. Mansurov Muzaffarjon Sharifjon o'g'li. Sovet Ittifoqi yillarida O'zbekistonda turizmning rivojlanish jarayonlari va holati (1924 - 1991). Toshkent. 2024.

13. Рузибаева М.Е. Проблемы восстановления и развития спортивного туризма в Узбекистане и пути их решения. Журнал "Проблемы науки". 2020 г. ноябрь 10'58. Стр. 78 - 80.

14. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5611-son farmoni.

15. 2019-yil 18-iyuldagi O'RQ-549-son "O'zbekiston Respublikasining Turizm to'g'risida qonuni". 10 ta bob va 45 ta moddadan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.