Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA EKSTREMAL VA SPORT TURIZMINING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTONDA EKSTREMAL VA SPORT TURIZMINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
607
83
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
sport turizmi / ekstremal turizm / tog’ turizmi / sharsharalar / havo trasnporti / hudud / sports tourism / extreme tourism / mountain tourism / waterfalls / air transport / territory

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Fayoza Ulugbek Qizi Xurramova, Gavhar Zokir Qizi Saidova, Shaxnoza Oʻktam Qizi Hakimova

Ushbu maqolada Yurtimizda sport va ekstremal turizmni rivojlantirsh, kamchliklar va imkoniyatlari va bu boradagi takliflar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF EXTREME AND SPORTS TOURISM IN UZBEKISTAN

This article discusses the development of sports and extreme tourism in our country, its shortcomings and opportunities, and suggestions in this regard.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA EKSTREMAL VA SPORT TURIZMINING AHAMIYATI»

O'ZBEKISTONDA EKSTREMAL VA SPORT TURIZMINING AHAMIYATI

Fayoza Ulug'bek qizi Gavhar Zokir qizi Shaxnoza O'ktam qizi

Xurramova Saidova Hakimova

QarDU

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Yurtimizda sport va ekstremal turizmni rivojlantirsh, kamchliklar va imkoniyatlari va bu boradagi takliflar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: sport turizmi, ekstremal turizm, tog' turizmi, sharsharalar, havo trasnporti, hudud

THE IMPORTANCE OF EXTREME AND SPORTS TOURISM IN

UZBEKISTAN

ABSTRACT

This article discusses the development of sports and extreme tourism in our country, its shortcomings and opportunities, and suggestions in this regard.

Keywords: sports tourism, extreme tourism, mountain tourism, waterfalls, air transport, territory

Ekstremal turizm- bu sayohat va faol turlar dam olish, bu yoki boshqa yo'l bilan xavf bilan bog'liq. Zamonaviy ekstremal turizm XX asrning boshlarida parashyutdan sakrash, alpinism, rafting va boshqa shu kabilari rivojlangan.

Ekstremal turizm nafaqat jismoniy tayyorgarlikni va jasoratni ham talab etadi. Ekstremal turizm ko'plab Yevropa davlatlarida rivojlangan va keng tarqalayotgan turizmning turi. Asosan turizmning bu turiga yoshlar qiziqadi va haqiqiy adrenalin olishni hoxlashadi. Shu sababdan Ekstremal turizm ko'proq yoshlarni jalb etadi. Ekstremal turizm deyarli har bir turi tayyorgarlik, ko'nikmalarni talab qiladi. Ekstremal turizmning hozirda o'nlab balki yuzlab turlari mavjud bo'lib ulardan eng ko'p tarqalgani alpinizm, kayak, sho'ng'ish, racing, paragliding va tog' turizmi. Ekstremal turizmning ekzotik turi ham mavjud.

Ekstremal turizm nafaqat sayyoxlik biznesining istiqbolli turlaridan biri bo'lib, u ko'proq odamlarni o'ziga tortadi. Ekstremal turizm uchun o'rganilmagan yangi joylar paydo bo'lmoqda, turizmning yangi turlari paydo bo'lishi buning aynan dalilidr. Ekstremal turizm nafaqat yuqori sifatlibalki uning barcha turlari muayyan malaka, tegishli jihozlar, tajriba va yuqori professionallikni talab qiladi.

PARASHYUTDAN SAKRASH- parashyutdan sakrash bu paraplanda uchish bu ekstremal turizm dam olishning eng mashhur turlari. Nisbatan arzonligi tufayli Ukrainada an'anaviy parshyut ayniqsa mashhur.

Paraplanda uchish bilan shug'ullanadiganlar qiyin sakrashlarni amalga oshirishga imkon beradigan shaxsiy jihozlarga ega bo'lishadi. Bularga guruh atrobatikasi, skayserfing, tayanch sakrash va boshqalar kiradi.

RAFTING VA KAYAK- rafting bu pastga tushish shishiriladigan qayiqlar tez daryolarda qayiq ekipaji to'rt yoki olti kishidan iborat. Kyak deyrali bir xil, qayiqda faqat bitta eshkakchi bor.

SHO'NG'ISH- sho'ng'ish mashxurlikning alohida o'sishni ko'rsatadi- turli xil suv havzalarida. Dunyoda kamida 20 millon g'avvos ro'yxatga olingan.

ALPINIZM- ushbu sport eng ekstremallardan biridir. Alpinizm mukammal jismoniy va psixologik tayyorgarlikni, shuningdek, maxsus mahoratni talab qiladi. So'ngi yillarda mamlakatimizda sport, ekstremal va dam olish turini rivojlantirish borasida sezilarli islohotlar amalga oshirildi. Shunday bo'lsada, zamonaviy talablar va qo'llab- quvvatlashni talab qiluvchi yana qator yo'nalishlar mavjud.

Paraplanizm, deltaplanerizm, aeronavtika, kichik aviatsiya, tog' turizmi, veloturizm, skayranning, mototurizm, avtoturizm kabi yo'nalishlar shular jumlasidandir.

Chorvoq suv ombori bilan chegaradosh "Yusufxona'' loylashgan paradeltadrom o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, hududda aeronavtika, suv, tog', piyoda yurish kabi turizmning faol turlarini rivojlantirish uchun iqlimiy sharoitlar mavjud.

Ilmiy tadqiqot muassasalari va mutaxasislarning ma'lumotlariga lo'ra, bugungi kunda ekstremal turizmning rivojlantirish yo'nalishlari va istiqbollari tabiat qonuniyatlari va geotizimlar barqarorligi bilan bog' liq holda shakllanmoqda.

So'ngi yillarda Qoraqalpog'istonda ekstremal turizmning ilmiy va metologik asoslarini ochib berishga qaratilgan bir qator ilmiy izlanishlar oluib borilmoqda. Ammo, bu boradagi tahlillar ekstremal turizm yo'nalishida tabiatni, geotizimlarni yaxshi biladigan, tabiatda va tabiatning ekstremal sharoitlarida guruhni boshqara oladigan, zarur bo'lganda birinchi tibbiy yordamni ko'rsatish malakasiga ega bo'lgan bakalavr kadrlar tayyorlash dolzarbligini ko'rsatmoqda.

O'zbekistonning sport va ekstremal turizmni rivojlantirishda bo'lgan sayohati va imkoniyati katta. Bu borada tan olish kerakki qilinadigan ishlar va kamchiliklar ko'p.

Bizning mamlakatda turizm uchun ochilmagan va o'rganilmagan hududlar ko'p. Turizmning bu turini rivojlantirish uchun hududlarni o'rganish, ularning imkoniyatlarini va sharoitlari bilan tanishish zarur. Yurtimizda bunday hududlar ko'plab topiladi.

Tog' turizmiga misol qilib oladigan bo'lsak Hzarati Sulton cho'qqisi Qashqadaryo viloyatidagi cho'qqi, balandligi 4643 m. O'zbekistonning eng baland nuqtalaridan biri. Yonidan oqib o'tuvchi va shu hududdan boshlanuvchi daryolar havzasida abadiy qor va muzliklar mavjud. Bu tog' Shahrisabz tumanining sharqiy

qismida, G'ilon va Ko'l qishloqlarida juda yaqin joylashgan. Bu tog' tizmasi qish va yoz fasllarida o'zgacha chiroy kasb etadi. Aynan shu holatlar sayyohlarning e'tiborini jalb etishi mumkin. Bu yerda bemalol tog' turizmni rivojlantirsa bo'ladi deb ayta olamiz.

E'tiborga loyiq joylardan yana biri Qashqadaryo viloyati Shahrisabz, Yakkabog', Kitob tumanlarini ham ham misol qilib olsak bo'ladi. Bu hududlarning so'lim tabiati va tog'lari hayvonot dunyosiga boy. Aynan shu yerlarda sport va ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Mazkur hududlarda ekstremal turizmning kayak, parashyutdan sakrash, alpinizm, veloturizm, paraplan turlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjud.

Hozirda dunyoda Sport va ekstremal turizm turi eng ommabob va hozirda rivojlanayotgan va qiziqish bildirilayotgan sohalardan biri bo'lib, ko'proq bu yoshlarni jalb qiladi. Aynan shu sohada dunyoda yetakchi davlatlar AQSH, Fransiya, Italiya, Germaniya davlatlari hisoblanadi.

Hozirda O'zbekiston turizmning bir tarmog'I bilan cheklanmasligi va dunyo mamlakatkaridan andoza olgan holda rivojlantirish kerak. Birinchi o'rinda ichki turistlar oqimini yanada jadallashtirish ular uchun qulay sharoitlar yaratish, tog' yon bag'rlarida aholi uchun dam olish joylari, sanatoriyalar tashkil qilinishi kerak. Hozirda mamlakatimizda tashrif buyuradigan turistlarning ko'pchligini 50 yoshdan oshganlar tashkil etadi. Mamlakatimzda yosh turistlarni jalb qilish uchun aynan bi sport va ekstremal turizmni yanada rivojlantirsh bu sohada kamchiliklarni bartaraf etish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish kerak. Bu o'rinda albatta kadrlar tayyorlash masalasiga ham e'tibor berish zarur.

REFERENCES

1. Djuraevna R. M. et al. Development Prospects for Digital Economy Development in Uzbekistan //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - C. 58-64

2. Raimova M. D., ogli Makhatov S. I. DIGITAL ECONOMY DEVELOPMENT PRIORITIES IN UZBEKISTAN //Journal of Central Asian Social Studies. - 2021. - T.

2. - №. 02. - C. 160-168.

3. Yakubova Shamshinur Shukhratovna. "Innovative Approaches for Modeling the Impact of Monetary Policy on Economic Development." Academic Journal of Digital Economics and Stability (2021): 311-318.

4. Bozarov E., Babayeva L. TURIZM SOHASIDA KLASTERLARNING SAMARASI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - T. 2. - №. 6. - C. 208-212.

5. G'Ulomxasanov E., Ruziyev B., Akramov S. TURIZMDA DESTINATSIYA //Scientific progress. - 2022. - T. 3. - №. 1. - C. 143-150.

6. Gulomkhasanov E., Uktamova U., Akramov S. DEVELOPMENT OF ECOTURISM IN UZBEKISTAN //Scientific progress. - 2021. - T. 2. - №. 8. - C. 614-617.

7. Maxamatov S., Raimova M. УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА МИЛЛИЙ ИННОВАЦИОН ТИЗИМНИ ЯРАТИШ ВА УНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ХУСУСИЯТЛАРИ //Архив научных исследований. - 2021. - Т. 2. - №. 1.

8. Makhmudov S. S., Raimova M. Comparative analysis of the Germany and Uzbekistan corporate governance codes //Austrian Journal of Humanities and Social Sciences. - 2017. - №. 5-6.

9. G'ulomxasanov E., Abdullayev N., Madina L. Turizm Va Ta'lim: Holati Va Istiqboli //Баркарорлик ва Етакчи Тадкикотлар онлайн илмий журнали. - 2021. - Т. 1. - №. 6. - С. 343-348.

10. Gulomxasanov E., Amirova F. S. Q., Amirov A. S. O. G. L. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA ICHKI TURIZIMNING ORNI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 6. - С. 171-174.

11. Раимова М. Д., Гуломхасанов Э. М. МАРКЕТИНГОВОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ В ТУРИЗМЕ //Scientific progress. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 475-479.

12. G'ulomxasanov E., Rahmatova N. QASHQADARYO TURIZMIDA SHAHRISABZ SHAHRINING TUTGAN O'RNI //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 483-487.

13. OmanovRustamFarmonovich, G., & ErgashevTohir, B. (2021). Socio-Economic Aspects of the Development of Small Enterprises in the Kashkadarya Region of Uzbekistan. Design Engineering, 6523-6531.

14. Polatjonogli, T. M. A., & Abdulajonovich, S. M. (2022). HUNTING A SUITABLE TYPE OF LEGAL ENTITYFOR CENTRAL ASIAN BUSINESSMEN IN CHINA. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журнали, 2(1), 75-77.

15. Садиков, М. А. (2019). Нормативно-правовые аспекты привлечения иностранных инвестиций в Республику Узбекистан. Молодой ученый, (23), 539541.

16. Садиков, М. А. (2020). ЗАМОНАВИЙ ЮРИДИК АМАЛИЁТДА "LEGAL TECH" НИНГ УРНИ ВА РОЛИ. ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, 5(6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.