Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISHDA OT TURIZMI (OTDA SAYR QILISH TURLARI)DAN FOYDALANISH MASALALARI'

O‘ZBEKISTONNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISHDA OT TURIZMI (OTDA SAYR QILISH TURLARI)DAN FOYDALANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
189
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ot turizmi (otda sayr qilish) / faol dam olish tadbirlari / xalqaro va ichki turizm / kirish turizmi / chiqish turizmi / yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi / ot turizmi kalendari

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sh.S.Yoldashov, O.E.Mamishev, S.S.Qurbonov

Ushbu maqolada turizm sohasining huquqiy asoslari, xalqaro va ichki turizm, turizmning shakllari va ularning turlari haqidagi ma’lumotlar keng yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ot turizmini rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi, uning geografik va tabiiy joylashuvi mazkur yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish uchun qulay ekanligi e’tirof etilgan. Ayniqsa, ot turizmi (otda sayr qilish)ning insonga estetik zavq bag‘ishlashi va odam organizmiga ijobiy ta’siri haqida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISHDA OT TURIZMI (OTDA SAYR QILISH TURLARI)DAN FOYDALANISH MASALALARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X

O'ZBEKISTONNING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISHDA OT

TURIZMI (OTDA SAYR QILISH TURLARI)DAN FOYDALANISH

MASALALARI

Sh.S.Yoldashov O.E.Mamishev S.S.Qurbonov O'zDJTSU

Annotasiya: Ushbu maqolada turizm sohasining huquqiy asoslari, xalqaro va ichki turizm, turizmning shakllari va ularning turlari haqidagi ma'lumotlar keng yoritilgan. Shuningdek, O'zbekiston ot turizmini rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi, uning geografik va tabiiy joylashuvi mazkur yo'nalishdagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirish uchun qulay ekanligi e'tirof etilgan. Ayniqsa, ot turizmi (otda sayr qilish)ning insonga estetik zavq bag'ishlashi va odam organizmiga ijobiy ta'siri haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Ot turizmi (otda sayr qilish), faol dam olish tadbirlari, xalqaro va ichki turizm, kirish turizmi, chiqish turizmi, yo'riqchi-yo'l boshlovchi, ot turizmi kalendari.

HORSE TOURISM (TYPES OF HORSE TRAVEL) INCREASING THE TOURISM POTENTIAL OF UZBEKISTAN

Sh.S.Yoldashov O.E.Mamishev S.S.Qurbonov UzSUPC

Abstract: This article provides detailed information on the legal framework of tourism, international and domestic tourism, forms of tourism and their types. It was also noted that Uzbekistan has a huge potential for the development of equestrian tourism, and its geographical and natural location makes it convenient to further expand the scope of work in this area. In particular, interesting information is given about the aesthetic pleasure of horse tourism (horseback riding) and its positive effect on the human body.

Keywords: Horse tourism (horseback riding), active recreation, international and domestic tourism, inbound tourism, outbound tourism, guide, horse tourism calendar.

Kirish. Mamlakatda turizmni milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, hududlarni jadal rivojlantirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, aholining daromadlari va turmush darajasini oshirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta'minlovchi strategik tarmoqlardan biri sifatida rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, turizm bozorining turli segmentlariga yo'naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikasiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yo'nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targ'ib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash maqsadida muayyan ishlar olib borildi.

Shu bilan birga o'tkazilgan tahlillar shuni ko'rsatdiki, joylashtirish vositalari va infratuzilma ob'yektlarining, ayniqsa turizm mavsumida yetishmasligi, turli transportlarda yo'lovchilarni tashish tizimining yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashni tashkillashtirish darajasining pastligi, ichki turizmni, mamlakat hududlaridagi madaniy meros obyektlarining va ziyoratning o'ziga xosliklarini targ'ib qilish bo'yicha marketing kompaniyalarining samarasizligi turizmni jadal rivojlantirishga salbiy ta'sir qilmoqda.

Turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ko'rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targ'ib qilish maqsadida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoniga muvofiq 2019 - 2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi. Unda:

- turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro me'yor va standartlarni implementatsiya qilish;

- turizm infratuzilmasini rivojlantirish hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratish;

- transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo'nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish;

- turizm bozorining turli segmentlariga yo'naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish;

- respublika ichida turizm xizmatlariga bo'lgan ehtiyojni qondirishga yo'naltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag'batlantirishni ta'minlovchi ichki turizmni rivojlantirish;

- O'zbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targ'ib qilish, mamlakatning sayohat va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imidjini mustahkamlash;

- turizm tarmog'i uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risida"gi qonuni mazkur sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda huquqiy asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Ushbu qonunning 5-moddasida xalqaro va ichki turizm turizmning shakllari ekanligi belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra, xalqaro turizm quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- kirish turizmi - O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi sayohati;

- chiqish turizmi - O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning boshqa mamlakatga sayohati.

Ichki turizm O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi sayohatini o'z ichiga oladi.

Turizm tashkil etilayotgan turning o'ziga xosligi, mavzusi, davomiyligi, harakatlanish usullari va turning boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda madaniy-tarixiy, ziyorat, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik, ishbilarmonlik, ijtimoiy, sport, tibbiy, yoshlar turizmi, agroturizm hamda turizmning boshqa turlariga bo'linishi mumkin.

Bugungi kunda xalqaro va ichki turizm salohiyatini oshirishda ot turizmi (otda sayr qilish turlari)ni o'rni beqiyosdir. Xususan, O'zbekiston ot turizmini rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega bo'lib, uning geografik va tabiiy joylashuvi ham mazkur yo'nalishdagi ishlar ko'lamini yanada kengaytirish uchun har tomonlama qulay hisoblanadi.

Ot turizmi (otda sayr qilish) - bu insonga estetik zavq bag'ishlaydigan va organizmga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan, muskullar (mushaklar)ni asab sistemasini mustahkamlaydigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Otda yurish eng muhim tadbirlardan biri bo'lib, avvalo insonni ijtimoiy faolligini oshiradi, odamlarni bir-biri bilan do'stona aloqalarini mustahkamlaydi, shuningdek, yangi do'stlar orttirish hamda sog'lom turmush tarziga amal qilish va inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari otda yurish ko'p kasalliklarning oldini olishda muhim rol o'ynaydi. Masalan: adenoma oshqozon - ichak, yurak, qon bosimi, arteroz kasalliklarini oldini olishda va sog'lomlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Otda yurgan kishi qarilik chog'larida ham qomati va xushbichimligini yaxshi saqlaydi, tetik yuradi, kuch g'ayratini uncha yo'qotmaydi. Bizga ma'lumki, ko'plab buyuk shaxslar, olimu - ulamolarimiz har qanday ob - havo sharoitida ham ancha vaqt otda sayr qilganligi tarixiy asarlarda bayon etilgan. Otda sayr qilish dam olishning eng yaxshi usullaridan biri sanaladi. Hozirgi kunda MDH davlatlarida otda sayr qilish xizmati

yaxshi yo'lga qo'yilgan. Otda sayr qilish orqali har xil manzaralami ko'rish bilan birga, go'zal tabiatdan bahramand bo'lish, har xil insonlar bilan muloqotda bo'lish imkoni tug'iladi. Bundan tashqari har xil millat va elat xalqlarining milliy madaniyatini, xususan, urf-odatlari, marosimlari va ana'analari bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo'ladi.

Ot turizmi (otda sayr qilish) tadbirlari guruh - guruh bo'lib, huddi dam olish sihatgohlari kabi 18 - 24 kun ichida dam olishdan iborat bo'ladi. Unda 4 - 5 kun ot minishni o'rganish tadbirlarini tashkil etish nazarda tutiladi va qolgan kunlari reja asosida otda yurib, sayohat qilish orqali faol dam olish tadbirlari o'tkaziladi.

Barcha ot turizmi yo'nalishlarida ot minishni endi boshlovchilar uchun maxsus maydonchalarda ot minish sirlarini o'rgatish mashg'ulotlari tashkil etiladi. Ot turizmi (otda sayr qilish) tadbirlari mavsumi asosan may oyining oxiridan - sentyabr oyigacha davom etadi. Ot turizmi (otda sayr qilish turlari)ni tashkil etish va amalga oshirishda yo'riqchi-yo'l boshlovchilar xizmatlaridan foydalanishi shart.

Hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ot turizmni jadal rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash va ularning faol dam olishini tashkil etish maqsadida quydagi masalalarni amalga oshirishni tavsiya etamiz. Jumladan:

- ot turizmi bo'yicha yo'riqchi-yo'l boshlovchilarni o'qitish va ularning malakasini oshirishni yo'lga qo'yish;

- har yili «Ot turizmi kalendari»ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

- «Ichki turizm oyligi», «Ichki turizm haftaligi» hamda «Ichki turizm kunlari» doirasida otda sayr qilish tadbirlarini tashkil etish va o'tkazish;

- «O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida otda sayr qilish tadbirlarini yo'lga qo'yish;

Mamlakatimizdagi hududlarning o'ziga xosligidan kelib chiqib, shaharlararo va viloyatlararo avtobus yo'nalishlarida (avtobuslarning kuzovlarida (yon, orqa, oldi) mamlakatning ot turizmi salohiyatini targ'ib qiluvchi reklama bannerlarini o'rnatish va inson salomatligiga ijobiy ta'siri haqida ma'lumotlar tarqatish.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi "Turizm to'g'risida"gi O'RQ-549-son qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi "O'zbekiston respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5611-son Farmoni.

3. "Oliy sport yutuqlarini rivojlantirishninig dolzarb muammolari" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. Toshkent - 2019.

4. "Fan - sportga" ilmiy-nazariy jurnali 2020-yil 3-son. 48-51-betlar.

5. "Ot sporti nazariyasi va uslubiyati" fanidan ma'ruzalar matnlari. Chirchiq -2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.