Научная статья на тему 'SOVET HUKUMATINING O’ZBEKISTON SSR OLIY O’QUV YURTLARIDA ASPIRANTURA BOSQICHINI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI HUQUQIY HUJJATLARI VA ULARNING MOHIYATI. (IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA)'

SOVET HUKUMATINING O’ZBEKISTON SSR OLIY O’QUV YURTLARIDA ASPIRANTURA BOSQICHINI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI HUQUQIY HUJJATLARI VA ULARNING MOHIYATI. (IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalq Komissarlari Kengashi / Oliy ta’lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo’mitasi / buyruqlari va ko'rsatmalar / ilm-fan / tadqiqotlar / aspirantura.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nasilloyev Sunnat

SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Oliy ta'lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasining buyruqlari va ko'rsatmalari ittifoq tarkibidagi barcha respublikalar uchun bajarilishi zarur bo’lgan huquqiy hujjat edi. Zero, Sovet hukumati mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimi sifatida ilm-fan yutuqlaridan foydalanishni maqsad qilgan. Sovet ittifoqida oliy ta’limdagi tadqiqotlar uchun qulay sharoit yaratish, tadqiqotlarni takomillashtirishga oid qarorlar qabul qilingankim, maqsad respublikalarda ilmiy statusni oshirish va ko’proq iqtisodiy manfaat edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOVET HUKUMATINING O’ZBEKISTON SSR OLIY O’QUV YURTLARIDA ASPIRANTURA BOSQICHINI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI HUQUQIY HUJJATLARI VA ULARNING MOHIYATI. (IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA)»

SOVET HUKUMATINING O'ZBEKISTON SSR OLIY O'QUV

YURTLARIDA ASPIRANTURA BOSQICHINI TARTIBGA SOLISH SOHASIDAGI HUQUQIY HUJJATLARI VA ULARNING MOHIYATI.

(IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA)

Nasilloyev Sunnat Shavkat o'g'li

Buxoro davlat universiteti Ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi

nasilloyevsunnat7@gmail .com

Annotatsiya. SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Oliy ta'lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasining buyruqlari va ko'rsatmalari ittifoq tarkibidagi barcha respublikalar uchun bajarilishi zarur bo'lgan huquqiy hujjat edi. Zero, Sovet hukumati mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimi sifatida ilm-fan yutuqlaridan foydalanishni maqsad qilgan. Sovet ittifoqida oliy ta'limdagi tadqiqotlar uchun qulay sharoit yaratish, tadqiqotlarni takomillashtirishga oid qarorlar qabul qilingankim, maqsad respublikalarda ilmiy statusni oshirish va ko'proq iqtisodiy manfaat edi.

Abstract. The orders and instructions of the All-Union Committee on Higher Education under the Council of People's Commissars of the USSR were a legal document that was required to be implemented by all republics within the Union. After all, the Soviet government aimed to use the achievements of science as a solution to existing and possible socio-economic problems. In the Soviet Union, decisions were made regarding the creation of favorable conditions for research in higher education, the improvement of research, the goal was to increase the scientific status of the republics and more economic benefit.

Kalit so'zlar. Xalq Komissarlari Kengashi, Oliy ta'lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasi, buyruqlari va ko'rsatmalar, ilm-fan, tadqiqotlar, aspirantura.

Key words. Council of People's Commissars, All-Union Committee on Higher Education, orders and instructions, science, research, postgraduate studies.

Kirish. Ushbu maqolada tadqiqotchi tomonidan Sovet ittifoqida 1943-yilda oliy ta'limdagi ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirishga qaratilgan bir qancha huquqiy hujjatlar va ularning mohiyatini o'rganish maqsad qilingan.

Metodlar. Tadqiqot davomida alohida qimmatli arxiv hujjatlari o'rganildi va tarixiylik, tanqidiy va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi.

Natijalar. Tabiiyki ikkinchi jahon urushi avj pallada davom etayotgan bir davrda xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari front ehtiyojlariga yo'naltirildi. Tadqiqotlarning ko'lami va sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tadqiqot bilan shug'ullanish uchun aspirantura tizimini takomillashtirish choralari ko'rildi. Shunday bo'lsada 1941-1942 yillarda aspiranturaga qabul qilish rejasi qoniqarsiz bajarilgan. Aspirantlar bilan ilmiy va tarbiyaviy ishlar yaxshi yo'lga qo'yilmagan. SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Oliy ta'lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasi tomonidan o'tkazilgan tekshirish shuni ko'rsatdiki, ko'plab davlat o'quv yurtlari rahbarlari va oliy o'quv yurtlari direktorlari aspirantlar bilan ishlashga yetarlicha e'tibor qaratmaganligi, buning natijasida esa ko'pgina aspirantlar, shu jumladan oxirgi kursda o'qiyotganlar ham oliy o'quv yurtlari bilan aloqalarni uzganliklari isbotini topgan.

Munozara. Mavjud muammolarni hal etish maqsadida SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Oliy ta'lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasining 1942 yil 18 dekabrdagi Xalq komissarliklari (bo'limlari) va oliy o'quv yurtlari direktorlariga yuklatilgan "Aspirantlarni ro'yxatga olish to'g'risida"gi D-09-45-sonli14 ko'rsatma xatida - aspirantlarni ro'yxatga olishda to'g'ri tartib o'rnatish, urush yillarida oliy o'quv yurtlarini tashlab ketgan aspirantlar bilan aloqa o'rnatish, muvaffaqiyatli aspirantlarni oliy o'quv yurtlariga qaytarish choralarini ko'rish. aspirantlarining o'quv ishlarini tashkil etilishini ta'minlash va ularning dissertatsiya ishlarini bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, aspirantlarning ish faoliyati ustidan direktor, kafedra mudirlari va ilmiy rahbarlar tomonidan nazorat o'rnatish, Oliy maktab ishlari bo'yicha qo'mitaga aspirantlarning ilmiy-tadqiqot rejasining bajarilishi to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish vazifasi yuklatilgan.

14 BVDA 532-C-fond, 1-ro'yxat, 78-yig'majild, 34-varaq.

50

Aspirantura bosqichi uchun qabul jarayonlarini tashkil etish, eng yaxshi nomzodlarni saralash maqsadida SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Oliy ta'lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasining 1943 yil 14 iyuldagi "1943 yilda oliy o'quv yurtlariga aspiranturaga qabul qilish rejasi to'g'risida"gi 189-son buyrug'i15 qabul qilindi.

Buyruqda xalq komissarliklari va bo'limlari o'rtasida taqsimlangan holda ittifoq hududidagi oliy o'quv yurtlarining aspiranturasiga 1943-yilda jami 1352 kishi qabul qilish rejasi tasdiqlangan.

Shuningdek SSSR Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi Oliy maktab ishlari bo'yicha qo'mita tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ro'yxat bo'yicha oliy o'quv yurtlarining 250 nafar aspirantiga Qizil Armiya safiga safarbarlik uchun kechiktirish berilishi ta'minlash, Davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, hamda, muassasalari rahbarlariga aspiranturaga qabul imtihonlariga ishtirok etish uchun talabgorlarga 15 kunlik ish haqi saqlanmagan holda ta'til berish majburiyati yuklash vazifasi yuklatilgan. SSSR Xalq Komissarlari kengashi rais o'rinbosari - V. Molotov va SSSR Xalq komissarlari kengashining ishlar bo'limi boshlig'i - M. Smirtyukov imzosi bilan tasdiqlangan buyruqda Aspirantura bosqichida aspirantlar faqatgina ilmiy tadqiqot bilan shug'illanishlari maqsadida o'qishga qabul qilinganligi to'g'risida xabar berilgan kundan e'tiboran oydan kechiktirmay ishdan bo'shatilishi zarurligi qayd etilgan.

Oliy o'quv yurtlari va mutaxassisliklari bo'yicha aspiranturaga yangi qabul rejasini belgilash, Oliy o'quv yurtlari, xalq komissarliklari va mutaxassisliklar bo'yicha taqsimlangan holda 832 nafar sirtqi aspiranturaga qabul rejasini tasdiqlash, Oliy o'quv yurtlari direktorlari aspiranturaga ilmiy darajaga ega bo'lmagan, lekin o'quv va ilmiy ishlarda o'zini ko'rsatgan assistentlar va universitet o'qituvchilarini jalb etishi zarurligi, Oliy o'quv yurtlari bilan aloqani vaqtincha uzib qo'ygan ikkinchi va uchinchi kurs aspirantlarini qaytarish, yangi o'quv yilidan boshlab ular bilan mashg'ulotlarni tiklash bo'yicha zarur choralar ko'rish, ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitiga ko'ra universitetga qaytarilishi mumkin bo'lmagan aspirantlar uchun masofaviy o'qitish tashkil etish kabi muhim masalalar ham buyruqdan o'rin olgan.

15 BVDA 532-C-fond, 1-ro'yxat, 78-yig'majild, 106-varaq.

51

Shu bilan birga Xalq komissarliklari (bo'limlari) oliy o'quv yurtlari rahbarlariga:

- 1943 yilning 28-iyul sanasiga qadar bo'lgan muddatda Qizil Armiya safiga chaqirilishdan aspiranturani tamomlagunga qadar kechiktirilishi kerak bo'lgan aspirantlar ko'гsatilgan гo'yxatlarni qo'mitaga taqdim etishi;

- 1 sentabrga qadar oliy o'quv yurtlarining aspiranturasiga qabulning borishi to'g'risida mutaxassisliklar va topshirilgan arizalar soni ko'гsatilgani holda hisobot taqdim etilishi;

- Joriy yilning 1 oktyabriga qadar norezident aspirantlar ro'yxatini tasdiqlash.

- Aspiranturaga qabulning borishi ustidan qat'iy davlat nazorati o'matish, oliy o'quv yurtlariga qabul rejasini bajarishda amaliy yordam ko'reatish va yangi qabul qilingan aspirantlar uchun zaruriy sharoitlar yaratish topshirig'i yuklatilgan.

Oliy o'quv yurtlarida ilmiy kadrlar tayyorlash muammolariga yechim sifatida SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1943-yil 23-iyuldagi 13986 r-sonli O'zbekiston SSRda pedagog kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to'g'risidagi buyгug'iga asosan SSSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Oliy ta'lim bo'yicha Butunittifoq qo'mitasi tomonidan 1943 yil 5 avgustdagi "O'zbekiston SSRda pedagogik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish to'g'risida"gi 212-son buyrug'i 16 qabul qilindi. Ushbu buyruqning 4-bandida 1943-yil uchun O'rta Osiyo Davlat universitetiga aspirantlar qabul qilish rejasini 40 kishiga, Toshkent pedagogika institutiga esa 10 kishiga oshirish va 1943 yil 1 sentyabrdan kechiktirmay alohida mutaxassisliklar bo'yicha qo'shimcha aspirantura o'rinlarini taqsimlash rejasini tasdiqlash uchun qo'mitaga taqdim etish ko'zda tutilgan bo'lib, ushbu masalalarning bajarilishi ustidab nazorat O'rta Osiyo davlat universiteti rektori T. Sarimsoqov va Toshkent pedagogika universiteti direktori K. Karimov zimmasisiga yuklatilgan bo'lsa, buyruqning 6-bandida yuqoridagi tadbirlar uchun barcha xarajatlar 1943 yilda O'zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti byudjetida maorif uchun nazarda tutilgan mablag'^ hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Sohaga oid yana bir hujjat SSSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Oliy ta'lim ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasining 1943 yil 28 maydagi"Oliy ta'lim

16 BVDA 532-C-fond, 1-ro'yxat, 78-yig'majild, iiG-varaq.

52

muassasalarining yillik hisobotlarini taqdim etish tartibi to'g'risida" Oliy o'quv yurtlari direktorlariga ijro uchun yuborilgan D-09-34-sonli17 ko'rsatma xatidir. Xatning 10-bandi Aspirantura bosqichini o'z ichiga oladi. Unda qabul qilish rejasi ishlab chiqish va uni amalga oshirish, mutaxassisliklar bo'yicha aspirantlar kontingentini (kunduzgi va sirtqi bo'lim talabalari alohida) o'rganish topshirilgan.

11-band esa oliy o'quv yurtlari kafedralari kesimida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlarining rejasi va mavzularini ishlab chiqish va tahlil qilish. tadqiqotlarni moliyalashtirish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari bag'ishlangan.

1943 yilning iyul-avgust oylarida Oliy o'quv yurtlari (ilmiy-tadqiqot institutlari) ilmiy kengashlarining dissertatsiyalar himoyasi bilan bog'liq tekshirishlarda aniqlanishicha, ilmiy darajaga da'vogarlar "SSSR Xalq Komissarlari Kengashi qarorlarini qo'llash tartibi to'g'risida"gi yo'riqnomaning 12-bandini buzgan holda 1937-yil 20-mart va 1938-yil 26-apreldagi yo'riqnomaga rioya qilmagan holda dissertatsiya avtoreferatini taqdim etmasdan himoya qilishga ruxsat etilgan. Shu munosabat bilan yo'riqnomaning 38-bandidagi doktorlik dissertatsiyalarining avtoreferatlarini Oliy attestatsiya komissiyasiga yuborish to'g'risidagi talab ham qator hollarda bajarilmaganligi aniqlangan.

SSSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Oliy maktab ishlari bo'yicha Butunittifoq qo'mitasi tomonidan himoyaga dissertatsiyalarni qabul qilish huquqiga ega bo'lgan universitetlar (ilmiy tadqiqot institutlari) direktorlariga taqdim etilgan 1943 yil 25 avgustdagi "Dissertantlar tomonidan himoya qilingan dissertatsiyalarning ishlanmalarini taqdim etish to'g'risida"18 US-52-1-sonli ko'rsatma xatida yo'riqnomaning 12-bandi talabiga qat'iy rioya qilish va ilmiy darajaga talabgorlar dissertatsiya avtoreferatini topshirishdan oldin dissertatsiya himoyasiga ruxsat bermaslik talabi qo'yilgan.

Aspirantlarda qo'yilgan talabga mos ravishda, oliy o'quv yurtlarida aspirantura bosqichi uchun "zaruratga mos ravishda" yangi ixtisosliklar shakllantirildi. 1943-yilda

17 BVDA 532-C-fond, 1-ro'yxat, 78-yig'majild, 46-varaq.

18 BVDA, f-532, o-1, d-78, 66 -b.

~ 53

aspiranturaga qabul qilish kvotalari oshirilgan. Jumladan, aynan shu yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanikalash injenerlari instituti - 1) Gidromelioratsiya sistemalarini ekplatatsiya qilish, 2) Gidrotexnika inshootlari, 3)

Binokorlik materiallari va ishlari, 4) Injenerlik konstruksiyalari kabi yo'nalishlar; O'rta Osiyo Industrial instituti - 1) Elektr mashinalari 2) Metall kesuvchi stanoklar 3) Foydali qazilmalarni qidirish 4) Tog' mexanikasi 5) Mashinasozlik texnologiyasi, 6) Elektr o'lchash texnikasi 7) Sanoat korxonalarini elektrlashtirish ixtisosliklarida; Toshkent Yuridik instituti - 1) Grajdan huquqi va protsessi 2) Jinoiy protsess 3) Yer-suv va kolxoz huquqi 4) Davlat va huquq tarixi 5) Davlat va huquq nazariyasi 6) Xalqaro huquq kabi ixtisosliklar uchun aspiranturaga qabul qilgan. Talabgorlar uchun imtihonlar jarayonlari "Marksizm-Leniniz asoslari" kursidan, chet tili va maxsus fanlardan o'tkazilgan. O'zbekiston SSRda Ilmiy tadqiqot mavzulari sovet mafkurasi va moddiy manfaatlariga mos tarzda tashkillashtirildiki, maqsad xalq muammolarini ijobiy hal etish emas, SSSR ehtiyojlari (sanoat va mafkura)ga yo'naltirish bo'ldi. 19

XULOSA. Sovet hukumatining O'zbekiston SSRdagi ilm-fan siyosati tarixiga oid huquqiy asosga ega hujjatlarning O'zbekiston tarixini o'rganishdagi ahamiyati bois tadqiqotchilar o'z tadqiqotlarida arxiv hujjatlari bilan batafsil tanishishlari zarur. 19411945 yillarda ilm-fanga oid adabiyotlarda sohaga oid tanqidiy qarashlar emas, balki sovet mafkurasi ustunlik qiladi. Yuqoridagi arxiv hujjatlari orqali biz O'zbekiston SSRda oliy o'quv yurtlarida ilmiy kadrlar tayyorlash masalasida ko'plab buyruq, qarorlar qabul qilingan bo'lsada, mavjud muammolar ijobiy hal etilmaganligini ko'rishimiz mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. S.Sh. Nasilloyev. Sovet hokimiyatining O'zbekiston SSRdagi ilm-fan siyosati. Iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning "Tafakkur va talqin" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to'plami, II qism. Buxoro - 2023. 7-12 betlar.

19 S.Sh. Nasilloyev. Sovet hokimiyatining O'zbekiston SSRdagi ilm-fan siyosati. Iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va doktorantlarning "Tafakkur va talqin" mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy -amaliy anjuman to'plami, II qism. Buxoro - 2023. 7-12 b.

2. S.Sh. Nasilloyev. O'zbekiston fanlar akademiyasining tashkil etilishi. RESEARCH FOCUS xalqaro ilmiy jurnali 2023 yil 5-son. 92-98 betlar.

3. NS Shavkat o'g'li RUS TADQIQOTCHILARINING "BUYUK O'YIN" DAVRANIDAGI FAOLIYATI VA ISHLARI HAQIDA BA'ZI MUKARATLAR Intellektual madaniy meros xalqaro jurnali 2 (3), 38-46 , 2022

4. SSOGL Nasilloyev, F.Z.Sirocheva. A. VAMBERINING "O'RTA OSIYOGA SAYOHAT" ASARIDA BUXORO VA SAMARQAND SHAHRI TARIXIYME'MORIY BINOLARI, HAMDA, ZIYORATGOHLARINING TADQIQ ETILISHI. Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar 2 (12), 652-662 , 2021

5. NSS O'G'LI, SF ZOYIROVNA. EK MEYENDORFNING "ORENBURGDAN BUXOROGA SAYOHAT" ASARIDA BUXORO TARIXIYME'MORIY OBIDALARINING TADQIQ ETILISHI MASALALARI. Falsafiy tadqiqotlar va ijtimoiy fanlar xalqaro jurnali 1 (5), 24-30 , 2022

6. Buxoro viloyat davlat arxivi hujjatlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.