Научная статья на тему 'SOTSIAL BOSHQARUV FAOLIYATINING RETROSPEKTIV RIVOJLANISHI'

SOTSIAL BOSHQARUV FAOLIYATINING RETROSPEKTIV RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
madaniyat / boshqaruv faoliyati / boshqaruv madaniyati / jamiyatdagi boshqaruv faoliyati madaniyati / culture / management activity / management culture / culture of management activity in the society

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — A. K Xakimova

Maqolada jamiyatdagi boshqaruv faoliyati madaniyatining rivojlanish tarixi – qadimgi davrlardan tortib to hozirgi zamon sivilizatsiyasi yutuqlarigacha boʻlgan rivojlanish yoʻllari koʻrib chiqilgan, taniqli faylasuflarning boshqaruvning mohiyati va tabiati haqidagi qarashlari aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RETROSPECTIVE DEVELOPMENT OF SOCIAL MANAGEMENT ACTIVITY

The article examines the history of the development of the culture of governance in society the path of development from ancient times to the achievements of modern civilization, reflects the views of prominent philosophers on the nature and essence of governance. In addition, the author made extensive use of the results of scientific and sociological research

Текст научной работы на тему «SOTSIAL BOSHQARUV FAOLIYATINING RETROSPEKTIV RIVOJLANISHI»

SOTSIAL BOSHQARUV FAOLIYATINING RETROSPEKTIV RIVOJLANISHI

A. K Xakimova

Tayanch doktorant (PhD), O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Maqolada jamiyatdagi boshqaruv faoliyati madaniyatining rivojlanish tarixi -qadimgi davrlardan tortib to hozirgi zamon sivilizatsiyasi yutuqlarigacha bo'lgan rivojlanish yo'llari ko'rib chiqilgan, taniqli faylasuflaming boshqaruvning mohiyati va tabiati haqidagi qarashlari aks ettirilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat, boshqaruv faoliyati, boshqaruv madaniyati, jamiyatdagi boshqaruv faoliyati madaniyati

RETROSPECTIVE DEVELOPMENT OF SOCIAL MANAGEMENT ACTIVITY

A. K. Khakimova

Basic Doctoral Student (PhD), National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

The article examines the history of the development of the culture of governance in society - the path of development from ancient times to the achievements of modern civilization, reflects the views of prominent philosophers on the nature and essence of governance. In addition, the author made extensive use of the results of scientific and sociological research.

Keywords: culture, management activity, management culture, culture of management activity in the society.

Ijtimoiy falsafada madaniyat muammosi o'ziga xosdir, chunki ijtimoiy falsafaning boshqa hech bir kategoriyasi madaniyat kabi juda boy va rang-barang xususiyatlarga ega emas. Madaniyat hodisasining ko'pqirraligini tan olib, ijtimoiy faylasuflarning ko'plab nazariy tadqiqotlariga tayangan holda, jamiyatdagi boshqaruv faoliyati madaniyati tarixini o'rganishga to'xtalib o'tamiz. Jamiyatda boshqaruv asoslarning paydo bo'lishi "diniy-tijorat" deb nomlangan "birinchi boshqaruv inqilobi" ni nazarda tutadi. Bu qadimgi jamiyatlarda - Shumer, Misr va Akkadda - ruhoniylar yuqori tabaqasi tomonidan diniy ta'limotga asoslangan boshqaruvning asosiy tamoyillarini shakllantirganligi bilan bog'liq.

Miloddan avvalgi 4 mingyillik o'rtalarida insoniyatning ibtidoiylikdan sivilizatsiyaga, insoniyat jamiyati taraqqiyotining yuqori bosqichiga o'tishi boshlangan. Bu o'tishning ko'rsatkichlari birinchi davlatlarning vujudga kelishi, shaharlarning rivojlanishi,

April 20, 2024

692

yozuv, diniy-madaniy hayotning yangi shakllarida namoyon bo'ldi. O'sha davr boshqaruvini ko'radigan bo'lsak, Shumer shaharlari hukmdorlari o'z xazinasiga ega bo'lib, mulk hisobini yuritgan, qonun chiqarish huquqiga ega bo'lgan. Xuddi shu davrda davlatning davlat chegaralari belgilanishi hamda armiya tuzilishi boshlangan.

Birinchi inqilob natijasida boshqaruv tijorat va diniy faoliyat quroli sifatida shakllandi, keyinchalik ijtimoiy institut va kasbiy mashg'ulotga aylandi. Shu o'rinda yozuvning ixtiro qilinishi ham insoniyatning eng katta yutuqlaridan biri bo'ldi. Davlatlararo munosabatlarda jamiyatni boshqarish madaniyatiga kelsak, davlat chegaralari muammosiga oid bizgacha yetib kelgan dastlabki hujjatlardan biri miloddan avvalgi 2260-yilda tuzilgan Elam va Akkada davlatlarini ittifoqi to'g'risidagi shartnomadir. Ushbu shartnomaga binoan davlatlar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq chegara belgilanib o'tgan [1, 35 b].

Ikkinchi boshqaruv inqilobi qirol Hammurapi (miloddan avvalgi 1792 - 1750) davrida sodir bo'lgan. Bu davrda Bobil podsholigi deyarli butun Mesopotamiyani o'ziga bo'ysundirgan bo'lib, Xammurapi o'z xalqini qat'iy tartib-intizom va yaxshi xulq-atvorga o'rgatish uchun bizgacha deyarli to'liq yetib kelgan qonunlar to'plamini chiqardi. Qonunlar to'plamida jamiyat hayotining turli masalalariga oid 282 ta modda mavjud bo'lgan. Taxminlarga ko'ra, bu davrda boshqaruv madaniyatining konseptual asoslari yaratilgan, ular davlat ishlarini hal qilish, tashqi va ichki siyosatni olib borish uslublarida o'z ifodasini topgan.

Jamiyatni boshqarishdagi ikkinchi inqilobning mohiyati boshqaruvning sof dunyoviy uslubining vujudga kelishi, odamlar munosabatlarini tashkil etish va tartibga solishning rasmiy tizimining shakllanishi va nihoyat, rahbarlik uslub i asoslarining hamda xulq-atvorni rag'batlantirish usullarining paydo bo'lishidadir. Binobarin, ijtimoiy munosabatlarning yovvoyilikdan agrar shakllariga o'tish davrida boshqaruv faoliyati madaniyatining asoslari shakllanishi yuz bergan. Jamiyat sivilizatsiyasi rivojlanishining navbatdagi bosqichi falsafiy fikrning oldinga chiqishi tufayli yangi boshqaruv g'oyalarining paydo bo'lishi bilan bog'liq edi. Dunyoning turli mintaqalarida (Qadimgi Xitoy, Qadimgi Hindiston va Yunoniston) falsafiy maktablarning vujudga kelishi, uchinchi boshqaruv inqilobining boshlanishi uchun asos bo'ldi.

Miloddan avvalgi 6-asr falsafasi insonga hayotda odat yoki an'anaga emas, balki ta'lim va intellektual izlanish jarayonida to'plangan o'z aqli va bilimiga asoslangan yangi xayotiy pozitsiyani taklif qiladi. Bu yondashuv boshqaruv jarayoniga ham taalluqli bo'lgan. Shuni ta'kidlash kerakki, qadimgi dunyoning uchta markazida falsafa genezisini umumiyligi qadimgi Hindiston va qadimgi Xitoyda, Yunonistonning ko'plab polislarida tizimli falsafiy bilimlarning shakllanishining o'ziga xos xususiyatiarini istisno etmadi.

Xitoy qadimiy sivilizatsiya va boy falsafiy merosga ega mamlakatdir. Xitoyda falsafa qadimgi Xitoy tarixining uchinchi davri oxirida paydo bo'ladi va o'zining eng yuqori cho'qqisini egalaydi. O'sha davrda ijodiy jihatdan oltita asosiy falsafiy maktablar mavjud

April 20, 2024

bo'lgan: konfutsiylik, moizm, huquq maktabi ("fa - szya") (Yevropa terminlari bilan -legizm), daosizm, "in-yan" maktabi (tabiiy faylasuflar), nomlar maktabi ( "ming szya"). Urug'-aymoqqa asoslangan tuzilmaning buzilishi va Xitoy davlatchiligining shakllanishi savdo aloqalarini kuchaytirdi, avvallari alohida bo'lgan jamoalar madaniyatini birlashtirdi. Natijada jamiyatning mulkiy tabaqalanishi kuzatila boshlandi: "syao" me'yori - yoshi ulug'larni e'zozlash - uzoq vaqt davomida Xitoy ijtimoiy hayotining buzilmas qadriyati tez-tez moddiy foyda talablariga almashtirila boshladi. Shunday qilib, Xitoyda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning yangi tamoyillarini ishlab chiqish qadimgi Xitoy faylasuflari asarlarida asosiy muammolardan biriga aylanadi. Bunday sharoitda ijtimoiy boshqaruvning mohiyatiga oid asosiy qarashlar shakllandi: patriarxal-paternalistik boshqaruv, an'ana va marosimlar, axloqiy qoidalarga rioya qilish orqali boshqarish (Konfutsiy); "donolikka hurmat" kabi boshqaruv (Mo-szti); harakat qilmaslik tamoyiliga asoslangan boshqaruv (Lao-szti, Yan Chju, Chjuan-szbiu); qonunga rioya qilish, jazodan qo'rqish orqali boshqaruv (Shan Yan, Xan Fey-szti va boshqa legistlar) [2, 56 b]. Konfutsiy xalqni boshqarish kalitini yuqoridagilarning quyidagilar oldidagi axloqiy namunasi kuchliligida ko'rdi. Bundan tashqari, u ijtimoiy boshqaruvning asosini marosim va an'analarga rioya qilish deb hisobladi.

Daosizm maktabining ijtimoiy boshqaruvi asosida xulq-atvorning eng yuqori shakli (u vey) sifatida harakat qilmaslik tamoyili yotadi. Dono hukmdor hamma narsani o'z tabiiy yo'lida borishiga imkon beradi (dao). Shuning uchun "eng yaxshi hukmdor - bu xalq uning mavjudliginigina biladigan hukmdordir". Xalqni ilm bilan boshqarish yurtga baxtsizlik keltiradi, ilmning yordamisiz boshqarish esa yurtni saodatga yetaklaydi [3, 67 b]. Biroq, bu tamoyil jamiyatning har bir a'zosi o'z funksiyalarini aniq va qat'iy tartibga solishini nazarda tutadi. Jamiyat xavfsizligini ta'minlash muammosiga kelsak, Konfutsiy zo'ravonlik usullariga qarshi, ammo tinch yo'llar asosida "Samoviy imperiya" chegaralarini kengaytirish tarafdori edi. Masalan, assimilyatsiya qilmagan holda, qo'shni hududlarga faol ravishda joylashish taklifini berdi.

Moistlar o'z ta'limotlarida boshqaruvni takomillashtirish masalalarini ko'rib chiqdilar. Ular xukmdorlar donolikni hurmat qilishlari, xizmatchilarni ish joyiga va xushomad qilish qobiliyatiga qarab emas, balki ishbilarmonlik fazilatlariga qarab tanlashlari, ularga haqiqat aytilganda hurmat bilan tinglashlari kerak deb hisoblashgan. Tadqiqot metodologiyasi. Davlatni boshqarish, uning chegaralari va ularni himoya qilish muammosiga ijtimoiy-falsafiy yondashuvlar ham Qadimgi Hindistonda shakllantirilgan va ular sof diniyidealistik nuqtayi nazarga ega bo'lgan. O'sha davrning eng yirik risolalaridan biri "Artxashastra yoki siyosat fani"da (miloddan avvalgi III asr) qadimgi Hindiston davlatlaridan birining chegarasini qo'riqlash tartibi, jumladan, "chegara qo'shinlari boshlig'ining vazifalari" va "chegara qo'riqchilari" batafsil tavsiflangan [4, 78 b].

694

April 20, 2024

y

Antik (qadimgi yunon) falsafasi miloddan avvalgi 7-6 asrlarda vujudga kelgan. U muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy sharoitlarda shakllangan. Bu davrga kelib, Qadimgi Yunonistonda ancha rivojlangan quldorlik jamiyati mavjud bo'lib, ixtisoslashgan xususiyatga ega murakkab ijtimoiy sinfiy tuzilma va mehnat taqsimoti shakllariga ega edi. Masalan, Aflotun jamiyat va davlat boshqaruvini faylasuflarga - o'sha davrning eng o'qimishli odamlariga o'tkazish g'oyasini asoslab bergan. Bu g'oyaning ma'nosi ilmiy bazaga asoslangan boshqaruv qarorini ishlab chiqishdan iborat bo'lgan [5, 88 b]. Uchinchi boshqaruv inqilobi Hammurapi vafotidan ming yil o'tgach sodir bo'ldi. Bobil o'zining avvalgi shon-shuhratini tiklaydi va o'zini dunyoga boshqaruv amaliyotini rivojlantirish markazi sifatida eslatadi. Navuxodonosor II ning yutuqlari - qurilish faoliyati va texnik jihatdan murakkab loyihalarni ishlab chiqish, boshqaruvning samarali usullari va mahsulot sifatini nazorat qilish - boshqaruvdagi uchinchi inqilobni tavsiflaydi. Qadimgi Rimda ham boshqaruv innovatsiyalariga katta ahamiyat berilgan. Ulardan eng mashhurlari Diokletianning (eramizning 243 - 316-yillari) hududiy boshqaruv tizimi hamda 2 asrdanoq funksionalizm tamoyillaridan foydalangan Rim-katolik cherkovining ma'muriy iyerarxiyasidir [6, 96 b]. Hozirda ham ushbu tashkilot G'arb olamidagi eng mukammal rasmiy tashkilot deb hisoblanadi. Uning hissalari boshqaruv nazariyalarida yuqori baholanadi.

Shunday qilib, Qadimgi Xitoy, Hindiston va Antik davr falsafasi falsafaning alohida ijtimoiymadaniy turlari bo'lib, ular doirasida boshqaruvning fundamental muammolari ko'tarilgan, falsafaning asosiy muammolari shakllangan va uning rivojlanishining asosiy yo'nalishlari ochib berilgan. Falsafaning ushbu sotsial-madaniy tiplari jamiyat taraqqiyotiga inqilobiy ta'sir ko'rsatdi va shu bilan jamiyatda ijtimoiy boshqaruv madaniyati haqidagi falsafiy qarashlarning ahamiyatini tasdiqladi. O'rta asr falsafiy tafakkuri yakkaxudolik (monoteizm) dini - yahudiylik, nasroniylik, islom diniga asoslanadi. Cherkov doirasida jamiyatda ijtimoiy boshqaruv usullari tizimi ishlab chiqilgan: boshqaruv subyektlarini tayyorlash, dindorlarning intizomini "mafkuraviy" asosda shakllantirish, inson ma'naviy xayotiga ta'sir qilish usullarini ishlab chiqish va boshqalar.

Uyg'onish davrida falsafiy tafakkurning diqqat markazida inson bo'lgan. Xudo hamma narsaning boshi, lekin butun dunyoning markazi - insondir degan tamoyilga asoslangan. Ijtimoiy adolat va tenglik haqidagi asosiy g'oyalar T.Mor, T.Kampanella, T.Myunser, N.Makiavelli, E.Rotterdamskiy va M.Montenlarning asarlarida o'z ifodasini topgan. Uning doirasida subyektning oqilona faoliyat tashuvchisi sifatidagi bilimlarning boshqaruvdagi roli haqidagi g'oyalarni shakllantirish davom etilgan. XVH-XVIII asrlardagi to'rtinchi boshqaruv inqilobi kapitalizmning tug'ilishi va Yevropa sivilizatsiyasining sanoat taraqqiyotini boshlanishi bilan bir vaqtga to'g'ri keldi. Bu davrning boshqaruv sohasidagi asosiy inqilobiy o'zgarishlari uning mulkchilikdan ajralib chiqishi va professional boshqaruvning paydo bo'lishi edi [7, 45 b].

April 20, 2024

Beshinchi boshqaruv inqilobi XIX-asr oxiri va XX asr boshlarida sodir bo'ldi. Aksariyat hollarda uni byurokratik deb atashadi, sababi jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning yirik iyerarxik tuzilmalarini shakllantirishga, mehnat taqsimotini amalga oshirishga, me'yorlar va standartlarni joriy etishga, boshqaruvchilarning ish vazifalari va mas'uliyatini belgilashga imkon bergan boshqaruv sohasidagi o'zgarishlarning nazariy platformasi byurokratiya konsepsiyasi bo'ldi. Shunday qilib, boshqaruv inqiloblarining yuqoridagi tasnifi ularning rivojlanish mantig'ini kuzatish imkonini beradi, ya'ni: birinchi to'rtta inqilob davrida boshqaruv san'at sifatida tushunilgan, ya'ni boshqaruvchilarning to'plagan tajribasini amaliyotda samarali qo'llash qobiliyatini aks ettirgan; beshinchi boshqaruv inqilobi esa boshqaruv tushunchasini inson bilimining mustaqil sohasiga, ya'ni fanga aylanishi boshlanishini anglatgan.

REFERENCES:

1. Хинц В. Государство Элам. - М., 1977.

2. Чанышев А.Н. Курс лекций по древней философии. - М., 1981.

3. Древнекитайская философия. Собр. текстов. В 2-х т. - М., 1972-1973 гг.

4. Эрназаров Б. Социомаданий идентикликнинг индивидуал жихдтлари //o'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. - 2023. - Т. 2. - №2. 19.

- С. 869-873.

5. Raqamli jamiyatda ijtimoiy adolatni amalga oshirish imkoniyatlari. А. Холбеков, Ж Ибрагимов. Журнал социальных исследований. №26 (3), 2023.

6. Жиянмуратова Г. Ш. Узбекистонда фу^аролик жамияти шароитида ёшлар ижгимоий-сиёсий фаоллиги динамикаси //Журнал социальных исследований. - 2020.

- Т. 3. - №№. 1.

7. Алимухамедова Н., Сабирова У. Миллий идентикликгининг ижтимоий-фaлcaфий жиxдтлaри //Журнал социальных исследований. - 2022. - N°. SI-2.

8. Alikariev N.S., Alikarieva A.N. Oliy ta'lim sifati menejmenti tizimini rivojlantirish konsepsiyasi//"Ijtimoiy tadqiqotlar jurnali" (www.tadqiqot.uz\soci) elektron jurnali. №1. - Toshkent, 2020. - B. 7-18. DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2020-1

9. Alikarieva Alokxon. Sociological survey in the implementation of the educational quality management system// International Journal of Education, Social Science & Humanities. Finland Academic Research Science Publishers. Volume-11| Issue-5| 2023 Published: |22-05-2023| https://doi.org/10.5281/zenodo.8003531

696

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.