Научная статья на тему 'MEDIATSIYA NIZOLARNI HAL QILUVCHI VOSITA SIFATIDA'

MEDIATSIYA NIZOLARNI HAL QILUVCHI VOSITA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nizo / ijtimoiy munosabat / konfrontatsiya / kompromiss / dissonans / manfaatlar va ziddiyatlar / mediatsiya / vositachi / conflict / social relationship / confrontation / compromise / dissonance / interests and conflicts / mediation / mediator

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — D. M. Teshayev

Mazkur ilmiy maqolada nizolar haqida umumiy tushuncha, uning yuzaga kelish omillari, turlari va bosqichlari haqida ma‘lumot berilgan. Shuningdek, nizolarni hal etishda mediatsiya institutining oʻrni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari, mediatsiyaning xorijiy mamlakatlarda qoʻllanilish darajasi haqida ma‘lumotlar tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDIATION AS A DISPUTE RESOLUTION TOOL

This scientific article provides information on the general understanding of conflicts, their causes, types and stages. Also, information about the role of the mediation institution in conflict resolution, the stages of its historical development, and the level of use of mediation in foreign countries was analyzed.

Текст научной работы на тему «MEDIATSIYA NIZOLARNI HAL QILUVCHI VOSITA SIFATIDA»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

MEDIATSIYA - NIZOLARNI HAL QILUVCHI VOSITA SIFATIDA

D. M. Teshayev

Ijtimoiy ish" kafedrasi tayanch doktoranti O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSIYA

Mazkur ilmiy maqolada nizolar haqida umumiy tushuncha, uning yuzaga kelish omillari, turlari va bosqichlari haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, nizolarni hal etishda mediatsiya institutining o'rni, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari, mediatsiyaning xorijiy mamlakatlarda qo'llanilish darajasi haqida ma'lumotlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: nizo, ijtimoiy munosabat, konfrontatsiya, kompromiss, dissonans, manfaatlar va ziddiyatlar, mediatsiya, vositachi

MEDIATION AS A DISPUTE RESOLUTION TOOL

D. M. Teshayev

Doctoral student of the Department of Social Work National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

This scientific article provides information on the general understanding of conflicts, their causes, types and stages. Also, information about the role of the mediation institution in conflict resolution, the stages of its historical development, and the level of use of mediation in foreign countries was analyzed.

Keywords: conflict, social relationship, confrontation, compromise, dissonance, interests and conflicts, mediation, mediator

Nizo (ixtilof, nifoq, mojaro, ziddiyat, qarama-qarshilik, kolliziya, konflikt) bugungi zamonaviy dunyoning ajralmas elementi hisoblanadi. Nizolar ijtimoiy hayotning etnik, irqiy, milliy, oilaviy, mehnat, tijorat, biznes, g'oyaviy-mafkuraviy munosabatlarga oid masalalarida yuzaga kelishi mumkin.

Nizo - (kolliziya, ixtilof, nifoq, mojaro, konflikt) odamlar, g'oyalar yoki manfaatlar o'rtasidagi munosabatlarda disgarmoniya (uyg'unlikning, muvozanatning buzilishi), kelishmovchilik holati, qarama-qarshiliklar to'qnashuvi [1].

Nizo maqsad-muddaosi, fikrlari bir-biriga mos tushmaydigan tomonlar (odamlar, guruhlar) o'rtasidagi munosabat, manfaatlar to'qnashuvi, muammolarni hal etishning eng

593

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

radikal (keskin) usuli bo'lib, ushbu jarayonda har bir tomon faqat o'zining manfaatini ko'zlaydi.

Nizo shaxslar yoki ijtimoiy kuchlar to'qnashuvi, kamida ikki tomonning manfaatlari, qarashlari, pozitsiyalari qarama-qarshiligi ko'rinishida yuz beradigan o'zaro ta'sir jarayonidir.

Nizo - istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq subyektlar o'rtasidagi ijtimoiy o'zaro aloqalar shakli (subyektlar individ, guruh, o'z-o'zi bilan - ichki nizolar holatlarida bo'ladi).

"Nizo" va "nizoli vaziyat" tushunchalarini farqlash kerak, ular o'rtasida katta farq bor. Nizoli vaziyat - ijtimoiy subyektlar o'rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi. Asosiy belgisi nizo predmeti yuzaga kelishi, lekin ochiq faol kurashning yo'qligidir Ya'ni to'qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat yuzaga keladi.

Nizolar tipologiyasi, ya'ni uning o'ziga xos toifalarga, ko'rinishlarga bo'linishi ancha murakkab hodisa hisoblanadi. Chunki har bir real konflikt faqat uning o'zigagina xos bo'lgan xususiyatlardan iborat bo'ladi.

Holatlar ko'p hollarda quyidagi turdagi nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi:

1) ta'sirning yo'nalishiga ko'ra: vertikal va gorizontal;

2) nizoni hal qilish usuliga ko'ra: antogonistik va kelishuvga olib keladigan nizolar -kompromiss;

3) namoyon bo'lish darajasiga ko'ra: ochiq, yashirin, potensial, asosli;

4) ishtirokchilar soniga ko'ra: ichki shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo;

5) kelib chiqish tabiatiga ko'ra: milliy, etnik, millatlararo, ishlab chiqarish, hissiy-emotsional.

Har bir nizo alohida hodisa sifatida tahlil qilinadi, lekin ularning barchasiga xos bo'lgan ayrim qonuniyatlar borki, ularga avvalo uning bosqichlari yoki fazalari kiradi:

I. Nizo oldi bosqich - konfrontatsiya;

II. Nizoning o'zi - kompromiss yoki janjal;

III. Nizodan chiqish - muloqot yoki dissonans.

Birinchi bosqich: konfrontatsiya - konkret masala yuzasidan fikrlar yoki qarashlarda tafovut yoki qaramaqarshilik uchun shart-sharoit paydo bo'ladi.

Ikkinchi bosqich: kompromiss yoki janjal - har ikkala tomon o'z qarashlarini qarshi tomonnikidan afzal bilib, ochiqchasiga bir-birlarini ayblay boshlaydilar. Nizoli holatlarda shaxsning qanday xulq-atvor xususiyatlarini namoyon etishiga qarab turli toifalar kuzatiladi.

Uchinchi bosqich: nizodan chiqish - muloqot yoki dissonans (tovushlar uyg'unsizligi, hamohanglikning, uyg'unlikning yo'qligi yoki buzilishi: aksi konsonansdir (bir necha tovushlarning garmonik uyg'unligi; ohangdorligi).

Nizo quyidagi ko'rinishlarda yuz berishi mumkin:

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

- muayyan masala bo'yicha kelishuvning yo'qligi;

- turli jamoalar manfaatlarining qarama-qarshiligi;

- axloqiy va huquqiy normalar o'rtasidagi ziddiyatlar;

- madaniy, etnik mojarolar;

- biror masalada raqobat.

Zamonaviy jamiyatlarda nizo jamiyat hayotining uzviy ko'rinishidir. Masalan, Germaniyada faoliyat olib boruvchi yirik kompaniyalarda nizo predmeti bilan ishlaydigan maxsus bo'limlar tashkil etilgan. Uning vazifasi ijtimoiy-mehnat nizolarini o'z vaqtida, boshlang'ich fazasida bartaraf etishdan iborat. Tomonlarning yuristlari yuzaga kelgan konfliktni o'zaro muzokara yo'li bilan hal qilish choralarini ko'radi (collaborative law, procedure collaborative).

Har qanday nizoli vaziyatning markazida insonning boshqa insonlar bilan munosabatlarda huquqqa ega ekanligi g'oyasi yotadi. Ushbu g'oya shaxsga xos xususiyatlar, mavqe, pozitsiyalar mavjudligiga ko'ra, "adolatli" munosabatga loyiqlik masalasiga borib taqaladi. Nizo nafaqat manfaatlar va ziddiyatlar to'qnashuvi, balki "muayyan huquqlarga egalik"da (entitlement) raqobatning namoyon bo'lishidir.

Sanoat inqilobi va yuksak sur'atda axborot almashinuvi bilan bog'liq zamonaviy dunyoda sodir bo'layotgan jarayonlar yuzaga keladigan turli shakldagi nizolarni hal qilishda yangi progressiv yondashuvlarni talab qiladi.

XXI asrda uzluksiz shaxsiy va kasbiy kamolot hamda o'zgarib, rivojlanib borayotgan dunyoning talablariga moslashishning samarali shakllaridan biri bu shaxslararo nizolarni samarali boshqarish ko'nikmalaridir. Vendi Suzuki, Liza Parkinson, Xristof Besemer, Rodjer Fisher, Jon Uinsleyd, Anita fon Xertel, Rojer Bush, Uilyam Yuri, Abraxam Maslou, Nadejda Grishina, Jon Foljer, Tatyana Dronzina tadqiqotlarida inqirozlarni samarali bartaraf etish orqali shaxsiy rivojlanish strategiyasi, nizolar bilan samarali ishlash, konflikt-menejment, mediativ texnikalar, oila mediatsiyasi, oilaviy nizolar tabiati, nizolar bilan ishlashda zarur kompetensiyalarni shakllantirish muammolari tadqiq qilingan [2].

XXI asr ko'nikmalari yo'lida hamkorlik tashkiloti (Partnership for 21st Century Skills) tomonidan XXI asrda insoniyatning barcha sohada muvaffaqiyatli faoliyati uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar qatorida bir qator ijtimoiy kompetensiyalar sanab o'tilgan. Ushbu muhim kompetensiyalar qatoridan nizolarni hal qilish, nizoni boshqarish kabilar ham o'rin olgan [3].

Zamonaviy jamiyatda ijtimoiy, iqtisodiy, shaxslararo munosabatlarning rivojiga xizmat qiladigan va ijtimoiy tizimning barcha shakllarida - oila, iqtisodiyot, mehnat bozori, davlat ma'muriy amaliyotida keng qo'llaniladigan, hayotdagi turli xil nizolarni tinchlik, muzokara va murosa yo'li bilan hal etishning ilg'or va muqobil usuli mediatsiyadir.

Mediatsiya - (lotincha "mediatio", inglizcha "mediation" - vositachilik) tomonlar o'rtasidagi nizo, ziddiyat, ixtilof, kelishmovchilik, mojaro (konflikt)ni tomonlarning

April 20, 2024

595

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

y

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

ixtiyoriy roziligi asosida, uchinchi, betaraf (neytral), xolis shaxs, ya'ni mediator (vositachi) ko'magida hal qilish usulidir. Mediatorlar xulqining Yevropa kodeksida "Mediatsiya - bu ikki yoki undan ortiq tomon ushbu tomonlarga nizoni sud qarorisiz kelishuv tartibida hal etishga yordam berish uchun uchinchi tomon - vositachini jalb qilishga rozilik berish orqali o'tadigan istalgan jarayon", deya ta'rif berilgan.

Mediator (vositachi) xolis, betaraf shaxs bo'lib, tomonlarga yuzaga kelgan nizolarning o'zaro manfaatli yechimini topishga ko'maklashadi. Mediator ixtiyoriylik va iroda erkinligiga asoslangan mediatsiya jarayonida tomonlarga o'rtadagi nizoning yechimini izlash bo'yicha mas'uliyatni zimmasiga olish va muloqot qilish uchun imkon yaratadi [4]. Bu jarayonda nizolashayotgan tomonlar uchun zarur shart-sharoitlar ta'minlangan holatda o'zaro munosabatlarni (oilaviy, kasbiy, ijtimoiy) saqlab qolishga va hamkorlik qilishga imkoniyat yaratiladi. Mediator ikki yoki undan ortiq tomonlar yoki guruhlar bilan ishlaydi. Mediator advokat emas, u tomonlardan birining huquqlari va manfaatlarini himoya qilmaydi. Meditatsiyaning maqsadi nizoni bartaraf etish usuli bo'yicha tomonlarning o'ziga xos kelishuviga erishishdan iborat. Mediatsiya - kelajakka yo'naltirilgan jarayon. Mediatsiya deyarli har qanday nizolarda qo'llanilishi mumkin. (Mediatsiya o'tkazishning imkoniyati yo'qligini bildiruvchi nomediabellik holatlari bundan mustasno. Masalan, sud pretsedentining mavjudligi, jismoniy zo'rlik, nizoning ko'psubyektli ekanligi, uchinchi shaxs manfaatlarining ifodasi, ruhiy kasalliklar va h.). Uning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra ular muhokama qilmoqchi bo'lgan masalalarni aniqlab olishlari mumkin.

Mediatsiya - juda moslashuvchan jarayon, uning yo'nalishi har doim tomonlarning shaxsiy ehtiyojlariga muvofiq o'zgarishi mumkin. Nizolarni hal qilishda mediatsiyani amaliyotga tatbiq etilishi sud tizimi uchun ham katta ahamiyatga ega. Ish hajmining yuqori darajada ko'pligi barcha davlatlar sudlari uchun umumiy muammo hisoblanadi. Xususan, Hindistonda har bir sudyaga qariyb 2100 ta ish to'g'ri keladi. Ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan ishlarning umumiy soni 30 milliondan ortiq. Ko'p odamlar 20 yildan beri da'volami kutishmoqda. Bu ishlarning Hindiston sudlari tomonidan ko'rib chiqilishi 2400-yilga borib, tugallanishi mumkin.

Mediatsiya uzoq tarixga ega ijtimoiy institut bo'lib, Assiriya (shumerlar davlati), Finikiya, Mesopotamiya, Vavilon, Misr, Xitoy, Qadimgi Yunoniston va Rimda turli kelishmovchiliklarga yechim topishda mediatsiyani qo'llash amaliyotidan keng foydalanilgan.

Qadimgi Rimda va Vizantiya imperiyasida miloddan avvalgi VIII asrdan beri mavjud bo'lgan va ko'plab boshqa davlatlar huquqiy tizimlarining modeli bo'lib xizmat qilgan Rim huquqida (Corpus iuris civilis) Yustinian kodeksidan boshlab bahs-munozaralarni hal qilish uchun vositachilik usuli tan olingan. Qadimgi Yunonistonda vositachilar proxenetas deb atalgan. Qadimgi Rimda ular turlicha nomlangan: internuncius,

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ranfimSiiSno

medium, intercessor, philantropus, interpolator, mediator, conciliator, interlocutor, interpres. Tarixdan ma'lumki, imperator Napoleon Bonapart Shveysariya, Germaniya va Fransiya o'rtasida xalqaro mediatsiyaning vositachisi sifatida ishtirok etgan va Shveysariyaga mustaqilligini va avvalgi davlat tuzilishini saqlab qolishga imkon beruvchi "Mediatsiya Akti"ni imzolagan [5]. Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda keng jamoatchilik hamda sotsiologlar, psixologlar orasida qizg'in munozaralarga sababchi bo'layotgan oiladagi salbiy munosabatlar, nizolar va kelishmovchilik holatlarining ko'plab uchrashi jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Erkak va ayol o'rtasida salbiy munosabatlar, kelin va qaynona o'rtasidagi nizolar, farzand va ota-onalar o'rtasidagi tushunmovchiliklar ba'zi oila a'zolarining notinch yashashlariga, bunday oilalarni xavf guruhiga kirishiga sabab bo'lmoqda.

Nizoli oilalarning jamiyatda xavf guruhiga kirishining muhim xususiyati shundaki, bunday oilaviy nizo ta'sirida noxush hodisalar: har xil asab tizimi bilan bog'liq kasalliklarning kelib chiqishi, har xil jinoyatlar, qotilliklar, o'z joniga qasd qilish, xiyonat, oilada begonalashuv, bolalar tarbiyasining buzilishi va shu kabi qator ko'ngilsiz holatlar kuzatiladi. Bu esa boshqa ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, O'zbekistonda 2023-yil 12 oyida sodir etilgan 363 ta qotillikning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan[6]. Shuningdek, oilada nizolashuvchi tomonlar jamiyatdagi yana boshqa tuzilmaning ishtirokchisi hisoblanar ekan, asosiy tuzilma bo'lgan oiladagi mavjud nizoli holat va kayfiyat o'z-o'zidan ikkinchi faoliyatga, tuzilmaga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Shuning uchun ham oilaviy nizo va ziddiyatlar nafaqat oilaga balki butun jamiyatga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

REFERENCES:

1. Гришина Н. В. Психология конфликта. 2-е изд. — СПб.: Питер, 2008. — 544 с;

2. Хертель, Анита фон. Профессиональное разрешение конфликтов: Медиативная компетенция в Вашей жизни. — СПб.: Издательство Вернера Регена, 2007. - 272 с.

3. Internet manbasi: www.21stcenturyskills.org.

4. Kholmamatovich Z. E. The Essence And Significance Of The Neighborhood In The Development Of The National Mentality //European Journal of Interdisciplinary Research and Development. - 2023. - Т. 21. - С. 271-277.

5. Zaitov E. K. Theoretical and methodological approaches to social work with deviant youth prone to harmful habits //THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука. - 2021. - №2. 12. - С. 1067-1069.

597

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.