Научная статья на тему 'XALQARO XUSUSIY HUQUQDA IQTISODIY NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULLARI'

XALQARO XUSUSIY HUQUQDA IQTISODIY NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
312
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiy nizo / muzokara / mediatsiya / kelishuv / ekspert xulosasi / arbitraj / ICC / ICSID. / economic dispute / negotiation / mediation / compromise / expert opinion / arbitration / ICC / ICSID.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Tog‘aymurodova Fotima

Ushbu maqolada hozirgi kunda xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal etishning muqobil usullari va bosqichlari o‘rganilib, ular birma-bir ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni mediatsiya, arbitraj yoki boshqa usullar yordamida hal etish haqida ma’lumotlar beriladi. Bir qancha xalqaro arbitraj sudlari faoliyati bilan tanishtiriladi. Shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni hal etish muqobil usullarining xususiyatlari ochib beriladi. O‘zbekistonning chet el elementi bilan murakkablashgan iqtisodiy nizolarni hal etish bo‘yicha tajribasi o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALTERNATIVE WAYS TO RESOLVE ECONOMIC DISPUTES IN PRIVATE INTERNATIONAL LAW

This article examines alternative methods and stages of economic dispute resolution in modern international private law, which are considered one after the other. In addition, information is provided on the resolution of economic disputes through mediation, arbitration, or other methods of international private law. The activities of a number of international arbitration courts will be introduced. The features of alternative methods of settlement of economic disputes in Uzbekistan relating to international private law will also be revealed. The experience of Uzbekistan in resolving economic disputes complicated by foreign elements will be studied.

Текст научной работы на тему «XALQARO XUSUSIY HUQUQDA IQTISODIY NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

XALQARO XUSUSIY HUQUQDA IQTISODIY NIZOLARNI HAL QILISHNING MUQOBIL USULLARI

Fotima Tog'aymurodova

Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi kunda xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal etishning muqobil usullari va bosqichlari o 'rganilib, ular birma-bir ko 'rib chiqiladi. Bundan tashqari, xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni mediatsiya, arbitraj yoki boshqa usullar yordamida hal etish haqida ma 'lumotlar beriladi. Bir qancha xalqaro arbitraj sudlari faoliyati bilan tanishtiriladi. Shuningdek, O'zbekistonda xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni hal etish muqobil usullarining xususiyatlari ochib beriladi. O 'zbekistonning chet el elementi bilan murakkablashgan iqtisodiy nizolarni hal etish bo 'yicha tajribasi o'rganiladi.

Kalit so'zlar: iqtisodiy nizo, muzokara, mediatsiya, kelishuv, ekspert xulosasi, arbitraj, ICC, ICSID.

АЛЬТЕРНАТИВНЫЕ МЕТОДЫ РАЗРЕШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКИХ СПОРОВ В МЕЖДУНАРОДНОМ ЧАСТНОМ ПРАВЕ

В данной статье рассматриваются альтернативные методы и этапы решения экономических споров в современном международном частном праве, которые рассматриваются один за другим. Кроме того, приводится информация о решении экономических споров с помощью посредничества, арбитража или иных методов в международном частном праве. Будет ознакомлена деятельность ряда международных арбитражных судов. Также будут раскрыты особенности альтернативных методов разрешения экономических споров в Узбекистане, касающихся международного частного права. Будет изучен опыт Узбекистана по разрешению экономических споров, осложненных иностранным элементом.

Ключевые слова: экономический спор, переговоры, медиация, соглашение, экспертное определение (заключение), арбитраж, ICC, ICSID.

Фотима Тогаймурадова

Ташкентский государственный юридический университет студент 3-курса

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

ALTERNATIVE WAYS TO RESOLVE ECONOMIC DISPUTES IN PRIVATE INTERNATIONAL LAW

Fotima Togaymurodova

Tashkent State University of Law 3rd year student

ABSTRACT

This article examines alternative methods and stages of economic dispute resolution in modern international private law, which are considered one after the other. In addition, information is provided on the resolution of economic disputes through mediation, arbitration, or other methods of international private law. The activities of a number of international arbitration courts will be introduced. The features of alternative methods of settlement of economic disputes in Uzbekistan relating to international private law will also be revealed. The experience of Uzbekistan in resolving economic disputes complicated by foreign elements will be studied.

Key words: economic dispute, negotiation, mediation, compromise, expert opinion, arbitration, ICC, ICSID.

Xalqaro huquq subyektlari o'rtasidagi munosabatlar vujudga kelishi bilan, ular o'rtasida nizolar ham kelib chiqishi mumkin. Bunday nizolardan biri iqtisodiy nizolardir. Iqtisodiy nizolar - bu yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxslar tomonidan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq fuqarolik yoki boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolardir1. Iqtisodiy nizolar chet el elementi bilan murakkablashganda xalqaro xususiy huquq bilan tartibga solishni talab etadi. Demak, iqtisodiy nizo xalqaro xususiy huquq nomalari asosida hal etilishi uchun subyektlar yoki ulardan biri chet el fuqarosi yoki chet el yuridik shaxsi bo'lishi yoki nizolashilayotgan obyekt chet elda joylashgan bo'lishi, yoki nizoga sabab bo'lgan holat yoki hodisa chet elda sodir bo'lgan bo'lishi lozim. Davlat va xorijiy yuridik shaxs o'rtasida kelib chiqqan iqtisodiy nizolar bir tarafda davlat tursa ham xalqaro xususiy huquq normalari asosida hal etiladi. Kelib chiqqan har qanday nizo taraflar uchun muqobil yechimni talab qiladi. Bundan tashqari, 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar to'g'risidagi Vena konvensiyasida shartnomalar bilan bog'liq nizolar, boshqa xalqaro nizolar singari, faqat tinch yo'l bilan va adolat va xalqaro huquq

KIRISH

1 https://tehn-ozersk.ru/wp-content/uploads/2020/ll/%D0%9F%D0%9E%D0%9F%D0%94-4-l-%D0%90-2-

%D0%BD%D0%BE%D1%8F%D0%B l%Dl%80%Dl%8F.pdf

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

tamoyillariga muvofiq hal qilinishi kerak, deb keltirib o'tilgan2. Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal etishning bir qancha yo'llari mavjud. Bunda subyektlar kelishgan holda kelib chiqqan nizoni hal etish uchun o'zlariga qulay usulni tanlashlari mumkin. Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolar xalqaro konvensiyalar, milliy qonunchilik, xalqaro shartnomalar asosida tartibga solinadi. O'zbekistonda chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlardan kelib chiqadigan iqtisodiy nizolar xalqaro xususiy huquq normalari, xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilik asosida hal etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xalqaro xususiy huquqda nizolarni muqobil usullarda hal etish deganda, olimlarning har xil yondashuvlari mavjud. V.I.Kuzinaning fikriga ko'ra, "nizolarni muqobil usullarda hal qilish" bu birgalikda zarur huquqiy natijaga erishish uchun nizoni hal qilish va (yoki) qonun bilan taqiqlanmagan huquqiy nizoni hal qilishning eng samarali nodavlat (xususiy) usulini qo'llash hisoblanadi3. S.V.Nikolyukin "nizo", "mojaro" tushunchalarini tahlil qilib, xulosaga keladi. Ushbu olimning ta'kidlashicha, "nizolarni muqobil hal qilish" so'zlarining kombinatsiyasida qarama-qarshiliklarni hal qilish mexanizmlarining butun majmuasi mavjud bo'lib, ular ko'p hollarda yuqori samaradorlik va moslashuvchanlik tufayli ziddiyatli vaziyatlarni hal qilishning an'anaviy usullarini almashtirishi mumkin"4. Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal etishning muqobil usullari quyidagilardan iborat: •Muzokara •Mediatsiya •Kelishuv •Ekspert xulosasi •Arbitraj

Iqtisodiy nizolarni hal etish uchun taraflar ko'p hollarda, arbitraj sudlari yoki mediatsiyani tanlashadi. Ba'zi hollarda ular o'rtasidagi kelishuvga ko'ra muzokaralar o'tkazish, tomonlar uchun maqbul kelishuvga erishish yoki ekspert xulosasi asosida ham nizoni hal qilishlari mumkin.

Muzokaralar - tomonlar (muzokarachilar) o'rtasida o'z maqsadlariga va umumiy yechimga erishish uchun aloqa, bunda tomonlarning har biri vaziyatni nazorat qilish va muammoni hal qilishda teng imkoniyatlarga ega. Muzokaralar nizolarni hal qilishning eng oddiy, keng tarqalgan, samarali va arzon vositalaridan

2 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasi.

3 V.I.Kuzina Nizolarni muqobil usulda hal etish tushunchasi, farqli jihatlari, afzalliklari va kamchiliklari//Ijro monitoringi. 2012. No4. 72-bet.

4 S.V.Nikolyukin Rossiya Federatsiyasida mediatsiyaning huquqiy texnologiyalari: ilmiy va amaliy protseduralar. M,

2013. 57-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

biridir, shu jumladan, iqtisodiyot sohasida ham, chunki ular qo'shimcha xarajatlarga olib kelmaydi, ular tomonlar uchun xavf tug'dirmaydi va nizoni hal etishni muhokama qilishga qaratilgan bo'ladi5. Muzokaralar bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, muzokaralarga tayyorgarlik. Bu bosqichda taraflar muzokara olib borish uchun o'z talablarini bildiradi yoki kelib chiqqan nizo yuzasidan muzokarani qanday olib borish bo'yicha murojaat etishadi. Ikkinchi bosqich, muzokara jarayoni. Ushbu bosqich taraflarning o'z takliflari bilan bo'lishishi, ularning nizoni hal etish bo'yicha bir to'xtamga kelishini o'z ichiga oladi. Uchinchi bosqich, muzokaralarni yakunlash va uning natijalari tahlili. Bu bosqichda taraflar muzokaralarni yakunlaydi va ularning barchasini qondiradigan yechim bilan nizoni hal etishadi. Tomonlarning vakillari ko'rishib, nizo kelib chiqqan holatni o'rganishadi, muammoni hal etish uchun o'zlarining takliflarini berishadi. Muzokara mediatsiyaga o'xshash bo'ladi, ammo mediatsiya jarayonini alohida o'qitilgan litsenziyaga ega mediatorlar olib boradi. Muzokaralarning nizolarni hal qilishning boshqa muqobil usullariga nisbatan afzalliklari quyidagicha aniqlanishi mumkin:

- ushbu jarayonda tomonlar bevosita birgalikda harakat qiladi;

- iqtisodiy nizo subyektlari o'zaro munosabatlarning turli jihatlarini iloji boricha nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Misol uchun, muhokama vaqti va chegaralarini mustaqil ravishda belgilash;

- muzokaralar jarayoniga va ularning natijalariga ta'sir qilish;

- muzokaralar nizo subyektlariga tomonlarning har birini qondiradigan va ulardan birini yutqazishi bilan yakunlanishi mumkin bo'lgan uzoq davom etadigan sud jarayonidan qochadigan kelishuvni ishlab chiqishga imkon beradi;

- muzokaralardagi nizo subyektlarining o'zaro birgalikdagi harakati maxfiylikni saqlashga imkon beradi6.

Ko'rib turganimizdek, xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni hal etishning muqobil usuli sifatida muzokaralar tomonlarga nizoga yechim topishda ko'plab qulayliklar yaratadi.

Mediatsiya - ikki yoki undan ortiq tomonlarning nizolarini uchinchi tomon -mediator ishtirokida muqobil hal qilishning universal texnologiyasi, bu nizo bo'yicha ma'lum bir kelishuvni ishlab chiqishga yordam beradi, tomonlar nizoni hal qilish to'g'risida qaror qabul qilish jarayoni va uni hal qilish shartlarini to'liq nazorat qiladi7. Mediatsiya jarayoni quyidagi prinsiplarga asoslangan bo'lishi lozim:

1. Ixtiyoriylik

2. Vijdoniylik

5 E.A.Gureva. Nizolarni hal etishning muqobil usullari. Elektron o'quv-metodik qo'llanma. 2022-yil. 30-bet.

6 E.A.Gureva. Nizolarni hal etishning muqobil usullari. Elektron o'quv-metodik qo'llanma. 2022-yil. 30-bet.

7 https://studfile.net/preview/9409063/page:54/

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(10), October, 2023

3. Tomonlarning teng huquqliligi va hamkorligi

4. Mediatorning xolisligi va mustaqilligi

5. Maxfiylik

Mediatsiya nizoni hamma taraflar uchun muqobil yechimlar bilan hal etishga yordam beradi. Hozirgi kunda mediatsiya bahsli nizolarni hal qilishning qonuniylashtirilgan shakli maqomiga ega bo'ldi va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida nizolarni hal qilishning bir vositasi sifatida qaraladi. Mediatsiya jarayonida bevosita ishtirok etuvchi taraflardan tashqari yanan bir shaxs bu mediator hisoblanadi. Mediator bu - mediatsiya jarayonini olib boruvchi, taraflardan hech biriga bo'ysunmaydigan xolis shaxs hisoblanadi. Mediatsiya jarayonida mediator taraflar bilan alohida ko'rishib, kelib chiqqan nizoni o'rganadi va ularning ham fikrini va nizoga qanday yechim xohlayotganini bilib, taraflar uchun muqobil yechimni beradi. Mediatorning bergan yechimi majburiy kuchga ega hisoblanmaydi. Agar taraflar rozi bo'lsa, kelishuv tuzilgan hisoblanib, nizo hal etiladi.

Nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri tomonlarning kelishuv bitimi tuzishi. Bu xalqaro xususiy huquq ishtirokchilari uchun qarama-qarshiliklarni bartaraf etishning eng maqbul vositalaridan biridir. Buning sababi shundaki, kelishuv bitimida nizoni hal qilish shartlari tomonlarning o'zlari tomonidan, ularning manfaatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, muzokaralar davomida belgilanadi, bu ular o'rtasidagi barqaror qulay munosabatlarni saqlashga yordam beradi. Taraflar kelishuvga erishganda kelishuv bitimi tuziladi. Bunda, avval, tomonlar nizoni hal etish tartibi va nizoga yechim berishadi. Kelishuvga erishish maqsadida takliflar birma-bir ko'rib chiqiladi. Kelishuvga erishishning birinchi bosqichida tomonlar o'z takliflarini bersa, ikkinchi bosqichida ushbu takliflarni qabul qilish yoki qilmaslik ko'rib chiqiladi. Taklifni qabul qilish yozma bo'lishi kerak, bu taklifni qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat bo'ladi8. Taraflar kelishuv bitimini sud bosqichlaridan birida yoki suddan tashqari ham tuzishlari mumkin.

Xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni hal etishning yana bir muqobil usuli bu ekspert xulosasi. Ekspert xizmatiga muhtoj bo'lgan tomonlar ICC xalqaro ekspertiza markaziga murojaat qilib, ularni qiziqtirgan muayyan sohada mutaxassis tayinlashni so'rashlari mumkin. 1976 yilda tashkil etilgan markaz o'z faoliyatini ICC ekspertiza reglamentiga muvofiq amalga oshiradi. Markaz maxsus bilimlarni talab qiladigan texnik, moliyaviy, huquqiy va boshqa masalalar bilan shug'ullanadi. Tomonlar o'z shartnomalarida ekspertiza o'tkazish uchun markazda qo'llaniladigan qoidalarga murojaat qilishlari yoki undan keyinchalik foydalanishlari mumkinligi

8 Paulette Khumalo. Compromise: settlement agreements.

https://www.financialinstitutionslegalsnapshot.com/2023/03/compromise-settlement-agreements/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

haqida kelishib olishlari mumkin. Iqtisodiy nizoni hal etishda tomonlar ekspert so'rab markazga murojaat qilib, biron bir masala bo'yicha tahlilni, ko'pincha yozma hisobot yoki tavsiyanoma shaklida taqdim etish uchun mutaxassis tayinlashni so'rashlari mumkin. Markaz tomonidan amalga oshirilgan ekspert tanlovi, nizolarni do'stona hal qilishda yoki muayyan faktlarni aniqlashda yordam so'rab bunday mutaxassisga murojaat qilishi kerak bo'lgan tomonlar uchun majburiy hisoblanadi9. Demak, nizoni hal etishning muqobil usuki sifatida ekspert xulosasidan taraflar nizoning kelib chiqish asosini bilish maqsadida va uni hal etishda foydalanishlari mumkin.

Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizoga arbitraj sudlarida ham yechim berish mumkin. Arbitraj sudlari nodavlat tashkilot hisoblanib, asosan, fuqarolik masalalarida, iqtisodiy masalalarda ham kelib chiqadigan nizolarni hal etishda yordam beradi. Bunda tomonlar nizoni arbitraj sudlarida ko'rib chiqishni kelishib olishlari mumkin. Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan ko'p nizolar tomonlarning kelishuvi asosida xalqaro tijorat arbitrajlarida ko'rib chiqilmoqda. Chunki, davlat sudlarining bosqichlari ko'p va unda davlatning yurisdiksiyasi ustunroq bo'ladi. Arbitraj sudlarida esa, bosqichlari ko'p bo'lmaydi va qaysi davlat huquqini qo'llashni tomonlar kelishib olishlari va bundan tashqari, xalqaro huquqiy normalardan ham foydalanilishi mumkin va bu davlat sudlariga qaraganda nizolashayotgan taraflarga ko'proq qulaylik yaratadi. Arbitraj sudlari 2 xil bo'lishi mumkin. Bular, ad hoc arbitraji va institutsional arbitraj. Ad hoc arbitraj i taraflar kelishuvi asosida nizoni hal etish uchun bir martalik tuziladigan arbitraj hisoblanadi. Institutsional arbitraj esa, doimiy faoliyat yuritadi. Arbitraj sudi tomonlar qo 'llashga kelishgan huquqdan foydalanadi, agar tomonlarning kelishuvi bo'lmasa, nizo yuzaga kelgan davlat huquqi, shuningdek, nizo doirasida foydalanilishi mumkin bo'lgan amaldagi xalqaro huquq normalari qo'llaniladi10. Hozirda dunyoda ko'plab xalqaro tijorat arbitrajlari xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarga yechim berish bilan o'z faoliyatini olib bormoqda. Ulardan biri, ICC (International Chamber of Commerce) dunyodagi eng mashhur xakqaro iqtisodiy nizolarni hal etish bo'yicha arbitraj hisoblanadi. Ushbu arbitraj sudi 1923-yilda tashkil etilgan bo'lib, xalqaro tijorat va investitsiyaviy nizolarni hal etish bilan shug'ullanadi va dunyodagi kelib chiqadigan iqtisodiy nizolarning katta qismini ko'rib chiqib, hal etadi. Bundan tashqari, ICSID (International Centre for Settlement of Investment Disputes) -Xalqaro investitsiyaviy nizolarni hal etish markazi. Markaz xalqaro mulkiy huquq doirasida nizolarni hal qilish uchun tashkil etilgan. Bu bir tomondan davlatlar va boshqa tomondan xorijiy jismoniy va yuridik investorlar o'rtasida yuzaga keladigan

9 https ://iccwbo. ru/blo g/2016/alternativnoe -razreshenie-sporov/

10 G.M.Velyaminov. Xalqaro iqtisodiy huquq va protsess (akademik kurs): darslik. - M.: Volters Kluver, 2004-yil. 333-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

nizolarni anglatadi. Bunday nizolar xususiy huquq sifatida qaraladi. Davlatlar va chet ellik shaxslar o'rtasidagi investitsiya nizolarini hal qilish tartibi to'g'risidagi 1965 -yilgi Vashington konvensiyasining maqsadi va markazni tashkil etish sababi bunday investitsiya nizolarini milliy yurisdiksiyadan olib tashlash va ularni xalqaro arbitrajga o'tkazishdir. Xalqaro arbitrajlarda ishni ko'rish bir qancha xalqaro huquqiy hujjatlar, davlatlarning milliy qonunchiligiga asoslanadi. Taraflar o'rtasida kelib chiqqan iqtisodiy nizoni ko'rib chiqilishi uchun arbitraj sudiga arbitraj bitimi topshiradi. Arbitraj sudi qarorlari yakuniy va tomonlar uchun majburiy hisoblanadi. Ammo, Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi 1958-yilgi Nyu York konvensiyasiga ko'ra, sudlardan farqli jihati, xalqaro arbitraj sudlarining qarorlarini ijrosini ta'minlashdan oldin ijrosi ta'minlanishi uchun yuborilgan davlat sudi tomonidan ularning milliy qonunchiligiga zid emasligi tekshirilib, so'ng ijroga qaratiladi.

Xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolar O'zbekistonda nizoni hal etishning muqobil usullarida ham hal etiladi. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 10-moddasiga muvofiq, jismoniy va yuridik shaxslar o'zlarining fuqarolik huquqlarini himoya qilish maqsadida sud, iqtisodiy sud yoki arbitraj sudlariga murojaat etishlari mumkin11. O'zbekistonda arbitraj sudlari faoliyati "Xalqaro arbitraj faoliyati to'g'risida"gi Qonun, mediatsiya "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonun asosida tartibga solinadi. Iqtisodiy nizolarni hal etishda arbitraj va mediatsiya usullari sud tartibidan tashqari usullar hisoblanadi. O'zbekistonda xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni hal etish uchun taraflar o'zlariga maqbul usulni tanl ashlari mumkin, ammo ba'zi masalalar sud tartibida ko'rilishni talab etadi. Misol uchun, Xo'jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq nizolarni hal etish to'g'risidagi 1992-yilgi Kiyev bitimining 4-moddasiga binoan, ko'chmas mulk bilan bog'liq nizolar faqat davlat sudlarida ko'rilishi lozim12. O'zbekistonda iqtisodiy nizolarni hal etishning bir usuli bu mediatsiya. Mediatsiya suddan tashqari nizoni sudda ko'rib chiqish jarayonida, sud qaror qabul qilish uchun alohida (maslahat) xonaga kirguniga qadar, shuningdek, arbitraj sudida nizoni ko'rib chiqish jarayonida qo'llanilishi mumkin. Mediatsiya jarayonida, sud jarayonida, nizoni vakolatli davlat organida ko'rib chiqish paytida taraflar tomonidan erishilgan mediatsiya bitimi darhol sudga yoki tegishli ish bo'yicha mas'ul bo'lgan vakolatli davlat organiga yuboriladi13. Mediatsiya jarayoni taraflarning xohishiga tayanadi. Agar, taraflardan biri xohlamasa, istagan vaqtida mediatsiyada ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Hozirgi kunda

11 O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.

12 Xo'jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq nizolarni hal etish to'g'risidagi 1992-yilgi Kiyev bitimi.

13 Rustambekov, I. (2020). GENESIS OF ALTERNATIVE DISPUTE RESOLUTION MECHANISMS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.. Review of law sciences, (November Exclusive issue), 7-20. doi: 10.24412/21811148-2020-7-20

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

O'zbekistonda chet el elementi bilan murakkablashgan iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda sudda ham, suddan tashqari ham mediatsiya muqobil usul sifatida ko'p qo'llanilmoqda. O'zbekistonda xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni hal etishning yana bir muqobil usuli arbitraj hisoblanadi. O'zbekistonda xalqaro tijorat arbitraji (TIAC - Tashkent International Arbitration Centre) O'zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi huzurida o'z faoliyatini olib boradi. Chet el jismoniy yoki yuridik shaxsi bilan iqtisodiy nizo kelib chiqqanda taraflar aynan mana shu arbitraj sudiga murojaat etishlari mumkin. Arbitraj sudining qulayligi iqtisodiy sudlarga nisbatan bosqichlari kamligida. Bundan tashqari, taraflar kelishuv bo'lgan taqdirda arbitrlar sonini va nizoni qaysi huquq bo'yicha ko'rib chiqishni tanlashlari mumkin bo'ladi. Arbitraj sudlarida taraflarga ko'proq erkinlik berilgani, jarayonning davlat sudlaridagi kabi cho'zilib ketmasligi ularning nizolashayotgan taraflarga qulayligidan dalolat beradi. Ko'rinib turibdiki, O'zbekistonda nizoni hal etishning muqobil usullaridan, asosan, mediatsiya va arbitraj boshqa usullarga qaraganda ancha rivojlangan. Lekin, hozirgi kunda taraflar o'rtasida kelib chiqqan xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizolarni va boshqa nizolarni hal etishda muzokara va kelishuv usullaridan ham keng foydalanib kelishmoqda. Nizoni hal etishning muqobil usullaridan biri ekspert xulosasi O'zbekistonda unchalik ham mashhur emas va bu usuldan shaxslar boshqa usullarga qaraganda kamroq foydalanmoqda. Ammo, bu bilan O'zbekistonda chet el elementi bilan murakkablashgan iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish usullari cheklangan deb bo'lmaydi. O'zbekistonda xalqaro xususiy huquqqa oid iqtisodiy nizo kelib chiqsa, taraflar xalqaro huquq normalari va milliy qonunchilikka muvofiq nizoni hal etishning muqobil usullaridan o'zlariga maqbulini tanlashlari va ana shu usul yordamida nizoni hal etishlari mumkin.

XULOSA

Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolar davlat, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar o'rtasida kelib chiqishi mumkin. Kelib chiqqan iqtisodiy nizoni tomonlar o'zlariga maqbul usulda hal etish huquqiga egadirlar. Ko'plab subyektlar tomonidan keng qo'llanilib kelayotgan xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal etishning muqobil usullari mavjud. Bular, muzokara, mediatsiya, kelishuv, ekspert xulosasi va arbitraj usullaridir. Bitim tuzgan tomonlar nizoni ulardan biri joylashgan davlat sudlarida ko'rib, hal etish haqida kelishib olgan taqdirda yoki muayyan mamlakalning milliy qonunchiligida ayrim turdagi nizolar faqat davlat sudlaridagina ko'rib hal etilishi mumkinligi qat'iy belgilab qo'yilgan hollarda nizo tegishli davlatning protsessual qonunchiligiga muvofiq ko'rib hal etiladi. Boshqa hollarda, taraflar shartnoma tuuzishda yoki keyinchalik ham kelishib nizoni hal etishning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

muqobil usullaridan o'zlariga maqbul usulni tanlab o'rtasida kelib chiqqan nizoni hal etishlari mumkin. Nizoni hal etishning muqobil usullaridan muzokara, mediatsiya va kelishuv usullari bir biriga o'xshash, ammo ularning farqlari muzokarada tomonlarning vakillari ishtirok etadi, mediatsiyada tomonlarning iqtisodiy nizosini hal etishda mediator ishtirok etadi, kelishuvda esa, tomonlarning o'zlari mediator va vakillarsiz o'zlari kelishib nizoni hal etishadi. Ekspert xulosasi usulida esa, tomonlar vujudga kelgan iqtisodiy nizoni qayerdan, nima sababdan kelib chiqqani yoki shu nizoni hal etishga yordam beruvchi ma'lumotlarni aniqlash maqsadida ekspertizaga berishi mumkin va mana shu masala yuzasidan ekspert xulosasi nizoni hal etishda yordam beradi. Bundan tashqari, arbitraj ham maqbul usullardan biri hisoblanadi. Arbitraj sudlarini qulay tomonlaridan biri, nizoni hal etishda qaysi davlat huquqidan va xalqaro huquq normalaridan foydalanishni taraflar kelishgan holda tanlashlari mumkinligidir. Xalqaro xususiy huquqda iqtisodiy nizolarni hal etishning muqobil usullari nizoni davlat sudlarida ko'rib chiqishdan ko'ra, taraflar uchun ko'proq ustunliklarga ega. Misol uchun, taraflar uchun qulayliklar, sudga nisbatan nizoni tezroq hal etish imkoniyati, taraflar nizoni hal etishdan yutqazishlarsiz chiqishi va boshqa ko'plab ustunliklar. Iqtisodiy nizoni hal etishning turli muqobil va boshqa yo'llari, davlat sudlari kabi usullari ko'pligi nizoni hal etishda taraflarning o'zlariga eng qulay usulini tanlash imkoniyatini beradi. Nizolarni hal etishning muqobil usullari taraflar uchun o'rtada kelib chiqqan nizoni hal qilishda ko'plab qulayliklar yaratishiga qaramay, ularning katta qismi qarorlari tomonlar uchun majburiyat yuklamaydi. Agar, tomonlar o'rtada tuzilayotgan shartnomada nizoni hal etishda qaror ijrosini bajarish majburiyatini yuklab qo'yishi taraflarning nizoni hal etishda kelib chiqadigan majburiyatidan qochish holatlarining oldini olish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. https://tehn-ozersk.ru/wp-

content/uploads/2020/11/%D0%9F0/oD0%9E0/oD0%9F%D0%94-4-1 -%D0%90-2-%D0%BD%D0%BE%D 1 %8F%D0%B 1 %D 1 %80%D1%8F.pdf

2. 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi to'g'risidagi Vena konvensiyasi.

3. V.I.Kuzina Nizolarni muqobil usulda hal etish tushunchasi, farqli jihatlari, afzalliklari va kamchiliklari//Ijro monitoringi. 2012. No4. 72-bet.

4. S.V.Nikolyukin Rossiya Federatsiyasida mediatsiyaning huquqiy texnologiyalari: ilmiy va amaliy protseduralar. M, 2013. 57-bet.

5. E.A.Gureva. Nizolarni hal etishning muqobil usullari. Elektron o'quv-metodik qo'llanma. 2022-yil. 30-bet.

6. https://studfile.net/preview/9409063/page:54/ .

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

7. Paulette Khumalo. Compromise: settlement agreements.

https://www.financialinstitutionslegalsnapshot.com/2023/03/compromise-settlement-agreements/

8. https://iccwbo.ru/blog/2016/alternativnoe-razreshenie-sporov/

9. G.M.Velyaminov. Xalqaro iqtisodiy huquq va protsess (akademik kurs): darslik. - M.: Volters Kluver, 2004-yil. 333-bet.

10. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.

11. Xo'jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq nizolarni hal etish to'g'risidagi 1992-yilgi Kiyev bitimi.

12. Rustambekov, I. (2020). GENESIS OF ALTERNATIVE DISPUTE RESOLUTION MECHANISMS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.. Review of law sciences, (November Exclusive issue), 7-20. doi: 10.24412/2181-1148-20207-20

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.