Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHDA KELIB CHIQADIGAN NIZOLARDA ADVOKATNING MEDIATOR SIFATIDAGI
ROLI
Qudrat Matkarimov Qalandarovich,
Toshkent davlat yuridik universiteti "Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari doktori
Maqolada tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolarga mediatsiya tartib-tamoyillarini qo 'llash muhokama qilinadi. Mediatsiyaning joriy etilishi bugungi kunning tabiiy tendentsiyasi, tadbirkorlik sohadagi nizolarni hal etish, nizolashayotgan tomonlarga ko'proq mos keladigan natijani olish imkonini beruvchi vosita ekanligi ta'kidlandi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolarda advokatlar rolini oshirish masalasi yoritildi. Tadbirkorlik subyektlari o'rtasida yuzaga keladigan nizolar mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir etishi va bunda munosabatlarni saqlab qolish muhim iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligi nuqtayi na 'zaridan yondoshildi.
Kalit so'zlar: Mediatsiya, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolar, advokatning medaitorlik faoliyati, mediator, huquqiy nizo va nizolarni muqobil hal etish, konflikt.
THE ROLE OF A LAWYER AS A MEDIATOR IN DISPUTES ARISING FROM THE IMPLEMENTATION OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY
Kudrat Matkarimov Kalandarovich,
Acting Associate professor of the Department of Judicial, law enforcement agencies and advocacy, Tashkent State University of Law, (DSc) E-mail: matkarimovkudrat79@gmail .com Isokhonov Javlonkhon Khasan ugli, Master of Tashkent State University of Law, E-mail: [email protected]
E-mail: matkarimovkudrat79@gmail .com Isoxonov Javlonxon Hasan o'g'li,
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ABSTRACT
The article discusses the application of mediation procedures in business disputes. It was noted that the introduction of mediation is a natural trend today, a means of resolving business disputes, a tool that allows the parties to the conflict to get a more appropriate outcome. The issue of increasing the role of lawyers in disputes arising in the conduct of business activities was highlighted. It was approached from the point of view of the fact that disputes between business entities affect the country's economy and that maintaining relations is of great economic importance.
Keywords: Mediation, business disputes, attorney's mediation, mediator, legal dispute and alternative dispute resolution, conflict.
РОЛЬ АДВОКАТА КАК ПОСРЕДНИКА В СПОРАХ, ВОЗНИКАЮЩИХ ПРИ ОСУЩЕСТВЛЕНИИ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ
Кудрат Маткаримов Каландарович,
Ю.ф.д., и.о. доцент кафедры суд, правоохранительные органы и адвокатуры, Ташкентского государственного юридического университета E-mail: matkarimovkudrat79@gmail .com Исахонов Жавлонхон Xасан угли, Магистр Ташкентского государственного юридического университета, E-mail: [email protected]
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается применение процедуры медиации в хозяйственных спорах. Отмечено, что внедрение медиации сегодня является естественной тенденцией, средством разрешения споров в сфере предпринимательства, инструментом, позволяющим сторонам конфликта добиться более благоприятного исхода. Был освещен вопрос повышения роли юристов в спорах, возникающих при ведении предпринимательской деятельности. К нему подошли с точки зрения того, что споры между хозяйствующими субъектами влияют на экономику страны и что поддержание отношений имеет большое экономическое значение.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ключевые слова: Медиация, хозяйственные споры, адвокатское посредничество, медиатор, правовой спор и альтернативное разрешение споров, конфликт.
Bugungi kunda advokatlar orasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda kelib chiqadigan nizolarga mediatsiya tartib-tamoyillarini qo'llash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Avvalo, nizolarni hal etishning muqobil usullaridan foydalanish zarurati milliy sud-huquq tizimining nomukammalligi va samarasizligi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, nizolarni muqobil hal etish masalasi sud qarorini ijro etishning amalda imkonsizligi, bu esa sud qarorlarini ijro etishning samarali mexanizmining yo'qligi bilan bog'liqligi bilan ham dolzarbdir. Nizolarni hal qilishning eng keng tarqalgan muqobil usullaridan biri bu mediatsiyadir. Sudning istalgan bosqichida mediatsiyani qo'llash mumkinligi va hatto ijro bosqichida ham mediatsiya tartibida kelishuvga erishish ham mumkindir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mazkur maqolani yoritish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik,izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Mazkur maqolada mediatsiya -oilaviy nizolarini hal etishning muqobil usuli va uning bugungi kundagi xususiyatlari, xorij tajribalari hamda mediatorlarga qo'yilgan talablar haqida fikrlar tahlil qilindi. Xorij davlatlarining «Mediatsiya to'g'risida»gi qonunlari hamda O'zbekiston Respublikasining «Mediatsiya to'g'risida»gi 2018-yil 03-iyul 482-O'RQ va "Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 17 iyundagi PQ-4754-son qarori metodologik manba bo'lib belgilandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Iqtisodiy sud ishlarida mediatsiyani qo'llash oxirgi paytga kelib ko'plab duch kelish mumkin. Ma'lumki, iqtisodiy sudlarda da'vo tartibidagi i shlarda mediatsiyani qo'llash mumkin. Chunki bu turdagi ishlarda taraflar o'rtasida nizo mavjud bo'ladi. Iqtisodiy sud ishlarini yuritishning turlariga quyidagilar kiradi:
- da'vo tartibidagi ishlar;
- buyruq tartibida ko'riladigan ishlar;
- alohida tartibda yuritiladigan ishlar.
Da'vo tartibidagi ishlarda huquq to'g'risida nizo mavjud bo'ladi. Masalan, uy-joy, korparativ va bankrotlik bilan bog'liq huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar kiradi. Ushbu ishlarda taraf sifatida da'vogar va javobgar ishtirok etadi. Buyruq
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tartibida ko'riladigan ishlarda huquq to'g'risida nizo mavjud bolmaydi. Mazkur ishlarda taraflar undiruvchi va qarzdor nomlanadi. Ushbu ishlar bo'yicha sud majlisi bo'lmaydi va sud arizaga ilova qilingan hujjatlar asosida o'zi nomidan 5 kun ichida sud buyrug'i chiqaradi. Alohida tartibida ko'riladigan ishlarda huquq to'g'risidagi nizo bo'lmaydi, biror bir shaxsga nisbatan da'vo ham qo'zg'atilmaydi, arizachi sudga faqat o'z muddaosini bildiradi va uning arizasi asosida ish qo'zg'atiladi. Agar sud alohida tartibda ish ko'rayotganida manfaatdor shaxs biron-bir huquq to'g'risidagi nizo qo'zg'atsa, sud arizani ko'rmasdan qoldiradi va arizachiga umumiy tartibda murojaat qilish huquqini tushuntiradi. [1]
Mamlakatimizda sud-huquq islohotlarining navbatdagi bosqichining maqsadi ham aynan mediatorlar ishtirokida nizolarni muqobil hal qilish usullarining rivojlanishiga huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan, deb bemalol ayta olamiz. Mediatsiya vaqt, mablag' va eng asosiysi — emotsional resurslarni tejashga olib keladi.
Mediatsiya jarayonlarining to'g'ri tashkil etilishi taraflar nizolashishini to'xtatib, yaqinlashish protsessi tomon yo'naltiradi, ya'ni yarashuv bitimini tuzishga imkon yaratadi. Ushbu afzalliklar amaliyotga mediatsiya institutini kiritish, muqobil yo'llar yordamida nizolarni sudgacha hal qilish tartibini keng tatbiq qilish vaqti keldi, deb hisoblashga asoslar yetarli ekanligini ko'rsatadi.
O'z navbatida, "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonun kuchga kirgunga qadar nizolarni sudgacha hal qilishni tartibga soluvchi amaldagi qonunchilikni qaytadan ko'rib chiqish talab etiladi. Jumladan, "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonun [2]normalarini ishlashini ta'minlash uchun O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi[3], Fuqarolik protsessual kodeks[4], Iqtisodiy protsessual kodeksi[5], Soliq kodeksi, "Hakamlik sudlari to'g'risida"gi Qonunlarga[6] tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritish zarurati tug'iladi. Shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan idoralararo aloqalarni tashkil etishda qo'llaniladigan normativ-huquqiy va ichki idoraviy hujjatlarni xatlovdan o'tkazish lozim. Ayni paytda bu boradagi ishlar bo'yicha tegishli choralar ko'rish belgilandi.
Umuman, "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonunning qabul qilinishi nizolarni sudgacha hal qilish sohasida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solishning tizimli va kompleksliligini ta'minlab, nizolarni sudgacha hal qilishni amalga oshirishda samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratadi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar rivojlanib borar ekan, bozor munosabatlarining sub'ektlari o'rtasida turli nizolar vujudga kelishi ham turgan gap. Amaliyot ham tadbirkorlik faoliyati huquqiy munosabatlardan kelib
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
chiqayotgan nizoli holatlar kam emasligini ko'rsatmoqda. Bu kabi nizolashayotgan taraflar masalaning yechimini topish maqsadida an'anaviy yo'lni tanlashga, ya'ni sudga murojaat qilishlariga to'g'ri keladi.Sudga murojaat qilishda albatta ko'pchilik advokat maslahatiini olishi sir emas. Shu nuqtayi nazardan advokatlarning mediatorlik faoliyatini rag'batlantirish sudlarda ish hajmining kamayishi va nizoni muqobil tarzda hal qilish imkonini beradi. Bu holatda taraflar o'zlari uchun optimal bo'lgan yechimni tanlashadi . Bu esa ma'lum ma'noda munosabatlarning saqlanib qolishiga olib keladi. [2]
Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo'l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya — yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi.
Amaliyotga tatbiq etilgan O'zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonuni muomalaga mediatsiyaga oid yangi tushunchalarni olib kirishi barobarida, jamiyat hayotining yana bir sohasini huquqiy jihatdan tartibga soladigan bo'ldi. Ayni paytda O'zbekiston nizolarni hal qilishning muqobil usuli, mediatsiyadan foydalanishning dastlabki bosqichida turibdi. [2]
Bugungi kunda O'zbekistonda mediatsiyaga o'xshash yarashtiruv protseduralari turli nizolarni hal etishda qo'llanilib kelinadi. Jumladan, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan nizolashayotgan taraflarni, xususan, qo'shnilar o'rtasidagi nizolar, oilaviy nizolar yarashtirish faoliyatini ham mediatsiya namoyoni sifatida ko'rish mumkin. Jamiyatimizda avvaldan mahalla raislari qo'shnilar, oila a'zolari, er-xotin o'rtasidagi nizolarni hal etish vazifasini, ya'ni mediator vazifasini bajarishgan.
Mediatsiya to'g'risidagi qonunda uning amal qilish sohasi ham aniq belgilab qo'yildi. Unga ko'ra, qonun fuqarolik huquqiy munosabatlar, jumladan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan, shuningdek, yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga mediatsiyani qo'llash bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan amal qilishi belgilandi. O'z navbatida, Qonun mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquqlari, qonuniy hamda ijtimoiy manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilishi mumkin bo'lgan nizolarga nisbatan amal qilmasligi istisno tariqasida berildi.
Qonunning 5-moddasida mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilandi. [2]
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Maxfiylik prinsipini ta'minlash uchun mediatsiya ishtirokchilari mediatsiya jarayonida o'zlariga ma'lum bo'lib qolgan axborotlarni, ushbu ma'lumotlarni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli emasligi haqida qat'iy norma kiritildi.
Ixtiyoriylik prinsipi ham alohida ahamiyatga ega bo'lib, mediatsiya taraflarning nizoni mediatsiyani qo'llash to'g'risidagi kelishuvda ifodalangan o'zaro ixtiyoriy xohish-istagi bo'lgan taqdirda qo'llanilishi, mediatsiya taraflari mediatsiyani qo'llashdan uning istalgan paytida voz kechishga haqli ekanligi ham qonunda o'z ifodasini topdi.
Shu bilan birga, mediatsiya jarayonida ularning teng huquqliligini ta'minlash masalalariga ham alohida e'tibor qaratilib, bu borada aniq normalar kiritildi.
Yana bir muhim jihat. Mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirishda mediatorning xolisligi ta'minlanishi ham nizoni hal qilish jarayoniga o'z ta'sirini o'tkazadi. Qonunda mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirishda mediatorning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yo'l qo'yilmasligi qat'iy ko'rsatib o'tildi. Shu bilan birga, mediator xolis bo'lishi, mediatsiya tartib-taomillarini taraflarning manfaatlarini ko'zlab amalga oshirishi va mediatsiyada ularning teng ishtirokini ta'minlashi, taraflarga o'z majburiyatlarini bajarishi hamda o'zlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerakligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligiga to'sqinlik qiladigan holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, u mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirishdan voz kechishi kerakligi ko'zda tutildi.
Bugungi kunda amaliyotda tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarda mediatsiya institutidan davlat bojini qaytarib olish maqsadida foydalanish holatlari ko'plab uchraydi. Mediatsiya to'g'risidagi qonunda advokatlarning sud bosqichida ham ishni mediator sifatida ko'rishi uchun hech qanday ta'qiq yo'q. Bunday holatlarda ham advokatlarning mediatorlik vazifasini bajarishi taraflar uchun manfaatli yechim toppish uchun xizmat qiladi.
Mediatsiya tartib tamoyilini amalga oshirish istagini bildirgan barcha tomonlar tomonidan bajarilishi va amalga oshirilishi majburiy bo'lgan muayyan tamoyillarga asoslanadi :
- ixtiyoriylik tamoyili, ya'ni barcha tomonlar mediatsiyadan foydalanishga rozi bo'lishlari kerakligidan iborat;
- maxfiylik printsipi. Aslida, mediatsiya jarayonini qo'llash va o'tkazishning o'zi maxfiy jarayondir;
- mediatorning mustaqilligi va xolisligi;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- taraflarning tengligi printsipi - tomonlarning birortasi ham afvzalliklarga ega emas;
- mediatsiya nizolarni hal etishning sud tartibidan farqli ravishda moslashuvchan j arayondir.
Yuridik shaxs ishtirokchilari o'rtasidagi nizolarning toifalari ayniqsa qiyin:
Birinchidan, yuridik shaxslar ishtirokchilari o'rtasida yuzaga keladigan nizolar yuridik shaxsning o'ziga, uning mulkiy holatiga, kadrlar tarkibiga, boshqaruv usullari va shakllariga va hokazolarga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ikkinchidan, yuridik shaxslarda ishtirokchilarning nizolari, qoida tariqasida, hissiy asosga ega bo'lib, tez va muvozanatsiz qarorlar qabul qilinishiga olib keladi.
Uchinchidan, yuridik shaxslarning ishtirokchilari o'rtasidagi nizolar yuridik shaxsning obro'si va imidjiga, uning tizimli faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, bu esa tashkilotda nosozliklarga, ba'zan esa yuridik shaxs o'z zimmasiga olgan majburiyatlarning bajarilmasligiga olib keladi.
To'rtinchidan, ziddiyatli yuridik shaxslar ishtirokchilari, qoida tariqasida, yo aktivni taqsimlashni yoki olingan dividendlar foizini oshirishni yoki yuridik shaxs tuzilmasidagi strategik o'zgarishlarni maqsad qilib qo'yadilar, bu esa ziddiyatning avj olishidan kelib chiqib, yuridik shaxs tuzilmasida strategik o'zgarishlarni amalga oshiradi. yuridik shaxsning istalmagan tarzda tugatilishi va (yoki) qayta tashkil etilishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu toifadagi nizolarning murakkabligini hisobga olsak, milliy sud tizimi ularni to'g'ri va yuridik shaxsning o'zi uchun ijobiy oqibatlar bilan hal qila olmaydi. Bundan tashqari, milliy sudlar yuridik shaxs ishtirokchilari o'rtasidagi nizolarni hal qilishda yuridik shaxs manfaatlarini hisobga olishni maqsad qilmaydi; sudning maqsadi - tomonlar o'rtasidagi ziddiyatni amaldagi qonun hujjatlari doirasida hal qilishdir.
Yuridik shaxs ishtirokchilari o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun mediatsiya institutidan foydalanish aniq. Uning foydali jihatlari quyidagilardan iborat:
mediatsiya - yuridik shaxs ishtirokchilari uchun nizolarni ixtiyoriy hal etish mexanizmi;
- mediatsiya jarayoni nizoni sudda hal qilishdan kamroq vaqtni oladi va ba'zan ancha arzonroq;
- mediatsiya jarayonidan foydalanish yuridik shaxs ishtirokchilari, uning ishchanlik obro'si va imiji o'rtasida normal munosabatlarni saqlab qolish imkoniyatlarini oshirishga ta'sir ko'rsatdi;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- mediatsiya jarayoni vaziyatning oshkora bo'lishiga yo'l qo'ymaslik imkonini beradi, bu esa yuridik shaxs xodimlari o'rtasida mavjud muhitga salbiy ta'sir ko'rsatishning oldini oladi;
- mediatsiyadan foydalanish yuridik shaxsning o'zi uchun maqbul va ijobiy bo'lgan nostandart va moslashuvchan echimlarni topish va qabul qilishga olib keladi;
- mediatsiya jarayoni uning ishtirokchilari o'rtasidagi ziddiyat tufayli yuridik shaxsga, xususan, uning obro'si, imiji, tashkiliy-funksional tuzilishiga salbiy ta'sirni sezilarli darajada kamaytiradi;
- mediatsiya sud qarori emas, balki ikki tomonning manfaatlarini hisobga olgan holda qabul qilingan qarordir. [2]
Asosiy vazifalardan biri yuridik shaxs ishtirokchilari o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun mediatsiya jarayonini qo'llash yuridik shaxsning mol- mulkini saqlab qolishdan iborat bo'lishi kerak. Nizo taraflari mediator yordamida mavjud nizoning yuridik shaxsning mulkiga barcha mumkin bo'lgan salbiy ta'sirini tushunishlari va tasavvur qilishlari kerak. Bunday holda bevosita mediatsiya jarayoni yuridik shaxs uchun salbiy oqibatlarni minimallashtirishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Yuridik shaxs ishtirokchilari o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun mediatsiyadan foydalanishning ijobiy maqsadi uning maqsadi hisoblanadi. Shunday qilib, mediatsiyaning maqsadi ikkala nizolashayotgan tomonlarni ham qoniqtiradigan yechimga erishishdir. Ya'ni, sud qaroridan farqli o'laroq, mediatsiya nizoni hal qilishga qaratilgan, aybdorni javobgarlikka tortish emas. Bundan tashqari, mediator uchun maqsad qoniqishga erishish bo'lishi kerak - muammoni hal qilish natijasida barcha tomonlar uchun qoniqish. [7]
Bundan tashqari, Mediator bo'lgan shaxs o'zi uchun ba'zi xususiyatlarni eslab qolishi kerak :
1. Mediatorning mijozi yo'q. Mediatorning mijozi muammodir va mediator muammo bilan ishlaydi va uni hal qiladi.
2. Mediator hissiyotlar bilan ishlaydi, chunki yuridik shaxslar ishtirokchilari o'rtasida yuzaga keladigan nizolar hissiy asosga ega.
3. Mediator uchun salbiy bilan ishlash odatiy jarayondir.
4. Mediator har ikki tomon bilan teng sharoitda ishlashi kerak.
5. Mediator nizoni hal etishning eng maqbul yo'lini topish uchun nizoning mohiyatini va uning sababini aniqlashi muhim ahamiyatga ega.
6. Hal qilingan nizo natijalari bo'yicha qabul qilingan qaror har ikki tomon uchun ham maqbul bo'lishi kerak.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
7. Mediator taraflarning o'zlari uchun qabul qilgan qarorining mohiyatiga aralashmasligi bilan birga, mediator betaraf bo'lishi kerak.
8. Mediator tomonlarning "ekstremal nuqtalarini" topishi kerak, lekin tomonlar o'zlari o'zaro kelishuvga kelishlari kerak. Agar tomonlar umumiy yechim topmasalar, mediator o'z yechimini taklif qilishi mumkin - mediatorning taklifi . [8]
Shuningdek, mediator esda tutishi kerakki, har bir mediatsiya nizo tomonlari o'rtasida tuziladigan va ikkala tomon imzolagan mediatsiya shartnomasi bilan yakunlanishi kerak.
Mediatsiya shartnomasida quyidagi majburiy shartlar bo 'lishi kerak:
- shartnoma shartlari;
- kelishuvni amalga oshirish usullari;
- shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun tomonlarning javobgarligi;
- taraflarning sudga bormaslik majburiyati;
- tomonlarning shartnomani so'zsiz bajarish majburiyati;
- mediatsiya tartibini qo'llash bo'yicha taraflarning xarajatlarini taqsimlash shartlari.
Yuridik shaxs ishtirokchilari o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun sud tizimidan foydalanishni birinchi o'ringa qo'yadigan advokatlar shuni yodda tutishlari kerakki, mediatsiyadan farqli o'laroq, mijozning barcha xohish-istaklarini sudda hal qilib bo'lmaydi. Bundan tashqari, sud yuridik shaxsning mol-mulkini, uning tashkiliy-funksional tuzilishini, imiji va obro'sini saqlab qolishni maqsad qilmaydi. Bundan tashqari, mediatsiya jarayonida tomonlar o'z talablarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi. [8]
O'zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to'g'risidagi" Qonuni qabul qilinib 2019-yildan boshlab kuchga kirgandan boshlan tadbirkorlar o'rtasidagi nizolarda samarali qo'llanilib kelinmoqda. Biroq mediatsiya haqida tushuntirilishlar berilishi amalga oshirilmaganligi sababli tushunmovchiliklar uchrab turmoqda.
Agarda Sudlar tomonidan mediatsiya tartib-taomillariga bo'lgan talabni oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar ko'rilishi maqsadga muvofiq amalga oshrilsa, jumladan, mediatsiya tartib-taomillari va mediatsiya natijalari to'g'risidagi ma'lumotlarni sud binolarida joylashgan stendlarda, bukletlarda joylashtirish bilan bog'liq chora-tadbirlar ijobiy jihat sifatida qayd etildi. Shuningdek, sudlarning veb-saytlarida maxsus bo'limlarda ham targ'ibotlar berilishi lozim. Ushbu tartiblar orqali yangi mediatsiya institut boshqa turgadi nizolarda ham qo'llanilishiga imkon yaratilgan bo'ladi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Xulosa qiladigan bo'lsak, tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan nizolarni mediatsiya tartib tamoyili orqali hal qilish va bunda advokatlarning ro'lini oshirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Aynan tadbirkorlik faoliyatida yuzaga keladigan nizolar qiymatining yuqoriligi va iqtisodiyot barqarorligiga ta'sirini hisobga oladigan bo'lsak masalaning ahamiyati yanada oshadi. Mediatsiyaning maqsadi ikkala nizolashayotgan tomonlarni ham qoniqtiradigan yechimga erishishdir. Ya'ni, sud qaroridan farqli o'laroq, mediatsiya nizoni hal qilishga qaratilgan, aybdorni javobgarlikka tortish emas. Bundan tashqari, mediator uchun maqsad qoniqishga erishish bo'lishi kerak - muammoni hal qilish natijasida barcha tomonlar uchun qoniqishdir. Tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarda bunday muqobil yechimga erishish tadbirkorlik subyektlarining kelgusi faoliyatini davom ettirishlari uchun zamin yaratadi.
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 17 iyundagi PQ-4754-son qarori (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020 y., 07/20/4754/0771 -son)
2. O'zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to'g'risidagi" Qonuni, 03.07.2018 yildagi O'RQ-482-son/
3. https://lex.uz/docs/-111189
4. https://lex.uz/docs/-3517337.
5. https://lex.uz/acts/-3523891
6. https://www.lex.uz/docs/-1072079?otherlang=1
7. Craig R. Smith, Mediation: The Process and the Issues, Industrial Relations Center, Canada, 1998
8. Judicial council of California, Alternative dispute resolution in civil cases, Report of the task force on the quality of justice sub-committee on alternative dispute resolution and the judicial system, Judicial council of California, 1999