Научная статья на тему 'NIZOLARNI HAL ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINING O‘RNI VA AHAMIYATI'

NIZOLARNI HAL ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
645
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mediatsiya / mediatsiya vazifalari / mediatsiya maqsadi / sud / huquq / nizo / farmon / muzokara. / mediation / mediation functions / purpose of mediation / court / law / dispute / decree / negotiation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nurmamatov, Nurbek O‘rinboy O‘g‘li, Matkarimov, Qudrat Qalandarovich

Mediatsiya tushunchasi, lotincha “mediare” so‘zidan olingan bo‘lib, “vositachilik qilish” degan ma’noni anglatadi. Shu sababli xalqaro muomalada mediatsiya “vositachilik”, “yarashtirish maqsadida aralashuv” ma’nolarida qo‘llanadi va yuridik adabiѐtlarda mediatsiya va vositachilik tushunchalari bir xil ma’no kasb etadi. Maqolada mediatsiya tushunchasi va uning vazifalariga to‘xtalib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF THE MEDIATION INSTITUTE IN DISPUTE RESOLUTION

The concept of mediation is derived from the Latin word “mediare”, which means “mediation”. Therefore, in international relations, mediation is used in the sense of "mediation", "intervention for reconciliation", and in the legal literature, the concepts of mediation and mediation have the same meaning. The article discusses the concept of mediation and its functions.

Текст научной работы на тему «NIZOLARNI HAL ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINING O‘RNI VA AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

NIZOLARNI HAL ETISHDA MEDIATSIYA INSTITUTINING O'RNI VA

AHAMIYATI

Nurmamatov Nurbek O'rinboy o'g'li,

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail: nurbek15361 @gmail. com

Qudrat Matkarimov Qalandarovich,

Toshkent davlat yuridik universiteti "Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va

advokatura" kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi, yuridik fanlari doktori E-mail: matkarimovkudrat79 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Mediatsiya tushunchasi, lotincha "mediare" so'zidan olingan bo'lib, "vositachilik qilish" degan ma'noni anglatadi. Shu sababli xalqaro muomalada mediatsiya "vositachilik", "yarashtirish maqsadida aralashuv" ma'nolarida qo 'llanadi va yuridik adabietlarda mediatsiya va vositachilik tushunchalari bir xil ma 'no kasb etadi. Maqolada mediatsiya tushunchasi va uning vazifalariga to 'xtalib o 'tiladi.

Kalit so'zlar: mediatsiya, mediatsiya vazifalari, mediatsiya maqsadi, sud, huquq, nizo, farmon, muzokara.

АННОТАЦИЯ

Понятие медиации происходит от латинского слова «mediare». Означает «посредник». Поэтому он международный "посредничество", "вмешательство для примирения" и посредничество и посредничество в юридической литературе Понятия имеют одинаковый смысл. Концепция посредничества и обсуждаются его функции.

Ключевые слова: медиация, функции медиации, цель медиации, суд, закон, спор, указ, переговоры.

ABSTRACT

The concept of mediation is derived from the Latin word "mediare", which means "mediation". Therefore, in international relations, mediation is used in the sense of "mediation", "intervention for reconciliation", and in the legal literature, the concepts of mediation and mediation have the same meaning. The article discusses the concept of mediation and its functions.

Keywords: mediation, mediation functions, purpose of mediation, court, law, dispute, decree, negotiation.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Qonunni rivojlantirish tarixida Vavilon, Qadimiy Gretsiya va Qadimiy Rimda mediatsiyani qo'llash qayd etilgan. Rim huquqida Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi VI asr) bahs-munozaralarni hal qilish uchun vositachilik tan olingan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda qo'llanilgan. Rimliklar bahs-munozaralarni hal qiluvchi mutaxassislarni "medium" - "vositachi" so'zi bilan ifodalashgan. Vositachilarga alohida hurmat bilan munosabatda bo'lishgan. Ularni dohiylar va ruhoniylar bilan bir qatorga qo'yishgan. Zamonaviy tushunchalarda mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyada rivojlana boshlagan. Yevropada mediatorlar oilaviy munozaralarni hal qilishga jalb qilingan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

BMT ustavining 33-moddasida mediatsiya (vositachilik) nizolarni hal etish vositasi sifatida tan olingan. Shuningdek, Yevropa parlamenti va kengashining 2008 yilgi 52-direktivasida fuqarolik va tijorat nizolarida mediatsiya tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: «taraflar boshlab bergan èki sud tomonidan tayinlangan èxud milliy qonunchilik bilan belgilanganidan qat'i nazar, ikki èki undan ortiq nizolashuvchi taraflarning nizoni hal etish to'g'risida kelishuvga erishish maqsadida uchinchi shaxsga murojaat etish jaraènidir».

Mediatsiyaning maqsadi- nizolashuvchi taraflarning nizolarini mustaqil, o'zaro foydali shartlar asosida hal etish imkoniyatini topishga ko'maklashishdan iborat bo'lib, uning asosiy tamoyillariga ixtièriylik, taraflarning tengligi, betaraflik, mediatorning xolisligi, maxfiylik kabilar kiradi. Mediatsiya jaraèni muzokaralardan iborat bo'lib, uning muvaffaqiyati nafaqat taraflarning kelishmovchiliklarini hal etishga bo'lgan irodasi va intilishi, balki mediatorning tajribasi va mahoratiga ham bog'liqdir. Umuman olganda, mediatsiya - bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida tartibga solishga doir huquqiy texnologiya. Ushbu yo'nalish o'zining ma'lum bir shartlari va tamoyillariga ega. Masalan:

tomonlarning teng huquqliligi; ixtiyoriylik; o'zaro hurmat; konfidensiallik; jarayonning shaffofliligi; mediatorning xolisligi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Mediatsiya suddan tashqari tartibda, bahs-munozarani sud tartibida ko'rib chiqish jarayonida, sudning qaror chiqarish uchun zalni tark etishidan oldin. Agar gap Hakamlik sudi haqida ketaètgan bo'lsa, shakl xuddi shunday bo'ladi. Mediatsiyada ishtirok etish fakti aybga iqror bo'lishning isboti hisoblanmaydi.

Mediatsiyaga nisbatan jamiyatda vujudga kelgan ehtièj o'tgan asrda yangi kasb

- mediatorlarning shakllanishiga olib kelgan. Mediatorlar dalillarnitekshirmaydi va taraflarning talablari qonuniyligiga baho bermaydi, aksincha, ularning asosiy vazifasi

- taraflar o'rtasida bir-birlarini tushunishga, taraflar uchun maqbul shartlarda muammoni hal etishimkoniyatlarini izlash va hal etishga ko'maklashishdan iboratdir. Mediatsiya - majburiy kuchga ega bo'lmagan, taraflarning ixtièriyligigaasoslangan konfidensial jaraèn. U nizolashaètgan taraflarning ixtièrigako'ra tanlab olingan betaraf uchinchi shaxsning vositachiligida shartnomaviyhuquqiy munosabatlardan kelib chiqqan nizoni o'zaro murosa - yarashuv yo'li bilan huquqiy asosda hal etish jaraènidir. Betaraf uchinchi shaxs - mediator.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga asoslangan munosabatlar rivojlanib borar ekan, bozor munosabatlarining sub'ektlari o'rtasida turli nizolar vujudga kelishi tabiiy holat sanaladi. Amaliyot ham oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqayotgan nizoli holatlar kam emasligini ko'rsatmoqda. Bu kabi nizolashayotgan taraflar masalaning yechimini topish maqsadida an'anaviy yo'lni tanlashga, ya'ni sudga murojaat qilishlariga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo'l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekistonda ham chinakam bozor mexanizmlarining joriy qilinishi va amalga oshirilishi bozor munosabatlarining har bir sohasini tartibga soluvchi zarur huquqiy zamin yaratilishini talab qiladi. Avvalo mediatsiya tushunchasiga alohida to'xtaladigan bo'lsak, ko'pchilikka tanish bulib ulgurgan bu so'z lotin tilidagi "mediare" so'zidan olingan bo'lib, "vositachilik qilish, kelishtirish maqsadida aralashish" degan ma'nolarni bildiradi. [Ошибка! Источник ссылки не найден.] Mediatsiya - bu bir birini tushunish va nizoli holatni bartaraf etuvchi bitim tuzishga erishish maqsadida xolis shaxs - mediator (vositachi) ishtirokida taraflarning erkin muzokaraga kirish yo'li bilan nizoni muqobil hal qilish usulidir. Dastlab ilk marotaba Vavilon, Qadimiy Gresiya va Qadimiy Rimda mediatsiyani qo'llash qayd etilgan. Rim huquqida Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi VI asr) bahs-munozaralarni hal qilish uchun vositachilik tan olingan. Vositachilarga alohida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hurmat bilan munosabatda bo'lishgan. Ularni ruhoniylar bilan bir qatorga qo'yishgan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda qo'llanilgan.

Endilikda mediatsiya instituti - ko'plab davlatlar huquqiy voqeligining ajralmas qismi hisoblanadi. Zamonaviy tushunchalarda mediatsiya XX asming ikkinchi yarmida AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyada rivojlana boshlagan. Mediatsiyaning yanada rivojlanishi va dunyo bo'ylab keng yoyilishiga hozirgi Amerika modeli ulkan ta'sir ko'rsatdi. Jahonning aksariyat davlatlarida nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan biri mediatsiya qonun bilan tartibga solingan bo'lib, nizolarning asosiy qismi sudga murojaat etilmasdan muzokaralar yo'li bilan hal qilib kelinmoqda. nizolashuvchi shaxslar mediatorni o'zlari tanlaydilar va mediatsiya jarayoniga ixtiyoriy kirishadilar. Sudda taraflar sudyani tanlay olmaydi, sudga esa faqat yashash joylari bo'yicha murojaat qilishga majburlar; agar sudning vazifasi taraflarning qaysi biri haq yoki aybdorligini aniqlashdan iborat bo'lsa, mediatsiya taraflarning kelishuviga erishishga hamda mediatorning yordami bilan nizoni hal qilishning turli hil yechimlarini muhokama qilishga qaratilgan; sudda nizolashayotgan taraflar sud qaroridan norozi bo'lgan taqdirlarida ham uni bajarishga majburlar. Mediatsiyada barcha qarorlar faqat taraflarning o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinadi va ular ixtiyoriy ravishda uni bajarish majburiyatini oladilar; mediatsiya sud jarayoniga nisbatan maxfiy tarzda o'tkaziladi va har bir taraf istagan vaqtida uni davom ettirishdan bosh tortishi mumkin, sudda esa aksincha, muzokaralarni istalgan vaqtda tugatib bo'lmaydi, jarayon ham oshkora bo'ladi; sudlarning ish hajmi shu darajada yuqoriki, ishlarni ko'rib chiqish bir necha oy va undan ortiq vaqtga cho'zilib ketadi, mediatsiya jarayoni esa juda qisqa muddatda ham yakunlanishi mumkin; mediatsiya sud jarayoniga qaraganda har tomonlama tejamli bo'ladi. Mediatsiya sud jarayonining muqobil usuli bo'lib, sudga nisbatan qator farqlarga ega: mediatsiyada taraflar istaganlaricha barcha masalalarni bemalol muhokama qiladilar; sud jarayoni protsessual qonunlar doirasida o'tkaziladi, qaror faqat qonunga asoslanib qabul qilinadi, mediatsiyada esa qarorni taraflarning o'zlari qabul qiladilar. Mediatsiya nazariy jihatdan nizolarni hal qilishning arzon va tezkor shakli hamda sud jarayoniga norasmiy alternativ hisoblanadi. Mediatsiya nizolarni hal qilishning boshqa usullari, xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan o'zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Jumladan, nizolarni hal qilishning muqobil protsedurasi sifatida, mojaro ishtirokchilariga nizolarni hal qilish variantlarini mustaqil ravishda belgilash huquqini berish kabi afzalliklarga ega. Shu bilan birga, nizo tomonlari moliyaviy mezonlari, raqobatbardoshligi, bozor narxlari va ishbilarmonlik obro'sini hisobga olgan holda ularning tijorat ehtiyojlaridan kelib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

chiqib manfaatli yechim to'g'risida kelisha olishlari mumkin. Mediator va sudyalar o'rtasidagi farq tomonlarning da'volarini va ularning huquqlarini belgilovchi omillarni tahlil qilish uchun qo'llanilishi kerak bo'lgan muayyan standartlar yoki qoidalarning yo'qligidadir. Mediatsiyaning yana bir afzalligi uning maxfiyligi, shuningdek vositachining tomonlarga o'zlariga mos keladigan har qanday yechimni ishlab chiqishda yordam berish huquqidir. Mediatsiya shartnomasi nizoli tomonlarning o'zaro roziligi bilan tuziladi. Nizoni shu tarzda hal qilish to'g'risidagi band nizoni muzokaralar jarayonida hal qilishning eng qulay va sodda variantidir. Mediatsiyadan foydalangan holda muzokaralar nizo yuzaga kelgan bosqichda, shuningdek nizoli tomonlar nizolarni hal qilishning boshqa jarayonlariga, shu jumladan sud protseduralariga kirganda ham foydalanishlari mumkin. Faoliyat ko'rsatkichlariga ko'ra, nizolarni mediatsiya usuli bilan hal qilish nizoning barcha bosqichlarida muvaffaqiyatli bo'ladi.

Intellektual mulk to'g'risidagi nizolarda vositachilik qilish, ayniqsa tomonlarning nizoni o'zi yoki nizoda ko'rsatilgan faktlarni yoki intellektual mulk huquqlarini sir saqlashi yoki o'ta muhim bo'lgan taqdirda dolzarb bo'ladi.

Bugungi kunda yurtimizda, asosan, mediatsiya, hakamlik sudlari va apellatsiya kengashi sudgacha nizolarni hal qilish vositasi bo'lib bormoqda.

Mediatsiya boshqa rivojlangan davlatlarning huquqiy tizimlarida, masalan, Angliya, Avstraliya, AQSh, Kanada va boshqalarda azaldan ma'lum bo'lib kelgan. Rossiya Federatsiyasida XXI asrdan boshlab ommalasha boshladi. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasida ham mediatsiya instituti kirib keldi. Huquqshunos olimlarning fikriga ko'ra, mediatsiya, zamonaviy sharoitlarda keng tarqalgan va nizolarni hal qilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Bizning huquqiy tizimimizda mediatsiya instituti Mediatsiya to'g'risidagi qonun qabul qilinishi bilan tartibga solinadi. Mazkur qonun 2018-yil 3-iyulda qabul qilindi. "Mediatsiya to'g'risida"gi qonunning maqsadi nizolarni tartibga solishning muqobil usullarini rivojlantirish uchun huquqiy shart-sharoitlar yaratish, sud tizimiga tushadigan ish hajmini kamaytirishdan iborat.

"Mediatsiya to'g'risida"gi qonun 2019-yilning 1-yanvaridan amal qila boshladi. Shu munosabat bilan jamiyatimiz ijtimoiy ongiga "mediatsiya" voqeligining, yangi institutining tub mohiyatini singdirish, uning ahamiyatini, qadr - qimmatini hamda afzalliklarini keng jamoatchilikka tushuntirish, izohlab berish o'ta dolzarb masalaga aylandi. Ushbu dolzarblikning boisi, bir tomondan, dunyo miqyosida ko'plab xorijiy davlatlar amaliyotida mediatsiyaning yuqori samara bilan qo'llanilayotganligi, ikkinchi tomondan, xalqimizning tarixan shakllangan, biroq hozirda anchayin

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

unitilayozgan "murosai madora" degan qadriyati hamda an'analarini qayta jonlantirish ehtiyoji kun tartibiga chiqqanligidadir. Shunga ko'ra, mediatsiya institutining nazariy - huquqiy asoslarini, yuridik hamda ijtimoiy - ma'naviy tabiatini, mazmunini, prinsiplarini, strukturasini, o'ziga xos xususiyatlari hamda belgilarini, tasnifi(modellari)ni kompleks mushohada etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi.[3]

Ushbu qonun bilan fuqarolik huquqiy munosabatlar, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, shuningdek yakka mehnat nizolari va oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, taraflarning mediatsiya qo'llash bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan, taraflarning xohish-istagi asosida, suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko'rish jarayonida, sud hujjatlarini qabul qilish uchun sud alohida boshqa xonaga kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro y e tish jarayonida mediatsiya tartibini qo'llash mumkinligi belgilandi.[Ошибка! Источник ссылки не найден.] Mediatsiya jamoat manfaatlariga va mediatsiyada ishtirok etmayotgan uchinchi shaxslarning huquq hamda qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl etishi mumkin bo'lgan nizolarga nisbatan tatbiq qilinmaydi.

Mediatsiya nizolarni hal qilishning boshqa usullari, xususan nizolarni sud tartibida hal qilishdan o'zining bir qator afzalliklari bilan ajralib turadi. Birinchidan, nizolarni mediatsiya vositasida hal qilish sud tartibiga nisbatan ancha qisqa muddatlarda amalga oshiriladi. "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonunning 23-moddasida mediator va taraflar mediatsiya tartib-taomili o'ttiz kundan ortiq bo'lmagan muddatda tugallanishi uchun barcha mumkin bo'lgan choralarni ko'rishi kerakligi, zarur bo'lgan taqdirda, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati taraflarning o'zaro roziligi bilan o'ttiz kungacha uzaytirilishi mumkinligi belgilangan. Ikkinchidan, mediatsiya tartib-taomillari qo'llanilganda ishga taalluqli barcha ma'lumotlar mutlaqo sir tutiladi. O'rtadagi nizo va unga oid faktlardan faqatgina taraflar va ularning vakillari hamda mediator xabardor bo'lishi mumkin va ularga qonun bilan bu axborotlarni oshkor qilmaslik majburiyati yuklatiladi. Maxfiylik prinsipi ayniqsa oilaviy nizolar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarda muhim ahamiyatga yega. Nizoni mediatsiya usulida hal qilish bunday salbiy oqibatlardan ishonchli himoya bo'lib xizmat qiladi. Uchinchidan, mediatsiya vositasida hal qilinadigan nizolarda har ikkala taraf uchun ham maqbul kelishuvga erishiladi.[2]

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sud tartibida ko'riladigan nizolar bo'yicha bir taraf foydasiga chiqarilgan qaror ikkinchi tarafning ziyoniga xizmat qiladi. Mediatsiyani qo'llashda taraflar ixtiyoriy ravishda mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni hal qilish yo'llari va usullari, kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarish muddatlari hamda ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlarini ham belgilab qo'yishlari mumkin. Xususan, "Mediatsiya to'g'risida"gi Qonunning 29-moddasida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari bo'yicha taraflar kelib chiqqan nizo yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida o'zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar o'rtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuzilishi, mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega bo'lib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilishi, mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar o'z huquqlari himoya qilinishini so'rab sudga murojaat etishga haqliligi, mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari taraflar tomonidan ushbu kelishuvning o'zida belgilab qo'yilishi mumkinligi belgilangan.[4]

Qonunda mediatsiya ishtirokchilari hamda ularning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo'yilgan. Xususan, taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilari bo'lib, jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham ishtirokchi bo'lishi mumkin. Taraflarning mediatorni ixtiyoriy tanlash va undan voz kechish, mediatsiyada shaxsan o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqlari bo'lib, taraflar kelishuvni nazarda tutilgan tartib va muddatlarda bajarishga majbur.

Shu o'rinda nizolarni tinch yo'l bilan hal etishdek xayrli ishni amalga oshiradigan shaxs muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo'lishi zarurligiga e'tibor qaratmoqchimiz. Hujjatda mediatorning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo'yilgan. Bu huquqlardan unumli foydalana biladigan hamda majburiyatlarini to'liq ado etadigan shaxslargina mediator sifatida hurmat va e'tibor qozona oladi.

Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qo'llaniladi. U suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida ko'rish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga maslahatxonaga kirguniga qadar qo'llanilishi mumkin. Mediatsiyani qo'llash to'g'risidagi kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi bo'lgan shart tarzida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi. Kelishuvda taraflar o'rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo'lgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish yo'li bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida bo'lishi darkor.

Tartib-taomilni amalga oshirish chog'ida davlat organining bevosita aralashuvi taqiqlanadi. Sud muhokamasi jarayonida, nizoni vakolatli davlat organida ko'rish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asnosida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog'ida taraflar tomonidan erishilgan mediativ kelishuv tegishli ish qaysi sud yoki vakolatli davlat organining yurituvida turgan bo'lsa, darhol o'sha sudga yoki vakolatli davlat organiga yuboriladi. Nizo kelishuv bilan mediatsiya tartibida hal qilingan taqdirda, to'langan davlat boji qaytarilishi lozim.

Davlat organi ishtirokida nizo kelib chiqqan taqdirda, davlat organi mediatsiyani qo'llash bo'yicha choralar ko'rishi kerak. Kelishuv tuzilgan kundan e'tiboran tartib-taomil boshlanadi. Ushbu qonundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari bo'yicha taraflar kelib chiqqan nizo xususida o'zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar o'rtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuziladi. Mediativ kelishuv uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega bo'lib, ushbu kelishuv unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda, taraflar o'z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli. Mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari taraflar tomonidan ushbu bitimning o'zida belgilab qo'yilishi mumkin. Hozirgi kunda rivojlangan xorijiy davlatlar huquqiy tizimida nizoni sudgacha olib bormasdan, muqobil yo'l bilan hal qilishga qaratilgan mediatsiya - yarashtiruv protsedurasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Gonkong, Koreya Respublikasi, Hindistonda tashkil etilgan va muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda.

Mediatsiya nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida ixtiyoriy ravishda maxfiy protsedura sifatida belgilanishi mumkin. Mediator neytral shaxs sifatida nizoli tomonlar bilan o'z pozisiyalarini aniqlash uchun o'zaro aloqada bo'ladi, shuningdek nizolarni o'zaro manfaatli murosaga kelish shartlari bilan hal qilishning eng yaxshi alternativ usullarini tanlashga yordam beradi. Mediator faqat nizo bo'yicha aniq pozisiyasini ishlab chiqishi kerak va tomonlarga nizoni hal qilish bo'yicha o'z qarashlarini tavsiya sifatida taqdim etadi. Ularning vazifasi o'zaro kelishuvdan so'ng tomonlar uchun majburiy bo'lib qolishi mumkin bo'lgan murosali yechimlarni topishdir. Mediatsiya shartnomasi nizoli tomonlarning o'zaro roziligi bilan tuziladigan, hamda eng qulay va sodda variantdir.

AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliyada mediatsiya qonuniy ravishda tasdiqlangan va yarim asrdan ko'proq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Keyinchalik esa Germaniya, Fransiya, Belgiya va boshqa mamlakatlarda keng tarqaldi. Germaniyada mediatsiya adliya tizimiga uyg'un tarzda kiritilgan. Masalan, mediatorlar to'g'ridan-to'g'ri sudlar bilan ish olib boradi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sud jarayonlarini sezilarli darajada kamaytiradi. Ko'pgina nemis

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquqshunoslik maktablarida mediatsiya bo'yicha doimiy kurs joriy qilingan. Ushbu davlatlarning qonunchiligi vositachilikni rag'batlantiradi va bir qator mamlakatlarda mediatsiya sudgacha majburiy protsedura hisoblanadi.[Ошибка! Источник ссылки не найден.] Quyida biz nizolarni muqobil hal yetish usullarini xorij tajribasida ko'rib chiqamiz.

Hindiston: Nizolarni muqobil ravishda hal qilish tizimi bu Hindiston aholisi uchun yangi holat emas. ADR qadim zamonlardan buyon Hindistonda keng tarqalgan. Tarix manbalar shuni ko'rsatadiki, qadimgi asrlarda inson odil sudlovni oson, arzon va qulay qilish tartibini sinab ko'rgan. Magatha imperiyasi Panchayatlar tashkil qilgan; ular oddiy va mayda tabiatdagi ishlarni ko'rib chiqish uchun birinchi vositasi bo'lgan. Nizolashayotgan tomonlar Panchayat qoidalariga rioya qilish to'g'risida shartnoma imzolashi kerak edi. Ishni o'rganish va o'z qarorini xolisona qabul qilish Panchayatning zimmasida bo'lgan. Gupta imperiyasi esa alohida alohida sud tizimiga ega edi. Sud tizimining eng past darajasida qishloq yig'ilishi yoki savdo gildiyasi bo'lgan. Bular o'zlari oldida paydo bo'lgan tomonlar o'rtasidagi nizolarni hal qilish uchun tayinlangan kengashlar edi. Ularning oldiga kelgan turli masalalarni hal qilish uchun tayinlangan alohida kengashlar mavjud edi. Agar odamlar biron bir tinch sharoitgaerisha olmasalar, bu kengashlar tomonidan hal qilingan.

Hindiston qonunchiligiga asosan ADRni keng ravishda ikkita toifaga ajratish mumkin: sud tomonidan ilova qilingan variantlar (Hakamlik, mediatsiya) va nizolarni jamoatchilik asosida hal qilish mexanizmi (Lok- Adolat).

Mediatsiya - bu vositachi, tashqi shaxs, nizoga betaraf bo'lgan, tomonlar bilan birgalikda ularning barchasi uchun maqbul bo'lgan yechimni topish jarayonidir. Mediatsiyaning asosiy maqsadi tomonlarga muzokara olib borish, suhbatlashish va neytral uchinchi tomon yordam beradigan variantlarni o'rganish, kelishuvni iloji bor-yo'qligini to'liq aniqlash imkoniyatini berishdir. Mediatsiyani ADR sifatida qo'llash inglizlarning Hindistonga kelishidan bir necha asrlar oldin boshlangan. O'sha paytda norasmiy panchayatlar qishloqlarning hurmatli oqsoqollari yoki Mahajanlar vositachi sifatida tayinlangan tomonlar o'rtasidagi nizolarni hal qilishda ishlatilgan. Shu kungacha Panchas yoki Pancha Parmeshvars, neytral uchinchi tomon sifatida, hindistondagi ba'zi qabilalar tomonidan guruhlar o'rtasidagi nizolarni norasmiy ravishda hal qilishda foydalanilgan. Britaniya mustamlakachiligi boshlanishi bilan mediatsiya rasmiy va qonuniylashtirilgan ADR mexanizmi sifatida tan olinishni boshladi. Hindistondagi mediatsiya bu eng mashhur va foydali usuldir. Hindistonda mediatsiya shartnomaviy jarayondir. Ishtirokchilar odatda mediator bilan vositachilik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shartnomasini imzolaydilar, shartnomada ishtirokchilar va mediator vositachilik qilishdan oldin, keyin nima qila olishi va qila olmasligi protsedurasini belgilaydi.

Hindistonda vositachilik quyidagi uchta usulda amalga oshiriladi: Majburiy mediatsiya: Ba'zi hollarda sudlar taraflar tayyor bo'lmasa ham, ishni vositachilikka yuborishadi. Bu Fuqarolik protsessual qonunida va Mediatsiya Qoidalarida nazarda tutilgan.

Sud tomonidan yuborilgan vositachilik: Sud tomonidan tayinlangan vositachilik bilan sud ishni faqat vositachiga yuboradi. Bu nizolarni tinch yo'l bilan hal qilishni rivojlanayotganining belgisidir. Sud jarayoni nuqtai nazarida mediatsiya nizolarni muqobil ravishda hal qilishning boshqa usullari bo'ladi. Shu bilan birga Fuqarolik protsessual kodeksida ham nazarda tutilgan bo'lib, mediator barcha tomonlarning manfaatlarini qondiradigan yechimlarni topishga harakat qiladi. Bu uzoq muddatli sud jarayondan ko'ra tinch va tez o'zaro munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi va shu bilan jamiyatdagi ziddiyatlarni oldini oladi.

Xususiy mediatsiya: xususiy mediatsiya - bu odatda ishtirokchilar tomonidan haq to'lanadigan, bir vaqtning o'zida, bir joyda va o'zlari tanlagan vositachi tomonidan amalga oshiriladigan jarayon.

Saudiya Arabistonida mediatsiyani tartibga solish qoidalari va tartib-taomili Saudiya tijorat arbitraj Markazi tomonidan belgilanadi. Nizolar mediatsiya va arbitraj orqali hal qilinadi. Saudiya tijorat arbitraj Markazi - mediatsiya va arbitraj tartib-taomili orqali fuqarolik va tijorat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hal qilishni amalga oshiradigan notijorat tashkilot hisoblanadi. Saudiya Arabistoni Mediatsiya to'g'risidagi Singapur Konvensiyasini ratifikatsiya qilgan.

Xulosa o'mida aytganda, mediatsiyaning yana bir muhim jihati, uni kitoblardan to'liq o'rganish qiyin, buning uchun nazariy bilimlardan foydalanib, amaliy mashg'ulotlarni ham o'zlashtirish zarur. Chunki mediatsiyaqanday jarayon ekanligini faqat amalda ko'rgandan keyingina bilish mumkin. Aynan mediatsiya usullarini to'liq o'zlashtirish uchun mediatsiyaga doir treninglar katta ahamiyat kasb etadi, muhimi amaliy mashg'ulotlar muzokaralarni o'tkazishda kommunikatsiya texnikalaridan foydalanish va mediatsiyaning nozik tomonlarini o'rganish uchun katta imkoniyatdir.

REFERENCES

1. Феоктистов А. В. Медиация как способ урегулирования конфликтов // Концепт. - 2014. - Спецвыпуск № 27. - АРТ 14821

2. Дни науки - 2017 : Сборник научных трудов по результатам ХХИИИ

XULOSA

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Научно-практической конференции студентов, аспирантов и молодых ученых (27 апреля 2017 г.) : в 7-ми т. - Т. 4. - Макеевка : МЭГИ, 2017. - 512 c

3. Медиация: низоларни хал килишнинг мукобил усулиТошкент - 2020;

4. Уз.Рес. Медиация тугрисидаги конуни;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.