Научная статья на тему 'SOQINOMAI SAVTI KALON MAQOMI'

SOQINOMAI SAVTI KALON MAQOMI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2687
132
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Soqiynoma / Savt / ashula / namudlar / avjlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Hadicha Mamadaliyeva, L Sh Jo‘rayeva, Mamajonova Dildoraxon Abduraxmonovna

Ushbu maqolada Shashmaqomda Rost maqomining Savtlari tarkibidan joy olgan “Soqiynomai Savti Kalon” maqomi haqida so’z yuritiladi. Soqiynomaning sharq mumtoz adabiyotida va musiqada tutgan o’rni to’g’risida atroflicha yozilgan. G‘azal va musiqiy tuzilish jihatlaridan ham tahlillar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOQINOMAI SAVTI KALON MAQOMI»

SOQINOMAI SAVTI KALON MAQOMI

Hadicha Mamadaliyeva Ilmiy rahbar: L.Sh.Jo'rayeva Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI Mamajonova Dildoraxon Abduraxmonovna O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Shashmaqomda Rost maqomining Savtlari tarkibidan joy olgan "Soqiynomai Savti Kalon" maqomi haqida so'z yuritiladi. Soqiynomaning sharq mumtoz adabiyotida va musiqada tutgan o'rni to'g'risida atroflicha yozilgan. G'azal va musiqiy tuzilish jihatlaridan ham tahlillar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Soqiynoma, Savt, ashula, namudlar, avjlar.

THE GREAT STATUS OF SOQINOMAI SAVTI

Hadicha Mamadaliyeva Scientific supervisor: L.Sh.Jorayeva UzINMA named after Yunus Rajabi Mamajonova Dildorakhan Abdurakhmonovna Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article describes the status of "Sokinomai Savti Kalon", which is part of the makoms of Savtlari Rost in Shashmakom. The role of Sokinoma in Eastern classical literature and music is described in detail. An analysis of the aspects of the ghazal and the musical structure is also given.

Keywords: Sokinama, Savt, song, namuds, culminations.

Yurtimizda Yangi O'zbekistonni qurish yo'lida har sohada jadallik bilan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shulardan biri O'zbek milliy maqom san'atiga bo'lgan e'tibordir. Hozirda faoliyat yuritayotgan har bir viloyatlardagi maqom maktablari, Toshkent shahridagi Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti, maqom markazi, ixtisoslashtirilgan san'at maktablarida maqomga oid turli darslarning amaliyotga joriy etilishi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Endilikda milliy musiqamizni maktabgacha ta'lim muassasalarida ham, ummumta'lim maktablarida ham alohida fan sifatida o'rganilsa, yangi avlodlarimizga ham yoshligidan singadi.

Tarixdan ma'lumki ajdodlarimizning "Musiqiy risola"larida "O'n ikki maqom" tizimi, uning asosida vujudga kelgan "Shashmaqom" haqidagi ma'lumotlar bizning

I icOE^^^^HI 586 http://oac.dsmi-qf.uz

milliy boyligimizdir. Maqomlar ko'plab Sharq xalqlari qatori o'zbek xalqining ma'naviy merosi bo'lib qadrlanib kelinadi.

Ma'lumki, O'zbekistonda mavjud musiqiy muomaladagi yirik maqom turkumlaridan biri - Shashmaqomdir. Shashmaqom shakllanishining dastlabki davrlari(taxminan XVIII asr)da ashula bo'limining birinchi guruhiga kiruvchi Saraxbor, Talqin, Nasr kabi sho'balar, ularning taronalari va Ufarlar yaratilgan bo'lsa, keyingi yillarda Shashmaqom tarkibi boyib, unga bastakor-sozandalar tomonidan yangi sho'balar nazira sifatida qo'shilgan. Ular Savt va Mo'g'ilchalardan iborat bo'lib, "Soqiynomai Savti Kalon" Rost maqomining Savtlari tarkibidan o'rin olgan.

"Savt arabcha so'z bo'lib "tovush", "ohang" va "musiqa tovushi" ma'nolarida keladi. Musiqa istilohida uning ask-sado ma'nosi ham bor, ya'ni u tayyor bir kuy yoki ashulaga taqlid qilinib, bastakorlikdagi ma'lum qoidalar asosida javob tariqasida yaratiladigan musiqa asaridir. Savtlar maqomlarning asosiy sho'balariga nazira qilingan va ular negizida yuzaga kelganligi shubhasizdir. Lekin savtlarning kuy mavzui butunlay boshqachadir". [1;31] Savtlar Saraxbor, Talqin va Nasrlarga nisbatan xalqchil, o'ynoqi va hafifligi bilan ajralib turadi. Savtlar ijro etilgandan keyin ularning ritmik va kuy variatsiyalari bo'lgan Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma, Ufar nomli shaxobchalariga o'tiladi. Bu shaxobchalar Talqinchai Savti Sarvinoz, Qashqarchai Savti Ushshoq, Soqiynomai Savti Kalon, Ufari Savti Chorgoh kabi o'zlari mansub bo'lgan sho'balar nomi bilan qo'shib ataladi. Savtlarning shahobchalaridan biri Soqiynomalardir.

Soqiynoma - sharq mumtoz adabiyotida masnaviy shaklidagi lirik janr bo'lib, "Soqiynoma aksariyat hollarda soqiyga murojaat bilan boshlanadi. Uning soqiynoma deb atalishining boisi ham ana shunda. Soqiynoma o'zining ba'zi bir xususiyatlari (hajmining kattaligi, biror masalaga bag'ishlanishi va boshqalar) bilan voqeaband asarga o'xshab ketadi. U o'zbek adabiyotiga fors-tojik adabiyoti orqali kelgan" [2;548] Manbalarda ta'kidlanishicha, Soqiynoma rasman marhumlar xotirasiga bag'ishlansa-da, unda shoirning falsafiy, ijtimoiy va axloqiy qarashlari ham o'ziga xos lirik tarzda aks etgan. Fors tilidagi dastlabki soqinomalar Nizomiy ("Layli va Majnun" debochasida), Salmon Hofiz qalamlariga mansub. Tarixdan bu janr asoschisi deb Alisher Navoiy tilga olingan. "Xazoyin ul-maoniy" asaridagi baytlarda soqiynoma qo'llanilgan. Maqomshunos olim I.Rajabov yozadi: "Savtlarning shoxobchalaridan biri Soqiynomalardir. O'zbek, tojik xalqlari mumtoz adabiyotida Soqiynoma janri ma'lum darajada o'rin egallab kelgan. Yirik shoirlarning devonlarida Soqiynomalar alohida qism sifatida kelardi. Shunday she'rlar bilan ijro etiladigan ashula yo'llari esa Soqiynomalar tarzida yuzaga kelgan. Ularning she'r vazni, ko'pincha, "Mutaqoribi musammani mahzuf" ' deyilgan o'lchovga mos keladi". [3; 246] Rost maqomining ikkinchi guruh sho'balari tarkibiga Savti Ushshoq, Savti

I ícclT^^^^H 587 http://oac.dsmi-qf.uz

Kalon, Savti sabo kiradi va bunda Mo'g'ilcha uchramaydi. Bu yerda "Soqinoma"-janr, "Savt" - musiqa ohangi, "Kalon" - bastakorga nisbatan aytilgan taxallusdir. Aslida "Kalon" so'zi fosr-tojikcha "Katta" degan ma'noda ishlatiladi. Soqinomai Savti Kalonning g'azali Bobur qalamiga mansub bo'lib, xalq orasida juda mashhur va har bir inson uni bemalol ijro etib bera oladi. Xalqchilligi shundaki, uning ohangi insonning kayfiyatiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatib, qalbni jumbishga keltiradi. Tinglaganda g'am - g'ussani unitib, orzu - umid qilishga undaydi.

Soqinomai Savti Kalon "Muzori musammani ahrabi makfufi mahzuf"' vaznida yozilgan. Mafulu-foilotu-mafoilu- foilun - - v /- v - v / v - - v / -v -Keltursa yuz baloni ushul bevafo manga, Kelsun agar yuzumni evursam, balo manga. Uning takt-ritm o'lchovi 4/4 bo'lib, doira usuli quyidagicha.

Soqinomalarning doira usuli xalq orasida juda ham mashxur bo'lib, ular jo'rligida ko'pgina kuy va shulalar yuzaga kelgan. Soqinomalarga mos keladigan she'r o'lchovlari so'ngi davrlarda juda o'zgartirib yuborilgan. Hofizlar turli vazndagi g'azallardan ham foydalanaveradilar.

Soqinomai Savti Kalon lya firigiy ladida yozilgan bo'lib, 4/4 o'lchovda, uning shakl tuzilishi daromad, miyonxat, avji Zebo Pari va furovard qismlaridan tarkib topgan.

daromat qismining birinchi ko'rinishi (a).

daromat qismining ikkinchi kvarta yuqoridagi ko'rinishi (b).

miyonxat birinchi ko'rinishi (a).

miyonxat ikkinchi ko'rinishi (b).

dunasr birinchi ko'rinishi (a). Bu daromat birinchi ko'rinishi (a)ning bir oktava yuqorida kelishi.

dunasr ikkinchi ko'rinishi (b).

avji zebo pari birinchi ko'rinishi (a) bu yerda namud sifatida ko'rinish bergan

avji zebo pari ikkinchi ko'rinishi (b)

s=k±-t r m ••

AapjKH K>.py6 ty.o

a.¿a

aynan asarning avji birinchi ko'rinishi (a) lya doriy ya'ni fa diezdan boshlanadi.

-0- -

avj ikkinchi ko'rinishi (b )avji zeboparining ikkinchi ko'rinishi (b)ga o'xshash, shuning uchun alteratsiya belgilari qo'llanilgan.

T-l

furovard birinchi ko'rinishi (a) dunasrning birinchi ko'rinishi (a)ga o'xshash.

furovard ikkinchi ko'rinishi (b). Aynan bu dunasirning ikkinchi ko'rinishi (b)ga o'xshash. [4;112.]

Darhaqiqat, maqomlarda namudlar va avjlardan keng foydalaniladi. Mumtoz musiqamizda mavjud ikkita avjning biri, jozibali va yorqin - avji Zebo Paridan mazkur namunada o'rinli foydalanilgan. Avji zebo pari Segoh maqomidan boshqa barcha maqomlarda qo'llanilgan. Masalan, Iroqi Buxoro, Savti Sabo, Savti Kalonning Talqinchasi, Qashqarchasi, Soqinomasi,Ufori va boshqalarda. Aynan Soqinomai Savti Kalonda avji Zebo Pari -

Ohu yoshimdin ortadur za'f, ey tabib,

Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga!

baytida aks ettirilgan.

Savti Kalon sho'basini tinglar ekanmiz, kishida umid va orzuga erishish hissiyotlari jo'sh urgandek bo'ladi, insonga xushchaqchaq kayfiyatlar baxsh etadi. Uning bosh yo'lini, talqincha va qashqarchasini tinglaganda kishi ruhan ezgu maqsadlar sari intilgandek bo'ladi. Soqiynoma va ufarida beixtiyor shodlik ila raqsona ohang ustivorlik qiladi. Umuman, Rost maqomi yo'llariga mos kuy va ashulalar xalqimiz musiqa merosidan munosib o'rin egallagan. Bunday mumtoz asarlar bebaho boyliklarimiz, durdonalar hisoblanib, radio "oltin fondi"dan bir qator ustoz san'atkorlar hamda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli ijrosida joy olgan. Quvonarlisi, hozirda mumtoz musiqiy namunalarni milliy estrada yo'nalishida ijro etish va yosh avlod o'rtasida ommalashtirish yo'lida ham bir muncha ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri - ijtimoiy tarmoqlarda o'tkaziladigan an'anaviy chellenjlardir. O'tgan yillarning birida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov tashabbusi bilan o'tkazilgan Soqiynomai Savti Kalonning chelleji ham anchayin ommalashgan edi. Xalqimizning qalbi va shuuriga chuqur o'rnashgan mazkur namunadek kuy va ashula yo'llari minglab topiladi. Nazarimizda, mana shunday ommaviy harakatlar yoshlarda milliy mumtoz musiqamizga, zabardast maqomlarimizu bebaho dostonlarimizni targ'ibida juda muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Milliy Enstiklopediyasi. T., 2004 y. 31-b

2. O'zbekiston Milliy Enstiklopediyasi. T., 2004 y.548-b

3. Ishoq Rajabov. "Maqomlar" T., 2006 y.246-b

4. Yunus Rajabiy. "Shashmaqom II Rost" T., 1969 y.112-b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.