Научная статья на тему 'SON SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI'

SON SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
75
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Son / metodika / interfaool metodlar / “Ajurli arra” strategiyasi / tartib sonlar / sanoq sonlar

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Narbayeva Xosiyat

Darslarni interfaol metodlar yordamida tashkil qilish davr talabi darajasiga ko‘tarilmoqda. Son so‘z turkumi darsini mustahkamlash uchun “Ajurli arra” metodidan foydlanish darsning sifatini oshiradi. Su bilan bir qatorda o‘quvchilarning erkin fikrlash, bilimlarni o‘zlashtirish va o‘z bilimlarini boshqalarga yetkazib berish kabi malaka va ko‘nikmalarini shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SON SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH METODIKASI»

SON SO'Z TURKUMINI O'QITISH METODIKASI

Narbayeva Xosiyat Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 2-

bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11179436

ARTICLE INFO

Received: 4th April 2024 Accepted: 6th May 2024 Published: 11th May 2024 KEYWORDS

Son, metodika, interfaool metodlar, "Ajurli arra" strategiyasi, tartib sonlar, sanoq sonlar.

Rivojlangan davlatlar darsni to'g'ri tashkil qilish o'quvchilarning bilim salohiyatining oshishi hamda ularning darsga qiziquvchanligini oshirishi mumkinligini ta'kidlashadi. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.1 Yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib qolayotgan bir davrda ularni darsga qiziqtirish juda mushkul, shuning uchun an'anaviy metodlar bilan bir qatorda interfaol metodlarni qo'llash ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Dars jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o'quvchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini, tengdoshlari bilan ishlash, o'z fikrlarini boshqalarga yetkazib berish, o'z fikrlarini himoya qilish, boshqalarning fikrlariga munosabat bildirish, fikrlarini isbotlash va eng muhim jihatlaridan yana biri murakkab vaziyatlardan chiqib ketish kabilarni o'rganishadi. Bugungi kunda yoshlar bilim bilan bir qatorda hayotiy ko'niklarni ham o'zlashtirishlari kerak. O'qituvchining qanday metodlardan foydalanishi ya'ni darsni to'g'ri tshkil qilish eng muhim omil sanaladi. Shuningdek interfaol metodlar bilan birgalikda, audio, video hamda kompyuter texnalogiyalar bilan ishlashish ham dars sifat darajasini oshiradi.

Son leksemalarga shakl o'zgarishi xos emas. Son leksema asosan sifatlovchi vazifasida keladi, shunga ko'ra unga 'sifatlovchi' sintaktik semasi qo'shiladi: "leksema + 'sifatlovchi' sintaktik semasi = leksemashakl" qolipi voqe bo'ladi. Son leksemalarning jamlovchi son turidan tashqari barcha turlari odatda yuqoridagi qolip bo'yicha ishlatiladi: a) sanoq son: o'n kishi kabi; b) dona son: o'nta kitob kabi; d) chama son: uch-to'rtкип kabi; e) taqsim son: ikkitadan daftarberdi kabi; f) kasrli son: ikki yarim yil kabi; g) tartib son: to'rtinchi kabi.2 . "Predmetlarning sanog'i va

ABSTRACT

Darslarni interfaol metodlaryordamida tashkil qilish davr talabi darajasiga ko'tarilmoqda. Son so'z turkumi darsini mustahkamlash uchun "Ajurli arra" metodidan foydlanish darsning sifatini oshiradi. Su bilan bir qatorda o'quvchilarning erkin fikrlash, bilimlarni o'zlashtirish va o'z bilimlarini boshqalarga yetkazib berish kabi malaka va ko 'nikmalarini shakllantiradi.

Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. - Toshkent 2013.

! Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

Volume 1, Issue 7, May 2024

Page 82

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

asosan aniq miqdori uchun ishlatiladigan so'z" - sonning so'z turkumi sifatidagi UGMsi. Sanaladigan predmet uchun ishlatilganda ularning sanoq va miqdorini anglatadi. Son so'z turkumi sifatida predmet ifodalovchisi bilan munosabatga kirishib, shu jihati bilan sifat va ravish turkumiga yaqin turadi. Biroq aniq miqdor bildiruvchi bu so'zlar predmetning noaniq miqdorini bildiruvchi oz, ko'p, mo'l kabi sifatdan ajralib turadi. Sifat raqam bilan ifodalanmaydi. Son esa noaniq miqdorni bildirganda ham raqam bilan beriladi: uch-to'rt kun (3-4 kun). Bu esa ular anglatgan miqdor noaniqligi ham nisbiy ekanligidan dalolat beradi.3 Son so'z turkumi nafaqat sifatdan balki ravish so'z turkumidan ham miqdorning aniq ko'rsatilishi bilan ajralib turadi. Ravish so'z turkumining ma'no turiga kiruvchi miqdor-daraja ravishlari bo'lmish oz, ko'p, kam kabi so'zlari ham miqdorni bildiradi, ammo, aniq miqdorni emas. Son so'z turkumlarida esa sonni juflash orqali chama sonlar hosil qilinadi. O'zbek tilida oltita mustaqil so'z turkumi bor. Bular: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe'l hisoblanadi. Son ikki ma'noviy guruhga ajratiladi. Bulardan birinchisi tartib sonlar bo'lib, u -(i)nchi qo'shimchasi yordamida yasaladi. Masalan: Abdukarimov jurnalda birinchi turadi. Bugun bankka borgandim o'ttizinchi bo'lib navbatga turdim. Agar tartib sonlar raqamlarda berilsa "-" (chiziqcha) -(i)nchi qo'shimchasining ma'nosini beradi. Son Rim raqamlarida berilsa -(i)nchi qo'shimchasini anglatuvchi chiziqcha qo'yilmaydi. Sonning ikkinchi ma'no turi sanoq son. Sanoq sonlar o'z navbatida oltita guruhga ajratiladi. Birinchisi sanoq son, ikkinchisi dona son, uchinchisi taqsim son, to'rtinchisi chama son, beshinchisi kasr son va oltinchisi jamlovchi sondir. Sanoq sonlar tarkibida hech qanday qo'shimcha ham so'z ham qo'llanilmaydi, Faqatgina besh, olti, yetti, uch kabi. Ikkinchi turi dona son bo'lib u -ta qo'shimchasi va dona so'zi yordamida yasaladi. Uchinchi turi taqsim son bo'lib -tadan qo'shimchasi yordamida hosil qilinadi. Chama sonlar esa -tacha, -lab, -larcha qo'shimchalari hamda sonlarni juftlash orqali hosil qilinadi. Kasr sonlar chiqish kelishigi yordamida hosil qilinsa, jamlovchi sonlar -ov, -ala, -ovlon qo'shimchalari yordamida yasaladi.

Son so'z turkumini o'qitishda "Ajurli arra" strategiyasidan foydalanish mumkin. "Ajurli arra" fransuz tilidan olingan bo'lib bir yoqdan ikkinchi yoqqa o'tgan, ikki tomoni ochiq degan ma'noni anglatadi. Ushbu strategiyani mavzuni mustahkamlash uchun qo'llash mumkin. Dastavval, strategiyaning mohiyati o'quvchilarga tushintiriladi, keyin ular guruhlarga ajratiladi. Ularni sonning ma'no guruhlariga ko'ra ajratiladi. Masalan: "Tartib sonlar" guruhi, "Sanoq sonlar" guruhi, "Chama sonlar" guruhi, "Taqsim sonlar" guruhi, "Dona sonlar" guruhi, "Jamlovchi sonlar" guruhi, "Kasr sonlar" guruhi kabi. Har bir guruhga sonning ma'no turlari ishtirok etgam matn beriladi. Guruhlar matndan foydalanib topshiriqlarni bajaradilar. Har bir guruhdan matnni yaxshi o'zlashtirgan va topshiriqlarni yaxshi bajargan o'quvchilardan yana bir guruh tuziladi. Ushbu guruh o'zlarining matni va topshiriqlarini boshqa guruhlarga tushuntirish rejasini tuzadilar va bu matn va topshiriqlarni boshqa guruhlarga ham o'rgatadilar. Bu metod o'quvchilarning mavzuni yaxshi o'zlashtirishi va o'z bilimlarini boshqalarga yetkazish ko'nikmalarini shakllantiradi.

Darsni qiziqarli tashkil qilish jarayonida o'quvchilar nafaqat bilim olishlari balki, o'zlarining shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishlari ham darkor. Bugun yurtimizga har tomonlama yetuk shaxslar darkor, buning uchun esa birinchi navbatta ular o'zlarining shaxsiy fikrlariga ega

3 R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2010.

Volume 1, Issue 7, May 2024

Page 83

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES À

bo'lishlari kerak. Interfaol metodlar o'quvchilarni chaqqonlik, hozirjavoblik, zukkolik kabi qobiliyatlarini shakllantiradi va rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

2. R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2009.

3. Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. - Toshkent 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.