Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SON SOʻZ TURKUMINING QOʻLLANILISHI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SON SOʻZ TURKUMINING QOʻLLANILISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
son so‘z turkumi / mustaqil so‘z / predmet / sifat so‘z turkumi / ravish / sanoq sonlar / tartib sonlar / sanoq son / miqdor son / chama son / kasr son / dona son / jamlovchi son / taqsim son.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Joʻrayeva Shodiya Kenjaali Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda son soʻz turkumining qoʻllanilishi haqida soʻz yuritilgan. Yangilangan darsliklarda son soʻz turkumining qoʻllanilishi tahlilini uchratishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SON SOʻZ TURKUMINING QOʻLLANILISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA SON SOZ TURKUMINING

QO'LLANILISHI

Jo'rayeva Shodiya Kenjaali qizi

FarDU bakalavr 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11505633

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda son so'z turkumining qo'llanilishi haqida so'z yuritilgan. Yangilangan darsliklarda son so'z turkumining qo'llanilishi tahlilini uchratishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: Son so'z turkumi, mustaqil so'z, predmet, sifat so'z turkumi, ravish, sanoq sonlar, tartib sonlar, sanoq son, miqdor son, chama son, kasr son, dona son, jamlovchi son, taqsim son.

Son - mustaqil so'z turkumlaridan biri bo'lib, predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi so'zlar guruhi hisoblanadi. Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan shu turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish esa harakatning belgisini bildirganidek, son ham predmetning miqdori, sanog'i va tartibiga ko'ra belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qo'llanib, bir necha predmetlarning yig'indisini, aniq miqdorini (beshta olma) yoki noaniq, miqdorini (o'ntacha kitob) ifodalab keladi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, o'n, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) ko'rsatiladi.

Sonlar ma'no xususiyatiga ko'ra, 2 ta asosiy turga bo'linadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor sonlar predmetning miqdori, sanog'iga ko'ra belgisini ko'rsatadi. O'zbek tilida miqdor sonlar 6 turga bo'linadi: sanoq son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son va kasr sonlar kiradi. Sanoq son predmetning sanog'ini bildiruvchi miqdor son turi (bir, ikki, o'n, yuz). Dona son- predmetning miqdorini donalab ko'rsatuvchi miqdor son. Bunday sonlar sanoq songa ta qo'shimchasini qo'shish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirkta daftar). Predmetlarni donalab ko'rsatishda sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi hisob (numerativ) so'zlar bilan birga qo'llanadi: bir juft qo'shiq, besh tup o'rik kabi. Chama son predmetning noaniq miqdorini, taxminan hisobini ko'rsatadi. Miqdor sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq songa tacha, lab, larcha affikslaridan birini qo'shish (yuztacha, yuzlab, yuzlarcha) va turli sonlarni juftlash yoki ayrim so'zlar bilan birga qo'llash (birikki kun, o'n-o'n ikki yashar bola) orqali hosil qilinadi. Jamlovchi son bir turdagi predmetlarning yig'indisini ifodalaydi, ularni jamlab ko'rsatadi; sanoq songa ov, ala affiks larini qo'shish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, to'rtala). Taqsim Son predmet miqdorini teng qismlarga taqsimlash, guruqlash yo'li bilan bildiradi va sanoq songa tadan affiksini qo'shish orqali hosil qilinadi (beshtadan bo'lib kelmoq, to'rttadan qalam ushlamoq). Kasr son butunning qismlarini bildiradi va odatda, sanoq sonning chiqish va bosh kelishik shaklidagi birikmasi orqali ifodalanadi: uchdan ikki, o'ndan bir kabi. Yarim (yorti), chorak, nimchorak so'zlari ham kasr sonlardir. Tartib son predmetning anik, miqdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular sifatlarga yaqin bo'lib, ular kabi predmet belgisini bildiradi; sanoq sonlarga - (i)nchi (ba'zan lamchi) affiksining qo'shilishidan hosil bo'ladi: birinchi, ikkinchi, o'ninchi; birlamchi, ikkilamchi.

Birinchi sinflarda son so'z turkumi "Shaxs-narsa sanog'i,miqdori va tartibi" deb berilgan. O'quvchilar boshlang'ich tushunchalarni asosan rasmli ko'rgazmalar orqali tushuntirilgan va mavzuga doir qoidalar ham eng sodda tilda berilgan.

1-sinf 2-qism 2023-yil 74-sahifa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Shaxs va narsaning sanog'ini bildirgan so'zlar Necha?, miqdorini bildirgan so'zlar Nechta?, Qancha? tartibini bildirgan so'zlar Nechanchi? So'rog'iga javob bo'ladi. Masalan: besh (Necha?) baho, Sakkizta ( Nechta?) kitob, oltinchi ( Nechanchi?) qavat.

Sanoqni bildiruvchi so'zlar Necha? O'n, yeti, ikki Miqdorni bildi uvchi so'zlar Nechta? Qancha? O'nta, yettita, ikkita Tartibni bildiruvchi so'zlar Nechanchi? O'ninchi, yettinchi, ikkinchi

Shu bilan birga darslikda o'quvchilarga qiziqarli va mavzuni oson tushunishlari uchun mashqlar she'r ko'rinishida berilgan.

74-sahifa

Bir deganda birinchi O'rnimizdan turamiz.

Ikkida egilamiz, so'ng esa rostlanamiz.

Uch deganda uch marta; Chuqur nafas olamiz

Son so'z haqidagi dastlabki ma'lumotlardan so'ng sanoqni va tartibni bildirgan so'zlar ketma-ket shaklda alohida mavzu sifatida berilgan. 76-77-sahifalar.

Sanoqni bildirgan so'zlarga -ta qo'shimchasini qo'shish orqali narsa miqdorini bildirgan so'zlar

hosil qilinadi.

Masalan:

to'rt-to'rtta, o'n-o'nta

Shaxslarning sanog'iga nisbatan -ta qo'shimchasi qo'llanilmaydi. Shaxsga nisbatan nafar so'zi ishlatiladi.

80-ansahifa

Shaxs va narsaning tartibini bildirgan so'zlar sanoq so'zlarga -inchi, -nchi qo'shimchalari

qo'shish orqali yasaladi.

Masalan: beshinchi qator,uchinchi sinf...

Ikkinchi sinfda son so'z turkumi "Sanoq va tartibni bildirgan so'zlar" deya keltirilgan. Ikkinchi sinf o'quvchilari sanoq va tartib haqida birinchi sinfda boshlang'ich tushunchalarni o'rganishgan. Ikkinchi sinfda o'rganilgan bilimlarga qo'shimcha ma'lumotlar o'rganiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

2-sinf 3-qism 81-sahifa Shaxs va narsaning sanog'ini bildirgan so'zlar Nechta? Qancha? So'roqlariga javob bo'ladi. O'nta nok Bir qop un

Nechta nok? Qancha un?

Shaxs va narsaning tartibini bildirgan so'zlar Nechanchi? so'rog'iga javob bo'ladi. To'qqizinchi may. Nechanchi may?

O'quvchilar o'rganilgan mavzuni mustahkamlash uchun mashqlar asosan matnlar asosida berilgan, bunda o'quvchilar matnlar ichida keltirilgan sanoq va tartib sonlar orqali bajaradilar.

82-sahifa

Kompyuter so'zi inglizchada "hisoblayman" degan ma'noni bildiradi. Birinchi kompyuterlar faqat hisob-kitob ishlari uchun ixtiro qilingan. Ularning kalkulyatordan farqi bo'lmagan. 1946-yil olimlar ENIAC nomli ulkan kompyuterni yaratishadi. Yangi kompyuterning og'irligi 27 tonna kelar edi. Bu beshta filning umumiy vaznidan ham og'irroq degani. Qanchalik og'ir va katta bo'lmasin, ENIAC hozirgi jajji telefonlardan ming marta ortda qoladi.

1. Kompyuter so'zining ma'nosi nima?

2. Ilk kompyuterning og'irligi qancha edi?

• Ajratib ko'rsatilgan so'zlarni ko'chiring. Nechta? Qancha? Nechanchi? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlarning tagiga chizing.

Uchinchi sinfda son so'z turkumi "Son haqida ma'lumot" deb keltirilgan. Bu sinfda quyi

sinflarda o'rganilgan bilimlar mustahkamlanib, qo'shimcha ravishda mavzu keng yoritilgan. 3-sinf 4-qism 2023-yil 9-sahifa.

Shaxs va narsaning sanog'ini bildirgan so'zlar son deyiladi. Sonlar Nechta? Qancha?

so'roqlariga javob bo'ladi.

Nechta (daftar)? - O'nta daftar.

Qancha (suv)? - Bir payola suv.

Shu bilan bir qatorda uchinchi sinfda sonlarning turlari va sonlarning imlosi haqida ham

ma'lumotlar berilgan.

15-sahifa.

Sonlar narsalarning joylashish tartibini ham bildirib, Nechanchi? so'rog'iga javob bo'ladi: Nechanchi (xona)? - Yettinchi xona. Nechanchi (qavat)? - To'qqizinchi qavat. To'rtinchi, to'qqizinchi sonlari tartib sonlardir.

Sanoq sonlarga -inchi, (-nchi) qo'shimchalarini qo'shish bilan tartib son hosil qilinadi: yetmish + inchi - yetmishinchi, yetti + nchi - yettinchi, ikki + nchi ikkinchi, yuz + inchi -yuzinchi.

Mavzu yuzasidan mashqlar rasmlar va qiziqarli matnlar, she'rlar yordamida ifodalangan. Bunda o'quvchilar mavzuni oson va sodda usulda o'rgana olishadi

To'rtinchi sinflarda son so'z turkumi 3-qismda berilgan. Quyi sinflarda o'rganilgan bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlar keltirilgan.

Ularga qo'shimcha ravishda sonlarning turlari haqida ma'lumotlar berilgan va sonlarning turlari har biri alohida-alohida mavzu sifatida berilgan. 4-sinf 3 -qism2023 -yil 65-72-sahifalar. Shaxs va narsaning sanog'ini bildirgan so'zlar son deyiladi. Sonlar nechta? qancha? so'roqlariga javob bo'ladi. Nechta daftar? - beshta daftar, qancha kun? - yeti kun.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Sonlar narsalarning joylashish tartibini ham bildirib, nechanchi? so'rog'iga javob bo'ladi: nechanchi (xona)? - birinchi xona, nechanchi (qavat)? - to'qqizinchi qavat. Birinchi, to'qqizinchi sonlari tartib sonlardir.

Sanoq sonlarga -inchi (-nchi) qo'shimchasini qo'shish bilan tartib son hosil qilinadi:

oltmish-oltmishinchi, yetti - yettinchi.

Mavzu yuzasidan yangilangan darslikda kichik yoshdagi o'quvchilarni diqqatini tortadigan qiziqarli mashqlar berilgan. Bilamizki kichik yoshdagi o'quvchilar rasmlar orqali e ng sodda usulda o'rganishadi, yangilangan darslik ham rang-barang ham rasmlar asosida tashkillangan.

85-sahifa 122-mashq. Topishmoqlarning javobini toping, sonlarning belgilang va ko'chiring.

Bo'yi bir qarich, Soqoli ikki qarich.

O'zi bitta, qulog;i to'rtta

O'xshayman deb oltiga, Yiqildi to'qqizning oldiga.

Ikki yaproq bir tanda, Kezar yozda chamanda.

Daraxtda to'q qizil, Bir olma pishdi.

>a ajratsam munjoqlar

Bitta dara,ikki tog', Ichidagi sariyog'.

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda son so'z turkumining qo'llanilishi va darsliklarning tahlili keltirilgan. Maqolada mavzuga oid mashqlar, ularning sahifalari, kitob qismlari bilan alohida va jadval ko'rinishida uchratishingiz mumkin.

Darslikda mavzu yuzasidan ma'lumotlar juda aniq va kerakli darajada berilgan. Misollar orqali boyitish va o'quvchiga sodda tarzda tushintirish albatta o'qituvchining pedagogic mahoratiga bog'liq bo'lib, zamonaviy darsliklarimiz avvalgilaridan anchagina farq qilishini ham inobatga olishimiz kerak bo'ladi.

Savod o'rgatish darslari"-

REFERENCES

1. 1-sinf ona tili darsligi 2-qism 2023-yil

2. 2-sinf ona tili darsligi 3-qism 2023-yil

3. 3-sinf ona tili darsligi 4-qism 2023-yil

4. 4-sinf ona tili darsligi 3-qism 2023-yil

5. Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo'ldosheva '

6. T.: " O'qituvchi" nashriyoti.

7. K. Qosimova, S. Matchanov, X.G'ulomova " Ona tili o'qitish metodikasi"

8. T.: " Nosir" nashriyoti.

9. N. Jo'rayeva. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dolzarb masalalari.

10. Fuzailov.S, Xudoyberganova.M, Yo'ldasheva.Sh T.: Ona tili ,,O'qituvchi " nashriyoti.

11. B. Mengliyev, O'.Xoliyorov. O'zbek tilidan universal qo'llanma. T.:2007

12. Qosimova.K, Matchanov.S, G'ulomova.X, Yo'ldasheva.Sh, Sariev.Sh Onatili o'qitish metodikasi

13. Jamolxonov.N, Hozirgi o'zbek adabiy tili.-T.: 0'qituvchi,2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.