Научная статья на тему 'O‘NLI SANOQ SISTЕMASI XUSUSIYATLARI VA UNING RAQAMLASHGA ASOS QILIB OLINISHI, KONTSЕNTRLAR BO‘YICHA RAQAMLASHGA O‘RGATISH MЕTODI'

O‘NLI SANOQ SISTЕMASI XUSUSIYATLARI VA UNING RAQAMLASHGA ASOS QILIB OLINISHI, KONTSЕNTRLAR BO‘YICHA RAQAMLASHGA O‘RGATISH MЕTODI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6306
294
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
OSHLANG'ICH SINF / O'NLI SANOQ SISTЕMASI / RAQAMLASH / KONTSЕNTRLAR / RAQAMLASHGA O'RGATISH MЕTODI / SANOQ MALAKASINI HOSIL QILISH / SONLAR QATORI / BOSMA VA YOZMA RAQAMLAR / NATURAL RAQAMLAR TARTIBI / BOLALARNING BILISH QOBILIYATLARI / MASHG'ULOTLAR METODIKASI VA MASHG'ULOTLARNI TASHKIL QILISH

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Мusurmоnova М.

Маqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga «O‘nlik» mavzusida sonlarni raqamlashga tayyorgarlik davri hamda «O‘nlik» mavzusida sonlarni taqqoslash xususida fikr yuritilib, boshlang’ich sinf o’qituvchilariga taklif va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF THE DECEMBER SYSTEM AND ITS DIGITAL BASIS, METHOD OF TEACHING NUMBERS BY CONCENTRATION

The article discusses the period of preparation of primary school students on the topic "Decimal number" and comparison of numbers on the topic "Decimal number", as well as provides suggestions and recommendations for primary school teachers.

Текст научной работы на тему «O‘NLI SANOQ SISTЕMASI XUSUSIYATLARI VA UNING RAQAMLASHGA ASOS QILIB OLINISHI, KONTSЕNTRLAR BO‘YICHA RAQAMLASHGA O‘RGATISH MЕTODI»

Musurmonova M.

"Boshlang'ich ta'lim" uafedrasi o'qituvchisi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

O'zbekiston Respublikasi

O'NLI SANOQ SISTEMASI XUSUSIYATLARI VA UNING

RAQAMLASHGA ASOS QILIB OLINISHI, KONTSENTRLAR BO'YICHA RAQAMLASHGA O'RGATISH METODI

Annotatsiya: Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga «O'nlik» mavzusida sonlarni raqamlashga tayyorgarlik davri hamda «O'nlik» mavzusida sonlarni taqqoslash xususida fikr yuritilib, boshlang'ich sinf o'qituvchilariga taklif va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, o'nli sanoq sistemasi, raqamlash, kontsentrlar, raqamlashga o 'rgatish metodi,sanoq malakasini hosil qilish,sonlar qatori,bosma va yozma raqamlar, sanoq malakasini hosil qilish,natural raqamlar tartibi,bolalarning bilish qobiliyatlari, mashg'ulotlar metodikasi va mashg'ulotlarni tashkil qilish.

FEATURES OF THE DECEMBER SYSTEM AND ITS DIGITAL BASIS,

METHOD OF TEACHING NUMBERS BY CONCENTRATION

Musurmonova M.

lecturer

Department of Primary Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Republic of Uzbekistan

Annotation: The article discusses the period of preparation of primary school students on the topic "Decimal number" and comparison of numbers on the topic "Decimal number", as well as provides suggestions and recommendations for primary school teachers.

Key words: elementary school, decimal notation, numbering, concentrates, numbering method, numbering skills, number series, print and writing numbers, numbering skills, order of natural numbers, children's cognitive abilities, teaching methods and lesson organization.

1.«O'nlik» mavzusida sonlarni raqamlashga tayyorgarlik davri.

Birinchi sinfga kelgan bolalar turli joylardan va turlicha matematik tayyorgarlikka ega bo'ladi. Bolalar bog'chasi yoki ba'zi oilalarda tayyorgarligi bor bolalar 1-10 gacha sonlarni o'qish, sanash, teskari sanash, yozish malakalariga ega bo'ladilar. Ba'zan, mutlaqo tayyorgarlikka ega bo'lmagan bolalar keladilar. Shuning uchun o'qituvchinig vazifasi 1-sinfga kelgan

bolalarning tayyorgarligini individual aniqlashdir. Bu ish o'qish boshlanguncha yoki birinchi haftadayoq amalga oshirilishi kerak. Aniqlashda quyidagi taxminiy savollar bo'lishi mumkin:

1. Sanashni bilasizmi? Sanang-chi?

2. Doiracha, cho'p, bayroqchalarni sanang-chi?

3. Stolda qancha qalam bo'lsa, shuncha bayroqcha oling.

4. Qaysi doirachalar ko'p? Qizillarimi, ko'klarimi?

5.Tartib bilan qo'yilgan narsalarni tartib bilan sanang.

6. 5-1, 8-2, 4-3 kabi savollar.

Tayyorgarlik davrining (6-7 mashg'ulot) asosiy vazifasi raqamlashni o'rganishga o'tish uchun zarur bo'ladigan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni aniqlash.

1-sinfning 1- mavzusi 1-o'nlik sonlarini raqamlashdan iborat. Bunda bolalar sanoq malakasini hosil qilish, 1-10 ta son haqidagi tasavvur shakllantirish, sonlar qatorini hosil qilish kabi ishlarni bajarish kerak. 10 ichida raqamlashda o'qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berishi va bu asosda natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat. Raqamlashni bilish natijasida o'quvchilar quyidagilarga erishadilar:

1. 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini to'la o'zlashtirish.

2. Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning tartib raqamini aytib bera olishi.

3. Sonlarning 1 dan 10 gacha har bir son qanday hosil bo'lishi (1 ni qo'shish yoki 1 ni ayirish bilan).

4. Raqamlarni o'qiy olishlari va har bir raqamga mos keladigan narsalar to'plamini mos keltirishi.

5. Sonlarning katta, kichik, tengliklarini bilish.

6. 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 sonlarini bir necha qo'shiluvchilardan iborat qilib yoza olishni.

7. 2+1, 4-1, 1+3 kabi yozuvlarni o'qiy olishi va natijasini hisoblay olishi;

8. Doira, kvadrat, uchburchaklarni bir-biridan farqlab, nomlarini aytish va ularni chiza olishi;

Natijada quyidagi savollarga qiynalmasdan javob bera oladigan bo'lsin:

1. U yoki bu son qanday hosil qilinishi mumkin? 4+1=5, 6-1=5 kabi.

2. Son qanday ataladi va u bosma va yozma raqamlar bilan qanday yoziladi?

3. Berilgan son bilan qo'shni sonlar orasida qanday munosabatlar mavjud

(<,>, =)

10 ichida sonlarni raqamlashda quyidagi bilim, malaka va ko'nikmalarni egallab olishi kerak.

1. 1-10 raqamlashni va ularning ketma-ketligini.

2. Har qanday sonning sonlar qatoridagi o'rnini.

3. Sonlarni taqqoslashni (<,>, =) belgilarni qo'ya olishi

Bu bosqichda o'qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10 sonlar kesmasida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta'riflashdan iborat.

Bu vazifalardan kelib chiqib mavzuni o'rganish rejasi tuzuladi. Natural raqamlar tartibi o'quvchilarda bu qatorning hosil bo'lish tushunchalarini ongli o'zlashtirishiga imkon beradi. Shunga e'tibor qilish kerakki har gal avvalgi o'tilgan raqamlar qatori qayta ko'rib chiqiladi va o'rganilayotgan yangi raqamlar ilgarigi tartibni davomi ekanligiga diqqat qaratiladi.

10 ichida mashg'ulomlar o'tkazish metodikasining umumiy masalalari

I. 1 - sinfda matematika bilan shug'ullanishning asosiy o'quv-tarbiyaviy vazifalari. 1 - sinf dasturi bundan keyingi ta'lim asoslanadigan muhim bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni tarkib toptirishni nazarda tutadi. 1-sinfda son, sanoq, qo'shish va ayirish amallari haqidagi tasavvurlar tarkib topishi, sonlar qatori ongli o'zlashtirilishi kerak (bolalar qatordagi har bir son qanday hosil bo'lishini o'zlashtirishlari, sonlarni taqqoslashni o'rganib olishlari kerak). qo'shish va ayirish usullarini ongli o'zlashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak.

Nihoyat, 1-sinfda o'qitishning natijasi 10 ichida sonlarni qo'shish jadvalini, shu sonlar tarkibining tegishli hollarini va ayirishni ongli va puxta o'zlashtirishni hamda bu o'zlashtirishni samarali eng yuqori darajasigacha yetkazishdan iborat bo'lishi kerak. Bolalar 3 + 6 = 9 ekanini, 9 bu 4 va 5 ekanini, 9 - 6 = 3, chunki 9 bu 3 va 6 ekanini og'zaki bilishlari kerak.

Bundan tashqari, bolalar 20 ichida predmetlarni sanay oladigan, 0 dan 20 gacha bo'lgan sonlarni o'qiy oladigan va yoza oladigan, ularning o'nliklar va birliklardan iborat tarkiblarini bilishlari (12- bu 1 o'nlik va 2 birlikdan iborat ekanini, 1 o'nlik va 7 birlik bu 17 ekanini) bilishlari kerak, 20 ichida qo'shish va ayirishga doir misollarni (10 + 6, 13 - 3, 16 - 10) yecha oladigan bo'lishlari kerak.

Bundan tashqari, bolalar berilgan sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir masalalarni yechishni o'rganib olishlari kerak. Butun yil davomida bolalarning fazoviy tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishga doir, ularning «ortiq», «kam», «o'shancha» munosabatlarini tushunishlarini aniqlash va kengaytirishga doir, predmetlar uzunliklarini (oldin istalgan uzunlikdagi o'lchov tasmasi, so'ngra uzunligi 1 santimetr bo'lgan tasma yordamida) o'lchash bilan bog'liq bo'lgan, kesma uzunligini (butun santimetrlarda) chizg'ich bilan o'lchash va berilgan uzunlikdagi kesmani chizish bilan bog'liq bo'lgan amaliy malakalarni shakllantirish bo'yicha tizimli ish olib boriladi. O'qituvchi har doim shuni esda tutishi kerakki, bolalarning hayotiy tajribalariga doimo asoslanilgandagina, tizimli ravishda uni boyitilgandagina o'quv vazifalari hal qilinishi mumkin, shu sababli bolalarda nutq, xotira va tafakkurning rivojlanishi haqida g'amxo'rlik qilish kerak. Bolalarning umumiy rivojlanishiga erishish uchun har bir darsda, imkoniyatga qarab, predmetlar guruhini, ayrim predmetlarni kuzatish, ularning klassifikasiyasi, bolalar xotiralarining mashqi

bilan bog'liq bo'lgan ish o'tkazilishi kerak. Bunda bolalarga eslab qolishni osonlashtiruvchi usullarni o'rgatish muhimdir. Masalan, qo'shish jadvalini o'rganishda bir xil sonlarni qo'shish (4 + 4, 5 + 5 va hokazo), natijalarini eslab qolish 4 + 5, 5 + 6 va boshqa qo'shish hollarini eslab qolishga yordam beradi.

Shu vaqtning o'zida dasturning ko'pgina masalalarini o'zlashtirish bolaning u yoki bu amalni ongli bajarishini talab qiladi. Masalan, bir guruhdagi predmetlarni bolalar oldin bir tartibda, keyin boshqa tartibda sanab, sanoq natijasi sanashning qanday tartibda bajarilishiga bog'qliq emas ekan, degan xulosaga keladilar. Shuningdek, amaliy kuzatishlar natijasida bolalar predmetning tartib raqami har doim sanashning qanday tartibda bajarilishiga bog'liq ekaniga ishonch hosil qiladilar va hokazo.

Ko'pgina kuzatishlar natijasida to'plangan hisoblashlarni osonlashtirishga yordam beradigan materialdan o'qituvchi o'quvchilarning kuchlari yetadigan umumlashtirishlar qilishda foydalanishi kerak. Masalan, bolalar 4 + 5, 5 + 4 ko'rinishdagi misollar juftlarini kuzatib va taqqoslab, yig'indi sonlarning qo'shilish tartibiga bog'liq emas, degan xulosa chiqaradilar va yig'indining bu xossasidan kichik songa katta sonni qo'shish hollarida foydalanadilar (2 + 7, 1+9 va hokazo).

Bolalarning bilish qobiliyatlarini (birinchi navbatda ularning tafakkur va nutqini) rivojlantirish muhim masala bo'lib, bolalar bilan bajariladigan o'quv va tarbiya ishlarining mazmuni ham, metodlari ham bu masalaga bo'ysundirilgan bo'lsagina muvaffaqiyatli hal qilinadi. Matematika mashg'ulotlari uchun bunday topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg'ulotlar bolalardan mustaqil kuzatishlar o'tkazishni, qaralayotgan hodisalarni, predmetlarni, o'z harakatlarini va shu singarilarni taqqoslash, tavsiflashlarni talab qiladi. Bolalarning nutqi o'qituvchining savollariga javob berishdangina iborat bo'lmas-dan, unda kerakli so'z va ifodalarni o'z ichiga olgan hikoyani ravon tasvirlashi muhimdir (masalan, predmetlarning xossalarini o'rganishda, xususan, ularning ranglarini farq qilishga o'rgatishda, rangning nomini, tevarak-atrofdagi predmetlarning ranglarini aytishdan tashqari o'quvchilarga o'zlari biladigan mevalar va sabzavotlar haqida gapirib berishni, bunda ularning ranglarini aytishni taklif qilish mumkin va hokazo). Matematika darslarida beriladigan topshiriq va mashqlarning mazmunida bolalarga tanish kitob, ertak va multfilmlarning qahramonlari qatnashsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Darsda matematika mashg'ulotlariga qiziqish uyg'otuvchi musobaqa elementlarini o'z ichiga olgan didaktik o'yinlarga ko'proq o'rin berish kerak. Bular boshlang'ich maktabda matematika o'qitish tajribasidan ma'lum bo'lgan didaktik o'yinlar («Jim», «Zinapoya», «Estafeta») bo'lishi mumkin, bu o'yinlarni o'ynashda sinf kollektivi odatda ikkita komandaga bo'linadi yoki ikki o'quvchi tomonidan o'ynaladi. Bunday o'yinlarni shunday tashkil qilish muhimki, bolalar ba'zan «o'qituvchi» rolida bo'lib qolishsin, ya'ni to'g'ri bajarilganlikni tekshiradigan bo'lishsin yoki o'zlari topshiriqlar berishsin (bolalar o'yin paytida rollari bilan almashinib tursin).

Bolalar o'z mohiyatiga ko'ra qiziqarli bo'lgan maxsus tanlangan mantiqiy mashqlarni katta qiziqish bilan tahlil qila oladilar.

Mantiqiy mashqlar, o'yinlar, didaktik material bilan amaliy ishlar, bosma asosli daftar bilan amaliy ishdar darsda nisbatan katta o'rin olishi kerak, ammo bular bilan bir qatorda o'qitishning oddiy metodlaridan ham foydalaniladi, bu metodlar ham qaralayotgan holda ma'lum xususiyatga ega. Masalan, bog'cha -maktab o'quvchilari bilan ishlashda uzoq tushuntirishlar bo'lmasligi kerak. Tushuntirish ko'pincha tayyorlovchi suhbat bog'cha-maktab shaklida olib boriladi. Kitob bilan ishlash, odatda, o'qituvchi rahbarligida o'tadi, ammo yil oxirigacha bolalarni kitob bo'yicha ba'zi topshiriqlarni mustaqil bajarishga o'rgatish kerak (misollarni yechish, uncha qiyin bo'lmagan kichik matnli masalalarni yechish).

Bog'cha-maktab o'quvchilari bilan mashg'ulotlarni tashkil qilishning muhim talablaridan biri shunday sharoit yaratishdan iboratki, bu sharoitda bolalar faoliyatlarining turi o'z vaqtida almashtirilishi va bajarilayotgan topshiriqlarning xilma-xil bo'lishi ta'minlanishi kerak (kuzatishlar, didaktik materiallar bilan amaliy ishlar, rasm solish, suhbatda qatnashish, daftarda mustaqil ish bajarish, kitob bilan ishlash.

Shundan keyin kitob bilan ishlash o'qituvchi rahbarligida boshlanadi, undan keyin esa boshqa sanoq materiallari bilan yana amaliy ishlar bajarishga o'tiladi (masalan, masalalar tuzish uchun ko'rsatmali rasmlardan foydalaniladi). Bundan keyin esa o'qituvchi doskada tushuntirgani bo'yicha daftarda mustaqil ish bajariladi.

Darsning borishida, o'qituvchining xohishiga qarab, bolalarda charchash alomatlari sezishi bilanoq, jismoniy tarbiya daqiqalari o'tkazish foydalidir, darsga bolalarning kayfiyatini ko'taruvchi, masalan, hazil masalalar, qiziqarli, yorqin, g'alati rasmlar, jadvallar va shu singari qiziqarli elementlarni kiritish foydalidir. Shu xildagi ba'zi materiallar darslik sahifalarida berilgan.

Ta'limning o'quv, tarbiyaviy rivojlantirish vazifalarini hal qilishga mashg'ulotlarning butun tizimi bilan, ya'ni kuzatishlar, har xil didaktik materiallardan foydalanib amaliy ishlar o'tkazish, darslik, bosma asosli daftar bilan ishlash va shu singarilar bilan erishiladi. Bunda asosiy qo'llanma darslik hisoblanadi. Darslik bilan ishlash darsda ozgina vaqtni olsa-da, ammo aynan shu kurs tizimining izchilligini aniqlaydi, dastur talablarini aniqlashtiradi, kursning har bir masalasi qaysi darajada qaralayotganini ko'rsatadi, ular qanday ketma-ketlikda o'rganilishini ko'rsatadi.

Darslikni yaxshi bilish o'qituvchiga kursni rivojlantirish mantiqini (mazmunni, ishni ba'zan esa uni tashkil qilishni, shu rejalash bosqichda foydalanilishi maqsadga muvofiq bo'lgan ko'rsatmalilik turlarini) tasavvur qila olishga yordam beradi. Shu sababli darslik xususiyatlarini chuqur bilib olish kerak.

5. «O 'nlik» mavzusida sonlarni taqqoslash.

1. 1 dan 10 gacha bo'lgan sonlar ketma-ketligini erkin egallash. 0 sonining sonlar qatoridagi o'rnini bilish.

2. Ko'rsatilgan sanoq tartibida berilgan guruhdagi predmetlarni sanash va uning har bir predmetining tartib raqamini aniqlash malakasini egallash.

1 dan 10 gacha bo'lgan sonlar qatorida har bir son qanday paydo bo'lishini ongli ravi'shda o'zlashtirish (sanoqda oldin keladigan songa 1 ni qo'shish yoki keyin keladigan sondan 1 ni ayirish bilan hosil qilinadi).

4. Raqamlarni o'qish va har bir raqamni (bosma yoki yozma) predmetlarning tegishli soniga mos qo'yish.

5. Sonlarni taqqoslash malakasini (tegishli mashqlar >, <, = belgilaridan foydalanmay bajariladi) egallash.

6. 2, 3, 4, 5 sonlarining ikki qo'shiluvchidan iborat tarkibining hamma hollarini puxta o'zlashtirish.

7. Bizni ketma-ket qo'shish va ayrish. 7+1+1, 7-1-1, 1 + 1, 3 - 2, 2 + 3 va hokazo ko'rinishidagi eng sodda matematik yozuvlarni o'qish va bunday yozuvlarni aniq illyustrasiyalar bilan ta'minlash. To'la predmet ko'rsatmalilik asosida tegishli masalalarni yechish va ularning yechimlarini «yozish» (1 + 1=2, 3 - 2=1, 2 + 3 = 5 va hokazo).

8. Doira, uchburchak, kvadratlarni bir-biridan farq qilish va atash.

Bu yo'nalishlarning har biri bo'yicha ishlash metodikasini aniqlashtiramiz.

1. Sonlar ketma-ketligini erkin egallash:

a) bu ketma-ketlikni istalgan sondan boshlab to'g'ri va teskari tartibda aytish;

b) sanoqda berilgan sondan keyingi, berilgan ikki son orasidagi, sanoqda berilgan sondan oldingi sonni ayta olish.

Sonlar qatorini erkin egallash uchun mavzu bo'yicha har bir darsda mazmuni bo'yicha "ham, shakli bo'yicha ham xilma-xil bo'lgan mashqlarni bajarish zarur.

2. Predmetlarni sanash malakasini shakllantirish oldingi darslarda boshlanadi. «1 dan 10 gacha bo'lgan sonlar» mavzusining vazifasi bu malakani uzil-kesil puxtalashdan iborat. Bunda shu narsa nazarda tutiladiki, bolalar predmetlar sanog'ini har xil sharoitda bajarishni o'rganib olishlari kerak, bunda sanash obyektlari nihoyatda xilma-xil (predmetlar, harakatlar, so'zlar, bo'g'inlar, tovushlar va h. k.) bo'lishi kerak.

Predmetning tartib raqamini aniqlash malakasini egallashda bir predmetning o'zi qanday sanash tartibida bajarilganligiga qarab (savol qanday ifodalanishiga qarab) har xil tartib raqami oladigan mashqlardan foydalanish muhimdir.

Masalan: «Agar figuralar chapdan o'ngga qarab sanalsa, katta qora doira sanoq bo'yicha nechanchi bo'ladi? o'ngdan chapga qarab sanalsa-chi? Agar katta doiralarniig o'zlarinigina chapdan o'ngga qarab sanalsa-chi?o'ngdan chapga qarab sanalsa-chi?»

3. Olingan bilimlarni umumlashtirish, so'ngra ularni yangi sonlarga tatbiq qilish uchun har bir yangi sonni qarash doimo ilgari o'rganilgan sonlar qanday hosil bo'lganidek savol albatta namoyish etish bilan kuzatilishi kerak.

Yangi sonlar bilan tanishtirilgan sari bunday savollarni qo'yish va ularga javob berishda bolalarning hissasi ortib borishi kerak. Bu xil mashqlar natijasida (agar bu xil mashqlar har bir sonni o'rganishda tizimli ravishda o'tkazib turilsa) bolalar umuman har bir son oldingi songa 1 ni qo'shish (shunga o'xshash har bir son o'zidan keyingi sondan 1 ni ayirish) bilan hosil qilinishi mumkin, degan xulosaga keltirilishi kerak

Bu xil mashqlarni bajarishda «sonli zina» yaxshi mos keladigan illyustrasiya hisoblanadi, «sonli zina» lar darslik sahifalarida ham (topshiriqlarni har xillashtirishgina emas, balki ularni murakkablashtirish uchun ham har xil variantlarda), o'qituv-chining jadvallarida ham berilishi mumkin.

4. Har bir yangi sonni o'rganishda bolalar tegishli raqam - bosma va yozma raqam bilan tanishadilar. Ular raqamlarni farq qilishni, tanish raqamlari» boshqalari ichidan ajratishni o'rganib olishlari kerak, masalan, 5 sonini o'rganishda o'qituvchi katakli taxtachaga 1, 3, 5, 6, 7, 2 raqamlarini va terib qo'yadi va bolalarga 5 raqaminiA 2 raqamini ko'rsatishni taklif qiladi (hamma tanish raqamlarni o'qish va ko'rsatishni taklif qiladi va hokazo).

10 ichida ayirishning bolalar uchun yangi bo'lgan qiynroq hollari bilan tanishtirishning darslikda berilgan tizimi 6, 7, 8, 9, 10 sonlari tarkibini bilishi uzil-kesil puxtalash uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Mavzu bo'yicha qar bir darsda ish bu sonlardan har birining tarkibini yuqorida ko'rsatilgandek, takrorlashdan boshlanib, sonlar tarkibini bilganlikni puxtalash bilan tamomlanishi kerak. Bunda o'qituvchining vazifasi har bir o'quvchining son tarkibini qatorasiga va tanlab-tanlab ayta oladigan bo'lishiga erishishdan iborat. Shu maqsadda qaralayotgan har bir sonning tarkibidan iborat yig'ma jadvallardan, topshiriqlardan foydalaniladi, oxirgi xil mashqlarda berilgan son ajralishi kerak bo'lgan ikki sondan biri bo'ladi. qaralayotgan darslarda sonlar tarkibini illyustrasiyalashning bolalarga ilgari tanish bo'lgan usullarini eslash foydalidir.

Masalalar ustida ishlash bolalarda masala matnida berilganlarni mustaqil tahlil qilish va amal tanlashni asoslab berish malakalarini tarkib toptirishga katta e'tibor beradi. Bolalarni har xil turdagi masalalarni, har bir masalaning uni yechishda amal tanlashda aks etadigan xususiyatlarini belgilashni o'rganib olishlarini nazarda tutib, qarshi qo'yish va taqqoslash bo'yicha mashq qildirish kerak.

Santimetr bilan ishlash va chizg'ich yordamida o'lchash davom ettiriladi. Tegishli malaka va qo'nikmalarni mustaqkamlash maqsadida santimetrli bo'limlarga ega chizqich yordamida kesmalarni o'lchash va taqqoslash bo'yicha amaliy ishlar bajariladi.

Sonlar ketma-ketligini o'zlashtirish ishi butun ikkinchi yarim yillik davomida olib borilishi kerak. Bu ish qaralayotgay mavzu bo'yicha darslarda

ham davom ettirilishi kerak. Oqituvch ana shu tavsiyalar asosida darsni olib borsa, maqsadiga albatta, erishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик - миллий гоямизнинг пойдеворидир. -Т., 2021.

2. Мардонов ШД. Педагогик таълим жараёнида электрон-ахборот модулли технологияларни ишлаб чикишнинг дидактик таъминоти. Т. 2021.

3. Жабборова О.М. Аудиториядан ташкари машгулотларда булажак тасвирий санъат укитувчиларининг бадиий идрокини шакллантириш.Т., 2012.

4. Jabborova Onakhon Mannapovna. (2019). Psycholocial and pedagogical foundations of the formation of the artistic perception of students in secondary schools. European journal of research and reflection in educational sciences, 7(10), 9-14.

5. Jabborova Onakhon Mannapovna, Ismoilova Dilafruz Mukhiddinovna. (2020, may). Optimation of primary education. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal, 10(5), 1229-1232.

6. Mardonov Sh.K., Jabbarova O.M.. Objectives of the lessons of visual arts in primary school. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 862-870.

7. Mardonov Shukurullo Kuldashevich, Khujamkulov Umid Negmatovich, Botirova Shakhlo Isomiddinovna, Shermatova Umida Safaevna.The end to educate young people with the spirit of patriotism in the context of globalization. Journal of Critical Reviews, Malaysia, 2020, Vol.7, Issue 12, pp 166-169.

8. Mardonov Shukurullo Kuldashevich, Quttibekova Guljan Tulepbaevna. Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International journal of Psychosocial Rehabilitation, United Kingdom, 2020, Issue 07, pp. 8104-8111.

9. Jabborova Onakhon Mannapovna, Jumanova Fotima Uralovna, Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of artistic perception of future teachers. International journal of pssycological and rehabilitation, 24(4), 40874095.

10. Mamadaliyev K.R., Jabborova O.M., Umarova Z.A., Abdullaeva B.P. Creation of a New Generation of Teaching Literature - A Requirement of Modernity // SCOPUS International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Special Issue 1, 2020.

11. Жабборова Онахон Маннаповна, Ташпулатова Дилором Мукимовна, Бошлангич синф укитувчиларига куйиладиган талаблар. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2021, pp 575-582

12. Gulyamova X. Boshlang'ich sinflarda o'qish darsidan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish. Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 1, 2021, pp 1052-1060

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Жабборова О.М., Умарова З.А. Тарбия фанини кластер усулида укитишда педагогик конфликтларни бартараф этиш. Academic research in educational sciences, Issue 1, 2021, pp 582-587.

14. Жабборова О.М., Чимпулатова Ч.Д. Бошлангич таълимда Тарбия фанининг кластер усулида укитилиши. Academic research in educational sciences, Issue 1, 2021, pp 562-566.

15. Жабборова О.М., Ташпулатова Д.М. Узбекистан янги мафкурасининг педагогик талкини. Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 3, 2021, pp 584-589.

16. Умарова З.А. Бошлангич таълим дидактикаси. Academic research in educational sciences, Issue 2, 2021, pp 556-562.

17. Ochilov Fariddun Izatulloyevich, Methods of teaching natural sciences to primary school pupils on the basis of a competent. Palarch's Journal Of Archaeology Of Egypt / Egyptology 17(6) (2020), ISSN 1567-214x. 1452014539 бетлар.

18. Ochilov Fariddun Izatulloyevich, "Atrofimizdagi olam" va "Tabiatshunoslik" darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. The Journal of Academic Research in Educational Sciences, 1(4), (2020). ISSN 2181-1385. VOLUME 1, ISSUE 4. December 2020. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804. Academic Research, Uzbekistan 2020. 624-629 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.