Научная статья на тему 'KESIMVA FE’L MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

KESIMVA FE’L MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
27
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fe’l / kesim / interfaol metod / ot kesim / fe’l kesim. / Fe’l / cutting / interfaol method / grass cutting / fe’l cutting.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Narbayeva Xosiyat Adilbek Qizi

Kesim mavzusini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning samarasi. Fe’l mavzusi tilshunoslikdagi eng yirik mavzulardan biri hisoblanadi. Fe’l va kesim mavzusi bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni o‘rganishda o‘quvchilar bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bunday qiyinchiliklarni bartaraf qilish o‘qituvchiningmetodlarni qo‘llash mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF INTERACTIVE TECHNIQUES IN THE TEACHING OF THE SUBJECT OF THE CROSS-SECTION AND VERB

The effect of using interactive techniques in teaching the subject of the section. The subject of the verb is considered one of the largest in linguistics. The subject of the verb and the cross-section are intertwined, and when learning them, students face a number of difficulties. Overcoming such difficulties will depend on the teacher's skill in applying methods.

Текст научной работы на тему «KESIMVA FE’L MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

EURASIAN lOURNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

THE USE OF INTERACTIVE TECHNIQUES IN THE TEACHING OF THE SUBJECT OF THE CROSS-SECTION AND

VERB

Narbayeva Khosiyat Adilbek daughter

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyoz Faculty of Turkic languages 2nd Stage Student of Uzbek language education in

foreign language groups https://doi.org/10.5281/zenodo.10972612

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th April 2024 Accepted: 14th April 2024 Online: 15th April 2024

KEYWORDS Fe'l, cutting, interfaol method, grass cutting, fe'l cutting.

The effect of using interactive techniques in teaching the subject of the section. The subject of the verb is considered one of the largest in linguistics. The subject of the verb and the cross-section are intertwined, and when learning them, students face a number of difficulties. Overcoming such difficulties will depend on the teacher's skill in applying methods.

KESIM VA FE'L MAVZUSINI O'QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN

FOYDALANISH

Narbayeva Xosiyat Adilbek qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10972612

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th April 2024 Accepted: 14th April 2024 Online: 15th April 2024 KEYWORDS

Fe'l, kesim, interfaol metod, ot kesim, fe'l kesim.

Kesim mavzusini o'qitishda interfaol metodlardan foydalanishning samarasi. Fe'l mavzusi tilshunoslikdagi eng yirik mavzulardan biri hisoblanadi. Fe'l va kesim mavzusi bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, ularni o'rganishda o'quvchilar bir qancha qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bunday qiyinchiliklarni bartaraf qilish o'qituvchining metodlarni qo'llash mahoratiga bog'liq bo'ladi.

Mazmunli va chiroyli nutq tuzishda eng ahamiyatli narsa so'z turkumlaridan to'g'ri foydalanish hisoblanadi. Sizda mazmunli fikrlar ko'p, ammo, uni yozma nutqda yoki og'zaki nutqda bo'lsin to'g'ri ifodalay olmas ekansiz, u tinglovchiga yetib bormaydi. Gap tuzish mahoratini esa o'quvchilar boshlang'ich sinflardan boshlab o'zlashtira boshlashadi. Fe'l so'z turkumi mavzusi ham boshlang'ich sinflardsan boshlab o'rgatiladi. Tilshunoslikning "Sintaksis" bo'limida esa kesim mavzusini o'tish bilan davom ettiriladi. Kesim gapning asosi hisoblanadi ya'ni kesim bo'lmasa gap ham bo'lmaydi. Fe'l va kesimning bir- biriga o'xshash jihatlari ham farqli jihatlari ham bor. Bu jihatlariga to'xtalishdan oldin fe'l so'z turkumi haqida gaplashamiz. Bilamizki, o'zbek tilida oltita mustaqil so'z turkumi mavjud. Fe'l shu so'z turkumlar tarkibiga kiradi. Fe'l harakat yoki holatning bajarilishni bildirib nima qilmoq? nima

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'ladi. 1Predmetning harakat-holat belgisini anglatadigan leksemaga fe'l leksema, bunday leksemalar birgalikda fe'l leksemalar turkumi deyiladi. Fe'l leksemalar turkumi ot leksemalar turkumidan keyin ikkinchi yetakchi turkum bo'lib, ravish turkumi leksemalari asosan shu turkum leksemalarining belgisini anglatadi. Fe'l leksemalar predmetning kel-, ber- kabi turli harakatini anglatadi, shuningdek uxla-, gulla- kabi holatini ham harakat sifatida bildiradi. 2Holat ifodalash boshqa so'z turkumiga ham xos. Biroq fe'lda u bir tusdan boshqasiga o'tish tarzida. Masalan, Daraxtlar yam - yashil gapida sifat kesim (yam-yashil) turg'un holatni ifodalamoqda. Daraxtlar ko'kardi gapida esa holat jarayon sifatida, bir tusdan ikkinchisiga o'tish tarzida yuz bermoqda. Fe'l mavzusi o'zbek tilidagi eng katta mavzu hisoblanadi. O'quvchilarga bu mavzuni turli xil interfaol metodlar bilan o'rgatsak katta samara beradi.

Boshqa mustaqil so'z turkumlari fe'l vazifasida kelolmasligi mumkin, ammo, kesim vazifasida keladi. Fe'l morfologiya bo'limida o'rganilsa, kesim sintaksis bo'limida o'rganiladi. 3Kesim asosan fe'lning tuslovchili shakli bilan ifodalanadi. Kesim gapning mazminiy markazi hisoblanadi. Kesim bo'lmasa gap ham bo'lmaydi. Kesim barcha mustaqil so'z turkumlari bilan ifodalanadi. Bu ifodalanishiga ko'ra ularni ikki turga ajratishimiz mumkin fe'l kesim va ot kesim. Agar kesim ravishdosh va fe'lning sof shakli bilan qo'llanilsa u fe'l kesim, ot, sifat, son, olmosh, ravish va taqlid so'z bilan ifodalansa u ot kesim bo'ladi. Mustaqil so'z turkumlari bilan ifodalanoshi; Ot bilan: Odilbek haqiqiy yigit. Sifat bilan: Sirti yaltiroq, usti qaltiroq. Son bilan: Ikki karra ikki - besh. Olmosh bilan; Sen aytgan hamma narsa shu yerda. Ravish bilan; Daryoda baliqlar juda ko'p. Modal so'z bilan: Sizga aytadigan boshqa gapim yo'q. Fe'l kesim: Madina bozorga borib keldi. 4Kesim - tasdiq- inkor, zamon, modallik, shaxs - son (ya'ni kesimlik kategoriyasi) ma'no va shakllariga ega bo'lgan so'z, gap markazini tashkil qiluvchi bo'lak.

Nutqimizda kesimsiz gap bo'lishi mumkin emas. Gapda kesim bo'lmasa, u o'zbek tili (nutqi) uchun to'liqsiz gap. Kesim gapning shunday konstruktiv bo'lagiki, u o'zini shakllantiruvchi grammatik kategoriya - kesimlik kategoriyasi voqelanishiga ega. Shu sababdan hamma vaqt gapda kesim tarkibi murakkab. Kesim sodda va qo'shma kesimlarga ajratiladi. Bitta so'zdan iborat bo'lgan kesim soddda kesim, ikki va undan ortiq so'z bilan ifodalangan kesim qo'shma kesim hisoblanadi. Masalan: Bahor kelishi bilan moychechakalar ochildi gapida ochildi sodda kesim, Xadicha Alisher Navoiyning "Xamsa" asarini o'qib chiqdi gapidagi o'qib chiqdi qo'shma fe'lga misol bo'ladi.

Kesim va fe'l mavzularini takrorlashda interfaol metodlardan biri hisoblangan "Ajurli arra" metodidan foydalanish samarali usul hisoblanadi. 5"Ajurli arra" (fransuzcha "ajour" - bir yoqadan ikkinchi yoqa o'tgan, ikki tomoni ochiq) strategiyasi o'quvchi (talabalar)ga yaxlit

1 Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili -Toshkent: Universitet, 2006

2 Sayfullayeva. R., Mengliyev. B., Boqiyeva. G., Qurbonova. M., Yunusova. Z., Abuzalova. M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent: 2009

3 Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili -Toshkent: Universitet, 2006

4 Sayfullayeva. R., Mengliyev. B., Boqiyeva. G., Qurbonova. M., Yunusova. Z., Abuzalova. M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. -Toshkent: 2009

5 Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. - Toshkent 2013

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

muayyan mavzuni bir nechta qismlarga ajratish orqali mohiyatini yoritish imkoniyatini yaratadi.

Bu metodni qo'llashdan oldin o'quvchi yoki talabalarni metod mohiyati bilan tanishtiramiz va talabalarni o'quvchilarni guruhlarga ajratamiz. Kesim va fe'l mavzularining qismlarini alohida qog'ozlarga yozamiz va guruhlarga tarqatamiz. Bu qog'ozlarga quyidagi kesim va fe'l mavzularini kiritishimiz mumkin. Fe'l mavzusi bo'yicha:

1. Harakat va holat fe'llari

2. O'timli va o'timsiz fe'llar

3. Fe'l nisbatlari: Aniq nisbati

4. O'zlik nibati

5. Majhul nisbati

6. Orttirma nisbat, Orttirma nisbat qo'shimchalarining ishlatilishi

7. Birgalik nisbati

8. Fe'lning vazifa shakllari. Harakat nomi

9. Sifatdosh. O'tgan zamon, hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlari

10. Ravishdosh

11. Ko'makchi fe'llar Kesim mavzusi bo'yicha

1. Fe'l kesim

2. Ot kesim

3. Sodda kesim va murakkab kesim

4. Murakkab ot kesimlarning tuzilishi

5. Kesimning birikmalar va iboralar bilan ifodalanishi.

Yuqorida ko'rsatilgan mavzularni qog'ozlarga yozishimiz mumkin. O'quvchilar qog'ozda berilgan materiallardan foydalanib topshiriqlarni bajarishadi. Har bir guruh sardor tanlaydi va bu sardorlar boshqa guruhlarga o'quvchilarga mavzu va uning mohiyatini tushintiradi. Bu metodni qo'llash orqali o'quvchilarning gurruh bo'lib ishlash qobiliyatini va yana o'zlashtirgan bilimlarni boshqalarga yetkazib berish qobiliyatini ham rivojlantiramiz. Fe'l va kesim mavzusi murakkab bo'lganligi sababli metod qo'llash o'quvchi yoki talabalarning mavzuni o'zlashtirishi va eslab qolishi osonlashadi.

References:

1. Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

2. Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. -Toshkent2013

3. Sayfullayeva. R., Mengliyev. B., Boqiyeva. G., Qurbonova. M., Yunusova. Z., Abuzalova. M. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent: 2009

4. To'xliyev. B., Yusupova. Sh., Ziyodova. T., Oxunjonova. O., Jumashev. D. O'zbek tilini o'qitish metodikasi - Toshkent: 2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.