Научная статья на тему 'SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI'

SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
257
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
So‘z turkumlari / morfologiya / interfaol metod / “Yelpig‘ich’ strategiyasi / “Jadval” grafik organayzeri / metodika. / Vocabulary / morphology / interactive method / "Fan" strategy / "Table" graphic organizer / methodology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Narbayeva Xosiyat

So‘z turkumlarini o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. O‘zbek tili morfologiyasini o‘qitishda “Yelpig‘ich” va “Jadval” metodlaridan foydalanish dars davomida o‘quvchilarni faolligini oshirish bilan birgalikda ularning fikrlash, ma’lumotlarni ixchamlashtirish qobiliyatini oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VOCABULARY TEACHING METHODOLOGY

The use of interactive methods in the process of teaching vocabulary increases the effectiveness of the lesson. The use of the "Fan" and "Table" methods in teaching the morphology of the Uzbek language increases the students' activity during the lesson, and increases their ability to thinkand summarize information.

Текст научной работы на тему «SO‘Z TURKUMLARINI O‘QITISH METODIKASI»

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

VOCABULARY TEACHING METHODOLOGY

Narbayeva Xosiyat

Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyoz, Faculty of Turkic Languages, 2nd level student of Uzbek language education in

foreign language groups https://doi.org/10.5281/zenodo.11118325

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th April 2024 Accepted: 06th May 2024 Online: 07th May 2024 KEYWORDS Vocabulary, morphology, interactive method, "Fan" strategy, "Table" graphic organizer, methodology.

The use of interactive methods in the process of teaching vocabulary increases the effectiveness of the lesson. The use of the "Fan" and "Table" methods in teaching the morphology of the Uzbek language increases the students' activity during the lesson, and increases their ability to think and summarize information.

SO'Z TURKUMLARINI OQITISH METODIKASI

Narbayeva Xosiyat

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11118325

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 30th April 2024 Accepted: 06th May 2024 Online: 07th May 2024 KEYWORDS

So'z turkumlari, morfologiya, interfaol metod, "Yelpig'ich' strategiyasi, "Jadval" grafik organayzeri, metodika.

So'z turkumlarini o'qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. O'zbek tili morfologiyasini o'qitishda "Yelpig'ich" va "Jadval" metodlaridan foydalanish dars davomida o'quvchilarni faolligini oshirish bilan birgalikda ularning fikrlash, ma'lumotlarni ixchamlashtirish qobiliyatini oshiradi.

Tilimizdagi barcha so'zlar sof turkiy tili so'zlari emas, uning tarkibida arab, fors, tojik, rus va boshqa tillardan o'zlashgan so'zlar ham bor. Dunyodagi barcha tillar lug'at boyiligida ham boshqa tillarda o'zlashgan so'zlar bo'ladi. xO'zbek xalqi, ma'lumki, eng qadimgi turkiy urug' va qabilalardan o'sib chiqqan, demak, uning tili ham shu urug' va qabilalar tili negizida rivoj topgan. Markaziy Osiyodagi turli tarixiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, xususan, arablar, mo'g'ullar va ruslar istilosi, qardosh qozoq, qirg'iz, turkman, tojik xalqlari bilan qo'shnichilik munosabatlari ham o'zbek tili taraqqiyotiga jiddiy ta'sir o'tkazgan, bunda, ayniqsa, turkiy-arab, o'zbek-arab, o'zbek-tojik, o'zbek-qozoq, o'zbek-qirg'iz va o'zbek-turkman bilingvizmi kabi omillarning roli katta bo'lgan. Shunday so'zlar borki, ular o'z tilida qanday bo'lsa shunday

1 H. Jamolxonov Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - "Talqin" - 2005

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

qo'llaniladi. Qardosh xalqlar morfoloiyasi o'zbek tili morfologiyasiga o'xshash, chunki ularning barchasi bir asosdan shakllangan tillar hisoblanadi.

So'z turkumlari Gramatikaning morfologiya bo'limida o'rganiladi. Hozirgi kunda maktab darsliklari o'zgartirildi. Asosan, darslik o'quvchilarning fikr yuritishi uchun barcha mashqlar moslashtirilgan. Bugungi kunda jahon davlatlaridagi barcha darslar o'quvchilarning tafakkur qilishi asosida tashkil qilinadi. Bugungi kunda texnika-texnologiya rivojlanishi yosh avlodning fikrlash qobiliyatiga ham ta'sir qilmoqda. Avallari biror ma'lumotni toppish uchn qancha narsa o'qish kerak edi, hozir esa qidiruv tugmasi orqali barchasiga yechim topilyapti. Afsuski, bolalarning ko'pchilik qismi telefon yoki turli xil o'yinlarga qaram bo'lib qolyapti. Bu esa darsni tashkil qilishni o'quvchilarni qiziqtira oladigan darajada tashkil qilishni talab qiladi. O'zbek tili nihoyatda boy til hisoblanadi. Buni Alisher Navoiy bobomiz o'zining shoh asari bo'lmish "Xamsa" asarini turkiy ya'ni o'zbek tilida yozishi bilan isbotlab bergan. O'zbek tili so'z turkumlari uchta katta guruhga ajratiladi. Birinchisi mustaqil so'z turkumlari bo'lib, u o'z ichiga ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe'l so'z turkumlarini oladi. Ikkinchi so'z turkumlari yordamchi so'z turkumlari bo'lib, u o'z ichiga ko'makchi, yuklama, bog'lovchilarni oladi. Uchinchi so'z turkumlari alohida olingan so'zlar bo'lib, u o'z ichiga taqlid so'zlar, modal so'zlar, undov so'zlarni oladi. 2So'z turkumi soni va tarkibini aniqlashda dunyo tilshunosligida bo'lgani kabi, o'zbek tilshunosligida ham, so'zlarning semantik, morfologik va sintaktik xususiyatini inobatga olish keng tarqalgan. Biroq amaliyotda so'z turkumlarini ajratishda, asosan, ularning semantik xossasiga tayanish urf bo'lgan. Ayrim tilshunoslar tomonidan tasnifda ma'noviy belgi bosh va yagona asos sifatida qaraladi. Ba'zilar esa mezon sifatida mazkur uch belgini tan olgani holda so'zlarni ma'noviy va sintaktik belgilari asosidagina guruhlashadi. O'zbek tili grammatikasining ko'p jihatlai rus tilshunosligiga o'xshaydi. Ammo talaygina farqli tomonlari ham bor. Tilimiz sinonimlarga juda boy. Izohli lug'atda bir so'zning yigirmaga yaqin sinonimlari berilganlarini ham kuzatishimiz mumkin. Alisher Navoiy ham "kulmoq" leksemasining bir qancha sinonimlarini keltirib o'tgan. So'zlarni tasnif qilishda olimlar ikki narsaga tayanishgan. Bulardan birinchisi so'zlarning ma'no anglatishi bo'lsa, ikkinchisi boshqa so'zlar bilan bog'lana olish qobiliyati hisoblanadi. 3Adabiyotlarda leksik birliklar va grammatik birliklar birgalikda so'z termini bilan nomlanib, ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish so'zlar mustaqil so'z turkumlari deb, ko'makchi, bog'lovchi, yuklama yordamchilar deb guruhlanadi, modal so'z, undov, taqlid so'z alohida-alohida turkumlar deb ajratiladi.

So'z turkumlari mavzusini o'qitishda "Yelpig'ich" strategiyasidan foydalanish mumkin. Bu texnologiyada mavzuning har bir bandlari va bo'limlari bo'yicha ma'lumot beriladi. Bu metodda har bir mavzu alohida-alohida tushintiriladi va muhokama qilinadi. Dars davomida o'quvchilar bilan muloqotda bo'lib boriladi. Metodni qo'llashda o'quvchilarni fikrlashga chorlaydigan matn, video yoki audiolardan foydalanish tavsiya qilinadi. O'quvchilar faqatgina kitobda berilgan matn ichidan emas, balki audio va videolardan ya'ni ularning matnlaridan

2 R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2009.

3

Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

so'z turkumlarini topadilar. Bu orqali bolalardagi tinglash va idrok qilish qobiliyatini shu bilan birgalikda so'zlarning morfologik xususiyatlariga ham e'tibor bilan yondashadilar. Metodni qo'llash jarayoni uch bosqichdan iborat. Bulardan birinchisi o'quvchilarni bilim olishga yo'naltirish va ularni faollashtirish hisoblanadi. Ikkinchisi esa mavzuga oid bo'lgan bilimlarni anglash va tushinish. Uchinchi bosqich esa o'zlashtirilgan bilimlarni tartibga solish hisoblanadi.

So'z turkumllarini o'qitish jarayonida "Jadval" grafik organayzeridan foydalanish ham mumkin. Bu metod o'quvchilarning o'rganilgan mavzu asosida o'zlari tushingan va bilib olgan bilimlarini aks ettiradilar. Metodni qo'llash jarayonida o'quvchilar o'rganilgan mavzu mohiyatini, uning asosiy tushunchalarini, muhim ma'lumotlarini og'zaki yoki yozma shaklda emas jadval shaklida bayon qilinadi. Har bir mavzu ya'ni so'z turkumlari haqida tayanch so'zlar yozishadi. Bu metodni qo'llash har bir o'quvchida muayyan bir ma'lumotni umumlashtirish ya'ni qisqa tarzda tushintirish ko'nikmasini shakllantiradi.

4Zamonaviy sharoitda ta'lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li - bu mashg'ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvola, ijtimoiy sub'ektlarning suxbat (dialog), o'zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatning olib borishlarini ifodalaydi.

Dars davomida interfaol metodlarda asosiy e'tibor o'quvchilarnig mavzuni o'zlashtirishi va shu mavzu asosida o'zlari mustaqil fikrlar yuritishi ularni bayon qilishi va boshqalarga yetkazib berishiga qaratilishi lozim. Bilimlarni boshqalarga yetkazib berish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. O'quvchilarning bunday qobiliyatini rivojlantirish o'qituvchining zimmaiga yuklatiladi. O'qituvchi darsni to'g'ri tashkil qilib, metoddan to'g'ri foydalansa maqsadga muvofiq bo'ladi.

References:

1. H. Jamolxonov Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - "Talqin" - 2005

2. Rahmatullayev. Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili - Toshkent: Universitet, 2006

3. R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Qurbonova, Z. Yunusova, M. Abduzalova Hozirgi o'zbek adabiy tili Toshkent - 2009.

4. Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. -Toshkent 2013.

4 Ro'ziyeva. D., Usmonoyeva. M., Holiqova. Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi. - Toshkent 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.