Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARGA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISHDA KREATIV YONDASHUV'

BOSHLANG‘ICH SINFLARGA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISHDA KREATIV YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
So‘z turkumlari / kreativlik / ko‘rgazmalilik / ot so‘z turkumi / axborot texnologiyalari / monitor.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jo‘Rayeva Shodiya Kenjaali Qizi

Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonlarida kreativ yondashish mavzuni aniq va tushunarli bo‘lishini ta‘minlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARGA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISHDA KREATIV YONDASHUV»

BOSHLANG'ICH SINFLARGA SO'Z TURKUMLARINI O'RGATISHDA KREATIV YONDASHUV

Jo'rayeva Shodiya Kenjaali qizi

FarDU bakalavr 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11259742

Annotatsiya. Boshlang'ich sinflarda so'z turkumlarini o'rgatish jarayonlarida kreativ yondashish mavzuni aniq va tushunarli bo'lishini ta'minlaydi.

Kalit so'zlar: So'z turkumlari, kreativlik, ko'rgazmalilik, ot so'z turkumi, axborot texnologiyalari, monitor.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq mamlakatimizda xotin-qizlarni e'zozlash ularning orzu intilishlarini qo'llab-quvattlash, hamda o'zining iqtidori izlanuvchanligi erishgan yutuqlari ko'rsatgan tashabbuskorliklarini munosib rag'batlantirish maqsadida bir nechta qarorlar qabul qilindi.

1. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini taqdirlash.

2. 8-mart bayramida sovrindorlik diplomlari va ko'krak nishonlar.

3. Bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti.

4. Ommaviy axborot vositalarida sovrindorlarni noyob iste'dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib berish kabi ishlar to'g'risida qarorlar qabul qilinadi.

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi boshlang'ich sinflarda so'z turkumlarini o'rgatishda kreativ yondashuvlar kiritish va tahlil qilish.

Boshlang'ich sinfda so'z turkumlari yangi 2023-yil ona tili darsligida keng qamrovda va kreativ g'oyalar asosida yondashilgan. Eng avvalo bolalarga ko'z bilan ko'rganda, jarayonda bevosita o'zi ishtirok etishi orqali o'tkazilgan metodlarda mavzuni eslab qolish, xotirada uzoq saqlashini inobatga olish kerak bo'ladi. Masalan: 3-sinf 3-qismidagi 13-sahifa 12-mashqda so'z turkumlarini umumiy jadval asosida keltirib o'tilgan.

Ot Sifat Son Fe'l

Kim? Qanday? Nechta? Nima qildi?

Nima? Qanaqa? Qancha? Nima qilyapti?

Nima qiladi?

Loyihachi dizayner qora sakkizta tayyorlaydi

Huddi shu jarayonda so'z turkumlari haqida aniq va amaliy tarzda tushuntirilishi tafsiya beriladi

Ya'ni ot so'z turkumidagi so'zlarni jonli tarzda o'qituvchi misol tariqasida o'quvchilarning o'zini ham na'muna qilib ko'rsata oladi. Shu kabi sifat, son, fe'l so'z turkumlarini ham jonli o'quvchilarni bevosita ishtirok ettirish orqali bolalarga ma'lumotlarni yetkazish va mashqda berilgan qo'shimcha so'zlarni ham amaliy tarzda aniqlab jadvallarga joylash kerak bo'ladi: (tish shifokori, qo'lqop, qora, yigirma, boryapti. 13-sahifa)

Shu bilan bir qatorda 3-sinf ona tili darsligida ot so'z turkumi mavzusida kreativ g'oyaga asoslangan mashq berilgan. Bunda bir matn beriladi va mashqdagi jamiki ot so'z turkumiga oid so'zlar rasmlar asosida berilgan. Shu orqali bolalarni qiziqishi ortadi va yangi mavzuni eng asosiy

ma'lumotini ya'ni savol berib topish va ot so'z turkumiga mansub so'zlar qanday bo'lishini bilib olishadi.

3-sinf 3-sahifa 14-mashq. 14-15-sahifa

,,Olmaxonning tug'ilgan kuni bo'ldi. U tug'ilgan kuniga quyon va tipratikanni taklif qildi. Olmaxon dasturxon tuzadi. Dasturxonga vazada gul, likopchalar va to'rt qo'ydi. Tipratikan olmaxonga shirin yong'oq, quyon esa pufak sovg'a qildi. Olmaxon, tipratikan va quyon sharbat ichib, mazali to'rt yeyishdi. Keyin esa uzoq vaqtgacha xursandchilik qilishdi. Do'stlarning bo'lgani qanday yaxshi.''

Shu bilan birga mavzuni qiziqarli va tushunarli bo'lishi uchun ko'rgazmalilik ham katta ahamiyatga ega bo'ladi. Yangilangan darslikda ham zamonaviylik va sifat darajasiga katta ahamiyat berilgan va bu ham o'zlashtirish darajasini yuqorilashtiradi. So'z turkumlari mavzusi davomida kasblar, hayvonlar ham alohida, tiniq va aniq tarzda rasmlari bilan keng qamrovda berilgan. Bu jarayon bolalarni dunyo qarashini oshiradi, kelajak orzulari ya'ni egallaydigan kasblarini tanlash uchun ham turtki bo'ladi

Hozirgi kunda dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish juda keng tarqalgan. Har bir sinf xonasida monitor yoki televizorlar mavjud. Har bir so'z turkumiga oid harakatli va ovozli videolar orqali taqdimotlar tayyorlash bola ongida yangi mavzu bayonini bir urinishdayoq ham nazariy ham amaliy tarzda o'zlashtira olishiga ko'maklashadi. O'qituvchi har bir dars jarayoniga mavzudan kelib chiqqan holda kreativ yondashuvi o'qituvchini yangilikka tez kirishuvchanligidan dalolat beradi. Shunday ekan kreativlik o'quvchilar o'zlashtirishi, sifat ya'ni bilim olish darajasi, dars jarayonini qiziqarli tashkillanishi, darsni zamonaviy talablarga munosib tarzda bo'lishini ta'minlaydi.

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda so'z turkumlarini o'rgatishda kreativ yondashuvlar haqida ma'lumotlar berilgan. Boshlang'ich sinflarning ona tili darsliklaridagi so'z turkumlari, ular haqidagi ma'lumotlar va mashqlari tahlil qilindi, tafsiyalar keltirib o'tildi va izohlandi. Maqolada darsliklardan keltirilgan namunalar rasmini ham uchratishingiz mumkin.

REFERENCES

1. 3-sinf ona tili darsligi 3-qism

2. www.president.uz, 2023 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

3. Q. Abdullayeva, K. Nazarov, Sh. Yo'ldosheva " Savod o'rgatish darslari"- T.: " O'qituvchi" nashriyoti.

4. K. Qosimova, S. Matchanov, X.G'ulomova " Ona tili o'qitish metodikasi" T.: " Nosir" nashriyoti.

5. N. Jo'rayeva. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasining dolzarb masalalari.

6. Fuzailov.S, Xudoyberganova.M, Yo'ldasheva.Sh T.: Ona tili „O'qituvchi " nashriyoti.

7. M. Mirzayev, S. Usmonov, I. Rasulov. O'zbek adabiy tili. T.: 1978

8. B. Mengliyev, O'.Xoliyorov. O'zbek tilidan universal qo'llanma. T.:2007

9. Qilichev E. Hozirgi o'zbek adabiy tili. Buxoro, 2001.

10. Qosimova.K, Matchanov.S, G'ulomova.X, Yo'ldasheva.Sh, Sariev.Sh Onatili o'qitish metodikasi

11. Jamolxonov.N, Hozirgi o'zbek adabiy tili.-T.: O'qituvchi,2005.

12. Nurmonov.A O'zbek tilshunosligi tarixi.-T.: O'zbekiston,2002

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.