Научная статья на тему 'O’QUVCHILARNING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA SO'Z TURKUMLARINING AHAMIYATI'

O’QUVCHILARNING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA SO'Z TURKUMLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
55
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
so’z turkumlari / fe’l / ot / savodxonlik / nutq / imlo / grammatika / metod / word groups / verb / noun / literacy / speech / spelling / grammar / method

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Orinboyeva O.F.

Ushbu maqolada maktab o’quvchilarining savodxonligini oshirishda muhim sanalgan so’z turkumlarining o’rgatish metodikasi haqida fikrlar bildirilgan. So’z turkumlarini o’rganish orqali o’quvchining so’z boyligi oshadi, og’zaki va yozma nutqi o’sadi va imloviy savodxonligini rivojlantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF VOCABULARY IN IMPROVING STUDENTS' LITERACY

In this article, opinions are expressed about the teaching methodology of word groups that are considered important in improving the literacy of schoolchildren. By studying word groups, the student's vocabulary increases, oral and written speech grows, and spelling literacy develops.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARNING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA SO'Z TURKUMLARINING AHAMIYATI»

O'rinboyeva O.F.

Andijon viloyati Andijon tumani 37 - umumiy o'rta ta'lim maktabi

ona tili va adabiyot o'qituvchisi

O'QUVCHILARNING SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA SO'Z TURKUMLARINING AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining savodxonligini oshirishda muhim sanalgan so'z turkumlarining o'rgatish metodikasi haqida fikrlar bildirilgan. So'z turkumlarini o'rganish orqali o'quvchining so'z boyligi oshadi, og'zaki vayozma nutqi o'sadi va imloviy savodxonligini rivojlantiradi

Kalit so'zlar: so'z turkumlari, fe'l, ot, savodxonlik, nutq, imlo, grammatika, metod.

Orinboyeva O.F.

Andijan region Andijan district 37 - general secondary school

native language and literature teacher

THE SIGNIFICANCE OF VOCABULARY IN IMPROVING STUDENTS'

LITERACY

Abstract. In this article, opinions are expressed about the teaching methodology of word groups that are considered important in improving the literacy of schoolchildren. By studying word groups, the student's vocabulary increases, oral and written speech grows, and spelling literacy develops.

Key words: word groups, verb, noun, literacy, speech, spelling, grammar, method.

KIRISH

Kuzatishlardan ma'lumki, soz turkumlari ustida ishlash oquv dasturi talablariga binoan, birinchi sinfdan boshlansa ham uni organish jarayoni metodik jihatdan tort bosqichga bolinadi. Soz turkumlari boshlangich ta'limda elemantar nazariy tushunchalar, boshlangich bilimlar asosida amaliy tarzda orgatiladi. Yuqorida tort bosqichga bolingan metodik jihatning birinchi bosqichini toliq amaliy organish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda hech qanday nazariy ma'lumotlarsiz soz turkumlari ustida ishlanadi va birinchi sinfning savod orgatish va birinchi sinfning ikkinchi yarmiga togri keladi. Soz turkumlari ustid a ishlash metodikasi quyidagi belgilar asosida guruhlarga ajratiladi:

1) Lingvistik

2) Grammatik

3) Morfologik

4) Sintaktik

Va shu belgilar asosida guruhlarga ajratilishi soz turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. Maktab oquvchilariga soz turkumlari haqida umumiy ma'lumot ( ot, sifat, son, olmosh, fe'l) berilganidan song, har bir soz turkumi leksik-grammatik jihatdan alohida organiladi. Bu jihat soz turkumlarini organishda dastlabki bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay zamin hozirlaydi va shakllantirilgan grammatik bilimlarning asosiy tomonlarini aniqroq ajratib olishga imkon beradi. Maktab oquvchilari dars jarayonlarda milliy oquv dasturida belgilangan tartibda ot, fe'l, sifat, ravish, son soz turkumlarining quyidagi tort xususiyatlarini bilib oladilar:

1) Sozlar nimani ifodalashi, ya'ni qanday ma'no bildirishi. Masalan, predmet, uning belgisi, predmetning harakati yoki holati kabi.

2) Sozlarning qanday soroqlarga javob bolishi.

3) Gap tarkibida qanday gap bolagi vazifasida kelishi

4) Ozgarish-ozgarmasligi (turlanish va tuslanish)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Oquvchilar yuqorida korsatilgan bilimlar asosida soz turkumlarini taqqoslaydilar, amaliy bosqichda soz turkumlari haqida tushunchalar shakllantiradilar. Ushbu bosqichda oquvchilar nimani organganlariga qarab har bir soz turkumining grammatik belgilari haqida bilimlari asta-sekin kengayib, chuqurlashib boradi. Dasturga kora, birinchi va ikkinchi sinflarda sozlarga javob boladigan morfologik soroqlarga qarab tasnif qilinadi. Uchinchi sinfdan boshlab soz turkumi tushunchasi shakllantiriladi. Oquvchilar soz turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma'nolari, otlarning birlik va koplikda qollanishi, bolishli va bolishsiz fe'llar, shu bilan birgalikda ot, sifat, son va fe'llarning gapdagi vazifasi kabi oziga xos xususiyatlari bilan tanishtiriladi. Bundan kelib chiqadiki, demak, tortinchi sinfda soz turkumlarining morfologik, sintaktik xususiyatlari haqidagi bilimlar borgan sari chuqurlashib boradi, ya'ni oquvchilar otlarning egalik va kelishik qoshimchalari bilan ozgarishi, sifat va son soz turkumlarining gap tarkibida qanday vazifa bajarishini, olmoshlar (kishilik) va ularning kelishiklar bilan turlanishi va shu bilan bir qatorda fe'llarda shaxs-son va zamon ma'nolarini organadilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, soz turkumlari haqida tushunchani maktab oquvchilarida togri shakllantirish uchun zamonaviy metodlarning orni bagoyat kattadir. Bu mavzuni ilmiy jihatdan yoritish jarayonida, bir qancha metodlarni qollashga kirishdik va oylaymanki, bu maktab oquvchilarida dars jarayonlarida yaxshi samara beradi. Maktab oquvchilariga soz turkumlarini oqitishda "Aqliy hujum", "Pillapoya", "Muammoli vaziyat", "Zigzag", "Besh barmoq", "Dostingga tushuntir" kabi metodlarni qollash yaxshi samara beradi. Organilgan ilmiy ishlardagi kuzatishlar shuni korsatadiki, oquvchiga har bir soz turkumini orgatishda qollanayotgan metod shu soz turkumining xususiyatlariga mos tarzda bolishi kerak. Masalan, FSMU metodi asosida son soz turkumiga xos bolgan tushunchalarni togri shakllantirish ustida ishlash jarayoni 3-sinf oquvchilariga xosligi bilan xarakterli bolsa, "Besh barmoq" metodi barcha soz turkumlarini orgatishda qollana oladi. Boshlangich

sinf oquvchilarida esa kichik guruhlar bilan ishlash samarali natijalar berib, kichik yoshdagi oquvchilarni faollashtirishga yordam beradi. Har bir kichik guruhlarda muammoli vaziyat asosida savollar tuziladi. Savollardagi asosiy mazmun esa darslikdagi bosqichlar asosida berib boriladi. Maktabda morfologiyani o'qitishning amaliy ahamiyati shundaki, leksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur bo'limni o'rganishda o'z amaliy ifodasini topadi. O'quvchi mustaqil va yordamchi so'z turkumlarini o'rganishda so'zning o'z va ko'chma ma'nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma'noli so'zlarga yana murojaat qilinadi va so'z boyligini oshirish, so'zdan to'g'ri hamda o'rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Orfografiyaning morfologiya bilan aloqadorligi ham maktabda bu bo'limni o'rganishni zaruriyatga aylantiradi. Chunki morfologik prinsp orfografiyaning yetakchi prinspi sanaladi. Shunday qilib maktab morfologik kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko'zda tutadi:

- o'quvchilarning so'z yasashga, so'zning yangi shakllarini hosil qilishga o'rgatish; so'z zahirasini oshirish, so'zdan to'g'ri va o'rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;

- so'zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish;

- imloviy savodxonlikni takomillashtirish;

- gap qurish va matn yaratish malakasi ustida ishlash;

So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, ravish, fe'l bilan boyitish, o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarini tushunib olish, ma'nosini aniq tushunishga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bunda ta'limni o'quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita

ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim

ahamiyatga ega. O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi. O'quvchilarda so'z turkumlarini bilish ko'nikmasi ularning belgilari yig'indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, guladi so'zlarining qaysi so'z turkumiga kirishini bilish uchun: nima? -gul, bu so'z predmet bildiryapti, ko'plikda qo'llanadi - gullar, bu ot; guldor so'zi qanday? So'rog'iga javob bo'lyapti, predmet belgisini bildiryapti, bu sifat; gulladi so'zi nima qildi? So'rog'iga javob bo'lyapti, predmet holatini bildiryapti, bo'lishsiz shaklda qo'llaniladi - gullamadi, bu fe'l. O'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsuslashtirishni ko'zda tutmaydi, ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o'quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe'l gap bo'lagi vazifasida kelishini, bog'lovchi gap bo'lagi bo'lmasligini biladilar. So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi

ot, sifat, son, fe'llar bilan boyitish, o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini aniq tushunishga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchunso'z turkumlarini o'rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarni boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasini ham amalga oshiriladi.

XULOSA

Soz turkumlarini orgatishdagi asosiy vazifa oquvchilarning ogzaki va yozma nutqini ostirish, ularning lugat boyliklarini boyitish, oquvchining shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan sozlarining ma'nosi anglash ular asosida boglanishli nutq va hikoyalar tuzish, u yoki bu sozlardan orinli foydalanish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun soz turkumlarini orgatish jarayonida sinonim, antonim(bu terminlar berilmaydi)lar ustida muntazam ish olib boriladi, oquvchilar oz va kochma ma'noli sozlar ularning ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bu holatda ta'limni oquvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita korganlari, kitoblardan bilib olganlari bilan boglash maqsadga muvofiq. Oquvchilarda kuzatuvchanlik qobiliyatini inobatga olgan holda jadvallardan foydalanish ham orinli. Ya'ni sinf xonasiga korgazmali qurollar qatoriga qoshib qoyish soz turkumlarini oquvchi xotirasida mustahkamlanishiga yordam beradi. Oquvchi buni faqat dars jarayonidagina korib qolmay, darsdan tashqari jarayonlarda ham kuzatadi. Shunday qilib soz turkumlarini ozlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik shartlar kichik yoshdagi oquvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish, oquvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, oquvchilarda lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi. Oqituvchi soz turkumlari haqidagi tushunchalarni shakllantirish jarayonini boshqarishi, oquvchilar aqliy faoliyatini togri tashkil etish uchun zamonaviy metodlar nimaligini togri anglay olishi va uni vaziyatga mos tarzda qollashi, so z turkumlarini qanday yol bilan tushuntirsa natijaliroq bolishini koz oldiga ketira olishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1."Ona tili o'qitish metodikasi" K. Qosimova

2.Ona tili va o'qish savodxonligi 1-4-sinf darsliklar

3.Ona tili o'qitish metodikasi fanidan o'quv-uslubiy qo'llanma.

4. "O'qish madaniyatini oshirish" ilmiy-amaliy seminari materiallari. 2018

5.Ona tili va o'qish savodxonligi. 1-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun /K.

Mavlonova [va boshq.]. -Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021.

6. Boshlang'ich sinf ona tili darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. Shukurova H. - O'qituvchi. 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.