Научная статья на тему 'SOG’LOM BOLA RIVOJLANISHIDA RAQAMLI AUTIZM MUAMMOSINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALARI?'

SOG’LOM BOLA RIVOJLANISHIDA RAQAMLI AUTIZM MUAMMOSINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALARI? Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
autizm / raqamli autizm / bolalar rivojlanishi / internet / ruhiy buzilishlar / ta’lim samaradorligi / tavsiyalar. / аутизм / цифровой аутизм / развитие детей / интернет / социальные навыки / рекомендации / психология.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — D.R. Otajonova, Z.B. Bilolova

maqolada raqamli texnologiyalarning keng tarqalishi sabab bolalar orasida ommalashib borayotgan "raqamli autizm" haqida tushunchalar, bu muammoning paydo bo‘lish omillari va bolalar rivojlanishiga bo‘lgan ta’siri o‘rganiladi. Bolalarning ekran oldida ko‘p vaqt sarflashi natijasida yuzaga keladigan psixologik va ijtimoiy muammolar tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF DIGITAL AUTISM IN THE DEVELOPMENT OF A HEALTHY CHILD?

в статье рассматривается феномен «цифрового аутизма» как актуальной социальной и психологической проблемы в контексте развития детей. анализируются его причины, связанные с чрезмерным использованием экранных устройств, а также влияние на когнитивные, речевые и социальные навыки ребенка.

Текст научной работы на тему «SOG’LOM BOLA RIVOJLANISHIDA RAQAMLI AUTIZM MUAMMOSINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALARI?»

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Original paper

SOG'LOM BOLA RIVOJLANISHIDA RAQAMLI AUTIZM IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALARI? MUAMMOSINING „so Mi,

© D.R. Otajonova1 и, Z.B. Bilolova2®

12Alfraganus universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada raqamli texnologiyalarning keng tarqalishi sabab bolalar orasida ommalashib borayotgan "raqamli autizm" haqida tushunchalar, bu muammoning paydo bo'lish omillari va bolalar rivojlanishiga bo'lgan ta'siri o'rganiladi. Bolalarning ekran oldida ko'p vaqt sarflashi natijasida yuzaga keladigan psixologik va ijtimoiy muammolar tahlil qilinadi.

MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - raqamli autizm muammosini erta aniqlash va uning bolalar rivojlanishiga salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida autizm, ayniqsa, raqamli autizm bilan bog'liq ilmiy adabiyotlar va statistik ma'lumotlar tahlil qilindi. Shuningdek, pandemiyadan keyin ushbu muammo dolzarbligini oshirgan omillar o'rganildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatdiki, bolalarning erta yoshda ekran oldida uzoq vaqt o'tkazishi, ularning ijtimoiy va psixologik rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. "Raqamli autizm" bolalarning nutqiy rivojlanishining pasayishi, ijtimoiy muloqot qobiliyatlarining cheklanishi va tanqidiy fikrlash qobiliyatining zaiflashishi kabi muammolar bilan bog'liq. Buning oldini olishda ota-onalar va pedagoglarning faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.

XULOSA: raqamli autizmni erta aniqlash va oldini olish bolalar rivojlanishini ijobiy tomonga o'zgartirishi mumkin. Tadqiqot natijalari ota-onalarga bola tarbiyasida texnologiyalardan oqilona foydalanish bo'yicha aniq tavsiyalarni taqdim etadi. Shuningdek, bolalar hayotida sog'lom rivojlanish va muloqotni kuchaytirishga qaratilgan amaliy choralar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: autizm, raqamli autizm, bolalar rivojlanishi, internet, ruhiy buzilishlar, ta'lim samaradorligi, tavsiyalar.

Iqtibos uchun: Otajonova D.R., Bilolova Z.B. Sog'lom bola rivojlanishida raqamli autizm muammosining ijtimoiy-psixologik masalalari. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B.506-513.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ АУТИЗМА В РАЗВИТИИ ЗДОРОВОГО РЕБЕНКА?

ПРОБЛЕМЫ ЦИФРОВОГО

© Д.Р. Отаджонова1®, З.Б. Билолова2®

intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

12Университет Альфраганус, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье рассматривается феномен «цифрового аутизма» как актуальной социальной и психологической проблемы в контексте развития детей. анализируются его причины, связанные с чрезмерным использованием экранных устройств, а также влияние на когнитивные, речевые и социальные навыки ребенка.

ЦЕЛЬ: основная цель исследования — изучить влияние «цифрового аутизма» на развитие детей и предложить рекомендации для родителей и педагогов по предотвращению этой проблемы.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования был проведен анализ научной литературы, статистических данных и экспертных рекомендаций, касающихся влияния цифровых технологий на детей.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что продолжительное пребывание детей перед экранами приводит к снижению социальных навыков, замедлению речевого развития, а также к нарушению критического мышления. установлено, что ограничение экранного времени и активное участие родителей в жизни детей способствуют предотвращению подобных проблем.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование подтверждает необходимость разработки и внедрения стратегий по контролю использования цифровых устройств детьми. рекомендуется ограничить экранное время, способствовать активному взаимодействию ребенка с внешней средой и развивать его когнитивные и социальные навыки.

Ключевые слова: аутизм, цифровой аутизм, развитие детей, интернет, социальные навыки, рекомендации, психология.

Для цитирования: Отаджонова Д.Р., Билолова З.Б. Социально-психологические аспекты проблемы цифрового аутизма в развитии здорового ребенка. // Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 506-513.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF DIGITAL AUTISM IN THE DEVELOPMENT OF A HEALTHY CHILD?_

© Dilrabo R. Otajonova1®, Zamira B. Bilolova2®

1'2Alfraganus University, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article examines the phenomenon of "digital autism" as a pressing socio-psychological issue affecting children's development. It explores the causes, primarily linked to excessive screen time, and the impact on cognitive, speech, and social skills.

intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AIM: the main aim of the study is to investigate the effects of "digital autism" on children's development and provide recommendations for parents and educators to prevent this issue.

MATERIALS AND METHODS: the study involved analyzing scientific literature, statistical data, and expert recommendations related to the impact of digital technologies on children.

DISCUSSION AND RESULTS: the findings indicate that prolonged screen exposure among children leads to reduced social skills, delayed speech development, and impaired critical thinking. Limiting screen time and encouraging parental involvement in children's activities have been shown to mitigate these challenges.

CONCLUSION: the study highlights the need for strategies to regulate children's use of digital devices. Recommendations include limiting screen time, fostering active engagement with the environment, and enhancing cognitive and social skills through interactive activities.

Keywords: autism, digital autism, child development, internet, social skills, recommendations, psychology.

For citation: Dilrabo R. Otajonova, Zamira B. Bilolova. (2024) 'Socio-psychological aspects of the issue of digital autism in the development of healthy children', Inter education & global study, (9(1)), pp. 506-513. (In Uzbek).

Autizm (grekcha «autos» - «o'zim» degan so'z) - bu ruhiyatning o'ziga xos holati bo'lib, bemor tashqi olam, atrofdagilar bilan muloqot qilishni istamaydi. U yolg'izlikni yoqtiradi. Yana bir xil xatti-harakat va shunday so'zlarni takrorlaydi. Autizm tashxisli bola o'z olamida yashaydi. Fikrlashi boshqalarnikiga o'xshamaydi. Ularning xatti-harakatlari real voqelik bilan bog'liq emas. Bemorlarning harakatlarida hissiy kechinmalar asosiy o'rin tutadi. Bu kasallik sindromi o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko'p uchraydi.

Raqamli autizm - 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning ekran oldida ko'p vaqt sarflashi sabab ularda autizmga o'xshash alomatlar yuzaga kela boshlashi bilan namoyon bo'ladi. Bu atama, ayniqsa, pandemiyadan keyin ko'p ishlatila boshlandi. Internetdan tartibsiz foydalanish natijasida raqamli autizm yoki Virtual autizm kasallikgi kelib chiqadi. Autist bolalarga tashqi dunyoga befarqlik, o'zi bilan o'zi gaplashish, ijtimoiylasha olmaslik, hislarni ajrata olmaslik kabi holatlar xos.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, internet foydalanuvchilarining har uchinchisi -bolalar. Ular internet orqali o'yin o'ynashadi, video ko'rishadi va shu orqali turli ko'rinishlarda axborot iste'mol qilishadi. Autizm markazining statistikasiga ko'ra: 1975 yilda 5000 boladan 1 tasiga autizm tashhisi qo'yilgan;2005 yilda 500 boladan 1 tasida;2014 yilda esa 68 boladan 1 tasida autizm aniqlangan.

2008 yilda Amerikaning Pediatriya akademiyasi quyidagi tavsiyalarni berdi: 0-2 yoshli bolalarga mul'timedia texnologiyalari va qurilmalariga yaqinlashish imkoniyatini to'liq cheklash; 3-6 yoshli bolalarga kuniga 1 soatdan ortiq ruxsat bermaslik; 6-12 yoshdagilarga esa maksimum 2 soatgacha ruhsat berish tavsiya qilindi.

intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №9(1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bolani kuniga 2 soatdan ko'p ekran oldida qoldirish me'yordan ortiq hisoblanadi va bola rivojlanishida quyidagi xavflar paydo bo'lishi mumkin: kognitiv qobiliyatida sustkashlik; ijtimoiy munosabatlarga kirisha olmaslik; ko'z orqali kontaktning yo'qligi; nutqiy rivojlanishdan orqada qolishi; kommunikativ ko'nikmalarning pasayishi; tanqidiy fikrlashning buzilishi; hamda yolg'izlik hissi raqamli autizmning belgilaridir.

Kasallik 80% xollarda o'g'il bolalarda ko'proq kuzatiladi. Klassik autizmda destruktsiya nevrologik asosga ega bo'lgan biologik faktorlar bilan bog'liq bo'lib, jarayon qaytmas xarakterga ega. Miyaning ushbu sohalarida sinaplar qayta xosil bo'lmaydi. Raqamli autizmda esa neyron rivojlanishi lozim bo'lgan sohalarining stimulyatsiya bo'lmasligi hisobiga nutqning rivojlanmasligi va b.q. belgilar yuzaga keladi. Bu jarayon qaytar xarakterga ega hisoblaniladi.

Autizmning eng yangi tarixi quyidagi muhim sanalarni o'z ichiga oladi:

Graham Farmelo, "Eng g'alati odam" nomli kitobida, 1902 yilda tug'ilgan Pol Dirakni o'rganadi va autizmni tanimaganligi va hatti-harakatlari haqida yozadi. (1902/2011);

Rossiyaning Kiev shahridagi bolalar psixiatri Gruniya Suxareva "Nemis psixiatriyasi va nevrologiyasi" jurnalida autistik xususiyatlarga ega bolalar haqida maqolasi chop etildi. (1926);

Nyu-Yorkdagi ruhshunos Luiza Despert bolalarning shizofreniya kasalliklarining 23 ta holatini yozdi, ularning ba'zilarida bugungi kunda autizm tasnifiga o'xshash alomatlari bor edi. (1938);

Hans Asperger autizm yoki autismus bo'lgan bolalarning birinchi ilmiy tadqiqotini nashr etadi. U Vena shahridagi shifoxonada autizm va Asperger sindromi bo'lgan 100 nafar bola bilan ishlagan bo'lishiga qaramay, ushbu tadqiqotda faqatgina to'rt nafar bola ishtirok etgan.(1943);

Leo Kanner, "Asab bola" jurnalida erta autizm bilan kasallangan 11 nafar bemorni (1944 yilda yaratilgan) tavsiflab beruvchi "Offektiv aloqaning autistik bezovtaligi" nomli maqolasi nashr etildi. (1943);

Bruno Bettelxaym autizmning sababi sifatida "sovitkichli ona" nazariyasini ilgari surdi va "Bo'sh qal'a" nomli kitobini yozdi. (1967);

DSM-Ida autizm belgilari bo'lgan bolalar bolalik davridagi shizofreniya deb ataldi.

(1952);

Shimoliy Londonda autistik bolalarga yordam berish jamiyati shakllandi (keyinchalik Milliy autistik jamiyatga aylanadi). (1962);

Bernard Rimland «Infantil autizm: sindrom va uning xulq-atvori nazariyasining ta'siri» nomli kitobini nashr etdi. (1964);

Ole Ivar Lovaas autistik bolalar uchun ABA terapiyasining nazariyasini ishlab chiqishga kirishdi. (1964);

Sybil Elgar maktabi ochildi va "autizmli bolalar uchun ta'lim va g'amxo'rlik" boshlandi. (1965);

intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Autistik bolalar ota-onalari guruhi autistik bolalar milliy jamiyati (hozirda Amerikaning autizm Jamiyati deb nomlangan) birinchi uchrashuvini o'tkazdi. (1965);

Vashingtondagi Autistik bolalarning birinchi yillik kongressi Milliy jamiyati bo'lib o'tdi. (1969);

Buyuk Britaniyada autizmli odamlar uchun birinchi mutaxassislik markazi "Somerset sudi" ishga tushdi. (1972);

"Har bir nogiron bolaga ta'lim", "Ilgari maktabdan chiqarib yuborilgan bolalar uchun" shaxsiy ehtiyojlarini qondirish, va natijalarini yaxshilash uchun davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash" aktlari qabul qilindi. (1975);

DSM-III infantl autizm kasalliklari uchta muhim xususiyatga ega bo'lgan mezonlarni o'z ichiga oladi. (1980);

Susan Moreno autizm bilan bog'liq bo'lgan "Qoldiq Autism Bülteni" (keyinchalik "ko'proq autistic odamlarga" yoki "MAPP" deb nomlangan);

24 yoshli autistik yoshli erkakning videoklipi - "autistik yigitning portreti" chiqdi.

(1986);

DSM-III-R PDD-NOS qo'shib, autistik bolalar tashxisiga biroz ko'proq moslashuvchanlikni oshiradi. (1987);

autizm, nogironlik bo'yicha ta'lim to'g'risidagi qonunga (IDEA) ega bo'lgan alohida nogironlik toifasiga kirdi va bu xizmatlarni olishni osonlashtirdi. (1990);

"Autizm Network International tashkiloti autistik kishilar guruhi tomonidan yaratiladi. (1992);

DSM-IV dagi autizmga tashxis kategoriyasiga ko'proq subtip va boshqa alomatlar qo'shiladi. (1994);

Ketrin Maurits "Meni ovozimni eshiting: oilada autizmga qarshi urush" (1994);

Autizmni davolash metodlari islab chiqila boshlandi va natijada Autizm bemor bilan gaplashdi. (1995/2007);

Endryu Wakefield "Lancet" dagi o'z maqolasini e'lon qildi va autizm xavotirlari sababli MMR emlovini endi ishlatmasligini aytdi. (1998);

Susan Senator "Autizm bilan tinchlik o'rnatish" (2005);

Autizmga qarshi kurash to'g'risidagi qonun (2006/2011);

Amelia Baggs YouTube'ga "Mening tilimda" videosini yozadi (2007);

CDC / ADDM hisoboti autizm tarqalishining 150 nafar bolada 1 nafarini tashkil etadi (1994 yilda tug'ilgan bolalar). (2007);

Jenni MakKarti, nasl-nasab va boshqa atrof-muhit omillari autizm keltirib chiqaradi deb hisoblaydigan avlodni qutqarish bilan ishlay boshlaydi. (2008);

Alison Singer Autism Science Foundation ni ishga tushirdi. (2009);

CDC / ADDM hisoboti autizm tarqalishining 110ga (1998 yilda tug'ilgan bolalar) 1ga oshganini bildiradi. (2009);

dori-darmonlar qo'llash ta'qiqlandi. (2010/2004);

CDC / ADDM hisobotida autizm tarqalishining 88ga (2000 yilda tug'ilgan bolalar) 1 ga oshganligi ko'rsatilgan. (2012);

intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

CDC / ADDM hisobotida autizm tarqalishining 68ga (2002 yilda tug'ilgan bolalar) 1ga oshgani aytiladi. (2014).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Stiv Silberman "NeuroTribes: Autizm merosi va neyrologiyaning kelajagi" nomli kitobida, "autist odamlar doimo insoniyat jamoasining bir qismi bo'lgan" - deb aytilgan. Bugungi kunda autizmning 98 ta turi bo'lib, ularning har biri alohida hususiyatlar bilan kechadi va o'ziga xosdir. Autizmning ayrim turlarida bolalar tashqi muhitdan uzilib qoladi, bir guruhi esa o'zini o'zi eplay oladi. Yana shunday autist bemorlar borki, ulardan mashhur olimlar yetishib chiqadi. Bunga Eynshteyn, Motsart, Charlz Darvin, Tomas Jefferson, Bill Geytsni misol qilib keltirish mumkin.

Shu vaqtgacha autizm kasalligini genetik kasallik deb hisoblashgan. Lekin so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, autizm kasalligi atrof-muhitdagi zararli-kimyoviy moddalarning ko'payishidan, 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning ekran oldida ko'p vaqt sarflashidan kelib chiqmoqda va raqamli autizm dolzarblashib bormoqda. Hayoti You Tubedan iborat bo'lib qolgani uchun odamlar bilan muloqot qila olmay qolgan, xuddi qisqa videolar kabi mavzudan mavzuga sakrab o'tib ketadigan, virtual dunyoga tushib qolishni orzu qiladigan bolalar ko'payib bormoqda. Qo'rquv uyg'otuvchi videolarni tomosha qilish miyaning kichik miqdorda dopomin qabul qilishiga sabab bo'ladi. Dopomin tanani rag'batlantiruvchi funksiyani bajaradi va biror harakatni qayta-qayta bajarishga xohish uyg'otadi. Bu harakat ular videoda ko'rgan xavfli vaziyatni takrorlab ko'rish istagi bo'lishi ham mumkin.

Rozaliya Gabdulhaqovaning fikriga ko'ra, kichik yoshdagi bolani video qo'yib chalg'itish - muammoni hal qilmasdan uni vaqtincha tinchitish degani.

"Bolakay biror vaziyatni qabul qilolmagani uchun yoki nimadandir norozi bo'lgani uchun yig'laydi. Ona esa buni tushunib muammoni hal qilish o'rniga uni telefon bilan chalg'itib turadi xolos. Bolaning yoshiga qarab uning xarxashasi ham har xil bo'ladi. Masalan, 3 yoshli bola xohishlarini yaxshi tushuna olmaganidan yoki talab qilishni o'rganayotgani uchun injiqlanishi mumkin. Undan kichik yoshdagi bola esa qo'liga telefon berishlariga o'rgangan bo'lsa yana shuni talab qilayotgan bo'ladi. Sababi bolalarga bir xillik ko'proq yoqadi va u video ko'rib xotirjam bo'lishga o'rgangan bo'lsa, yana shuni talab qiladi.

Sog'lom bola rivojlanishida va raqamli autizm kasalligini oldini olishda quyidali tavsiyalarga amal qilish muhim hisoblaniladi: kasallikni erta aniqlab muhitni o'zgartirish; ona bolaning yoshidan kelib chiqib, u uchun ekran oldida o'tirish o'rniga yangi mashg'ulot o'ylab topish; bola xarxashasining aniq sabablarini o'rganib, hal qilishga harakat qilish;bolaning kun tartibini tuzish, ekran oldida o'tadigan vaqtini boshqa mashg'ulotlarni bajarishga almashtirish; bolalarni ko'proq ko'chada, tabiat qo'ynida muloqotda bo'lishiga e'tibor berish; maktab yoshidagi bolalarda raqamli hayotga sarflangan vaqtni ota-onalar nazoratini o'rnatish, kuzatib borish, har kuni ilovalardan foydalanish uchun cheklov o'rnatish; ekspertlar tomonidan 1-2 yoshli bolalarga multimedia texnologiyalariga yaqinlashish imkoniyatini to'liq cheklash, 3-6 yoshli bolalarga kuniga 1 soatdan ortiq izn bermaslik, 6-13 yoshdagilarga 1-2 soatgacha ruxsat berish tavsiya qilinadi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

Zamonaviy dunyoda «o'rgimchak to'ri» - internetda o'tkaziladigan vaqtni majburan cheklash yoki undan foydalanishdan butunlay voz kechish deyarli imkonsiz. Ammo gadjetlardan oqilona foydalanish, ularni ishlatish odobiga rioya qilish muhimdir. Bunday sharoitda bolalarni gadjetlardan cheklash emas, ularni qarovsiz qoldirmagan holda axborot iste'moliga o'rgatib borishdan to'g'rirog'i bo'lmasa kerak. Bunda ko'p narsa ota -onaning sabriga bog'liqdir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Manouilenko I, Suxareva - Asperger va Kannerdan oldin. Nord J Psixiatriya. 2015 yil, avgust; 69 (6): 479-82

2. Beyker, Jeffrey, P. Autizm 70 da - chegaralarni qayta ko'rib chiqish. N Engl J Med 2013; 369: 1089-1091

3. Fellowes, Shoh. Kanner aslida autizmning birinchi hisobini ochib berdimi? 1938 yilgi sir. Autizm va rivojlanish kasalliklari jurnali. Iyul, 2015 yil,45-son,7-son, 2274-2276-son

4. Feinstein, Adams. Autizm tarixi: kashshoflar bilan suhbatlar.

5. Silberman, Stiv. NeuroTribes. 2015 yil.

6. Умаров Б.М. Акрамова Ф.А. "Узбекистонда оилавий психологик хизматнинг долзарб муаммолари". Монография.

7. Умаров Б.М., Сайдуллаев А. Фарзанд тарбиясига бефарк булмайлик (ёки ёшлар хулк-атворига оид психологик чизгилар). Услубий кулланма. Т.: 2016. ООО "HAYOT NASHR". -56 б.

8. Умаров Б.М. Психологические причины преступного поведения несовершеннолетних в Узбекистане. / Вестник интегративной психологии, Выпуск 14, 2016. Москва. Стр. 184-187.

9. Билолова, З. Б. (2022). Ота-оналар саводхонлиги оила мустах,камлигининг таянчи сифатида. Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali, 2(11), 480483.

10. Бекназарова, С. С., & Билолова, З. Б. (2020). Социологическое исследование на тему:«пути повышения эффективности защиты детей от негативной информации в сети интернет». Современное состояние медиаобразования в России в контексте мировых тенденций: материалы II международной научной конференции. Таганрог, 15 октября 2020 г., 1(1), 159.

11. Bilolova, Z. B. (2019). Application of information and communication systems and technologies in the social support and rehabilitation of families. Методы науки, 5(5), 18-19.

12. Bilolova, Z. B. (2015). Sog'lom avlod tarbiyasida oila va mahallaning hamkorligi. Xalq ta'limi, 1(5), 113-118.

13. https://uza.uz/oz/

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Otajonova Dilrabo Ramil qizi, 3-kurs talabasi, [Отажонова Р. Дилрабо, студентка 3 курса], [Otajonova R. Dilrabo 3rd-stage student,]; manzil: 100190, O'zbekiston, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko'chasi, 2a-uy, [адреc: Узбекистан, г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Юкори Каракамыш, дом 2а.], [address: Uzbekistan, 100190, Tashkent city, Yunusabad district, Yukori Karakamish street, house 2a.]

^Bilolova Zamira Baxtiyarovna, psixologiya fanlari falsafa doktori (PhD) [Билолова Замира Бахтияровна, доктор философии (Р1^)психологических наук ], [Bilolova Zamira Bakhtiyarovna, doctor of philosophy in Psychological Sciences (PhD) ]; manzil: 100190, O'zbekiston, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko'chasi, 2a-uy, [адре^ Узбекистан, г. Ташкент, Юнусабадский район, ул. Юкори Каракамыш, дом 2а.], [address: Uzbekistan, 100190, Tashkent city, Yunusabad district, Yukori Karakamish street, house 2a.]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.