Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI AUTIZM SPEKTTLI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI AUTIZM SPEKTTLI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
autizm nima? / autizm sabablari / belgilari / maktabga tayyorlash / mahsus pedagogik ish.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Yoqubova Hurriyat, Isaqova Madina

Maqolada autizm spektrli bolalar bilan ishlash va ularni maktab ta’limiga tayyorlash texnalogiyasi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI AUTIZM SPEKTTLI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA YOSHDAGI AUTIZM SPEKTTLI BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI 1Yoqubova Hurriyat, 2Isaqova Madina

1FarDU o'qituvchisi 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11048629 Annotatsiya. Maqolada autizm spektrli bolalar bilan ishlash va ularni maktab ta'limiga tayyorlash texnalogiyasi yoritilgan.

Kalit so'zlar: autizm nima?, autizm sabablari, belgilari, maktabga tayyorlash, mahsus pedagogik ish.

Autizm miya rivojlanishining buzilishi tufayli yuzaga keladigan, ijtimoiy o'zaro ta'sir, aloqada jiddiy va keng tarqalgan nuqsondir. Autizm cheklangan qiziqishlar va takroriy faoliyat bilan tavsiflanadi. Uning belgilari uch yoshdan oldin paydo bo'la boshlaydi. Autizmga o'xshash, yengilroq belgilari va alomatlari qayd etilgan holatlar autizm spektrining buzilishi deb ataladi.

Bolalarda autizm belgilari:

muloqot qilish istagining yo'qligi; tengdoshlariga qiziqishining yo'qligi; atrofdagi odamlarning borligi va hissiyotlariga e'tibor bermaslik;

rivojlanishdagi normal taqlid funksiyasining yo'qligi (bola ota- onasining yuz ifodasini takrorlamaydi, javoban tabassum qilmaydi, kattalarning imo-ishoralarini takrorlamaydi yoki ongli ravishda qilmaydi, bolalar o'zlarining muammolarini va fikrlarini ota-onalar bilan bo'lishmaydi);

• nutqning yetishmasligi, yuz ifodalari, imo-ishoraning yetishmasligi;

• bola ko'z bilan aloqa qilishdan qochadi;

• iboralarni yoki individual so'zlarni takrorlaydi;

• asabiy xatti-harakatlar, begonalashish kuzatiladi;

• bola yolg'iz o'ynashni xush ko'radi, bitta o'yinchoq yoki narsaga bog'lanib qoladi va undan ajralmaydi;

• bola diqqatini faqat bir narsaga qaratadi.

Erta yoshdagi autizm bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlash masalasi birinchi marta 1992-yilda paydo bo'lgan. Ungacha autizm bolalarni "O'rgatib bo'lmaydigan" deb e'tirof etilgan yoki individual ravishda o'qitilgan. Bu esa ularga ijtimoiy moslashish imkoniyatini bermagan. Ushbu bolalarning maktabdagi hayotining birinchi yilida muvaffaqqiyatli o'rganish uchun muloqot qobilyatlari katta ahamiyatga ega. Agar bola boshqalar bilan munosabatlarni qanday o'rnatishni bilmasa va doimiy qo'rquvda bo'lsa, maktabda unga juda qiyin bo'ladi. Bolalar maktabda ko'plab muammolarni boshdan kechirishadi: ular qo'ng'iroq ovozidan, ko'p sonli bolalardan, kattalardan qo'rqishadi, katta maktab binolaridan qo'rqishadi va hokazo... Autizm bolalarni maktabga tayyorlashda o'qituvchi; bolalarning qiziqishlari, imkoniyatlari va boshqa tomondan qiyinchiliklarini hisobga olgan holda, ular uchun ta'lim jarayonini moslashtiradi. Ular uchun xonani qanday tashkil qilish masalasi juda muhimdir. Chunki, ularni ko'pnarsa qo'rquvga soladi. Bir guruhda 6-10 nafar bola bo'lsa, uch nafardan ortiq o'qituvchi ishlamaydi. Agar guruhda o'qituvchilar ko'p bo'lsa, bola o'zini bezovta va tashvishliroq tutadi. Guruhda ishlaydigan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

o'qituvchilar, autistik bolalarning muammolari haqida yaxshi bilishlari, ularni tushunishlari kerak va bolalarga ularni yengishga yordam berishi lozim.Tayyorgarlik guruhidagi ishlar bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. Birinchi bosqich eng qiyin va eng muhim hisoblanadi. Bu davrda bolalarga yordam berish, hayotiy vaziyatlarga ko'niktirish, kattalar va bir birlari bilan aloqa o'rnatish shakillantiriladi. Uning qo'rquvi, xatti-harakatlaridagi o'zgarishlar, muammolarni yengishga yordam beradi. O'qituvchi mashg'ulotlarni rasmiy bo'lmasligini ta'minlashi, bolalarda o'rganishga qiziqish uyg'otishi kerak. Buning uchun, bolalarda qiziqishlaridan kelib chiqib, sevimli mashg'ulotlari haqida ma'lumotolishlari muhimdir. Qiziqishlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ish uchun so'zlar, kartalar, rasmlar topshiriq holda tanlanishi kerak.

REFERENCES

1. Kanner L. Autistic disturbances of affictiv contact.-Nevrous Child.1943,217 p

2. Мамайчук И.И Помошь психолога детям с аутизмом.-СПб; Речь. 2007- 288с.

3. Rimland B. Infantile autism. NY:Appleton-Centure-Crofts. 1964, 282 p

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.