Научная статья на тему 'SO‘ZNING LEKSIK MA’NOSI VA VALENTLIK IMKONIYATI'

SO‘ZNING LEKSIK MA’NOSI VA VALENTLIK IMKONIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
63
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
So‘z ma’nosi / semema / valentlik / sinonimik qator / funksional-semantik ma’nolar / lisoniy ma’no / nutqiy ma’no. / Word meaning / sememe / valence / synonymous series / functional-semantic meanings / linguistic meaning / speech meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Akbarali Boymirzayev

Mazkur maqolada so‘z tushunchasi, leksemalar mohiyati, umumiy leksik ma’no, valentlik imkoniyati va so‘zlarning nutqda voqelanadigan real semantik ma’nosi haqidagi fikrlar berilgan. So‘zning umumiy va xususiy ma’nolari, shuningdek, funksional-semantik ma’nolar munosabati borasida ham zaruriy qarashlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEXICAL MEANING OF THE WORD AND POSSIBILITY OF VALENCE

This article provides ideas about the concept of words, the essence of lexemes, the general lexical meaning, the possibility of valency, and the real semantic meaning of words in speech. The general and specific meanings of the word, as well as the relationship between the functionaland semantic meanings, are also presented.

Текст научной работы на тему «SO‘ZNING LEKSIK MA’NOSI VA VALENTLIK IMKONIYATI»

EURASIAN lOURNAL OF

SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

LEXICAL MEANING OF THE WORD AND POSSIBILITY OF

VALENCE Akbarali Boymirzayev

Denov is a teacher at the Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

+998 (90) 074-84-64 @mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11545025

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Word meaning, sememe, valence, synonymous series, functional-semantic meanings, linguistic

meaning, speech meaning.

This article provides ideas about the concept of words, the essence of lexemes, the general lexical meaning, the possibility of valency, and the real semantic meaning of words in speech. The general and specific meanings of the word, as well as the relationship between the functional and semantic meanings, are also presented.

ЛЕКСИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ СЛОВА И ВОЗМОЖНОСТЬ ВАЛЕНТНОСТИ

Акбарали Боймирзаев

Денов — преподаватель Института предпринимательства и педагогики.

+998 (90) 074-84-64 @mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11545025

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

семема,

В данной статье приводятся представления о понятии слова, сущности лексем, общем лексическом значении, возможности валентности, реальном смысловом значении слов в речи. Также представлены общее и частное значения слова, а также соотношение функционального и смыслового значений.

Значение слова, валентность, синонимический ряд, функционально-семантические значения, языковое значение,

речевое значение.

SOZNING LEKSIK MA'NOSI VA VALENTLIK IMKONIYATI

Akbarali Boymirzayev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi +998 (90) 074-84-64 @mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11545025 ARTICLE INFO ABSTRACT

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

So'z ma'nosi, semema, valentlik, sinonimik qator, funksional-semantik ma'nolar, lisoniy ma'no, nutqiy ma'no.

So'z tushunchasi til sathlarining barchasi uchun umumiy tushuncha sanalib, uning leksik birlik sifatidagi ko'rinishi leksema tarzida atalishi ma'lum. So'z masalasida tilshunoslik ilmida bir xil (yoki umumiy) qarashning mavjud emasligi uning naqadar murakkab birlik ekanligini hamda hali o'rganilishi kerak bo'lgan tomonlari ko'pligini anglatadi.

So'z tushunchasini ta'riflashdagi qiyinchiliklar ba'zi tilshunoslarni mazkur tushunchadan voz keshish fikriga olib kelgan. Tilshunoslikdagi sotsiologik maktab asoschisi Ferdinand de Sossur so'zning til sistemasidagi o'rnini belgilashda ikkilangani ayni haqiqat. Bir tomondan, u so'zni konkret birlik sifatida baholab, til sistemasining markaziy elementi sifatida ko'rsatgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, so'z xususidagi ayrim mulohazalardan so'ng "tilning konkret birligini so'zdan qidirmaslik kerak" degan xulosaga keladi. [1:342]

Valentlik hodisasi so'zning ma'nosiga tayanar ekan, so'z tushunchasi konkret birlik sifatida o'z ahamiyatini yo'qotsa, mazkur hodisa o'z mohiyatini qay darajada saqlay oladi degan hadik paydo bo'lishi turgan gap. Ammo shuni unutmaslik lozimki, valentlik mohiyati so'zlarning bog'lanish jarayonida aks etadi. Demak, valentlik tashqi hodisa emas, balki ichki hodisa. Kontekstdan tashqarida valentlik haqida fikr yuritishning o'ziyoq xato. So'zning semantik tarkibida mavjud ma'nolar uning boshqa so'zlarga nisbatan bog'lanish-birikish imkoniyatini yuzaga chiqarsa-da, bu imkoniyat reallashmagan ko'rinishda yashaydi va faqat bog'lanishli nutq tarkibidagina so'zning real ma'nosi hamda birikuvga munosabati yaqqol aks etadi.

Shuningdek, ayrim tilshunoslar tomonidan ilgari surilgan grammatik shakl valentligi masalasi ham ancha shubhali. Chunki valentlik lug'aviy birliklarning mazmuniy bog'lanishi jarayonida namoyon bo'ladi. O'zaro bog'lanayotgan so'zlar orasidagi mazmuniy munosabatning tashqi bog'lanishni yuzaga keltiradigan grammatik shakllarga ta'sirini inkor etib bo'lmaydi, ammo grammatik bog'lanish bilan valentlikni bitta hodisa deb tushunish to'g'ri emas. Masalan: Adashmasam, o'shanda men sakkizmi-to'qqizmiyashar edim. (I.Sulton)

Ushbu gapda men kishilik olmoshi I shaxs, birlik grammatik ma'nolarini ifodalagan bo'lib, gap kesimi tarkibidagi -m shaxs-son shakli ham I shaxs, birlik grammatik ma'nolarini yuzaga chiqargan. Gap egasi va kesimini aynan shu I shaxs, birlik grammatik ma'nolari bog'lagan. E'tibor qiling, grammatik shakllar umumiy grammatik ma'nosiga ko'ra bog'lanish hosil qilmoqda. Bu grammatik bog'lanish yoki sintaktik aloqa hisoblanadi. Valentlik esa faqat leksik ma'noga tayanadi.

Tilshunos olim Ravshanxo'ja Rasulov fikricha, so'zlarning birikishi, ular orasidagi mantiqiy aloqa dastavval til birliklarining semantik imkoniyatiga (substansial xususiyatiga) ko'ra amalga oshadi va valentlik sintaktik aloqaga qarama-qarshi qo'yiladi. Biri til birligi

Mazkur maqolada so'z tushunchasi, leksemalar mohiyati, umumiy leksik ma'no, valentlik imkoniyati va so'zlarning nutqda voqelanadigan real semantik ma'nosi haqidagi fikrlar berilgan. So'zning umumiy va xususiy ma'nolari, shuningdek, funksional-semantik ma'nolar munosabati borasida ham zaruriy qarashlar bayon etilgan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

sifatida gavdalansa, biri nutq birligi sifatida namoyon bo'ladigan ushbu hodisalar go'yo tenglashtirilganday ko'rinadi. Valentlikning ichki imkoniyat, mohiyat sifatida, sintaktik aloqaning realizatsiya, hodisa sifatida aks etishi ko'pgina tushunmovchiliklarga chek qo'yadi.[2:16]

So'z mohiyatan qandaydir umumiy ma'nolarni ifodalash bilan birga funksional-semantik ma'nolarni ham ifodalashi ko'pgina tadqiqotlarda isbotlangan. Aksariyat hollarda so'zning funksional-semantik ma'nolari so'zning asosiy ma'nosiga tayangan bo'ladi. Ayrim holatlar ham borki, so'zning asosiy ma'nosiga bog'liq bo'lmagan, ya'ni voqelikka mos kelmaydigan uslubiy ma'nolar yuzaga keladi. Ayni shu holat so'z ma'nosining alohida birlik sifatida emas, nutq yoki kontekstning bir bo'lagi sifatida o'rganilishi lozimligini ko'rsatadi.

Aksariyat polisemiyalarda ko'chma ma'noning bosh ma'noga tayanishi ma'lum. O'xshashlik va bog'liqlik so'z ma'nosining ko'chishiga asos bo'ladi. Ammo so'z ma'nosining ko'chishi sifatida qaraladigan ko'pgina birliklarning ma'nosi bosh so'z ma'nosidan yiroqlashadi yoki uziladi va yangi leksema sifatida qaraladi. Bu ko'pincha turkumlar farqi bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, ko'k sifatining ko'chma ma'nosi sifatida qaraladigan metonimik osmon ma'nosi ot turkumiga mansub birlikka o'tgani sabab orada bir qadar uzoqlashish mavjudek ko'rinadi.

Ko'pgina manbalarda metanimiya deb olinadigan ushbu birlik aslida osmon, samo, falak, gardun kabi sinonimik qatorning teng huquqli a'zosi hisoblanadi.[3:159] Chunki qadimgi turklar tilida ham ko'k, ko'k tangri (osmon tangrisi) kabi birliklar qo'llanilgan. Demak, ko'k leksemasining ushbu ma'noda gavdalanishi bugungi til hodisasi emas. Mazkur leksema tarixan shakllangan (aniqroq aytganda, tarixda metanimiyaga uchragan) va bugungi kunda ot turkumiga mansub mustaqil birlik hisoblanishi kerak.

Boshqa so'zlar bilan bog'lanishida mazkur leksema ma'nosida biroz o'zgachalik mavjud bo'ladi. Ya'ni ushbu leksemaning tarixiy shakllanishi belgi asosida yuzaga kelgani sababli unda qisman belgiga egalik saqlanadi va ko'pincha quyosh yoritib turgan paytdagi osmonni ko'k deyish mantiqqa muvofiq keladi. Quyidagi misollarda uning aynan o'z o'rnida qo'llanganini sezish qiyin emas: 1. Martning oxirgi kunlari. Ko'kyuzida suzibyurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz ko'yga solyapti. (Abdulla Qahhor) 2. Go'yo Avliyoning tegrasini qurshab turgan nur erta-indin bir hukmi ilohiy ila bu hafif vujudni ko'klarga uchirib olib ketadiganday ko'rinar edi. (I. Sulton)

Agar qaysidir o'rinda Ko'kda yulduzlar porladi shaklida gap tuzilsa, leksemaning semantik tarkibida yashirin saqlanadigan funksional-semantik ma'no so'zning noo'rin qo'llanganini namoyon qiladi. Buni Osmonda yulduzlar porladi shaklida ifodalash to'g'ri bo'ladi.

Ayyor, mug'ombir, hiylagar sinonimik qator a'zolari orasida shayton, tulki singari leksemalarning teng huquqli bo'lib kelishi ham sinonimlar masalasida bir qator tadqiqottalab o'rinlar mavjudligini ko'rsatadi.

Mazkur leksemalar ayyor ma'nosida qo'llanilsa ham, kontekstdan tashqarida o'zining asl ma'nosini gavdalantiradi. Demak, ko'chma ma'nodagi bog'lanish imkoniyati sinonimik qatorning to'la huquqli a'zolaridan biroz kamroq. Ya'ni, asosan, oddiy so'zlashuv uslubi bilan cheklanadi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Mazkur leksemalardagi ayyor semasi keyingi, funksional ma'noning ta'sirida yuzaga kelgan. Qolgan so'zlar esa o'zining asosiy ma'nolari bilan sinonimik munosabat tashkil etadi.[4: 5]

Misollardan ko'rinadiki, sinonimik qator a'zolarining bog'lanish imkoniyati har bir birlikda alohida ko'rinishda yuz beradi. Ayrim ma'nodosh so'zning boshqasi bilan erkin almashina olishi, ko'p jihatdan, uning asosiy ma'nosiga bog'liq bo'ladi. Yuqoridagi kabi boshqa tushunchaga qiyos asosida yuzaga kelgan sinonimlarning dominant so'z bilan teng munosabatli vazifa bajarishi esa, albatta, bir qadar cheklangan bo'ladi.

So'z ma'nosining izohlanishi haqida gap ketganda, ta'kidlash kerakki, leksemaning alohida birlik sifatida izohlanishi hamda boshqa birliklar (asosan, ma'nodoshlari) bilan qiyoslanishi uning to'la mohiyatini ochib bermaydi. Ma'lumki, izohli lug'atlarda leksemaga shu yo'sinda sharh beriladi va ko'pincha so'z ma'nosini ochish uchun qaysidir badiiy asardan olingan umumiy jumlalardan foydalaniladi yoki so'z to'la izohlanmay, izoh sifatida faqat ma'nodosh so'zlar berilishi kuzatiladi.

Leksema sharhlanar ekan, semema tarkibidagi komponentlar yaqqolroq tavsiflanishi va aynan tavsiflanayotgan nuqtaga mos jumlalar misol tariqasida tanlanishi lozim bo'ladi. Ma'nodosh leksemalar izohida esa leksik ma'no tarkibidagi integral va differensial semalar aniq ko'rsatilishi muhim.

Generativ semantika nuqtayi nazaridan qaraganda, lug'aviy birlik o'z realligini faqat kontekstda, gap tarkibida namoyon qiladi. Shunday ekan, lug'aviy birlik ma'nosi alohida, mustaqil hodisa emas, balki gap ma'nosining bo'lagi, komponenti sifatida o'rganilmog'i lozim.[5: 67]

So'z ma'nosining izohlanishi uning bor imkoniyatini ochib bermaydi, bu faqat birtomonlama izoh bo'lib qoladi. So'zning kontekstda reallashadigan ma'nosi esa u haqda mukammalroq xulosa chiqarishga turtki bo'ladi. Demak, so'z ma'nosining asl mohiyati boshqa so'zlar bilan bog'lanishi jarayonida ochiladi. Bog'lanishlar jarayonida so'zning leksik-semantik tarkibi o'zgaruvchan xarakterga ega bo'ladi. Chunki sistema tabiati shunday: birliklar sistema tarkibida o'ziga xos tomonga ega bo'ladi.

So'z valentligi tadqiqi shuni ko'rsatadiki, umumiy ma'noda, so'zning ikki xil ma'nosi farqlanishi lozim bo'ladi:

1. Lisoniy ma'no.

2. Nutqiy ma'no.

Lisoniy ma'nolar so'zning leksik tabiatida o'rinlashgan va leksik-semantik tarkibida mavjud ma'nolar sanalsa, nutqiy ma'nolar esa so'zning so'z birikmasi, gap, matn kabi sintaktik-semantik birliklar tarkibida voqelanadigan konkret ma'nosi sanaladi.

So'zlarning lisoniy ma'nolari kishilarning til xotirasida umumiy ma'nolar ko'rinishida saqlanadi va ular ayni shu ma'nosiga mos ravishda mazmunan mos keladigan boshqa birlik (so'z) bilan birikadi. Shu o'rinda savol tug'ilishi tayin: so'z ma'nosiga muvofiq boshqa so'z bilan bog'lansa, nutqiy ma'nolar qay tariqa yuzaga chiqadi? Insonning lisoniy xotirasida faqat lug'aviy birliklar emas, sodda va murakkab tarzdagi nutqiy qoliplar (bog'lanishli birliklar) ham mavjud bo'ladi va bu nutqiy qoliplar til boyligining ko'pgina bog'lanishli birliklarini ham o'zida saqlaydi. Nutqiy jarayonda ana shu imkoniyat ham yuzaga chiqadi. Yana ayrim nutqiy ma'nolar esa so'zlovchi tomonidan ijod qilinadi.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

So'zning asl ma'nosiga qaralganda, ba'zan biz kutgan ma'no kelib chiqmaydi. Lutfan so'zi atrofidagi bahslar ko'p yillardan buyon davom etadi. Ammo lingvistlar bu borada tilning ijtimoiyligini unutib qo'yishadi. Kelib chiqadiki, taklifnomalarda sizni lutfan taklif etamiz sintaktik qolipi ko'pchilik tadqiqotchilar aytganiday "siz bunga arzimaysiz, ammo biz sizga lutf, marhamat ko'rsatib taklif etamiz" tarzida emas, "sizni dildan taklif etamiz" tarzida ifodalanishi maqsadga muvofiq. Chunki til ijodkori bo'lgan insonlar shunday qabul qilib bo'lgan. Tadqiqotchi mana shu tomonlarni hisobga olsagina, so'z ma'nolarining ayni tilimizdagi real ko'rinishi gavdalanadi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, leksik ma'no bilan bog'liq lug'atlar vaqti-vaqti bilan o'zgartirilib, yangilanib borilishi lozim. Til ijtimoiy hodisa sanalgani bois leksik qatlamdagi birliklarning ma'nosidagi torayish (osh), kengayish (otlanmoq, boshlamoq), ko'chish (ko'k, qalin, yupqa, quloq), teskarilanish (balo, dahshat) va siljishlar (lutfan, fuqaro) so'z ma'nosi haqidagi qarashlar nisbiy ekanligini hamda bunga nutqiy jarayonning qay darajada katta ta'sir o'tkazishi mumkinligini ko'rsatib turadi.

Davr o'tib borgani sari leksik birlik semantikasidagi o'zgarish ma'lum darajada o'zgarishi mumkin. Bu aynan nutqiy ma'no ta'sirida yuz beradi. Nutqiy ma'no vaqti kelib leksik birlik semantikasida o'rinlashadigan asosiy ma'noga ham aylanishi mumkin. Demak, leksik ma'no barqaror emas ekan, nutqiy ma'no xususiyatlarini chuqurroq o'rganish tilshunoslik oldidagi asosiy vazifalardan bo'lib qoladi.

References:

1. Соссюр Ф. Курс общей лингвистики. - М., 1933.

2. Rasulov R. O'zbek tilidagi holat fe'llari va ularning obligator valentliklari. -Toshkent, 1989.

3. Hojiyev A. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. - T.: O'qituvchi, 1974.

4. Shamsiddinov H. So'zlar funksional-semantik sinonimlarining shakily va ma'noviy tabiati. - Toshkent: Universitet, 2008.

5. Qo'chqortoyev I. So'z ma'nosi va uning valentligi. - T.: Fan, 1977.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.