SIYOSIY VA DINIY BAG'RIKENGLIK TUSHUNCHALARINING JAMIYAT MA'NAVIY QIYOFASINI SHAKLLANTIRISHDAGI ROLI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14544120
Mamirov A.N.
Alfraganus universiteti Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekistonda tenglik va bag'rikenglik tushunchalarining ahamiyati va ularning bugungi kun sharoitidagi ahamiyati yoritib berilgan. Respublikamizda turli dinlar va millatlarning urf-odatlari, qadriyatlari, bu borada millatlararo hamjihatlikni ta 'minlash, ularni yosh avlod ongiga singdirish omillari ochib berilgan.
Kalit so'zlar: Siyosiy, tolerantlik, munosabat, jamiyat, millatlar, qadriyatlar, siyosiy bag'rikenglik, sabrlilik, inson omili, chidamlilik, qahramonlik, insonparvarlik, mehmondo 'stlik, ochiqko 'ngillilik.
XXI asr boshlanish davrida G'arb jamiyatida «tolerantlik» tushunchasi siyosiy ritorikaga moslashtirilib, birmuncha cheklanishlar qo'yilgan. Angliyaning buyuk mutafakkirlaridan hisoblangan Jonn Lokk o'z asarlarida Yevropada diniy bosim kuchayib borayotgan davrda jamiyatda «diniy tolerantlik» va «diniy bag'rikenglik» tushunchalarini shakllantirish va rivojlantirish muhimligini ta'kidlab o'tgan. J.Lokk: «U diniy sabr-toqatni yoqlab, davlat barqarorligi uchun zarur bo'lgan funksiyalar va ularning tavsifini sanab o'tish bilan cheklanadi»1.
Fransuz ma'rifatparvari Mishel Monten falsafasida tolerantlik tamoyili juda keng yoritilgan. Uning fikricha, inson har qanday vaziyatda o'z hissiyotlarini boshqara olishi kerak, agar insonlar bilan muloqotda inson aqlga bo'ysunishdan to'xtab qolsa, uning ehtiroslari cheksiz davom etuvchi ehtiroslar olamiga olib ketadi. M.Monten fikricha: «Men har doim qalbim va aqlim orqali sokinlikni saqlashga harakat qilaman, asrab-avaylashimga qaramay, junbushga keladigan bo'lsa, bu holat va jarayon o'z xohishim bilan bo'lmaganligidan darak»2. Inson aqli orqali boshqa insonlar bilan munosabatda bo'lishi, insonlar bir-birlariga tolerantlik tamoyillari orqali munosabatda bo'lishi kerakligini asarlarida yozib qoldirgan.
1 Локк Дж. Соч.в 3 т. - М.: 1988. - С.81-90.
2 Мишель Монтень. Опыты (вторая книга). - М.: ЭКСМО Санк Петербург, 2003. - С. 578.
G'arbning buyuk faylasuflaridan Frensis Bekon o'zining falsafiy, siyosiy va axloqiy asarlari bilan butun Yevropada mashhur bo'lgan. Inson hissiyotlarini emas, aqlini ulug'lovchi g'oyalari bilan F.Bekon fikricha: «Inson tabiatida bir-birini sevishga bo'lgan sirli mayillik mavjud»3, degan fikri bilan insonlarning o'zaro tolerant munosabati muhimligi, bu borada hissiyotga berilmaslik zarurligini aytadi.
G'arb faylasuflaridan Shefstsberi Antoni Eshli Kuper o'z asarlarida insonlar o'rtasidagi tolerantlikka o'ziga xos tomonlama yondashib talqin qilgan. P.Tiranov yozishicha: «Qahramonlik va insonparvarlik - ikkala tushuncha ham bir xil mazmun kasb qiladi. Ammo agar insonni sevuvchi bu insonga salgina o'z yo'lidan og'ishga bo'lgan harakat kuzatilsa, insonlarni sevuvchi qahramon aqlsiz, boshqarib bo'lmas shaxsga aylanishi mumkin: Ozodlik kurashchisi va himoyachidan bir zumda buzg'unchiga aylanishini ko'ramiz»4. Faylasufning fikricha, insonlar jamiyatda hayot kechirar ekan, bir-birlariga tolerantlik, sabr-toqat tamoyillari bo'yicha o'ta ehtiyotkor munosabatda bo'lmoqliklari lozim. Agarda ozgina extiyotsizlikka yo'l qo'yilsa bu, albatta, antitolerantlik xislatlarini kelib chiqarishiga sabab bo'ladi.
Russo Jan Jak Fransuz ma'rifatparvarlarining eng yirik vakillaridan biri o'z davrida Fransiya inqilobida katta rol o'ynagan shaxslardan hisoblanadi. Faylasuf o'z asarlarida insonlarni tolerantlikka chorlagan, bu g'oyani san'at va ma'rifat orqali insonlarga singdirishga harakat qilgan. U insonlarda tolerant dunyoqarashi shakllanishida tarbiyaning ahamiyati kattaligini ta'kidlab o'tadi. Sabrli bo'lish qanchalik qiyin bo'lsada, lekin uning samarasi shirin bo'lishini tushuntiradi, bu jihatlarni insonlarga o'rgatish lozimligini asarlarida yozib qoldiradi. Jan Jak Russoning fikricha: «Jamiyatda insonlar o'rtasida har bir shaxsning shaxsiy mulki va g'ururini himoya qila oladigan, barcha uchun umumiy bo'lgan birlashmani topish kerakki, inson bir-biri bilan birlashgan va bosh eggan holda, shu bilan birga ozodligicha qolishi lozim»5.
Diniy tolerantlik muammosi hozirgi davrimizda, tabiiyki, eng dolzarb, ko'p muhokama qilinadigan masalalardan biri hisoblanadi. Shu ma'noda olib qaraganda diniy bag'rikenglik insonlar fikrlash tarzini qolaversa ijtimoiy-psixologik munosabatlar o'zida mujassamlashtirib, ko'p sonli diniy qadriyatlarning uyg'unligini shakllantiradi. Diniy bag'rikenglik, shuningdek, shaxslar, ijtimoiy tuzilmalar va davlat darajasidagi harakatlar sifatida qabul qilinishi kerak. Boshqacha aytadigan bo'lsak, diniy bag'rikenglik fuqarolik jamiyatining qadriyati va ijtimoiy normasi sifatida tushunilishi mumkin, bu esa unga tegishli shaxslarning har xil diniy konfessiyaga mansubligi bo'yicha namoyon bo'ladi.
3 Тиранов П. Философия сорока пяти поколнений. - М.: 1999. С. 382.
4 Тиранов П. Философия сорока пяти поколнений. - М.: 1999. - С. 420.
5 Болязин В. Мудрость тысячалетий. Энциклопедия. - М.: ОЛМА-ПРЕСС, 2000. - С. 436.
Diniy bag'rikenglikni гivojlantiгish mexanizmlaгi ijtimoiy-psixologik munosabatlarning butun tizimi sifatida jamiyat madaniy hayotini belgilab beradi. Qadim zamonlarda paydo bo'lgan diniy bag'гikenglik muammosi mo'tadil mafkuгa hisoblangan, bu yerda tuгli e'tiqodli xalqlaг, buyuk imperiyalar doiгasida biгga yashashga majbur bo'ldi.
Dunyo aholisining yaгmidan ko'pi o'zini dindoг hisoblaydi, shu о'гinda din O'zbekistonning sivilizatsiyaviy hayotidagi madaniy bag'rikenglik kafolati hisoblanadi. Respublikamizda tahdidlarning kamayib borishi, eng avvalo, jamiyat barqaror rivojlanishiga bog'liq.
2018 yil 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasida «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» deb nomlangan maxsus гezolyusiyaning qabul qilinishi davlatimiz гahbaгi ilgari suгgan tashabbusning amaliy ifodasi bo'ldi. Ushbu hujjat inson huquqlari, diniy erkinlik va e'tiqodlami hurmat qilish, bag'гikenglik va tinchlikni saqlashni гag'batlantiгish, global muloqotga ko'maklashishga doir xalqaгo say-harakatlarni faollashtirishga undashini qayd etish lozim. Chunki bugun hayotning o'zi barcha millat va elatlaг yaxlit bñ butunlikda, ya'ni bag'гikenglik va insoniylik g'oyalari ostida biгlashishini taqozo qilmoqda. Buni jahonda yuz berayotgan turli ziddiyatlaг, nizolaг, toгtishuvlaг misolida yaqqol ko'гishimiz mumkin. I.Saifnazarov fikricha: «Shaxsda bag'гikenglik dunyoqarashi, eng avvalo, oilada, shuningdek, maktabgacha tarbiya muassasasidan boshlab, maktab, litsey, oliy o'quv yurtlarida shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi. Inson dunyoning, tabiat, madaniyat, dinlar, ayni paytda millatlarning turlicha ekanligi va ularning hammasi hurmat qilinishga munosibligini chuqur idгok etishi uchun, birinchi navbatda, o'z Vatani, xalqi, uning tili, dini, azaliy urf-odatlari, madaniy o'ziga xosligini to'la idrok eta olishi kerak. Ana shundagina u boshqa xalqlar, millatlar, dinlar, madaniyatlarga munosib baho berish, ulami hurmat qilish va qadгlashga qodiг bo'ladi»6.
Bag'гikenglik bugun yoki kecha paydo bo'lgan hodisa emas. Bu fazilat asrlar davomida xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Bag'rikenglik chuqur tarixiy ildizlarga ega. Masalan, Buyuk ipak yo'lidagi mamlakatlar hayoti yoki temuriylar davrini olsak, mahobatli imoratlar qurilishida turli millat va elat vakillari qatnashganligi tarix kitoblaridan yaxshi ma'lum.
O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida barcha millatlarning o'zaro tengligini ta'minlash maqsadida «milliy ozchiliklar» atamasi ataylab kiritilmagan. Xususan, so'nggi yillarda betakror va daxlsiz shaxs hisoblangan, markazida inson
6 Саифназаров И. Тошкент давлат щтисодиёт yниверситетидa Узбекистан "Адолат" социал-демократик партияси билан ^амкорликда "Талаба-ёшларда толерантлик дyнёкaрaшини шакллантиришнинг инновацион yсyллaри" мaвзyсидaги булиб утган респyбликa илмий-амалий конференцияси. № 20 // 2019.
omili bo'lgan tolerantlikka asoslangan, zo'ravonlikdan holi bo'lgan dunyo haqida ko'p gapirilmoqda. Tolerantlik o'zi nima? Bu savol barcha xalqlarni o'ylantirib kelmoqda. Bu masalada asosiy qiyinchlik so'zning mazmunini aniqlashda emas, balki ma'nosining qanchalik qiymatga ega ekanligida. Har bir millat va xalq uchun «tolerantlik» tushunchasi o'ziga xos milliy mazmun kashf etaladi. masalan: ispan millatida - inson o'z fikri va g'oyasidan boshqalar fikri farqi va o'xshash jihatlarini tan olish tushuniladi; fransuz millatida - o'zingga nisbatan boshqalarning ham sendan farqli o'laroq erkin fikrlashi va erkin harakat qilishiga yo'l ochish; Xitoy millatida -insonning bag'rikeng bo'lishi, bu uning boshqa shaxslarning bir-birlariga nisbatan ochiqko'ngillik bo'lish imkoniyatini yaratib berish fazilati tushuniladi; arab millatida - kechirimli bo'lish, kirishimlilik, muloyimlik, hamdardlilik, sabrlilik fazilatlari tushuniladi. Fors millatida - sabrlilik, chidamlilik, kechirishga va o'zaro murosaga doim tayyor bo'lishlilik tushuniladi; ingliz millatida - muloyim va kirishimli bo'lishga doimo tayyor turish; rus millatida - nimani va kimningdir mavjudligiga sabr-toqat qilish, murosaga kelish, o'zini ushlab tura bilish boshqalarning fikri bilan ham hisoblashish tushuniladi; o'zbek millatida esa - birovlarning fikri, bizga noo'rin va g'ayriaxloqiy ko'ringan xulq va noto'g'ri xatti-harakatlariga sabr-toqatli bo'lish bilan birga, mehmondo'stlik va ochiqko'ngillilik, millatidan farqli ravishda teng hurmat qilinishi va bir xilda munosabatda bo'lishdir. Shuni ta'kidlash joizki, G'arb va Amerika xalqi uchun «tolerantlik» tushunchasida umumiylik mavjud bo'lib, ular nazdida, tolerantlik - boshqalarning ham o'z pozitsiya, fikrlari va ovozlari bor ekanligini anglashga intilish, ularning ham o'z nuqtai nazarlari va qarashlari borligini bilgan holda ularga nisbatan murosaga kelishdir. Shu jihatdan «milliy tolerantlik» tushunchasi har bir millatning o'z mentaliteti, tarixiy bosqichlari, madaniyati va milliy psixologiyasidan kelib chiqiladi.
Darhaqiqat, har bir shaxsning bag'rikengligi, uning ta'rifi jamiyatdagi rolini belgilashda ko'plab yondashuvlarga qaramay, birinchi navbatda ijtimoiy munosabatlar va uni tartibga soluvchi va nizolarni kamaytirish mexanizmi hisoblanadi. Shu munosabat bilan bag'rikenglik tamoyilining keng tarqalishi jamiyat barqaror paytida yanada dolzarblashadi. Ijtimoiy yondashuv nuqtai nazaridan siyosiy tolerantlik - shaxslar va o'zaro munosabatlarni tartibga soluvchi qadriyat va meyorlarning ma'lum tizimi. Jumladan, ushbu munosabatlarni 3 turga, ya'ni: birinchisi davlat va ijtimoiy guruh o'rtasida; ikkinchisi ijtimoiy guruh va davlat o'rtasida; uchunchisi ijtimoiy guruh va ijtimoiy guruh kabi munosabatlar mavjudligini keltirish mumkin.
Xususan, birinchi guruhdagi munosabatlar turli ko'rinishdagi siyosiy partiyalar, jamoa birlashmalarga birlashish orqali fuqarolarning turli norozilik ko'rinishlarini (siyosiy harakatlar, jamoaviy noroziliklar, muxolif partiyalar harakati)
davlat tomonidan hal qilinishi darajasini o'z ichiga oladi. Shu jihatdan olib qaraganda, turli xildagi qadriyatlarga bo'lgan hurmat - o'zga madaniyatlar bilan ijobiy munosabatda bo'lish orqali shaxsiy qadriyatlar yo'nalishlari doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy muhitning serqirra ekanligi sababli unga bo'lgan qarashlar turli tuman bo'lishi tabiiy jarayon. Siyosiy tolerantlikning o'ziga xos jihati - inson fikr erkinligini hurmat qilgani holda, xalq talablarini rozilik yoki roziliksiz, bir xillik yoki kimningdir foydasiga og'ishmagan holda qabul qilishga tayyorlikni anglatadi. Shuningdek, U.Kushayev fikricha: «Ijtimoiy bag'rikenglikning muhim ko'rinishlaridan biri siyosiy bag'rikenglikdir. Mazkur tushuncha ijtimoiy fanlar tizimidagi yangi atamalardan biri hisoblanadi. Siyosiy bag'rikenglik siyosiy demokratiyaning ajralmas atributiv qismlaridan biridir. Zero, u kishilarning davlat ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan aniq va puxta ishlab chiqilgan qarashlarini, sog'lom siyosiy raqobat maydonida o'zini namoyon qilishga qodir ijtimoiy birlashmalarning faoliyatini, faol ijtimoiy interaksiyani anglatadi»7.
Bugungi kunda tolerantlik konsepsiya sifatida quyidagi maqsad va muammolarga ega:
- tinchlikni saqlash sohasida - jamiyat barcha jabhalarida tinchlik va totuvlikni qo'llab-quvvatlash va targ'ib etish;
- inson huquqlari sohasida - barcha etnik qatlamlar orasida madaniy jihatdan hamkorlikka erishish, shuningdek, turli din vakillari o'rtasidagi muloqotni rivojlantirish;
- demokratiya sohasida - turli ko'rinishdagi ijtimoiy, siyosiy va falsafiy qarashlarni shakllantirish, sodir bo'layotgan voqealar xususida erkin ma'lumotlar almashinishini ta'minlash.
«Ilmiy tolerantlik» tushunchasining o'ziga xosligi shundaki, unda bu muhitning a'zolari har xil hatti-harakat sohiblari, turli millat vakillari, ayniqsa, e'tiqod erkinligi kafolatlangan turli diniy konfessiya a'zolari bo'lishlari bilan birga, dunyoqarash va fikrlash darajasiga ko'ra xilma-xillikni ko'rish mumkin. Ularning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg'ulari, fikr-mulohazalari, g'oya va e'tiqodlari turlicha bo'lgani bois bir-birlariga nisbatan toqatli, chidamli bo'lishi, turli dunyoqarashga ega talaba yoshlar va professor-o'qituvchilarning birga ahillikda faoliyat ko'rsatishi, ijod qilishi, o'qib-o'rganishi uchun maxsus makon, ilmu ijod muhitidir. Bu esa o'z o'rnida «ilmiy tolerantlik» tushunchasining fan va ma'naviyat rivojida naqadar muhim rol o'ynashini ko'rsatadi.
7 KymaeB y.P. ^a^OH gHH^apnga 6arpHKeHraHK roa^apHHHHr ynryH^HrH. $aH. 6yn. goK. (DSc) ... guc. aBTope$. - TomKeHT: 2020. - E.18.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Локк Дж. Соч.в 3 т. - М.: 1988. - С.81-90.
2. Мишель Монтень. Опыты (вторая книга). - М.: ЭКСМО Санк Петербург, 2003. - С. 578
3. Тиранов П. Философия сорока пяти поколнений. - М.: 1999. С. 382.
4. Тиранов П. Философия сорока пяти поколнений. - М.: 1999. - С. 420.
5. Болязин В. Мудрость тысячалетий. Энциклопедия. - М.: ОЛМА-ПРЕСС, 2000. - С. 436.
6. Саифназаров И. Тошкент давлат иктисодиёт университетида Узбекистон "Адолат" социал-демократик партияси билан хдмкорликда "Талаба-ёшларда толерантлик дунёкдрашини шакллантиришнинг инновацион усуллари" мавзусидаги булиб утган республика илмий-амалий конференцияси. № 20 //
7. Кушаев У.Р. Жахон динларида багрикенглик гояларининг уйгунлиги. Фалс. фан. буй. фалс. док. (DSc) ... дис. автореф. - Тошкент: 2020. - Б.18.
2019.