Научная статья на тему 'SIYOSIY INTEGRATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY INSTITUTLARNING ROLI'

SIYOSIY INTEGRATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY INSTITUTLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
891
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
geopolitika / Arab konsolidatsiyasi / Islom hamkorlik tashkiloti / Yaqin Sharq / mafkuraviy nizolar / siyosat / hamjixatlik / energetik resurs. / geopolitics / Arab consolidation / Organization of Islamic Cooperation / Middle East / ideological conflicts / politics / solidarity / energy resource

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Qo‘ysinova, Fazilat Oripovna

Maqolada Yaqin Sharq mintaqasida integratsiyaning shakllanishi, Islom hamkorlik tashkiloti faoliyati, maqsad va vazifalari, xalqaro munosabatlardagi imedji, Islom hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlar siyosiy konsolidatsiyasining muhim omili ekanligi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF POLITICAL INSTITUTIONS IN FORMING POLITICAL INTEGRATION

In this article analyzed the formation of integration in the Middle East, activities, goals and objectives of the Organization of Islamic Cooperation, the international image and political consolidation of a member of the Organization of Islamic Cooperation countries.

Текст научной работы на тему «SIYOSIY INTEGRATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY INSTITUTLARNING ROLI»

Scientific Journal Impact Factor

SIYOSIY INTEGRATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY INSTITUTLARNING ROLI

Qo'ysinova Fazilat Oripovna

Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o'qituvchisi. Email: [email protected]

Maqolada Yaqin Sharq mintaqasida integratsiyaning shakllanishi, Islom hamkorlik tashkiloti faoliyati, maqsad va vazifalari, xalqaro munosabatlardagi imedji, Islom hamkorlik tashkiloti a'zo davlatlar siyosiy konsolidatsiyasining muhim omili ekanligi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: geopolitika, Arab konsolidatsiyasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Yaqin Sharq, mafkuraviy nizolar, siyosat, hamjixatlik, energetik resurs.

РОЛЬ ПОЛИТИЧЕСКИХ ИНСТИТУТОВ В ФОРМИРОВАНИИ ПОЛИТИЧЕСКОЙ ИНТЕГРАЦИИ

^уйсинова Фазилат Ориповна

Доктор философии по политическим наукам (PhD), старший преподаватель Международной исламской академии Узбекистана.

В данной статье проанализирована формирование интеграции на Ближнем Востоке, деятельность, цел и задачи Организации Исламского сотрудничества, имидж в международной отношении и политическое консолидация член стран Организации Исламского сотрудничества.

Ключевые слова: геополитика, арабская консолидация, Организации Исламского сотрудничества, Ближний Восток, идеологические конфликты, политика, солидарность, энергетик ресурс.

ROLE OF POLITICAL INSTITUTIONS IN FORMING POLITICAL

INTEGRATION

Kuysinova Fazilat Oripovna

Ph.D. in Political Sciences, Senior Lecturer, International Islamic Academy of Uzbekistan. Email: fazilatflower@mail .ru

ANNOTATSIYA

Электронная почта: fazilatflower@mail .ru АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

ABSTRACT

In this article analyzed the formation of integration in the Middle East, activities, goals and objectives of the Organization of Islamic Cooperation, the international image and political consolidation of a member of the Organization of Islamic Cooperation countries.

Keywords: geopolitics, Arab consolidation, Organization of Islamic Cooperation, Middle East, ideological conflicts, politics, solidarity, energy resource

Zamonaviy rivojlanishning muhim xususiyatlaridan biri bu - turli mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarining o'zaro bog'liqliqligi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi siyosiy faolligi bilan belgilanadi. Bu jihatlar bevosita xalqaro munosabatlar rivojlanishining qonuniyatlari bilan izohlanadi. Integratsiya jarayonlarini shunchaki davlatlar munosabatlarini tartibga solib turuvchi jarayon sifatida tushunmaslik kerak. U dialektik hodisa bo'lib, aynan bir hodisaning ham obyektiv, ham subyektiv tomonlarini o'zida ochib beradi. Integratsiya dastavval mintaqaviy ahamiyatga ega bo'lib, unga ikki va undan ortiq davlatlar manfaatlarini uyg'unlashtirish natijasida erishiladi. Mavzuga mantiqiy yondoshgan holda Yaqin Sharq mintaqasi davlatlari o'rtasidagi integratsiya jarayonlari tahlilini amalga oshirsak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yaqin Sharqdagi o'zgarishlar, siyosiy beqarorlik, nizolar va o'zaro kelishmovchiliklar mintaqaning eng ko'p aziyat chekkan hududlardan biriga aylantirdi. Mintaqaning energetik resurslarga boyligi, qadim sivilizatsiya beshigi hisoblanishi ushbu hududda joylashgan mamlakatlar uchun doimo baxt va farovonlik keltirmaganligi ko'p marotaba isbotini topdi. Ushbu siyosiy jarayonlarda masala mintaqadagi qudratli davlatlar ishtiroki doirasidan chiqib hududdagi muammolarni hal etish, hamjihatlikni vujudga keltirish, Islom olami barqarorligi kerak bo'lsa Yaqin Sharq mintaqasi davlatlarining xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlash, faqatgina ayrim davlatlarning birlashuvi bilan ro'y bermasligi tobora ayon bo'lib bordi. Xususan, mintaqa davlatlarining milliy, mintaqaviy va mahalliy muammolarini hal etishi hamda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarilishi uchun siyosiy integratsiya ya'ni siyosiy ittifoq jarayoni alohida o'rin tutdi [1: B.62].

Ushbu siyosiy voqeylikda mintaqa davlatlari o'rtasidagi integratsiyani vujudga keltirish, integratsiya jarayonlarini rivojlantirish ko'p hollarda xalqaro va davlatlararo tashkilotlar tomonidan amalga oshirishga harakat qilingan. Siyosiy jarayonlaridagi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

o'zgarishlar, inqirozli holatlaming sodir bo'lishi ko'plab musulmon ziyoli qatlamlarini tashvishga solib «Vaziyatdan chiqish hamda inqirozli porakandalikning oldini olish yo'llaridan biri sifatida musulmon dunyosini birlashtiradigan tashkilot tuzilishi hisoblandi» [2: B.11]. Xalqaro tashkilot tuzish yo'li bilan butun dunyo musulmonlarini birlashtirish g'oyasi Birinchi jahon urishidan so'ng Falastin arbobla ri orasida vujudga kelgan. Bunday g'oyani Quddus muftiysi shayx Muhammad Amin al-Husayniy birinchilar qatorida ilgari surgan [3: B.176]. Mintaqasi davlatlari vujudga kelayotgan nizo, keskinlik va muammolarni hal etish maqsadini amalga oshirish birinchi navbatda siyosiy, iqtisodiy mustaqillikni tiklash hamda bu jabhalarda yuritilayotgan siyosatni umumdavlat manfaati doirasida yagona strategiyaga birlashtirish zarurligini anglagan xolda ular uchun xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning ahamiyati muhumligini tushunib yetishdi. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy integratsiyani vujudga keltirish uchun xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar olida davlatlarning milliy xudbinligini bartaraf etish va davlatlararo manfaatlar muvozanatini ta'minlash vazifasi turar edi.

Davlatlar o'z manfaatlarini, siyosiy irodalarini namoyon qiladigan katta bir xalqaro tashkilotga ehtiyoj sezar edi. Vujudga kelgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar o'zlarining davlatlarni iqtisodiy, siyosiy jihatdan birlashtiruvchi omillari bilan farqlandi. Yaqin Sharq mintaqasi davlatlarining hududiy yaqinligi, diniy e'tiqod birligi, umumiy madaniyat birligi, til birligi, ijtimoiy tuzulmalar birligi, umumiy bozor mavjudligi, davlat boshqaruv tizimsining o'xshashligi va tarixiy yaqinlik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning faoliyat darajasi samaradorligiga ta'sir ko'rsatdi.

Siyosiy jarayonlarda davlatlararo hamkorlikni ta'minlash, davlatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy integratsiyani amalga oshirishga o'z hissasini qo'shgan, siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotgan tashkilotlardan Islom hamkorlik tashkilotini alohida ta'kidlab, tashkilotning faoliyat jihatlarini tahlil qilsak.

Yaqin Sharq mintaqasida sodir bo'lgan keskin siyosiy jarayonlar, ya'ni arab-Isroil urushlaridagi mag'lubiyat, Falastin muammosi, shuningdek, 1969 yil 21 avgustda muqaddas Quddusi Sharifda joylashgan Al-Aqso (Masjidul Aqso) masjidiga o't qo'yilishi butun musulmon xalqini larzaga solib, barcha davlatlar uchun birlashish, hamjihatlikka chaqiriq hisoblandi. Fundamental asos ya'ni, musulmon hamjihatligi va bir g'oya ostida birlashish, umumiy xavfga qarshi kurash omili musulmon davlatlarini hamjihatlikka nisbatan ehtiyojini kuchaytirib, turli geosiyosiy urushlar va nizolarda Islom birligi asosida musulmonlarni birlashtirish, xalqaro miqyosda ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadida 1969 yil 25 sentabrda Marokash

Scientific Journal Impact Factor

poytaxti Rabot shahrida musulmon mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari yig'ilishi Islom hamkorlik tashkiloti tashkil etilganligini e'lon qildi. Islom hamkorlik tashkiloti xalqaro miqyosda musulmon davlatlarining mazhablariga, irqiga, siyosiy qarashlariga, iqtisodiy farqlanishiga qaramasdan birlashtirgan, islom ummasining uzoq yillik intilishlarini o'zida ifoda etgan tashkilot sifatida namoyon bo'ldi.

Siyosiy maydonida Islom hamkorlik tashkilotining vujudga kelishi xalqaro munosabatlar tizimida katta o'zgarishlar yuz berishiga olib keldi. «Islom hamkorlik tashkiloti musulmon dunyosining umumiy ovozi bo'lib, xalqaro tinchlik va totuvlikni targ'ib qilish asosida musulmonlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat yuritadi» [4: B.21]. Islom hamkorlik tashkilotining vujudga kelishi natijasida: birinchidan, Falastin xalqi shuningdek, islom dini muqaddas qadamjolarini himoya qilishning huquqiy-siyosiy mexanizmi va asoslari ishlab chiqilib, siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi tashkilot yuzaga keldi; ikkinchidan, musulmon dunyosi manfaatlarini himoya qiluvchi, xalqaro maydonda musulmon davlatlari birlashuvining zamonaviy institutsional omili yaratilib, musulmon xalqlarining siyosiy orzularini ruyobga chiqarishga xizmat qiluvchi tashkilot shakllandi.

Islom hamkorlik tashkiloti XX asrning ikkinchi yarmida siyosiy jihatdan mayda bo'laklarga bo'lib tashlangan, iqtisodiy qoloqlik iskanjasida qolgan musulmon davlatlariga yangi ruh, yangi motivatsiya bera olgan tashkilot sifatida vujudga kelib, islom mafkurasini qayta tiklash, diniy o'zlikni anglash va islom qadriyatlari asosida musulmon ummasi birdamligini ta'minlash, davlatlar mafkuraviy va siyosiy birdamligini vujudga keltirish singari muhim g'oyalarni ilgari surgan xalqaro tashkilot hisoblanadi.

Islom hamkorlik tashkilotining siyosiy asosi etib islom hamjihatligini ustun qo'ygan holda, milliy suveren davlatlarni asrab qolish belgilangan. Islom hamjihatligi tashkilotning eng asosiy mafkurasi bo'lib, Islom hamjihatligi tashkilotga a'zo davlat va hukumat rahbarlari tomonidan islom taraqqiyotiga erishishning ustuvor yo'li sifatida qaraldi. Islom hamkorlik tashkiloti ning fundamental maqsadi - musulmon davlatlarining hamjihatligini rivojlantirish, musulmonlar uchun muqaddas shaharlarni, tuyg'ularni birgalikda himoya qilish va asrab-avaylash. Tashkilot Ustavida islom hamjihatligi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ijtimoiy, ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, barcha musulmon xalqlarini o'z sha'ni, qadr-qimmati, mustaqilligi va milliy huquqlarini himoya qilishga chaqiriqlar qat'iy belgilab qo'yilgan [5].

Garchi, tashkilotning dastlabki maqomi xalqaro maydonda jiddiy qabul qilinmagan, unga nisbatin ehtiyotkorona yondashish mavjud bo'lgan bo'lsada, keyinchalik tashkilot imiji ijobiy tomonga o'zgardi[6:B.65]. Ekmeliddin Ehson

Scientific Journal Impact Factor

o'g'lining «Islom Hamkorlik tashkiloti muammolarni hal qilish uchun katta salohiyat va imkoniyatlarga ega. Ushbu salohiyat bizga nizolashayotgan tomonlar o'rtasida halol vositachi sifatida ishtirok etish va inqirozlarda nizolarni diplomatik yo'l bilan hal qilish borasida vositachilik xizmatlarini ko'rsatish sharoitini yaratadi. Bizda muzokaralarda adolatli vositachi sifatida ishtirok etishga imkon beradigan ustunlik mavjud» [7] - degan so'zlari ham fikrimizni tasdiqlab tashkilotning xalqaro maydondagi nufuzi yuqori ekanligini isbotlaydi.

Xalqaro jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotgan Islom Hamkorlik tashkiloti nafaqat aynan Yaqin Sharq davlatlari, balki butun musulmon davlatlari o'rtasidagi integratsiya, ittifoqchilik va birdamlik uchun asos bo'lgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. «Islom Konferensiyasi tashkiloti - integratsiga asoslangan maxsus birlashma. Hozirgi kunda IKT faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagina emas balki, xalqaro xavfsizlik muammolarini, turli sivilizatsiyalar o'rtasidagi ziddiyatlarni shuningdek, xalqaro miqyosdagi ko'plab dolzarb masalalarni xal etishda faol ishtirok etadigan ko'p tarmoqli integratsiviy tashkilotdir» [8: B.5].

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, Islom hamkorlik tashkiloti XX asrning ikkinchi yarmida Yaqin Sharq davlatlari siyosiy integratsiyasining eng muhim institutsional omili sifatida xalqaro maydonga chiqdi. Tashkilotga a'zo davlatlar, xususan, Yaqin Sharq davlatlari o'rtasida siyosiy integratsiyani tashkil etib, musulmon davlatlarining hamkorlik organini vujudga keltirdi, unda a'zo davlatlar birdamligining yetakchi elementi diniy omilga tayanib, Islom umumiy mezonlar bo'yicha integratsiyaning asosiy manbasi hisoblandi hamda davlatlar o'rtasida mamlakatlar manfaatidan umumiy manfaatlar ustun kelib, tashkilot faoliyatida musulmon ummasining manfaatlari milliy manfaatlardan yuqori qo'yildi. Islom hamkorlik tashkiloti siyosiy jihatdan musulmon hamjihatligini vujudga keltirgan, islom ummasini birlashtirgan, xalqaro maydonda ularning manfatlarini himoya qila olgan, butun musulmon olamining integratsiyasini ta'minlash maqsadida faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilot hisoblanadi.

REFERENCES

1. Kuysinova Fazilat Oripovna (2019). The role and political imidge of the organization of the Islamic Conference in the international relationship system. Bulletin Social-Economic and Humanitarian Research, (2 (4)), 61-68. doi: 10.5281/zenodo.2647705

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

2. Abir M. Oil, power and politics. Conflict in Arabia, the Red Sea and the Gulf. -Lnd., 1974. - 221 p

3. Yovqochev Sh. Jahon siyosatida islom omili. Toshkent- 2016. - 236 b.

4. Víctor Luis Gutiérrez Castillo. The Organization of Islamic Cooperation in contemporary international society. Revista Electrónica de Estudios Internacionales. 2014. (27). ISSN: 1697-5197. - 21 p

5. Charter of the Organisation of Islamic Conference. https://www.oic-oci.org/upload/documents/charter/en/oic charter.

6. Qo'ysinova, Fazilat (2020) "STAGES OF DEVELOPMENT OF THE ORGANIZATION OF ISLAMIC COOPERATION (1969-1990)," The Light of Islam: Vol. 2020 : Iss. 4 , Article 8. Available at: https://uziournals.edu.uz/iiau/vol2020/iss4/8

7. OIS - chestniy posrednik v uregulirovanii mejdunarodnix problem. 11:54 07. 06. 2013 /Yelena Studneva/ «Mejdunarodnaya jizn». https: //interaffairs. ru/news/show/9634.

8. Aminuddin Mutmayin Aynuddin. Organizatsiya Islamskaya Konferensiya: Mejdunarodno-pravovoy aspekt / diss. ... kand. yurid. nauk. -Sankt-Peterburg, 1998.

9. Oripovna, Q. F. (2020). The Organisation Of Islamic Cooperation And Arab World: Processes Of Events. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 2(11), 33-40. https://doi.org/10.37547/taipslc/Volume02Issue11-06

10. Berdiyev, B. (2020). Central Asia: international relations as a factor of regional stability and integration. The American Journal of Political Science Law and Criminology. Vol. 02. Iss.10, 118-122.

168 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.