Научная статья на тему 'SITOMEGALOVIRUS INFEKSIYASINING MUDDATIDAN AVVAL TUGʻILGAN ChAQALOQLAR ASAB TIZIMIGA TAʼSIRI'

SITOMEGALOVIRUS INFEKSIYASINING MUDDATIDAN AVVAL TUGʻILGAN ChAQALOQLAR ASAB TIZIMIGA TAʼSIRI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sitomegalovirus / chaqaloqlar / infeksiya / nuqsonlar / homila / neyrosonogirafiya / dopplerografiya / homiladorlik / markaziy asab tizimi / serebral falajlik / Cytomegalovirus / infants / infection / defects / fetus / neurosonogyraphy / dopplerography / pregnancy / central nervous system / cerebral palsy

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — M.I.Xazratkulova, M.A.Hamidov

Samarqand viloyat Perinatal Markazi va 1-son tugʻruq majmuasida 2022-2023-yillarda tugʻilgan 50 nafar muddatidan avval tugʻilgan chaqaloqlar boʻlib, ularning 30 nafari sitomegalovirus infeksiyasi bor onalardan tugʻilgan chaqaloqlarda asab tizimi zararlanishi bilan, 20 nafar SMVI aniqlanmagan onalardan tugʻilgan muddatidan avval tugʻilgan shartli sogʻlom chaqaloqlar guruhi oʻrganildi. Tadqiqot uchun umumiy qon tahlili, umumiy siydik tahlili, neyrosonografiya, chaqaloqlar qonini IFA tekshiruvida sitomegalovirus tahlili oʻtkazildi. PZR tahlili orqali ona va chaqaloqning qonida SMVI tekshirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECT OF CYTOMEGALOVIRUS INFECTION ON THE NERVOUS SYSTEM OF PREMATURE INFANTS

There were 50 premature babies born in 2022-2023 at the Samarkand Regional Perinatal Center and Maternity Complex No. 1, 30 of them with damage to the nervous system in babies born to mothers with cytomegalovirus infection, 20 A group of conditionally healthy babies born prematurely from mothers without СMVI was studied. For the study, general blood analysis, general urinalysis, neurosonography, and cytomegalovirus analysis were carried out in the IFA examination of infants' blood. By PCR analysis, СMVI was checked in the blood of the mother and the baby.

Текст научной работы на тему «SITOMEGALOVIRUS INFEKSIYASINING MUDDATIDAN AVVAL TUGʻILGAN ChAQALOQLAR ASAB TIZIMIGA TAʼSIRI»

UDK 616.053:61/616.8 SITOMEGALOVIRUS INFEKSIYASINING MUDDATIDAN AVVAL _TUG'ILGAN ChAQALOQLAR ASAB TIZIMIGA TASIRI_

M.I.Xazratkulova, M.A.Hamidov*

Kalit so'zlar: Sitomegalovirus, chaqaloqlar, infeksiya, nuqsonlar, homila, neyrosonogirafiya, dopplerografiya, homiladorlik, markaziy asab tizimi, serebralfalajlik.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda sitomegalovirus infeksiyasi chaqaloqlar orasida perinatal o'limning 37.5%ini tashkil qiladi va sitomegalovirus (SMVI) natijasida kelib chiqqan tug'ma nuqsonlar natijasidagi o'lim 61.4%ni tashkil qiladi. Tug'ma sitomegalovirus infeksiyasi simptomsiz yoki og'ir shaklda kechishi, SMVI natijasida tez-tez o'lim kuzatilishi bilan izohlanadi. Shunga ko'ra 90% SMVI bilan og'ir shaklda kasallangan chaqaloqlarda keyinchalik turli xildagi somatik va nevrologik asoratlar shakllanishi, simptomsiz kechganda yesa faqatgina 5-17% bolalarda har xil patalogiyalar shakllanishi mumkin [4,2,3,7,10]. Homiladorlik davrida ayollarda birlamchi SMVI faol shakli darajasi 1% dan oshmaydi. Bunday davrda birlamchi zararlangan ayol homilasining SMV infeksiyasi bilan zararlanishi 30-50% ga yetadi, shundan 5-18 foiz chaqaloqlarda jadal zararlanish belgisi kuzatiladi. Bolalarning 80 foizida tug'ma SMVI belgisiz bo'lib qoladi va klinik ko'rinishi kechroq namoyon bo'ladi, 5-18 foizida kasallikning og'ir kechishi bilan namoyon bo'ladi [2,5,6]. Homila uchun eng katta xavf asosan homiladorlikning dastlabki davridagi infeksiyalanishdir. Ayollarning o'rtacha 2% (0,7-4%) homiladorlik davrida birlamchi infeksiyani boshdan kechiradi, shundan 35-40% (24%-75%) homilaga o'tadi[9].

Homila ichi infeksiyasi perinatal o'lim darajasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Sitomegalovirus infeksiyasi yesa homila ichi infeksiyalari orasida birinchi o'rinda turib, turli xil nuqsonlarning shakllanishida asosiy sababchilardan biri sanaladi [11,12]. SMVI-ning xususiyatlaridan biri hujayra ichida parazitlik qilish va davriy qayta faollanishi, rivojlanishi bilan inson organizmida uzoq vaqt qolish qobiliyatiga yega. Kasallikning klinik ko'rinishlarining xilma-xilligi SMVIning homiladorlikning istalgan bosqichida homila infeksiya yuqtirish darajasi bilan belgilanadi. Homiladorlikning dastlabki davrida homila infeksiyalanganida markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir, buyrak va boshqa tizimlarning turli xil nuqsonlari hosil bo'ladi. Homiladorlikning kechki davrida infeksiyalanganida esa yangi tug'ilgan chaqaloqlarda turli a'zolar va tizimlarning zararlanishlari aniqlanadi. Tug'ma SMVI bilan yangi tug'ilgan chaqaloqlarning faol kechgan holatida 40-90 foizida uzoq muddatli nevrologik oqibatlar va eshitish qobiliyatini yo'qotish, shuningdek, ko'rish organlarining zararlanishi, jigar va buyraklar zararlanishi kuzatilishi va ba'zan o'lim holati bilan tugallanishi mumkin [12].

Tug'ma SMVI rivojlanishining hal qiluvchi omili onada virus bilan birlamchi yoki qayta infeksiyalanish yoki uning qayta faollashishi tufayli viremiya kelib chiqadi. Umumiy SMVI infeksiyasining klinik ko'rinishi markaziy asab tizimining zararlanishi (100%), anemiya (79,0%), kichik anomaliyalar (38,2%) va tug'ma yurak nuqsonlari (20,6%), kolit (8,8%) va turli bakterial kasalliklar qo'shilishi bilan tavsiflanadi va asosan o'pka to'qimasida joylashgan infeksiyalar (67,6%), shuningdek, hayotining birinchi yilidagi nogironlik patologiyasining rivojlanishi: bolalar serebral falaji (29,4%), neyrosensor ko'rish pasayishi (20,6%) va eshitish qobiliyatining buzilishiga (2,9%) olib kelishi bilan xarakterlanadi [2].

* Xazratkulova Mashxura Ismatovna - Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Diplomdan keyingi ta'lim fakulteti neontologiya kursi assistenti. Hamidov Ma'murjon Abduvaxob o'g'li - Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Diplomdan keyingi ta'lim fakulteti neonatologiya kursi klinik ordinatori.

72

Tadqiqot maqsadi: Sitomegalovirus infeksiyasining muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlar asab tizimiga ta'sirini o'rganish.

Tadqiqot materiallari va usullari: Tekshirish obyektimiz Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola sog'ligini saqlash ilmiy amaliy tibbiyot muassasasi Samarqand filiali hamda 1-son tug'ruq majmuasida 2022-2023-yillarda tug'ilgan 50 nafar muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlar bo'lib, ularni anamnezi, laborator tahlillari va instrumental tekshiruvlari, shuningdek bir yoshgacha katamnez kuzatuvi o'tkazildi. Chaqaloqlar ikki guruhga asosiy va shartli sog'lom guruhlarga bo'lib o'rganildi. Asosiy guruhga onasida SMVI aniqlangan onalardan muddatidan avval tug'ilgan 30 nafar chaqaloqlar va onalarida SMVI aniqlanmasdan shartli sog'lom muddatidan avval tug'ilgan 20 nafar chaqaloqlarni tashkil yetdi. Shartli sog'lom guruhning gestatsion yoshi 32 haftadan 36 haftagachani tashkil yetdi. Asosiy guruhdagi chaqaloqlarning tana vazni asosiy guruhda 900 grammdan 2400grammgacha bo'lgan muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlarni tashkil yetgan bo'lsa, shartli sog'lom guruhda esa bu ko'rsatkich 1820grammdan 2450gramgachani tashkil etgan kechki neonatal davrda tug'ilgan chaqaloqlardan iborat bo'ldi. Umumiy chaqaloqlardan 37(74%) nafari o'g'il bolalar, 13(26%) nafari esa qiz bolalarni tashkil qildi. Asosiy guruhda chaqaloqlar onalarning 90% homiladorlik davrida homila tushish xavfi fonida kechgan va statsionar va ambulator muolajalar olgan SMVI bor ayollardan muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlar kirdi. Chaqaloqlarining anamnezi, klinikasi va laborator instrumental tekshiruv natijasi, shuning bilan chaqaloq onalarining hayot anamnezi va SMVIga IFA va PZR qon tahlili o'rganildi. SMVI-si chaqaloqlar asab tizimi zararlanish ta'siri adabiyotlarda to'liq o'rganilmagani bois asosiy guruh chaqaloqlar, shartli sog'lom chaqaloqlar guruhi bilan taqqoslanib o'rganildi.

Kuzatilgan chaqaloqlar tahlillari "SMART DOKTOR" xususiy klinikasida chaqaloqlarning laborator tahlillaridan SMVI-ni immunoferment analiz tekshiruvi Mindray MR-96A apparati orqali, umumiy qon tahlili Mindray BS-5000 apparatida, qon biokimyoviy tahlili-Mindray BS-380 apparati orqali kuzatildi. Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi L.M.Isayev nomidagi Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot markazida PZR tekshirish usuli BIOYER apparatida onaning va chaqaloqning qon plazmasida SMVI tekshirilib, zararlanish darajasi o'rganildi. Instrumental tekshirish ishlari SamDTUning Ko'p tarmoqli klinikasining diagnostika bo'limida ultratovush tekshiruvi(UTT): neyrosonografiya doplerografiya bilan tekshiruvlari, ichki organlaridan asosan yurak, buyraklari tekshirilib tahlil qilindi. Tug'ruqxonadan so'ng katamnezda chaqaloqlar bir oyligida, 3 va 6 oyligida hamda 1 yoshida nazoratga olinib kuzatilgan. Ko'rikda umumiy qon va siydik tahlili o'tkazilib borildi. Shuningdek, tug'ruqxona sharoitida ahvoli og'ir bo'lib, e'tiborga molik chaqaloqlar har besh-o'n kun oralig'i bilan kuzatuv tahlili olib borildi.

Tadqiqot natija va muhokamasi: Anamnezidan asosiy guruh tug'ilishiga qog'onoq suvlarining vaqtidan yerta ketishi, muddatidan avvalgi tug'ruq tashhisi quyilgan bo'lib asosiy guruh chaqaloqlarining tana vazni quyidagi 1 jadvalda keltirilgan.

1-jadval. Asosiy guruh chaqaloqlarning tana vazni bo'yicha tasnifi

№ Chaqaloqlar tana vazni bo 'yicha(grammlarda) Chaqaloqlar soni Foizlarda

1 2500-1499 gr 19 nafar 63,3%

2 1499-999 gr S nafar 26,6%

3 999-500 gr 3 nafar 10%

Asosiy guruh chaqaloqlari gestatsion yoshi bo'yicha quyidagi foizlarda aniqlandi:

I. 2S Haftagacha 10%

II. 8-31haftaliklar-26.6% Ш.32-36 haftaliklar -63.3%

Asosiy guruh chaqaloqlardan 6(20%) nafari vafot etdi: ulardan 5 nafari kechki neonatal davrda vafot etib, shundan ikki nafari 28 haftalikgacha bo'lgan davrda tug'ilgan ekstrimal kam vaznli

73

muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlar ekanligi aniqlandi. Ularga tug'ilganda homila ichi infeksiyalanishi, nafas buzilish sindromi, nafas yetishmovchiligi og'ir darajasi, muddatidan avvalgi tug'ruq tashxisi va bir nafarida ichaklar parezi, pnevmoniya asorati bilan reanimatsiya bo'limida davolangan. Faqatgina yerta bolalik davrida 1 nafar (4 oyligida) buyrak yetishmovchiligidan vafot etdi. Shartli sog'lom guruhdagi chaqaloqlarda rivojlanish va o'lim holatlari kuzatilmadi.

Muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlarning neyrosonografiya dopplerografiyasi qilinganda bosh miya gipoksik yeshemik o'zgarishlari 95%da aniqlandi. 1 nafar chaqaloq gipoksik o'zgarishlardan keyin lyoshida bolalar serebral falaji aniqlandi.

Kuzatilgan chaqaloqlarning asosiy guruhda anamnezidan 14 nafar chaqaloqlar onasida homila ichi infeksiyasi (TORCH infeksiyalari aniqlanib, ambulator davolangan) belgilari homiladorlik davrida aniqlangan. 12 nafarida preeklamsiya homila ichi infeksiyasi aniqlanib shundan 5 nafarida faqat homiladorlik preeklamsiya kasalligi bo'lib, yerta tug'ilish yuz bergan, 4 nafar chaqaloq onalari erta tug'ilganlik sababini homila yo'ldoshining vaqtidan erta kuchishi tashhisi bilan kesarcha kesish operatsiyasidan tug'ilgan bo'lib, homiladorlik davrida homila tushish xavfi fonida kechgan.

Asosiy guruh chaqaloqlarining 18 (60%) nafarida kesarcha kesish operativ tug'rug'i, 12 (40%) nafari yesa fiziologik tug'ruq orqali tug'ildi.

Asosiy guruh chaqaloqlar onalari anamnezida avvalgi homildorlik tushishi yoki rivojlanmay qolishi birlamchi yoki ikkilamchi bepushtlik aniqlanib, ushbu homiladorlik davrlari mobaynida ko'p bora shifokorlar nazoratida bo'lgan, shunga qaramasdan asosiy guruh chaqaloqlarda tug'ilgandan keyin Apgar shkalasi bo'yicha sog'lom chaqaloqlar guruhiga qaraganda past (3-5ball) baholar bilan tug'ildi, chaqaloqlar moslashish davrida emishning sustligi, tashqi ta'sirlarga sust javob berishi, bezovtalik, nafas buzilish sindromi har xil darajada 27=(90%), sariqlik uzoq vaqtgacha cho'zilishi n=18(60%)da talvasa sindromi8(26.6%) da kuzatildi va klinikasida bilirubinning oshishi uzoq vaqtgacha (30 kundan ziyod) davo muolajalariga qaramasdan baland bo'lishi kuzatildi. Shartli sog'lom guruhda bu klinik ko'rsatkichlardan faqat sariqlikning cho'zilishi va nafas bo'zilish sindromi kuzatilib, nafas yetishmovchiligining yengil darajasi kuzatildi. Qolgan asosiy guruhda ko'zatilgan klinik ko'rinishlar uchramadi. Anamnezida SMVI infeksiyalanish belgilarisiz tug'ilgan muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlar guruhi bilan taqqoslanganda asosiy guruh chaqaloqlariga reanimatsion chora tadbirlar 70% holatlarda muxtoj bo'lganligi aniqlandi. Shuningdek moslashish davrida emishning sustligi, tashqi ta'sirlarga sust javob berishi, nafas buzilish sindromi har xil darajada sariqlik cho'zilishi kuzatildi va qog'onoq suvlarining ko'pligi yoki kamligi, loyqa ekanligi, 2 holatda 18 soatdan ziyod umumun suvsizlik kuzatilganidan so'ng tug'ilgan chaqaloqlar aniqlandi. UTT tekshiruvida homila yo'ldoshining erta yetilishi yoki kalsinatlanishi hamda xorioamnionit belgilari 16 (53%) nafar chaqaloqlar onalari anamnezida aniqlandi.

Asosiy guruh chaqaloqlarda laboratoriya tahlillardan 3-5kunlarda olingan umumiy qon tahlilida asosiy guruhda leykositlar 13,02±1,12*10A9/l baland bo'lganligi, gemoglobinning 111,93±2,84g/l pastligi aniqlandi (2-jadval) qonning qolgan tarkibiy qismlarida sezilarli patologik o'zgarishlar aniqlanmadi.

2 jadval. Chaqaloqlarning tug'ruc

№ Ko'rsatkichlar Asosiy chaqaloqlar guruhi(n=30) Shartli sog'lom chaqaloqlar guruh (n=20) P

1 Leykositlar, 109/л 13,02±1,12 8.12±1,12 <0,001

2 Neytrofillar, % 53,83±3,19 50,36±2,46 >0,5

3 Limfositlar, % 37,33±3,7 34,1±3,23 >0,5

4 Monositlar, % 10,28±1,02 9,23±0,72 >0,2

5 Yeozinofillar % 1,15±0,24 1,61±0,25 >0,1

74

xonada dchlari.

6 Bazofillar, % 0,18±0,03 0,11±0,03 >0,1

7 Gemoglobin, g/l 111,93±2,84 122,55±2,74 <0,01

8 Trombositlar, 109/l 221,79±9,46 271,7±18,69 <0,05

9 Eritrositlar cho'kish tezligi, mm/s 4,2±0,61 3,08±0,42 >0,1

Yeslatma: p -chaqaloq guruhlari orasidagi ko'rsatkichlar farqlarining ishonchliligi.

Qon biokimyoviy tarkibi tahlil qilinganda qon guruhlari mos kelishiga qaramasdan umumiy bilirubin miqdori 77,55±4,37 mkmol/l, mochevina 8,17±1,14 mmol/l, kreatinin 129,67±24,82 mkmol/l va azot qoldig'i asosiy guruhda (3-jadval) oshganligi aniqlandi.

3-

adval. Chaqaloqlarning qon biokimyoviy tahlili ko'rsatkichlari(M±m)

№ Ko'rsatkichlar Asosiy chaqaloqlar guruhi (n=30) Shartli sog'lom chaqaloqlar guruh (n=20) P

1. ALT, Yed/l 36,44±2,05 22,73±0,78 <0,001

2. AST, Yed/l 77,84±7,18 42,45±1,58 <0,001

3. Umumiy bilirubin miqdori, mkmol/l, 77,55±4,37 51,09±2,3 <0,01

4. Bevosita bog'langan bilirubin, mkmol/l 4,79±0,36 6,39±1,18 >0,1

5. Bilvosita bog'langan bilirubin, mkmol/l 62,74±4,09 58,08±8,38 >0,5

6. Azot qoldig'i, mmol/l 23,15±2,44 17,85±0,53 <0,05

7. Qondagi mochevina, mmol/l 8,17±1,14 4,14±0,20 <0,05

8. Qondagi kreatinin, mkmol/l 129,67±24,82 46,23±1,83 <0,05

9. Siydik kislota, mmol/l 271,8±79,02 3,82±0,15 <0,01

10 Ishqoriy fosfataza, YED 302,5±0,87 263,33±7,33 <0,001

Yeslatma:p P-chaqaloq guruhlari orasidagi ko'rsatkichlar farqlarining ishonchliligi.

Neyrosonografiya tekshirishlari tahlil qilinganda asosiy guruhda bazal va periventrikulyar zonalarda gipoksik-ishemik ensyefalopatiya (GIE) o'zgarishlari 27 nafarida, ventrikulomegaliya 6 nafarida, bosh miya ichi qon quyilishlari 8 nafarida, mezistesiya 1 nafarida, 3 nafar chaqaloqda o'zgarishsiz holatlar aniqlandi. Shartli sog'lom chaqaloqlarda yesa tug'ruqxonadagi moslashish davri oson kechdi va yuqoridagi muammolardan faqatgina UTT tekshiruvida bazal va periventrikulyar zonalarda GIE o'zgarishlari 9 nafarida, ventrikulomegaliya 1 nafarida aniqlanib, qolgan chaqaloqlar sog'lig'ida o'zgarishlar kuzatilmadi (4,5 jadval).

4-jadval. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda neyrosonografiya ko'rsatkichlarining qiyosiy xususiyatlari. (M±m).

№ Ko'rsatkichlar SMVI bor onalardan tug'ilgan chaqaloqlar n=30 Shartli sog'lom chaqaloqlar Guruhi n=20 P

1 Yon qorinchalar oldingi shohi O'ngda (0,2-0,3 sm) 0,418±0,124 0,3±0,000 r1<0,05,

Chapda 0,432±0,133 0,3±0,000 r1<0,05,

chuqurligi (0,2-0,3 sm)

2 Yon qorincha tanalarining chuqurligi O'ngda (0,2-0,3 sm) 0,4487±0,172 0,300±0,000 R1<0,05,

Chapda (0,2-0,3 sm) 0,425±0,185 0,300±0,000 r1<0,05,

3 III - qorinchalar (0,3-0,5 sm) 0,492±0,173 0,450±0,000 r1>0.5;

4 IV - qorinchalar (0,3-0,5 sm) 0,462±0,111 0,460±0,000 r1>0.5

Shartli sog'lom chaqaloqlar va asosiy guruhi o'rtasidagi ko'rsatkichlardagi farqlarning ishonchliligi.

5-jadval. Chaqaloqlar bosh miya neyrosonografiyasi tahli ko'rsatkichlari

№ Kasalliklar nomi Asosiy chaqaloqlar guruhi (n=30) Shartli sog'lom chaqaloqlar guruhi (n=20)

i Bazal va periventrikulyar zonalarda GIE o'zgarishlari 27(90%) 9(45%)

2 Ventrikulomegaliya 6(20%) 1(5%)

3 Bosh miya ichi qon quyilishlari 8(26,6%) 1(5%)

4 Mezistesiya 1(3.3%) 0(0%)

5 O'zgarishsiz 3 (10%) 11(55%)

Asosiy guruh chaqaloqlarining neyrosonografiyasida gipoksik o'zgarishlar 27(90%)nafarida va qon quyilish belgilari 8(26.6%) nafarida aniqlandi. Tug'ruqxona sharoitida asosiy guruh chaqaloqlardan 18 nafariga markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi tashxisi qo'yilgan bo'lib, shundan 11 nafarida qo'zg'alish sindromi, 8 nafarida talvasa sindromi tashxisi bilan standart davo muolajalarini olgan. Kechki neonatal davrda neyrosonografiya tekshirish tahlili 5 jadvalda keltirilgan.

6 jadval. Katamnezda bir yoshgacha kuzatilgan kasalliklar ko'rsatkichi.

№ Chaqaloqlarning 1 Asosiy chaqaloqlar Sog'lom chaqaloqlar

yoshgacha kasalliklari guruhi(n=30) guruhi(n=20)

i Asab tizimi bilan 13(43.3%) 1(5%)

bog'liq muammolar

2 Nafas yo'llari kasalliklari 18(60%) 6(30%)

3 Hazm qilish bilan bog'liq muammolar 15(50%) 5(25%)

4 Siydik yo'llari kasalliklari 8(26.7%) 1(5)

5 Sariqlikning cho'zilishi 10(33.3%) 2(10%)

6 Vafot etdi (o'tkir buyrak yetishmovchiligidan) 1(3.3%) 0(0%)

7 Bolalar serebral falaji 1(3.3%) 0

6 jadvaldan shu narsa aniqlandiki, SMVI bilan zararlangan onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda nafas yo'llari va hazm qilish tizimi muammolari nazorat guruhiga nisbatan ikki barobar ko'p uchradi. Asab tizimi muammolari (bezovtalik, talvasa, oyoqni yerta tuta olmaslik, tashqi ta'sirlarga reaksiyasining sust javob berish kabi shikoyatlar) nazorat guruhidan 9-10barobar yuqori ekanligi jadvaldan ham ma'lum. Siydik yo'llari zararlanishi hamda fiziologik sariqlikning cho'zilishida ham birmuncha yuqori ekanligi kuzatildi.

Chaqaloqlar rivojlanish katamnezi kuzatilganda asosiy guruh chaqaloqlarning salomatligida tez-tez o'tkir nafas yo'llari kasalliklari, pnevmoniya, diareya hamda siydik yo'llari kasalliklari kuzatildi. Shartli sog'lom chaqaloqlar guruhida yesa bu salomatlik ko'rsatkichlarida muammolar kuzatilmadi. Onasida SMVI bor onalar homiladorlikdan avval shifokor nazoratida bo'lib maxsus tekshirishlardan o'tishi kerakligi lozim shu bilan birga homiladorlik davrida tez-tez qonda SMVI-ga

76

IgM va IgG antitelalarini aniqlab turish lozimligini, antitelalar oshgan vaqtda maxsus davo choralarini o'tkazilishi tavsiya etiladi. Bu esa homilada kuzatilishi mumkin bo'lgan SMVI-ning erta va kechki asoratlarini oldini olishga xizmat qiladi. SMVI aniqlangan chaqaloqlar buyraklari yerta bolalik davrlarida buyraklarni tez-tez ultratovush tekshiruvi va umumiy siydik tahlilidan lyilda ikki marta o'tkazilib turilishi lozim.

Xulosa: SMVI infeksiyasi homilador ayollar organizmiga sezdirmasdan ta'sir qilib, ona organizmining immun tizimi pasayishi, homila yo'ldoshining zararlanishi oqibatida va ona organizmiga qo'shimcha kasalliklar qo'shilishi natijasida homilaning ona qornida SMVI-ning o'tishi tug'ilajak chaqaloqlarning barcha organ va tizimlarga ta'sir qilishi va muddatidan avval tug'ilishiga olib kelishi mumkin. SMVI bor chaqaloqlar ilk bolalik davrida asab tizimi va boshqa organlar zararlanishi bilan bog'liq asoratlanishi kuzatiladi.

Adabiyotlar:

1. Барычева Л.Ю., Голубева М.В., Кобулова М.А., Косторная И.В. Клинические и морфологические особенности пороков развития у детей с врожденными цитомегаловирусной и токсоплазменной инфекциями. Российский вестник приматологии и педиатрии №3.2015.

2. Дьячук Е. В. Клинико-лабораторная характеристика цитомегаловирусной инфекции у беременных и детей первого года жизни: ГБОУ ВГТО - Санкт-Петербург, 2012.

3. Иванова Д.Д., Калантаренко Ю.В., Корочев А.В., Кучма И.Л., Паламар П.С. Оригинальные статьи №2. 2012; Сафина А.И, Даминова М.А; Н.Н.; Смирнова 2019.

4. Кочкина С.С., Ситникова Е.П., Особенности цитомегаловирусной инфекции: обзор литературы. Педиатрия. № 6 (123), 2016. Стр.1-12.

5. Конькова Н.Е., Длин В.В., Игнатова М.С., Турпитко О.Ю., Варшавский В.А., Голицина Е.П. Врожденный нефротический синдром у ребенка с цитомегаловирусной инфекцией. Российский вестник перинатологии и педиатрии №3.2010.

6. Комарова А.А., Антонова И.В., Любавина А.Е., Антонов О.В. К вопросу о роли цитомегаловирусной инфекции в развитии хронического вторичного пиелонефрита у детей раннего возраста // Journal of Siberian Medical Sciences. - 2015. - №5. - 5 с.

7. Полин Р.А., Спитцер А.Р. Секреты неонаталогии и перинатологии. / Пер.с англ. под общей ред. Н.Н. Володина. М.: Издательство БИНОМ, 2013 - 624 с.

8. Сафина А.И Вирусные инфекции и поражения почек у детей. Педиатрия, 2019. Том 98, №2.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

9. Сотников И.А. Клинико-лабораторное значение активной формы цитомегаловирусной инфекции у детей с соматической патологией. Автореферат 2017

10. Цинзерлинг В.А. Внутриутробные инфекции: современный взгляд на проблему // Журнал инфектологии. - 2014.-Т. 6.-С. 5-10

11. Шиканова С.Ю., Ералиева Л.А., Онгарбаева Н.Х. Катамнез детей, рожденных от матерей с цитомегаловирусной инфекцией. Медицинский журнал западного Казахстана 2.16 2015г.

12. Щербак В.А. Современные представления о цитомегаловирусной инфекции у детей раннего возраста / В.А.Щербак, Н.Г.Попова, Н.Н.Степанова // Забайкальский медицинский вестник. - 2013. - № 1. - С. 166-174.

SITOMEGALOVIRUSINFEKSIYASINING MUDDATIDAN A VVAL TUG'ILGAN CHAQALOQLAR ASAB TIZIMIGA TA'SIRI

Samarqand viloyat Perinatal Markazi va 1-son tug'ruq majmuasida 2022-2023-yillarda tug'ilgan 50 nafar muddatidan avval tug'ilgan chaqaloqlar bo'lib, ularning 30 nafari sitomegalovirus infeksiyasi bor onalardan tug'ilgan chaqaloqlarda asab tizimi zararlanishi bilan, 20 nafar SMVI aniqlanmagan onalardan tug'ilgan muddatidan avval tug'ilgan shartli sog'lom

77

chaqaloqlar guruhi o'rganildi. Tadqiqot uchun umumiy qon tahlili, umumiy siydik tahlili, neyrosonografiya, chaqaloqlar qonini IFA tekshiruvida sitomegalovirus tahlili o 'tkazildi. PZR tahlili orqali ona va chaqaloqning qonida SMVI tekshirildi.

ВЛИЯНИЕ ЦИТОМЕГАЛОВИРУСНОЙ ИНФЕКЦИИ НА НЕРВНУЮ СИСТЕМУ НЕДОНОШЕННЫХ ДЕТЕЙ

В 2022-2023 годах в Самаркандском областном перинатальном центре и родильном комплексе №1 родилось 50 недоношенных новоррожденных, из них 30 с поражением нервной системы у детей, рожденных от матерей с цитомегаловирусной инфекцией, 20 Группа условно здоровых детей, родившихся недоношенными у матерей без ЦМВИ. Для исследования проведены общий анализ крови, общий анализ мочи, нейросонография, цитомегаловирусный анализ при ИФА исследовании крови детей раннего возраста. Путем ПЦР-анализа проверяли ЦМВИ в крови матери и новорожденных.

EFFECT OF CYTOMEGALOVIRUS INFECTION ON THE NERVOUS SYSTEM OF PREMATURE INFANTS

There were 50 premature babies born in 2022-2023 at the Samarkand Regional Perinatal Center and Maternity Complex No. 1, 30 of them with damage to the nervous system in babies born to mothers with cytomegalovirus infection, 20 A group of conditionally healthy babies born prematurely from mothers without CMVI was studied. For the study, general blood analysis, general urinalysis, neurosonography, and cytomegalovirus analysis were carried out in the IFA examination of infants' blood. By PCR analysis, CMVI was checked in the blood of the mother and the baby.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.