Научная статья на тему 'ИССЛЕДОВАНИЕ ИСХОДОВ РОДОВ У РОЖЕНИЦ С ИЗБЫТОЧНЫМ ВЕСОМ'

ИССЛЕДОВАНИЕ ИСХОДОВ РОДОВ У РОЖЕНИЦ С ИЗБЫТОЧНЫМ ВЕСОМ Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
крупный плод / гестоз / гипоксия / дети раннего возраста.

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Атаджанова Шоира Халиловна, Нуритдинова Гавхар Таиповна, Арзибекова Умида Абдукодировна

В статье по результатам обследования детей, родившихся с большим весом, выявлено, что у таких детей наблюдаются специфические осложнения как со здоровьем беременной матери, так и в родовом процессе. Показано, что подобные осложнения являются следствием преи перинатальных факторов, которые приводят к высоким показателям травматизма матери и ребенка.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ИССЛЕДОВАНИЕ ИСХОДОВ РОДОВ У РОЖЕНИЦ С ИЗБЫТОЧНЫМ ВЕСОМ»

УДК: 618.5: 616,12-053,1-073,96 ИССЛЕДОВАНИЕ ИСХОДОВ РОДОВ У РОЖЕНИЦ С ИЗБЫТОЧНЫМ ВЕСОМ

Атаджанова Шоира Халиловна Нуритдинова Гавхар Таиповна Арзибекова Умида Абдукодировна

Андижанский государственный медицинский институт

В статье по результатам обследования детей, родившихся с большим весом, выявлено, что у таких детей наблюдаются специфические осложнения как со здоровьем беременной матери, так и в родовом процессе. Показано, что подобные осложнения являются следствием пре- и перинатальных факторов, которые приводят к высоким показателям травматизма матери и ребенка.

Ключевые слова: крупный плод, гестоз, гипоксия, дети раннего возраста.

STUDY OF THE RESULTS OF CHILDBIRTH IN WOMEN GIVING BIRTH WITH A

LARGE WEIGHT

The paper provides data on the results of a study of the outcome of childbirth for the mother andfetus with a large body weight of a newborn. It is concluded that the state of health and the course of labor in women in labor with a large fetus are significantly burdened, due to the concentration of pre- and perinatal risk factors contributing to high traumatism of the mother and fetus.

Keywords: weight, newborns, traumatization, narrow pelvis.

KATTA VAZN BILAN TUG'AYOTGANAYOLLARDA TUGRUQ NATIJALARINI

O'RGANISH

Maqolada katta vaznda tug'ilgan chaqaloqlarni tekshirish natijalari bunday bolalarga homilador onalar salomatligida va tug'ish jarayonlarida o'ziga xos asoratlar mavjud bo'lishligi aniqlangan. Bunday asoratlar ona va bola shikastlanishlari ko'rsatchichlarining yuqori bo'lishlariga olib keladigan Pre - va perinatal omillar ta 'siri ekanligi ko'rsatib o'tildi.

Kalit so'zlar: yirik homila, preeklampsiya, gipoksiya, chaqaloqlar.

Pediatriya va neonatologiyada katta tana vazn (>4000 g) bilan tug'ilgan homila va chaqaloqlar sog'ligi to'g'risidagi savol xaligacha to'la yechimi hal bo'lmagan muammo bo'lib qolmoqda [1,2,5].

Ushbu masalaning dolzarbligi, birinchi navbatda, tug'ilish, intranatal yo'qotishlar va yangi tug'ilgan chaqaloqlarga yetkazilgan zararning yuqori darajasi bilan bog'liq [4,6,8]. Katta tana vazniga ega bo'lgan homilalarning antenatal tashxisi sezilarli yaxshilanishi, kesarcha kesish orqali tug'ish tezlik chastatasini oshishiga olib keldi (26-40%), bundan tashqari yelkaning distatsiyasi va homila shikastlanishi sezilarsiz darajada pasaydi [3,7,9]. Ushbu va boshqa adabiyatlar og'ir vaznli bolalarning rivojlanishi va tug'ilishi mexanizmlarini yanada chuqurroq o'rganishni talab qiladi.

Tadqiqot maqsadi. Katta tana vazniga ega bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ona va homila uchun tug'ilish natijalarini o'rganish.

Material va tadqiqot usullari. Bizlar shu tadqiqotni o'rganish uchun Andijon viloyati perinatal markazida 2022-2023 yillari 7458 tug'ruq tarixlarini va tug'ilgan chaqaloqlarni tahlil qildik. CHaqaloqlar vazni 4500 g dan 6500 gramm orasida bo'lgan. Tana vazni > 4000 g bo'lgan chaqaloqlar > 592 nafari (7,94%) olindi, 382 o'g'il bolalar va 210 nafari qizlar bo'lib, 82:1,0 ni tashkil etdi. Retrospektiv va prospektiv tahlillar o'tkazish maqsadida 84 nafar katta vaznda yangi tug'ilgan chaqaloqlar tanlab olindi, nazorat gruxida normal vazndagi (2800-3999) gr tug'ilgan chaqaloqlar xizmatini bajardi. Tug'ruqdagi ayollarning ob'ektiv ko'rsatkichlari quyudagi apparatlar bilan tekshirildi (Fetometriya - UTT, bachadon yo'ldosh tomirlaridagi qon aylanishi, doplemetriya - MPK

va homila-yo'ldosh qon aylanishi - PPK), ante va intranatal kardiotokografiya xisobidan homilani biofizik profilini (KTG), chaqaloqlar ko'rsatkichlari (xolatini klinik-nevrologik baholash, antropometriya) o'rganildi.

Materialning nisbiy kattaligini aniqlash uchun noparametrik usulda burchak (ф) xosil qilish bilan (TMF) (Lakin G.F., 1990) Microsoft office XP dasturida obrabotka qilindi (Excel, 2003).

Tadqiqot natijalari va ularni muhokama qilish. Katta tana vaznli yangi tug'ilgan chaqaloqlarning onalari va nazorat guruhi sonlar bo'yicha statistika bo'yicha birinchi gurux nazorat guruxidan sezilarli farq qilinmadi (29,8±4,99%) nisbatan (28,8±5,1%, (R>0,05) va qayta tug'gan ayollarda ham (70,2±4,99% 71,2±5,1%, R>0,05) sonlar bo'yicha uncha farq bo'lmaganligi tadqiqotda aniqlandi. Shu bilan birga, tug'ruqdagi ayollarning ikkala guruhidagi tug'ilishning o'rtacha soni (2,34±0,009 va 2,58±0,008, P>0,05) ham statistik jihatdan farq qilmadi. O'rta yoshli (25,8±04 va 25,1±0,39 yosh), tug'ruqdagi ayollarning ikkala guruhi ham taqqoslangan edi (P>0,05).

Asosiy guruxdagi ayollarda nazorat guruxiga nisbatan, homiladorlik davri uzoq davom etgan (39,9±0,15 nazarot guruxga nisbatfn 39,4±0,11 hafta, P<0,01), vazni (73,9±0,87 nisbatan 65,0 ±1,14 kg, P<0,001), tana uzunligi (bo'yi) (16,9±0,80 nisbatan 157,9±1,17 sm, p<0,001), Ketle indeksi (27,2±0,31 ga nisbatan 26,0±0,04 shartli birlikda), p<0,001) edi.

Tahlil natijalarida asosiy guruhdagi ayollarning tug'ruq jarayoni nazorat guruxi ayollariga nisbatan og'irroq kechganligini aniqlandik. Ularda ko'pincha tug'ruqdan avval yoki homila oldi suvlarini erta ketishi topildi (27,4% nazorat guruxiga nisbatan 15,0%, p<0025), perineumning yumshoq to'qimalarini zararlanishi (22,6± 5,0% ga nisbatan, p<0,001), elka distatsiyasi (13,4% ga nisbatan 3,75, p<0,013), normal joylashgan platsentaning ajralishi (25,0% ga nisbatan 10,0%, p<0,001), preeklampsiya belgilarining yuqori chastotasi (66,7% ga nisbatan 45,0%, P<0,002), fon va ekstragenital kasalliklar (72,8% ga nisbatan 60,0%, P<0,002), anatomik va funktsional tor tosi (10,7% ga nisbatan 2,5%, p<0,015), bu epizeo va perineotomiya (14,3% ga nisbatan 3,75% ko'rsatma bo'lishi, p<0,006), akusherlik qisqichlari va vakuum ekstraktsiyasiga ko'rsatma bo'lishi (7,14% ga nisbatan 2,5%, P>0,05), (14,3% nisbatan 3,75%, P<0,006, rejalashtirilgan va favqulodda tez kesercha kesish (22,6% qo'llashiga nisbatan 8,75%, p<0,006) ko'rsatma bo'ladi.

Tug'ruqlarning salbiy natijasi, shuningdek, homila gipoksiyasining yuqori chastotasi (34,5% ga nisbatan 22,5%, p<0,043) va yangi tug'ilgan chaqaloqlarning asfiksiyasi (45,2% ga nisbatan 30,0%, p<0,021) xisoblanadi.

Ona va homilaning yuqori shikastlanishiga olib keladigan kontsentratsiyasi tufayli katta homilali tug'ruqdagi ayollarning sog'lig'i va tug'ilish jarayoni sezilarli darajada og'irlashadi.

Shunday qilib, tug'ruqdagi ayallar homilasi kata bo'lsa tug'ruq ota og'ir kechadi, chunki pre -va perinatal havf omillarining to'planishi sababli ona va homilaning shikastlanishlariga olib kelar ekan

Ushbu ma'lumotlar istiqbolli ravishda katta vazn bilan tug'ilgan yangi chaqaloqlar sog'lig'ini yanada chuqurroq o'rganishni talab qiladi.

Shunday qilib, ona va homilaning yuqori shikastlanushiga olib keladigan pre- va perinatal xavf omillarining ta'siri tufayli katta homila bilan tug'ilgan ayollarda salomatlik holati va tug'ish jarayoni sezilarli darajada yomonlashadi.

Ushbu ma'lumotlar yuqori vazn bilan yangi tug'ilgan chaqaloqlarning sog'lig'ini istiqbolli tarzda chuqur o'rganishni talab qiladi.

ADABIYATLAR

1. Алимов А.В., Рахматуллаев А.К., Ходиев С.В., Аманова И.К. Прогностическая оценка взаимосвязи осложненной беременности и особенности развития детей.//Педиатрия, 2003, №3-4, с. 126-129.

2. Посохова Н.В., Болотова Н.В. // Педиатрия. -2015. - N.5. - C. 127-131.

3. Potter C.M., Ujazek S.J. Ш. Epidemiol Community Healt. - 2013. - Vol. 12 (67). - P. 1032-1037.

4. Щербакова М.Ю., Порядина Г.И. // Педиатрия. - 2012. - N:3. - C. 122-130.

5. Шадрин С.А., Бурлуцкая А.В., Статова А.В. #| Педиатрия. - 2017. - Na1. - C. 194-198.

6. Karanasios E.. Karayianni C. Karavanaki K. // Eut. J. Pediatr. - 2013. - Vol. 172. - P.721-732

7. Grober-Gratz D., Wichalm K., de Zwaan M., et al. If Horm. Res. Pediatt - 2013. - Vol. 80. -P.170-178.

8. Scott M. I J. Cin. Lipidol. - 2013. - Vol.7. - P.561-565.

9. Prystupiuk LO. # Cirical Pediatics. - 2015. - Vol.3. - P.26-29.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.